LAN, MAN va WAN tarmoqlari
Gibrid topologiyaning kamchiliklari:
Tarmoq turlari va topologiyalari. Tarmoq administratori kim?
Tarmoq administratorligi o’quv kursi kimlar uchun mo`ljallangan?
Tarmoq administratorligi o’quv kursi o’z kelajagini IT texnologiyalar orqali qurmoqchi bo’lganlar uchun zamonaviy tarmoq texnologiyalarini o`rgangan holda, tarmoq qurilmalarini sozlash va ularni real tarmoqlarda tadbiq qilishni o`rganishni xohlovchilar uchun mo`ljallangan. Darslar ma’ruza matnlari, rasmlar, videolar, simmuliyator dasturlar, emmulator dasturlar, tarmoq o’yinlari, tarqatma materiallar orqali olib boriladi.
Kurs qatnashchilariga talablar?
- Kompyuter va internetda erkin ishlash;
- Matematikadan bazaviy ko`nikmalarga ega bo`lish;
- Dasturlashni bilish talab etilmaydi!
Qanday natijaga erishasiz?
- Tarmoqlarning ishlash prinsiplarini tushunish;
- Tarmoq qurilmalari va aloqa kabellarini sozlay olish;
- Tarmoq va qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash;
- Kommutatsiya va marshrutizatsiya protokollarini ishlashini amaliyotda ko`rish;
- Tarmoq laboratoriyasida real tarmoq qurilmalari bilan ishlagan holda, amaliy holatda tarmoq qurish;
- Simsiz aloqa tarmoqlari bilan ishlash (WiFi);
- Tarmoq firewallari orqali tarmoqni boshqarish.
Tarmoq texnologiyalarini qanday o’rganish mumkin?
- Kitoblar;
- Internet resurslar;
- O’quv kurslari.
Nima uchun tarmoqni mustaqil o’rganish qiyin?
- Tarmoq texnologiyalari va protokollar juda ko’p.
- Tarmoqni o’rganish: barchasini yoki hech qaysisini (yuqoridagilarni o’rganmasdan to’liq tushunish qiyin).
Muammolar:
- Mavzular yuzasidan ketma-ketlikning yo’qligi;
- Ko’plab texnik detallarning tushunish uchun murakkabligi (rasm).
Tarmoq administratori kim?
Bugungi kunda internet hayotimizning har bir sohasiga kirib anchagina qulayliklar yaratib beryapti. Uning hali foydalanilmagan imkoniyatlari ham talaygina. Endi savol: internet oʻzi nima, u qanday ishlaydi? Bu aslini olganda judayam murakkab savol. Bu savolga batafsil javob berishingiz uchun esa siz tarmoq administratori (network administrator) boʻlishingiz kerak. Bu nafaqat qiziq, balki yaxshigina daromadli soha ham. Xuddi dasturlashdagi kabi, qayerga bormang, sizga doim ish topiladi, “yaxshigina maosh” tayin. Qolaversa, buning uchun universitetni aynan shu sohada bitirib chiqishingiz shart emas.
Agar dasturchi boʻlsangiz ham, albatta, sizda ancha keng imkoniyatlar mavjud lekin tarmoq administratori dastur yaratmaydi balki tayyor yaratilgan dastur va qurilmalarni soz holatda saqlashga va ulardan unumli foydalanishga javobgar. Bu xuddi buxgalterning ishiga oʻxshaydi: barcha formula va qonun-qoidalar tayyor yozilgan — siz ulardan foydalanib mijozingizning soliq va boshqa majburiyatlarini yengillatishingiz kerak. Tajribangiz oshib borgani sari bu ishlarni karra jadvaliday eplay boshlaysiz.
Agar imkoniyat va qiziqish boʻlsa, tarmoq administratorining yoniga tizim administratorligini (System administrator) qoʻshishingiz mumkin. Bu kasb egalari server va boshqa maʻlumot markazlarini sozlash uchun javobgar boʻladilar va koʻp hollarda asosiy ishlari Linux operatsion tizimi bilan ishlash boʻladi.
Tarmoq tushunchasi.
