Yashashdan maqsad
-Yashashdan maqsadim nima.
Doim o`zingizga bo`lgan ishonchni oshiring
Insonning o`ziga bo`lgan ishonchi hayotda katta rol o`ynaydi: jamiyatda o`z o`rnini topishida, munosabatlarda baxtni his qilishida, omad kulib boqishida va hokoza. Xo`sh, ishonch qanday paydo bo`ladi? Uni oshirishning psixologik usullari bormi? Ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan mavzuni tahlil qilamiz.
Ishonch — tabiiy narsa. Hech kim ishonchsizlik bilan dunyoga kelmaydi. Go`dak bolaga e`tibor bering, u o`z-o`zidan emaklay boshlaydi, atak-chechak qiladi, qiziquvchanlik bilan atrofidagi narsalarga qo`l uzatadi, qo`yib bersangiz, sherning qafasiga ham qo`rqmasdan kirib borishi mumkin. Qo`rquv, xavotir begona bo`lgani uchun ham bolalarda hammasi tabiiy kechadi. Ishonchsizlik keyinchalik paydo bo`ladi, ya`ni u orttirilgan muammo. Tarbiya, yomon tajriba, ijtimoiy muammolar, ruhiy va jismoniy jarohatlar uning yuzaga kelishini ta`minlaydi.
«Begona o`tlar»
Ishonchni oshirishning psixologik usullari bormi? Yo`q. Javobimiz qiziq tuyuldimi, aziz o`quvchi? «Doim o`zingizga bo`lgan ishonchni oshiring», deya yozasizlar-ku deyishga shoshmang. Bog`ingizda o`sayotgan gulning bo`yini qo`lingiz bilan cho`zib qo`ya olmaysiz-ku? U gurkirashi uchun atrofidagi begona o`tlardan xalos etasiz. Ishonchni yuzaga chiqarishda ham shu oddiy qoidaga rioya etish kerak. Ya`ni to`siqlarni olib tashlash lozim. To`siqlar quyidagicha:
Jismoniy og`riqlar, tanadagi qisilishlar. Bor quvvatingiz og`riqlarni engishga sarf bo`layotgani sabab tanangizda erkin energiya yo`q. Shuning uchun ham bemalol harakatlanolmaysiz, diqqatni jamlolmaysiz. Joningiz og`rib turganda chalg`ish uchun yo kelajakka parvoz qilib, xayollarga sho`ng`ib ketasiz, yoki tushkunlikka berilib, o`tmish xotiralariga berilasiz. E`tibor bersangiz, ko`p hollarda og`riqlar chekingach, o`zingizga ishonch paydo bo`ladi.
O`zini qabul qila olmaslik, muammolarni ham. Bu tarbiyaga borib taqaladi. Chunki kattalar o`z muammolarini bolalarga ko`chirishadi. Oqibatda bola biror harakati yoki jihatini ayb sanay boshlaydi, tortinchoqlik, o`ziga ishonchsizlik paydo bo`ladi. Jamoaga, jamiyatga qo`shilib ketishga qiynaladi. O`zini-o`zi qabul qila olmagan odam boshqalar uni qabul qilishiga qaerdan ham ishonsin, axir?!
Tanqid. Huda-behuda tanqidga uchrash ham kishini sindirib qo`yadi, ayniqsa, bolalarni. Albatta, xatoni to`g`irlash, bolalarga odob-ahloqni o`rgatish yaxshi. Ammo nuqul «Unday qilma, bunaqa qilma», deya har bir harakatini cheklab, tanqidu tanbehlarga ko`mib, boshqalar oldida izza qilib, kishining ishonchini so`ndirib qo`yish hech gapmas! Ishonchi so`nmagan taqdirda ham nosog`lom ishonch shakllanishi mumkin. Xatti-harakatlarimiz, gap-so`zlarimiz, yurish-turishimizni nishonga olaverishgach, o`zimizni ortiqcha nazorat qila boshlaymiz. Boshqalarning cheklovlari refleksga aylanib, ong ostimizga o`rnashadi. Xotirjam qadam tashlay olmaymiz. Nuqul xato qilib qo`yishdan qo`rqib, xavotir bilan yashaymiz. Go`yoki oyoq-qo`limiz zanjirlab tashlangandek. Bu o`rinda ishonch haqida gap-so`z bo`lishi mumkin emas.
