Press "Enter" to skip to content

Oylar sultoni — Ramazon: Saharlikka uxlab qolib ham ro‘za tutish mumkinmi? Ramazon ro‘zasining kafforati qanday

Ramazonda saharlikka uxlab qolgan odam, uyg‘ongach oz bo‘lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro‘zani niyat qilaman desa, niyati ham, o‘sha kuni tutadigan ro‘zasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam uyqudan turgach, ro‘zani buzadigan (ya’ni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmay, shu kungi ro‘zani tutishni niyat qiladi xolos.

Рўзадор одам чўмилса бўладими?

Савол: Рўза пайтида ҳаммомга тушиб, тўлиқ (шампун совун) ишлатиб чўмилиш мумкинми?

Жавоб: Сувга кўмилиб, яъни ичига тушиб чўмилиб бўлмайди. Бошидан сув қуйиб чўмилса бўлади. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).

«Батаҳқиқ, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Аржда, рўзадор ҳолларида, иссиқ ва чанқоқликдан бошларидан сув қуяётганларини кўрдим», деди. Абу Довуд, Насаий ва Аҳмад ривоят қилишган.

«Арж» Мадинаи мунавварадан бир неча кунлик йўл узоқлигидаги бир қишлоқнинг номи. Ушбу ривоятдан рўзадор инсон устидан сув қўйиб чўмилса бўлади, деган ҳукм чиқади. Агар ўша ғуслнинг сабаби чанқоқлик ёки иссиқ бўлса ҳам.

Уламоларимиз кўп сувга кўмилиб чўмилишга рухсат йўқ, дейдилар. Чунки у ҳолда баъзан ичга сув кириб кетиши эҳтимоли бор (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).

Рўза ибодатидан малолланиш сабабли эмас, балки тетиклашиш ёки покланиш мақсадида бўлса ҳамда сув кириб кетмаслик чора-тадбирларини кўрган бўлса, жоиздир. Валлоҳу аълам (Ўзбекистон мусулмонлари идораси фатво ҳайъати).

Savol: Ro‘za paytida hammomga tushib, to‘liq (shampun sovun) ishlatib cho‘milish mumkinmi?

Javob: Suvga ko‘milib, ya’ni ichiga tushib cho‘milib bo‘lmaydi. Boshidan suv quyib cho‘milsa bo‘ladi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).

«Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Arjda, ro‘zador hollarida, issiq va chanqoqlikdan boshlaridan suv quyayotganlarini ko‘rdim», dedi. Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilishgan.

«Arj» Madinai munavvaradan bir necha kunlik yo‘l uzoqligidagi bir qishloqning nomi. Ushbu rivoyatdan ro‘zador inson ustidan suv qo‘yib cho‘milsa bo‘ladi, degan hukm chiqadi. Agar o‘sha g‘uslning sababi chanqoqlik yoki issiq bo‘lsa ham.

Ulamolarimiz ko‘p suvga ko‘milib cho‘milishga ruxsat yo‘q, deydilar. Chunki u holda ba’zan ichga suv kirib ketishi ehtimoli bor (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).

Ro‘za ibodatidan malollanish sababli emas, balki tetiklashish yoki poklanish maqsadida bo‘lsa hamda suv kirib ketmaslik chora-tadbirlarini ko‘rgan bo‘lsa, joizdir. Vallohu a’lam (O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati).

Oylar sultoni — Ramazon: Saharlikka uxlab qolib ham ro‘za tutish mumkinmi? Ramazon ro‘zasining kafforati qanday?

“Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

Navbatdagi suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri v.v.b. G‘ulomiddin Xolboyev bilan uyushtirildi.

G‘ulomiddin Xolboyev. Foto: “Muslim.uz”

Ramazonda saharlikka uxlab qolsa, ro‘zani qanday tutish kerak?

Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi uyg‘onganidan keyin suv ichib, niyat qilib, ro‘zani davom ettirsa bo‘ladimi?