Kompyuter tarmog’i – foydalanuvchilarni aloqa kanallari va kommutatsiya vositalarini qo’llagan holda o’zaro ma’lumot almashishlari, tarmoqdagi texnik, dasturiy, axborot resurslaridan foydalanishlari uchun yagona tizimga ulangan kompyuterlar to’plamidir.
U foydalanuvchilarga turli resurslar, kompyuter, mobil telefon, printer, skaner va hokazolar orasida ulanish va axborotni taqsimlash imkonini beradi.
Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikatsiya, computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi.
Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – INTERNET.
Tarmoq komponentalari
1. Qurilma:
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);
b) Oraliq qurilmalari
(router, switch, hub va h.k);
2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik – parali kabellar;
1) bir modali – magistralda ishlatiladi;
2) ko’p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
3. Xizmat – Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo’ng’iroq, ma’lumot uzatish va h.k).
Tarmoqlarning turlari
LAN (Lokal tarmoqlar)
LAN tarmog’ining afzalliklari:
- uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi;
- LAN tarmog‘i foydalanuvchiga о‘zidagi ixtiyoriy tarmoqda ishlash uchun imkoniyatni taqdim etadi;
- barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.
LAN tarmog’ining kamchiliklari:
- fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini kо‘rishni talab etadi;
- fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.
WAN (Mintaqaviy tarmoqlar)
WAN tarmog’ining afzalliklari:
- WAN tarmog‘i bir – biridan geografik tomondan alohida bo‘lgan tomonlarni kam xarajat va osonlik bilan ulash imkoniyatini beradi.
WAN tarmog’ining kamchiliklari:
- tuzilish jaxatidan juda ham murakkab;
- past о‘tkazish qobilyatiga ega va ulanishni uzilish xavfi yuqori.
MAN (Shahar tarmog’i)
MAN tarmog’ining afzalliklari:
- MAN tarmog‘ida kompyuterlarni bog‘lash kanallari yuqori о‘tkazuvchanlik qobilyatiga egaligi sababli, ma’lumotlarni oson taqsimlash imkoniyatini beradi.
- Kо‘plab foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqsimlashda teng tezkorlik taqdim etadi.
MAN tarmog’ining kamchiliklari:
- Birinchi marta foydalanishdan oldin ma’lumot о‘rnatilish va sozlanishlarni talab etadi.
- LAN tarmog‘iga qaraganda yuqori narxga ega.
PAN (Shaxsiy tarmoq)
Mazkur tarmoq о‘rnatilgan ulanish orqali qurilmalar orasida ma’lumot va fayllarni taqsimlash imkoniyatini beradi.
CAN (Campus tarmog’i)
CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega:
- narx nuqtai nazaridan samarali;
- kampusdagi turli bо‘limlar о‘rtasida о‘zaro aloqa о‘rnatish imkoniyatini beradi;
- ma’lumotlarni taqsimlashda bir xil tezlikni taqdim etadi;
- buzilishga chidamli;
- CAN tarmog‘i keyinchalik о‘zgartirish va rivojlantirishga qulay;
- tarmoqdan foydalanishda foydalanuvchilarni autentifikatsiyadan о‘tkazgani bois CAN tarmog‘i yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi.
