Press "Enter" to skip to content

Yod tanqisligi inson intellekti va IQ darajasi susayishiga sabab bo‘ladi

Gipertireoz kasalligi asosan tugunli bo‘qoq va diffuz zaharli bo‘qoqning yashirin turi bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Gipertireoz kasalligi bor shaxslar soni tugunli bo‘qoq bemorlar soniga mos keladi. Gipertireoz organizmga ortiqcha yod miqdori tushishi bilan rivojlanishi mumkin va o‘z navbatida og‘ir yod defetsit holati yuzaga kelgan mintaqada yodlangan osh tuzini qo‘llash bilan bog‘liq.

Global muammo: Yod yetishmovchiligi

Yod hayotiy zarur mikroelement hisoblanadi va oziq-ovqatlar bilan iste’mol qilinadi. Qalqonsimon bez gormonlari uchun yod juda zarur. Agarda organizmda yod yetishmovchiligi doimiy ravishda kuzatilsa, qalqonsimon bez gormonlarining ishlab chiqishi susayadi, bu o‘z navbatida modda almashinuvining asosiy javhalari buzilishiga olib keladi.

So‘nggi 60 yil mobaynida turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash borasida ishlar olib borildi. Jumladan, uning tarkibiga osh tuzi, non, sut, shakar va ichimlik suvi kiradi. Ularning ichida osh tuzi bir necha sabablarga ko‘ra ko‘proq ishlatila boshladi:

1. Osh tuzi jamiyatning barcha qatlamlari, ularning ijtimoiy va iqtisodiy kelib chiqishidan qat’i nazar, deyarli bir xil miqdorda va doimiy ravishda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri deb sanaladi. Shuning uchun osh tuziga qo‘shilgan yod kabi element yil davomida barcha yoshdagi odamlar tomonidan bir xil qabul qilinishi mumkin.

2. Boshqa oziq moddalaridan farqliroq, osh tuzini ishlab chiqarish markazlashtirilgan sanaladi. Ushbu markazlarda osh tuzini yodlash natijasida aholini fiziologik me’yorda yodlangan osh tuzi bilan to‘la ta’minlashga kafolat berish mumkin.

3. Yodni osh tuzi bilan aralashtirish xavfsiz va oddiy usul deb sanaladi.

4. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan osh tuzi ko‘proq dengiz suvidan olinadi va uning tarkibida tabiiy ravishda yod bo‘ladi. Suv bilan birga yod ham parlanadi va osh tuziga yod qo‘shish bilan biz dengiz tuzining tabiiy tarkibini tiklaymiz xolos.

5. Osh tuzini yodlash (kaliy yodidi yoki kaliy yodati yordamida) tuzning ta’mi, hidi va rangini o‘zgartirmaydi. Bosh¬qacha aytganda, yodlangan va yodlanmagan osh tuzi deyarli farq qilmaydi.

6. Osh tuzini yodlash narxi arzondir: 1 kg osh tuziga 2-7 AQSH senti to‘g‘ri keladi. Ko‘p davlatlarda u osh tuzi qoldiq narxining 5 % dan kamini tashkil etadi.

Yod yetishmovchilik holatlarini profilaktika qilish usullari

Shaxsiy yod profilaktikasi

  • Yod bilan boyitilgan ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish (yodlangan osh tuzi), fiziologik miqdorda yod tutuvchi profilaktik dori vositalarini qabul qilish (yodid 100/200 mkg).

Ushbu maqolani ham o‘qing: Ginekomastiya – sababi, alomatlari, tashxislash va davolash

Guruhli yod profilaktikasi

  • Yod yetishmovchiligi hududlarida yashovchi xavf guruhiga kiruchilarga (bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollar) profilaktik dori vositalarini (yodid 100/200 mkg) qabul qilish tayinlanadi.

Yalpi yod profilaktikasi

  • Keng tarqalgan ozuqa mahsulotlari, ko‘pincha osh tuzi, tarkibini yod bilan boyitish. Bu markazlashtirilgan holda osh tuzi ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladi.

Qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati

  • homilada miyaning rivojlanishi, bolalarda esa o‘sish jarayonida aqliy qobiliyatning rivojlanishini belgilaydi;
  • me’yoriy energetik balans¬ni ta’minlaydi;
  • oqsil ishlab chiqishini tezlashtiradi;
  • uglevod almashinuvida qatnashadi;
  • qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi;
  • immunitet tizimiga ta’sir qiladi;
  • kompleks adaptatsion jarayonni ta’minlaydi;
  • skelet suyaklarining yetilishi va rivojlanishini nazorat qiladi;
  • jinsiy qobiliyatning sifatini belgilaydi.

Tuzdagi yod miqdorining tavsiya qilingan darajasi va uning mutanosibligi hamda samaradorligini nazorat qilish bo‘yicha qo‘llanma

Tanadagi yod yetishmovchiligining oldini olishda iste’moldagi osh tuzini yodlash tavsiya etiladi. Ilgari osh tuzini yodlash borasidagi tavsiyalar ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yodning umumiy miqdoridan 25-50 % yo‘qolishi va osh tuziga bo‘lgan talab kishi boshiga 5-10 g to‘g‘ri kelishi kabi taxminlarga asoslangan edi. Oxirgi o‘n yilda osh tuzini ishlab chiqarishda yodlashni joriy qilish va uning yod tanqisligi oqibatida rivojlanadigan xastaliklarga ta’siri borasida katta amaliy tajriba orttirildi. Tuzni universal yodlash tatbiq etilgan mamlakatlarda yod tanqisligidan kelib chiqadigan xastaliklar sonining sezilarli darajada kamayishi asosiy yutuq bo‘ldi.

Biroq, ma’lum bo‘ldiki, ba’zi davlatlarda odamlar asossiz ravishda ko‘p miqdorda yod qabul qilmoqdalar va buning oqibatida yod chaqiruvchi Gipertireoz (YCHG) holatlari ko‘paymoqda. Shuning asosida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (WHO), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Yod tanqisligi holatlariga bog‘liq, xastaliklarga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qo‘mita (ICCIDD)lar osh tuzini yodlash bilan bog‘liq bo‘lgan xastaliklarni o‘rganib, Afrikaning yettita davlatida izlanish olib bordilar. Bu izlanish natijalari va oxirgi yillar fan-texnika yutuqlari asosida osh tuzidagi yodning miqdori borasidagi tavsiyalar qayta ko‘rib chiqildi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Ko‘krak sutidagi gormonlar

Yodga bo‘lgan talab

Yodga bo‘lgan talabni qondirish uchun hozirgi kunda quyidagi kunlik miqdor tavsiya etiladi:

  • 50 mkg – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 12 oygacha bo‘lgan go‘daklar uchun;
  • 90 mkg – 2-6 yosh bolalar uchun;
  • 120 mkg – 7-12 yosh maktab o‘quvchilari uchun;
  • 150 mkg – 12 yoshdan kattalar uchun;
  • 200 mkg – homilador va emizikli ayollar uchun.

Foydali tavsiyalar

Yangi ma’lumotlarga asoslangan, quyidagi qayta ko‘rib chiqilgan holatlarni yodda tuting:

  • ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha tuz yetib borguncha osh tuzidagi yod 20 % ga kamayadi;
  • ovqat tayyorlash vaqtida yana 20 % kamayadi;
  • o‘rtacha osh tuziga bo‘lgan bir kunlik talab kishi boshiga 10 g ni tashkil etadi.

150 mkg yodning osh tuzi bilan odam tanasiga tushishi uchun, ishlab chiqarish korxonalarida yodning osh tuzidagi miqdori 20-40 mg/kg (yoki 34-66 mg/kg kaliy yodat)ni tashkil qilishi lozim. Agarda iste’moldagi barcha tuz yodlangan bo‘lsa, bunda biroz pastroq daraja tavsiya etiladi (20 mg yod/kg). Bunday holatlarda yodning o‘rtacha siydik orqali ekskretsiyasi 100-200 mkg/l ni tashkil qiladi.

