Press "Enter" to skip to content

Shveysariya

21. Shveytsariya jinsiy tenglik borasida G’arbiy Evropaning aksariyat mamlakatlaridan ortda qolmoqda. Shunday qilib, 2015 yilda ayollarning atigi 41,3 foizi to’liq ishlagan, erkaklar esa 83,6 foiz. Ayollar mamlakatda yetakchilik lavozimlarining 20 foizidan kamrog’ini egallaydi.

Shvetsariya haqida 25 ta qiziqarli ma’lumotlar

Shvetsariya haqida eshitmagan, bilmagan odam topilmasa kerak. Bu mamlakat ayniqsa tog’lari, banklari, soatlari va shokoladlari bilan mashhur. Ammo Shvetsariya haqida hali biz bilgan va bilmagan ko’plab faktlar bor. Ular haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

1. Shveytsariya CH qisqartmasini tushuntiruvchi Confoederatio Helvetica, deb ham nomlanadi. Shveytsariya Konfederatsiyasi bu mamlakatning o’tmishdagi rasmiy nomi bo’lib, zamonaviy Shvetsariya 26 kantondan iborat bo’lgan federativ Respublika hisoblanadi.

2. Dunyoning faqat ikkita mamlakati kvadrat bayroqqa ega – Shveytsariya hamda Vatikan.

3. Shveytsariya yakka shaxs tomonidan boshqarilmaydi. Mamlakatda yettita a’zodan iborat ijroiya kengashi mavjud bo’lib, u kollektiv davlat rahbari hisoblanadi. Prezident kengash a’zolari orasidan bir yil muddatga saylanadi, bu esa “primus inter pares’ – tengdoshlar orasida birinchi, deb hisoblanadi.

4. Shveytsariya fuqarolari parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonunga qarshi chiqishlari mumkin. Buning uchun ular 100 kun ichida qarshi 5 ming imzo to’plashlari kerak. Agar ushbu shart bajarilsa, umumxalq ovoz berish o’tkaziladi, unda saylovchilar munozarali qonunni ko’pchilikning ovozi bilan hal qiladilar.

5. Shveytsariya to’rtta rasmiy tilga ega: frantsuz, nemis, italyan va retroroman (lotincha). Mamlakat aholisining qariyb 60 foizi ingliz tilida so’zlashadi.

6. Shveytsariyaliklar uzoq umr ko’rishadi. JSST (jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ning ma’lumotlariga ko’ra, 2015 yilda o’rtacha umr ko’rish erkaklar uchun 81,3 yosh, ayollar uchun 85,3 yilni tashkil etdi. Bu ko’rsatgich Shveytsariyani o’rtacha umr ko’rish bo’yicha (Yaponiyadan keyin) ikkinchi o’ringa qo’yadi.

7. Shveytsariya tug’ilish, yashash va baxtli hayot kechirish bo’yicha dunyodagi eng yaxshi joylardan biridir. Umuman olganda, mamlakat va uning shaharlari hayot sifati bilan bog’liq turli dunyo miqyosidagi reytinglarda yuqori o’rinlarni egallaydi.

8. Mamlakatda balandligi 3 ming metrdan ortiq bo’lgan 208 ta tog’ mavjud bo’lib, ulardan 24 tasi 4 ming metrdan ham balanddir. Eng baland tog’ hisoblanmish – Monte Rosa (balandligi 4634 m) Shveytsariya-Italiya chegarasida joylashgan.

9. Shveytsariyada 1500 ta ko’l mavjud, ularning eng kattasi Jenevadir. Mish-mishlarga ko’ra, uning tubida 40 dan ortiq g’arq bo’lgan kemalar yotadi.

10. Shveytsariyada qurol olib yurish bo’yicha liberallashgan qununlar mavjudligiga qaramay, IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida jinoyatchilik darajasi bo’yicha eng past ko’rsatkichga ega. Small Arms Survey tadqiqotiga ko’ra, Shveytsariyada har 100 aholiga 45,7 ta o’qotar qurol to’g’ri keladi. Bu dunyoda AQSh (88,8) va Yamandan (54,8) keyin uchinchi yirik ko’rsatkich.

11. Shveytsariya erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy. Shveytsariya Avstriya bilan bir qatorda, G’arbiy Evropada ushbu qoida amal qilayotgan so’nggi davlatlardan biridir. Konstitutsiya bo’yicha erkak jinsidagi Shveytsariya fuqarolari 18 yoshga to’lganlarida armiyada xizmat qilishlari shart, ayollar uchun esa harbiy xizmat ixtiyoriy. Xizmat tugagandan so’ng, armiyada qabul qilgan qurollarni (odatda yarimavtomatli vintovka) shaxsiy foydalanish uchun qoldirishga qonun ruxsat beradi. Bu qisman mamlakatda qurol-aslahadan foydalana bilish darajasi yuqori ekanligini bildiradi.

