Press "Enter" to skip to content

Qiz farzand ko’rish: usullari, yo’llari, sirlari, yapon va xitoy taqvimi, ovulyatsiya kuni

Masal:

Yaxshi farzand qanday boladi

Ruhiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson fe’l-atvorining 80 foizi u 5 yoshgacha bo‘lgan davrda shakllanib ulgurar ekan. Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyadagi e’tibori, oilaviy muhitning sog‘lomligi farzand kamolida katta ahamiyat kasb etadi.

Quyida e’tiboringizga tarbiyaga oid 20 ta fikr-mulohazani havola qilamiz.

Daraxtdan meva olaman desang, uni nihollik davridan parvarish qil.

O‘zbek xalq maqoli

Otaning qandayligini hech kim yo‘qligida bolasiga qilgan muomalasidan bilish mumkin.

― Den Pirs

Ota-onaning o‘z farzandiga “Sen mening g‘urur-iftixorimsan” deyishi farzand tarbiyasidagi eng munosib xatti-harakatdir.

― Unarin Romaru

Oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Aynisqa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlilik, shirin suxan bo‘lish bola kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biridir.

― Abu Ali ibn Sino

Yaxshi ota yoki ona bo‘lish uchun har doim g‘azablanish kerak bo‘lganida vazmin bo‘lishing, xafa bo‘lishing zarur mahalda esa tabassum qilishing kerak bo‘ladi. Shu bois ham, ota-ona bo‘lish katta mahorat.

― Den Pirs

Bolalar hech qachon kattalarga quloq solishmagan bo‘lishsa ham, ular kattalarga taqlid qilishda hech qachon xato qilishmagan.

― Jeyms Boldvin

Menga ayt va men unutaman. Menga saboq ber va men eslab yuraman. Meni qiziqtir va men o‘rganaman.

― Benjamin Franklin

Siz o‘zimniki deb o‘ylagan bolalar aslida sizning farzandingiz emas – ular hayotning o‘g‘il-qizlari.

Garchi, ular siz orqali dunyoga kelgan bo‘lishsa ham, o‘zlarini umrga tegishli hisoblaydilar.

Ular yoningizda ulg‘ayishsa ham, kun kelib olisga ketib qolishlari mumkinligi ayni haqiqat.

Siz farzandga o‘z mehr-muhabbatingizni his qilishlariga yordam berishingiz mumkin. Ammo ularni o‘z o‘y-xayollaringiz bilan band qila olmaysiz. Chunki ularning o‘z dunyolari, xayol va rejalari bor.

Ularning qad-qomatlari sizning uyingizda bo‘lsa ham, ko‘ngillari hali bu yerda qo‘nim topmagan bo‘ladi. Boisi ularning ko‘ngillari kelajakka mansub. Siz esa o‘zingizni kelajakda xayollaringiz orqali ham tasavvur qila olmaysiz. Boisi siz bugunning odamlarisiz.

Siz farzandingizni tushunish uchun unga o‘xshashingiz mumkin. Ammo ularni tamoman o‘zingizdek bo‘lishga majburlamang. Sababi hayot oldinga yuradi va kechagi qoidalar bugunga munosib kelmaydi.

Siz misoli farzandingizni oldinga yo‘naltirgan kamonsiz. O‘qning imkon qadar uzoqqa borishi va mo‘ljalsha tegishi uchun kamon mustahkam bo‘lishi kerak.

― Xalil Jubron

Farzand – Yaratganning ota-onaga eng yuksak in’omi. Farzand qalbi esa – Xudoning ota-ona qo‘liga parvarishlash uchun bergan eng katta omonati. Bolangizga vaqt ajrating, ularni Xudoga e’tiqodli, odamlarga ishonchi baland qilib tarbiyalang. Ularning hayotdagi eng ishonchli do‘stiga aylaning. Keksalikda shulardan boshqa amallarning hech biri ish bermaydi.

― Liza Uingeyt

Bolalar ota-onalar tizzasidagi o‘quvchilardir.

― Emili Bavold

Garchi, bolalarimiz uchun bekam-ko‘st kelajakni hozir qila olmasak ham, bolalarimizni kelajak uchun kam-ko‘stsiz qilib tayyorlashimiz mumkin.

― Franklin D. Ruzvelt

Kim aytganini bilmadim-u, inson qalbida zabt etilmagan, his qilinmagan shunday tuyg‘ular bo‘ladiki, bu go‘zal hislarni bizga faqat farzand quvonchi hadya qila oladi.

― Enn Lamott

Ertaga farzandlaringiz yodida bo‘lish uchun, bugun ularning hayotidan va ko‘nglidan joy olinglar.

