Press "Enter" to skip to content

Yo’lbars bilan tulki bolalar uchun ertak

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

Yo‘lbars bilan tulki — Jahon xalq ertagi

Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak?
Yo‘lbars tashlanay-tashlanay deb turibdi. Shunda tulki o‘zini qo‘rquvdan emas, kulgidan titrayotgan qilib ko‘rsatib: «Ha-ha-ha!» deb qulibdi.
Yo‘lbars hayron bo‘lib yerga o‘tiribdi-da:
— Nega kulayapsan? — deb so‘rabdi.
— Sen bechoraning holingga kulayapman-da! — deb javob beribdi tulki zo‘rma-zo‘raki kulgancha
— Nima? Senga kulayapman, deysanmi? — deb bo‘kiribdi yo‘lbars.
— Albatta, senga kulayapman-da! — debdi tulki. — Sen bechora hozir meni yemoqchi bo‘layapsan, mening bo‘lsa kulgim kelayapti. Ha-ha-ha! Axir sendan endi hech kim qo‘rqmaydiku! Lekin mendan hamma qo‘rqadi, hatto odamlar ham qo‘rqishadi!
Yo‘lbars o‘ylanib qolibdi: «Balki uning gapi to‘g‘ridir? Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, tulkiga tegish xavfli-ku!»
— Ishonmayotganga o‘xshaysan, — debdi tulki. — Yur, bo‘lmasa, agar odamlar mendan qo‘rqishmasa, meni dum-pumim bilan yeb qo‘yaqol.
Yo‘lbars rozi bo‘libdi, so‘ng ikkovlari yo‘lga tushishibdi. Dehqonlar shahardan qaytib kelayotgan yo‘lga yaqin borishibdi.
— Tez-tez yur, orqada qolma! — deb qichqiribdi tulki va o‘zi oldinga tushib yuguribdi.
Yo‘lbars katta-katta qadam tashlab, tulkining orqasidan boraveribdi. Odamlar qarashsa bahaybat yo‘lbars ular tomon kelayotgan emish. Birdan qiy-chuv ko‘tarib qichqirishibdida, bor narsalarini tashlab qocha boshlashibdi.
Shunda baland o‘sgan o‘tlar orasida ko‘rinmay ketgan tulki bo‘ynini cho‘zib yo‘lbarsga qichqiribdi:
— Xo‘sh, ko‘rdingmi? Odamlar dumimning uchini ko‘riboq shunchalik Qo‘rqib ketishdi. Senga hech kim qaragani ham yo‘q!
Ahmoq yo‘lbars uyalganidan tumshug‘ini quyi solibdida, astoydil xafa bo‘lib o‘z to‘qayzoriga qarab ketibdi. Endi tulki uning ustidan rostakamiga kulibdi.

Однажды лиса наткнулась в роще на голодного тигра. Тигр зарычал, а лиса замерла на месте от страха. «Если я его не обману, я умру», — сказал себе лис. Что делать?
Тигр собирается уйти. Тогда лиса, притворившись, что дрожит не от страха, а от смеха, сказала: «Ха-ха-ха!» — воскликнул он.
Тигр сидит на земле от удивления и говорит:
«Почему ты смеешься?» он спросил.
— Я смеюсь над тобой, бедняжка! — ответила лиса с принужденным смехом
— Какая? Ты хочешь сказать, что я смеюсь над тобой? — зарычал тигр.
«Конечно, я смеюсь над вами!» сказала лиса. «Ты, бедняжка, сейчас пытаешься меня съесть, я смеюсь». Ха-ха-ха! Ведь тебя больше никто не боится! Но меня все боятся, даже люди меня боятся!
Тигр подумал: «Может быть, он прав?» Если это произойдет, лису трогать опасно!»
«Кажется, ты не веришь в это», — сказала лиса. «Иди, если нет, если люди меня не боятся, съешь меня целиком».
Тигр согласился, и тогда они вдвоем отправились в путь. Крестьяне идут вдоль дороги, возвращающейся из города.
— Ходи чаще, не отставай! — крикнула лиса и побежала вперед.
Тигр сделал большие шаги и последовал за лисой. Когда люди смотрят, они видят, что к ним приближается огромный тигр. Внезапно они закричали и начали убегать.
Тогда лиса, скрывшаяся в высокой траве, вытянула шею и закричала тигру:
— Ну, ты видел? Люди были так напуганы, когда увидели кончик моего хвоста. На тебя даже никто не посмотрел!
Глупый тигр, опустив от стыда клюв, ушел в свою рощу, глубоко опечаленный. Теперь лиса смеялась над ним.