Tarmoq topologiyalari
Yulduz | Shina | Halqa | Mesh | Daraxt | Gibrid |
Tarmoqdagi kompterlarga kabel orqali ulangan markaziy habdan (tugun) iborat. | Tarmoqda yagona kabel barcha kompyuterlarni о‘zida birlashtiradi. | Halqa topologiya tarmoqdagi barcha tugunlarni о‘zaro bog‘laydi. | Tarmoqdagi barcha kompyuter va tugunlar bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan bо‘ladi. | Topologiya shina va yulduz topologiyalarning kombinatsiyasidan tashkil topgan | Gibrid topologiya о‘zida ikkita turli topologiyani mujassamlashtirgan bо‘ladi. |
Tarmoqda har bir kompyuter yoki tugun markaziy tugunga individual bog‘langan bо‘ladi. | Shina topologiyada ixtiyoriy tugun tomonidan tarmoq “Hello message” (network broadcast) signali uzatiladi. | Yuboriluvchi va qabul qilinuvchi ma’lumot TOKEN yordamida manziliga yetkaziladi. | Ushbu topologiya biror kompyuter buzilgan taqdirda ham ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashni maqsad qiladi. | Daraxt topologiya yulduz topologiyalarni asosiy kabelga ulash orqali hosil qilinadi | Tashkilot о‘z talablaridan kelib chiqqan holda gibrid topologiya asosida tarmog‘ini quradi. |
Yulduz topologiyasi
Yulduz topologiyasining afzalliklari:
- markaziy hub yoki tugun orqali tarmoqni markazlashgan holda boshqarish;
- topologiyaga osonlik bilan yangi tugunni kiritish yoki olib tashlash imkoniyati;
- bir kompyuter tugunining buzilishi qolganlarining ishiga ta’sir qilmaydi;
- tarmoqdagi bо‘lgan uzilishni osonlik bilan aniqlash mumkin va muammoni osonlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.
Yulduz topologiyasining kamchiliklari:
- markaziy nuqtadagi bо‘lgan uzilish butun topologiyaga ta’sir kо‘rsatadi;
- markaziy nuqta sifatida router yoki kommutatordan foydalanish tarmoqni amalga oshirish narxini oshiradi;
- yangi tugunni tarmoqqa qо‘shish markaziy tugunni imkoniyatiga bog‘liq bо‘ladi.
Shina topologiyasi
Shina topologiyasining afzalliklari:
- shina tarmoqqa yangi tugunni qо‘shish juda ham oson;
- amalga oshirishda kam xarajatlik;
- kichik tarmoqlarda yaxshi ishlaydi;
- yulduz topologiyaga qaraganda kam kabel talab etiladi.
Shina topologiyasining kamchiliklari:
- yangi tugun kiritish kabelning uzunligiga bog‘liq;
- asosiy kabeldagi biror buzilish butun tarmoq ishiga ta’sir qiladi;
- kabelning har ikkala tomonida terminatorni bо‘lishi shart;
- xizmat kо‘rsatish narxi yuqori;
- yuqori tezlikdagi tarmoqlar uchun о‘rinli emas;
- manbadan uzatilgan signalni barcha tugunlar qabul qilgani kabi, u tarmoqning xavfiszligiga ta’sir qiladi.
Bu topologiyada kompyuterlar kabelga BNC deb nomlangan maxsus ulagich yordamida ulanadi bu ulagichlar T ulagichlari deb ham tanilgan.
Halqa topologiyasi
Halqa topologiyasining afzalliklari:
- bir tomonga yо‘naltirilgan trafik oqimi;
- har bir tugun faqat bо‘sh bо‘lgan vaqtdagina ma’lumotni uzata oladi;
- markazlashgan biror tarmoq serveri talab etilmaydi;
- shina topologiyana qaraganda amalga oshirish qulayligi (trafik hajmi oshmasligi sababli);
- barcha tugunlarni ma’lumotdan foydalanishda bir xil imkoniyatga ega;
- tarmoqda yangi tugunni qо‘shilishi tarmoqning butun о‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Halqa topologiyasining kamchiliklari:
- tarmoqda har bir tugundan signalning о‘tishi sekin jarayon;
- ixtiyoriy tugundagi buzilish butun tarmoqning buzilishiga olib keladi;
- tugunlarni ulash uchun kо‘p kabel talab etiladi va bu ortiqcha xarajatni talab etadi;
- trafik barcha tugunlar uchun taqsimlanadi.
Mesh topologiyasi
Mesh topologiyasining afzalliklari:
- ma’lumotlarni davomli uzatishga imkoniyat beradi;
- yuqori trafikni о‘tkazish imkoniyati mavjud;
- tugunlardan birini buzilishi butun tarmoqqa ta’sir qilmaydi;
- tarmoqni kengaytirish osonlik bilan amalga oshiriladi.
Mesh topologiyasining kamchiliklari:
- kо‘plab ulanishlarning mavjudligi sababli yuqori darajali ortiqchalik;
- boshqa tarmoq topologiyalariga qaraganda yuqori narxga egalik;
- tarmoqni qurish uchun kо‘p vaqt va ma’muriy ye’tibor talab qiladi.
