Press "Enter" to skip to content

Yuzingizdagi qora dog lardan qanday tezda qutulish mumkin

Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed”kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Yuzdagi dog’larni ketkazish va yo’qotish usullari, yo’llari, uyda tayyorlanadigan niqoblar

Yuzning ba’zi sohalaridagi yosh bilan bog’liq rang o’zgarishlari, sepkillar, xollar pigmentli dog’lar deb ataladi. Bu jarayon organizmda melaninning ortiqcha yoki yetishmasligi tufayli rivojlanadi. Ko’pincha yuzdagi dog’lar yozda quyoshda toblanishdan so’ng paydo bo’ladi. Yuzdagi dog’larga qarshi kurashda yordam beradigan ko’plab firma chiqargan va xalqona vositalar mavjud. Ularning barchasini quyidagi maqolada ko’rib chiqamiz.

Teri turiga, allergik reaktsiyaga va salomatlik holatiga qarab, yuzdagi dog’larni ketkazishning mos usulini tanlashdan oldin o’z organizmingizni tahlil qilishingiz kerak. Terining rangi uchta bo’yovchi moddaga bog’liq: melanin, karotin va gemoglobin. Qaysi pigment asosiy bo’lganiga qarab, pigmentli dog’lardan qutilish usuli aniqlanadi. Davolashni boshlashdan oldin mutaxassislar bilan maslahatlashib, yuzdagi dog’lar paydo bo’lishining sababini va turini bilib olish kerak.

Yuzdagi pigmentli dog’lar paydo bo’lishi sabablari:

  • Gormonal buzilishlar;
  • Terining yosh bilan bog’liq o’zgarishi.
  • Homiladorlik.
  • Mexanik jarohatlar (depilyatsiyadan keyin).
  • 1 Yuzdagi dog’larni ketkazish usullari: niqoblar, damlamalar, pilinglar
    • 1.1 Kashnichli niqob
    • 1.2 Asal va kashnichli oqartuvchi vosita
    • 1.3 Quruq yuz terisini oqatirish
    • 1.4 Yuzdagi dog’larni ketkazishning sharqona siri
    • 1.5 Kashnich va limon
    • 1.6 Kraxmalli usul
    • 1.7 Mevalar yordami
    • 1.8 Dorixona topilmasi
    • 1.9 Glitserin
    • 1.10 Sirkali vosita
    • 1.11 Suv hamma narsaning yordamchisi
    • 1.12 Erinchoqlar uchun niqob
    • 1.13 Teridagi dog’larga qarshi xamirturushli niqob
    • 1.14 Tuxum va limon
    • 1.15 Moviy gil
    • 1.16 Yuz uchun tuxum va moviy gil
    • 1.17 Kaolin aralashmasi
    • 1.18 Bodomli piling
    • 1.19 Sut va bodomdan yuz uchun piling
    • 1.20 Bodom va olma
    • 1.21 Bodring po’stidan damlama

    Yuzdagi dog’larni ketkazish usullari: niqoblar, damlamalar, pilinglar

    Kashnichli niqob

    Kashnich azaldan foydali xususiyatlari bilan mashhur, masalan, og’izdan nohush hidni yo’qotish, jinsiy quvvatni kuchaytirish. Ushbu o’simlik bilan yuzdagi dog’larni tez va oson bartaraf qilish mumkin: ko’zlar atrofida, peshona, burun va labda.

    Niqob xohishga ko’ra kashnichning (petrushka) poyasi, barglari yoki ildizidan tayyorlanadi. Tanlangan turi yog’och idishda yaxshilab bir xil bo’tqa hosil bo’lguncha eziladi. So’ngra yarim soatga yuzga surtiladi. Keyin suv bilan yuvib tashlanadi va yuzga oziqlantiruvchi krem surtiladi.

    Asal va kashnichli oqartuvchi vosita

    Asosi yuqoridagi niqobda bo’lgani kabi, ammo aralashmaga bir choy qoshiq asal qo’shiladi. Masalliqlarni yaxshilab aralashtiring va yuzga, qo’llarga yoki belga qo’llang. Xuddi shu vosita yuzidagi qora nuqtalardan tez va osonlik bilan qutulishga yordam beradi.

