Press "Enter" to skip to content

Rivojlanmagan homiladorlik – sabablari va oqibatlari

Ko`pincha ona va bola qonidagi rezus ziddiyat homila o`limiga sabab bo`ladi. Bu mavzu haqida avvalgi sonlarimizda ham to`xtalganmiz.

HOMILA NEGA NOBUD BO`LADI?

Oy sanab, kun sanab, dunyoga kelishini kutib yurgan farzandi nobud bo`lishi – bo`lajak ona uchun ulkan qayg`u. Ota-onalar ko`p beradigan savol: nega? Nima uchun shunday bo`ldi? Afsuski, bu savolga bir so`z bilan javob berish qiyin, sabablar ko`p va murakkab. Ularni aniqlash uchun tekshiruvlarni o`tkazish kerak. Єuyida biz homilaning nobud bo`lishiga olib keluvchi asosiy sabablarni keltiramiz.

Onadagi kasalliklar

Homilaning nobud bo`lishiga olib keluvchi eng ko`p uchraydigan sabablardan biri – plasenta va qog`onoq suvi muammolaridir. Onada yurak-qon tomir, qon kasalliklari, buyrak etishmovchiligi, kamqonlik, nazoratsiz yoki tashxislanmagan diabet kabi xastaliklar bo`lishi homila uchun katta xavfdir. Shuningdek, homiladorlarda kuzatiladigan kechki gestoz ham homila o`limiga olib kelishi mumkin. Bu kasallikda qon bosimi ortib ketib, organizm shishadi. Shuningdek, sil, zahm, gepatit, qizamiq, qizilcha, gripp va boshqa infeksion kasalliklar homilani jiddiy zararlaydi. Bunda homila yo ona qornida nobud bo`ladi, yoki jiddiy nuqsonlar bilan dunyoga keladi.

Tashqi ta`sirlar

Narkotik moddalar, alkogol va nikotin homila nobud bo`lishining asosiy sabablaridan biri. Shuningdek, shifokor tavsiyasisiz qabul qilingan dori vositalari ham shular jumlasidan. Homilador ayol turli kimyoviy aralashmalar, og`ir metallar bilan zaharlanishi ham homilaning nobud bo`lishiga olib keladi. Bunda ona homilador bo`lmasidan avval shunday zaharlanishga duchor bo`lgan bo`lsa ham, homilaga ta`sir etishi mumkin. Shu sababli kimyoviy vositalar va og`ir metallardan zaharlangan ayollar homilador bo`lganida, muntazam shifokor nazoratida turishlari kerak.

Homiladagi nuqsonlar

Homiladorlikning boshida homila xromosom nuqsonlar tufayli, homiladorlikning ikkinchi yarmida esa uzoq davom etgan kislorod etishmasligi homila nobud bo`lishiga olib kelishi mumkin. Homilaning yurak, buyrak va asab tizimidagi jiddiy nuqsonlar uning o`limiga olib keluvchi asosiy sabablar deb qaraladi.

Rezus ziddiyat

Ko`pincha ona va bola qonidagi rezus ziddiyat homila o`limiga sabab bo`ladi. Bu mavzu haqida avvalgi sonlarimizda ham to`xtalganmiz.

TORCh infeksiyalar

Ushbu guruhga kiruvchi 5 asosiy virus homilaga katta xavf tug`diradi. Ammo viruslarni nazorat qilib turish mumkin. Shu sababli homiladorlik rejalashtirilayotgan paytdayoq ayollar o`zlarida shu infeksiyalarning mavjudligi va miqdor ko`rsatkichini aniqlash uchun tahlillar topshirishlari kerak.

O`qiga o`ralib qolishi

Homila ona qornida kindik o`qiga o`ralib qolishi mumkin. Agar bu vaqtida aniqlanmasa va chora ko`rilmasa, bola bo`g`ilib o`lib qoladi.

Turli shikastliklar

Ba`zida ona o`zini ehtiyot qilmasligi oqibatida yoki boshqa biron baxtsiz hodisa tufayli qattiq jarohat olishi mumkin. Masalan, avtohalokat, yiqilib tushish va hokazo. Bunda bola nobud bo`lganini ba`zan kuchli qon ketishidan bilsa ham bo`ladi. Ba`zida esa umuman belgilarsiz kechishi mumkin. Shu sababli bunday hollarda darhol homilani ultratovush tekshiruvidan o`tkazish kerak.

Ko`p homilali homiladorlik

Bunda ko`pincha homilalardan birining nobud bo`lishi kuzatiladi. Buning sabablari talay: homilaga qonning etarlicha etib bormasligi, o`qiga o`ralib qolish va hokazo. Ko`pincha, ikkinchi homilani saqlab qolish uchun homiladorlik jarayoni to`xtatilmaydi, faqat muntazam kuzatib boriladi.

Nima uchun o`g`il homila?

