Xasis va tovuq
Xayol qildi: “Hech gap emas, men uchun –
Ertaklar
Audiokutubxona Ertaklar Ezop masallari Jahon xalq ertaklari Krilov masallari Masallar Multfilmlar O‘zbek xalq ertaklari Qo‘shiqlar Rus tilidagi ertaklar Rus xalq ertaklari She’rlar Topishmoqlar Yangliklar
Burgut bilan tulki
Burgut bilan Tulki do‘st tutinishdi va qo‘shni bo‘lib yashashga ahd qilishdi. Burgut azim tup daraxtning qir uchiga uya qurdi. Tulki esa, shu daraxt tagida, butalar orasida bolaladi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, kunlarning birida Tulki ovga chiqdi. Shunda o‘z polaponlarini nima bilan boqishni bilmay, ochiqib o‘girgan Burgut pastga uchib tushib, butalar orasida yotgan tulkivachchalarii changaliga …
Xasis va tovuq
Derlar xor bo‘ladi xasis oxiri,Chunki u boriga qilmay qanoat,Bo‘lgan sari bo‘lsam, deb o‘ylar faqat.Ammo ikki bo‘lmas hyech qachon biri.Bunga misol o‘ylab o‘tirmay uzoq —Bir cho‘pchak aytayin, quloq solib boq:Bir kishi bo‘larkan o‘tgan zamonda,Yo‘q ekan uning hyech kasbu hunari.Ammo molu dunyo ko‘p ekan unda,Sandiqlarda to‘la oltinu zari.Sabab: bo‘lar ekan unda bir tovuq,Shundayin tovuqki — hyech bahosi …
Falokat bosgan Dehqon
Bir Dehqonning uyigaKechasi o‘g‘ri kirdi.Hovlisiyu omborinTitkilab birin-birin,Nima kirsa qo‘liga —Hammasini shipirdi.O‘g‘rida bormi vijdon?-Bechora bizning DehqonBoy yotib, gado turdi,Qip-qizil xonavayron.Eng yomon dushmaning hamKo‘rmasin bunday kunni.Dehqon chekar g‘am-alam,Bosh yerda, egik bo‘yni,To‘pladi oshnolarin,Xeshu aqrabolarin,Dedi: «Ayting, ne qilay,Boshimni qayga uray?»Shunda dehqonga har kimMaslahat bera boshlar,Do‘sti Kirpich bosh qashlar:«Aytmovdimmi sengakim —Solma, deb elga rosaBoyligingdan ovoza».Klimich dedi: «Quda,Omboringni sen juda —Uyingdan …
Sher va qurbaqa
Qurbaqaning qurillaganini eshitgan Sher, bu qanday vahimali hayvon bo‘ldi, deb ovoz kelgan tomonga o‘girilib qaradi. Qarab, endigina suvdan sakrab chiqqan Qurbaqani ko‘rib, uni ezg‘ilab tashladi va dedi: «Ovoz emas, vajohat qo‘rqinchli bo‘ladi».Bu masal javrashdan boshqa ishni bilmaydigan mahmadona odam haqida. Ezop masallari, Masallar Oxshash xabarlar:Ayol haqida sherTushda Sher ko’rsaQORBOBO UCHUN SHER / YANGI YIL SHERIQish …
Sher bilan tulki
Sher qarib qoldi; endi u o‘zi ov qilib qornini to‘ydira olmasdi; shunda u ayyorlik qilib kun kechirmoqchi bo‘ldi: u o‘z g‘origa kirib, go‘yo kasal bo‘lgandek yotib oldi; shunda hayvonlar uning holidan xabar olgani kela boshladilar, Sher esa ularni tutib yeyaverdi. Bu orada ancha-muncha hayvon patarat topdi. Nihoyat, Sherning nayrang ishlatayotganini Tulki sezib qoldi; mana, u …
Sher bilan buqa
Sher bahaybat bir Buqani yeyishga chog‘lanib, uni shirin so‘zlar bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘ldi. U qurbonlikka qo‘y so‘yganligini aytib, Buqani ziyofatga taklif qildi. Niyati — mehmonni dasturxon yoniga cho‘k tushgan paytida yeyish edi. Mana, Buqa keldi; qarasa, doshqozonlarda suv qaynayotganmish, bir qancha uzun-uzun sixlar ham kabob qilishga shaymish-u, ammo qo‘ydan darak yo‘qmish. Buqa bu holni ko‘rdi-yu, …
