Press "Enter" to skip to content

Frontend dasturchi bo’lish uchun nimalar qilish kerak

JavaScriptni puxta egallab olganingizdan so’ng JavaScript freymvorklardan birini o’rganishga kirishishingiz mumkin. Hozirda Angular, React va Vue freymvorklariga talab ko’proq. Shu uchchala freymvorkdan Vue o’rganib, moslashib ketishga qolganlariga qaraganda nisbatan kamroq vaqt talab qiladi. Uning ba’zi imkoniyatlarini vuejs.org sayti bosh sahifasidagi videoda ko’rishingiz mumkin. Vueni Laracasts.com saytidagi “Vue 2 Step by Step” bepul videokursi yordamida qisqa vaqtda o’rgana olasiz.

Yangi veb-dasturchi qanday qilib qisqa fursatda ish topishi mumkin?

Hozirda dasturlash ommabop va daromadli kasb deb hisoblanishi sir emas. Har kuni IT-kompaniyalari katta imkoniyatlar yaratadi va loyihalar uchun yaxshi ish haqini taklif qiladi. Ammo, agar siz endigina veb-dasturchilik kurslarini bitirgan bo’lsangiz va siz bu sohada kam tajribaga ega bo’lsangiz nima qilish kerak?

Afsuski, yoshlarga bo’sh ish o’rinlari juda kam, axir barcha ish beruvchilar o’zlar kod yozishga qodir bo’lgan shaxsni ishga olishni xohlashadi. Shu bilan birga, dasturchilarga ehtiyoj katta.

Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?

Avvalo, tarjimai xold bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing a, masalan, JavaScipt. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondoshgansiz deb o’ylaydi.

To’g’ri tilni tanlang.

Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, HTML, CSS, JavaScript, PHP, C ++, Python, C #, Laravel va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling. Saytlarning faqat tashqi koʻrinishi bilan ishlash uchun kutishgan bo’lsangiz, u holda uchta tilni o’zlashtirishning oʻzi yetarli: HTML, CSS, JavaScript.

Shubhasiz, hech kim yangi veb-dasturchini kosmosga uchib ketishni kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.

Tarjimai xolda ta’lim darajasini yoki maxsus kurslarda olingan sertifikatlarning mavjudligini ko’rsatish kerakmi deb so’raysiz.

Dastlabki tanlovda ish beruvchilar aynan shu mezon bo’yicha ish tutishadi. Ular xulosa chiqarish uchun ish tajribangiz va maʼlumotingizga qarashadi. Shuning uchun diplom yoki sertifikat mavjudligi haqida aniq ko’rsatib qo’ying.

Tanlov bosqichida portfolio juda katta ahamiyatga ega ekanini bilasizgiz kerak? Portfolioingizga qarab, ish beruvchi muayyan bir vazifani bajara olish-ollmasligingizni baholaydii.

Portfolioda nima yozish mumkin?

Kichik veb-sayt yarating va uni eng yaxshi Github-da joylashtiring. Ish beruvchiga saytingizning tafsilotlarini aytib bering, qanday texnologiyalardan foydalandingiz, veb-sayt nimadan tashkil topganini va kodni ko’rsating. Boshqa texnologiyalardan foydalangan holda boshqa saytlarni ham yaratishingiz mumkin.

Ishga taklif qiluvchi eʼlonlariga javob qoldiring.

Ish qidirishni boshlashdan oldin, ideal ish kuningiz qanday bo’lishi kerakligini o’ylab chiqing. Siz qaysi ofisda ishlashni va qanday loyihalarni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Biroq, hayolparastlik qilman, chunki maoshi zoʻr va katta shirkatda ishlash uchun siz qanday boʻlsa ham tajriba olishingiz kerak.

Qiziqarli deb hisoblagan barcha ishga taklif qiluvchi eʼlonlarga javob qoldiring. Agar siz test topshirig’ini olgan bo’lsangiz, javobgarlikni zimmamizga qabul qilib belgilangan muddatda bajaring.