    Quruq yuz terisini oqatirish

    Juda ikir-chikirli jarayon. Yupqa, sezgir, quruq yuz terisi kimyoviy muolajalarga toqat qilmaydi, shuning uchun bunday holatda yuzdagi dog’larni uy sharoitida yo’qotish kerak. Ezilgan kashnich bir osh qoshiq qaymoq yoki yog’li smetana​​bilan aralashtiriladi. Aralashma yuzda 30 daqiqagacha ushlab turiladi, so’ngra yuvib tashlanadi. Shu usul yordamida nozik teri sohiblari yuzdagi ajinlarga qarshi kurashishlari mumkin.

    Yuzdagi dog’larni ketkazishning sharqona siri

    Yaponiyalik geishalar har doim yuzning eng nozik jilosi bilan mashhur. Buning uchun ularga hamma joyda keng tarqalgan meva — limon yordam beradi. Uning po’stlog’i damlamasi bilan beldagi eng to’q dog’larni, homiladorlikdagi strialar (teri cho’zilishlari), hatto juda noestetik nevuslarni ham ketkazsa bo’ladi. Bitta limon po’stlog’ini o’rtacha olovda yarim soat qaynatib, so’ngra salqin xonada qoldiring. Dog’li sohani kuniga uch marta limonli suvda artib turing.

    Kashnich va limon

    Qurutilgan kashnich ildizini qaynatib oling, bir kun qorong’i joyda qoldiring. Bu damlamani shundayligicha ham qo’llash mumkin, agar ta’sirini kuchaytirishni xohlasangiz, bitta limon sharbatini siqib solish mumkin. Qo’llash usuli yuqoridagi limon damlamasiniki kabi.

    Kraxmalli usul

    Dog’larning kattaligi va miqdoriga qarab yarim osh qoshiq kartoshka kraxmalini olib, limon sharbati bilan quyuq qilib aralashtiring. 30 daqiqa davomida yuzning dog’li sohalariga qo’llang.

    Mevalar yordami

    Quyoshning o’pichlarini samarali ravishda oqartirish uchun greypfrut, kivi, apelsin, qulupnay sharbatlari yordam beradi.

    Dorixona topilmasi

    Vodorod peroksidi nafaqat sochlarni oqartiradi. Yuzdagi do’glarni ketkazuvchi vosita tayyorlash uchun 1 choy qoshiq 30% vodorod peroksidi, 2 qoshiq borli spirt, 1 qoshiq nashatir aralashmasi kerak bo’ladi. Aralashma kuniga 3 — 4 marta yuzga qo’llanilishi mumkin. Ta’sir sizni uzoq kutdirmaydi. Lekin qo’llashda juda ehtiyot bo’ling.

    Glitserin

    Buning uchun bir choy qoshiqdan glitserin va 30% vodorod peroksidini aralashtirib, borli spirt qo’shing, aralashma bilan terini kuniga bir necha marta arting. Ushbu vosita, shuningdek, bikini sohasidagi dog’larni ham osonlikcha yo’q qiladi.

    Sirkali vosita

    Bir osh qoshiq sirka, ikki choy qoshiq peroksid, yarim qoshiq suv va shuncha spirt. Yaxshilab aralashtiring va yuzdagi dog’lar ustiga surting. Bu orqali nafaqat pigmentli dog’lardan, balki yog’li yaltirash ham bartaraf qilinadi.

    Suv hamma narsaning yordamchisi

    3 osh qoshiq suv va shuncha limon sharbatini aralashtiring. Ushbu vositani toza yuzga surting, yuvib tashlash kerak emas. Bir hafta mobaynida kuniga 3 martadan qo’llang, ushbu muddat yakunida natija yaqqol seziladi.

