Press "Enter" to skip to content

Умиджон Обудов блоги

Aliexpressning rasmiy saytida bunday ma’lumot yo’q. EPN.BZ sayti, aliexpressda, hamkorlik dasturi orqali pul ishlash imkonini beruvchi sayt.

Telegram PRO – Telegramda Pul Ishlash Sirlari

Hozirgi kunda, Telegram tarmog’I orqali, ko’plar millionlab pul ishlashmoqda. Bu soha, kundan-kunga ommalashib ketmoqda. Axir, o’zingiz o’ylang, 100 000ta o’quvchilarga ega kanalga, atigi bir soatga reklama qo’yish narxi 100 ming so’mdan tashkil e’tadi. Bunday reklamalardan, kanallar kuniga 2-3ta lab qo’yishadilar. 100000×3=300 ming so’m, atigi bir kunda!
Bu ham yetmagandek, Telegramda bot yaratib berish xizmatlari juda ham ko’p tarqalgan, va kamida 200 – 300 ming turadi. Biz esa sizga shunday botlarni, va kanallarni o’zingiz mustaqil tarzda, hech qanday ko’dlarsiz yaratishni o’rgatamiz!

Yangi «Telegram Pro – Telegram Professional Darajada» video-darsligimiz sizga noldan boshlab turib kanal, bot, stikerlarni yaratishni va qanday qilib boshqarishni, yurg’izishni, takomillashtirishni o’rgatadi. Bu video-kursligi uchun, siz mutlaqo o’zingiz, kompyuter orqali o’rganishingiz mumkin.

Yuklab Olish:

Quyida video-kursning ba’zi rasmlari:

Telegram Pro Video-Kursiga quyidagi darslar kiradi:

  1. Telegram Dasturini O’rnatish va Kirish
  2. Kanal Yaratish (username olish, kanal ta’rifini qo’yish, chaqiruv havolasini yaratish)
  3. Kanalga Logotip Yaratish (Photoshop orqali)
  4. Kanalga Ma’lumot qo’yish (savollar, izoxlar, sahifalar)
  5. Reklama banneri bilan Reklama
  6. Havola bilan reklama
  7. Tugmalar bilan Reklama
  8. Vzaimopiyar va Reklama narxlari xaqida
  9. Stiker Yaratish (Photoshop dasturida)
  10. Bot Yaratish
  11. Muloqot uchun Bot Yaratish
  12. Do’kon uchun Bot Yaratish (buyurtmalarni telegram orqali qabul qilish)
  13. Ma’lumot Beradigan Bot Yaratish
  14. Kanal O’rniga Bot Yaratish

Aliexpress hamkorlik dasturi orqali telegramda pul ishlash bo’yicha real ko’rsatma. Messenjerda pul ishlashning yana qanday yo’llari mavjud.

Assalomu alaykum uzinterbiz.com blogining o’quvchilari. Bugungi maqolamiz telegramda pul ishlash mavzusida bo’ladi, ya’ni, bu messenjerda ishlashning bugungi kunda qanday yo’llari mavjud va aynan Aliexpress bozoridagi mahsulotlarni Telegram orqali reklama qilib, pul ishlash uchun nimalar qilish kerak va qanday qilish kerakligi to’g’risida qadamba-qadam ko’rsatmalarga ega bo’lasiz.

Sizning va o’zimning ham vaqtimizni qurug gaplar bilan olmaslik maqsadida darhol amaliy ko’rsatmalarga o’taman. Demak, oldin bu messenjerda ishlashning bugungi kunda qanday, eng ishonchli yo’llari borligi haqida qisqacha malumotlarni berib o’taman va keyin Alixpress bozorida ishlashni nimadan boshlash kerakligi to’g’risida real ko’rsatmalarni ko’rsatib o’taman. ⇓

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Telegramda pul ishlashning 14 ta yo’li
  2. 2019 yilda, messenjerda yaxshi daromad olish uchun asosiy yo’llar:
  3. Maktab o’quvchilari uchun pul ishlash yo’li:
  4. Aliexpress hamkorlik dasturi orqali telegramda pul ishlashni nimadan boshlash kerak?
  5. Qanday qilib Aliexpress hamkoriga aylanish mumkin?
  6. 1-qadam. EPN.BZ saytida ro’yhatdan o’tamiz
  7. 2-qadam. Hamkorlik dasturida ishlashni nimadan boshlash kerak?
  8. Qanday va qaysi yo’llar bilan reklama qilish kerak?
  9. Qancha ishlaganimni qayerdan bilaman va pulimni qanday yechib olaman?
  10. Aliexpress (EPN) hamkorlik dasturidan foydalanish bo’yicha asosiy qoidalar
  11. Aliexpress hamkorlik dasturi orqali sotilgan tovarlardan qancha foizi menga tegadi?
  12. Xulosa

Telegramda pul ishlashning 14 ta yo’li

Hammaga malum, internetda pul ishlashning yuzlab, balkim undan ham ko’p yo’llari mavjudligi kabi, bu messengerda ishlashning ham ancha yo’llari bor. Quyida aytib o’tadigan yo’llarini ikki turga bo’lish mumkin.