― Barbara Jonson

Ona bo‘lish – biologik omil emas, onalik to‘laligicha xulq-atvorga taalluqli.

― Robert Heynlayn

Farzandni uzoqqa ketkazmaslikning eng yaxshi yo‘li – oilaviy muhitdagi zaharli havoni ko‘chaga haydab, oilada farovon, dilkash rishtalar, odamga xush yoqadigan iqlimni yaratishdir.

― Doroti Parker

Kattalar tug‘ma aql sohiblari bo‘lmish bolalarning yo‘lini to‘sishni yaxshi ko‘radilar. Kattalarning talab hamda vazifalaridan charchagan bolalar bora-bora hafsalasiz va umidsiz bo‘lib, xushchaqchaq ko‘ngillarini bekitib oladilar, qalblarida borini o‘rtoqlashmay qo‘yadilar. Bolaga bunday munosabatda bo‘lish ularning o‘z ichki olamlariga badarg‘a qilish, demakdir. Natijada ularni u olamdan ortga qaytarish qiyin kechadi.

― Haruki Murakami

Ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bermaydi. Farzandingga odob bergin, chunki sen farzandga odob berish va uni ta’lim-tarbiyali qilishga mas’ulsan. Bu mas’ullik esa farzandning kun kelib senga yaxshilik qilishiga mas’uldir.

― Hadis

Ota-ona tabiatiga xos shunday tushunarsiz holat bor: ular o‘z bolalarini ularni jonlariday asrab-avaylagan ota-onalaridan ko‘proq yaxshi ko‘radilar. Kun kelib farzand bilan bo‘lib, ota-onalarining e’tiborini unutib qo‘yadilar.

Ota-ona farzandini ardoqlashga kirishar ekan, bolasiga mehri shu qadar chuqurlashadiki, oxir-oqibat farzand bu mehrni anglab yetishga ojizlik qilib qoladi. Natijada o‘rtada jarlik paydo bo‘ladi.

Sen ana shundagina ota-onangni senga nisbatan muhabbatini javobsiz qoldirganing va katta xatoga yo‘l qo‘yganingni anglaysan.

― Ursula Negi

Farzandingizga kuchli his-tuyg‘u mahalida o‘z-o‘zini qo‘lga olishni, tuyg‘usini nazorat qilishni, har qanday sharoitda adolatli bo‘lishni o‘rgating. Ana shunda siz kelajakka yaxshi bir insonni tuhfa qilib, jamiyatni jinoyat ta’siridan qutqarib qolgan bo‘lasiz.

― Benjamin Franklin

Yaxshi ota-ona farzandiga baxt mashaqqatli mehnatning mevasi ekanini o‘z sa’y-harakati bilan ko‘rsatadi va sekin-asta farzandini ham o‘z safiga olib, murg‘ak qalbni munosib hayot sari boshlaydi.

Meg Miker

Masal:

Kelishmovchiliklar va ahillikning yo‘qligi bois bir dehqonning uyida doimo janjal hukmron ekan.

Bir kuni u o‘g‘illarini to‘plab, ularga bir donadan xivich berib, sindirishni buyuribdi. O‘g‘illari buni qiynalmay bajarishibdi. So‘ngra dehqon o‘g‘illaridan sindirilgan xivichlarni olib,bir butun qilib bog‘labdi va uni sindirishni so‘rabdi. Ammo hech bir o‘g‘il buni uddalay olmabdi.

–O‘g‘illarim, debdi dehqon, — oila ham mana shu xivichlarga o‘xshaydi. Agar siz ham axil bo‘lib, jips yashasangiz hech nima sizni mag‘lub qila olmaydi. Aks holda parokandalik sizdan ustun kelib,barchangizni halok qiladi.”

Siz ham farzandlaringizni ahil qilib tarbiyalang.

― Ezop

Barchangizga farzandingiz kamoli va rohatini ko‘rish nasib qilsin!

Qiz farzand ko’rish: usullari, yo’llari, sirlari, yapon va xitoy taqvimi, ovulyatsiya kuni

Har bir ona o’z yordamchilari bo’ladigan qiz farzand ko’rishni orzu qiladi. Darhaqiqat, qiz ko’rishni istamagan ona bo’lmasa kerak, statistika ma’lumotlari ham buni tasdiqlaydi. Biroq, qiz tug’ilish orzusi faqat ayolning istaklari bilan belgilanmasligi mumkin. Kimdir faqat turli jinsdagi bolalarni xohlaydi va oilada 1 yoki 2 ta o’g’il farzand bor, kimdir o’ziga aqlli yordamchi xohlaydi. Umuman olganda qizga homilador bo’lish istagining sabablari turlichadir. Savol esa uning sabablarida emas, balki, qanday qilib qiz farzand ko’rish mumkinligida.