Lekin ko‘p holatlarda, ayniqsa, rivojlanib kelayotgan davlatlarda osh tuzi sanoatining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay mavjud osh tuzining sifati past yoki osh tuzi noto‘g‘ri yodlangan yoki to‘g‘ri yodlangan osh tuzi uzoq muddat namlikda, issiqda yoki ifloslangan muhitda turishi natijasida aynigan. Bunday sharoitlarda ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borish davrida yodning osh tuzi tarkibidagi yo‘qolishi 50 % dan ham ziyod bo‘lishi mumkin va bunda o‘z-o‘zidan siydikdagi yodning ekskretsiyasi ham 100-200 mkg/l dan past bo‘ladi.

Ko‘p hollarda iste’mol qilinadigan osh tuzi miqdori 10 g/kishi/kundan ancha past bo‘lishi ham mumkin. Yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish jarayonida qo‘shiladigan yodning miqdorini tanlashda aytilgan barcha omillarni albatta hisobga olish kerak.

Agar yodlangan osh tuzi qabul qiluvchi guruhlarda yodning siydik orqali ajralishi tavsiya etilgan darajadan past bo‘lsa, tuzni yodlash darajasi va uning chiqib ketishiga ta’sir etuvchi omillarni qayta jiddiy ko‘rib chiqish zarur.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Qandli diabet taomnomasi — jadvallar, tavsiyalar va ovqatlanish tartibi

Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • tuz sifati va yodlash muolajalari;
  • tuzdagi yodning yo‘qolishiga ta’sir etuvchi omillar – qadoqlash, tuzni tashish, saqlash, ovqat tayyorlash;
  • mahalliy taom tayyorlash uslublari (tuz ishlatish va ovqat pishirish xususiyatlari).

Gipertireozning rivojlanish omillari

Ko‘p miqdorda yod qabul qilish natijasida kelib chiquvchi gipertireozning rivojlanish omillari

Gipertireoz asosan katta yoshdagi aholida og‘ir yod tanqisligi yuzaga chiqqanda yod qabul qilish kundalik ehtiyojining me’yoriy miqdori 100-200 mkg/kun bo‘lsa ham rivojlanishi mumkin. Bu holat vaqtincha davom etadi va yod tanqisligi yo‘qolganda kasallik o‘z-o‘zidan tuzaladi.

Gipertireoz kasalligi asosan tugunli bo‘qoq va diffuz zaharli bo‘qoqning yashirin turi bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Gipertireoz kasalligi bor shaxslar soni tugunli bo‘qoq bemorlar soniga mos keladi. Gipertireoz organizmga ortiqcha yod miqdori tushishi bilan rivojlanishi mumkin va o‘z navbatida og‘ir yod defetsit holati yuzaga kelgan mintaqada yodlangan osh tuzini qo‘llash bilan bog‘liq.

Gipertireoz rivojlanishining to‘liq oldini oladigan va osh tuziga qo‘shiladigan yodning ideal miqdori mavjud emas. Aholi yashovchi mintaqalarda yod tanqisligi holatini bartaraf etuvchi yodlangan tuzning samarasi gipertireoz rivojlanish omilidan bir necha marta ustun turadi.

Yod tanqisligi oqibati

Yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan xastaliklar bir qator patologik holatlarni o‘z ichiga oladi, jumladan bo‘qoq, gipotireoz, kretinizm, kar-soqovlik, g‘ilaylik, spastik paraplegiya, aqliy zaiflik, pakanalik, go‘daklarning o‘lik tug‘ilishi, tug‘ma nuqsonlar va perinatal o‘lim holatlarining o‘sishi.

