Press "Enter" to skip to content

YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma

Rivojlantirilgan kanal sizning videolaringiz va biznesingizni kechayu-kunduz targ’ib qiladi va ko’p yillar davomida yangi mijozlar hamda obunachilarni jalb qiladi.

YouTubeda o’z kanalingizni ochishga tayyormisiz?

Youtubedan ham qo’shimcha daromad topishni boshlang! Bu siz uchun qo’shimcha daromad va biznesingiz uchun foydali bo’lishi aniq. O’zingizni yana bir qirrangizni kashf qiling!

2.29

Dunyo aholisi youtube ilovasidan foydalanadi

81.3%

Inson deyarli har kuni yuotubeda qizlarli video ko’rish bilan vaqt o’tkazadi

2.29

Dunyo aholisi youtube ilovasidan foydalanadi

81.3%

Inson deyarli har kuni yuotubeda qizlarli video ko’rish bilan vaqt o’tkazadi

YouTube da kanal qanday ochiladi?

YouTube – yangi auditoriyani jalb qilish va brend xabardorligini oshirish uchun mukammal platforma. Dunyo miqyosida Internet foydalanuvchilarining 80% dan ko’prog’i har kuni onlayn videolarni tomosha qiladilar hamda shu orqali brendlar, mahsulotlar haqida xabardor bo’lishadi. YouTube’da kanallarga obuna bo’lish va “Like” bosish uchun Google akkauntga ega bo’lish kifoya. Ammo, agar siz YouTube imkoniyatlaridan to’liq foydalanmoqchi bo’lsangiz, unda o’z kanalingizni yaratishingiz kerak. Shundagina siz video yuklashingiz, ularni pleylistlarga qo’shishingiz, sharhlar qoldirishingiz va boshqa ko’p amallarni bajarishingiz mumkin.

1000dan

ortiq kuzatuvchilarga ega bo’ling!

Tajriba

siz uchun tajribaga ega mutahasislar ish olib borishadi

78.3%

qo’shimcha daromadga ega bo’ling!

56.8% odam

YouTubeda ishlashni o’z kasblariga aylantirganlar

YouTube da kanal ochisni mutaxassislarga ishonish foydalari

YouTube KANALNI OQILAga ISHONGAN MAQULMI YOKI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHMI?

Internetdagi ko’plab YouTubedagi kanallarni avtomatik rivojlantirish xizmatlaridan foydalanib, siz kanalingizni mustaqil ravishda yuritishingiz ham mumkin. Ammo yuqori natijalarga erishish uchun ushbu dasturlarning o’zi yetarli emas. YouTube’da kanal ochish va uni rivojlantirishning har bir bosqichi, ketma-ketligi va muhim jihatlari kabilarni o’rganish, targ’ibot usullarini o’zlashtirish uchun sizga ma’lum vaqt kerak bo’ladi. YouTube kanalini mustaqil ravishda rivojlantirib siz mablag’ingizni tejaysiz, lekin yo’qolgan vaqt hamda yo’qotilgan foydani qaytarib bo’lmaydi.

Bizning mutaxassislarimiz eng kam byudjet bilan, eng muhimi – eng qisqa vaqt ichida maksimal natijaga erishadigan reklama kampaniyasini amalga oshira oladilar. Bunga qo’shimcha ravishda siz optimallashtirilgan kanal va yaxshi ishlab chiqilgan dizayn, konsultativ yordam kabilarga ham ega bo’lasiz.

BIZNES UCHUN ENG YAXSHI YECHIM – YouTubega VIDEO JOYLASHDIR

Videokontent orqali biznesni targ’ib qilish – bu sizning videolaringizni yuz minglab real foydalanuvchilar tomonidan tomosha qilinishini anglatadi!
Demak, biznesda ham, blogerlikda ham o’z mijozlaringiz va auditoriyangizga ega bo’lishda YouTube eng maqbul yechim. Ammo bunda shunchaki kanal ochib, video joylashning o’zi kamlik qiladi. Hozirda videokontent shunchalik rivojlanganki, tomoshabinlar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olishadi. Shu sababli sizning videokontentingiz tomoshabinni o’ziga jalb qiladigan, sizning keyinchalik taqdim etadigan videolaringizga ham qiziqish uyg’ota oladigan darajada bo’lishi kerak. Aynan ushbu vazifalarni uddalashda biz – OQILA kompaniyasi mutaxassislari sizga yordam beramiz.
Biz quyidagilarni kafolatlaymiz:

  • Videolarning «haqiqiy» tomoshabinlari sonining ko’payishi
  • Kanalingiz obunachilari sonining ortishi
  • Tomoshabinlarning qamrovi
  • Brend xabardorligini oshirish
  • Maqsadli auditoriyani aniq yo’naltirish (targeting).