12. Shveytsariyaga asosiy kirish yo’llari chet el bosqinchiligidan himoyalangan. Hujum xavfi tug’ilganda, mamlakatga olib boradigan barcha asosiy yo’llar, ko’priklar va temir yo’llar vayron qilinadi. Buyruq bo’yicha mamlakat bo’ylab kamida 3000 ta joy darhol portlatilishi mumkin.

13. Shveytsariya foydalanadigan elektr energiyasining yarmidan ko’pi 556 ta gidroelektrostantsiyada ishlab chiqariladi.

14. Shveytsariyada joylashgan Gotthard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel hisoblanadi.

15. Chet elliklar Shveytsariya aholisining qariyb 25 foizini tashkil qiladi – bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichdir.

16. Shveytsariya ish haqi va ish bilan ta’minlash darajasi bo’yicha rivojlangan davlatlar orasida uchinchi o’rinda turadi. Shveytsariyaliklar yiliga o’rtacha 57,082 dollar daromad oladi, bu borada mamlakat faqat Lyuksemburg va AQSH dan keyin uchinchi o’rinda turadi. Shveytsariya doimiy ravishda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha davlatlar reytingida birinchi o’rinni egallaydi.

17. Shveytsariyada o’qituvchilarning ish haqi yaxshi to’lanadi. Mahalliy o’qituvchilar yiliga o’rtacha 68 ming AQSh dollari ish haqi oladilar, bu IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida eng yuqori ko’rsatkichdir.

18. Shveytsariya qonunchiligi hayvonlarga g’amxo’rlik qiladi: mamlakatda “ijtimoiy” hayvonlarni juftisiz qilib saqlash taqiqlanadi. Shunday qilib, dengiz cho’chqasi, sichqoncha, sasiqkuzan(xoryok), baliq, kanareyka yoki cho’chqa kabi jonivorlarni bitta o’zini (juftsiz) boqish noqonuniy hisoblanadi.

19. Shveytsariyada fuqarolarning shaxsiy hayoti hurmat qilinadi. Masalan, dam olish kunining tinchligi va go’zalligini buzmaslik uchun yakshanba kuni o’tlarni o’rish, quritish uchun kiyim osib qo’yish, mashinani yuvish va idishlarni tashlab yuborish taqiqlanadi. Uy qoidalari aholining tinch uyqusini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan, shuning uchun soat kech soat 10 dan keyin har qanday shovqinli harakatlar, masalan, mashina eshiklarini yopish, hojatxonada suv tortish yoki hammomda suv shovqini qattiq qoralanadi.

20. Shveytsariyadagi nikohlarning deyarli yarmi ajralish bilan tugaydi: 2015 yilda bu ko’rsatkich 41,4% tashkil etdi. Shveytsariyaliklar nisbatan kech turmush quradilar: erkaklar 31,8 yoshda, ayollar 29,6 da. Bir ayolga taxminan 1,5 bola to’g’ri keladi, Yevropa Ittifoqida o’rtacha 1,6 bola.

21. Shveytsariya jinsiy tenglik borasida G’arbiy Evropaning aksariyat mamlakatlaridan ortda qolmoqda. Shunday qilib, 2015 yilda ayollarning atigi 41,3 foizi to’liq ishlagan, erkaklar esa 83,6 foiz. Ayollar mamlakatda yetakchilik lavozimlarining 20 foizidan kamrog’ini egallaydi.

22. Shveytsariya dunyodagi boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda ko’proq shokolad iste’mol qiladi – yiliga o’rtacha 11 kg. Shokolad Shveytsariya eksportining asosiy mahsulotlaridan biridir. 2015 yilda Shveytsariyaning 18 ta shokolad kompaniyasi 115,5 ming tonna shokolad eksport qildi.

23. Shveytsariyada spirtli ichimliklarni ichish bo’yicha yiliga bir kishi uchun 56,5 litr pivo va 36 litr vino to’g’ri keladi (2012 yil ma’lumotlari). Shveytsariyaliklarning ko’pchiligi mahalliy sharobdan ichishadi, shundan atigi 2 foizi eksport qilinadi.

24. Aarau temir yo’l stantsiyasida diametri 9 metr bo’lgan soat mavjud. Butun Yevropada shunday kattalikdagi soat faqatgina Frantsiyadagi Cergy temir yo’l stantsiyasida bor, uning diametri 10 metrga teng.

25. Shveytsariyada har 1000 kishiga 5,8 kasalxona o’rinlari to’g’ri keladi, bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichdir.