    Erinchoqlar uchun niqob

    O’z vaqtlarini tejaydigan qizlar uchun tez va samarali yordam beradigan yuzdagi dog’larni yo’qotadigan vosita retsepti mavjud. O’rtacha kattalikdagi bodringni maydalab (qirg’ichdan o’tkazib, blenderda mayadalab), oziqlantiruvchi krem bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring. Tayyor kremni yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab turing, so’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

    Teridagi dog’larga qarshi xamirturushli niqob

    Uy sharoitida tayyorlanadigan ajoyib vosita:

    1. yangi xamirturush (paketning to’rtdan biri), bir qoshiq limon sharbati va bir qoshiq sutni bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring.
    2. 10 daqiqa davomida iliq joyga qoldiring, shunda aralashma achiy boshlaydi.
    3. Toza yuzga yigirma daqiqaga niqobni surtib, keyin uni iliq suv bilan yuvib tashlang.

    Hafta mobaynida yuzdagi qora dog’larni ketkazish uchun bunday muolajalarni ikki-uch marta bajarishingiz mumkin.

    Tuxum va limon

    Ushbu oqartiruvchi vositani yuz uchun tuxum asosida tayyorlangan krem bilan tayyorlash mumkin. Unga bir choy qoshiq asal, shunhca limon sharbati va yarim stakan suv qo’shing. Bir xil massa hosil bo’lgunga qadar aralashtiring, 30 daqiqaga yuzga surting. Xuddi shunday usul yuz teshikchalarini ochish va tozalashga yordam beradi.

    Moviy gil

    Quruq massa suv bilan 1 : 2 nisbatda aralashtiriladi, sezgir yuzga qo’llshdan oldin teriga oziqlantiruvchi krem surtishni unutmang. Loyli massani yuzga bir qavat qilib surting va 40 daqiqaga qoldiring. Iliq suv bilan yuvib tashlang. Bu usuldan muntazam foydalanish nafaqat sepkillar, dog’lardan halos bo’lishga, balki teri cho’zilishlari, ajinlardan qutulishga ham yordam beradi.

    Yuz uchun tuxum va moviy gil

    Ushbu niqobni qo’llashdan oldin tayyorlash kerak, uni oldindan tayyorlab qo’yib bo’lmaydi. Tuxum oqini shakar bilan birga qaymoq ​​holatiga kelfunicha aralashtiring. Keyin 10-15 gramm kembriy gilini qo’shing, bir xil quyuqlikka olib keling. Olingan aralashmani 30-40 daqiqa davomida yuzaga qalin qatlam qilib surting. Kundalik foydalanish uchun mos kerladi.

    Kaolin aralashmasi

    Oq gil foyda bobida moviy gildan qolishmaydi. Niqob uchun retsept: yarim qoshiq kaolin va bir qoshiq limon sharbati olib, bir xil quyuqlikkacha aralashtiradi va teriga qo’llaniladi. 25-30 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Kaolin, shuningdek, boshqa yuzni oqartiruvchi vositalar bilan aralashtirilishi mumkin: yogurt, karam sharbati, vodorod peroksidi, smorodina sharbati.

    Bodomli piling

    Kosmetika sanoatining ajoyib kashfiyoti, u nafaqat chuqur ajinlar bilan kurashadi, balki ko’z ostidagi xaltachalarni yo’qotadi, yuzdagi qora nuqtalarni tozalaydi va teridagi do’glarni hatto eng muammoli sohalarda ham oqartiradi. Juda xamyonbop va samarali vosita.

    Buning uchun 1 osh qoshiq bodom moyi, 2 osh qoshiq suli uni, 2 osh qoshiq maydalangan bodom, 2 osh qoshiq suv, 1 osh qoshiq kaolin, 2 osh qoshiq aloe sharbati, 8-10 tomchi lavanda moyi kerak bo’ladi. Kaolin, suli uni va maydalangan bodomni issiq suv bilan aralashtirib, ustidan bodom moyi va aloe sharbati qo’shing.

    Aralashmani sovuting, shundang so’ng lavanda moyini qo’shing. Ushbu pilingni gigienik muolajalardan 7-10 daqiqa oldin qo’llash kerak. Haftada bir martadan ko’p qo’llash tavsiya etilmaydi.

