Qanday so’zlar qo’shib yoziladi
4. Juft so’zlarnining imlosi, ularni ajratib, qo’shib va chiziqcha bilan yozish.
Tayanch so’z va iboralar: sodda so’z, qo’shma soz, juft soz, takror so’z, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, qo’shib yozish, so’z birikmasi, izohli birikma, sifat, fe’l, ko’makchi, yuklama, son, olmosh, ot, yo’akchi fe’l, ko’makchi fe’l, qaratuvchili birikma, qisqartmalar, qo’shimoha, taqlid so’zlar.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’no bildiruvchi o’zak, morfemalardan iborat so’zlar qo’shma so’z deyiladi. Qo’shma so’zlar so’z yasalishining kompozitsion usuluga kiradi. Qo’shma so’z birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemadan tashkil topgan bir so’zdir. U shu xususiyati bilan sodda so’z va so’z birikmasidan farq qiladi.
Qoshma so’zning sodda so’zdan farqi shundaki, sodda so’zda mustaqil ma’noli morfema bitta, qo’shma so’zda esa birdan orliq bo’ladi. Misol uchun bir necha so’zlarni olib ko’raylik. ‘Erksevar’ so’zi ikkila mustaqil so’zdan tuzilgan. Biri erk, ikkinchisi sevar, belbog’, tomorqa, boshpana, asalari, tuyaqush, oybolta, ertapishar, osmono’por kabi so’zlar tarkibida ikkita mustaqil so’z asosi mavjud.
Sinfi uchun darslik
QO‘SHMA SO‘ZLAR
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarning so‘rog‘ini va qanday asoslardan tashkil
topganini aniqlang.
Beshiktervatar, otquloq, gulbeor, muzyorar, har qachon, ozmuncha, sotib
olmoq, temiryo‘l, jigarrang, tamom bo‘lmoq, mehnat qilmoq.
Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so‘roqqa
javob bo‘lgan so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi.
310-mashq.
O‘qing, qaysi so‘zlar qo‘shib, qaysi so‘zlar ajratib yozi-
layotganiga diqqat qiling.
Otquloq, Yurtboshi, tinchliksevar, xushxat, oshko‘k, qo‘shtirnoq,
oshpichoq, qo‘lqop, sadarayhon, Yangiyer.
Har bir, qirq uch, hech kim, hech nima, har vaqt, olib chiq, ta’sir
et, borib kelmoq.
311-mashq.
Qavslarini ochib, qo‘shma so‘zlarni qoidaga muvofiq ko‘chirib
yozing. Ular ishtirokida to‘rtta gap tuzing.
Qimmat (baho), Besh (ariq), hech (nima), erk (sevar), ming
(oyoq), xom (tok), sof (dil), kul (rang), ish (yoqmas), laylak (qor),
mosh (rang), hech (qachon), har (doim), ko‘z (oynak), shirin (so‘z),
baland (parvoz).
*
312-mashq.
Sinfda «Kim ko‘p topadi?» musobaqasini o‘tkazing. Bunday
o‘yin sinfni uch-to‘rt guruhga bo‘lib yoki sinfdagi 3–4 o‘quvchi o‘rtasida
o‘tkazilishi mumkin. Tomonlar avval qo‘shib yoziladigan, keyin ajratib
yoziladigan qo‘shma so‘zlarga misollar topishi kerak. Qaysi guruh yoki o‘quvchi
ko‘p so‘z topa olsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
!!
112
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shma so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Qo‘shma ot va qo‘shma sonlarga uchtadan misol keltiring va yozi-
lishini tushuntiring.
3. Qo‘shma fe’llar qanday yoziladi?
313-mashq.
Uyga topshiriq. Qo‘shma so‘zlar ishtirokida kichik bir matn
tuzing.
96-d a r s.
QO‘SHMA SO‘ZLAR IMLOSI
Topshiriq. Berilgan so‘zlarning so‘rog‘i va qanday yozilganini aniqlang.
Yakkasaroy, beshotar, xabar qildi, O‘rta Osiyo, olib keldi.
Qo‘shma fe’l va qo‘shma sonlar ajratib yoziladi.
Qo‘shma so‘zlar yozilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) qo‘shib
yoziladigan qo‘shma so‘zlar; 2) ajratib yoziladigan qo‘shma
so‘zlar.
Birinchi so‘zi bir, har, hech olmoshlari bo‘lgan qo‘shma
so‘zlar, qo‘shma sonlar doimo ajratib yoziladi. Birpas, biroz
kabi ayrim so‘zlar bundan mustasno.
Qo‘shma so‘zlarning katta qismi qo‘shib yoziladi.
314-mashq.
So‘zlarni o‘qing, ularni imlo qoidalariga mos ravishda qo‘shib
yoki ajratib yozing.
Oq||saroy, oq||bilak, erk||sevar, sof||dil, oliy||janob, havo||rang,
O‘rta||Osiyo, sher||dil, xush||ovoz, umum||xalq, o‘n||ikki, bayon||et,
jo‘ja||xo‘roz.
*
315-mashq.
O‘yinimiz «Ikkinchi qismini toping!» deb nomlanadi.
