Press "Enter" to skip to content

Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari

1. Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari til me`yorini, adabiy tilning asosiy vazifalarini adabiy til me`yori kodifikatsiyasining amaliy masalalari bilan birga uzviy holda tahlil qildilar. Til me`yori va adabiy tilni me`yorlash ishida B. Gavranek, V. Matezius, A. Edlichka, V. Barnet, E.Vaxek kabilarning xizmatlari diqqatga molikdir.

Til qanday vazifalarni bajaradi

1. Tilning ijtimoiy mohiyati.

2. Til shakllanishi va rivojining ijtimoiy shartlanganligi.

3. Kishilarning tarixiy birliklari, shakli va til.

4. Adabiy til va adabiy me`yor shakllanishining ijtimoiy shartlanganligi.

5. Jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining notekis rivojlanishi.

6. Tilning vazifaviy uslublari.

7. Til tizimi va til qurilishining ijtimoiy shartlanganligi.

8. Sotsiolingvistik nazariyaning shakllanishi va uning ob`ekti.

9. Sotsiolingvistik tipologiyaning mezonlari.

10. Tillarning sotsiolingvistik tasnifi.

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar : strukturalizm, til, jamiyat, tilning ijtimoiyligi, tilda o‘zgarish, nutqiy faoliyat darajalari, uruғ, qabila, qabila ittifoqi, xalq, dialekt, til me`yori, nazariy yo‘nalishlar, vazifaviy uslublar, til tizimi va qurilishi, tilning ijtimoiy tabaqalanishi, sotsiolingvistika, tipologiya mezonlari, tipologik tasnif.

XX asrning 30-yillarida maydonga kelgan strukturalizm tilni asosan bir tomonlama o‘rganishni, tilning tuzilishi va uni tashkil etuvchi birliklar orasidagi munosabatlarni o‘rganishni tilga oid boshqa masalalardan ustun qilib qo‘ydi. Natijada til birliklariga xos bo‘lgan shakl va ma`no birligini rad etib, faqat shaklni o‘rganishga zo‘r berildi. Ko‘p o‘tmay bu oqim inqirozga uchrab, qo‘yilgan maqsadlarni uzil-kesil hal qila olmadi. Tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi jamiyat bilan uzviy bo ғ liq ekani ravshan bo‘lib qoldi. Natijada tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan bo‘lmish til va jamiyat masalasini yana kun tartibiga qo‘ydi.

Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. CHunki jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini qoldiradi. SHuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bo ғ liq.

Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumbol’dt va Gegel’ asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan.

Til va jamiyat muammosini turli xil dunyoqarash asosida yoritish e. Sepir, B. Uorf, G. O. Vinokur, B. A. Larin, N. YA. Marr, E. D. Polivanov, L. V. SHcherba, L. P. YAkubinskiy asarlarida ham uchraydi. Ularning ko‘pchiligida tilning asosiy vazifasi aloqa quroli ekanligi alohida ta`kidlanadi.

1. Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir. SHuning uchun ham tilshunoslik tarixida tilni o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotiga turlicha munosabatda bo‘ldilar. Tilning ijtimoiy shartlanganligi asosida uning ijtimoiy vazifa bajarishi aniqlanadi.

Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat esa kishilarning bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat quyidagi darajalar bilan belgilanadi:

1.Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash darajasi.

2.Semantik daraja. Nutqiy faoliyatda ma`nosi mos va tushunarli so‘zlarni tanlash darajasi.

3.Grammatik daraja. Nutqda fikrni ifodalashga mos va xos grammatik shakllarni tanlash darajasi.

4.Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyatsion to‘ ғ ri talaffuz qilish darajasi.

Sanab o‘tilgan darajalar asosida nutqiy faoliyatning ijtimoiy tabiati ta`minlanadi.

2. Til uru ғ va qabila, elat va millat tarixi bilan chambarchas bo ғ liq bo‘lganligi uchun unda kishilik jamiyatining tarixi bevosita o‘z aksini topadi. Har bir tilning paydo bo‘lishi va hozirgi holatiga etgunga qadar uru ғ , qabila, qabila ittifoqlari va xalq tillari darajasiga ko‘tarilib, ulardan aloqa vositasi va kurash quroli sifatida foydalanib kelganlar. Jamiyatning o‘sha taraqqiyot davrlariga qarab, bu tillar ajdodlarimizning talablarini qondirgan va jamiyat taraqqiyoti hamda sharoit talablariga ko‘ra o‘z ichki taraqqiyot qonunlari asosida asta-sekinlik bilan taraqqiy etib kelgan. Nihoyat, bizning hozirgi aloqa vositamiz darajasiga ko‘tarilgan.