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Yo‘lbars, kiyik va tulki — Jahon xalq ertagi
  2. Tulki bilan chumoli — Jahon xalq ertagi
  3. Tulki bilan xo‘roz — Jahon xalq ertagi
  4. Qushcha bilan suv kalamushi — Jahon xalq ertagi
  5. G‘oz bilan turna — Jahon xalq ertagi
  6. Tulki bilan turna — O‘zbek xalq ertagi
  7. Laylak bilan tulki — O‘zbek xalq ertagi
  8. Tulki bilan bo’ri — O‘zbek xalq ertagi
  9. Tulki bilan tovus — O‘zbek xalq ertagi
  10. Bo’ri bilan tulki — O‘zbek xalq ertagi

Yo’lbars bilan tulki bolalar uchun ertak

Yo’lbars bilan tulki bolalar uchun ertak sizlarga albatta yoqadi.Bir kuni Tulki qalin o’rmon ichiga kiribdi. To’satdan uning ro’parasidan Yo’lbars chiqib qolibdi.

Tulki qo’rqib ketib, qocha boshlabdi. Yo’lbars esa uni quvibdi. Yo’lning o’rtasidan jarlik chiqib qolibdi. Tulki yugurishdan to’xtabdi-da, bir tosh ustiga chiqib olib yig’lay boshlabdi.

Yo’lbars hayron bo’lib so’rabdi:

Nega yig’layapsan, Tulkivoy?

— Men sizni ko’rishim bilan darrov otangiz yodimga tushib ketdi. Ular shunday epchil edilar- ki, hatto eng katta jarliklardan ham sakrab o’ta olar edilar. Endi bo’lsa bunaqangi epchillikni menga ko’rish qayda, deysiz?

Yo’lbars Tulkining oldida maqtangisi kelib, jardan sakrab o’tmoqchi bo’libdi-da, jarga tushib, til tortmay o’libdi.

O’zim ham biluvdim-a, hali otangizga yetishingizga ancha bor! — debdi ayyor Tulki va o’z yo’liga ravona bo’libdi. Yo’lbars tulki bolalar ertak sizga yoqqan bo’lsa boshqasini ham o’qing.

Shirin uyqu ertagi

Bir odamning uchta o’g’li bor ekan. Shu odam o’layotganida bolalariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», — deb vasiyat qilibdi. Bu gapni ikkita katta o’g’li bir xil tushunibdi, kichik o’g’li esa boshqacha tushunibdi. Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta ко’rpani to’shab, «uyquni shirin qilish» shunday bo’ladi-da, deb yotaveribdi. Keyin ust-ustiga har xil shirin taomlarni yeb, «ovqatni shirin qilib yeyish» mana bunaqa bo’ladi deb yuraveribdi. U yoqqa ag’anab, bu yoqqa ag’anab yota-yota ovqatlari ham singmay, yegan ovqatining ham, uxlagan uyqusining ham mazasini bilmabdi. Axiri, yeyishga ovqatlari qolmay, kambag’al bo’lib qolishibdi.

Kichkinasi ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin, ichgan choyi undan shirin, uxlasa uyqusi ham shirin bo’lar emish. Shunday qilib, uning borgan sari davlati ziyoda bo’lib, uyqusi shirin, ovqati mazali bo’lib boravergan ekan.

Qani, ayting-chi, ota vasiyatini qaysi o’g’il to’g’ri tushuna olgan ekan?

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Kitob haqida chiroyli sherlar
  5. Bolalar uchun she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Poliz ekinlari haqida topishmoq
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.