Ba`zi ayollarning bir emas, bir necha bor homilasi nobud bo`lishi mumkin. Ba`zan faqat o`g`il yoki faqat qiz homilalar o`lishi kuzatiladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra o`g`il homilalar qizlarga qaraganda 10 foiz ko`proq nobud bo`lar ekan. Bunda ko`pincha yo infeksiyalar, yoki rezus ziddiyat sabab qilib ko`rsatiladi. Har nima bo`lganida ham, sabab aniqlanib bartaraf etilmaguncha bu hol davom etishi mumkin. Agar takror va takror homila nobud bo`lishi kuzatilayotgan bo`lsa, navbatdagi homiladorlikni rejalashtirayotganda malakali mutaxassisga murojaat etish kerak. Avvalo, aniq tashxislash, keyin to`g`ri choralar qo`llash orqali ayol organizmining homiladorlikka eng tayyor payti kutiladi, shu paytda homilador bo`lish uchun harakat qilinadi. Keyin homila rivoji muntazam kuzatuvda bo`lib, onaning immuniteti oshirib boriladi va ruhiy xotirjamligi ta`minlanadi. Rezus-ziddiyat bo`lsa, uning chorasi ko`riladi. Homila ma`lum muddatga etgach, oy-kuni etmagan bo`lsa ham, tashqi hayotda yashab ketishi mumkin. Bordi-yu ona qornida unga biron xavf tug`ilsa, bolani muddatdan oldin tug`dirib olish ham mumkin. Ammo buni shifokor hal qiladi.

Olif toifali shifokor ginekolog Mohira Sodiqova tavsiyalari asosida Shahnoza To`raxo`jaeva tayyorladi

Manba: «Sug’diyona» gazetasi

Rivojlanmagan homiladorlik – sabablari va oqibatlari

Muzlatilgan yoki rivojlanmagan homiladorlik ostida 21 haftagacha homilaning o’limini tushunish odatiy holdir. Shu bilan birga, bachadonning kontraktil faoliyati kuzatilmaydi va tashqi uterin qon ketishining belgilari yo’q.

Ushbu patologiya qanchalik tez-tez paydo bo’ladi va uning turlari qanday?

Noma’lum homiladorlik, ularning belgilari kam, 50-90% hollarda, dastlabki bosqichlarda ro’y beradigan spontan abortlar deb ataladi.

Ushbu patologiyaning 2 navini ajratish uchun qabul qilinadi:

  1. Anembrion .
  2. Embrion yoki homila o’limi.

Rivojlanmagan homiladorlikning birinchi varianti bilan embrion hech joylashtirilmaydi, ya’ni xomilalik qafasining rad qilinishi to’g’ridan-to’g’ri yuzaga keladi.

Muzlatilgan homiladorlikning asosiy sabablari nimada?

Rivojlangan homiladorlikning sabablari, shuningdek uning oqibatlari turli xil bo’lishi mumkin. Bunday holda ushbu patologiyaning quyidagi asosiy sabablarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Turli genetik infektsiyalar;
  • gormonal kasalliklar;
  • ayolning qonida androgen miqdori ortdi;
  • Tiroid bezi kasalliklari;
  • Neyroendokrin sindromi;
  • reproduktiv tizimning konjenital malformatsiyasi;
  • Xromosoma anomaliyalari;
  • qon koagulyasiyasi tizimining buzilishi.

Bundan tashqari, ijtimoiy-biologik omillarni ham eslatib o’tish mumkin emas, ularning asosiysi ekologik vaziyat va ergenlarning erta jinsiy hayoti.

Muzlatilgan homiladorlikni qanday aniqlash mumkin?

Vaziyatidagi o’zgarishlarga o’z vaqtida javob berish uchun, har homilador ayol rivojlanmagan homiladorlikni qanday aniqlashni bilishi kerak va nima qilish kerak.

Dastlabki bosqichlarda, 12 xaftaga qadar asosiy simptom sub’ektiv tabiatning belgilarini yo’qotishdir, ya’ni. kecha sodir bo’lgan, ko’ngil aynishi, qusish va toksikozning boshqa namoyonlari birdan yo’q bo’lib ketgan.

Keyinchalik, muzlatilgan homiladorlik xomilalik harakatlarning yo’qligi bilan ko’rsatiladi. Bundan tashqari, xomilaning rivojlanishini to’xtatish paytidan boshlab 5-7 kun davomida sut bezlari yumshatiladi va laktatsiya boshlanadi.

Ushbu belgilar paydo bo’lganda shifokorga zudlik bilan xabar berish kerak. Rivojlanmagan homiladorlik ayolning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shunday qilib, bachadonda o’lik xomila 4 yoki undan ortiq hafta davomida topilganda, organizmning umumiy intoksikatsiyasi belgilari mavjud bo’lib, bu xomilalik tuxumni infektsiyasi natijasida yuzaga keladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.