SHVEYSARIYA

SHVEYSARIYA (nem. Sehweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera) , Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 41,3 ming km2. Aholisi 7,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bern shahri Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Shveysariya — federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874 yil 29-mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega.

Tabiati. Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shim. gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanv. oyining oʻrtacha t-rasi 0°, iyul oyining oʻrtacha t-rasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800—2500 mm. Shveysariyada daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi Shveysariyadan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtlokdari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km2 ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoklarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.

Aholisi german-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyanshveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.

Tarixi. Shveysariyada yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Shveysariya haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda Shveysariyaning katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (Sh. ning qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536-yillarda Shveysariya hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda Shveysariyaning sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvis, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1 avg. da oʻzaro «abadiy ittifoq» tuzib, «Muqaddas Rim imperiyasi» doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Shveysariya suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda Shveysariyada reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida Shveysariyada sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Shveysariya hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814 — 15 yilgi Vena kongressi Sh. ning hoz. davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-y. lari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Shveysariya kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va 2-jahon urushi yillari Shveysariya oʻz betarafligini tasdiqladi. Shveysariya hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Shveysariya 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23 dek. da OʻzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 avg. — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Sh. demokratikxristian partiyasi, 1935-yil tashkil etilgan; Sh. demokratlari partiyasi; Sh. «koʻkatparvarlar» partiyasi, 1983-yil asos solingan; Sh. radikaldemokratik partiyasi, 1848-yil tuzilgan; Sh. sotsialdemokratik partiyasi, 1888-yil tashkil etilgan; Sh. liberal partiyasi, 1913-yil asos solingan; Sh. xalq partiyasi, 1971-yil sentyabrda Shveysariya dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Shveysariya demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Sh. ozodlik partiyasi, 1985-yil tashkil etilgan; Sh. mehnat partiyasi, 1944-yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880-yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. Shveysariya — intensiv q. x. ga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, q. x. niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4 % ni tashkil etadi.

Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2 qismi Shveysariyaga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (ʻ/2 qismi GESlarda, 2/5 qismi AES larda).

Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Q. x. mahsulotining 3/4 qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Transportning turli xillari mavjud. T. y. lar hammasi elektrlashtirilgan boʻlib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 71,1 ming km. Kanat va osma yoʻllar ham bor. Reyn daryosi va koʻllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti — Bazel shahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga oʻrtacha 7 mln. kishi kelibketadi).

Shveysariya chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — shveysariya franki.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Shveysariyada vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. Shveysariyada taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9y. lik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 kategoriyali boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, q. x. va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga un-t va intlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya intlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.

Shveysariyada ilmiytadqiqotlarga I. t. milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel unti kutubxonasi (2 mln. dan ortiq asar), Sh. milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln. dan ortiq asar). Shveysariyada 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Shveysariyada bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: «Bazler saytung» («Bazel gazetasi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1977-yildan), «Berner saytung» («Bern gazetasi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1979-yildan), «Blik» («Nigoh», nemis tilidagi kundalik gaz., 1959-yildan), «Veltvoxe» («Jahon hafta ichida», nemis tilidagi haftanoma, 1933-yildan), «Tages ansayer Syurix» («Syurix kundalik sharhi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1893-yildan), «Tribyun de Lozann — maten» («Lozanna minbari — tong», fransuz tilidagi kundalik gaz., 1862-yildan). Shveysariya telegraf agentligi (ATS) 1894-yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Shveysariya radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. Shveysariyada radioeshittirishlar 1923-yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.

Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I. G. Pestalossi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J. J. Russo hayoti va ijodi ham Shveysariya bilan bogʻlangan. 1848-yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I. Gotxelf, G. Keller, K. F. Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Shveysariya adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya. Byurer, fransuz tilida yozuvchi Sh. F. Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F. Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V. M. Diggelman, A. Mushg, O. F. Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A. Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F. Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur.

Meʼmorligi. Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5 — 6-asrlar), keyinchalik «Karolinglar uygʻonish davri» sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Germaniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I. Ya. Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755 — 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P. A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-y. lari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-y. lardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A. Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50— 70-y. larda yoʻddoshshaharlar (LeLinyon, Jeneva yaqinida, 1962 — 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi «Kodak» firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi «Bashariyat uyi» (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi «Le Pari» kinoteatri, 1971, meʼmor M. J. Soje].

Tasviriy sanʼati. Shveysariya hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (q. Laten madaniyati). Myunster (hoz. Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G. Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Shveysariya sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Sh. tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J. Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I. L. Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I. G. Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X. L. Fogel, X. Xeys, grafikachi R. Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida simvolizm va «modern» uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Shveysariya sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq).

1-jahon urushi yillari Shveysariya sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-y. lar Shveysariya sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan.