Shartli ishonchsizlik. Aslida, o`ziga ishongan odam biror dovondan oshish oldida o`zini yo`qotib qo`yishi ham kuzatiladi. Masalan, orzu qilgan yoki maoshi, obro`yi yuqori bo`lgan lavozim uchun suhbatga borayapsiz. Siz uchun bu ishga qabul qilinishingizning ahamiyati juda katta. Unga yuqori baho bergansiz. Hayajon kuchli. Xavotir ham bahongizdan kam emas. Suhbatda o`zingizni qanday tutish, qanaqa qiyofada ko`rinish haqida tinmay o`ylayapsiz. Ong ostingiz bor kuch-quvvatnini shunga sarflayapti. Muvozanat buzilgan — ishonch yo`qolgan.
Ruhiy jarohatlar, yomon xotiralar ham ishonchning chekinishiga olib keladi. Chunki tanangiz bu erda bo`lgani bilan, ruhingiz o`tmishda — qalbingizga ozor etgan kunda qolib ketadi. Bugun va shu erda yashamagan inson esa o`ziga ishonmasligi tabiiy.
Endi nima qilamiz?
Tabiatning o`zi ishonchdir. Bu shunchaki faylasufona gap emas. Qachonki inson ichidagi bandi bo`lib qolgan tabiatni zanjirlardan ozod etsa, soxtalikdan yiroqlashib, tabiat bilan uyg`unlashsa, ishonchni his qiladi. Buning uchun turli psixologik reseptlar shart emas.
Ishonchni oshirishning eng samarali usuli — sport bilan shug`ullanish, raqsga tushish. Esingizda bo`lsa, o`tgan yili ayni shu kunlarda Rio-2016 musobaqalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan sportchilarimiz bilan uchrashib, maqola tayyorlagandik. Braziliyadan uchib kelganiga ko`p bo`lmagan, poytaxtning serhasham mehmonxonasiga joylashgan, atrofida ko`pchilik parvona bo`lgan sportchilarimizda na hayajon, na kibrni kuzatganman. Ular shunchalik samimiy va bemalol harakatlanishgandiki, o`zlariga ishonishlari shundoq ko`zga tashlangandi. Gap oltin medallarda emas, ular har kuni sport bilan shug`ullanib, ruhiy va jismoniy bosimdan, salbiy energiyadan xalos bo`lishadi. Shungami, suratga qanaqa tushdim, o`zi nima dedim kabi qo`rquvlar bilan o`zlarining ham, bizning ham boshimizni qotirishmagan. Uncha-muncha «yulduz»larimiz esa bergan intervyusi, tushgan suratlarini qayta-qayta ko`rib, to gazetani nashrga topshirgunimizcha o`zgartirishdan charchashmaydi. Goh tashqi ko`rinishlaridan qoniqishmaydi, goh gapirgan gaplaridan. Aslida, muxlislari ko`ziga boricha ko`rinib qolishdan cho`chishadi-da. Yana bir misol, koreys seriallarida uddaburon, omadli tadbirkorlarning ertalab yugurishni kanda qilishmasligiga guvoh bo`lgansiz. Kallayi sahardan issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan yugurishlari bejizga emas-da. Tana salomatligi ruh uyg`oq va sog`lom bo`lishini ta`minlaydi. Xullas, o`zingizga ishonishni istaysizmi, jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni boshlang!