Qo‘shma so‘zlarning ikkinchi qismini topib, ularning qo‘shib yoki ajratib
yozilishini aytib bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing va yozing.
Tinchlik.
jigar.
muz.
qo‘l.
xush.
uch.
qirq.
G‘arbiy.
bug‘doy.
?
!!
113
316-mashq.
Matnni o‘qing. Qo‘shma so‘zlarning yasalishi va yozilishiga
alohida e’tibor bering.
– Oti nima bu qovuningizning? – qiziqib so‘radi jo‘ram.
– Bo‘rikalla! Bundan bir tilimini yegan kishi mazaxo‘rak bo‘ladi.
Qovun-tarvuzim pishdimi, xuddi paykalning o‘zida savdosi bosh-
lanadi. Mening paykalimda bitgan umriboqiy, shakarpalak, qizilmag‘iz,
bo‘rikalla, ko‘kkallapish, doniyoriy, gurvoy, amiriy yoki qo‘zivoy
tarvuzlarimning xaridorlari har qachon yo‘lda bo‘ladi. (N. Safarov)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi?
2. Qanday qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi?
317-mashq.
Uyga topshiriq. O‘zingiz yashayotgan mahalla (qishloq) va
uning atrofida uchrovchi qo‘shma so‘z shaklidagi joy nomlariga misollar
yozing.
97-d a r s.
JUFT SO‘ZLAR VA ULARNING IMLOSI
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarning qanday asoslardan tashkil topganini
aniqlang. Kecha-kunduz, bordi-keldi, qishin-yozin.
Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki
asosning qo‘shiluvidan tashkil topgan so‘zlarga juft so‘zlar
deyiladi. Juft so‘z asoslari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Agar juft so‘zlar –u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, birinchi
so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
M a s a l a n: kecha-yu kunduz, past-u baland, osh-u non.
318-mashq.
Nasihatni o‘qing va yod oling. Juft so‘zlarni topib, ko‘-
chiring.
Ota-onaga munosabatda bo‘lishning ba‘zi qoidalarini bilib oling.
Birinchisi, ularga yurak-yurakdan xizmat qilmoqlikdir. Ikkinchisi,
imkoni boricha, ularning hurmatlarini joyiga qo‘ying. Uchinchisi,
har qanday buyruqlariga gap-so‘zsiz itoat qiling. To‘rtinchisi, buyruq
kutib ularning yuz-ko‘zlariga termilib o‘tirishni odat qiling. Beshin-
chisi, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
?
!!
8 – Ona tili, 5-sinf
114
319-mashq.
Ko‘chiring. Juft so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling.
Qarindosh-urug‘, el-yurt, kecha-yu kunduz, uch-to‘rt, bordi-keldi, shi-
rin-u shakar, erta-indin, katta-kichik, yor-u do‘st, baxt-saodat, besh-olti.
320-mashq.
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlar qo‘yib, juft so‘zlar yasang va
ularni ko‘chiring.
Ona. , mayda. , baland. , daftar. , erta. , besh. , qing‘ir. ,
keldi. , u. , ekin.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlarga juft so‘zlar deyiladi?
2. Juft so‘zlar qanday ma’noli asoslardan tashkil topadi?
3. Juft so‘zlar qanday yoziladi?
321-mashq
. Uyga topshiriq. Beshta gap tuzing. Unda juft so‘zlar ega,
kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib kelsin.
98-d a r s.
TAKRORIY SO‘ZLAR VA ULARNING IMLOSI
Topshiriq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida uchta gap tuzing. Ularning ma’nola-
rini ayting. Katta-katta, uzun-uzun, baland-baland, beshta-beshta, ko‘p-ko‘p.
Bir asosning ikki marta takrorlanishidan hosil bo‘lgan
so‘zlarga takroriy so‘zlar deyiladi.
322-mashq.
Gaplarni o‘qing, takroriy so‘zlarni topib, ular orqali ifoda-
lanayotgan ma’noni tushuntirib bering.
1. Yarim kechada darvozaga o‘rnatilgan qo‘ng‘iroq ustma-ust qattiq-
qattiq jiringladi. 2. Zum o‘tmay hovlida gurs-gurs tovushlar eshitilib,
eshik sharaqlab ochildi-yu, uyga birin-ketin uch kishi kirib keldi.
3. Odamlar Marjontovga murojaat qilib, undan yomonlarning dodini
berishni iltijo qilishardi. Hamon ahvol o‘sha-o‘sha! Hamon yomonlar
otda, yaxshilar dog‘da! (O.Yoqubov)
323-mashq.
Quyidagi takroriy so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning
gapdagi o‘rniga diqqat qiling.
Pir-pir, lip-lip, taq-taq, chars-chars, oz-moz, qand-pand, yugur-
yugur.
!!
?
115
324-mashq.
Quyidagi takroriy so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga oidligini
aniqlang va ularni guruhlarga bo‘lib, daftaringizga ko‘chiring.
Dir-dir, duv-duv, omon-omon, shu-shu, mish-mish, sur-sur,
hamma-hammaga, sekin-sekin, qop-qop, ayta-ayta, ming-ming.