Ramazonda saharlikka uxlab qolgan odam, uyg‘ongach oz bo‘lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro‘zani niyat qilaman desa, niyati ham, o‘sha kuni tutadigan ro‘zasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam uyqudan turgach, ro‘zani buzadigan (ya’ni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmay, shu kungi ro‘zani tutishni niyat qiladi xolos.

Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin. Bu haqda “Fatavoi Hindiya” kitobida shunday deyilgan: “Zavolgacha niyat qilish, tong otgandan keyin ro‘zani buzadigan amallar bo‘lmagan bo‘lsa, joiz bo‘ladi. Agar tong otgandan keyin qasddan yoki unutib yegan, ichgan yoki jinsiy aloqa qilgan bo‘lsa, bundan keyin o‘sha kungi ro‘zani niyat qilishi joiz bo‘lmaydi” (“Fatavoi Hindiya”, “Sharhut Tahoviy”).

Demak, Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi, uyg‘ongach, hech narsa yemay-ichmay, ro‘za tutishni niyat qilishi lozim bo‘ladi.

Ro‘zador kishi so‘lagini yutishi mumkinmi?

Aytishlaricha, ro‘zador odam o‘z so‘lagini yutsa ro‘zasi ochilib ketishi mumkin ekan. Bu gap qanchalik to‘g‘ri?

Ro‘zador so‘lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro‘za ochilmaydi. “Muhitul Burhoniy” nomli kitobda bu haqida shunday deyiladi: “Ro‘zador og‘zida tufugini yig‘ib keyin yutib yuborsa, ro‘zasi buzilmaydi”.

Qasddan so‘lagini og‘zida to‘plab yutish esa makruh bo‘ladi. Bu haqda “Fatavoi Hindiya”da quyidagi jumlalar keltirilgan: “Ro‘zador tufugini og‘zida yig‘ib, keyin yutib yuborishi makruh bo‘ladi. ‘Zohiriyya’da shunday keltirilgan”.

Demak, tupukni qasddan og‘izda yig‘ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo‘ladi. Odatdagi holatda esa so‘lakni ichga o‘tishi makruh emas va ro‘zani ham buzmaydi.

Ro‘zaning kafforati

Ramazon ro‘zasini qasddan buzgan kishi kafforat to‘lar ekan. Shu haqda ma’lumot bersangiz.

Ro‘zador qasddan, ya’ni ro‘za tutgani esida bo‘la turib ovqat yesa, suv ichsa yoki jinsiy aloqa qilsa, ro‘zasi buziladi. Bu holatda ham qazo, ya’ni buzgan ro‘zasini tutishi, ham kafforat vojib bo‘ladi.

  • Bir qul ozod qilish;
  • Agar bunga qodir bo‘lmasa, ketma-ket ikki oy ro‘za tutish.

Bunga ham imkoniyati bo‘lmasa, 60 nafar faqirga fidya miqdoricha taom yoki taomning qiymatini beradi (bu qiymat 2021-yilda 25 ming so‘m etib belgilangan). Bir faqirga 60 kun taom bersa ham bo‘ladi, ammo bir faqirning o‘ziga 60 kunlik taomni bir kunda berish joiz emas.

Kafforat haqida fiqhiy manbalarda shunday deyilgan: “Kim ikki jinsiy yo‘lning biriga qasddan yaqinlik qilsa, ozuqa yoki davo bo‘ladigan narsani yesa yohud ichsa, uning zimmasiga qazo va kafforot lozim bo‘ladi. Unda avvalo bir qul ozod qiladi. Topolmasa, ikki oy ketma-ket ro‘za tutib beradi. Unga ham qodir bo‘lmasa, 60 miskinni to‘ydiradi” (“Raddul muhtor”).

Zimmasiga kafforat lozim bo‘lgan kishi ro‘za tutishga qodir bo‘la turib, taomlantirish yo‘li bilan kafforatni ado qilmoqchi bo‘lsa, kafforat ado bo‘lmaydi. Chunki tartib buzilgan bo‘ladi.

