Press "Enter" to skip to content

Umumiy tilshunoslik

Til taraqqiyotidagi ichki qonuniyatlar tilning o’z tabiati asosida (o’z mohiyatidan) kelib chiqadigan taraqqiyot jarayonlarini ifodalovchi qonunlar hisoblanadi. Ular lingvistik omillarga tayanadilar.

Til qanday hodisa

TIL — 1) kishilar oʻrtasida, jamiyatda aloqa va oʻzaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy oʻrganish obyekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq aʼzolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga maʼlum va maqbul boʻlgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qoʻshilishi, birikishi haqidagi qoidalar toʻplami. Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar oʻrtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va Gʻarb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan taʼkidlab kelinadi.

Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hoz. davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum (q. Jahon tillari). Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtayi nazaridan Tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koʻplab til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida Tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarnint ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetiksemantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush Til ining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil Til larda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi (q. Grammatika, Semasiologiya, Sintaksis, Leksika).

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farklovchi 3 ta eng muxim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; T. ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur T. ga Karaganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki n T. siz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: T. da ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqeahodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur Til siz mavjud boʻlmas ekan, Til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni Tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar Til negizida paydo boʻladi va unda mustaxkamlanadi; T. bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning, dastlabki Tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qad. zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qad. davrlardan boshlab Tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar Tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzilkesil hal qilib bera olgani yoʻq.

Qayd etilganidek, jahon Til lari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va b. jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek Til ining qad. turkiy Til davri bilan hoz. koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiysiyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Mas., oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qad. grek va lotin Tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, ulik Tlarga aylanib qolgan.

Til dagi uzgarishlar tabiati xamda Til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar xamda Til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan Tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning laxjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqeahodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari Til larning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqkiyotining turli bosqichlarida Til larning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy kismlarga iktisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iktisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun Tillar hududiy laxjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq Til ini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy Tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy beradi (yana q. Sunʼiy tillar, Nutq, Tilshunoslik, Adabiy til, Milliy til);

2) har qanday belgi tizimi, mas., imoishora Tili, maxsus ramzlar qoʻllanadigan matematika T. i, kino Tili va b. ;

3) aynan uslubning oʻzi (roman T. i, gazeta T. i).

Ad.: Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, Til, 1972; Budagov R. A., Chelovek i yego yazыk, M., 1974; Berezin F. M., Golovin B. N., Obщyee yazыkoznaniye, M., 1979; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.

Umumiy tilshunoslik

Ma’ruza mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, tilshunoslikning nazariy masalalariga, tilshunoslikka qiziqish uyg’otish

2. Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. -Toshkent: SHarq, 2001.

3. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: O’qituvchi, 1992.

4. Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistema sifatida tadqiq etish. Filol.fan.d-ri . dis. avtoref.-Toshkent, 2005.

5. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.

6. Bushuy T., Safarov SH. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. Toshkent: Fan, 2007.

7. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.

-mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha berish;

– til va jamiyat. Til – ijtimoiy hodisa. Til taraqqiyoti jarayoni. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari. Tilning strukturasi va sistemasi tushunchasi. Til sistemalar sistemasi sifatida. Til strukturasining elementlari haqida ma’lumot berish.

-mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha beradi;

– til va jamiyat. Til – ijtimoiy hodisa. Til taraqqiyoti jarayoni. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari. Tilning strukturasi va sistemasi tushunchasi. Til sistemalar sistemasi sifatida. Til strukturasining elementlari bilan talabalarni tanishtiradi.

2. Ma’ruza uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.

1.2. Talabalarga bugungi dars muloqot tarzida kechishini bildiradi.

1.3. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

1.4. Talabalar motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida aqliy hujum o’tkazadi (2-ilova).

2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollarni beradi:

1. Til va jamiyatning uzviy bog’liqligini izohlab bering.

2. Tilning ijtimoiy funktsiyalari nimalarda namoyon bo’ladi?

3. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlarini izohlab bering.

4. Til sistemasi nima?

5. Til strukturasi nima?

6.Sistemaning besh jihatini izohlang.