Savol va topshiriqlar
1. Takroriy so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Takroriy so‘zlar qanday yoziladi?
3. Asoslarning aynan takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlarga
misollar keltiring.
325-mashq.
Uyga topshiriq. Takroriy so‘zlar ishtirokida beshtadan gap
yozib, ularni izohlang.
N a m u n a: Kitoblarimni bir-bir qarab chiqdim (son takror ish-
latilyapti).
99-d a r s.
MUSTAHKAMLASH DARSI
1-topshiriq. «Ikkinchi qismini toping!» o‘yinini tashkil qiling. Navbat
bilan quyida berilgan so‘zlarning ikkinchi qismini toping va ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Uzoq. , onda. , to‘y. , kiyim. , qora. , yakka. , dam. ,
istar. , quva. , achchiq. , o‘g‘il.
2-topshiriq. Qo‘shma, juft, takroriy otlarni topib, ularni izohlang.
3-topshiriq. Bitta so‘zni, masalan, qora so‘zini asos qilib, qo‘shma, juft
va takroriy so‘z yasay olasizmi? Shu asosida o‘yin tashkil qiling.
N a m u n a: Qorabuloq, oq-qora, qora-qura.
4-topshiriq. Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh ko‘kat, ikkinchi guruh
gul, uchinchi guruh poliz ekinlari nomiga 10 tadan qo‘shma ot yozsin. Qaysi
guruh birinchi bo‘lib bajarsa, shu guruh g‘olib sanaladi. Sinf taxtasiga har bir
guruhdan bittadan vakil chiqariladi, qolganlar daftariga yozib boradi.
N a m u n a:
1-guruh
2-guruh
3-guruh
g‘ozpanja
gulbeor
shakarpalak
5-topshiriq. Uyda «Yaxshilik nima?» mavzusida matn tuzing. Unda qo‘sh-
ma, juft, takroriy so‘zlardan foydalaning.
100-d a r s da nazorat diktanti o‘tkaziladi.
?
116
TAKRORLASH
101-d a r s.
MUSTAQIL SO‘ZLAR
Takrorlash uchun savollar
1. Mustaqil so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2. Ot deb nimaga aytiladi?
3. Sifatga ta’rif bering.
4. Son deb nimaga aytiladi?
5. Olmoshlardan qanday maqsadda foydalaniladi?
6. Fe’lning nechta zamoni bor?
7. Ravish deb nimaga aytiladi?
326-mashq.
Gaplarni o‘qing. Har bir so‘zga so‘roq berib, uning qaysi
so‘z turkumiga mansubligini aniqlang.
Xorazm o‘zbek ilm-fani, san’ati va madaniyatining eng qadimgi
o‘choqlaridandir. Bu tuproqdan yetishib chiqqan Xorazmiy, Beruniy,
Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Ogahiy kabi allomalarni butun
dunyo biladi.
Xivadagi ajoyib qal’alar, muhtasham binolar va ko‘kka bo‘y cho‘zgan
minoralar dunyoning boshqa yerida yo‘q.
327-mashq.
O‘zingiz yod olgan biror she’rdagi so‘zlarga egalik, kelishik
va shaxs-son qo‘shimchalarining qay tarzda qo‘shilganini tahlil qiling.
328-mashq.
O‘yinimiz «So‘zdan gapga» deb nomlanadi. O‘qituvchi sinf
taxtasiga bir so‘zni yozib qo‘yadi. O‘quvchilar shu so‘zga sifat, son, ravish,
fe’lni qo‘shib, gap holatiga keltiradilar.
N a m u n a:
Nima? daraxt/qanday? mevali/nechta? o‘nta/qachon? kecha/nima
qildik? ekdik
Kecha o‘nta mevali daraxt ekdik.
329-mashq.
Uyga topshiriq. Tarixiy obidalarimiz haqida bilganla-
ringizni hikoya tarzida yozing. Unda ishlatilgan so‘zlarni izohlashga hozirlik
ko‘ring.
?
117
102-d a r s.
YORDAMCHI SO‘ZLAR
Takrorlash uchun savollar
1. Yordamchi so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2. Ko‘makchi deb nimaga aytiladi?
3. Bog‘lovchiga ta’rif bering.
4. Yuklamaga misollar keltiring.
5. Qaysi yuklamalar so‘zga qo‘shib yozildi?
330-mashq.
Boshqotirmaga yashiringan yordamchi so‘zlarni toping, ular
ishtirokida gaplar tuzing.
1. Bog‘lovchi. 2. Yuklama. 3. Ko‘makchi. 4. Ko‘makchi. 5. Bog‘-
lovchisi. 6. Bog‘lovchi.
K a l i t s o ‘ z: bog‘lovchi
331-mashq.
Qavs ichidagi yordamchi so‘zlardan gap mazmuniga mos
keladiganlarini belgilang va gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing.
1. Dunyoda (xuddi, faqat, uchun) Vatan degan so‘z insonga aziz
bo‘lgan tushunchalarni o‘zida mujassam eta oladi. 2. Vatanni sevish
lozim, (ham, -mi, chunki) u bizning nomusimiz, orimiz. 3. Vatan
(ostida, goh. goh, va) ona degan so‘zlar hamisha yonma-yon keladi.