Sichqondan cho‘chigan sher
Uxlab yotgan Sherning basharasidan bir sichqon pildirab o‘tib ketadi. Sher sakrab turib ketib, kim yuzimga tegdi, degandek atrofga alanglab qaraydi. Buni ko‘rgan tulki: «Seni qara-yu, kimsan Sher bo‘laturib sichqondan qo‘rqib ketding-a!» — deb Sherni mazax qiladi, «Yo‘q, men sichqondan qo‘rqqanim yo‘q, — deb javob qiladi Sher, — balki uning surbetligi g‘azabimni qaynatdi».Bu masal, aqlli odamlar …
Qaldirg‘och va ilon
Qaldirg‘och sud mahkamasi bo‘g‘otiga uya qurib bola ochdi. Kunlarning birida u polaponlari uchun oziqa topgani uchib ketganida bir Ilon uning iniga o‘rmalab chiqib, hamma bolalarini yeb qo‘ydi. Qaytib kelgan Qaldirg‘och uyasining bo‘m-bo‘sh qolganini ko‘rib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. Shunda boshqa qaldirg‘ochlar kelib unga taskin berib dedilar: «Bo‘ldi, ko‘p kuyunaverma, bitta senmi bolalaridan judo bo‘lgan? Na iloj, …
Qaldirg‘och bilan qarg‘a
Qaldirg‘och bilan Qarg‘a, qay birimiz chiroyliroq, deb tortisha boshlashdi. Shunda Qarg‘a Qaldirg‘ochga dedi: «Sening chiroying faqat bahorda ko‘rinadi. Men bo‘lsam qish ayoziga ham chidab yashayveraman».Masal demoqchiki, uzoq umr kechirish go‘zalikkdan afzaldir. Ezop masallari, Masallar Oxshash xabarlar:Qaldirg‘och va ilonQarg‘a bilan qo‘ziQarg’a bilan qo’ziBolalari och qolgan ota va tilanchiTushda Yog’och imorat yoki g’ula taxlami ko’rsaOch qoringa iste’mol …
Toshbaqa bilan burgut
Toshbaqa osmonda uchib yurgan Burgutni ko‘rib, o‘zining ham uchgisi keldi va Burgut yerga qo‘nganida uning oldiga borib: «Qancha xizmat haqi so‘rasang beraman, faqat meni uchishga o‘rgat», deb yolvordi.Garchi Burgut, buning iloji yo‘q, sen ucha olmaysan, deb qancha uqtirsa ham Toshbaqa ko‘yarda- qo‘ymay unga yolvoraverdi. Axiri bo‘lmagach, Burgut Toshbaqani changaliga olib osmon-falakka ko‘tarildi va o‘sha yerdan …
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Xasis va tovuq
MAYNA
Har kimda ham bor o’zicha talant, layoqat.
Lekin birov yutug’iga ko’ngli ketib sust,
Bu hunarning past-balandin bilmasdan durust-
O’sha ishga urinadi ba’zilar, afsus.
Undaylarga bermoqchiman shunday maslaqat:
Bo’lsin desang agar ishing puxta jo-bajo
Yuragingdan suygan ishga urin doimo.
Bir Mayna polopon bo’lmay turiboq
Sa’vaday sayrashni qilgandi odat.
Unga butun o’rmon solardi quloq,
Uynoqi ovoz-la kuylasa har vaqt.
Boshqa-ku, shunga ham qilardi shukur,
Ammo hasadchiydi maynacha qurg’ur.
Bulbulning shuhratin eshitib bir kun,
Xayol qildi: “Hech gap emas, men uchun –
Ashula kuylamoq Bulbul singari,
Undan ham oshirib yuboray hali”.
So’ng sayray boshladi Bulbulga o’xshab,
Chiranib, bor kuchin Mayna qildi sarf,
Goh chinqirib ko’rdi, gohi xirillab,
Gohida miyovlab, gohi chirillab,
Xullas, jami qushni qildi-ku bezor.
Ey, tentak Maynacha, chiranma bekor –
Yaxshisi, sen Sa’va bo’lib sayray qol,
Ko’rdingki, Bulbulday bo’lishing mahol.
