Press "Enter" to skip to content

Yoshga doir pensiya qanday hisoblanadi

Avvalroq, Jahon banki o‘zining hisobotida O‘zbekistonga pensiya yoshini 65 yoshga ko‘tarishni tavsiya qilgandi.

O‘zbekistonda pensiya yoshi oshadimi? Pensiya jamg‘armasi javob berdi

Qayd etilishicha, hozirda bu borada hech qanday taklif yoki loyiha tushmagan. Bu masala kun tartibida emas. Jamg‘arma fuqarolarni bundan xavotirlanmasligi ma’lum qilgan.

Avvalroq, Jahon banki o‘zining hisobotida O‘zbekistonga pensiya yoshini 65 yoshga ko‘tarishni tavsiya qilgandi.

Kiritildi: 20:54 14.04.2023. O’qildi: 7721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo’limga tegishli qiziqarli xabarlar

  • O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo kirib keladi
  • O‘zbekistonda sabzining narxi rekord darajaga chiqdi
  • Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishdan olingani rostmi?

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o’tishingiz so’raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Viloyatlar

SO’NGGI XABARLAR

18 APREL

11:20 Beruniy tumanida aholi xonadonidan qadimiy ko‘za topildi
11:18 O‘zbekistonning ayrim hududlarda havo harorati 1 darajadan pastladi
11:16 2023 yilda hozirgacha necha kishi sudlangan?
11:03 Teridagi xollar onkologik muammolarga sabab bo‘ladimi?
10:53 O‘zbekiston 12 ta davlatga paypoq eksport qilgan
10:48 Nazarboyevning ukasi mashina bozoridan ayrildi
10:36 KFC Rossiyani tark etdi
10:32 4 ta hududda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda
10:30 Toshkent viloyatida 9 qavatli “dom” zilzila talablariga javob bermay qurilayotgani ma’lum bo‘ldi
10:21 Raqibini urgan “Real” futbolchisi 12 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin
10:17 Fransiyadagi pensiya islohoti qachondan kuchga kirishi ma’lum bo‘ldi
10:10 Toshkentdan Anqaraga muntazam aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi
10:08 Ukraina qo‘shinlari Qrimga bahorda kiradi
09:15 Pensiya: MDHning qaysi davlatida eng yuqori?
09:10 Besh nafar G7 davlati Rossiyani yadro yoqilg‘isi bozoridan siqib chiqarishga qaror qildi
07:49 Indoneziyada olti nafar askar yangi zelandiyalik uchuvchini qutqarish jarayonida halok bo‘ldi
07:48 G7 mamlakatlari Hindiston va ASEAN bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda
07:46 Evropa Ittifoqining Sudandagi missiyasi rahbari hujumga uchradi
07:41 Parijdagi namoyishchilarni tarqatish uchun polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan
07:39 Ikki tonna kokain topildi!
07:38 Qozog‘iston Afg‘onistonda savdo uyi ochadi
07:36 “Manchester Yunayted” sotilmasligi mumkin
07:33 Polshada safarbarlik tekshiruvi 230 ming kishiga ta’sir qiladi
07:31 Ilon Mask TruthGPT chat boti yaratilganini e’lon qildi
07:28 Sudan armiyasi va tezkor harakat kuchlari Saudiyaning Jidda shahrida uchrashishi mumkin
07:26 Ostonada transport harakati to‘xtab qoldi. Bunga qor va bo‘ron sababchi
07:24 Kongressmen Pentagondan AQShning Ukrainadagi harbiylari haqida ma’lumot talab qilishni taklif qildi
07:21 Charlz III o‘zining toj kiyish marosimi uchun rasmiy taom sifatida fransuz kishini tanladi
07:18 Evroparlament fraksiyasi rahbari yangi migrasiya inqirozi haqida ogohlantirdi
07:15 Braziliya tashqi ishlar vaziri: Putin Lulu da Silvani SPIEF’ga taklif qildi
07:12 Braziliya Tashqi ishlar vazirligi AQShga e’tiroz bildirdi
07:10 Rasman. U-20 Jahon chempionati mezbonligi Argentinaga berildi
07:07 Rossiya TIV: G‘arb davlatlari axborot makonini harbiylashtirmoqda
07:05 Maskning aytishicha, internetga ishonish mumkin emas
07:02 Ilon Mask: AQShga aqli raso prezident kerak
07:00 Ilon Mask: sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishga qodir
04:40 Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
04:37 Sisiliya sohillaridan rekord darajadagi kokain topildi
04:25 Yevroparlament rahbari: Urush jinoyatchilari javobgarlikka tortiladi
04:22 Ukrainaning qarshi hujumi 30 aprelda boshlanadi — Newsweek
00:08 AQShda Xitoyning maxfiy polisiya idorasi fosh qilindi