Sinov muddati ish beruvchining ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida o’zingizni yaxshi qirralaringizni ko’rsating. Baʼzi masalalarda qiynalsangiz savol berishga uyalmang. Bir masalani yechishda ikki-uch kun ketkazgandan ko’ra katta veb-dasturchilardan yordam so’rash yaxshiroq. Aks holda, ish beruvchi sizni oddiy vazifani ham o’z vaqtida bajara olmaysiz deb o’ylaydi.
Manba : codeclass.uz

Frontend dasturchi bo’lish uchun nimalar qilish kerak?

How to becoma a frontend web developer in 2017 maqolasi asosida qo’shimchalar bilan Muhammadjavohir Sur’atov tarjimasi.

Hozirgi kunda internetdagi bor resurslar yordamida xohlagan odam dasturlashni mustaqil o’rgana olishi mumkin. Albatta, agar Sizga tajribali mutaxasis ustozlik qilsa, vaqtingiz ancha tejaladi. Lekin bunga sizda iloj yo’q bo’lsa, xafa bo’lishga o’rin yo’q. Frontend dasturchi bo’lish uchun bir yo’lni mahkam tutib o’rganishingiz va mutaxassisligingiz dalili sifatida bir necha loyiha ustida ishlab, ularni portfoliongizga joylashingiz kerak bo’ladi. Frontend dasturchi bilishi kerak bo’lgan narsalarni sanab o’tishdan oldin, frontend dasturchi o’zi kim va kundalik hayotida qanday vazifalar bajarishini ko’rib chiqamiz.

Frontend dasturchi — vebsaytning vizual va interfaol qismini tuzuvchi mutaxassis. U veb dizayner tayyorlab bergan sayt dizaynini kodga o’tkazib, saytni bekend dasturchi ishlashi uchun tayyor holga keltiradi. Bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri unchalik bog’liq bo’lmagan 2 sohani bog’lab turgani uchun yaxshi frontend dasturchidan kreativlik va texnologiyalarga chuqur qiziqish talab qilinadi. Soddaroq aytadigan bo’lsak, uning kundalik vazifasi HTML, CSS va JavaScript yordamida saytning foydalanuvchi interfeysini tuzishdan iborat.

Birinchi navbatda HTML va CSSni o’rganing

HTML (Hypertext Markup Language) va CSS (Cascading Stylesheets) frontend dasturlashning asosiy qismlaridir. Bu ikkisini bir necha hafta ichida o’rta darajada o’rganib olish mumkin. Ularni o’rganish uchun LearnShayHowe.com, Codecademy.com lardan foydalanishingiz mumkin.

Loyihalar ustida ishlang

HTML va CSSda ishlashga qo’lingiz kelishib qolganidan so’ng turli xil loyihalar ustida ishlasangiz, bilimlaringizni yanada mustahkamlab olishingiz mumkin bo’ladi. Misol uchun boshlanishiga Men haqimda sahifasini tuzib, biroz o’tib Pinterest kabi nisbatan murakkabroq loyihalarni tuzishga harakat qilib ko’ring.

Yildan-yilga ko’proq foydalanuvchilar mobil uskunalar (telefon, planshet) yordamida internetdan foydalanishyapti. Shuning uchun vebsaytlarning kichik ekranlarga ham moslashib, qulay va chiroyli ko’rinishda bo’lishi hozirgi kunda frontend dasturchi qilishi kerak bo’lgan majburiy vazifalardan biriga aylandi. Tuzadigan saytingizga shunday imkoniyatni tatbiq qilmoqchi bo’lsangiz, moslashuvchan veb dizayn va media so’rovlar (media queries)ni o’rganib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Keyingi bekat — JavaScript

JavaScript yordamida vebsaytga juda ko’p interfaollik elementlarini qo’shish mumkin. Aylanib turuvchi rasm galereyasi, sakrab chiquvchi oynalar va tugma bosilishiga qarab ko’proq/kamroq ma’lumot ko’rsatuvchi tugmalar ham JavaScriptda tuzilgan.