Ishonchning asosiy bo`g`ini — maqsad! Hech bir inson maqsadsiz yashay olmaydi. Maqsadi aniq bo`lmagan odam ong ostining anglanmagan haqiqatlari bilan yashaydi («Nima istashimni o`zim ham bilmayman»), yot g`oyalarni olishga majbur bo`ladi («Falonchi dugonamning yigiti bor, menda ham bo`lishi kerak», «O`rtog`im mashina oldi, men ham mashina minishim lozim»)
O`zingizdan qolar gap yo`q, noaniq manzil tomon yo`lga chiqqan odamning odim olishi ham ishonchsiz bo`ladi. O`zini yo`qotib qo`yadi. Ishda omadi chopmaydi, munosabatlarda yutqazadi. Demak, oldimizga maqsad qo`yamiz. U olamshumul bo`lishi shartmas, muhimi — tabiiylik va aniqlik.
O`zingizga past baho bermang. Buning uchun erishishni istayotganingizni yuqori baholab yubormaslik kerak. Bilasizmi, tabiatda bu arzon, bu qimmat degan tushuncha yo`q. Hamma narsaning o`z o`rni bor, xolos. Nimagadir yoki kimgadir katta baho berib, uning qiymatini sun`iy ravishda ko`tarishimiz bilan xotirjamlikni yo`qotamiz. Hayot-mamot masalasiga aylantirib qo`yganimizni yo`qotmaslik uchun sun`iylashamiz, o`zimizga nazoratni kuchaytiramiz, borimizcha namoyon bo`lmaymiz. Bunday ishonchsizlik bilan hech nimaga erishib bo`lmaydi, aksincha yo`qotamiz. Ishonch, bu — ichki tuyg`u. Uni tashqi omillarga bog`liq qilib qo`yish yaramaydi.
Yomon xotiralar, qo`rquvlardan xalos bo`ling. Ularni qo`yib yuboring. Peshana, taqdir deganlarini qabul qiling. Agar bir o`zingiz o`tmishning soyasini engishga kuch topolmasangiz, mutaxassisga murojaat qiling.
Bugun va shu erda yashang! Buning uchun yuqoridagi tavsiyalarni amal qilishingiz kerak. Sport bilan shug`ullaning — tetiklashasiz. Og`riqlardan xalos bo`ling. Aytgancha, bugun bilan yashash degani bor-budingizni sochib, hozir o`ynab-kulib qolish emas. Bugungi hissiyotlarni his qiling, ayni paytdagi lahzalardan bahra oling. «O`g`limni uylantirishim kerak», deb yigirma yildan keyin bo`ladigan to`y uchun hozirdan kuyinib, g`am chekmang.
Xavotir paydo bo`lsa, chuqur-chuqur nafas oling. Bu hozir va shu erda bo`lishingizga yordam beradi.
Eng muhimi, o`zingizga ishoning. Qo`lingiz bu — qo`l. U o`z vazifasini bajaradi. Eplay olmayman demasdan, o`z ishini qilishni unga qo`yib bering. Ya`ni tanangiz tabiat ato etgan vazifalarini bajarishiga ishoning. Shunda xotirjamlikni qo`ldan boy bermaysiz.
Biz Sizga ishonamiz!
Shoira ShAGIAHMEDOVA tayyorladi.
Yashashdan maqsad.
Bu dunyoda har bir kishining o‘z tabiati, dunyoqarashi, hayotga munosabati turlicha bo‘ladi. Insonning hayotda qanday yo‘ldan borishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Maqsad har xil, lekin: – Men bu dunyoga nega keldim, kim uchun va nima uchun yashayapman?, – deb o‘ziga o‘zi savol bergan kishining maqsadi boshqacha bo‘ladi. Oramizda shunday insonlar borki, ular hatto ertaga nima qilishini bilmaydi. Buguni-ku mayli, ertaga, indinga, bir oydan keyin, bir yildan so‘ng o‘zini qanday tasavvur qiladi.