4.Vatan (-chi, hatto, uchun, -a) joningni qurbon qilsang arziydi.
5. Uzoq safardan o‘z yurtingga qaytish qanday yaxshi (-ku, -ya, -da)!
332-mashq.
Uyga topshiriq. Yordamchi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
103-d a r s da test ustida ishlanadi.
?
b
o
g‘
l
o
v
ch
i
1
2
3
4
5
6
118
FONETIKA. GRAFIKA
104-d a r s.
TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI
Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan
qaysisini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha
bo‘limlarga bo‘linadi.
Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi
esa grafika bo‘limida o‘rganiladi.
So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z tur-
kumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning
bog‘lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi.
Shunday qilib, tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya,
morfologiya va sintaksis bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan
iboratdir.
333-mashq.
Boburning quyidagi baytiga diqqat qiling. Undagi unli va
undosh tovushlarni ajrating.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
334-mashq.
She’rni o‘qing, tagiga chizilgan so‘zlarning qanday ma’no
bildirayotganini toping. So‘z va uning xususiyatlari tilshunoslikning qaysi
bo‘limida o‘rganilishi haqida bahslashing.
Qalin og‘ayni
Ulg‘ayishmoqda
Eson va Omon.
omon va eson.
Bir xil yoshdadir
Doim bo‘lishsin
Omon va Eson.
eson va omon.
(«Gulxan»)
*
335-mashq
. Xandalarni o‘qing. Undagi so‘zlarni so‘z turkumlari bo‘yicha
tahlil qiling. So‘z turkumlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
Shu haqda savol-javob tashkil qiling.
!!
119
O ‘ q i t u v c h i:
– Qani, Tohirjon, uchmoq fe’lini uch zamonda tuslab ber-chi.
T o h i r j o n:
– Uchdim, uchyapman va men oydaman.
* * *
O ‘ q i t u v c h i:
– Rustamjon, bog‘lovchilarga misol keltir-chi.
R u s t a m j o n:
– Sim, arqon, ip. («Gulxan»)
Savol va topshiriqlar
1. Fan va uning o‘rganish predmeti deganda, nimani tushunasiz?
2. Tilning tuzilishi va tilshunoslik bo‘limlari haqida fikringizni bayon
qiling.
3. Tilshunoslikning qanday bo‘limlari borligini ayting va ularning har
biriga izoh bering.
336-mashq.
Uyga topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, gaplar
tuzing. So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi, gap va uning turlari tilshunoslikning
qaysi bo‘limida o‘rganilishi haqida bahs tashkil qiling.
1. O‘lka, Navro‘z, kir, kel.
2. Dala, ek, ish, boshla.
3. Butun, tabiat, qayta, uyg‘on.
105-d a r s.
FONETIKA VA GRAFIKA
Topshiriq. Bola, kitob so‘zlarini bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga
ajrating. So‘zlarning necha bo‘g‘in va tovushdan iborat ekanini ayting.
Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik
bo‘limi fonetika, yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan
tilshunoslik bo‘limi esa grafika deyiladi.
Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‘zlash va harf-
lar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So‘zlash va yozish
orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi.
?
!!
120
Nutq ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri
asosida bayon qilingan nutq og‘zaki nutq, harflar ketma-ketligi
asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.
337-mashq.
Tagiga chizilgan so‘zlarning nima sababdan ma’no anglat-
masligini toping, fonetika haqida bahs yuriting.
Bizlar chug‘urlashib turganimizda Akmal aka kelib qoldi. Shunday
bo‘lsa ham, Akbar gapida davom etaverdi:
– Lamaymizmipoy?
– Dayqan libqi? – dedi A’zam.
Akmal aka bu qanaqa til degandek bizlarga qaradi?
Bizlar maktabda shunaqa tilda gaplashardik, maynavozchilikka.
Masalan, bir so‘zni aytmoqchi bo‘lsak, u so‘zning birinchi bo‘g‘inini
oxiriga olib gapiraveramiz. (N. Fozilov)
338-mashq.
Tovushlarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib, so‘zlar hosil qiling. So‘zlarni
hosil qilishda ular qanday o‘rin tutayotganini aytib bering.
hdoneq, kabtma, atdarf, garb, lyo, kdikle.
339-mashq
. So‘zlar qatoridan xato yozilgan so‘zni toping, uni imlo
qoidasiga mos ravishda to‘g‘rilab yozing.
Kutibxona, bultir, fikir, ilim, olip, qovin, shovullap.
Savol va topshiriqlar
1. Fonetika deb tilshunoslikning qanday bo‘limiga aytiladi?
2. Tilshunoslikning qanday bo‘limiga grafika deyiladi?
340-mashq.
Uyga topshiriq. Siz ham shunday bahslar yuriting.
– Shoshma, «unutish»ning buyruq formasi qanday yozilardi?
– «Unit!»
– «I» bilanmi? – Yayra kitobni varaqlab, o‘sha so‘zni qidirib topdi:
– Xato ketding, ukam! Mana «unut» yozilarkan.
– Tavba! «Urush»ning buyruq formasi «urish» yoziladi-ku?