Aslida, bunga erishishning juda ko’p yo’llari mavjud. Va buning ajablanarli joyi yo’q, bizning onalarimiz va buvilarimiz ham bu savollarga berilishgan. Albatta, ular qiz ko’rish sirlarini topishgan va bizgacha ular qanday ovqatlanish, homilador bo’lish kechasi qanday irimlar qilish kerakligi uchun xalqona tavsiyalar shaklida yetib kelgan.

Bugungi kunda buvilar maslahatiga jiddiy ravishda yondashish hojati yo’q. Chunki ilm-fan qiz tug’ilishini xohlagan oilalarga yordam bermoqda.

  • 1 Qiz farzand ko’rish uchun ovulyatsiya taqvimi
  • 2 Yapon jadvali
  • 3 Qonni yangilanishi
  • 4 Xitoy taqvimi

Qiz farzand ko’rish uchun ovulyatsiya taqvimi

Eng mantiqiy usuli ovulyatsiya bo’yicha qizga homilador bo’lish uchun taqvim tuzishdir. Ushbu uslub spermatozoidalar turlarining tabiiy farqiga asoslangan. Ma’lumki, insonda DNK 2 xil turdagi xromosomalardan iborat: X va Y. Ayollar X-xromosomalarga ega, erkaklar esa o’zlarida X va Y xromosomalarini birlashtiradi. Shuning uchun bo’lajak farzand jinsiga aynan erkakning jinsiy hujayralari javob beradi.

Shu narsa aniqlanganki, erkakning Y-xromosomasini tashuvchi spermatozoidlar ko’proq harakatchan, faol, tezroq, ammo kamroq yashovchandir. Jinsiy aloqadan bir kun o’tib erkaklar xromosomasini barcha tashuvchilari nobud bo’ladi, lekin og’ir va asta harakatlanuvchi X-spermatozoidlar yana bir kun, hatto ikki kungacha yashashi mumkin.

Demakki, aynan ovulyatsiya kunida jinsiy aloqa qilinsa, o’g’il chaqaloq tug’ilishi ehtimoli qiz tug’ilishi ehtimolidan bir necha baravar yuqori bo’ladi. X-spermatozoidlarning imkoniyatlarni kengaytirish uchun jinsiy aloqani ovulyatsiyadan oldingi kun rejalashtirilgan yaxshi.

Bir muammo bor: ovulyatsiya kunini hisoblash. Buning bir necha yo’li bor. Eng sodda, ammo ishonchsizroq usuli — siklning o’rtasiga asoslanishdir. Internetda mavjud bo’lgan barcha avtomatik kalendarlar aynan shu tamoyilga asoslanadi.

Buning ishonchliligi juda ko’p narsalarni talab qiladi. Aslida ovulyatsiya hisoblangan kundan oldin va keyin ham sodir bo’lishi mumkin. Hisob esa kunlarda emas, soatlarda olib boriladi. Shuning uchun aniqroq usullarga tayanish zarur. Masalan, bazal haroratni o’lchash.

Haqiqat shundaki, ovulyatsiyadan oldingi kun harorat 1 darajaga pasayadi. Biroq, buni kuzatib borish uchun siz har kuni rektal (to’g’ri ichak) haroratni o’lchashingiz kerak. Buni har kuni bir xil vaqtda, to’shakdan turmay va keskin harakatlar qilmasdan oldin o’lchang. Sizning tanangizning o’zini qanday tutishini o’rganish uchun 3-4 oy davomidagi bazal harorat jadvaliga ega bo’lish yaxshi.
Bazal haroratni o’lchash haqida→

Ovulyatsiya kuni haqida undanda aniq ma’lumotni UTT (UZI) berishi mumkin. Biroq, ko’pchilik odamlar har kuni UTT ga tushish imkoniyatiga ega emasligi ehtimoldan yiroq emas, shuning uchun bu shunchaki aniq nazariy imkoniyatdir. Umuman, harorat o’zgarishining grafigi qiz ko’rish uchun juda to’g’ri taqvimini tuzishga yordam beradi.
Ovulyatsiya haqida batafsil→

Yapon jadvali

Qadimgi yapon uslubi ham qizga homilador bo’lish niyatidagi kishilarda qiziqish uyg’otadi, biroq, u yuqoridagilar kabi ilmiy asosga ega emas. Boshqa tomondan, bu asos kerakmi? Ko’p jihatdan, qadimgi yaponlar allaqachon haq ekanliklarini isbotlashgan.