Bu topologiya mahalliy tarmoqlarda deyarli qo’llanilmaydi asosan internet kabi keng tarmoqlarda qo’llaniladi.
Daraxt topologiyasi
Daraxt topologiyasining afzalliklari:
- yulduz va shina topologiyalarni amalga oshirish murakkab bо‘lgan holarda foydalanish foydali;
- tarmoqni osonlik bilan kengaytirish imkonini beradi;
- ushbu topologiyada yulduz topologiyani loyihalash tugunlarni osonlik bilan boshqarish imkonini beradi;
- xatoliklarni aniqlash va tuzatish xususiyatlarini ta’minlaydi;
- har bir yulduz kabel asosiy kabelgan kabellar orqali ulanadi;
- yulduz topologiyadagi tarmoqni buzilishi qolgan tarmoqlar ishiga xalaqit bermaydi.
Daraxt topologiyasining kamchiliklari:
- asosiy kabelga yetkazilgan ixtiyoriy buzilish butun tarmoq faoliyatiga ta’sir qiladi;
- ushbu topologiya tarmoqni osonlik bilan kengaytirish
- imkonini bersada, butun tarmoqni boshqarish murakkab
- jarayon hisoblanadi;
- tarmoqni kengaytirish imkoniyati foydalanilgan
- asosiy kabel turiga bog‘liq.
Gibrid topologiya
Gibrid topologiyaning afzalliklari:
- tarmoqning boshqa sektori ishiga ta’sir qilmasdan xatoliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatini ta’minlaydi;
- qо‘shimcha tugunllarni osonlik bilan qо‘shish imkoniyati;
- tashkilotlarga о‘z talabidan kelib chiqib tarmoqni loyihalashtirish imkonini beradi;
- kо‘plab topologiyalarni о‘zida mujassamlashtirish imkoniyatini beradi.
Gibrid topologiyaning kamchiliklari:
- о‘zida kо‘plab topologiyalarni mujassamlashtirgani bois, arxitekturani juda ham aniqlik bilan loyihalash talab etiladi;
- gibrid topologiyada kо‘p sonli tarmoq kabellaridan foydalanilgani bois yuqori narxga ega.
Video ma’lumotlar
Amaliy topshiriqlar
Amaliy topshiriqlar va ularni bajarish bo’yicha qo’llanmalar, auditoriya darslarida berib boriladi!
LAN, MAN va WAN tarmoqlari
Ta’rifga ko’ra, a to’rkompyuterlar yoki kompyuter tarmog’i Bu to’plam apparat va dasturiy ta’minot (qurilmalar va dasturlar) ma’lumotlarni yuborish va qabul qilish uchun jismoniy qurilmalar orqali bir-biriga bog’langan, ma’lumotlar almashish, resurslarni boshqarish va har xil xizmat turlarini taklif qilish uchun.
Ushbu tarmoqlar o’rnatilgan har qanday boshqa aloqa turlari kabi ishlaydi: jismoniy kanal orqali yuboruvchilar va qabul qiluvchilarning muvofiqlashtirilgan va o’zaro ta’sirida va umumiy kod yordamida. Tarmoqning ishlashi ushbu elementlarning joylashishiga, masalan, ma’lumotlarni uzatish tezligiga bog’liq bo’ladi..
Bugungi kunga qadar eng katta sun’iy tarmoq Internet: sayyoramizning turli qismlarida bir-biriga bog’langan millionlab kompyuterlarning ulkan tarmog’i, global miqyosda ma’lumot almashish va jarayonlar va xizmatlarni amalga oshirishga imkon berish.
Tarmoq turlari
Kompyuter tarmoqlarining turli xil faoliyat yo’nalishlariga bag’ishlangan ko’plab tasniflari mavjud: ularning ulanish turi, funktsional aloqasi, fizik topologiyasi, diffuziya darajasi, autentifikatsiyasi yoki ma’lumotlar yo’nalishi, lekin, ehtimol, eng taniqli uning doirasiga ko’ra tasniflash.