    Sut va bodomdan yuz uchun piling

    Maydalangan bodomni 1 : 1 nisbatda suli uni bilan aralashtirib, yarim qoshiq sut solish kerak. So’ng qaymoq quyuqligi kabi holatga kelgunga qadar suv qo’shib aralashtirish kerak. Yuzga shimgich yordamida yumshoq massaj harakatlari bilan surting, teringizni besh daqiqaga massaj qiling, so’ngra yaxshilab yuvib tashlang. Haftada ikki martadan ko’p qo’llash tavsiya etilmaydi.

    Bodom va olma

    Yuqoridagi uy sharoitida tayyorlanadigan yuz uchun piling retseptiga ozgina o’zgartirish kiritish mumkin, shunda yuzni nafaqat dog’lardan halos qilish va oqartirish, balki ozuqa moddalariga to’yintirish mumkin. Buning uchun yuqoridagi aralashmaga qirg’ichdan o’tkazilgan olma qo’shish kerak bo’ladi. Qo’llash va tavsiyalar bir xil.

    Bodomli piling uchun qarshi ko’rsatmalar:

    • Terining mexanik jarohatlari;
    • Yong’oqlarga allergiya;
    • Bodom moyini ko’tara olmaslik.

    Bodring po’stidan damlama

    Sabzavotlarni po’stlo’gini qirg’ichdan chiqarib, bir stakan 40% spirt eritmasi qo’shing, yaxshilab aralashtiring, yoping va salqin qorong’i joyda qoldiring. Bir hafta turgach, yuzdagi dog’larni oqartiruvchi losyon tayyor bo’ladi.

    Yuzda dog’lar paydo bo’lishini oldini olish

    • Quyosh nurlaridan himoyalovchi vositalardan foydalanish;
    • Oziqlantiruvchi niqoblar qo’llash;
    • Gormonal fonni nazorat qilish;
    • Mutaxassislar bilan muntazam maslahatlashib turish.

    Yuzingizdagi qora dog’lardan qanday tezda qutulish mumkin?

    Bir necha usullar so’nib ketish jarayonini tezlashtirishi mumkin, ammo bunga hali ham vaqt kerak bo’ladi. Yo’qolish jarayonini tezlashtirishi mumkin bo’lgan ba’zi muolajalarga quyidagilar kiradi:

    1. Quyoshdan himoya kremidan foydalanish: Quyoshdan saqlovchi krem ​​yanada qorayishning oldini olishga yordam beradi. Quyoshdan himoya qiluvchi omillar (SPF) 30 yoki undan yuqori, keng spektrli himoya, sink oksidi yoki titandan himoyalangan kremlardan foydalaning. Teri turiga qarab quyoshdan himoya kremini tanlang.
    2. Terini oqartiruvchi mahsulotlar: Teri oqartiruvchi mahsulotlar oqartirish jarayonini yanada samarali tezlashtiradi. Quyidagi ingredientlardan birini o’z ichiga olgan mahsulotni tanlang:
      • 2% gidroxinon
      • Azela kislotasi
      • Glikolik kislota
      • Kojik kislotasi
      • Retinoid (retinol, tretinoin, adapalen gel yoki tazarotin)
      • S vitamini

    Ushbu ingredientlar melanin ishlab chiqarishga qarshi kurashish orqali qora dog’larni yo’q qilishga yordam beradi. Ko’rinib turibdiki, qorong’u joylar va dog’lar paydo bo’lishining sababi melaninning ortiqcha ishlab chiqarilishi.