Ijtimoiy jamoa tuzumi davrida uru ғ va qabilalar ning a`zolari uchun tushunarli va umumiy tillari bo‘lgan. Har bir qabilaning ayrim, o‘ziga xos dialekti bo‘ladi. Qabila aslida dialekt demakdir. Qadimgi davrlarda ajdodlarimiz qabila-qabila bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular boshqa kabilalardan farq qiluvchi o‘z tillariga ham ega bo‘lganlar.

Hozirgi vaqtda har bir tilda bir qancha dialekt va shevalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga xos xarakterli xususiyatlarini saqlab kelmoqda. Bu shevalarning saqlanib kelishi feodal tarqoqligi davri bilan bo ғ langan bo‘lsa ham, ularning paydo bo‘lishi davri va saqlanib kelishining asli sababini juda qadim zamondan, ibtidoiy jamoa tuzumi va undan ham oldin boshlangan deb izohlash kerak.

Dialekt va shevalar qadimgi ajdodlarimizning o‘zaro so‘zlashadigan, aloqa bo ғ laydigan birdan-bir yagona va maxsus tillari bo‘lib xizmat qilgan. Ularning har biri o‘z davriga qarab o‘zgarib, rivojlanib kelgan.

Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda Mahmud Kosh ғ ariyning «Devonu lu ғ otit turk» asaridagi quyidagi so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi: «Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha uru ғ lari bor, men bulardan asosini yozdim, shahobchalarini tashladim» Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichida qabilalar birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Ana shu ko‘p sonli turkiy qabila va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qir ғ iz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib hozirgi holatiga etib kelgan. Feodal tarqoqligi emirilishi va uning o‘rniga kapitalistik tuzumning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyoti bilan xalq o‘rtasida jonli aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi talab qilinadi. Xuddi mana shunday sharoitda hamma uchun tushunarli bo‘lgan yagona bir til zaruriyati tu ғ iladi. Bunday til o‘tgan davrlarda mavjud bo‘lgan umumxalq tili bazasida vujudga kelishi juda murakkab va uzoq vaqt o‘tishi bilan bo‘ladi. Bu til o‘zining xarakterli xususiyatlari jihatidan milliy til bo‘lib millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi va uning uchun aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Kishilarning tarixiy birliklari shakli qanday bo‘lishidan qat`iy nazar ularning adabiy tili va me`yori mavjud bo‘lgan. Bu o‘rinda taniqli tilshunos B. S. SHvartskopfning quyidagi fikrini keltirish o‘rinlidir: «Me`yor masalasi va adabiy tilni me`yorlashtirish bilan bo ғ liq bo‘lgan muammolarni bayon qilish umuman til me`yori, xususan, adabiy til me`yorining mohiyati haqidagi nazariy qarashlar rivojlanishining sharhisiz bu muammoni to‘liq yoritib bo‘lmaydi.

Gap shundaki, lingvistik adabiyotda me`yor tushunchasining mohiyatiga, bu til hodisasining har xil aspektlariga turlicha yondashilgan va juda ko‘p ta`riflar berilgan.

Ana shu har xilliklarda nazariy izlanishlarning bir necha yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin».

Til me`yorini o‘rganish bo‘yicha mavjud ishlarni kuzatish bu muammolarni o‘rganish borasida to‘rt asosiy markaz mavjudgini ko‘rsatdi:

1. Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari til me`yorini, adabiy tilning asosiy vazifalarini adabiy til me`yori kodifikatsiyasining amaliy masalalari bilan birga uzviy holda tahlil qildilar. Til me`yori va adabiy tilni me`yorlash ishida B. Gavranek, V. Matezius, A. Edlichka, V. Barnet, E.Vaxek kabilarning xizmatlari diqqatga molikdir.

