Press "Enter" to skip to content

Havola kiritish/tahrirlash

Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas.
Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz.

CV o‘zi nima va nima uchun kerak yoxud CV tayyorlashning oson usullari

CV lotincha “curriculum vitae” (course of life) so‘zidan olingan bo‘lib, sizning professional va akademik faoliyatingizni aks ettiruvchi batafsil hujjat (bizdagi tarjimayi holga qisman to‘g‘ri keladi). CV odatda har xil xalqaro universitetlar, grantlar, stipendiyalar, tanlovlar yoki ishga qabul uchun so‘raladi va undagi ish tajribangiz va yutuqlaringizga asoslanib sizni kerakli tashkilot dastur uchun tanlab olishlari mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘pincha CV ni boyitish tavsiya etiladi.

CV ga nimalar haqida yozish mumkin?

Ko‘pgina CV quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

  • Bog‘lanish uchun ma’lumot (kontakt);
  • Akademik faoliyat;
  • Kasbiy tajriba;
  • Malaka va ko‘nikmalar;
  • Mukofotlar va yutuqlar;
  • Maqola va nashrdan chiqqan ishlar;
  • Grantlar va stipendiyalar;
  • Sertifikatlar va litsenziyalar;
  • Ko‘ngilli ish (volontyorlik harakati);
  • Shaxsiy ma’lumotlar (ixtiyoriy);
  • Xobbi va qiziqishlar (ixtiyoriy).

CV ni qanday tayyorlasam bo‘ladi?

CV ni qo‘lda o‘zingiz yozib chiqishing ham mumkin, lekin CV tayyorlaydigan ko‘plab saytlar va ilovalar mavjud. CV builder, CV maker, Resume builder, ResumeCoach kabi bir qancha saytlar orqali bemalol CV tayyorlash mumkin. Lekin eng qulay va ko‘plab tashkilotlar uchun so‘raladigan CV turi Europass CV bo‘lib, bunda ishlash juda qulay va bepul, qolaversa, juda oz fursatda siz istagan CV tayyor bo‘ladi. Profil ochasiz va ma’lumotlaringizni kiritasiz, istalgan paytda CV tayyorlab olishingiz mumkin. BATAFSIL

Quyida CV uchun namuna berganmiz:

Rezyume qanday tayyorlanadi

.Net turli tillarda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun ishlatiladigan ramka deb ataladi. U tillarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, chunki har bir til boshqa tillarda ishlatilishi mumkin. Nuqtali tarmoq ramkasi Framework Class Library (FCL) deb nomlangan sinf kutubxonasidan iborat. NET Framework dasturiy ta’minotni yaratish uchun platformadir. Bu tilning o’zi emas. NET Frameworkda dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlab chiquvchilarning asosiy (lekin yagona emas) tillari C# va Visual Basic hisoblanadi.

Anvar Narzullayev

Anvar Narzullayev kurslari, Python kurslari, Algoritmlarni o’rganish

Backend dasturlash

Kompyuter dunyosida “backend” veb-sayt yoki dasturiy ta’minot dasturining foydalanuvchilar ko’rmaydigan har qanday qismiga ishora qiladi. . Backend jarayonlariga misollar: kiruvchi veb-sahifa so’rovini qayta ishlash. HTML yaratish uchun skriptni ishga tushirish (PHP, ASP, JSP va boshqalar). SQL so’rovlari yordamida ma’lumotlar bazasidan maqola kabi ma’lumotlarga kirish. Backend Development, shuningdek, server-side development sifatida ham tanilgan. . Backend ishlab chiquvchilari tomonidan yozilgan kod brauzerlarga ma’lumotlar bazalari bilan aloqa qilishda va ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasida saqlashda, ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o’qishda, ma’lumotlarni yangilashda va ma’lumotlar bazasidan datalarni yoki ma’lumotlarni o’chirishda yordam beradi.

Bepul kurslar

Data Science

Data science – bu ko’rinmas naqshlarni topish, mazmunli ma’lumotlarni olish va biznes qarorlarini qabul qilish uchun zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan shug’ullanadigan tadqiqot sohasi. Data science bashoratli modellarni yaratish uchun murakkab mashinani o’rganish algoritmlaridan foydalanadi. Tahlil uchun ishlatiladigan ma’lumotlar turli xil manbalardan olinishi va turli formatlarda taqdim etilishi mumkin.

Database

Database – bu odatda kompyuter tizimida elektron shaklda saqlanadigan tuzilgan ma’lumotlar yoki ma’lumotlarning uyushgan to’plami. Database odatda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (DBMS) tomonidan boshqariladi. . Aksariyat maʼlumotlar bazalari maʼlumotlarni yozish va soʻrov qilish uchun tuzilgan soʻrovlar tilidan (SQL) foydalanadi.