17 APREL

23:50 Toshkentda 9 qavatli “dom” zilzila talablariga javob bermay qurilayotgani aniqlandi (VIDEO)
23:28 Raisi Saudiya qirolini Tehronga taklif qildi
23:22 Germaniya malakali kadrlar tanqisligiga duch keldi
23:17 Rossiyaning Slovyanskka raketa hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
23:12 Hindistonda 11 kishi jaziramadan vafot etdi
23:00 Forbes dunyodagi eng boy ayollar reytingini e’lon qildi
22:52 San’atkor necha ball yig‘sa, qaysi unvonga loyiq kelishi aniqlanadi — Ozodbek Nazarbekov
22:33 Jo‘natmalardagi 3 mlrd. so‘mlik qing‘irlik fosh bo‘ldi
22:30 Andijonda hokimlik xodimi nega pichoqlandi?
22:28 Taniqli jurnalist Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi
22:22 “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin janjal chiqdi
21:58 O‘zbekistonda baliqchilik uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi
21:49 NATO mudofaa strategiyasini o‘zgartirmoqda
21:44 “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi
21:40 MIB tomonidan joriy yil 1-chorakda 29,5 mlrd so‘m to‘lanmagan ish haqi undirib berildi
21:36 Qirg‘izistondagi eng yirik spirtli ichimliklar zavodi milliylashtiradi
21:34 Charlz III ning shaxsiy boyligi qanchaligi ma’lum bo‘ldi
21:26 Harbiy prokuratura pora bilan qo‘lga tushgan Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bo‘yicha bayonot berdi
21:16 Braziliya milliy jamoasi Mourinyoga taklif tayyorladi

Boshqa xabarlar

TEGLAR BULUTI

XABARLAR ARXIVI

Guvohnoma №1241. Berilgan sanasi: 13.07.2017.
Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ.
Bosh muharrir: Bo’ronov Olimxo’ja Azimxo’ja o’g’li.
Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125.
E-mail: admin@aniq.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko’rsatilishi shart.

Yoshga doir pensiya qanday hisoblanadi

Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi o‘ylantiradi. Umuman, ijtimoiy ta’minotning mazkur turi ishlayotgan hech kimni befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba’zan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi. Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlarning ham mazmuni aynan pensiya ta’minoti bilan bog‘liq. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Pensiya tayinlash bo‘limi boshlig‘i Zafar Xo‘jayev fuqarolarni ushbu masalada qiziqtirgan ayrim savollarga javob berdi:

— Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun eng kam ish staji necha yil bo‘lishi kerak?

— Buning uchun haqiqatda ishlagan ish staji kamida 7 yil bo‘lishi zarur.

— Agar ish staji umuman bo‘lmasa yoki 7 yildan kam bo‘lsa-chi?

— Bunday hollarda ayollarga 60 yoshga va erkaklarga 65 yoshga to‘lganda yoshga doir nafaqa tayinlanadi.

— Fuqaro pensiyaga chiqqanda uning o‘rtacha oylik ish haqi qanday tartibda hisoblanadi?

— Ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi umumiy ish haqi olinib, uni 60 ga bo‘lish orqali o‘rtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladi.

— Yoshga doir pensiyani hisoblash tartibi-chi?

— Bunda pensiya tayanch (to‘liq) miqdori — pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foiz miqdori (ayollarga 20 yil, erkaklarga 25 yil) olinadi. Biroq uning miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Talab qilinadigan ish staji (ayollarga 20 yil, erkaklarga 25 yil) dan har bir ortiqcha va to‘liq yil uchun pensiyaning tayanch miqdori pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.