Dasturlashga mo’ljallangan eng mashhur savol-javoblar sayti StackOverlfowning 2017-yilgi so’rovnomasiga ko’ra JavaScript shu yilgi eng mashhur dasturlash tili, deb topilgan.

JavaScript tilini Codecademy, Mozilla qo’llanmalari yoki WatchAndCode.com dan o’rganishingiz mumkin. Kitobsevarlar uchun esa Eloquent JavaScript kitobi juda qo’l keladi.

HTML va CSS haqidagi qismdagidek, JavaScriptni o’rgandan keyin ham loyihalar ustida ishlash kerak. Boshlanishiga “Vazifalar” dasturi, xarid savatchasiga qo’shish funksiyasi yoki matn terish o’yinini tuzib ko’rishingiz mumkin. Yodda tuting: faqatgina nazariy bilim olib, uni amalda qo’llamasangiz, vaqtingiz bekor ketgani qoladi.

(2017-yil sentabrdagi UzGeeks yig’ilishida ham JavaScriptni o’rganishda qo’l kelishi mumkin bo’lgan bir necha manba va tavsiyalar berilgan. Uni bu yerda ko’rishingiz mumkin — tarjimon)

jQuery kutubxonasi

Oldingi vaqtlarga qaraganda nisbatan ahamiyati pasaygan bo’lsada, jQuery kutubxonasi yordamida saytingizga juda ko’p imkoniyatlar qo’shishingiz mumkin. CodeSchoolning bepul “Try jQuery” o’quv kursi 1 hafta ichida jQuery asoslarini o’rganishga yordam beradi (sinalgan manba — tarjimon).

Bootstrap CSS freymvorki

Frontend dasturlashda saytlar ko’rinishining ba’zi qismlari boshqa ko’p saytlarda takrorlanadi, deyarli bir xil ko’rinishda bo’ladi. Bootstrap CSS freymvorki ana shunday ko’p takrorlanuvchi sayt qismlarini ishlatishga tayyor holda taqdim qiluvchi freymvorklardan biridir. Bootstrap yordamida qisqa vaqt ichida chiroyli va turli ekranlarga moslashuvchan sayt tuza olishingiz mumkin. Uni Bootstrap rasmiy sayti getbootstrap.com yoki Brad Husseyning videokursidan o’rganishingiz mumkin.

Git — versiyalarni boshqarish tizimi

Dasturlash tillari va freymvorklarini o’rganish mobaynida nisbatan soddaroq loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, real hayotda loyihalar turli murakkablikda bo’ladi. Bu degani buyurtmaga berilgan loyihani bir kunda tuzib chiqa olmaysiz. Bundan tashqari buyurtma tayyor bo’lgunicha veb dastur yoki saytga bo’lgan talablar o’zgarish ehtimoli ham yo’q emas. Shular tufayli yuzaga keluvchi ba’zi muammolarni oldini olish uchun Git versiyalarni boshqarish tizimini ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Git asoslarini try.github.io saytidan o’rgana olishingiz mumkin. Bunga qo’shimcha sifatida Git-it kompyuter dasturini ham tavsiya qila olamiz.

JavaScriptni puxta egallab olganingizdan so’ng JavaScript freymvorklardan birini o’rganishga kirishishingiz mumkin. Hozirda Angular, React va Vue freymvorklariga talab ko’proq. Shu uchchala freymvorkdan Vue o’rganib, moslashib ketishga qolganlariga qaraganda nisbatan kamroq vaqt talab qiladi. Uning ba’zi imkoniyatlarini vuejs.org sayti bosh sahifasidagi videoda ko’rishingiz mumkin. Vueni Laracasts.com saytidagi “Vue 2 Step by Step” bepul videokursi yordamida qisqa vaqtda o’rgana olasiz.

Frontend dasturlashni juda katta va hozirgi kundagi eng tez o’zgaruvchan soha deya olamiz. Yuqoridagi narsalarni o’rganish bilan birga bu sohadagi yangiliklarni o’rganib borish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.