– Ertaga nima bo‘lishini yaratgandan o‘zga hech kim bilmaydi demoqchimisiz? To‘g‘ri shunday! Ammo Yaratgan bizga: “Sendan harakat, mendan barakat” deb aytgani-chi? Biz bir ishni boshlashdan va oldimizga maqsad qo‘yishdan qo‘rqamiz. Buni tan olish kerak! Nima uchun bunday desak, bahonalar ham topiladi. Unday bo‘lsa buyuk olim-u mutafakkirlarimizchi? Ular qanday qilib muvaffaqiyatga erishishdi? Qanday qilib inson ongi, tafakkurining cho‘qqisiga chiqa olishdi. Kalendarni, telefonni, kompyuterni, yozuvni, kosmosni, xullas hayotimizda kerakli bo‘lgan qanchadan – qancha buyuk ixtirolar biz kabi insonlarning aql-tafakkuri orqali dunyoga kelmadi-mi?
Inson shunday bir mavjudotki, imkoniyat darajalarining chek-chegarasi yo‘q. Qanday qilib, – dersiz, hozirgi kunda biz uchayotgan odam haqida eshitib qolsak ham hech hayratlanmaymiz. – Ha, endi shunaqa moslama chiqibdida, deb qo‘ya qolamiz. Osmon-u falakda uchayotgan, suvning ustida yurayotgan va o‘ziga o‘xshagan odam robot yaratayotgan, eh-heye qanchadan qancha buyuk ishlarning barini inson bajara olayapti. Hayotimizdagi barcha qulayliklar robotlar, mashinalar, ovqat pishiradigan moslama, kir yuvadigan, quritib ilib hatto kiydirib qo‘yadigan mashinalar ham yo‘q emas.
Albatta bunday texnikalarning barini inson o‘z qo‘li bilan yaratmoqda. Ha, biz ham qobiliyatlimiz, bizning qo‘limizdan ham ko‘p narsalar kelishi mumkin. Bizning shu kabi buyuk kashfiyotlarni yaratib qo‘ygan insonlardan hecham kam joyimiz yo‘q. Biz ham ulardek ixtirolar qilib, yurtimiz kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Lekin birinchi o‘rinda insonda maqsad bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Maqsad yo‘lida tinmay izlanish va tajriba orttirish insonni buyuklikka yetaklaydi. Axir aytishadiku “Insonda bir foiz qobiliyat va to‘qson to‘qqiz foiz mehnat muvaffaqiyatga yetaklaydi” deb.
Lekin hamma muvaffaqiyatlar zamirida o‘sha bir foiz qobiliyat yotadi. Ko‘pincha, biror ishni boshlashdan avval omadsizlikka uchrashdan qo‘rqamiz va uni iloji boricha ortga suramiz. Yo‘q, axir hayotimizga o‘zgartirishlar kiritish payti kelmadimikan! Ikkilanish va qo‘rqish doimo o‘zimizga dushman bo‘lib qolaveradi-ku. Qo‘rquvni va tinimsiz o‘ylanishlarni chetga surib, tavakkal qilishni ham o‘rganishimiz kerak emasmi?
Mashhur faylasuf Arastuning kitoblaridan birida: “Bir maqsad yo‘lidagi qo‘yilgan birinchi qadam deyarli uning yarmi bajarilganidan dalolat beradi” deb yozilgan edi. Maqsadsiz yashash – bu hayotdagi eng katta xatolardan biridir. Chunki inson bor – yo‘g‘i o‘rtacha 70-80 yil umr ko‘radi. Ushbu umrimizdan yarmi uxlash va yana ancha qismi bemaqsad o‘tib ketishi juda ham ayanchli holatdir. Barchamiz niyat bilan yashaymiz, shirin orzular qilamiz va hatto o‘ylaganlarimiz tushlarmizga ham kirib chiqadi. Orzu bilan yashash yaxshi, ammo uni ro‘yobga chiqarmasak ne foyda.