2. E.Koseriuning ilmiy nazariyalari. e.Koseriu me`yorni ijtimoiy nuqtai nazardan ob`ektiv, tartibga solingan va tanlangan hodisa deb tushunsa, kodifikatsiyani – sub`ektiv, faqat til nuqtai nazaridan to‘ ғ ri bo‘lgan hodisa, kategoriyalar deb tushunadi. Uningcha, til sistemasi va strukturasi tilning hamma hodisalarini o‘z ichiga qamrab ololmaydi. Har bir til ifoda tomonidan ham, ma`no tomonidan ham o‘zining variantdorlik xususiyatlariga ega. e. Koseriu tildagi variantdorlik tushunchasi sistemaning xususiyatidan emas, balki me`yorning o‘z mohiyatidan kelib chiqqan hodisa ekanligini isbotlaydi va nutqda mavjud bo‘lgan turli xil chekinishlarni ham me`yor belgilaydi, deb hisoblaydi.

3. Amerika, ingliz va nemis tilshunoslarining ilmiy qarashlari. Ular me`yorning tabiati, xususiyatlarini lingvistik va sotsiolingvistik ishlarida yoritdilar. Me`yorni umumjamoa tomonidan qo‘llaniladigan va til jamiyat tomonidan to‘ ғ ri deb qabul qilingan til shakllari deb tushundilar.

4. XX asr rus tilshunosligidagi ilmiy-nazariy qarashlarni quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:

1) Me`yorni tilning sistem-struktur imkoniyatlarining o‘rganilishi bilan bo ғ liq holda tahlil qilish.

2) Me`yorni adabiy til ijtimoiy vazifasining kengayishi va uning funktsional rang-barangligining o‘sishi bilan bo ғ liq holda o‘rganish

3) Me`yorni adabiy tilning ba`zi sotsiologik jihatlari bilan bo ғ liq holda kuzatish.

4) Me`yorni nutq madaniyati masalalari bilan bo ғ liq holda o‘rganish.

5) Me`yorni tilning psixologik va kommunikativ jihatlari bilan bo ғ lagan holda tahlil qilish.

Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Har bir xalqning tili turli xil rivojlanish bosqichini o‘tadi. SHuning natijasida til lu ғ at tarkibi, semantikasi, morfologiyasi, sintaksisida turli o‘zgarishlar yuz beradi.

Til sistemasining barcha sathlari ham jamiyat tarixi bilan bir xil bo ғ langan emas. Jamiyat hayotidagi turli xil yangiliklar shu jamiyat tilining lu ғ at tarkibida o‘z ifodasini topganligi tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan ko‘proq jamiyat tarixi bilan bo ғ liq bo‘ladi.

Tilning leksik sathida jamiyatning turmush tarzi, hayotidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topganligi tufayli so‘zni tahlil qilish asosida shu til egasi bo‘lgan jamiyat hayotiga bo ғ liq bo‘lgan tarixiy ma`lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida tub so‘z deb qaraluvchi ora, o‘git, o‘yin, o‘ ғ il, adash, o‘sha so‘zlarining; ola ip kesildi, dumini likkilatmoq frazeologizmlarining etimologiyasiga e`tibor beraylik.

Til va jamiyat muammosi doirasida ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan masalalardan yana biri har bir tilning vazifaviy uslublaridir.

Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy va zaruriy hodisa bo‘lib, bu rivojlanayotgan hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotning yanada o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu jarayonda har bir tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi:

1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o‘zi she`riy uslub va nasriy uslub deb ikkiga bo‘linadi.

2. Ijtimoiy-publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, maqolalar va ocherklar uslubi kiradi.

3. Ilmiy bayon uslubi. Buning tarkibi nutq vositalarining turli ko‘rinishidan iborat (tibbiyot, huquq, falsafa va boshqalar). Ilmiy, ilmiy-ommabop asar, maqola, risolalarning uslubi ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.

4. Kasb-hunar, texnika uslubi. Bu ishlab chiqarish, texnika adabiyotlari uslubidir. Bu uslub ishlab chiqarish, texnika, harbiy va boshqa turli xil kasblar sohasida ish quruvchilar uchun xizmat qiladi.

5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar uslubi.

6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bo‘lgan maktubiy uslub.

Jamiyatning madaniy saviyasi har bir kishining tildagi uslubiy jihatlarni egallab olishini, ya`ni uslublardan vaziyatga qarab foydalanishini taqozo etadi.

Til va jamiyat muammosini yanada chuqurroq va aniqroq anglash uchun ularning til tizimi, til qurilishiga munosabatini to‘ ғ ri anglash muhimdir.

Har bir adabiy tilda so‘zlaydigan yoki yozadigan kishi sharoit taqozasiga ko‘ra tilda mavjud so‘zlar, grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma`lum qismidangina foydalanadi. Mana shu ma`noda tilning zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech qachon to‘li ғ icha ishga solinmaydi.

Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llanuvchi holatidan doimo ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy vositalari tizimini tashkil etadi.

Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo‘llanayotgan, b) tilda o‘tmishda qo‘llangan, v) tilda kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yi ғ indisi deb tushunish kerak.

Til tuzilishi muayyan davrda qo‘llanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi ko‘pqirrali unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo‘lib, u nutqda turli darajada yuzaga chiqadi, namoyon bo‘ladi. Bunga sabab kishilar tildan turli konkret sharoit va holatlarda foydalanadi. Har bir tilning tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yi ғ indisi va ushbu vositalarning o‘zaro munosabatidan iboratdir.

Til qurilishining o‘ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida mavjud tilning jamiyat uchun xizmati bir necha yo‘nalishda bo‘ladi.

1. Hududiy tabaqalanish. Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo‘lgan hududiy, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar foydalanadigan ko‘rinishi dialekt deb yuritiladi. Har bir dialekt o‘z til sistemasi va strukturasiga ega.

2. Nutq jarayoni kimga qaratilganligi bilan farqlanadi. SHunga ko‘ra u dialog, monolog va polilog shaklida bo‘ladi.

Dialog – nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, sotsial nutqiy aloqalarning tabiiy shakllaridan hisoblanadi. Dialog, akad L. V. SHcherba fikri bilan aytganda, «shunday ustaxonaki, unda tilning har turli o‘zgarishlari quyiladi va yi ғ iladi».

Katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nutqiy aloqaning dialog shakli keng tarqalgan. CHunki bu shakl orqali millionlab kishilar ijtimoiy turmushda – oilada, ishlab chiqarish jarayonida, jamoat joylarida fikr almashadi.

So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e`tiborda tutmaydigan nutq monolog hisoblanadi.

Ko‘p kishining o‘zaro suhbati polilog sanaladi.

3. Adabiy tilning ifodalanish jihatidan tabaqalanishi. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma`lum me`yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli adabiy til hisoblanadi. Adabiy tilning ikki ko‘rinishi bor: 1) yozma ko‘rinish, 2) o ғ zaki ko‘rinish.

4. Tilning ijtimoiy jamoa faoliyatiga ko‘ra tabaqalanishi. Tilning inson faoliyatining u yoki bu sohasi bilan bo ғ liq vazifalariga ko‘ra ajratiladigan uslublari vazifaviy uslublar sanaladi: badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub, rasmiy-ish uslubi.

5. Muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan til sotsial dialekt sanaladi. Bunday til jargon va argo deb ataladi.

Tilning ijtimoiy yashash va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi sotsiolingvistika deb ataladi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; ekstralingvistik omillar ta`sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televidenie, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning o ғ zaki va yozma shakli o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shu ғ ullanadi.

Sotsiolingvistika atamasi doirasida til va jamiyat o‘rtasidagi munosabat, uning rivojlanishi, xalqning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bo ғ liq holda tilda vujudga keladigan farqlar muammosi o‘rganiladi. Sotsiolingvistika tilning o‘zgarish nazariyasiga amal qilib, tilning ijtimoiy muhitga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlarini o‘rganadi.

Sotsiolingvistik nuqtai nazardan ham tillarning tipologiyasi mavjud bo‘lib, u tilning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini inobatga olgan holda o‘rganadi.

Sotsiolingvistik tipologiyada quyidagilar mavjud:

1. Tilning grammatikasi va lu ғ atini yaratishga xizmat qiluvchi standartlashtirish mezoni. Bunda ma`lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan tan olingan adabiy til tushuniladi.

2. Ma`lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo‘qligi tan olinsa, bu uning hayotiylik mezoni sanaladi. Agar til hayotiy, tirik bo‘lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e`zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo‘ladi.

3. Ma`lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo‘`tadil, bir tekis rivojlanib turishi nazarda tutilsa, tarixiylik mezoniga amal qiladi.

4. Ma`lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu til boshqa tillardan tuzilishi jihatidan tubdan farqlanishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo‘lishi avtonomlik mezoniga amal qiladi. Turkiy tillarning har biri bir-biriga avtonomdir.

Sanab o‘tilgan mezonlar asosida tillarning sotsiolingvistik tasnifi amalga oshiriladi. Sotsiolingvistik jihatdan jahon tillarining quyidagi tiplari mavjud:

1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar.

2. YOzuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, su ғ d tili, xorazmiy tili.

3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili.

4. Kreol tillar . Mustamlakachilik natijasida dunyoning turli qit`alarida ingliz, frantsuz, ispan, portugal tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar. Masalan, Gaiti, Aruba, Bonayre orollarida paydo bo‘lgan gatti, ispan-nautal, papiyamento tillari kreol tillari jumlasiga kiradi.

5. Pijin tillari. Mahalliy tillarning Evropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan. Pijin tillari kreol tillarining dastlabki bosqichidir. Masalan, rus tilining xitoy dialekti asosida shakllangan til kyaxti deb nomlanuvchi til pijin tilidir.

6. Sun`iy tillar. Maxsus yaratilgan xalqaro aloqa tillari. Bunday sun`iy tillar qatoriga esperanto, ido, volyapyuk, oktsidental, interlingva, neo tillari kiradi.

7. Ma`lum bir qabila, xalq, millat tarkibiga kiruvchi kichik hududga tarqalgan aholi tili dialektdir.

Xullas, jamiyatga til qanchalik zarur bo‘lsa, til uchun jamiyatning bo‘lishi shunchalik zarurdir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaganidek, jamiyatsiz til ham bo‘lmaydi. Uning qonuniyatlarini sotsiolingvistika o‘rganadi.

Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’Iib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviysiyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini Shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.

Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usuliari haqidagi (so’z yasalishiga doir); so’zlarning leksiksemantik guruhi haqidagi (leksikologik); o’zbek tilining to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo’iadi. Bundan tashqari, o’zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko’nikma va malakalarni ham o’z ichiga oladi.

Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalar (predmetlararo ko’nikmalar) ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko’nikraalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasawur etish), umumlashtirish, guaihlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko’nikmalarni o’quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o’quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga tmkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar bilan predmetlararo ko’nikmalar, birbiridan ajratilmagan holda o’quvtarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi. Beriladigan bilim va o’quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko’nik/malar maktab dasturlari va davlat taMim standartida qayd etilgan.

Boshlang’ich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo’ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o’quvchilar so’zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini, so’zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to’g’ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o’zlashtiradilar, shuningdek, ularga so’zning tovush va grafik shakli o’rtasidagi nisbat (bog’lanish)ni ongli aniqlash, so’zni to’g’ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so’zni ongli o’zlashtirish, uni to’g’ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar tanlangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari 1sinfdan boshlab so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o’rganadilar.

Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so’zlarning bog’lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So’zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so’zda birbiriga ta’sirini boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunadigan va so’zlarni to’g’ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo’lgan hajmda ma’lumot berilgan.

Dasturda ,,Leksika» bo’limi alohida berilmagan, ammo o’quvchilar so’zIarning leksiksemantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so’z turkumlari va so’z tarkibini o’rganish jarayonida ma’lumot oladilar.

Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1 —4sinflarda tilning hamma tomonlarining o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini birbiriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’litn jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Dasturning ,,Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o’z ichiga oladi: ,,Tovushlar va harflar», ,,So’z», ,,Gap», ,,Bog’lanishli nutq». Asosiy mavzularbosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1—2sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3sinfda so’zning morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So’z yasalishiga doir bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo’shirnchalarini, fe’llarning tuslovchi qo’shimchalarini to’g’ri yozish maiakalari shakllantiriladi).

Bog’lanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.

Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o’rganiladi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang’ich ta’lim darsiiklari va metodik qo’llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o’tamoqda.

Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining ,,Kirish» qismida

,,Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’zo’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urfodatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi», deb alohida ta’kidlangan.

Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o’qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.

Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, ,,Boshlang’ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab»da ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’limning mazkur bosqichiga qo’yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.

,,Ta’lim to’g’risida»gi qonunda ,,Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir», deyiladi. Shundan kelib chiqqan holda ,,Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida DTSda quyidagilar belgilab berilgan:

  1. …bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglashi, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
  2. …o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o’rgatish.
  3. …yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o’qiy olish ko’nikmasini shakllantirish.
  4. o’qish sur’atini oshirish, ta’limning shu bosqichi uchun xos bo’lgan sidirg’a o’qishni egallashlariga erishish.
  5. Fikrni yozma bayon etish bo’yicha belgilangan quyidagi ko’nikmalarni egallash:
  6. fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
  7. tavsifning mavzuga muvofiqligi va itrakammalligi;
  8. tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;
  9. imloviy savodxonlikni egaHashlariga erishish.