Masalan, fuqaro (ayol) 55 yoshda, 35 yil ish stajiga ega (ish staji 15 yil ortig‘i bilan). O‘rtacha oylik ish haqi 200 ming so‘m. U quyidagi tartibda hisoblanadi:

Pensiyaning tayanch (to‘liq) miqdori — 110000 so‘m (200000×55%), ushbu miqdor yoshga doir eng kam pensiyadan kam bo‘lgani uchun yoshga doir eng kam pensiya miqdori hisobga olinadi — 292940 so‘m. Ortiqcha 15 yil ish staji uchun esa qo‘shimcha 30000 so‘m (200000×15%) ham hisoblanadi. Shunda umumiy pensiya miqdori 322940 so‘mni (292940+30000) tashkil etadi.

Yoki yana bir misol. Fuqaro (erkak) 60 yoshda, 32 yil ish stajiga ega (7 yil ortig‘i bor) bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqi 900 ming so‘m. Buni hisoblash tartibi quyidagicha:

Pensiyaning tayanch (to‘liq) miqdori — 495000 so‘m (900000×55%). Ortiqcha 7 yillik ish staji uchun qo‘shimcha 63000 so‘m (900000×7%) qo‘shiladi. Demak, umumiy pensiya miqdori 558000 so‘m (495000+63000) bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, talab qilinadigan va undan ortiq ish stajiga ega fuqaroning pensiya miqdori, asosan, ish haqlari qancha yuqori bo‘lsa, shunga mutanosib ravishda oshib boraveradi.

— Chet elda ishlagan davr ish stajiga kiradimi?

— Agar fuqaro Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda yollangan holda ishlasa va Pensiya jamg‘armasiga o‘rnatilgan tartibda sug‘urta badallarini to‘lasa (har oy uchun eng kam ish haqi miqdorida), uning ish staji va to‘lagan sug‘urta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi.

— Pensioner pensiyasi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni mobil telefondan ham bilish imkoni bor ekan. Bu xizmatdan foydalanish uchun nima qilish kerak?

— Buning uchun 10711 qisqa raqamiga SMS yuborilsa, fuqaroga pensiyasi bilan bog‘liq barcha ma’lumot kelib tushadi. Unga ulanish uchun esa avval ­* fuqaroning pensiya guvohnomasi raqami * 1 * uz # dan so‘ng chaqiruv tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng xizmat yoqiladi. Shu orqali fuqaro yoki pensionerga har oylik ma’lumotlar uzatiladi. Bular — pensiyasining miqdori, agar fuqaro pensiyaga chiqayotgan bo‘lsa unga pensiya tayinlangani, har oy to‘langani, pensiyaning to‘lanish muddati qachon yakunlanishi (nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi nazarda tutilmoqda) kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

— Pensiyaga chiqayotgan fuqaro o‘ziga qancha miqdorda pensiya tayinlanayotganini oldindan bilishi mumkinmi?

— Albatta. Buning uchun Pensiya jamg‘armasining rasmiy pfru.uz saytida ishga tushirilgan «Pensiya kalkulyatori» xizmatidan foydalansa kifoya. Uning yordamida fuqaro o‘zining dastlabki pensiyasini yuqorida aytilgan amallarni bajarib, hisoblab chiqarishi mumkin.

— Deylik, pensiya jamg‘armasining aybi bilan fuqaroning pensiyasini tayinlashda xatolik yuz berib, unga kam miqdorda pensiya hisoblangan. Yillar o‘tib bu aniqlandi. Shunday holda pensionerning avvalgi yillardagi ololmay qolgan pullari nima bo‘ladi?

— «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 59-moddasiga muvofiq, fuqaro Pensiya jamg‘armasining aybi bilan olmagan yoki ololmagan pensiya summasini oradan qancha muddat o‘tib ketganidan qat’i nazar, to‘liqligicha olish huquqiga ega.

— Pensioner boshqa joydan qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi pul yoki gonorar olsa, qanday hollarda uning pensiyasi to‘laligicha saqlab qolinadi?

— Qonun hujjatlariga ko‘ra, agar pensionerning olayotgan ushbu summasi yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan oshmasa, u holda fuqaroning pensiyasi to‘liq miqdorda saqlab qolinadi.

Manba: “Oila davrasida” gazetasi

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.