NOSHUD AYIQ
Deqqonning arava do’g’asin yasab
Yaxshigina pulga sotishin ko’rib,
(Bu ish chidam, hunar etadi talab)
Ayiq ham bu ishga go’yo qo’l urib
Yashamoqchi bo’ldi, qarang, bir zamon.
Qasiru qusurga to’ldi-ku o’rmon.
Qancha daraxtlari qilsa-da nobud
Uddalay olmadi deqqon hunarin.
Maslahat olay deb keldi u sarp:
“Sabab nimaykin, bilmadim, qo’shni,
Menga dosh kelolmas har qanday daraxt,
Hech buka olmadim do’g’aga faqat,
Axir, siri nima, aytgil, bu ishni?”
“Sirimi ?- der deqqon,- sabr va chidam,
Bu narsa aslida senda yo’q, oshnam”.
CHUMOLI
Bor ekan bir Chumoli, juda pahlavon,
Bunaqasin sira ko’rmagan tarix.
Derlarki u (darj etmish rostgo’y muarrix) –
Ko’targan ekan birdan ikki arpa don.
Boz ustiga botiru, qo’rquv bilmas mard.
qayda ko’rsa chuvalchang,
Tishlab qolin qilar tang,
qattoki o’rgimchakka dadil solar chovt.
Dovruqi ketgan juda
Paqlavonning ta’rifi – tillarda doston.
Biling, ortiqcha maqtov – qamisha ziyon.
Ammo ko’p boshqachaydi bizning Chumoli,
Doim maqtovda edi fikru xayoli.
qar qanaqa loflarga ishonardi u,
Bo’lib o’z zo’rligiga maqliyo, magrur –
qasd qildiki, shaqarga borsa-yu, shartta
Zo’rligini namoyish etsa – albatta
qoyil qolardi unga kichigu katta.
Aravasiga pichan ortgandi deqqon,
Chiqib olib ustiga asta shu zamon –
Shaqarga kirib bordi “Rustami doston”.
Afsus u kutganday bo’lmadi ammo,
Gurro-gurro yigilar jami olomoi,
Kilib qolaylik deya uni tomosho.
Lekin qech kimsa unga bermay e’tibor,
qar kim o’z tashvishi-yu, o’z ishi-la band.
Uziga qaratay deb qammani yakbor –
Bir bargnp tortqilardn u yonu-bu yon,
Dam egilib, dam turar, chiranar chunon,
Koshki birorta odam qo’ysaydi qarab,
Bizning Chumoli polvon niqoyat charchab,
Arava oldidagi ko’ppak itga der:
Bormi shaqarliklarda ko’zu farosat,
Shuncha qarakatimni ko’rmasa, naqotq
Chumolilar inida Mashqur edim-ku, juda”,-
Deya yuzi shuvut Chumoli polvon
Yo’l oldi o’zining iniga tomon.
Uchraydi shundayin shum, masxaraboz,
Zo’rman, deb olamga solsa-da ovoz,
Lekin aslida Kuchayadi faqat maqallasida.
SA’VA BILAN KAPTAR
Sa’va tushib qoldi yovuz tuzoqqa,
Bechora o’zini urar har yoqqa.
Yoshgina Kaptarcha oldi mazaqqa:
“Uyatmasmi,- dedi,- kuppa-kunduzi
Ilinib qolibsan, ko’z bormi o’zi ?
Aytgan gaplarimga o’zimman kafil”.
Qarangki, shu on –
O’zi ham tuzoqqa ilinib qoldi.
Sen bundan buyon –
Birovning g’amidan kulma, Kaptarxon.
KAKKU VA XO’ROZ
“Qanday sayraysan, Xo’roz,
Savlatdor, jarang ovoz!”
“Sen-chi, erkam Kakkujon,
Sayrashing cho’ziq, ravon,
O’rmonda qo’shiqchi yo’q senday yoqimtoy va soz!”
“Seni, qo’shnim, o’lguncha eshitishga tayyorman!”
Sayramay qolsang bir dam,
O’lay agar, toqatim toq, kutaman!
Boshlay qolsa ekan, deb qon yutaman.
Qaydan bu xilda ovoz?
Bunday ohang qayda bor?
Sof, muloyim, jarangdor.