Orzu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish uchun biz avvalo o‘zimizga, aniqrog‘i, o‘sha niyatlarimiz amalga oshishiga ishonishimiz va maqsadlar yo‘lida barcha imkoniyatlardan foydalanib, harakat qilishimiz kerak. Maqsad qat’iy bo‘lsa, baribir bir kun orzuga yetishish mumkin. Lekin ba’zan ko‘p narsani xohlaymiz-u istaklarimizni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zimiz ham shunga yarasha intilmaymiz. Bu irodasizlik va kuchsizlik alomati deb o‘ylayman. Haqiqiy kuch bilakda emas, irodada, ishonchda! Kuchli odamlar erinchoqlikni unutadi, o‘zini doimo nazorat qila oladi. Har kuni kechqurun, bugun men nimalarga ulgurdim, qaysi ishlarimni bajara oldim-u qaysilari chala qoldi, deb sarhisob qiladi. So‘ng ertangi kun uchun rejalar tuzadi. Bunday insonlarning avvalo yashashdan maqsadi aniq, ertangi kunidan umidi katta, bir oydan, bir yildan so‘ng nima ish qilishini biladi. Kuchli odam o‘zining kamchiligidan tonmaydi. Men nima uchun yashayapman, degan savolni o‘z-o‘ziga bera oladi va shu savolga doimo javob axtaradi. Yashashdan maqsadni aniq tasavvur qiladi. Hayotning mazmunini his etadi, kuchiga kuch qo‘shiladi! Keling biz ham eng avvalo o‘zimizga shu savolni berib, bir o‘ylab ko‘raylik:
-Yashashdan maqsadim nima.
Maftuna MIRZAXO‘JAYeVA
Toshkent davlat milliy raqs va
xoreografiya oliy maktabi
“San’atshunoslik” yo‘nalishi talabasi.
Oziq-ovqatsiz qancha vaqt yashashingiz mumkin?
Video: ОВКАТ ЕМАЙ КАНЧА ЯШАШ МУМКИН? – OVQAT YEMAY QANCHA YASHASH MUMKIN?
Tarkib
- Tana ochlik bilan qanday kurashadi
- Omon qolish uchun nima ta’sir qiladi
- Oziq-ovqat etishmasligining asoratlari
- Juda yaxshi so’z
Siz faqat bir necha kun suvsiz omon qolishingiz mumkin, ammo oziq-ovqat tanqisligi bo’lsa, siz bir necha hafta yashay olasiz, chunki tanangiz nihoyatda zukko: u energiya va yoqilg’ini o’z yog’idan va oxir-oqibat mushak do’konlaridan oladi. .
Shunga qaramay, oziq-ovqatsiz omon qolish muddati aniq emas. Bu savolga javob beradigan ishonchli ilmiy ma’lumotlar mavjud emasligidan tashqari (tadqiqotchilar axloqiy muammolar tufayli tadqiqot qatnashchilarini hech qachon maqsadga muvofiq ravishda ochlikdan o’tkazib yubormaydilar), har bir inson har xil bo’ladi va vaznni boshlash kabi shaxsiy omillar rol o’ynaydi.
Tana ochlik bilan qanday kurashadi
Glyukoza (shakar) zaxirangiz – tanangiz odatdagidek asosiy energiya manbai sifatida foydalanadigan zaxirangizni hisobga olmaganda, inson tanasining ozuqasiz yashashga chidamliligi ta’sirchan.
Bir kun ovqatlanishsiz tanangizda glyukagon deb ataladigan gormon ajralib chiqadi va u jigarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi glyukoza (glyukoneogenez deb ataladigan jarayon). Ushbu glyukoza asosan miyani oziqlantirish uchun ishlatiladi.
Boshqa tomondan, sizning mushaklaringiz tayanadi yog ‘kislotalari yoqilg’i uchun yog ‘(yog’li) to’qimalarining parchalanishidan hosil bo’ladi. Taxminan ikki yoki uch kunlik ochlik bu tanangizning asosiy yoqilg’i manbaiga aylanadi.