Musiqasi. Shveysariya xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri — yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari — alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxm. 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri — 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X. G. Negeli, I. F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K. F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. Shveysariyada 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor.

Teatri. Shveysariya teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512-yil birinchi dunyoviy pyesa — «Tell toʻgʻrisida oʻyin»qoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738-yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801-yil Sankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951-yillar Jenevada «Granteatr» faoliyat koʻrsatdi. 1908-yil Syurixda «Pfauenteatr» drama teatri (keyinchalik «Shaushpilxauz») ochildi va Shveysariyaning yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rej. Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. Shveysariya dagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi «Pti shen» va «Bolye», Jenevadagi komediya, «Nuvo teatr de posh» va «De Rosh» teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Shveysariya teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G. Otto.

Kinosi. Birinchi toʻla metrajli badiiy film («Konfederatsiyaning vujudga kelishi», rej. E. Xarder) 1924-yilda yaratilgan. Shu yili Syurixda «Prazens» kinofirmasi tashkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rej. lari A. Veksler, E. Layzer ishlari, rej. L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari («Oʻqchi Vipf», 1938; «Soʻnggi imkoniyat», 1945) ajralib turadi. 1950-y. larda «Batrak Uli» (1954), «Pishloq pishiruvchilar» (1958; ikkalasining rej. F. Shneyder), «Odeon kafesi» (1958, rej. K. Fryu) filmlari ekranga chiqdi. 60-y. largacha Shveysariyada kino, asosan, nemis tilida boʻlgan. Fransuz tilida ijod qiluvchilar orasida hujjatli filmlar rej. Sh. Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt mashhur. 1968-yil rej. lar A. Tanner, K. Goretta, J. L. Rua, M. Sutter va J. J. Lagranj (keyinchalik oʻrniga N. Yersen boʻldi).

«Beshlar guruhi»ga birlashdilar va voqelikni boʻyab berishga qarshi chiqdilar. Ular oʻz filmlari («Salamandra»: 1971; «Afrikadan qaytish», 1975; «Dunyo oraligʻi», 1975, barchasining rej. A. Tanner; «Taklif», 1972, rej. K. Goretta)da oddiy kishilar turmushini, hayot qiyinchiliklarini koʻrsatdilar. 1970—80 yillarda rej. lar R. Lissi, T. Kyorfer, D. Shmid mashhur boʻlgan. Syurixda Shveysariya kinomarkazi faoliyat yuritadi. 1946-yildan Lokarnoda xalqaro kinofestivallar oʻtkaziladi. Oʻzbekiston — Sh. munosabatlari. Oʻzbekiston bilan Shveysariya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach (1992), 1993-yil maydan Toshkentda Shveysariya elchixonasi faoliyat yurita boshladi. Savdoiqtisodiy qamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoda qulay shartsharoitlarni vujudga keltirish tartibi belgilandi. Savdoiqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Sh. hukumatlararo komissiyasi ishlamoqda. 2003-yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 217,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzR dan Shveysariyaga paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, xizmat va boshqalar eksport qilinadi. Shveysariyadan elektr va mexanik jihozlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar keltiriladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik tufayli OʻzR da Shveysariya sarmoyasi ishtirokida 77 korxona barpo etilgan. Ular orasida 57 qoʻshma korxona, Shveysariya sarmoyasi 100% boʻlgan 20 korxona bor. OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Shveysariyaning 33 firma va kompaniyasi vakolatxonalari roʻyxatga olingan. 1995-yildan Toshkentda «Kredi Sviss» banki vakolatxonasi ishlamoqda. 1995-yil yanv. dan Shveysariyaning Altendorf shahrida OʻzRning Savdo koʻrgazma markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 2002-yildan Shveysariya elchixonasi huzurida hamkorlik boʻyicha Shveysariya byurosi ishlamoqda. U ijtimoiyiqtisodiy yoʻnalish boʻyicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shugullanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida astronomiya, fizika, biofizika, genetika, biokimyo, tarix, tibbiyot, ekologiya boʻyicha ilmiy loyihalar hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirishda OʻzR Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Oʻzbekiston milliy unti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy ishlab chiqarish markazi, shuningdek, Bern, Jeneva, Syurix, Davos, Lozanna untlari ishtirok etmoqda. Samarqand unti bilan Syurix, Bazeldagi untlar oʻrtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. 1999-yildan Oʻzbekistonda «Oʻzbekiston—Shveysariya» doʻstlik jamiyati ishlamoqda.