7. “Til – sistemalar sistemasi” deganda nimani tushundingiz?

8. Til strukturasining elementlari qaysilar?

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar

3.2. Darsni mustahkamlash uchun Insert jadvali va FSMUdan foydalanadi (4-ilova)

Vazifani yozib oladilar.

Har bir ma’ruza va seminar mashg’uloti uchun 0,5 balldan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi:

1,5 ball – “yaxshi”

1 ball – “qoniqarli”

0,5 ball – “qoniqarsiz”

Talabalar faolligini oshirish uchun jadval

Til – tabiiy, ruhiy, ilohiy emas, balki ijtimoiy hodisadir

Til taraqqiyotidagi ichki qonuniyatlar tilning o’z tabiati asosida (o’z mohiyatidan) kelib chiqadigan taraqqiyot jarayonlarini ifodalovchi qonunlar hisoblanadi. Ular lingvistik omillarga tayanadilar.

Til taraqqiyotining tashqi qonuniyatlari ijtimoiy tuzum shakllari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg’ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlarga bog’liq bo’ladi.

Sistema o’zaro bog’liqlikdagi elementlar majmuasidan iborat bo’lib, bu majmua yaxlitlikni tashkil qiladi va undagi ishtirokchilarning har biri alohida hamda o’zaro munosabatda tavsiflanadilar.

Struktura ushbu sistemadagi elementlarning munosabatlari asosida yuzaga keladigan tuzilmadir.

TIL-NUTQ ZIDLANISHI SATHLAR BO’YICHA

Nutq birliklari

MODELLAR (qoliplar)

So’z birikmasining modeli

Sodda gapning minimal qolipi
WPm

Sodda gapning maksimal qolipi
WPm

Qo’shma gapning qolipi

WPm, WPm – teng tarkibli qo’shma gaplar

WPm →WPm – tobe tarkibli qo’shma gaplar

WPm↔WPm – mutanosib tarkibli qo’shma gaplar

FSMU texnologiyasi

Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonlarini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu tеxnologiya o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va boshqalarga yеtkazishga , ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.

F – fikringizni bayon eting

S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M -ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi misol kеltiring

U – fikringizni umumlashtiring

Jadvalni to‘ldiring

INSERT JADVALI

O‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o‘zlari tizimlashtiradilar – jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda bеlgilangan quyidagi bеlgilarga muvofiq:

“V”- mеn bilgan ma’lumotlarga mos;

“-“ – mеn bilgan ma’lumotlarga zid;

“+” – mеn uchun yangi ma’lumot;

“?” – mеn uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi.

Tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar. Tillarning o’zaro ta’siri va uning rivojlanish qonuniyatlari. Substrat va superstat tushunchalari bilan talabalarni tanishtirish.

Ma’ruza mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, tilshunoslikning nazariy masalalariga, tilshunoslikka qiziqish uyg’otish

2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: O’qituvchi, 1992.

3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent: O’qituvchi, 1994.

4. Yo’ldoshev I. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi. – Toshkent: Fan, 2005.

5. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.

– mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha berish;

– Tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar. Tillarning o’zaro ta’siri va uning rivojlanish qonuniyatlari. Substrat va superstat tushunchalari bilan talabalarni tanishtirish.

O’quv faoliyati natijalari:

– mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha beradi;

-Tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar. Tillarning o’zaro ta’siri va uning rivojlanish qonuniyatlari. Substrat va superstat tushunchalari bilan talabalarni tanishtiradi.

2.Ma’ruza uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.

1.2. Talabalarga bugungi dars muloqot tarzida kechishini bildiradi.

1.3. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

1.4. Talabalar motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida ularga jadvallar beradi. (2-ilova).

2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollarni beradi:

1. Tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlarni so’zlab bering.

2. Sizning tilning paydo bo’lishi haqidagi shaxsiy fikringiz qanday?

3. Tillarning o’zaro ta’siri tilning qaysi sathida yaqqol namoyon bo’ladi?

4. O’zbek tili lug’at boyligining rivojida qaysi tillarning ta’siri katta?

5. Substrat nima?

6. Superstat nima?

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar

3.2. Uyga vazifa beradi, darsni yakunlaydi. Mavzu bo’yicha nazorat savollarini tuzishni topshiradi.

Vazifani yozib oladilar.

