Press "Enter" to skip to content

Xorazm shevasi

Bu lug‘atimiz Xorazm viloyati shevasi asosida tuzildi. Xaraz – bu so‘z “tegirmon” ma’nosida qo‘llanilib, vohaning barcha tumanlari uchun xarakterlidir. Masalan: “Otanazar kun peshinlab un torttirgani xarazga ketdi”.

Xorazm shevasi soʻzlaridan

Bu galgi lug‘atimiz Xorazm viloyati shevasi asosida tuzildi.

Xorazm shevasida ushbu so‘z “yorug‘” ma’nosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan:

Iki yoqtu guhar olamga bergan,

Muhabbat ganjini odamg‘a bergan.

Ushbu so‘z vohaning asosan Urganch, Xiva, Xonqa tumanlarida “tor ko‘cha”, “jin ko‘cha”, “boshi berk ko‘cha” ma’nolarida keladi. Masalan: “Dig‘iriqdan u yog‘iga yo‘l yo‘q edi”.

Bu so‘z “tegirmon” ma’nosida qo‘llanilib, vohaning barcha tumanlari uchun xarakterlidir. Masalan: “Otanazar kun peshinlab un torttirgani xarazga ketdi”.

Asosan o‘g‘uz shevasiga xos bo‘lib, “chumchuq” ma’nosida keladi. Vohaning Urganch, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qo‘shko‘pir tumanlarida bu so‘z keng qo‘llaniladi. Masalan: “Bola qo‘liga tosh olib ulgurmay, shoxdagi sechalar pir etib uchib ketdi”.

Vohada bu so‘z “tom” ma’nosida qo‘llaniladi. Gurlan, Yangibozor tumanlarida esa uning muqobili sifatida “tambash” so‘zidan foydalaniladi. Masalan: “Dovul og‘a somon tashlash uchun uchakka chiqdi”.

Xorazm vohasida hozir ham qo‘llanib kelinadigan bu so‘z “chumoli” ma’nosini ifodalaydi. Masalan: “U qo‘lida o‘rmalab ketayotgan qarinjani puflab tashladi”.

Rabg‘uziyda “qarinja” – “qarinchqa” tarzida uchraydi:

“Qarinchqalarning ulug‘i oqsoq erdi”. (“Qisasi Rabg‘uziy”dan)

Akmal JUMAMURODOV

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonidan olindi.

Xorazm shevasi

Xorazm shevasi turk tillar sharqiy oʻgʻuz ostguruhining oʻgʻuz (janubi-gʻarbiy) guruhiga kiradi. Oʻzbek tili shevasi hisoblanadi.

Tarixi [ править | править код ]

Dastlab Xorazm aholisi sharqiy eron deb atalmish tilda gaplashgan. Xorazm-turkiy tili eramizning birinchi asrlari boshlarida, Turk xoqonligi (567 — 603) davrida xorazmiylarning tilini turklashtirish oqibatida shakllanishni boshladi va asosan ushbu jarayon XI asrda saljuq bosqinidan keyin jadallashdi. Jarayon 1220 yili Chingizxon jangchilari bosqini oqibatida Xorazmshohlar davlati soʻnganidan keyin yakunlandi.

Plano-Karpini guvohlik berishicha, XIII asrdanoq xorazmiylar orasida turk nutqi ustun boʻlishni boshladi. XIV asrning 1-yarmi xorazmiylar tilining toʻliq turkiylashishi yakuniy davri boʻldi [1] . Oʻrta osiyo turkiy tili rasmiy til boʻldi va Xiva xonligida rasmiy til sifatida 1920 yilgacha foydalanildi.

Xorazm shevasiga Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismlaridagi, shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi baʻzi shevalar va Qozogʻistonning 2 ta shevasi yaqin keladi.

A. N. Samoylovich turkumlashi boʻyicha bu shevalar xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjalari deya taʻriflanadi va qipchoq-turkman deb nomlangan alohida guruhga kiritiladi.

XII asrda Xorazmda yashagan Mahmud Zamahshariyning «Muqaddimat ul adab» asarida XIV—XIX asrlarda xorazm-turkiy tili rivoj topgan 6000dan koʻp soʻz sanaladi.

XV asrdan boshlab Xorazmda sovet tilshunoslari tomonidan eski oʻzbek tili deb nomlangan chigʻatoy turkiy tili adabiy til boʻladi.

