Press "Enter" to skip to content

Тўра Мирзо (1956)

Bilagida «qorni» och xalta,
To‘rt tomonga otilar ko‘zi.
Shamol tinar, o‘lar holatda
Bug‘doyzorni uyg‘otar o‘zi.

To‘ra Mirzo (1956)

To‘ra Mirzo (To‘ramirza Jabborali Dadamirzo o‘g‘li) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi Peshko‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatgan (1979). 1989 yilda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida o‘qigan.

Birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar xayqirig‘i» (1983). «Go‘ro‘g‘lining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «To‘xtamishxon» (1994) kabi she’riy va dramatik asarlari nashr etilgan. «Dobrыy znak», «Vozvrasheniye v Ferganu» to‘plamlari rus tilida, «Bilga To‘nyuquq vasiyati» manzumasi va turkum she’rlari Turkiyada nashr qilingan.

To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga taniqli dramaturg va tarjimon hamdir. Uning «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt latifalari», «Saratondagi izg‘irin» kabi dramatik asarlari sovrinlarga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad va Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin olgan.

3 dramadan iborat «Amir Temur» trilogiyasi uchun xalqaro Fuzuliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Jon Gloyl Pristlining «Xazina», Agata Kristining «Qopqon», Aziz Nesinning «Yashasin, sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Тўра Мирзо (1956)

Тўра Мирзо (Тўрамирза Жабборали Дадамирзо ўғли) 1956 йили Наманган вилояти, Чортоқ туманидаги Пешкўрғон қишлоғида туғилган. Маннон Уйғур номидаги Тошкент санъат институтининг театршунослик бўлимини тугатган (1979). 1989 йилда Москвадаги Олий Адабиёт курсида ўқиган.

Биринчи шеърлар тўплами — «Майсалар хайқириғи» (1983). «Гўрўғлининг беланчаги», «Тонгги мактублар», «Кулгихона», «Амир Темур васияти», «Муҳаббатга ўқ теккан кун», «Тўхтамишхон» (1994) каби шеърий ва драматик асарлари нашр этилган. «Добрый знак», «Возврашение в Фергану» тўпламлари рус тилида, «Билга Тўнюқуқ васияти» манзумаси ва туркум шеърлари Туркияда нашр қилинган.

Тўра Мирзо истеъдодли шоир бўлиши билан бирга таниқли драматург ва таржимон ҳамдир. Унинг «Бекат», «Тонгги трамвай», «Пойтахт латифалари», «Саратондаги изғирин» каби драматик асарлари совринларга сазовор бўлган.

Шунингдек, адибнинг «Қоврилган ўрдак парвози», «Муҳаббатга ўқ теккан кун», «Аҳмад ва Оқбилак» сингари драмалари республика ва вилоят театрлари саҳнасидан муносиб ўрин олган.

3 драмадан иборат «Амир Темур» трилогияси учун халқаро Фузулий мукофотига сазовор бўлган.

Жон Глойл Пристлининг «Хазина», Агата Кристининг «Қопқон», Азиз Несиннинг «Яшасин, сарғиш пушти ранг» каби драматик асарларини ўзбек тилига таржима қилган.

Oxshash xabarlar:

  • Мирзо Кенжабек (1956)
  • Тўра Мирзаев (1936-2020)
  • Мирпўлат Мирзо (1949-2018)
  • Тўра Сулаймон (1934-2005)
  • Исҳоқхон тўра Ибрат (1862-1937)
  • Мирзо Ҳўқандий (1880-1943)
  • Xayriddin Sultonov (1956)
  • Farida Afroʻz (1956)
  • Mirzo Kenjabek (1956)
  • Ashurali Joʻrayev (1956)
  • Хайриддин Султонов (1956)
  • Фарида Афрўз (1956)
  • Ашурали Жўраев (1956)

Тўра Мирзо (1956)

To‘ra Mirzo (To‘ramirza Jabborali Dadamirzo o‘g‘li) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi Peshko‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatgan (1979). Birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar xayqirig‘i» (1983). «Go‘ro‘g‘lining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «To‘xtamishxon» (1994) kabi she’riy va dramatik asarlari nashr etilgan. 3 dramadan iborat «Amir Temur» trilogiyasi uchun xalqaro Fuzuliy mukofotiga sazovor bo‘lgan. A. Kristining «Qopqon», A. Nesinning «Yashasin, sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Gullar kelar iliklik izlab,
Poyqadamin qutlang, odamlar.
Oyoq-boshin behis bo‘g‘izlab,
Sovg‘a deya tutmang, odamlar.