DevOps

DevOps – bu tashkilotning ilovalar va xizmatlarni yuqori tezlikda yetkazib berish qobiliyatini oshiradigan madaniy falsafalar, amaliyotlar va vositalarning kombinatsiyasi: mahsulotlarni an’anaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va infratuzilmani boshqarish jarayonlaridan foydalanadigan tashkilotlarga qaraganda tezroq rivojlanish va takomillashtirish.

Farhod Dadajanov

Farhod Dadajanov

Rezyume yozishdagi xatolar. Rezyume tayyorlash haqida.

Aprel 7, 2022

Ishga kirmoqchi bo’lsangiz, bu xatolarni takrorlamang

Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume tayyorlash hisoblanadi.

Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko’p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud.

Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.

Ortiqcha ma’lumotlar berish

Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas.
Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz.

O’qilishi qiyin qilib tayyorlash

Har doim o’qilishi oson qilib ma’lumotlaringizni joylashtiring.
Yaxshi yozilgan rezyumelarda dasturchining eng oxirigi ishlari va shu ishlarda u nima vazifalarni bajarganligi bo’ladi. Yana, u yerda bajargan shaxsiy va tijoriy loyihalarga link ham berib ketilgan.
Masalahat: Ism, bog’lanish uchun ma’lumot, linklar (shaxsiy sayt, GitHub v,h,k), oxirgi ishlaringiz va nima vazifa bajarganingiz

Faqat texnik bilimlarni ko’rsatish

Ko’pchilik dasturchilarning rezyumelarida uchraydigan xatolardan biri bu faqat texnik ko’nikmalari (hard skills)ni ko’rsatishga bo’lgan urunishdir. Hozirgi kunda ish beruvchi kompaniyalar sizning “ yumshoq ko’nikmalaringiz” (soft skills) ga alohida e’tibor berishadi, chunki sizning texnik bilmlaringiz bilan bir qatorda jamoa bilan ishlay olishingiz, sabrli ekanligingiz, muammolarga yechim bera olish kabi ko’nikmalaringiz bo’lishi ular uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan o’zingizning soft skillaringizni ham aniqroq yoritib o’tishga harakat qiling.

Bajargan loyihalari haqida yuzaki ma’lumot berish

Esda tutish kerak bo’lgan yana bir muhim jihatlardan biri bu portfolioni aniq va soda qilib tushuntirib yozishdir.

Mutaxassislar fikricha ko’plab rezyume to’ldirgan dasturchilar bajargan loyihalarini yoritishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib kelishmoqda. Ya’ni bajargan loyihalarining qaysi qismida qatnashganliklarini va qaysi texnalogiyalardan foydalanib ishni bajarganliklarini kamdan kam hollarda keltirib o’tishar ekan.

Qanday loyihalarni bajarganligingizni va foydalanayotgan texnologiyalaringizni yoritishda iloji boricha aniqroq yoritib bering.

Agar siz bir nechta jamoalar bilan yirik loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, loyihaning qaysi qismida ishlaganingizni aniq yozing

Masalan: X – O’zbekistonda ishlatiladigan, yetkazib berish xizmati. 10 kishilik jamoada, 2 ta iOS dasturchisidan biri bo’lganman va asosan xaydovchilarning dasturi ustida ularga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini berish uchun ishlaganman. Yana, men umumiy arxitekturaga ham xissa qo’shganman.

Muammaoni hal qilish ko’nikmasi (Problem-solving skills) ni ko’rsatmaslik

Strategik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz borligini ko’rsatish juda muhimdir. HRlar dasturchilar rezyumelarini ko’rishayotganda ularning asosan muammolarga qanday yechim bera olishlarini bilishni xohlashadi. Shunday ekan ushbu jihatlarga e’tibor qarating. Ular siz duch kelgan eng katta texnik muammolar va ularga qanday yechim berganingiz bilishni xohlashadi.

Har bir ishlagan joyning tagida texnik bo’lim yo’qligi

Qanday tilar va kutubxonalardan foydalanishingizni aniq yozib qo’ying. HRlar eng oxirgi texnologiyalarni ishlatib, o’zini “update” qilib yuradigan dasturchilarni izlashadi.

Shu sabab, ishlagan vazifalaringizni har birida texnologik bo’lim yozib keting.

“XZY” koxoronasi, Mobil dasturchi – 2022-24
Texnologiya: Java, Kotlin, MVVM, MVP, Clean Architecture, RxJaava, Retrofit, Room, Mockito

Yuqoridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Zero siz yaxshi rezyume to’ldirish orqali ishga kirish uchun katta qadam tashlagan bo’lasiz.

Dasturlash kurslariga ro’yxatdan o’ting: app.mohirdev.uz

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.