Press "Enter" to skip to content

Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

TURG`UN XONTO‘RAYEV haqida

Foto: Мурод Хонтўраев / Facebook

O‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Кириллчада 19 iyul 2021, 13:27 Sport

19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U o‘zining professional karerasini 2013 yilda boshlagan.

Mazkur YTH to‘g‘risida IIV YHXBB axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Hodisa 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lning bir yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Газета.uz» 17 355

Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

Sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab vafot etdi.

Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi. O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19-iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi “BMW X5” avtomashinasida avtohalokatga uchrab, vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati to‘liq ma’lumot berdi.

“2021-yilning 19-iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Lacetti” hamda “BMW X5” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida “BMW X5” rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, “BMW X5” rusumli avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, “Osiyo ayig‘i” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Xonto‘rayev 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. MMA’dagi professional faoliyatini 2013-yilda boshlagan Murod Xonto‘rayev jami 15 ta jang o‘tkazib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan, uchta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana bitta jang natijasi bekor qilingan.

Xonto‘rayev 2018-yil 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida yuzaga kelgan tartibsizlikda ishtirok etgani uchun hibsga olingan va sud hukmiga ko‘ra eng kam oylik ish haqining (172 240 so‘m hisobida) 94 barobari — 16 190 560 so‘m miqdorida jarimaga tortilgandi. O‘sha yilning noyabr oyida Xonto‘rayev o‘z ofisida pichoqlab ketilgandi. Hozirga qadar Xonto‘rayev O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi.

G‘animat. Murod Xonto‘rayev xotirasiga bag‘ishlanadi

Birinchi bo‘lmoq hamisha qiyin. O‘rnak bo‘lish, ortingdan ergashtirish, xato qilgan chog‘ing badalini ortig‘i bilan to‘lash. Birinchilarning qismatga bitilgani shu. Ularga oson. Ularga qiyin! MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev ham birinchi edi. U O‘zbekistonda birinchi bo‘lib aralash jang san’ati sportida yuqori natijaga erishgan, dunyo davlatlari rahbarlari nazariga tushgan, “Osiyo ayig‘i” nomini olgan sportchi edi.

Murod Xonto‘rayev 1987 yil 4 iyulda Toshkent shahrida, oddiy oilada tug‘ildi. Otasi oshpaz va novvoy edi. Onasi esa uy bekasi. Xonto‘rayev bolagini ko‘p eslar, o‘shanda maktabdan qaytgach? otasiga non sotishda yordam berganini aytardi. Oilada ikki o‘g‘ilning to‘ng‘ichi bo‘lgan Murod kamtargina o‘tgan bolaligini baxtga to‘la xotiralar bilan yodga olardi. Xonto‘rayevning sportga kirib kelishiga otasi sababchi bo‘lgan

Murod kikboksing bo‘yicha Toshkent shahar chempionatidagi ishtiroki bilan sportchilik faoliyati boshlangan. Kikboksing va qo‘l jangi bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston, 5 karra Osiyo, ikki karra Jahon chempioni, universal janglar bo‘yicha esa, 4 karra Osiyo va bir bor Yevropa chempioni bo‘lgan, Muay-tay bo‘yicha bir marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Xonto‘rayevni mashhurlikka olib chiqqan g‘alabalardan biri bu Sochida bo‘lib o‘tgan “League S-70” turnirida rossiyalik Yevgeniy Yeroxinga qarshi jang edi. U raqibini atigi 25 soniyada mag‘lub qilgan. Ushbu g‘alaba barcha MMA muxlislarini, shu qatorda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevni ham hayratda qoldirgan.

2018 yil 26 noyabr. Murod Xonto‘rayev Toshkentning qoq markazida pichoqlandi. Bu unga nisbatan qilingan birinchi yirik suiqasd edi. Sudda Xonto‘rayev hech kimdan da’vosi yo‘qligini aytib, ayblanuvchilarning jazosini yengillatishni so‘rab, yana bir bor mardligini namoyon etdi.

19 iyul. Qurbon hayitidan bir kun avval. Tushga yaqin ijtimoiy tarmoqlarda Murod Xonto‘rayev yo‘l-transport hodisasiga uchrab, vafot etibdi, degan xabarlar tarqaldi. Ko‘pchilik bunga ishonmadi. Xonto‘rayevga avval ham suiqasd qilingani, u juda ko‘p falokatlardan omon chiqib kelgani uchun bu safar ham omon qaytadi, degan ishonch bor edi.

Bugun biror kishiga musibat kelsa, yordam o‘rniga, mazax qilguvchilar, bo‘hton tarqatadiganlar ko‘p topiladi. Xonto‘rayevning vafoti ham ular uchun ayni muddao bo‘ldi. Kim spirtli ichimlik iste’mol qilgan ekan desa, yana kimdir mashinani katta tezlikda boshqarganini to‘qib chiqardi. Haqiqat esa birin-ketin yuzaga chiqaverdi.

Murod Xonto‘rayev nafaqat kuchli sportchi, namunali shogird, balki mehribon farzand, yakkayu yagona ammo dunyolarga tatiydigan aka, uch o‘g‘ilning otasi, suyukli yor, adolatli rahbar, halol sherik, sadoqatli do‘st ham edi. Ayniqsa, qo‘li ochiq, saxiyligi tillarda doston.

Dunyodan o‘tgan yaxshi insonlar xotirasiga haykal o‘rnatiladi. Ushbu haykalni ko‘rganda uning ezgu amallari yodga olinadi. Biroq, oramizda shunday insonlar borki, ular tiriklik chog‘idayoq odamlarning qalbiga o‘z haykalini, siymosini o‘rnatib ketadi. Bu haykalni o‘chirib ham, sindirib ham bo‘lmaydi. Xonto‘rayev odamlar qalbida ana shunday siymosi bilan qoldi.

Murod Xonto‘rayev haqida tayyorlangan G‘animat filmini yuqoridagi videopleyerda va QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Unda “Osiyo ayig‘i”ni oila a’zolari, ustozlari, do‘stlari va shogirdlari davrasida xotirlaymiz. Xonto‘rayevni oramizdan olib ketgan YTHning yana bir ishtirokchisi so‘zlariga quloq tutamiz.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.