Kafforat ro‘zasini tutayotgan ayol orada hayz ko‘rib qolsa, kafforatni qaytadan boshlamaydi, balki uzri ketgach davom ettiradi. Nifos qonini ko‘rsa, kafforatni qaytadan boshlaydi. Chunki, nifos qoni bu masalada uzr hisoblanmaydi (“Raddul muhtor”).

Kafforat ro‘zasini tutayotgan kishi 60 kun ichida biror kunni qoldirsa, kafforat buziladi va ro‘za tutishni boshidan boshlaydi.

Ramazonning qazosi va kafforatini tutayotgan kishi subhi sodiq kirmasidan avval mana shu ro‘zalarni tutishni niyat qilishi shart. Agar niyat qilolmay, subhi sodiqdan keyin niyat qilsa, niyati e’tiborli bo‘lmaydi. Shuning uchun saharlikka turolmay qolishidan qo‘rqqan kishi quyosh botganidan keyin ertangi kunning qazo yoki kafforat ro‘zasini tutishni niyat qildim, desa kifoya qiladi (“Fatavoi Hindiya”).

Ramazon ro‘zasidan boshqa ro‘zalarni buzishda kafforat yo‘q. Vallohu a’lam.

Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Qanday amallar ro‘zani buzadi, qaysilari buzmaydi? – Ramazonga doir savol-javoblar

– Ro‘zani buzadigan amallar haqida aytadigan bo‘lsak, bular yeb-ichish, ya’ni tanaga ozuqa kirishi hamda oilaviy munosabatlar, ya’ni o‘z ahliga yaqinlik qilish. Mana shu ikkala masala ro‘zani buzadi, bularga amal qilinmasa insonning ro‘zasi qabul bo‘lmaydi. Shuningdek, saharlikni kechiktirib vaqtidan o‘tkazib yuborish ham bo‘lmaydi.

Bilmasdan, xayolidan ko‘tarilib yeb-ichib yuborish ham ro‘zani ochmaydi, lekin xayoliga ro‘zadorligi kelishi bilan yeb-ichishni to‘xtatishi kerak. Shu o‘rinda bir masala, agar uzri bor holatida ham bir keksa odam ro‘za tutsa-yu, parishon bo‘lib nimadir yeb-ichayotgan bo‘lsa, uni to‘xtatish kerak emas deydi, ulamolar. Chunki unga ro‘za tutish farz emas, lekin himmat qildi. Ozgina yeb olgan narsasi qari insonga mador bo‘ladi. Lekin ro‘zadorligini o‘zi eslashi bilan to‘xtashi kerak bo‘ladi.

Og‘izni tish pastasi bilan yuvish masalasi. O‘zi aslida xushbo‘ylik ro‘zani ochmaydi. Hozirgi ko‘p tish pastalari o‘ta xushbo‘y bo‘lib, uning hidi dimoqqa urilib insonga rohat bervoradi. Bu esa makruh bo‘ladi. Shuning uchun og‘iz yopishdan avval tishni bir marotaba chayqab olish kifoya qiladi. Misvoqni bemalol ro‘zador holda ham ishlatish mumkin yoki zarurat tug‘ilsa, ro‘zador odam tish cho‘tkasiga pasta qo‘shmasdan, suvni o‘zida yuvsa ham bo‘ladi.

Suvdan foydalanish masalasida. Ba’zilar ariqni ichiga tushib olib, suzib yuradi-da, ro‘zam ochilmaydi deydi. Soylarda yoki basseynlarda suzganda og‘iz va burundan suv kirib, ro‘zaning ochilib ketishi ehtimoli juda yuqori. Bulardan saqlanish kerak. Lekin bo‘yingacha bo‘lgan chuqurlikdagi suvga tushib yursa, bunday holda ro‘za ochilmaydi. Isib ketgan vaqtda boshdan suv quysa yoki dush qabul qilsa ham ro‘za ochilmaydi.