Ha, naslingiz shundoqroq: o’zi mittigina qush,
Lekin sayragan chog’da ip esholmas bulbul ham!”
“Qulluq, qo’shni, ko’nglim xush,
Agar chin dildan aytsam,
Sen jannat qushchasidan sayraysan yoqimliroq,
Eshitganlar hammasi shunday maqtashar inoq”.
Qaydandir uchib kelgan Chumchuq dedi shu zamon:
“Do’stlar, biri-biringizni maqtang to
Lekin kuyingiz yomon!”
Gunohdan jindak qo’rqmay, uyalmay Kakku
Xo’rozni maqtar buncha?
Xo’roz oldin Kakkuni xo’p maqtagani uchun!
BO’RI BILAN SICHQON
Och Bo’ri podadan bir qo’yni sudrab
Olib qochdi uzoq xilvat o’rmonga.
Mehmonga chorlagan emas, turgan gap,
Tilkaladi ko’zi to’lgancha qonga.
Terisini shilib obdon, shoshilmay,
Suyaklarini bir-bir chaynab, kemirdi,
Ko’rinsa hamki go’sht – ochofatga oz,
Tamom qilolmasdan, to’yib kekirdi
Va kechki ovqatga qoldirib bir oz –
Yemishning oldida yotdi cho’zilib,
Hazmi – taom qilib, ko’zi suzilib.
Yonida yashovchi ushoq Sichqoncha
Qarang, ziyofatning qidin olgancha –
O’t-o’lan oralab biqinib kelib,
Sekin bir parcha go’sht epini qilib –
Kavagiga qarab ko’tarib qochdi.
Bo’rivoy yarq etib ko’zini ochdi,
Chidolmasdan bunday yuzsiz tolonga
Ayyuqannos soldi butun o’rmonga:
“Voy dodu hayhot!
Ushlanglar, to’singlar kazzob o’g’rini,
Talab ketdi tamom boru yo’qimni!”
Shunday hangomani ko’rdim shaharda:
Hakamning soatini o’g’ri uribdi.
O’zi-ku qirt kazzob bo’lgani qolda,
“Ushla o’g’rini”, deb dodlab yuribdi.
DAVLATMAND VA SHOIR
Katta Davlatmand-la Shoir bir mahal
Hamda hukamolar etishsin deb hal –
Har ikov kelishdi qozixonaga.
Shoir turar yupun, g’aribu nochor,
Na egni durustu na chorig’i bor.
Boy esa o’ralib zar – shohonaga
Turardi bezrayib, mag’rur, dimog’dor.
Shoir yaratganga qildi iltijo:
“O’zing rahm ayla, ey qodir xudo!
Yetib borgay senga bu o’tli ohim,
Axir, o’zing aytgil, nadir gunohim?
Yoshligimdan tamom sho’rdir peshonam,
Na yemishim tayin, na issiq xonam.
Bor-yo’g’im hammasi – xayolda xolos.
Holbuki, mening bu raqibim, paqqos –
Mehnatsiz, idroksiz qiynamasdan jon –
Qasrlarda surar bemalol davron.
Noz-ne’matlar ichra yo’q bosib yashar,
Shumi adolating, xalloqi bashar?”
Tangridan Shoirga keldi bir nido:
“Nahotki, sen uchun arzimas aslo –
Lirang jaranglashi asrlar aro?
Uni-chi? Hech kimsa olmas yodiga,
Nomi qolmas hatto zurriyotiga.
Axir, tanlagansan o’zing qismatni,
Oltinu zar emas, o’lmas shuhratni.
Davlatmandga etdim men dunyo ato,
Yetsa edi uning idroki, ammo –
Sezsaydi o’zining arzimasligin,
Sen yaxshi bilgin:
U o’z toleidan bo’lib norozi –
Sendan ko’ra ko’proq nolirdi hozir”.
BO’RI BILAN MUSHUK
O’rmondan qishloqqa halloslab chopib
Kirib keldi bir kun ochofat Bo’ri.
Mehmon bo’lib emas – bir panoh topib –
O’zin qutqarmasa – quriydi sho’ri.
Orqadan ovchilar tozi quvdirib
Bo’rining jonini olishdi rosa.
Ko’zdan yashirinib jonin saqlasa.