– «Urush» fe’l emas, ot. Men bog‘dan kelsam, sen tog‘dan
kelyapsan. (P. Qodirov)
?
121
106-d a r s.
NUTQ TOVUSHI VA HARF
Topshiriq. Quyidagi gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni
tovushlarga bo‘ling:
Dalalarda boshlanadi ish. (Hamid Olimjon)
Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka
bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi.
Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi
mumkin: v, a, o, e harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng
singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi.
341-mashq.
Quyidagi harflarni yuqoridan pastga, so‘ngra pastdan
yuqoriga qarab o‘qib ko‘ring, pastdan yuqoriga qarab o‘qilgandagi gapga
e’tibor qiling.
A
CH
T
CH
L
N
R
N
I
I
U
I
O
T
Y
T
342-mashq.
Hazil topishmoqlarning javobini toping. Ularda tovushlarning
tutgan o‘rnini belgilang.
«Kel-kel», – desam, kelmaydi, «Kelma», – desam, keladi.
Olamda-yu odamda bitta, elatda yo‘q, odoblida ikkita. U nima? Unli
bilan boshlanadigan oylar ko‘pmi, undosh bilan boshlanadigan oy-
larmi?
Savol va topshiriqlar
1. Nutq tovushi deb nimaga aytiladi?
2. Harf deb nimaga aytiladi?
3. Tovushlar bilan harflar bir-biriga teng keladimi? Teng kelmagan
holatlarni ayting.
!!
?
122
343-mashq.
Uyga topshiriq. Boshqotirmadagi bo‘sh kataklarni to‘ldirib,
yashiringan gapni toping, tovushlarga izoh bering.
107-d a r s.
UNLI TOVUSHLAR
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bir-biridan farqlab turgan tovushlarni
aniqlang.
Bor, ber, bir, bur, bo‘r.
2-topshiriq. A, o, e, o‘, u, n, q, p, m tovushlarini talaffuz qiling. Bu
tovushlarning hosil bo‘lishidagi farqni tushuntiring.
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida
to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:
unli tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qan-
day to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan
tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i.
344-mashq.
Uch guruhga bo‘lining, birinchi guruh unlilarning so‘z
boshida, ikkinchi guruh so‘z o‘rtasida, uchinchi guruh so‘z oxirida keli-
shiga misollar keltirsin.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
antiqa
basavlat
manba
345-mashq.
Gaplardagi unlilarning ishlatilishiga alohida diqqat qiling.
1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Kishining hurmati o‘z
qo‘lida. 3. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi.
4. Mehrning xazinasi – til.
346-mashq.
Kataklar ichiga tushirib qoldirilgan unli harflarni qo‘ying.
Ularning gap ma’nosiga qanday ta’sir qilayotganini aniqlang.
q
u
v
o
n
ch
i
h
a
y
o
t
!!
123
Savol va topshiriqlar
1. Unli tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?
2. Tilimizda nechta unli tovush bor? Ularni sanab ko‘rsating.
347-mashq.
Uyga topshiriq. Rasm asosida matn tuzing, unli tovushlarga
tavsif bering.
T a y a n c h s o ‘ z l a r: qor, qorbobo, chana, qorbo‘ron, archa,
daraxt, kuchuk, o‘rtoq, sovuq, oppoq, o‘ynamoq, o‘tmoq, yugur-
moq, yog‘moq.
108-d a r s.
UNDOSH TOVUSHLAR
1-topshiriq. Quyidagi tovushlarni talaffuz qilib ko‘ring. O‘pkadan
chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining qayerida to‘siqqa uchrayotganini
aniqlang:
b, p, m, t, d, s, z.
2-topshiriq. Mazkur tovushlarning qaysilari talaffuzida lab ishtirok etadi?
O‘
R
N
S
Z
G‘
A
Z
B
NG G
A
Z
B
Z
?
124
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum
bir joyida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan
tovushlar undosh tovushlar sanaladi.
Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z,
j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng.
1. Qo‘shib yozish qoidalari. Ajratib yozish qoidalari. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
Mavzu: SO‘ZLARNI QO‘SHIB YOZISH, AJRATIB YOZISH VA CHIZIQCHA BILAN YOZISH QOIDALARI
R E J A:
1. Qo‘shib yozish qoidalari.
2. Ajratib yozish qoidalari.
3. Chiziqcha bilan yozish qoidalari.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch tushunchalar: orfografiya, unli tovushlar, adabiy me’yor, grafika, undoshlar tovushlar, yozma me’yor, asos, qo‘shimcha, tovush o‘zgarishlari.
So‘zlarning o‘zaro birikuvi natijasida qo‘shma so‘zlar hosil bo‘ladi. Ular imlo qoidalariga ko‘ra qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan yoziladi.
Qo‘shib yoziladi:
1. Noma, bop, kam, umum, sifat, talab, kam, xona, mijoz, ham, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: shartnoma, talabnoma, ommabop, kamquvvat, umumdavlat, umumxalq, devsifat, suvtalab, qabulxona, sovuqmijoz, hamkorlik, orombaxsh.
2. -(a)r (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishyoqmas, o‘rinbosar, otboqar, qushqo‘nmas.
3. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la), bizbizak (biz-biz+ak).
4. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: sheryurak, bodomqovoq, karnaygul, otquloq, devqomat, oybolta.
5. Narsa, uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, mingoyoq, achchiqtosh.
6. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar: tokqaychi, qiymataxta, ko‘zoynak, oshrayhon.
7. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, suvilon, qashqargul, cho‘yalpiz.
8. Marosim, afsona, kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar: kelintushdi, qoryog‘di, Ochildasturxon, Urto‘qmoq.
9. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar: olmaqoqi, mingboshi, so‘zboshi.
10. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari: Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod, Yangiyo‘l.
11. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yoli bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: fotoapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, radiostansiya, suvosti, bayramoldi.
12. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shilib yoziladi. SamDU, O‘zMU.
13. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: ufff, yo‘o‘q, nimaa kabi.
Ajratib yozish
Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi:
sarf qildi, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.
Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:
aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi.
Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qismlar qo‘shib yoziladi:
aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
Ko‘makchilar ajratib yoziladi:
shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchun ko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi:
hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi.
Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi. Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, him, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi:
to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi.
Murakkab son qismlari ajratib yoziladi:
o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetii yuz sakson beshinchi kabi.
Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko’p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘zlar, shuningdek, qismlaridan har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ona tili 10-sinf
Internet manbalari
2.ziyo.net
3.aim.uz
4.fayllar.org
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
MAVZU: QO’SHMA VA JUFT SOZLAR IMLOSI, ULARNI AJRATIB, QO’SHIB VA CHIZIQCH BILAN YOZISH
2. Ularning imlosi, ajratib yozish, qo’shib va chiziqcha bilan yozish.
3. Juft so’zlar haqida tushuncha.
4. Juft so’zlarnining imlosi, ularni ajratib, qo’shib va chiziqcha bilan yozish.
Tayanch so’z va iboralar: sodda so’z, qo’shma soz, juft soz, takror so’z, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, qo’shib yozish, so’z birikmasi, izohli birikma, sifat, fe’l, ko’makchi, yuklama, son, olmosh, ot, yo’akchi fe’l, ko’makchi fe’l, qaratuvchili birikma, qisqartmalar, qo’shimoha, taqlid so’zlar.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’no bildiruvchi o’zak, morfemalardan iborat so’zlar qo’shma so’z deyiladi. Qo’shma so’zlar so’z yasalishining kompozitsion usuluga kiradi. Qo’shma so’z birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemadan tashkil topgan bir so’zdir. U shu xususiyati bilan sodda so’z va so’z birikmasidan farq qiladi.
Qoshma so’zning sodda so’zdan farqi shundaki, sodda so’zda mustaqil ma’noli morfema bitta, qo’shma so’zda esa birdan orliq bo’ladi. Misol uchun bir necha so’zlarni olib ko’raylik. ‘Erksevar’ so’zi ikkila mustaqil so’zdan tuzilgan. Biri erk, ikkinchisi sevar, belbog’, tomorqa, boshpana, asalari, tuyaqush, oybolta, ertapishar, osmono’por kabi so’zlar tarkibida ikkita mustaqil so’z asosi mavjud.
Sodda so’zlarda esa o’zak bitta bo’ladi. Lekin va’zi qo’shma so’zlar o’z xususiyatini yo’qotib soda so’z o’rinini oladi. Masalan: kechqurun qadimda kech va qurun degan mustaqil sozlardan iborat edi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida qurun so’zining asosiy ma’nosi yoqoldi va u faqat sodda so’z tarkida qoldi. Yomg’ir so’zi yog’ va amir so’zidan yasalgan bo’lib qo’shma so’z sanalar edi, lekin hozir uning tarkida tovush o’zgarishi yuz bergani uchun soda so’zga aylanib qolgan. Zararkunanda, dardisar, astoydil santimo’r, odamshinavanda, aeroport kabi so’zlar ham o’zlashgan bo’lib ular aslida ikkita so’zdan iborat bo’lsa-da, o’zbek tiliga o’tgach, soda so’zga aylangan.
Qo’shma so’zning so’z birikmasidan farqi shundaki, qo’shma so’zning qismlari morfema, so’z birikmasining qismlari esa mustaqil so’z bo’ladi. Shu savabli qo’shma so’zlarning qismlari yaxlitligicha yangi mustaqil ma’noni bildiradi. Masalan: tuya va qush, oy va bolta so’zlari mustaqil ma’no bildiradi, ularni o’zaro biriktirsak, tuyaqush, oybolta kabi yangi so’z yasaydi. So’z birikmasida esa so’zlar o’z mustaqil ma’nosini saqlaydi va ular o’rtasida sintaktik aloqa bo’ladi. Masalan: qora sumka, kumush qoshiq, oltin yaroq, oltin qala, atlas ko’ylakli qiz, hesh qavatli kabi.