Bizning xizmatimizning asosiy natijasi

Siz jonli va maqsadli auditoriyadan videolaringiz ostida ko’rishlar va faolliklarning kuchli, kafolatlangan o’sishini qo’lga kiritasiz. Sizning videolaringiz YouTube TOPga kiradi va u yerda uzoq vaqt qoladi!

Rivojlantirilgan kanal sizning videolaringiz va biznesingizni kechayu-kunduz targ’ib qiladi va ko’p yillar davomida yangi mijozlar hamda obunachilarni jalb qiladi.

1.Taxmin qilingan ko’rish soni kafolatlanadi

Sizning videokontentingizni ko’rish soni taxmin qilingan darajaga yetishi kafolatlanadi. Biz kanalni rivojlantirishni boshlashdan oldin batafsil tahlil o’tkazamiz va ko’ruv soni bo’yicha reja tuzamiz. Agar u haqiqatga to’g’ri kelmasa, biz amalga oshirilgan to’lovni qaytarishga tayyormiz

2. YouTube’da kanal targ’ibotiga sarflagan mablag’ingiz 100% himoyalanadi.

YouTube mutaxassislari videolarni joylashtirish qoidalariga rioya qilinishini qat’iy nazorat qiladilar va qoidabuzarlarni jazolaydilar. Biz video joylashtirishda barcha mavjud talab va qoidalarga amal qilinishini nazoratga olamiz. Bu sizning kanalingiz taqiqqa uchrashi xavfini kamaytiradi. Agar bu holat ro’y bersa, biz taqiqdan chiqish bo’yicha barcha ishlarni bepul amalga oshiramiz

3. Sizning roliklaringiz maqsadli auditoriyaga taqdim etiladi.

YouTube videokontentini rivojlantirish samaradorligini oshirish uchun biz targetingni to’g’ri sozlab beramiz. Siz bilan kelishgan holda maqsadli auditoriyaning barcha parametrlari sozlanadi. Yana ta’kidlaymiz: barcha videolarning ko’rish soni haqiqiydir!

YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma

Buning uchun oldin YouTube servisida Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz (avtorizatsiya qilishingiz) lozim. Agarda haliyam akkauntingiz yo‘q bo‘lsa, «Voyti» tugmachasini bosib, keyin «Sozdat akkaunt»ni tanlab, uyog‘iga tizim ko‘rsatmalariga rioya qilsangiz, tezda akkaunt ochib olasiz.

Google akkauntingiz bilan YouTube’ga kirganingizdan keyingina kanal ochishga kirisha olasiz. Mazkur xostingda ikki xil videokanal ochsangiz bo‘ladi: shaxsiy (o‘z nomingiz bilan) hamda shaxsiy bo‘lmagan (istalgan nom bilan).

Demak, yuqoridagi ikki xil kanal ochish usullarini va ularning o‘ziga xosliklarini, keyin esa kanalni ishga tayyorlashni ko‘rib chiqamiz.

YouTube’da shaxsiy kanal ochish

Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.

Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan:

Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin.

Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan ekan:

Demak, ayni mana shu joyni bosib, shaxsiy kanalingizni o‘zingiz yaratasiz va «S vashim imenem» variantini tanlaysiz:

Buyog‘iga tizim yo‘riqnomalariga amal qilib, shaxsiy vlogingizni yaratib olaverasiz.

Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish

Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.

Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.

Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat» tugmachasini bosasiz. Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.

Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «Nastroyki»ni topib, ustiga bosasiz.

Endi ochilgan oynada «Dobavit ili udalit administratorov kanala» yozuvi ustiga chertasiz:

So‘ng «Nastroyki dostupa» bo‘limiga o‘tasiz:

Mana shu yerdagi «Priglasit polzovateley» belgichasi ustiga chertib, kanalni birga boshqarishi kerak bo‘lgan kishilarning rollari va pochta manzillarini ko‘rsatasiz:

Siz shaxsiy bo‘lmagan YouTube‑kanalni boshqarish uchun uning egasi (vladelets), ma’muri (administrator) hamda menejerini belgilay olasiz. Ulardan har birining rollari haqida esa mana bu havola orqali Google ma’lumotnomasidan (rus tilida) o‘qib olishingiz mumkin.

Yangi ochilgan YouTubekanalni ishga tayyorlash

  1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube’ning ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15 daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.
  2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube‑kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek, o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Qani, videokanal ochishni hoziroq boshlaymizmi? Buning uchun siz professional bo‘lishingiz ham shartmas, videokamera ham kerak bo‘lmaydi, yana pul topish ham mumkin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.