2019 yilda, messenjerda yaxshi daromad olish uchun asosiy yo’llar:

  • Reklama maqola joylash
  • Terma reklama maqolalar joylash
  • O’z mahsulotingizni reklama qilish
  • Mahsulot va xizmatlar sotish
  • Sheriklik mahsulotlarni reklama qilish (Aliexpress hamkorlik dasturiga o’xshab)
  • Botlar yaratish (@BitSocialRobot, @tegmo_bot, @affobot, @Moneybestbot)
  • Boshqa birovning kanalini yuritish
  • Blog yuritish
  • Buyurtma asosida kanal ochib, uni malumotlar bilan to’ldirish
  • Noyob stikerlar yasash
  • Telegramda bitkoin ishlab olish (Bitkoin ishlash uchun bot – @BitStarBot)
  • Pullik maslahat berish

Maktab o’quvchilari uchun pul ishlash yo’li:

Maktab o’quvchilari deganda – vaqt, bilim talab qilinmaydigan, bajarish oson bo’lgan va shunga yarasha kam haq to’lanadigan yo’llarini nazarda tutyapman. Gap shundaki, Telegramda obunachilarni ko’paytirishda boshqalarga yordam berib, pul ishlashni taklif qiluvchi bir nechita xizmatlar mavjud. Bunday xizmatlar, ko’p ish qilmasdan, oson va changsiz pul topishni yaxshi ko’radigan odamlarni izlashadi.

Albatta, bu xizmatlar obuna bo’lganingiz uchun juda kam pul to’lashadi, yani, har bitta obuna uchun qandaydir tiyin to’lashadi. Ha, bu juda kam, lekin, ish ham shunga yarasha oson-da, bitta obuna bo’lishga 1-2 soniya vaqtingiz ketadi xolos. Shuning uchun ham bu narx yaxshi narx hisoblanadi. Hech bo’lmaganda uni telefon nomerga utkazish mumkin.

DIQQAT! Do’stlar, yuqorida keltirilgan ro’yxatdagi har bir yo’nalish haqidagi to’liq, qadamba-qadam ko’rsatmalarni o’tkazib yubormaslik uchun blogga obuna bo’ling, chunki malumotlar tayyorlanish jarayonida, yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Aliexpress hamkorlik dasturi orqali telegramda pul ishlashni nimadan boshlash kerak?

Aliexpress bu internetdagi eng katta bozorlardan biri, unda bir xil turdagi narsani, masalan fleshka sotuvchilari ko’p. Bu sotuvchilar, odamlarning fleshka sotib olishini emas, balki, aynan o’zidagi fleshkani sotib olishlarini hohlashadi. Aynan mana shu maqsadda hamkorlik dasturi yaratilgan.

Bu dasturda siz, men va bizga o’xshagan odamlar ularning tovarini reklama qilib pul ishlashimiz mumkin. Har bir sotilgan mahsulot narxining o’rtacha 7 % puliga ega bo’lishimiz mumkin. Dasturda qatnashuvchi do’konlarning rasmiy saytidagi mahsulotlarning narxlari bilan bu yerdagi narxlar orasida farq bor.

Nafaqat Aliexpress, balki, boshqa mashxur internet magazinlarida ham hamkorlik dasturlari orqali pul ishlash imkoniyati mavjud. Bunday usulda mahsulot sotib pul ishlashning eng qizigi, siz dunyoning istalgan nuqtasidagi odamga sotishingiz mumkin, farqi yo’q, u inson Tashkentda bo’ladimi yoki Nyu-Yorkda.

Qanday qilib Aliexpress hamkoriga aylanish mumkin?

Aliexpressning rasmiy saytida bunday ma’lumot yo’q. EPN.BZ sayti, aliexpressda, hamkorlik dasturi orqali pul ishlash imkonini beruvchi sayt.