Ammo darvozalar barisi qulfloq,
Bo’rivoy har tomon alanglab shu choq –
Ko’zi tushdi devor uzra Mushukka,
Boshladi shu zamon yalinishlikka:
“Mushukjon, jon do’stim, ayta qol tezroq,
Bunda deqqonlardan kim rahmdilroq?
Hu, quvib kelyapti ko’p ovchi, tozi,
Meni dushmanlardan yashirsin hozir”.
“Unday bo’lsa, tezroq Stepanga chop,
Ko’p rahmdil odam”,- der Mushuk shu top.
“Yo’q-e, chang solganman uning qo’yiga”.
“Balki Dem’yan qo’yar seni uyiga?”
Qo’rqamanki, qasdin olar u mendan,
Tortib ketgan edim echkisin zimdan”.
“Trofimga bor-chi?”- “Xudo saqlasin,
Bahorda yegandim uning to’qlisin”.
“Ahvoling chatoq-ku. Ehtimol, Klim. “
“Ox, do’stim, buzog’in qilganman tilim. “
“Uh-ho’, ishing besh-ku, qara-ya, quda –
Sen butun qishloqni tullabsan juda.
Meni yashirsin, deb chekma ohu voh,
Bunda topolmaysan o’zingga panoh.
Barcha harakating ketar behuda.
O’zingning qilmishing – o’zingdan ko’rgin,
Nima ekkan bo’lsang – o’shani o’rgin”.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Xasis va tovuq — Krilov masali
Derlar xor bo‘ladi xasis oxiri,
Chunki u boriga qilmay qanoat,
Bo‘lgan sari bo‘lsam, deb o‘ylar faqat.
Ammo ikki bo‘lmas hyech qachon biri.
Bunga misol o‘ylab o‘tirmay uzoq —
Bir cho‘pchak aytayin, quloq solib boq:
Bir kishi bo‘larkan o‘tgan zamonda,
Yo‘q ekan uning hyech kasbu hunari.
Ammo molu dunyo ko‘p ekan unda,
Sandiqlarda to‘la oltinu zari.
Sabab: bo‘lar ekan unda bir tovuq,
Shundayin tovuqki — hyech bahosi yo‘q.
Tug‘ib berar ekan u har kun tuxum,
Oddiy tuxum emas — naq oltin tuxum.
Boshqa-ku, shungayam shukr qilardi,
Ammo xasis nafsi qachon to‘yardi?
Oqib turgan boylik ko‘rinibdi oz,
O‘ylabdi: “Tovuqni so‘ysam bo‘lar — soz,
Yuramanmi bekor, qutqilab, chidab,
Xazina bor deyman uning ichida…”
Shundayin qasd qilib noshukur banda
Tovuqning bo’yniga tortibdi pichoq.
Xazina axtarib titkilaganda —
Chiqibdi ichidan jo‘n ichak-chavoq…
Krilov I.A
Отчаянный конец жадных,
Потому что он не удовлетворен тем, что делает все,
Он думает только о том, что мне станет лучше.
Но двое никогда не бывают одним.
Пример тому долго не думая —
Расскажу немного, послушай:
В прошедшем времени, когда был человек,
Если нет, то это его профессия.
Но в мире много богатств,
Сундуки, полные золота и золота.
Причина: в нем будет курица,
Так что курица бесполезна.
Каждый день она несет яйцо,
Не обычное яйцо — настоящее золотое яйцо.
Во всяком случае, он был благодарен за это.
Но когда будет удовлетворено жадное эго?
Текущее богатство видно мало,
Он подумал: «Я могу убить курицу — соз,
Я иду, спасаю, терплю,
Я думаю, что в этом есть сокровище…»
Так умышленно неблагодарный слуга
Он приставил нож к шее цыпленка.
При поиске клада —
Вылезли кишки…
Крылов И.А.
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Tovuq bilan tulki — Ezop masali
- Bo‘ri bilan mushuk — Krilov masali
- Davlatmand va shoir — Krilov masali
- Bo‘ri bilan sichqon — Krilov masali
- Chumoli — Krilov masali
- Noshud ayiq — Krilov masali
- Mayna — Krilov masali
- Bo‘ri bilan tulki — Krilov masali
- Qo‘ylar va itlar — Krilov masali
- Dehqon va ilon — Krilov masali
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.