Ushbu usul ikki jadvalga asoslangan. Birinchi vertikal qatorda onaning tug’ilish oyi, ikkinchi gorizontal qatorda otaning tug’ilish oyi ko’rsatiladi. Bu jadvalda ota-ona tug’ilgan oy kesishmasida yotgan oilaviy raqamni topishingiz kerak.

Onaning
tug’ilgan
oyi
Otaning tug’ilgan oyi
Yan. Fev. Mart Apr. May Iyun iyul Avg. Sen. Okt. Noy. Dek.
Yan. 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
Fev. 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
Mart 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
Apr. 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
May 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
Iyun 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
Iyul 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
Avg. 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
Sen. 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
Okt. 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
Noy. 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
Dek. 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12

Olingan sonni esa ikkinchi jadvalda topish kerak. Shuningdek homiladorlik boshlangan oyni aniq bilish kerak. Oila sonidan homiladorlik boshlangan songa qarata vertikal chiziq tushiring. X lar qaysi jinsda ko’p bo’lsa, demak, o’sha jinsdagi farzand tug’iladi. Masalan, oila soni 4 bo’lsa, homiladorlik iyun oyida boshlangan bo’lsa, jadvaldagi jinsda turgan X larga qaraymiz, o’g’il satrida 1 ta X, qizda esa 3 ta X, demak, yuqori ehtimollik bilan qiz tug’iladi.

1 2 3 4 5 6 O’g’il Qiz 7 8 9 10 11 12
yan x x
yan fev xxxxxx x
yan fev mart x xx
yan fev mart apr x x
yan fev mart apr may xx x
yan fev mart apr may iyun x x
fev mart apr may iyun iyul x xx
mart apr may iyun iyul avg x xxx yan
apr may iyun iyul avg sen x xx yan fev
may iyun iyul avg sen okt xxxxxxxxxx x yan fev mart
iyun iyul avg sen okt noy x x yan fev mart apr
iyul avg sen okt noy dek x x yan fev mart apr may
avg sen okt noy dek x x yan fev mart apr may iyun
sen okt noy dek xxxxx x fev mart apr may iyun iyul
okt noy dek x xxxxxxxxxx mart apr may iyun iyul avg
noy dek xxxx x apr may iyun iyul avg sen
dek xxx x may iyun iyul avg sen okt
x x iyun iyul avg sen okt noy
x x iyul avg sen okt noy dek
x xx avg sen okt noy dek
x x sen okt noy dek
xxxxxxxx x okt noy dek
xxxxx noy dek
xx dek

Qonni yangilanishi

Qiz farzand ko’rishning yana bir nazariyasi qonni yangilanishi kabi tushunchaga asoslangan. Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. Qiz farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib onasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash kerak. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.

  1. Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi (masalan, 29 yoshda bo’lsa, 29: 4 = 7, qoldiq 1).
  2. Onaning umumiy yoshi uchga bo’linadi (masalan, 26 yoshda bo’lsa: 26: 3 = 8, qoldiq 2).
  3. Qoldiqni solishtiring. Erkakda qon bir yil oldin yangilangan (qoldiq 1) va ayolda 2 yil oldin (qoldiq 2). Ushbu nazariyaga asoslanib, bu davrda o’g’il tug’ilishi kutiladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».

Qon yangilanishini hisoblash uchun kalkulyator

Onaning yoshi
Otaning yoshi

Xitoy taqvimi

Farzand jinsini oldindan rejalashtirish bo’yicha Oy va Xitoy kalendarlari ham mavjud. Ayollar shu usullar bilan farzand jinsini «tahmin» qilishga harakat qilishlari mumkin. Xitoy taqvimi Yapon jadvaliga o’xshash, biroq bu oddiyroq, chunki u faqat onaning yoshini hisobga oladi. Shuning uchun, kalendar bitta jadvalda. Shunchaki siz o’zingizning yoshingizni toping va qaysi oyda qiz farzandga homilador bo’lish imkoni yuqoriligini ko’rib chiqing. Xitoy taqvimi jadvalini ko’rish →

Ko’rib turganingizdek, qiz tug’ilishiga «buyurtma berish» uchun juda ko’p usullar mavjud va bunga harakat qilish mantiqqa to’g’ri keladi. Biroq, ulardan hech biri sizga 100% kafolat bermaydi. Shuni yodda tutish kerakki, bolaning jinsi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, u mehrga muhtoj va unga munosibdir.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.