Har bir ma’ruza va seminar mashg’uloti uchun 0,5 balldan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi:

1,5 ball – “yaxshi”

1 ball – “qoniqarli”

0,5 ball – “qoniqarsiz”

Talabalar faolligini oshirish uchun jadval

Talabalarning javoblari tahlil qilinganidan so’ng, ularga

quyidagi jadval beriladi.

Tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlarning eng maqbuli – ijtimoiy kelishuvlar haqidagi farazdir.

To’g’ri javob bergan komandalar rag’batlantiriladi.

  • Tovushga taqlid farazi.
  • Undovlar farazi – ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz bo’lib, uning asosida odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini o’rganib, ular orqali o’zlarining ichki kechinmalari, g’am-alamlarini ifodalashgan (oh, uh kabi). Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quvvatlagan. Bu faraz ham tilning jamiyat bilan bog’liqligini inkor etadi. His-tuyg’ularni bildirish uchun jamiyatning mavjudligi shart emas. Lekin til faqat jamiyat bor joydagina mavjud.
  • Mehnat chaqiriqlari faraziga ko’ra, odamlar jamoa bo’lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida til paydo bo’lgan, deb hisoblanadi. Hozirgi zamon olimlarining dalolat berishicha, tilning paydo bo’lishida mehnat chaqiriqlarining dahli yo’q. Bu faraz ham tilning paydo bo’lishini jamiyatning paydo bo’lishi bilan uzviy bog’lay olmaydi.
  • Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning paydo bo’lishini odamning paydo bo’lishi bilan bog’lamasligidir. Lekin bu faraz ham tilning paydo bo’lishini tushuntirishga o’z hissasini qo’shgan. Til mehnat bilan birga taraqqiy etgan. Til va mehnat asta–sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga keltiradi. Mehnat, til va ong orasidagi munosabat hozirgacha davom etib kelmoqda. Ushbu faraz boshqa farazlarga nisbatan eng maqbuli hisoblanadi.
6-mavzu Fonetika

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Mashg’ulot vaqti – 4 soat Talabalar soni – 60-70 ta
Mashg’ulot shakli Axborotli, vizual ma’ruza
Ma’ruza rejasi 1. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi.

2. Nutq tovushlarining tasnifi. 3. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush.

4. Bo’g’in va uning turlari.

5. Urg’u va uning turlari.

6. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari.

2. Abduazizov A.A. O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi.-Toshkent, 1992.

3. Nabieva D. O’zbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati (fonologik sath). Filol.fan.nomz. dis. –Toshkent, 1998.

6. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.

7. Bushuy T., Safarov SH. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. -Toshkent: Fan, 2007.

8. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.

9. Jamolxonov H. O’zbek tilining nazariy fonetikasi. –Toshkent, 2009.

Ma’ruza mashg’ulotining tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash va b.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish.

– mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha berish;

– Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari bilan talabalarni tanishtirish.

O’quv faoliyati natijalari:

– mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha beradi;

– Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari bilan talabalarni tanishtiradi.

2. Ma’ruza uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.

1.2. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar

2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollarni beradi:

1.Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush haqida ma’lumot bering.

2. Enlitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi.

3. Bo’g’in va uning turlarini izohlang.

4. Intonatsiyaning vazifasi nimalardan iborat?

5. Urg’u nima va uning qanday turlari bor?

6. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlariga misol keltiring.

7. Reduktsiya nima?

Slaydlarni ko’rib, tinglab, yozib boradilar

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar

3.2. Darsni mustahkamlash uchun BBB jadvali va FSMUdan foydalanadi (4-ilova)

Har bir ma’ruza va seminar mashg’uloti uchun 0,5 balldan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi:

1,5 ball – “yaxshi”

1 ball – “qoniqarli”

0,5 ball – “qoniqarsiz”

Aqliy hujum uchun savollar

1. Fonetika nimani o’rganadi?

2. Fonologiyaning predmeti nima?

3. Fonema tushunchasini izohlab bering.

4. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi nima?