Agar ro‘zaning mashaqqati tanaga zararli bo‘lmasa, uning mashaqqatini ko‘tarish ro‘zaning savobini ko‘paytiradi. Toqatdan tashqari holatlarda tananing haqqi oldinga chiqib qoladi. Ya’ni tanaga ortiqcha og‘irlik yo‘q – sabr qilasiz, savob olasiz. Lekin tanaga mashaqqat og‘irlashib ketganda, endi uning haqqini ado qilish – sovitish kerak. Bunday holatlarda qiyinchilikka targ‘ib va talab qilinmaydi.

Boshqa masalalarda, ayollar uchun muhim bo‘lgan ovqatni tuzini ko‘rishda, agar ozgina ovqatni tilga tekkizib, ta’mini bilib olsa, tupurib yuborsa ro‘za ochilmaydi. Lekin olgan ovqati tomog‘iga ketib qolsa, ro‘zasi ochilib ketadi.

Ko‘pchilik so‘raydigan ukol masalasida ulamolar yon tarafdan, ya’ni muskuldan ukol olsa, ro‘za ochilmaydi, degan. Lekin tomirdan qilingan ukollar, ayniqsa ozuqa bo‘lsa, ro‘zani buzishi aytiladi. Turli kasalliklarga qarshi vaksinalar ham muskul orqali qilinadi va bunday holatlarda ham ro‘za ochilmaydi. Lekin, yana ham taqvo qilaman desa, turli ukollarni og‘iz ochilgan vaqtlarda olgani afzal.

Endi yuqorida aytganlarim, ommaning ro‘zasiga taalluqli. Keyingi darajada barkamol ro‘za tutaman, ro‘zaning savoblariga to‘liqroq erishaman degan kishilar esa nafaqat yeb-ichishdan tiyilishlari, balki butun ta’na a’zolarini gunohdan tiyishlari kerak bo‘ladi. Ko‘zni harom qilingan narsalarga qarashdan, tilni aytish harom qilingan so‘zlar – turli haqorat, yolg‘on, tuhmat va bo‘htonlardan, qo‘l va oyoqni turli gunohlarni qilishdan tiyish kerak bo‘ladi. Mana bular a’zolarning ro‘zasi bo‘ladi. Shunday tutilgan ro‘zada ko‘zlangan maqsad tugal hosil bo‘ladi.

Rasululloh alayhissalom aytganlar: «Kim ro‘za tutsa-yu, yolg‘on gap va tuhmatni qo‘ymasa, uning och qolib, chanqaganiga Alloh muhtoj emas». Aslida inson taqvo qilsa ham Alloh unga muhtoj bo‘lmaydi. Lekin, bu hadisda aytilyaptiki, Alloh nazarda tutgan haqiqiy ro‘za bu emas, Shuning uchun ro‘zador og‘zini beposhna so‘zlardan ham tiyishi kerak.

Yana ham xos kishilarning ro‘zasi ham bo‘ladi. U qalbning ro‘zasidir. Bunda qilish u yoqda tursin, gunoh qilish xayoliga ham kelmaydi, bandaning qalbi Allohning zikri bilan band bo‘ladi. Agar inson harakat qilib, bu darajalarga erishsa, Ramazon ro‘zasi u uchun haqiqatda poklovchi bo‘lib, ruhiy yuksalishga sabab bo‘ladi.

  • Barcha savol-javoblar bilanto‘liq videoorqali tanishishingiz mumkin. Suhbat davomida, shuningdek og‘iz ochish va yopish vaqtlarini aniqlashdagi ixtiloflar, kimlarga ro‘za farzligi va kimlarga yengillik berilgani, Ramazonda qilish mumkin bo‘lgan ishlar, iftorlik va saharlikda taomlanish odoblari kabi mavzularda so‘z boradi.

Farrux Absattarov suhbatlashdi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.