Ushbu saytning rus tilidagi analogi mavjud bo’lib, pulni yechib olish oson va qulay. Bu hamkorlik dasturida Aliexpressdan tashqari yana bir necha internet bozorlari qatnashadi, bular:

1-qadam. EPN.BZ saytida ro’yhatdan o’tamiz

  1. Bu yerda ro’yxatdan o’tish uchun manabu yerga bosing: EPN.BZ

Quyidagi rasmdagi kabi oyna hosil bo’ladi. (PC xolatida)

  1. Вебмастерам bo’limiga o’tasiz, chunki siz sotib oluvchi ham, reklama beruvchi ham emassiz. Siz pul ishlamoqchisiz. Вход belgisi bu avval ro’yhatdan o’tgan foydalanuvchilar kirishi uchun. Pastroqda e’tibor bersangiz vkontakte, facebook va telegram belgilari bor. Bu havolani bossangiz ushbu saytning guruhlariga o’tasiz.
  2. Ro’yxatdan o’tish uchun “Регистрация” tugmasini bosing.

Hosil bo’lgan oyna ushbu saytda akkaunt ochish uchun. Vkontakte, facebook, goole belgilariga bosish orqali ana shu saytlardagi akkauntlaringiz orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin:

  1. Yoki 1-qatordagi «Ведите электронную почту» deb yozilgan joyiga elektron pochtangizni nomini yozasiz.
  2. 2-qatordagi «Введите пароль» deb yozilgan joyga, ushbu saytda foydalanishingiz uchun parol o’ylab topib yozing

DIQQAT! Bu yerda kiritgan email pochtangiz va parolingizni ishonchli bir joyga saqlab qo’ying!

Pastroqda «Я согласен на новостную рассылку» degan joyida galochka qo’yilib turibdi. Bunda ushbu saytdagi yangiliklar electron pochtangizga jo’natilib turishlariga rozi ekanligingizni bildiradi. Agar, rozi bo’lmasangiz galochkani olib qo’yishingiz mumkin.

«Создать аккаунт» tugmasini bosishdan oldin pastdagi ogohlantirishni o’qing!

Bunda siz ushbu tugmani bosish orqali ePN hamkorlik dasturi shartlari va «Политика конфедициальност», ya’ni, xavfsizlik qoidalariga rozi ekanligingizni bildirgan bo’lasiz. Xoxlasangiz keltirib o’tilgan so’zlar ustiga bosib batafsil o’qishingiz mumkin.

  1. «Создать аккаунт» tugmasini bosib, keyingi bosqichga o’tamiz:

Hosil bo’lgan oynada siz telefon raqamingizni yozib, kelgan kodni kiritish orqali ushbu saytdagi akkauntingiz himoyasini yanada kuchaytirishingiz mumkin. Yoki oynadan tashqari biror joyga bosib ishni davom ettiring.

  1. Elektron pochtangizga ushbu saytda ro’yxatdan o’tganligingizni tasdiqlash uchun habar keladi. > tugmasi ustiga bosib, ro’yxatdan o’tganligingizni tasdiqlang:

“Активировать” tugmasini bosganingizdan keyin siz manabunday yozuvni ko’rasiz:

Shu bilan ro’yhatdan o’tish jarayoni tugallandi.

2-qadam. Hamkorlik dasturida ishlashni nimadan boshlash kerak?

  1. Rasmda ko’rsatilganidek, chap tarafdagi menyudan «Портнерская ссылка» ni tanlang.
  1. «Названия креатива» deb nomlangan joyiga tovarning nomini yozasiz. Bu faqat o’zingiz uchungina kerak bo’ladi. Shuning uchun butun nomini ko’chirmasdan o’zingizga tushunarli, eslab qoladigan nomni yozing.
  2. “Выберите оффер” deb nomlangan joyiga aliexpressni tanlang.
  3. “Ccылка на любую страницу Aliexpress” deb nomlangan joyga tovar ssilkasini qo’ying. Bu ham o’zingiz uchun topib olishingiz uchun kerak bo’ladi.
  1. «Создать партнерскую ссылку» ni bosamiz. Bizga hamkorlik ssilkasini beradi.

Muloqot oynasining pastrog’ida faol ssilka hosil bo’ldi.

  1. Rasmdagi, aylana shaklda ko’rsatilgan ssilka belgisiga bosing.
  1. Ko’rib turganingizdek avvaliga uzun ssilka chiqarib beradi, qisqaroq ssilka olish uchun «Сокрашения» tugmasini bossangiz pastdagi kabi 2 ta qisqa ssilkalar chiqadi. Ssilkalarning ro’parasidagi belgini bosish orqali ssilkani ko’chirib olishingiz mumkin.

