DTM Axborotlari Uzb
2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi
“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;
turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;
Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
texnikumlar va akademik liseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.
DTM Axborotlari Uzb
Test botimiz: @DTM_Tests_Bot
Kitob botimiz: @Kitob_Top_Bot
Mandat botimiz: @Mandatlar2022_Robot
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Admin: @DTM_Adminstrator
Reklama uchun: @Rek_Info
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
Oxirgi xabar
2022-07-07 19:00:40
Maktab bolasi biladigan savolni OTMning bo’lajak talabasi bilarkanmi?
2.1K views16:00
2022-07-07 18:29:01
IELTSdagi 4ta skilldan Qaysi birini eng qisqa vaqtda oʻrgansa boʻladi?( Va qanday strategiya orqali)
Listening Reading
Speaking Writing
3.3K views15:29
2022-07-07 17:29:01
Бегуноҳ япон 48 йил давомида қатл қилинишини кутиб турди.
Ивао Ҳакамада 48 йил қайта ва қайта ўлим жазосига ҳукм қилинди аммо уни ҳеч ким ўлдира олмади. Ҳар гал уни ўлдириши керак бўлган киши қатл вақтида вафот этар ва у қайта суд қилинар эди бунга сабаб.
3.1K views14:29
2022-07-07 16:29:01
– “Akang Kuchaydi” IELTS 8.0+ oladi akang!
– Qanday bilasiz?
IELTS imtihoni uchun Ballingizni aniqlab beradigan bot ochilibdiku!
Har bir section-dan Testlar orqali darajani aniqlayapti.
Hammani Tekinga imtihon qilib beradi!
IELTS-dan balingizni aniqlash
3.3K views13:29
2022-07-07 07:19:38
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon viloyati – 183;
Buxoro viloyati – 112;
Jizzax viloyati – 81;
Qashqadaryo viloyati – 193;
Navoiy viloyati – 60;
Namangan viloyati – 165;
Samarqand viloyati – 227;
Surxondaryo viloyati – 155;
Sirdaryo viloyati – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona viloyati – 221;
Xorazm viloyati – 110;
Toshkent shahri – 155.
ESLATMA: 2021-2022 o’quv yilidagi o’tish ballari
@Mandatlar2022_robot orqali bilib olishingiz mumkin!
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@DTM_Axborotlari_Uz | Batafsil
https://t.me/+zAOR2Bv02L1kYWRi
5.9K views04:19
2022-07-06 08:59:01 #SavollargaJavoblar #Qabul2022
Savol: Texnikumni tugatganlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmaydimi?
Javob: 2022-yil 15-iyun kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi ma’lum qilingan edi.
Mazkur xabar ayrim abituriyentlar tomonidan endilikda texnikumni tamomlaganlar oliy ta’lim muassasasiga topshira olmas ekan degan mazmunda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda ekan.
Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.
ESLATMA: 2020-2021-yil, 2021-2022 o’quv yilidagi o’tish ballari va DTM testlarni
@Mandatlar2022_robot orqali bilib olishingiz mumkin!
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@DTM_Axborotlari_Uz | Batafsil
https://t.me/+zAOR2Bv02L1kYWRi
7.6K views05:59
2022-07-05 19:50:36 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
ESLATMA: 2020-2021-yil, 2021-2022 o’quv yilidagi o’tish ballari va DTM testlarni
@Mandatlar2022_robot orqali bilib olishingiz mumkin!
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@DTM_Axborotlari_Uz | Batafsil
https://t.me/+zAOR2Bv02L1kYWRi
8.1K viewsedited 16:50
2022-07-05 19:01:18
TIK TOKNI PORTLATGAN SAVOL.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda ularni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilar har yili 5 iyuldan 25 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Bitiruvchilar pasport yoki ID-karta nusxasi, texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasini yuklashi talab etiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5 avgustga qadar o‘rganib chiqiladi O‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10 avgustdan 25 avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.