5. Unli tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.

6. Undosh tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.

  • Fonetika grekcha phone – tovush so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tilning tovush tomonini o’rganadi. Tovushlar bir-biridan akustik, ya’ni eshitilishi jihatdan farq qiladi va so’zlarning shakllanishi va ajralib turishi uchun xizmat qiladi.
  • Nutq tovushlari murakkab hodisa bo’lib, ular quyidagi xususiyatlarga egadir:
  • 1) tovushlar – fizik hodisa, chunki ular havo zarrachalarining tebranuvchi harakati natijasidir;
  • 2) tovushlar – fiziologik hodisa, chunki ular nutq organlarida hosil bo’ladi;
  • 3) tovushlar psixik hodisadir, chunki ularning paydo bo’lishi ongli harakat natijasidir;
  • 4) tovushlar ijtimoiy hodisadir, chunki ular aloqa vositasi bo’lgan til elementlaridir.
  • Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq a’zolari deyiladi. Nutq a’zolarining jami nutq apparatini tashkil etadi. Bular diafragma, o’pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo’g’iz, bo’g’iz qopqog’i, kichik til, tanglay, til, tish, labdir.
  • 1. Ovoz paychalaridan pastki qism: o’pka, nafas olish yo’llari, kekirdak, diafragma.
  • 2. Bo’g’iz.
  • 3. Ovoz paychalaridan yuqoridagi qism: bo’g’iz qopqog’i, og’iz bo’shlig’i, burun bo’shlig’i, qattiq va yumshoq tanglay, til, kichik til, ustki va pastki tishlar, ustki va pastki lablar kiradi.

Fonologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi. Bu sohaning o’ziga xos jihati shundaki, u o’z ob’ektini semiotik aspektda (belgilar tizimi sifatida) o’rganadi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko’ra, fonologiya fonetikaning o’zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o’rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta’limot – fonetika aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi ta’limot – fonologiya esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi. Shunga ko’ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi.

NUTQ TOVUSHLARI ARTIKULYASIYASI

Nutq apparatining ishlashi natijasida tovush hosil bo’lish jarayoni artikulyatsiya deyiladi. Ma’lum bir tilga xos bo’lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsiya bazasi deyiladi. Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi uchta etapni: 1) talaffuz qilishga tayyorgarlik-ekskursni, 2) talaffuzning o’zini, 3) nutq organlarining o’z o’rniga qaytishi – rekursni o’z ichiga oladi. Nutq tovushlarini hosil qilishdagi artikulyatsiya harakatlarining yig’indisi artikulyatsiya bazasi deyiladi.

NUTQNING FONETIK BO’LAKLARI

Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yig’indisi yoki zanjirsimon ulanishdan iborat bo’lib, u talaffuz davriga ko’ra oldinma-keyin kelgan fonetik birliklarga bo’linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga bo’linishi uning fonetik bo’linishi deb ataladi.

  • Bo’g’inlar 4 xil bo’ladi:
    undosh tovush bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: mak-tab.
    unli tovush bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi: bo-la.
    undosh bilan boshlangan bo’g’in berkitilgan bo’g’in deyiladi: sa-na,cha-na va b.
    unli tovush bilan boshlangan bo’g’in berkitilmagan bo’g’in deyiladi: o-na.
    bo’g’inlar berkitilgan ochiq: da-la, berkitilgan yopiq: daf-tar; berkitilmagan ochiq: o-lim, berkitilmagan yopiq: at-las bo’ladi.
  1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqada ma’lumot beruvchi turi.
  2. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovushlari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi.
  3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadigan fonetika.
  4. Eksperimental fonetika – nutq tovushlari, urg’u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o’rganadigan fonetika.

FSMU texnologiyasi

Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonlarini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu tеxnologiya o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va boshqalarga yеtkazishga , ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.

F – fikringizni bayon eting

S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M -ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi misol kеltiring

U – fikringizni umumlashtiring

Jadvalni to‘ldiring

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.