Mana shu ssilkani telegramda kanal, yoki, guruhingizga qo’yasiz. Ssilkani o’zini qo’ysangiz ba’zi bir kanallarni ssilkasi kabi rasmi bilan chiqib qolmaydi. O’zi yakka tushunarsiz chiqadi. U holda hech kim hech narsani tushunmaydi.

Nima qilish kerak deysizmi? Sirlarini oshkor qilamiz(((.

Qanday va qaysi yo’llar bilan reklama qilish kerak?

Telegramdagi postingiz foydali bo’lishi uchun mahsulotga ta’rif yozing, rasmini qo’ying. Saytidagi rasmini ola olmasangiz nomini poiskga berib, izlab toping, yoki, saytning o’zidan skrinshot qiling. Jalb etuvchi so’zlar bilan e’tiborini ssilkaga qarating. Tag’in mahsulotni o’zinigina maqtab qo’ymang, aynan sizning ssilkangiz orqali o’tishga chorlang.

Ana undan keyin haridorlar ssilka orqali o’tishini kutamiz. Lekin, ushbu ssilka haridorning brauzerida 3 kun saqlanadi. 3 kundan keyin eslab qolgan joyidan sizning ssilkangiz orqali o’tsa va xarid qilsa, sizning hamkorlik foizingiz ish bermaydi.

Lekin, menimcha hech kim uni bittalab terib saytga kirmaydi. Aliexpressda tovar ko’p, izlab topishi amri mahol. Agar zakladkasiga saqlab qo’ygan yoki izbranniyga olib qo’ygan bo’lsa, va uch kundan keyin pul to’lasa, oshig’imiz olchi emas. Biz aynan, bizning ssilkamizdan o’tib, uch kun ichida xarid qilgan holda, biz pul ishlay olamiz.

Shuning uchun, xaridorni qiziqtirish va xarid qilishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz kerak. Masalan, qandaydir chegirmalar taklif qilish mumkin. Chegirmani qanday berish esa, EPN.BZ va Aliexpress saytlaridan malumot qidiring, barcha ko’rsatma va qo’llanmalar berilgan.

Qancha ishlaganimni qayerdan bilaman va pulimni qanday yechib olaman?

Xo’sh endi biiir pullarimizni sanab qo’yaylikchi. Buning uchun, saytdagi o’zimizning shaxsiy kabinetga kirishimiz kerak bo’ladi.

  1. Sayt yuqori qismi o’ng tarafida shaxsiy kabinetimizga kirish imkoniyati bor. Shu yerdan kirgan joyingizda, balansingiz ko’rinib turadi.
  1. Loginingiz ustiga bosib, «Мой профил» ni tanlab profilingizga kirasiz.

Profilingizga kirgach, u yerda sizning faoliyatingiz statistikasi, balansingiz va referallaringizga oid barcha malumotlarni shu yerdan ko’rishingiz mumkin:

  1. “Добавить кошелок” yozuviga bosib internetdagi hamyonlaringiz nomerlarini kiritishingiz kerak.

Siz bu yerdan pulingizni Webmoney (WMZ va WMR), ePayments, Qiwi, Yandex Dengi, bank kartalariga va Paypal electron hamyoningizga yechib olishingiz mumkin. Hamkorlik dasturidagi barcha talablar to’g’ri bajarilgan bo’lsa, pulingiz 5 daqiqa ichida hamyoningizga tushadi.

DIQQAT! Pulni yechish uchun hisobingizda eng kamida 10 dollar bo’lishi kerak. Pul bir oyda ikki marta ko’chiriladi, oyning 1-chi chislosidan 3-chi chislosigacha, hamda, 16-chi chislodan 18-chi chislosigacha, bayram kunlaridan tashqari.

  1. Va yechib olish uchun, yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan, o’rtadagi yashil rangli to’rtburchak ostidagi “ЗАПРОСИТЬ ВЫПЛАТУ” yozuviga bosasiz.
  2. Kiritgan hamyonlaringizdan birini tanlaysiz, mablag’ miqdorini belgilaysiz va “ЗАКАЗАТЬ ВЫПЛАТУ” tugmasini bosasiz.

Balansingizni 4 ta valyutada ko’rsatayotganining sababi, sizni ssilkangiz orqali o’tgan haridaor mana shu 4 ta valyutaning biri bilan sotuvni amalga oshirgan bo’lishi mumkin. Bu Aliexpressning foydalanuvchilar uchun imkoniyatlaridan biri.