    1. Lazer bilan davolash: Lazer bilan davolashda lazer yoki kuchli impulsli nurli terapiya melanotsitlarni (melanin ishlab chiqaruvchi hujayralar) teri yuzasiga zarar bermasdan yo’q qiladi. To’liq davolanish uchun ikki -uch seans kerak.
    2. Kimyoviy peeling: Kimyoviy peeling va peeling mahsulotlari o’lik teri hujayralarini yoki terining yuqori qatlamini olib tashlaydi. Yuqori qatlamlarni olib tashlash uchun teriga kimyoviy eritma qo’llashni o’z ichiga oladi. Terining yuqori qatlamini yo’q qilish teriga sog’lom va rang beradi.
    3. Kriyoterapiya: Bu protsedura suyuq azotga botirilgan paxtani dog’larga besh soniya yoki undan kamroq vaqt davomida cho’ktirishni o’z ichiga oladi. Bu ortiqcha pigmentni yo’q qiladi, shu sababli beg’ubor yuzni yaratadi.
    4. Dermabraziya yoki mikrodermabraziya: Bu usul terining sirt qatlamini cho’tka yordamida silliqlashni o’z ichiga oladi. Natijaga erishish uchun siz ikki yoki uch marta dermabraziya kursidan o’tishingiz kerak.

    Qora dog’larni davolashning ba’zi tabiiy usullari quyidagilardan iborat:

    1. Yashil choy: Yashil choy sivilciya paydo bo’lishining oldini oluvchi polifenollardan iborat. Polifenollar, shuningdek, zararli ultrabinafsha A (UVA) va ultrabinafsha B (UVB) nurlanishidan himoya qiladi, shu bilan qora dog’lar xavfini kamaytiradi. Ishlatilgan, sovutilgan choy paketlarini kuniga ikki marta, natija ko’rinmaguncha dog’larga qo’llang.
    2. Aloe Vera: Aloe vera qora dog’larni kamaytirishga yordam beradigan aloezindan iborat. Bundan tashqari, u ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi. Aloesin ham terining elastikligini oshiradi.Qorong’i joylarga yotishdan oldin yangi aloe vera jelini qo’llang. Ertalab yuzingizni iliq suv bilan yuving.
    3. Qizilmiya ekstrakti: Qizilmiya tarkibidagi glabridin melanotsitlar faoliyatini inhibe qiladi, shuning uchun terining ochilishiga yordam beradi. Qizilmiya o’z ichiga olgan kremlar birjadan tashqari topikal mahsulotlar sifatida mavjud.
    4. Qizil piyoz: Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, quritilgan qizil piyoz (Allium cepa) komponentlari terini ochuvchi xususiyatlarga ega. Ingredientlar ro’yxatida Allium cepa bo’lgan mahsulotlarni sinab ko’ring.

    Har qanday tabiiy vositalarni ishlatishdan oldin, ularning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlash uchun dermatolog bilan maslahatlashish yaxshiroqdir.

    Yuzdagi dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi? Kosmetolog javob berdi

    Yuzdagi dog‘lar aksariyat ayol-qizlarning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab mutaxassislar dog‘larni umuman yo‘qotib bo‘lmasligini, ayrimlari esa ketkazish uchun ko‘p yillar kerakligini aytishadi. Xo‘sh, qaysi fikr to‘g‘ri? Dog‘lar bir umrlik husnbuzarmi yoki vaqtinchalik kasallik belgisi? Nega yuzga dog‘ tushadi? Uni davolashning qanday yo‘llari bor? Aslida, yuzga dog‘ tushirmaslik uchun nimalarga ahamiyat bermoq kerak? Bu kabi savollarga tajribali kosmetolog Shahnoza Gulyamova batafsil javob berdi.

    Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza

    Shahnoza Gulyamova 42 yoshda. Birlashgan Arab Amirligida, Sankt-Peterburg, Fransiya, Monako, Ispaniya va Italiya davlatlarida kosmetologiya bo‘yicha tahsil olgan. 2014-yildan buyon O‘zbekiston va Saudiya Arabistonida ham faoliyatini olib boryapti.

    Nima sababdan yuzga dog‘ tushadi?

