Press "Enter" to skip to content

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva 2021-yil may oyida bergan intervyularidan birida To‘ti Yusupovaning ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan edi.

YUSUPOVA TO’TI

YUSUPOVA TO’TI (1936.10.3, Samarqand) — O’zbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1957). 1957 yildan hozirgi O’zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, “Shohi so’zana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya tog’a”), Qorasoch (Uyg’un, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlug’qon”), ona (E’ Robles, “O’limdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (O’. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qo’zg’oloni”), Fotima, Zebi (O’.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.To’la, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy go’zallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan ta’minlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova ijodiga xos. “Qalliq o’yin” (Qizbibi), “Eski zamon hangomalari” (buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 85 yoshida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Jumladan, taniqli teleboshlovchi Tolibjon Isroilov shunday xabar qoldirgan: “O‘zbekiston xalq artisti, milliy teatrimiz darg‘alaridan biri, beqiyos mahoratli aktrisa, nihoyatda nurli o‘zbek ayoli, onasi To‘tixonim Yusupova olamdan o‘tibdi. Asllar ketyapti. Alloh jannatidan joy bersin! Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!”.

Keyinroq aktrisaning vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi.

Milliy teatr jamoasi 27-aprel kuni To‘ti Yusupova aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirgan edi. Videoda hamkasblari qurshovidagi aktrisa: “Teatrga endi boshqa kela olmasam kerak”, — degan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva 2021-yil may oyida bergan intervyularidan birida To‘ti Yusupovaning ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.

Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi so‘zana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya tog‘a”), Qorasoch (Uyg‘un, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlug‘ qon”), Ona (E’ Robles, “O‘limdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (O‘. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.To‘la, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.

To‘ti Yusupova 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Izoh: Ushbu xabar 27-iyun kuni soat 10:25 da tahrirlandi. Xabarning dastlabki tahririda ijtimoiy tarmoqlardagi taniqli faollarga tayangan holda xalq artistining vafot etgani ta’kidlangan edi. “Daryo” tahririyati mazkur xato va tekshirilmagan axborot orqali yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Ozodbek Nazarbekov To‘ti Yusupovani yo‘qladi (video)

Bugun, 29 iyun kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va bir qancha san’atkorlar O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri onaxon aktrisasi To‘tixonim Yusupovaning holidan xabar oldi.

“Hamisha el ardog‘ida bo‘lgan To‘ti aya bilan suhbatlashdik. Ustoz san’atkor haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar asossiz, sevimli onaxon aktrisamiz shogirdlari e’zozida. Ustozlarini o‘z onalaridek parvarishlayotgan shogirdlarining mehribonligi To‘ti ayaning teatrdagi bir necha yillar davomidagi ustozlik zahmatlarining samarasidir.

Muborak 85yoshni qarshi olgan onaxon aktrisa bilan suhbatimiz davomida teatr sahnasi, tasvirga olish jarayonlaridagi qiziq
voqealarni tingladik.

Ta’kidlash kerakki, teatr sahnasida 65 yil davomida turli obrazdagi betakror siymolarni jonlantirgan aktrisa bir necha kinofilmlar, teleseriallarda ham o‘z ijodiy “muhri”ni qo‘ya olgan sanoqli san’atkorlardan biridir”, deydi vazir Nazarbekov.

Vazir To‘ti Yusupovaning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi Sotti obrazi bugungi avlod tomonidan ham sevib ko‘rilishini yodga olgan.

“Birgina, “Abdullajon” kinofilmdagi obrazi ham To‘ti Yusupova siymosida o‘zbek ayolini dunyoga tanitdi.

Bu kabi misollarni yuzlab keltirishimiz mumkin. Onaxon san’atkorimiz bilan kechgan samimiy suhbatimiz tugashini istamasakda, vaqt o‘z hukmini aytdi.

To‘ti ayaga sog‘lik-omonlik, yana bir necha yillar, el ardog‘ida bo‘lib yurishini tilab xayrlashdik”, deya so‘zini yakunlagan Ozodbek Nazarbekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni To‘ti Yusupova vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinroq Madaniyat vaziirligi bu xabarlarni rad etdi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.