Bularni amalga oshirish ona tili ta’limi siklidagi fanlarning, ya’ni savod o’rgatish, o’qish va ona tilining vazifasidir.

Bu vazifalarni ado etish ko’p jihatdan ta’lim mazmunni to’g’ri belgilashga bog’liq. Ona tili ta’limi mazmuni aniq va ilmiynazariy jihatdan to’g’ri belgilansagina, oldinga qo’yilgan talablar to’liq bajariladi.

Ma’lumki, DTSida belgilab berilgan ona tili ta’limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o’z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo’iib, birbiriga muvofiq kelishi lozitn.

Xulosa qilib aytish murrikinki, boshlang’ich sinf ona tili mazmuni metodist olimlarning ko’p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirilib kelinmoqda. Ayniqsa, ona tili o’qitishning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari ya ularga qo’yiladigan talablar

Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o’quvtarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’limtarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.

Darsga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilar:

  1. To’limiy talab. Har bir dars o’quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
  2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil Shaxsni tarbiyalash demakdir.
  3. Didaktik talablar. Bu o’qituvchiga darsni to’g’ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to’g’ri belgiiash, darsdagi u yoki bu materialni o’quvchilarga yetkazib berish usullarini to’g’ri tanlash, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.
  4. Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o’qituvchi o’z o’quvchilarining xarakterxususiyatini qanchalik darajada yaxshi biiishi juda katta ahamiyatga ega. o’z o’quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o’qituvchigina to’laqonli dars uyushtirishi mumkin.
  5. Gigiyenik talablar.Bu o’quvchilar salomatligi haqida qayg’urish demakdir.

Sinfda yorug’lik, toza havo har doim yetarli bo’lishi lozim. Boshqa fanlar kabi, ona tili o’qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog’liqdir.

Darsga qo’yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o’rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi:

  1. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviysiyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zanir. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o’rganish jarayonida leksikuslubiy ishlarga katta o’rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.

Ona tili o’qitish jarayoni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo’lgan saranjomsarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.

  1. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo’naltirilganligi juda muhim. Yangi material o’rgatiladigan darsning mazmuni va mantiqiy o’rganiladigan til hodisasi hamda uning lingvistik mohiyatining birbiriga ta’sir qilishiga ma’lum darajada sabab bo’ladi. o’qituvchi bu o’zaro bog’lanishni bilishi va uni o’quvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir.

Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko’nikmalarni shakllantirish maqsadini o’z oldiga qo’ysa, darsning mantiqiy shattlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizirnini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o’rganib olishlari uchun birikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. o’quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashqlar o’rtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan ko’nikmaning xususiyati ham sabab bo’ladi. O’quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bo’lishi uning maqsadga yo’naltirishni ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o’quv materiallari (shu jumladan, til dalillarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni bajarish uchun tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bo’lishi zarur.

  • Ona tili darsi, avvalo, o’quvchilar nutq va tafakkurini o’stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko’nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish ko’rsatmasi grammatik materialni o’rgatishda o’quvchilarning tilimizdagi har bir so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo’llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to’g’ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o’stirishga amalda tatbiq etish uchun o’rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o’stirish darsning mazmunida va qo’llanilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.

Grammatik, so’z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o’rganishni nutq o’stirish bilan bog’lash o’quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o’stirish jarayoni ularning tafakkurini o’stirish bilan bog’liq.

Ona tili darsi o’quvchilar taffakurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi. Masalan, ,,O’zakdosh so’zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o’zakning mavjudligini) bilish lozim. o’quvchilar tafak-kurini o’stirish uchun o’qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa tur-larini tanlaydi, darsning materialini va uni o’zlashtirishda o’quvchilar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi.

O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydaianish imkonini beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o’quvchilarning til hodisalari o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bunday bog’lanishni bilsalar, nima uchun shunday? so’rog’iga javob topa oladilar. Masalan, ,,Nima uchun daftar so’zi kelishik va egalik qo’shimchalari bilan turlanadi, o’qidik so’zi esa Shaxsson qo’shimchalari bilan tuslanadi?».

Ona tili darslarining foydali bo’lishiga darsda og’zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o’tkazish, o’quvchilarning o’quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o’z vaqtida xatoJarning oldini olish va to’g’rilash, texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.