Tabassumdir gulning ko‘ylagi,
Yo‘qdir uning boshqa libosi.
O’chayozgan kiyimning rangi,
Yupun gul jilmayar qish-yozin.

Gulning so‘zin uqsak qaniydi,
Orzulardan yiqilsak, qo‘llar.
Gullar kulib turib qariydi,
Onamizga o‘xshaydi gullar.

Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich,
Pishgan mevalaring olib ketdilar,
Mechkay qoplariga solib ketdilar,
Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich.

O’zangta yetguncha quriydi tinkam,
Suvni boshqa yo‘lga bog‘lab qo‘yishgan.
Tuproqdagi qonni qoqpab qo‘yishgan,
O’shanga yetguncha quriydi tinkam.

Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich,
Mevangni yesa-da faqat o‘zgalar,
Mening yuragimda shafqat qo‘zg‘alar,
Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich.

Yovuz yovdan yaralansa yurt tinchi,
Jamoat ko‘ksidan jonin sug‘urib.
Jallodning qo‘lidan uchar qilichi,
Beshik quchoqlagan onani ko‘rib.

Go‘zallar ohidan oqar azob – qon,
Tajovuz to‘shagi yutib iqbolni.
Hayvoniy hirs zo‘rlay olmas hech qachon,
Erga do‘ppi tikayotgan ayolni.

O’t-suv yoqasida yiqilsa askar,
Hech bir mubolag‘a berolmas darmon.
Tug‘ilgan uyiga keltirgan mahal
Onasin so‘zidan sog‘ayar o‘g‘lon.

Ostin-ustun bo‘lib yer-osmon agar,
Tog‘-toshga ko‘milsa inson Vatani.
Qaytadan qomatin tiklaydi tog‘lar,
Ko‘rib duoga qo‘l ochgan onani.

ONA ALLASI

Yaproqlar tebranar bir orzuga mast,
Ne uchun ochadi daraxt qulochin?
Oir chayqalgancha tebranib bir pas,
Xayolchan daraxtni bosadi ajin?

Mo‘ysafid cho‘qqilar saqlaydi sukut,
Dengizning mavjida bir intiq ohang.
Hayol surib qo‘yar bir parcha bulut,
Tutib tomchi yoshni kiftida arang.

Borliqqa taralar Ona allasi,
Allaga bosh qo‘yib uxlaydi olam.
Nurlarga urilar Ona nafasi,
Zulumat vahmadan qaltirar biram.

Bir quchoq nur bo‘lib, dunyo nur bo‘lib,
Suvday singib ketar bulok suviga.
Ona nafasining sehriga to‘lib,
Yulduzlar mudrashib ketar uyquga.

BUVIM TO’XTABU XOTIRASIGA

Qirq uchinchi yil. fasli kuzak,
Uqubatdan yetishgan hosil.
Ang‘izlarda boshoqlar siyrak,
Shamol, ayol kezar muttasil.

Bilagida «qorni» och xalta,
To‘rt tomonga otilar ko‘zi.
Shamol tinar, o‘lar holatda
Bug‘doyzorni uyg‘otar o‘zi.

Boshoqlarga muhtojdir o‘roq,
Ang‘iz bo‘ylab cho‘zilgan osmon.
Za’far zamon, za’faron to‘rt yoq,
Ayolning ham rangi za’faron.

Yetti farzand uxlaydi bu choq,
Uxlamaydi boshoqsiz poxol.
Chopib borar bug‘doyzor yaydoq,
Qular somon, qulaydi ayol.

Kiprigidan uzilgan ko‘z yosh.
Uyg‘otadi tirnab tuproqni.
Qomatini tiklaydi bardosh, –
Qidiradi ayol o‘roqni.

Uning qo‘li poxolday ozgin,
Ozg‘in yuzga to‘kildi chiroy.
Ayol boqtsi osmonga shu zum,
Bulutlarni kesdi o‘roq – oy.

Devor oshib qochar hovlisi tomon
Bolakay ishkomdan o‘girlab uzum.
Biroq oyog‘idan sirg‘alar darmon,
Uning qo‘l-oyog‘in bog‘laydi ko‘zim.

Dalda bergan bulib kuzim shu nafas,
Bolaga quchogin ochar beozor.
Bolakay uzumni olib ketolmas,
Shu bir bosh uzumda tog‘ning vazni bor.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.