Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov lavozimidan ozod etildi
Manba viloyatning barcha idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Abdurahmonovning hokimlik guvohnomasi olingani haqida aytgandi.
Shuhratbek Abdurahmonov ishdan olindi
Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. Bu ma’lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Abdurahmonov aynan nima uchun ishdan olingani hozircha rasman xabar qilinmayapti. Lekin chorshanba kuni Abdurahmonovga o‘xshab ketadigan shaxsning uyatsiz va shahvoniy qiliqlar qilib tushgan videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi.
Manbaning ma’lum qilishicha, viloyatning barcha idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda prezident topshirig‘iga binoan Abdurahmonovning hokimlik guvohnomasi olingan.
Andijon viloyatiga shu paytgacha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Dilshodbek Abdumalikovich Karimov vaqtinchalik rahbar etib tayinlangan.
Dilshodbek Karimov. Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ma’lumot uchun, Shuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtdagi viloyat hokimlari orasida eng uzoq vaqt – 10 yil davomida bir viloyatga rahbarlik qilib turgan hokim edi. U 2004 yildan 2011 yilgacha viloyatning Paxtaobod tumani hokimi bo‘lgan, 2011-2013 yillarda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2013 yil 1 aprelida Andijon viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi vazifasiga tayinlangan, 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat sessiyasida uning nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov lavozimidan ozod etildi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident topshirig‘iga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi maʼlum qildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Unga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birga barcha viloyat rahbarlari prezident topshirig‘iga binoan chaqirtirilgan, viloyat hokimi guvohnomasi olingan. Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Karimov Abdumalikovich tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Andijon viloyati sobiq hokimi Shuhrat Abdurahmonov 2022-yil 1-avgust kuni o‘tkazgan hokimlik soatida Dilshod Karimovni o‘zining birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirgan edi.
Dilshod Karimov 1980-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2005-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Ish faoliyatini 2001-yilda Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘quv uslubiyot xonasi kompyuter-operatori vazifasidan boshlagan. 2002—2021-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Bunyodkor” kichik korxonasi hisobchisi, tuman iqtisodiyot bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari—Qorasuv shahar hokimi, Iqtisodiyot vazirligi hududlarni rivojlantirish dasturlarni monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Shuhrat Abdurahmonov 2020-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan barcha siyosiy partiyalardan Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashiga saylangan deputatlarning birinchi sessiyasida Andijon viloyati hokimi etib qaytadan saylangan edi.
Manbalar Shuhratbek Abdurahmonov ishdan olingani haqida xabar berdi, ma’lumot tasdiqlanmadi
14 aprel kuni qator manbalar Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berdi.
Manba viloyatning barcha idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Abdurahmonovning hokimlik guvohnomasi olingani haqida aytgandi.
Shuningdek, Andijon viloyatiga shu paytgacha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Dilshodbek Karimov vaqtinchalik rahbar etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Abdurahmonovning ishdan ketishi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, unga tegishli ekani taxmin qilingan intim video bilan bog‘landi. Videoyozuvning bir qismi xiralashgan, hokimning yuzi eng oxirida ko‘ringan.
UPD: Bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Ayni vaqtda viloyat hokimi o‘z vazifasini bajarishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Shuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtdagi viloyat hokimlari orasida eng uzoq vaqt – 10 yil davomida bir viloyatga rahbarlik qilib turgan hokim bo‘lib turibdi. U 2004 yildan 2011 yilgacha viloyatning Paxtaobod tumani hokimi bo‘lgan, 2011-2013 yillarda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2013 yil 1 aprelida Andijon viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi vazifasiga tayinlangan, 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat sessiyasida uning nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning avgust oyida Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ham shahvoniy videotasvirlari internetda tarqalishi ortidan ishdan olingan edi.
D.Rahmatullayev ishdan olingan sessiyada Sh.Abdurahmonov shunday degan edi: «Bu bolani juda ko‘p ogohlantirganman. Qadamingni o‘ylab bosgin deganman. Yo‘q, o‘z bilganidan qolmadi».
D.Rahmatullayev o‘rniga tayinlangan viloyat markazining yangi hokimi Bahrom Haydarov 2022 yilda davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib ushlangan, so‘ngra sud qilinib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.