Shunga ko’ra, biz uch xil tarmoq haqida gapirishimiz mumkin, asosan:
- LAN tarmoqlari (Mahalliy tarmoq). Uning nomi ingliz tilidagi Mahalliy Tarmoqning qisqartmasidan iborat bo’lib, ular uning ko’lamini kichik o’lchamlari, masalan, bo’lim, ofis, samolyot, hattoki bir xil bino kabi aniq belgilangan maydon bilan chegaralaydi. Umumiy aloqaning etishmasligi degani, ular bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishi mumkinligiga qaramay, ular bitta joylashuv tarmog’i sifatida boshqariladi.
- MAN tarmoqlari (Metropolitan Area Network). Uning nomi Metropolitan Area Network uchun ingliz tilidagi qisqartmadan iborat, chunki u LANga qaraganda kattaroq geografik hududni qamrab oladigan yuqori tezlikdagi tarmoq (aslida u bir nechtasini o’z ichiga oladi), ammo baribir aniq va shaharning bir qismi sifatida belgilangan.
- WAN tarmoqlari (Keng hududiy tarmoq). Uning nomi ingliz tilidagi “Wide Area Network” qisqartmasidan iborat bo’lib, bu safar keng geografik qismni qamrab olish uchun sun’iy yo’ldosh, kabel, mikroto’lqinli pechlar va yangi texnologiyalardan foydalanadigan keng va yuqori tezlikdagi tarmoqlar haqida. Internet, shubhasiz, global miqyosdagi WAN.
Tarmoq protokollari
Tarmoqlarni tashkil etadigan kompyuterlar bir-birlari bilan bir xil “tilda” so’zlashuvchi, muloqot qilishadi tarmoq protokoli. Bir nechta mumkin bo’lgan protokollar mavjud, aloqa standartlari va umumiy tarmoq ishi masalalari, ammo ikkitasi eng keng tarqalganYoKI (Ochiq tizimlarning o’zaro aloqasi: tizimlarning ochiq o’zaro aloqasi) YTCP / IP (Transport qatlami va tarmoq qatlami).
Ikkala protokol ham aloqani turli yo’llar bilan tuzganliklari bilan farq qiladi. OSIda aloqa va aniq funktsiyalarning yettita aniqlangan qatlami mavjud bo’lsa, TCP / IP faqat to’rttasiga ega, ammo ikkita tuzilish asosida tuzilgan. Ikkinchisi global miqyosda eng keng tarqalgan va keng tarqalgan.
LAN tarmoqlariga misollar
- Uy tarmog’i. Uyda ikkita kompyuter va uyali telefonlarga xizmat ko’rsatish uchun har kim o’rnatishi mumkin bo’lgan simsiz (WiFi) singari. Uning ko’lami deyarli kafedraning chegaralaridan oshmaydi.
- Do’kon tarmog’i. Biznes yoki do’konning kichik filiallari ko’pincha o’zlarining tarmoqlariga ega, o’zlarining kompyuterlariga va ko’pincha mijozlariga Internet aloqasini ta’minlash.
- Ofisning ichki tarmog’i. Ofislarda ko’pincha barcha ishchilarning kompyuterlari bilan aloqa qiladigan ichki tarmoq (intranet) amalga oshiriladi, ularga tashqi qurilmalarga (masalan, bir xil printerga) birgalikda kirish va ish papkalarini yoki o’zaro qiziqishdagi materiallarni baham ko’rishga imkon berish.
- Kvadratdagi umumiy tarmoq. Ko’pgina shaharlarda bepul ommaviy Internet dasturi amalga oshirilmoqda, radiusi bir necha metrdan oshmaydigan diapazonli simsiz ulanish nuqtalari orqali.
- Salondagi ketma-ket tarmoq. Internet-kafe yoki telefon stendlari – bu kelishidan oldin Internetning kirib borishi bilan juda mashhur bo’lgan biznes Smartfonlar. Ilgari ular umumiy foydalanish uchun Internetga ulangan bir qator kompyuterlarni o’z ichiga olgan., lekin boshqaruvi binolar menejerining kompyuterida joylashgan ichki tarmoqqa o’rnatilgan.