Lotin alifbosida maqola: SHVEYSARIYA haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

Switzerland

Suiza; Sviss; سُویزرلینڈ; Switzerland; Switzerland; سويس; ISwizalandi; سویٹزرلینڈ; سویٹزرلینڈ; Soïssa; Isvìtzera; ছুইজাৰলেণ্ড; Švýcarsko; Švicarska; Швейцарие; Suisse; Švicarska; Швеицариа; سۊئيس; ସୁଇଜରଲ୍ୟାଣ୍ଡ; Suisse; Швајцарска; Schwäiz; Sveits; İsviçre; Sveicci; Свисин Ниицән; Suis; Suiza; Suïssa; Швейцария; Şveyțariya; Svìzzera; An Eilvéis; Швајцарска; İsviçre; Switzerland; შვეიცარია; スイス; Switza; Switzerland; سويسرا; Witsierand; Helvetia; स्विट्झर्ल्याण्ड्; Kuikilani; Suis; Swisse; Switzerland; سويسرا; Швайцарыя; Svìzzira; Switzerland; Switzerland; Svìssea; Swaits; སུད་སི།; Switzerland; Svizzera; Suiza; ma Suwasi; Suisa; Suisse; Svizzere; Ελβετία; Suisilani; Iswisarland; Швейцари; Suwisalan; Svézzra; Suisia; ປະເທດສະວິດ; 스위스; Sveis; Svislando; Swiss; Suiza; Szwajcarskô; Sôi-sê̤ṳ; स्विट्जरलैंड; Šwicaŕska; שווייץ; Šwicarska; Thụy Sĩ; Швейцари; Ubuswisi; Switzerland; Swisserland; Швейцари; Sveits; Sveits; ಸ್ವಿಟ್ಜರ್ಲ್ಯಾಂಡ್; Swisi; Switzerland; Suisa; ስዊዘርላንድ; Швейцарий; İswiçre; स्वीट्जरल्याण्ड; Suiza; Swiss; Suitiselani; Svizra; Suisse; Siwiizerlaandi; ស្វីស; ᱥᱩᱭᱡᱟᱨᱞᱮᱱᱰ; ܣܘܝܣܪܐ; Shveytsariya; ꯁ꯭ꯋꯤꯠꯓꯔꯂꯦꯟ; Suisia; Šveicareja; Швейцария; Swítsàlandì; Шуэцарэ; Suwis; Švica; Suwisa; ᏍᏫᏣᎳᏂ; Szwajcaria; സ്വിറ്റ്സർലാന്റ്; Zwitserland; Swiss; Швейцария; Suíza; Ελβετία; Szwajcaryjo; Switzerland; မိူင်းသဝိတ်ႈၸႃႇလႅၼ်ႇ; سوئیس; Switzerland; Shwit; Švajčiarsko; Швейцарія; Şweýsariýa; 瑞士; Schwiz; Shveysariya; Швейцария; Швајцарија; Schweiz; स्विट्ज़रलैंड; Швейцария; Suiza; Швейцария Мастор; སུའིཊ་ཛར་ལེན་; Šveits; स्विट्ज़रलैंड; Suis; Switzerland; 瑞士; Швейцарму; ဆွစ်ဇာလန်နိုင်ငံ; 瑞士; Швейцария; Sui-sṳ; Switzerland; Switserii; Schweiz; Y Swistir; Շվեյցարիա; 瑞士; Switserlân; Šveitsarii; Schweiz; Suisa; Switsira; ስዊዘርላንድ; ස්විට්සර්ලන්තය; Switzerland; Elveciya; 瑞士; Sveitsi; Huiterangi; Zwitserland; Swissland; Zwitserland; Switzerland; Schwaiz; Shwaitsã; Swisa; Švicarska; Швайц; Switzerland; Swiez; Switsalan; Svìsara; سوئیس; स्विट्जरल्याण्ड; Swiss; Suiz; 瑞士; Switserland; elvetias; Զուիցերիա; சுவிட்சர்லாந்து; Swiza; Швейцария; Ubusuwisi; Elveția; Switsaland; Swistir; Швейцария; سوییس; Taswist; 瑞士; سوٙئیس; Soisa; Schweiz; 瑞士; შვეიცარია; Switzerland; 瑞士; Żvizzera; Švajcarska; شۋېتسارىيە; Jveizän; Suisse; स्वित्झर्लंड; Suisa; Yn Elveeish; Nyeiqswq; Swiskondre; Switserlan; Швейцари; ސުވިޒަލޭންޑު; Swis; Laswis; Schweizi; Swiss; Šveits; Suwis; Швейцария; Šveice; Suisa; Dziłlátah Bilagáana Bikéyah; Sguizzera; Suwiisi; Suíça; ประเทศสวิตเซอร์แลนด์; Sūi-se; İsviçre; Суис; स्वित्झर्लंड; Swiss; Šveicarii; Швейцария; سویسڕا; سويسرا; Switzerland; 瑞士; သွိသာလန်ခမ်းထီ; स्विजरल्याण्ड; Svìssera; Svájc; સ્વિત્ઝરલેન્ડ; সুইজারল্যান্ড; Suitza; Switzerland; Свицєра; Швейцария; Suwisa; Schweiz; Швейцари; Швейцарыя; سويسرا; Zwitserlaand; Swîsre; स्विजरल्याण्ड; Sveiʹcc; Schweiz; Zwitserland; स्विट्ज़रलैण्ड; Svissia; שווייץ; Швейцария; İsveçrə; Swiza; స్విట్జర్లాండ్; Šveica; Swaits; Швейцари; Šveicarėjė; Schweiz; Svizzera; Швейцария; Швайцария; Swis; 瑞士; Ἑλουηττία; Suiça; स्वित्झर्लंड; स्विटजरलैंड; Zvicër; Suisi; Suíça; Sƿissland; Svizra; ಸ್ವಿಟ್ಸರ್’ಲ್ಯಾಂಡ್; Šveicarija; سوئیس; Schweiz; Switzerland; ਸਵਿਟਜ਼ਰਲੈਂਡ; Svuizare; Uswisi; An Eilbheis; সুইজারল্যান্ড; 瑞士; Suisa; سوئيٽزرلينڊ; Switzerland; Switzerland; Swiss; Suísa; ��������������������; país de Europa Central; statu di l’Europa centrale; landlukt ríki í Mið-Evrópu; مُلُک; ma lon ma Elopa; Negara di Eropah Tengah; country in Europe; държава в Западна Европа; Batı Avrupa ve kısmen Orta Avrupa’da bir federe ülke; وسطی یورپ میں وفاقی جمہوریہ; förbundsrepublik i Centraleuropa; нейтральна федеративна