Gipertireoz – qalqonsimon bez faoliyatining oshishi bilan bog‘liq holat bo‘lib, bunda bezning asosiy gormonlari bo‘lmish triyodtironin (T3), tiroksin (T4) biosintezi va sekretsiyasi oshgan bo‘ladi va bu holat tireotoksikoz rivojlanishiga olib keladi. Uning asosiy belgilari: ko‘p terlash, ozib ketish, ishtaha kuchayishi, ko‘zdagi o‘zgarishlar (ko‘z olmasining bo‘rtib chiqishi), qon-tomir belgilari (taxikardiya, aritmiya), nafas olish buzilishi, asabiylik, besaranjomlik, holsizlik, tez charchashdir.

© «O‘zbekistonda sog‘likni saqlash» gazetasi.

Yod tanqisligi inson intellekti va IQ darajasi susayishiga sabab bo‘ladi

Okean va dengizlardan uzoqlik, keskin kontinental iqlim sharoiti xalqimiz salomatligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim kasalliklar borki, ular O‘zbekistonda surunkali tus olgan. Shulardan ba’zilari yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqadi.

Shu bois O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tkir global tibbiy-ijtimoiy va demografik muammo sifatida baholayotgan ushbu xastalik 130 dan ortiq mamlakatda uchraydi.

Dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ida uning rivojlanish xavfi yuqori. Shunday hududlarda yashovchi 740 million nafar kishida yod tanqisligi kasalliklarining turli ko‘rinishlari mavjud va ularning 50 million nafarida miya disfunksiyasi va aqliy zaiflik kuzatilishi kishini yana ham xavotirga soladi.

Bu kabi holatlarning asosiy “aybdor”i — yod mikroelementidir!

Xo‘sh, bu modda hayotimizda nega bunchalik muhim ahamiyat kasb etadi?

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar ilmiy bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimovadan bu boradagi savollarimizga javob oldik.

“Yod mikroelementi inson organizmida qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun zarur, — deydi N.Alimova. — Yetarli darajada yod iste’mol qilmaslik qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib keladi”.

Ming afsuski, hozir mamlakatda yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lmagan hududning o‘zi yo‘q. Deyarli barcha aholi vakillari ratsionida bu mikroelement tanqisligi kuzatiladi.

Kimga qancha yod zarur?

“Yod shunday moddaki, uni inson organizmi ishlab chiqara olmaydi, faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin.

Yodga bo‘lgan ehtiyoj chaqaloqlarda kuniga 50 mikrogramm, 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 90 mikrogramm, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lganlar uchun 120 mikrogramm, o‘smirlar va kattalarda esa 150 mikrogrammni tashkil qiladi.

Ayollarda homiladorlik va emiziklilik davrida yodga bo‘lgan ehtiyoj kuniga 200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi. Chunki onaning tanasi yodni homila yoki emizikli bola bilan bo‘lishadi.

Yod yetishmasa, yodlash qobiliyati susayadi(mi?)

Tanadagi yod miqdorining doimiy kamayib borishi va qonda qalqonsimon gormonlar konsentratsiyasining pasayishi natijasida bola miyasining rivojlanishi buziladi.

Yod tanqisligi sabab bolada og‘ir klinik kasalliklar, ya’ni endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolish, aqliy zaiflik paydo bo‘lishi kuzatiladi. Yod yetishmovchiligidan kelib chiqadigan asoratlar perinatal va chaqaloqlar o‘limiga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.

Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, yodning nisbatan kichik tanqisligi bo‘lgan hududlardagi maktab o‘quvchilarining 10 foizga yaqinida endemik buqoqning tarqalish xavfi mavjud. Bunday joylardagi aholining IQ darajasi va boshqa intellektual ko‘rsatkichlari o‘rtacha 10 foizga kamayishi kuzatilgan.

  • 90 foizida nutq rivojlanishining orqada qolishi,
  • 80 foizida emotsional ta’sirchanlik va agressiya,
  • 30 foizida e’tibor sustligi,
  • 20 foizida o‘z tengdoshlari va kattalar bilan muloqotning qiyinlashuvi,
  • 10 foizida aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi salbiy holatlar bilan namoyon bo‘ladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.