Fonetika [ править | править код ]

Adabiy Oʻzbek tilidan fonetik farqlari:

a) soʻz boshida „k“, „t“ tovushlari oʻrniga mos ravishda „g“, „d“ ishlatiladi: til — dil, tish — dish, kel — gal, kerak — garak;

b) „q“, „k“ harflari soʻz oxirida tushirib qoldiriladi: issiq — issi, tirik — diri, xivalik — xivali;

c) koʻpchilik soʻzlarda „e“dan „a“ga oʻtish hollari uchraydi: men — man, sen — san, kel — gal, kes — kas, kerak — garak;

d) soʻzlarning oʻrin-payt kelishigi shakllarida III shaxs shaklida kelishik qoʻshimchasidan oldin „-n-“ tovushi qoʻshiladi: ichinda (ichida), dishinda (tishida);

e) „ng“ harfi ikki xilda aytiladi, ham „ng“, ham „ŋ“ shakllarida: kitopiŋ (kitobing), giyiming (kiyiming).

Morfologiya [ править | править код ]

a) qaratqich kelishigi qoʻshimchasi „-ni“ shakliga ega; ot qoʻshimchasi adabiychadan farq qilmaydi (birlik. „-m“, „-im“, „-ng“, „-ing“, „-i“, „-si“).b) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi „-a“, „-ya“ shakliga ega;

c) davomiylik harakatidagi hozirgi davr feʼlining tugallanmasi „-yotir“ shakliga ega: galyotir, boryotir (kelyapti, boryapti);

d) kelgusi davr feʼlining tugallanmasi „-jak“, „-jaq“ shakllariga ega: galajak (kelmoqchi), borajak, borajaq (bormoqchi);

e) maqsad feʼlining shakli „-ali“ qoʻshimchaga ega: galali (kelaylik), borali (boraylik).

Xorazm shevasi lugʻat boyligida bir qancha oʻziga xos soʻzlar mavjud: zangi (narvon), soʻqi (oʻgir), yimirta (tuxum), qumri (musicha), burch (garmdori), qarinja (chumoli), taka (bolish), sipsa (supurgi).

Shuningdek qarang [ править | править код ]

  • Iqon-qorabuloq shevasi
  • Qoramurt shevasi
  • Xuroson-turkiy tili
    • Bojnurdi tili

    Adabiyotlar [ править | править код ]

    • S.P. Tolstov. По следам древнехорезмийской цивилизации. М: Издательство АН СССР, 1948
    • G. Nepesov. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924 гг., Таш., 1962
    • X.S. Samatova, A.I. Eshonov. Образование Хорезмской и Бухарской Народных Советских Республик, kit.: История советского государства и права, T. 1. М., 1968
    • A.N.Samoylovich. Тюркское языкознание. Филология. Руника. M., 2005.

    Manbalar [ править | править код ]

    Xorazm shevasi soʻzlaridan

    Bu lug‘atimiz Xorazm viloyati shevasi asosida tuzildi. Xaraz – bu so‘z “tegirmon” ma’nosida qo‘llanilib, vohaning barcha tumanlari uchun xarakterlidir. Masalan: “Otanazar kun peshinlab un torttirgani xarazga ketdi”.

    Yoqtu

    Xorazm shevasida ushbu so‘z “yorug‘” ma’nosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan:

    Iki yoqtu guhar olamga bergan,
    Muhabbat ganjini odamg‘a bergan.
    (“Muhabbatnoma”dan).

    Dig‘iriq

    Ushbu so‘z vohaning asosan Urganch, Xiva, Xonqa tumanlarida “tor ko‘cha”, “jin ko‘cha”, “boshi berk ko‘cha” ma’nolarida keladi. Masalan: “Dig‘iriqdan u yog‘iga yo‘l yo‘q edi”.

    Secha

    Asosan o‘g‘uz shevasiga xos bo‘lib, “chumchuq” ma’nosida keladi. Vohaning Urganch, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qo‘shko‘pir tumanlarida bu so‘z keng qo‘llaniladi. Masalan: “Bola qo‘liga tosh olib ulgurmay, shoxdagi sechalar pir etib uchib ketdi”.

    Uchak

    Vohada bu so‘z “tom” ma’nosida qo‘llaniladi. Gurlan, Yangibozor tumanlarida esa uning muqobili sifatida “tambash” so‘zidan foydalaniladi. Masalan: “Dovul og‘a somon tashlash uchun uchakka chiqdi”.

    Qarinja

    Xorazm vohasida hozir ham qo‘llanib kelinadigan bu so‘z “chumoli” ma’nosini ifodalaydi. Masalan: “U qo‘lida o‘rmalab ketayotgan qarinjani puflab tashladi”.

    Rabg‘uziyda “qarinja” – “qarinchqa” tarzida uchraydi:

    “Qarinchqalarning ulug‘i oqsoq erdi”. (“Qisasi Rabg‘uziy”dan)

    Akmal JUMAMURODOV tayyorladi.

    “Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonidan olindi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.