Press "Enter" to skip to content

Qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘ladi?

Ha. Japan Digital University afzalliklaridan biri bu- bitirish arafasida Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashishda talabaga yordam berishdir.

47 ta yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlanadi

47 ta yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlanadi. Bu haqida Huqumatning tegishli qarori qabul qilindi.

  • O‘qish muddati – 6 oy;
  • Asosiy ish joyidan ajralgan holda;
  • To‘lov-kontrakt asosida;
  • Imtihon suhbat shaklida;
  • O‘qish tili – o‘zbek va rus tillarida.

Boshqacha aytganda, yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotlilar 6 oylik qayta tayyorlash kursida o‘qib, keyin korxona va tashkilotlarda bemalol yurist bo‘lib ishlashi mumkin.

Quyidagi suratda qaysi yo‘nalishda oliy ma’lumoti borlarga qayta tayyorlov kursida o‘qishga ruxsat berilishi aks etgan:

1. Qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng, qayerlarda yurist bo‘lib ishlash mumkin?

Aniq bilmadim. Gap shundaki, bu xabar “Huquqiy axborot” kanalida e’lon qilindi, u yerda esa qisqa ma’lumotlar yozilgan. Batafsil ma’lumotni Hukumatning tegishli qarorini ko‘rgandan so‘ng olish mumkin. Hozircha qarorning rasmiy matni e’lon qilingani yo‘q.

Korxona va tashkilotlarda yurist bo‘lib ishlash mumkin, degan xulosani esa, mantiqan o‘ylab, o‘zim yozdim. Adliya bergan ma’lumotda bu haqida hech narsa deyilmagan. Lekin mantiqan olib qaraganda, 6 oy kontrakt to‘lab, ish joyidan ajralib o‘qib, diplom olsayu, lekin biror joyda yurist bo‘lib ishlay olmasa, kim ham o‘qirdi. Shunga ko‘ra, ishonch bilan shu xulosani berdim.

Menimcha, qayta tayyorlashdan o‘tganlar oliy yuridik ma’lumot talab qilinadigan barcha joyda ishlay olmasa kerak. Masalan, sudya, prokuror, tergovchi, advokat yoki hattoki notarius ham bo‘la olmasa kerak. Yana ham “tong otsin” (qaror e’lon qilinsin) hammasini ko‘ramiz.

2. Qayta tayyorlash kursida o‘qigan tinglovchilarga yakunda qanday hujjat beriladi: sertifikatmi yoki diplom?

3. Kontrakt to‘lovi qancha bo‘ladi?

Bilmadim, bu haqida ma’lumotga ega emasman. Balki bakalavrlarning 1 yillik kontrakt puli bo‘lar (9 mln 850 ming). Yoki 6 oyligini hisobga olib, shuning yarmi bo‘lar (4 mln 925 ming). Bu tez orada Universitet tomonidan e’lon qilinsa kerak.

4. Bir yilda necha kishi qabul qilinadi?

Albatta, istalgancha qabul bo‘lmaydi. Har safar maxsus kvota belgilanadi. Kvotani Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi belgilaydi. Hozircha nechta joy ajratilishi haqida menda ma’lumot yo‘q.

Va yana ilk qabul qachon boshlanadi, imtihonda qanday savollar beriladi, yuridik sohaning qaysi yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanadi, bular haqida ham ma’lumotga ega emasman.

Qisqa qilib aytganda, “Huquqiy axborot” kanalida berilgan qisqa ma’lumotdan tashqari hech narsani bilmayman. Qolganini rasmiylarning o‘zlari aytishadi. Kutib turishni maslahat beraman.

Lekin masalaning e’tiborli tomoni shundaki, mazkur tayyorlash kursida o‘qimoqchi bo‘lganlar, asosiy ish joyidan ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Sababi qarorda “asosiy ish joyidan ajralgan holda” deyilgan ekan. O‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lsa ham Mehnat kodeksi bo‘yicha maksimum 3 oygacha mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ushbu kursda o‘qimoqchi bo‘lganlarni ish beruvchi ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lib qoladi yoki atayin “bo‘shaysan” deb turib oladi.

Shunga aniqlik kiritib ketilsa yomon bo‘lmasdi. Masalan, ishini yarim stavkaga o‘tkazib, kunning birinchi yarmida o‘qishda, ikkinchi yarmida ishda bo‘lsa, yoxud agar o‘qishlar kun davomida bo‘lsa, unda kechki smenada ishlasa mumkin bo‘ladimi yoki yo‘qmi, mana shu masalalarga ham izoh berib ketilsa ko‘pchilikka foydali bo‘lardi. Chunki 6 oylik o‘qishni deb, asosiy ish joyidan ayrilish kerak bo‘lsa, ko‘pchilik xohlasa ham o‘qiy olmasligi mumkin. Xudo biladi, o‘qishni tugatib qaytib borsa, yana qayta ishga olishadimi, yo‘qmi. Hech kim bunga kafolat bermaydiku.

Qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘ladi?

O’qishga qabul qilinganingizdan so’ng, 1-semestr davomida yapon tiliga ixtisoslashgan kurslar o’rgatiladi. Undan so’ng, Yaponiya universitetining darslarini o’rganish orqali, yapon tilini professional ravishda ishlata oladigan darajada o’rgana olasiz.

Universitetda o’qish uchun, Toshkentda yashashim shartmi?

Siz Toshkentdagi Japan Digital University’ning asosiy kampusiga har kuni qatnay oladigan joyda yashashingiz kerak. Hozirda talabalar yotoqxonasi mavjud emas.

Mazkur universitet diplomi Yaponiyada tan olinadimi?

Ha, Yaponiyada ham, O’zbekistonda ham davlat tomonidan tan olingan diplomni qo’lga kiritasiz. O’zbekistonda yashab turib, texnologiyalarni ishlatgan holda Yaponiyadagi universitetning darslarini o’rgana olasiz. Shu bilan bir vaqtda, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga ro’yxatga olinasiz va shu universitetning diplomiga ega bo’lasiz. Bu degani bir vaqtning o’zida siz 3 ta diplomga ega bo’la olasiz )

Oliy ta’lim,fan va innovatsialar vazirligi tomonidan tan olingan universitet diplomini qo’lga kiritish mumkinmi?

Japan Digital University Yaponiyaning universitetini tamomlash imkonini beradi. Siz bakalavr darajasini rasman tan olingan Yaponiya universitetida olasiz. Shu bilan birga, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining diplomini ham qo’lga kiritasiz. Xulosa qiladigan bo’lsak, bir vaqtning o’zida siz Japan Digital University, Yaponiya universiteti va O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti diplomlarini qo’lga kiritasiz.

O’qish muddati qancha davom etadi?

O’qish davrininh umumiy muddati quydagicha:

・4,5 yillik ta’lim kursi (Yapon tili ta’limi 6 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)

Universitetni bitirgunga qadar, darsni o’zlashtira olmaslik sababi bilan kursdan kursga qolish holatlarida bir yoki yarim yil takroran o’qish kerak bo’ladi.

Ishdan ajralmagan holda ta’lim olish mumkinmi?

Darslar jadvali dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida reja qilinadi. Agar siz darslarda to’liq qatnasha olsangiz, darsdan tashqari vaqtda ishlash muammo bo’lmaydi. Yaponiyada raqobat juda rivojlangan, rivojlangan mamlakatda muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz mehnat va biroz mashaqqat chekishingiz kerak bo’ladi. Shu sababli o’qish kunlari boshqa universitetlarga nisbatan ko’proq.

Yaponiya universitetariga to’g’ridan-to’g’ri kirish bilan solishtirganda afzalliklari nimada?

Afzalliklar:

  • O’zbekistonda bo’lib turib, Yaponiya universitetining darslariga qatnasha olasiz.
  • Bir vaqtda O’zbekistondagi universitetning diplomiga ega bo’lish imkoniyati bor.
  • Ishga joylashishda va o’qish to’lovlarida qo’llab-quvvatlaymiz.
  • Yaponiyaga kelishingiz yoki kafillikka oluvchi shaxs talab etilmaydi.
  • Yaponiya universitetlariga kirish uchun JLPT N2 va N1 darajalari kerak. Lekin, JDU da N3 yoki N2 darajalariga ega bo’lishdan oldin o’qishga kira olasiz.

Ta’lim to’lovi qancha ?
Kontrakt to’grisida quyidagi ilova orqali batafsil tanishsangiz bo’ladi: kontrakt.
Kirish imtihonlar qanday ko’rinishda bo’ladi ?
Japan Digital University kirish imtihonlari onlayn formatda bo’lib o’tadi.
Qanday hujjat topshirish kerak ?

Quyidagi hujjatlar jdu.uz saytidagi “hujjat topshirish sahifasi” orqali topshiriladi:
・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);

・”JLPT” va “NAT test” sertifikati nusxasi (agar mavjud bo’lsa)

・(Grant xohlovchilar uchun) Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organ (Mahalla)lar tomonidan beriladigan kam ta’minlanganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma
・Shahodatnoma(yoki litsey, kollej diplomi) va baholar kiritilgan ilovani kiriting.
*2023-yil bitiruvchi sinf oquvchilari 9-sinf shahodatnomasi va uning ilovasini kiriting

Hujjat qayerga topshiriladi ?