республіка в Західній Європі; 中歐國家; 西欧国家; en Staat zmittzt in Mitteleuropa; 중앙유럽의 국가; lando en okcidenta Eŭropo; stát ve střední Evropě; država u srednjoj Evropi; पच्छिमी यूरोप में एगो फेडरल रिपब्लिक; ইউরোপ মহাদেশের একটি রাষ্ট্র; pays d’Europe centrale; država u srednjoj Europi; 西欧国家; मध्य युरोपमधील सांघिक प्रजासत्ताक; stat w srjedźnej Europje; ଇଉରୋପର ଏକ ସଂଘୀୟ ଗଣତାନ୍ତ୍ରିକ ଦେଶ; nchi katika Ulaya ya Kati; სტატია ქიანაშ გეშა; pagilian idiay Tengnga nga Europa; држава у средњој Европи; 西欧国家; ประเทศในทวีปยุโรป; país da Europa; 西欧国家; Land a Mëtteleuropa; forbundsrepublikk i Vest-Europa; land i Europa; Mərkəzi Avropa dövləti; štát v strednej Európe; land in Europa; ಪಶ್ಚಿಮ ಯುರೋಪ್‍ನ ಒಂದು ದೇಶ; jiečânâs täsiväldi koskâ-Euroopist; بلاد في أوروپّا; دولة في غرب أوروبا; stad en Europa; وچ يورپ ۾ وفاقي جمهوريت; country in Central Europe; ਪੱਛਮੀ ਯੂਰਪ ‘ਚ ਦੇਸ਼; állam Közép-Európában; Klein landingeslote, federale staat in Sentraal-Europa; Un Land in Europa; kraj w srjejźnej Europje; valtio Keski-Euroopassa; estáu d’Europa; estat alpí sense accés al mar localitzat a l’Europa central; Iwrupa mama llaqta; Staat in Mitteleuropa; երկիր Արևմտյան Եվրոպայում; shtet në Evropë; کشوری در مرکز قارهٔ اروپا; 歐洲中部國家; Welatekî Ewropayê; मध्य युरोपमा संघीय गणतन्त्र; 西ヨーロッパの国; Staat in Mitteleuropa; Staat in Mitteleuropa; jach’a marka Iwrupa; ኣብ ምዕራብ ኤውሮጳ እትርከብ ሃገር; מדינה באירופה; civitas in Europa; stat în Europa Centrală; मध्य यूरोप में एक संघीय गणराज्य; యూరప్ ఖండంలో దేశం; riika Eurohpás; pays d’Europe; Εὐρώπης Χώρα; jiõččnaž valdia kõskk-Eurooppâst; ஐரோப்பிய நாடு; stato dell’Europa centrale; ꯅꯣꯆꯨꯞꯊꯪꯕ ꯏꯎꯔꯣꯞꯇ ꯂꯩꯕ ꯂꯩꯄꯥꯛ; e land in ‘t middn van Europa; peyi ki nan kontinan Ewòp; riik Kesk-Euroopas; valsts Eiropā; држава у средњој Европи; tano’ gi Europa capitat Berna; 西歐國家; país na Europa Central; paìsi di l’Europa cintrali; država u srednjoj Evropi; pajjiż fl-Ewropa Ċentrali; Staat in Middeleuropa; land in eiropaa; mažiausia pasaulyje federacinė valstybė įsikūrusi Vidurio Europoje; republica federal in Europa occidental; краіна ў Эўропе; quốc gia ở khu vực Trung Âu; federal republic in Western Europe; negara di Eropa Tengah; państwo w Europie Zachodniej; ഒരു യൂറോപ്യൻ രാജ്യം; 西歐國家; stat i Centraleuropa; 西歐國家; pàize de l’Eoröpa; payis del sentro de Evropa; estado federal da Europa central; государство в Центральной Европе; χώρα της δυτικοκεντρικής Ευρώπης; وڵاتێکی فیدڕاڵی لە ڕۆژاوای ئەورووپا; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; İsviçre Konfederasyonu; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Švicarska konferedacija; CH; Švajcarska; Švajcarska konferedacija; CH; Confédération helvétique; Confédération suisse; SUI; Helvétie; CHE; CH; la Confédération suisse; Švicarska Konfederacija; CH; CH; CH; CH; CH; ସ୍ଵିଜରଲ୍ୟାଣ୍ଡ; ସ୍ଵିସ୍ ସଂଘରାଜ୍ୟ; CH; CH; CH; CH; Швајцарска Конфедерација; Швицарска; Швица; CH; SUI; Suisse; Schweiz; Svizzera; ����; CH; CH; SUI; Det sveitsiske edsforbund; Konføderasjonen Sveits; Confœderatio Helvetica; CH; CH; Sveitsi; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; Confederación Helvética; CH; SUI; Confederació Helvètica; Suissa; Confederació Suïssa; CH; CH; CH; CH; CH; Zvicra; Konfederata Zvicerane; CH; CH; Svejts; CH; CH; スイス連邦; ホルディリディア; CH; Helvetia; Confederation helvetic; Confederation suisse; Confederation switze; Suissa; CH; CH; CH; CH; Confoederatio Helvetica; CH; CH; CH; CH; CH; CH; சுவிட்ஸர்லாந்து; சுவிற்சர்லாந்து; சுவிஸ்; ஸ்விட்சர்லாந்து; ஸ்விட்சலாந்து; சுவிஸர்லாந்து; சுவிஸ் கூட்டமைப்பு; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Svìsera; CH; CH; CH; Cunfederazione Svizzera; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Confederația