    Yuzga dog‘ tushishiga juda ko‘p omillar sabab bo‘ladi. Birinchidan, bu nasliy ham bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa homiladorlik davrida organizm bir maromda ishlamasligidan, gormonal buzilishlarda, oshqozon ichak kasalliklarida, jigar gepatit, gepatoz bo‘lganda, hatto pala-partish ovqatlanish natijasida ham yuzga dog‘ tushadi. Qolaversa, ayol-qizlarimizning quyosh nurlaridan saqlanmasligi hamda tajribasiz kosmetolog huzurida noto‘g‘ri tanlangan yuz parvarishlari ham yuzimizda yoqimsiz asoratini qoldiradi.

    Yana dog‘larni ko‘paytiradigan eng katta sabablardan biri — bu uyqusizlik. Soat 21:00 da yotib, ertalab 07:00 da uyg‘onadigan ayol-qizlarga qaraganda, kechasi bir-ikkida uxlaydigan mijozlarimiz ko‘proq dog‘laridan shikoyat qilib keladi. Boisi yoshartirish, baxt gormoni serotonin va melatonin ham vaqtida uxlab, vaqtida turganda organizmda yaxshiroq rivojlanadi.

    Bizning momolarimiz erta yotib, quyosh chiqmasdan uyg‘onishgan. Shuning uchun yuzlarida na ajin, na dog‘ bo‘lgan. Chunki ularda hamma narsa me’yorida bo‘lgan.

    Dog‘lari ko‘pligidan asabiylashayotgan mijozlarimizga doimo to‘yinib uxlashlari kerakligini maslahat beraman.

    Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza

    Davolash usullari haqida

    Faoliyatimda men hech qachon tezda dog‘larni davolashga kirishmayman. Chunki sog‘lom organizmda dog‘ bo‘lmaydi. Birinchi bo‘lib mijozimga anamnez yig‘ib kelishini aytaman. Shunga qarab to‘g‘ri muolaja usullarini tanlayman. Hamda muolajalar davomida mijozimizning o‘zi ham bizga yordam berishi kerak. Ya’ni anamnezda kelib chiqqan kamchiliklarni, masalan, o‘t-pufak kasal bo‘lsa, gastroenterologga borib, oshqozon-ichaklarini davolashi lozim. Chunki ichni davolamasdan, tashqi tomondan dog‘larni yo‘qotib bo‘lmaydi.

    Hozirda tibbiyot juda rivojlanib ketgan. Dog‘ ketkazishda lazerlardan foydalanamiz. Mezoterapiya, lazerterapiya qilamiz. Mijozimiz esa davolash vaqtida har doimgidan ko‘proq yuzlarini quyoshdan himoya qilishlari kerak bo‘ladi.

    Foto: Google Images

    Dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi?

    Dog‘larni yo‘qotishning aniq muddati belgilanmagan. Kimdadir uch oyda, kimdadir olti, qolganlarida bir yil. Har bir mijoz dog‘ining katta-kichikligiga qarab muolaja vaqti cho‘zilaveradi.

    Ammo men huzurimga kelgan mijozlarga hech qachon dog‘larni ketkazishga kafolat bermayman. Dog‘lar xoh lazer yoki boshqa muolajalar, hatto operatsiya orqali kesib, oldirib tashlasin, baribir yuzdan to‘liq ketmaydi. 10-15 foiz soyasi qoladi.

    Foto: Google Images

    Muolajalarning narxi qancha?

    Protseduraning narxi 300 ming so‘mdan boshlanadi.

    Albatta, boshqa kosmetologiya markazlarida bu muolajaning narxi salonning joylashuvi, ijara puliga qarab o‘zgarishi mumkin.

    Bizda aniq bir xil narx yo‘q. Chunki mijozlarimizning sharoitiga qarab ishlaymiz. Masalan, moddiy tomondan qiynalgan, ammo yuzidagi dog‘lari sabab oilaviy munosabatlari yomonlashayotgan ayollarimizga muolajani bepul qilib beramiz.

    Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed”kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

    Mavzuga doir:

    • Yuzdagi qora dog‘larni bartaraf etuvchi 10 ta eng yaxshi tabiiy mahsulot
    • Limon yuzdagi dog‘larni ketkazadi: Undan uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 ta niqob
    • Yuzda dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.