Qoshma so’z tarkibida birdan ortiq morfema bo’lishi shart. Mustaqil ma’noli so’z bilan yordaMchi so’zning birikishidan hosil bo’lgan qo’shma fe’llar qo’shma so’z bo’la olmaydi. Masalan: o’qib bermoq, yoza boshlamoq, uxlab qolmoq kabi. Chunki, ularning birinchisi mustaqil ma’nosini saqlayapti, ikkinchisi esa unga qo’shimcha ma’no bermoqda. Mana qo’shma so’zlar haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Endi ularning imlosi haqida to’xtalamiz. Qo’shma so’zlar qo’shib yozilishi, ajratib yozilishi va chiziqcha bilan yozilishi mumkin.
Quyidagicha tuzilishdagi qo’shma so’zlar qoshib yoziladi:
A. Bir tushunchani bildiradigan va birbosh urg’u bilan aytiladigan qo’shma so’zlar: belbog’, asalari, oshqozon, sheryurak, qshqargul kabi.
B.Xush, kam, ham, umum, bop, noma, xoma, sifat, rang, vaxsh, poya, mijoz. talab, katn kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlar: xushxavar, kamhosil, hamfikr, umumxalq, hammabop, tavsiyznoma, taklifitoma, bedapoya, qabulxona, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
D. Ikkinchi qismi -(a)r, -mas qo’shimchalari bilan tugayqigan qo’shma so’zlar: o’rinbosar, otboqar, CHO’Lquvar, ishyoqmas, qushqo ‘nmas.
E. Takror taqlid so’zlarga qo’shimchalar qo’shish bilan tugaydigan qo’shma ot va fe’llar qo’shib yoziladi: pirpirak (pir+pir+ak), hayhayla (hay+hay+la), gijgijla (gij+gij+la).
F. Narsani uning rangi, mazasi, o’zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo’shma otlar: olaqarg’a, qisilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi
G. Narsani boshqa biror narsaga nisvatlash(qiyoslash), o’zshalish yo’li bilan bildiruvchi qo’shma ot va qo’shma sifatlar qo’shib yoziladi: karnaygul, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg’iyko’z kabi.
H. Narsani biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqora, nosqovoq, ko’zoynak kabi.
I. lkkinchi qismi turdosh ot yoki ovod so’zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyol, Kosonsoy, Yunusobod, Mirsaobod, Husanko’l kabi, ammo ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi: o’rta Chirchiq, Eski Arab, Yngi Arab, o’rta Osiyo kabi.
2. Quyidagi qoshma sozlar ajratib yoziladi:
A. Qo’shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: sarfqil, ta’sir o’moq, tamom bo’lmoq, sotib olmoq, shifo topmoq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, ko’rgan edi kabi.
B. Ko’makchi fe’l to’liqsiz fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko’r, so’rab qo’y, ko’ra qol, bera boshla, ketgan edi, ketgan emish kabi. Lekin bilan ko’makchisining -la shakli, ushun ko’makchisining –chun shakli chiziqcha bilan yoziladi.
D.Qo’shma ravishlar ajiratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birto’la, birmuncha so’zlar bundati mustasno;
E.Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o’n bir, besh yuz, qirq ming oltiyuz, bir ming to’qqiz yuz sakson sakkiz kabi.
F. o’zaro dan qoshiMchasi bilan bo’g’langan takror so’zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, ko’pdan ko’p kabi.
G.Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to’q, jiqqajim, liq, lang, och kabi sozlar ajratib yoziladi: to’q sariq, jiqqa ho’l tim qora, liq to’la, lan gochiq, och qizil kabi.
3. Quyidagi so’zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
A. Jift va takror so’zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to’rt o’n-o’nbeshta, bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayday-chuyda, aldab-suldab, oylab-no’ib, so’ramay-no’may, kiyim-kechak, adi-vadi, taq-tuq, qop-qop, ming-mirtg, bitlu-bitta, ishluy-ishlay, valand-valand, humma-hammusi, ich-ichidan kabi.
B. juft so’zIar orasida -u(-yu) bog’lovchisi qo’IIansa, bog’lovchidan oldin chiziqcha ishlatiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz, do’st-u dushman,
D. -ma, -va yordamida birikkan so’z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-varang, qadam-vaqadam kabi.
E. arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlari chiziqcha bilan yoziladi: 5-sinf, 1991-yil, 3-sentabr kabi.
F. Yo’akchi va ko’makchi fe’l bir xil shaklda bo’lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo’yasan, uxlabman-qolibman kabi
G. -chi, -a (ya), – ku, -u (yu), -da, -e, -ey, -yey yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxhi-yu, qo ‘y-e, yashang-e, o ‘g’lim-ey, keldi-eye kabi.
Sinonimlar yoki antonimlari yonma-yon qo’llanishi natijasida juft so’zlar hosil bo’ldi. Mehr-oqivat, aka-uka, katta-kichik, unda-bunda, urf-odat, vaxt-saodat, o’g’ilu qiz, qarindosh-urug’, tevarak-atrof, kuch-qudrat, yo l-yo’lakay, kirim-chiqim.
Juft so’zlar bir so’zning takroridan ham hosil bo’ladi: yosh-yosh, katta-katta.
Bunday so’zlar chiziqcha bilan yoziladi. Agar juft so’zlar orasiga -u, -yu yuklamasi qo’llansa yuklama birinchi so’zga qo’shib yoziladi, ikkinchi so’z ajratilib yoziladi: yeru osmon, yoru-do’sf, qishlog’u shahar, kattayu kichik.