Elvețiană; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; Svisujo; Svisio; Konfederacio Svislando; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Šwica; CH; CH; CH; CH; CH; CH; 瑞士联邦; CH; CH; Konføderasjonen Sveits; Det sveitsiske eidsforbundet; Confœderatio Helvetica; CH; CH; CH; CH; Swiss Confederation; SUI; Swiss; CHE; CH; Confoederatio Helvetica; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Confederaziun svizra; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; ᱥᱣᱤᱡᱚᱨᱞᱟᱸᱰ; CH; Confédération helvétique; CH; SUI; Ἑλβηττία; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; 瑞士聯邦; CH; CH; CH; CH; CH; Šveitsi Konföderatsioon; CH; Helveetsia; CH; Svizzera; Suisse; Schweiz; Швейцарская Конфедерация; Konfederacja Szwajcarska; Schweiz; Svizzera; Schweizerische Eidgenossenschaft; Confédération suisse; Confederazione Svizzera; Confederaziun svizra; CH; CH; Zwitserse Bondsstaat; Zwitsers Eedgenootschap; Zwitserse Confederatie; CH; CHE; CH; CH; CH; CH; Confederación Suíza; Confoederatio Helvetica; Confederación Helvética; CH; CH; Ελβετική Συνομοσπονδία; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Thụy Sỹ; Thuỵ Sĩ; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Confederação Suíça; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; Švajčiarska konfederácia; CH; Швейцарська Конфедерація; Швайцарія; Швайцарська Конфедерація; CH; SUI; Schweiz; Suisse; Svizzera; Svizra; Гельвеція; ����; Confœderatio Helvetica; Гельветійська Конфедерація; Конфедерація Гельвеція; CH; CH; CH; Швайцариянь конфедерациясь; CH; CH; CH; CH; CH; CH; स्विट्जरलैंड; स्विटज़रलैंड; CH; CH; CH; CH; CH; CH; سوییس; CH; CH; CH; CH; CH; สวิตเซอร์แลนด์; สมาพันธรัฐสวิส; สวิส; Switzerland; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Swiss; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; שוויץ; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; CH; CH; Շվեյցարիայի Համադաշնություն; Շվեյցարական Համադաշնություն; CH; 瑞士联邦; CH; 埃德蒙特·舒尔希斯; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; ኮንፈደረሽን ስዊዘርላንድ; ስዊዘርላንዳዊ ኮንፈደረሽን; CHE; ስቪጸራ; CH; CH; CH; स्विट्ज़रलैंड; स्विट्जरलैण्ड; स्विट्जरलैंड; स्विस परिसंघ; CH; CH; Sveitsin valaliitto; CH; CH; Sveeiʹc vuârnnlett; Sveiʹccjânnam; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Șvaițã; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; CH; Švajcarska; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; 瑞士联邦; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Конфедерация Швейцария; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Schwiiz, Schwyz (aber nöd zverwägsle mit Schwyz, wo e Gmaind, en Bezirk und en Kanton bedüte chan); Eidgenosseschaft; Helvezie; CH; Schweiz; CH; CH; CH; Швейтсария; CH; 瑞士联邦; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; CH; 瑞士联邦; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Confederação Suíça; CH; SUI; Confederación Suiza; Confederación Helvética; CHE; CH; CH; 瑞士聯邦; CH; CH; CH; CH; 瑞士聯邦; CH; CH; CH; سویسرا; سویسرە; سویس; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; Eidgenossenschaft; SUI; CHE; CH; Confoederatio Helvetica; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; స్విస్; Sveicca vállelihttu; CH; CH; Witirana; Whitirana; CH; CH; Confederazione Svizzera; Confederazione Elvetica; SUI; CHE; Elvezia; Confoederatio Helvetica; CH; CH; سويسرة; سويسره; الاتحاد السويسري; CH; CH; 瑞士聯邦; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; Konfederazzjoni Żvizzera; l-Iżvizzera; CH; CH; Šveicarijos Konfederacija; CH; Schweizerische Eidgenossenschaft; CH; CH; Šwicojska; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; CH; سئزرلئنڊ; سئٽزرلئنڊ; CH; سوئيزرلينڊ; سوئس; سوئس ڪنفيڊريشن; سوئيز; سوئز; CH; סױסה; CH; CH; CH; CH