MAN tarmoqlarining misollari
- Vazirliklararo tarmoq. Ko’pgina davlat idoralari birgalikda ishlashni talab qiladi yoki muhim ma’lumotlarni almashadi, shuning uchun Ular optik tolali tarmoq orqali o’zaro bog’langan bo’lib, ular shaharning narigi tomonida bo’lishlari va aloqani yo’qotmasliklari mumkin.
- Filiallar orasidagi tarmoq. Ko’pgina do’konlar va korxonalar bir xil shaharda o’zaro bog’liq bo’lib, foydalanuvchiga mahsulotni eng yaqin filialida qidirish imkoniyatini beradi va agar mavjud bo’lmasa, Ular uni boshqa joydan uzoqroq joyda so’rashlari yoki eng yomon holatda mijozni boshqa filialdagi kitobga yo’naltirishlari mumkin.
- Mahalliy Internet-provayder tarmog’i. Bu Internet-provayder (Internet-provayder) mahalliy Internetga ulanishni sotadigan kompaniyalarga. Ular buni har xil shahar yoki shahar resurslarini boshqaradigan har xil MAN tarmoqlari orqali amalga oshiradilar uni talab qiladigan turli xil mijozlarga, ya’ni har bir LAN uchun.
- Universitet talabalar shaharchasidagi tarmoq. Shuningdek, JON (Talabalar shaharchasi tarmog’i), ular aslida universitet shaharini tashkil etuvchi barcha turli binolarga moslashtirilgan ERKAKva ular bir-biridan juda uzoq masofalar bilan mukammal tarzda ajralib turishi mumkin.
- Shahar hokimligi tarmog’i. Baladiyya yoki shahar hokimiyatining ma’lumotlari ko’pincha faqat u erda yashovchilarga tegishli bo’lgan tarmoqda bo’lishadi, chunki boshqa joylardagi fuqarolar o’zlarining shaxsiy ma’lumotlariga ega bo’lishadi. Shunday qilib, shahar soliqlarini to’lash yoki byurokratik protseduralar yanada samarali amalga oshirilishi mumkin.
WAN tarmoqlariga misollar
- Internet. Mavjud WANning eng yaxshi namunasi – bu Internet turli xil texnologik qurilmalarni ulkan masofalarda, hattoki dunyoning bir chetidan u tomonigacha uzatish imkoniyatiga ega. Bu ko’pincha okean, magistral magistral yoki butun koinot bilan taqqoslanadigan ulkan tarmoqdir..
- Milliy bank tarmog’i. Mamlakatdagi bank filiallari ulkan tarmoq orqali va boshqa banklar bilan, hatto chet el banklari bilan aloqada boshqariladi. Ushbu tarmoqlarning har biri foydalanuvchiga mamlakatning narigi tomonida yoki hatto boshqa mamlakatda joylashgan bankomatda pul olish imkoniyatini beruvchi WAN hisoblanadi..
- Transmilliy biznes tarmoqlari. Dunyoning turli mamlakatlarida mavjud bo’lgan yirik ishbilarmonlik franshizalari o’zlarining ishchilarini kompaniyaning eksklyuziv WAN orqali aloqa qilishlarini davom ettiradi, ular turli mamlakatlarda bo’lishiga qaramay, ma’lumot almashishlari va doimiy aloqada bo’lishlari uchun.
- Harbiy sun’iy yo’ldosh tarmoqlari. Dunyo bo’ylab tarqalgan sun’iy yo’ldoshlar, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalariga tegishli turli xil mudofaa va harbiy kuzatuv tarmoqlari, ular keng miqyosli va ko’lami jihatidan ulkan, shuning uchun ular faqat WAN turiga kirishi mumkin.
- To’lovli televizion tarmoqlar. Kabel yoki sun’iy yo’ldosh televideniesi va yangi texnologiyalarga asoslangan boshqa ko’ngilochar va axborot xizmatlari, qit’aning turli mintaqalaridagi turli mamlakatlarda o’z abonentlarini ulash uchun WAN tarmog’idan foydalanish shart.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.