Pulni olib chiqib ketishning ham o’ziga yarasha qonun qoidalari mavjud. Marhamat, o’qishda davom eting. O’zingiz hammasini bilib olasiz.

Aliexpress (EPN) hamkorlik dasturidan foydalanish bo’yicha asosiy qoidalar

Dasturda ishlash shartlari:

  • Saytingizga ushbu dastur orqali mahsulot qo’ysangiz ePN dasturi logotipini o’chirib yubormasligingiz kerak.
  • Bitta joydan bir necha marotaba o’tishlik mumkin emas.
  • Qarindosh urug’laringizni referal qilib olishligingiz mumkin emas.
  • Ushbu saytda 1 ta odam faqat 1 ta akkaunt ochishi mumkin.
  • Agar qoidalarni buzadigan bo’lsangiz hisobingizdagi pul reklama beruvchiga o’tib ketishligi aytilgan.

Aliexpress hamkorlik dasturi orqali sotilgan tovarlardan qancha foizi menga tegadi?

Bu savol hamkorlik dasturidan ko’zlangan asosiy maqsadimiz. Ro’yhatdan o’tgach saytning pastida «O нас» degan yozuvga ko’zingiz tushadi. Ushbu havola orqali o’tsangiz qaysi tovarlardan sizga necha foiz qolishligi ko’rsatilgan bo’ladi.

Ko’rib turganingizdek har xil kategoriyadagi tovarga har xil foiz beriladi. Faqat Aliexpress o’zining hamkorlari uchun «Hot sale» mahsulotlari uchun 70 foiz ulush va’da qilgan. Bu haqda batafsil keyingi maqolalarimizda bilib olasiz.

Yuqoridagi rasmda ko’rinib turgan chap tarafdagi qatorda, ushbu sayt orqali hamkorlik dasturi bilan ishlovchi bir nechta internet magazinlar ro’yhati ko’rasiz. Ushbu magazinlar ham Aliexpress kabi sotuvdan foiz ulush ajratadi. Bu magazinlarda geo-targeting degan atama bo’lib, hamma davlatlar uchun berilmaydi. Buni ko’rish uchun ana shu internet magazinni tanlab pastrog’ini qaralsa Весь мир, Россия yoki bir qator davlatlar yozib qo’yilgan bo’ladi.

Shuningdek shu sahifaning o’zida pastrog’iga tushsangiz, quyidagi rasmdagi kabi ma’lumotga ko’zingiz tushadi.

Buyurtmani tasdiqlash sanasi 50-70 kun – bu degani, xaridorga tovar etib kelib, u “Men tovarni olganimni tasdiqlayman” degan tugmani bosganidan keyin sizga ajratilgan mablag’, sizning hisobingizga tushadi.

Referal dastur 5 % – bu degani, sizning tavsiyangizga ko’ra birorta odam, ushbu hamkorlik dasturida ro’yxatdan o’tib, mahsulot sotsa, uning topgan pulidan 5 foizi sizga ham tushib turadi.

Coockiening amal qilish davri 3 kun. Coockie – bunda, xaridorning, aynan sizning ssilkangiz orqali aliexpress saytiga o’tganligi haqidagi malumot, uning brauzerida, coockiesida saqlanib qoladi. 3 kun ichida yana kirib mahsulot sotib olsa sizga foizi tushadi. 3 kundan so’ng ssilkani yangilab qo’yishingiz kerak. Yo’qsa, siz foiz olmaysiz.

Geo-targeting – Aliexpress mahsulotlari uchun butun dunyoda ochiq yoki malum davlatlar uchunligini bildiradi. Siz o’zingiz uchun keragini tanlang!

Xulosa

Bugun sizlarga tanishtirgan EPN.BZ saytidagi hamkorlik dasturidan tashqari, hali sizga aytib ulgurmagan usullari haqida yoki ushbu saytdagi boshqa internet magazinlari bilan ishlash haqida, to’liqroq bilishni istasangiz keyingi maqolalarimizni kuzatib boring, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Vaqtni boy bermay siz ham yuqorida aytib o’tilgan usullarni sinab ko’ring! Izlanishlaringiz davomida biror yangilikni kashf qilsangiz ushbu maqolamizda izoh qoldiring. Zero sizning tajriba natijalaringiz boshqalarga ham asqotib qolishi mumkin yoki hato va kamchiliklaringiz haqida suhbatlashamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Hurmat bilan Maqsuda

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.