Juft so’zlar bir so’zning takroridan hosil bo’lganda, ikkinchisining bosh bo’g’ni da tovush o’zgarishi yuz berishi mumkin: non-pon, gap-map kabi
Qo’shma sozlar ham juft so’zlar ham o’zbek tili lug’at boyligini ko’paytiradigan usullardan bo’lib u turli so’z turkumlariga kiruvchu so’zlardan yangi so’zlar yashash imkoniyatini beradi. Bu tilimizning cheksiz imkoniyatlaridan biri uni bilish va puxta o’zlashtirish so’zlashish imkoniyatingizni ko’paytiradi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Qo’shma so’zlar haqida majlumot bering.
2. Qoshma so’zlarning imJosini so’zlab bering.
3. Ajratib yozishga misollar keltirin.
4. Qoshib va chiziqcha bilan yozishga misollar ayting.
5. Juft so’z deganda nimani tushunasiz?
6. Juft so’zlar imiosini aytib bering.
7. 34-mashqni ko’chiring va ularning ma’nosini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat
1. A.Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ DMAK. 2002 yil.
2. G.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy o’quv yurtlari studentlari uchun qo’llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil.
3. O’zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bo’.
4. Imlo lug’ati. Maktab o’quvchilari uchun qollanma. Toshkent-1976 yil.
5. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent – «O’qituvchi» – 1995.
6. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. 1995 yil. 24 avgust.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi:
Frontal savollar:
1. Qo’shma so’zlar imlosi, ularni ajratib, qo’shib va chiziqch bilan yozishni bilasizmi?
2. Juft so’zlar imlosi, ularni ajratib, qo’shib va chtziqch bilan yozishni tushuntirib bering.
Darsning yakuni: o’qituvchi yangi mavzu boyicha o’quvchilaming tushunmagan savollariga javob beradi. Darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini vaholaydi, vaholarni izohlaydi hamda darsni yakunlaydi.
6. Uyga vazifa:
A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ NMAK. 2002 yil. 47-51 bo’.
1. mavzu: Qisqartma so’zlar va bosh harflar imlosida qoidadan cho’ga chiqish savablari va unga munosavat. Bo’g’in ko’chirish qoidalari
2. Dars turi: ____________________________
3. Dars vaqti: ____ daqiqa
4. Dars tipi: o’quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash, yangi mavzuni o’zlashtirish.
5. Darsda qo’llaniladigan usullar: Innovatsiyon texnoligoyalari asosida ‘Muz yorar’, ‘B.B.B.’ usullari,
6. Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
1. Frontal savollar. 2. Test savolliklari. 3. Mustaqil ish turi.
7. Dasr maqsadlari:
- Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash;
- Iralo qodalarini o’rganish;
- Qisqartraa so’zlar imlosining puxta o’rganish;
- Bosh harflar imlosini o’rganish;
- Bo’g’in ko’chirish qoidalarini bilish.
- o’quvchilarda namunali savodxonlik ko’nikmalarini shakllantirish.
- Amaliy faoliyatda imlo qoidalarini to’g’ri qollay bilish.
- o’quvchidagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida sozlash ko’nikmasini yanada rivojlandrish.
- Ona tiliga muhabvat hissini kuchaytirish;
- Hozirgi o’zbek adabiy tilning asosiy tamoiylarini kengroq bilish;
- Til birliklarini amalda bexato qo’llay olish ko’nikmasini rivojlantirish;
- O’quvchining namunali yozma va og’zaki nutqini shakllanishini o’stirish;
- Nutqiy faoliyat chog’ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish.
- Mustaqil flkrlash va o’z fikrini aniq, to’liq vayon qilish ko’nikmasini rivojlantirish.
- O’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlanlirish.
9. Darsning didaktikasi(integratsiya):
A.Fandagi mavzulararo bog’lanish:
Mavzu: 1.Imlo qoidalarining asosiy bo’limlarini sharhlash. So’zlarda unli va undoshlarning qo’shaloq qo’llanishi
Mavzu: 2.So’z o’zagiga qoshiMchalar qo’shganda yuz beradigan tovush o’zgarishlari asosida to’g’ri yozish. -ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo’llanishi.
B.Fanlararo bog’lanish:
1. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish:
Mavzu.1. Til birliklarining vazifasi va ularni amalda qo’llanishi.
- Mavzuni meditsina tarixidan olgan bilimlar asosida tushuntirish.
- Tibbiyot xodimi va bemor o’rtasidagi muloqot jarayonida adabiy tildan foydalish zaruriyatini tushuntirish;
- Kundalik hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog’lanish.
- Ichki kechinma, fikr-mulohaza, dunyoqarashni tushuntirish.
- Qisqartma so’zlar imlosining puxta o’rganish;
- Bosh harflar imlosini o’rganish;
- Bo’g’in ko’chirish qoidalarini bilish.
Mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, tarqatma maleriallar, test savolliklari. Slayd, kodoskop, ekran, o’zbek tilining asosiy imlo qoidalarining to’liq matni. Imlo lug’ati.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.