Hujjat topshirish onlayn amalga oshiriladi. Ya’ni, bizning saytimiz jdu.uz orqali maxsus shaklni to’ldirishingiz kerak bo’ladi.

Onlayn hujjat topshirsa bo’ladimi ?

Hujjat topshirish onlayn bo’ladi. Ya’ni bizning saytimiz jdu.uz da maxsus shaklini to’ldirishiz kerak bo’ladi.

Ta’lim qayerda bo’ladi (universitet binosi qayerda joylashgan)?

Ta’lim Japan Digital University’ning binosida bo’lib o’tadi.
Manzil: Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo’li ko’chasi, 21-a uy

Darslar qaysi sohalarga oid bo’ladi?

Darslar Yaponiyada eng aktual sohalardan biri bo’lgan IT muhandislik bo’yicha olib boriladi. Universitet asosiy maqsadi o’z talabalarini Yaponiya kompaniyalariga ishga yuborish bo’lganligi bois, ayni vaqtda dasturchi muhandis yo’nalishi bo’yicha ta’lim beriladi. Keyinchalik boshqa yo’nalishlarni ham qo’shish reja qilingan.
http://jdu.uz/education/#years

Ta’lim qanday tilda bo’ladi ?
Ta’lim dasturi yapon tilida va o’zbek tilida shakllangan.
IELTS kerakmi ?
Majburiy emas, IELTS bo’lsa kirish imtihonlarida ball qo’shiladi.
JDUga hujjat topshirishda qanday xarajatlar mavjud?

JDUning kirish imtihon to’lovi 200,000 so’m. Buning ichiga yapon tili elektron ta’lim tizimidan va o’quv materiallaridan foydalanish ham kiradi. Ushbu to’lov olinishining asosiy sababi, Japan Digital University’ga o’qishga kirmoqchi bo’lgan abituriyentlar matematika imtihonini maxsus platforma yordamida topshiradilar. Abituriyentlardan olingan imtihon uchun to’lov maxsus platformani moliyalashtirishda foydalaniladi.
Ma’lumot uchun: https://jdu.uz/enrollee

Ta’lim programmasi ichida ishlab, daromad olish mumkin bo’ladigan amaliy mashg’ulotlar ham nazarda tutilganmi?

Ha, 2-kursdan boshlab Cowork amaliy mashg’uloti reja qilingan. Cowork amaliy mashg’ulotida talabalar jamoa bo’lib Yaponiyadagi kompaniyalardan har xil ishlarni qabul qilib, birgalikda ish qilishadi. Bu amaliy mashg’ulot darslardan biri hisoblanadi. Cowork amaliy mashg’uloti orqali ishlab topilgan pul bilan ta’lim to’lovini to’lash imkoniyati ham mavjud.

Grantlar bormi?

Ha, bor!
Har yili ijtimoyi himoyaga muhtoj 10 nafar talaba kirish imtihonlari orqali saralanadi va ularga o’sha yilning o’qish to’lovi bepul qilib qilinadi. Bunda, talabalar birinchi yilda kirish imtihoni natijalariga va keyingi yildan boshlab esa universitetdagi ko’rsatkichlariga qarab tanlab olinadi.
Shuningdek, Universitetimizda davlat tomonida ajratiladigan grant ham mavjud bo’lib, kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko’rsatgan abituriyentlarga taqdim etiladi. Ushbu grant universitetning to’lov miqdorini to’liq qoplaydi. (Davlat grantining asosiy o’qishni tamomlagandan so’ng O’zbekiston davlat hisobidagi idoralarda 5yil mobaynida faoliyat yuritish hisoblanadi)

O’qish tugagandan keyin ishga joylashtirasizlarmi?

Ha. Japan Digital University afzalliklaridan biri bu- bitirish arafasida Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashishda talabaga yordam berishdir.

Men matematikani tushunmayman, lekin o’qishni xohlayman.

IT muhandisi sifatida o’qitish uchun siz ozgina bo’lsada matematikaga oid bilimga ega bo’lishingiz kerak.

Yosh cheklovi nega joriy qilingan?

Yaponiya ish bozorida, kompaniyalarga ishga kirishda, universitetni endi bitirgan yosh bitiruvchilarga alohida ustuvorlik beriladigan tizim mavjud. Japan Digital University bitiruvchilari shu ustuvorlikdan foydalana olishlari va muvaffaqiyatli ravishda ishga kira olishlari uchun yosh cheklovi joriy qilingan.

Matematika imtihonining qamrovi qanaqa bo’ladi?

Maktab programmasi darajasida bo’ladi. Matematika imtihoni darajasi davlat test markazi standartiga mos qilib tuzilgan.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.