Oxir-oqibat, yog ‘kislotalari hosil bo’lish uchun ishlatiladi keton tanasi jigarda. Ular qon oqimiga tushib, miya tomonidan yoqilg’i uchun ishlatiladi va miyaning glyukoza talabini keskin kamaytiradi.
Jigar tomonidan keton ishlab chiqarishga o’tish odamlarga oziq-ovqatsiz umr ko’rish imkoniyatini beradi.
Yog ‘kislotasi zaxiralari tugagandan so’ng, mavjud bo’lgan yagona yoqilg’i manbai oqsil (mushaklaringizdan). Proteinning parchalanishi tezlashganda, yurak, buyrak va jigar funktsiyalari yo’qoladi, bu oxir-oqibat odamning halok bo’lishiga olib keladi.
Omon qolish uchun nima ta’sir qiladi
O’tkazilgan cheklangan tadkikotlar asosida (o’zlarini ocharchilik qilishni tanlagan va keyinchalik o’zlarini shifokorlariga ko’rsatganlar yoki ularning irodasiga qarshi ochlikdan aziyat chekkan odamlar haqida), ta’sir qiluvchi bir necha omillar mavjud ochlikdan omon qolish vaqti.
Muhim omillardan biri bu inson boshlang’ich og’irligi. Ko’rinib turibdiki, ozg’in odamlar odatda tana massasining 18 foizigacha vazn yo’qotishlariga ta’sir etishi va toqat qilishi mumkin, ammo semiz odamlar ko’proq, ehtimol 20 foizdan ko’proqiga toqat qilishlari mumkin.
Aniq muddat nuqtai nazaridan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, semirib ketgan yoki ortiqcha vaznga ega bo’lmagan odamlarda ochlik 30 dan 50 kungacha zaiflik (zaiflik) va 43 dan 70 kungacha o’limga olib keladi.Obez odamlarda bu muddatlar uzoqroq bo’lishi mumkin .
Ochlikdan omon qolish vaqtini aniqlashda rol o’ynashi mumkin bo’lgan boshqa omillarga quyidagilar kiradi:
- Jins: Ayollar erkaklarnikiga qaraganda uzoqroq yashaydilar, hatto ochlik kabi inqirozlarda ham.
- Yoshi: Ochlik paytida bolalar o’lish xavfi yuqori.
Oziq-ovqat etishmasligining asoratlari
O’lim – bu oziq-ovqat etishmasligining oxir-oqibat universal natijasidir. O’limga qadar ochlik natijasida yuzaga keladigan ko’plab asoratlar mavjud bo’lib, vazn yo’qotish darajasi bilan tanadagi ta’sirlangan tizimlar soni ortib boradi.
Ushbu asoratlarning ayrimlariga quyidagilar kiradi:
- Suyakning yo’qolishi (osteoporoz)
- Mushaklarning zaifligi va isrof bo’lishi
- Sovuq his qilyapman
- Sochlarning ingichkalashi yoki to’kilishi
- Quruq teri
- Kabızlık
- Menstrüel tsiklni yo’qotish (amenore)
- Anemiyadan charchoq, nafas qisilishi va oqarish
Juda yaxshi so’z
Bu savolni beradigan ko’plab odamlar buni qiziqish bilan qilishadi, ehtimol bu “nima bo’lsa” va qutqarish haqidagi voqealar tufayli paydo bo’lishi mumkin va yuqoridagi narsalar hech qachon ularga shaxsan ta’sir qiladigan narsa bo’lmasligi mumkin.
Ammo agar siz anoreksiya nervoza kabi ovqatlanish buzilishi yoki juda qattiq parhez rejasi tufayli oziq-ovqat iste’molini cheklayotgan bo’lsangiz, bu juda aniq ta’sir qilishi mumkin. Iltimos, sog’liqni saqlash mutaxassisidan yordam so’rang. Sizning tanangiz ishlashi va rivojlanishi uchun ozuqaga muhtoj (va siz bunga loyiqsiz).
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.