country in Central Europe
logo image
flag image
coat of arms image
locator map image
location map

  • sovereign state (1848–)
  • country
  • Central Europe
  • Switzerland
  • Bern (de facto, 1848–)
  • directorial system
  • federal republic (1848–)
  • German (0.626)
  • Italian (0.082)
  • French (0.229)
  • Romansh (0.005)
  • 12 September 1848
  • Dufourspitze (4,634 ±1 m, 45°56′12.91″N 7°52′0.37″E)
  • 8,738,791 (2021)
  • 41,285 km²
  • 41.5 degree Celsius (Grono, 2003)

Q39
ISNI: 0000 0001 2297 4701 , 0000 0001 2299 4614
VIAF ID: 154323889 , 159363991
GND ID: 4053881-3
Library of Congress authority ID: n79062978
Bibliothèque nationale de France ID: 11868612h , 11933332n
IdRef ID: 026438658
NDL Authority ID: 00871917
Libraries Australia ID: 35535063
NKCR AUT ID: ge131576
Lexicon istoric retic ID: 805
HDS ID: 009825
National Library of Israel ID (old): 000128739 , 000975631
Biblioteca Nacional de España ID: XX451423
U.S. National Archives Identifier: 10045644
BabelNet ID: 00069666n
Libris-URI: nl0229c6538hjvc
National Library of Israel J9U ID: 987007564356905171
CiNii Books author ID: DA0114862X
OpenStreetMap relation ID: 51701

Switzerland is a nation in central Europe.

Contents

  • 1 list of coats of arms of Switzerland
  • 2 flag of Suisse
  • 3 Swiss Federal Council
  • 4 Cantons
  • 5 municipality of Switzerland
  • 6 map
  • 7 geographic region
    • 7.1 Lake Geneva region
    • 7.2 canton of Valais
    • 7.3 canton of Fribourg
    • 7.4 Berner Mittelland – Région de Berne – Bernese
    • 7.5 Watch Valley – Vallata degli orologi
    • 7.6 Region Basel – Région de Bâle – Area di Basilea
    • 7.7 Berner Oberland – Oberland bernois – Oberland Bernese
    • 7.8 Central Switzerland
    • 7.9 Tessin – Ticino
    • 7.10 Region Zürich – Région de Zurich – Zurighese – Regiun da Turitg
    • 7.11 Ostschweiz – Suisse orientale – Svizzera orientale – Svizra orientala
    • 7.12 Graubünden – Grisons – Grigioni – Grischun

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.