Homiladorlikda bosh og‘rig‘i: me’yormi yoki xatar
Homiladorlikning 1-trimestrida bosh tez-tez og‘rishi: me’yormi yoki xatarli holatmi? Ko‘pincha shifokorlar buni me’yordagi holat deyishadi, lekin istisno holatlar ham bor. Kamdan-kam hollarda homilador ayol boshining tez-tez og‘rib turishi preeklampsiya holatining alomati bo‘lishi mumkin. Bunda bu og‘riqlar oshqozon og‘rig‘i, quskisi kelishi, qo‘l-oyoqlarning shishishi va ko‘zning xiralashuvi bilan birga kechishi kerak. Agar ushbu alomatlar mavjud bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling, sababi preeklampsiya murakkab holatdir. Bunda homilador ayolning arterial qon bosimi keskin ko‘tariladi va buning natijasida yo‘ldoshning qon aylanishi yomonlashadi va homila hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun agar bosh og‘rig‘i kuchli bo‘lib, boshqa alomatlar bilan birga davom etsa, shifokorga borishni kechiktirib bo‘lmaydi – preeklampsiyani davolab bo‘lmaydi, lekin bu holatni yengillashtirishga harakat qilish kerak, buni qanday qilishni esa ayollar maslahatxonasi mutaxassisi yaxshi biladi.
BITTA NAYChA BILAN HOMILADOR BO`LISh MUMKINMI?
Bir nafar farzandim bor. Etti yil avval bachadon naychasida kista aniqlanib, davolash mushkul bo`lgani uchun, shifokorlar kistani bachadon naychasi bilan birga olib tashlashdi. Mana oradan shuncha yil o`tsa-da, homilador bo`lolmayapman. Bitta bachadon naychasi bilan ham homilador bo`lish mumkinmi?
Sevara, Andijon shahri
Homilador bo`lishni istagan ayol uchun bachadon naychalaridan birining olib tashlanishi og`ir holat. Axir ayolning homilador bo`lish-bo`lmasligi ushbu qo`shaloq a`zoga bog`liq. Odatda, jinsiy a`zolarning shamollashi natijasida bachadon naychalarida turli o`smalar rivojlanadi. Bachadondagi kista naycha bilan birga qo`shilib ketgan bo`lishi mumkin. Shuning uchun shifokor kista bilan birga naychani ham olib tashlashga majbur bo`lgan. Ammo ikkinchi naycha omon qolgan ekan, muxlisamizning homilador bo`lish imkoni bor. Ushbu maqolamiz orqali nima sababdan bachadon naychasida kista, miomalar paydo bo`ladi va ularning oldin olish mumkinmi, shunday holatda ham homilador bo`lish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida shifokor-ginekolog Muyassar Nazirovadan so`radik.
GINEKOLOGGA VAQTIDA BORING
Shifokor-ginekolog ko`rigidan, hatto sizni hech narsa bezovta qilmasa-da, har olti oyda o`tib turish kerak. Bordi-yu, kichik tos a`zosida shamollash, yallig`lanish bo`lsa, buni o`z vaqtida oldini olgan ma`qul. Aks holda tuxumdonlar faoliyati buziladi, bachadon va uning yo`llarida turli o`smalar paydo bo`lishi mumkin. Ayniqsa, u erda kista, mioma vujudga kelishi ayolning nasl qoldirishiga jiddiy ta`sir qilmay qo`ymaydi.
GAP NIMADALIGINI TEKShIRUV ANIQLAYDI
Birinchi qiladigan ishingiz, bachadon naychasi faoliyatini aniqlash. Buning uchun rentgen apparati yordamida gisterosalpingografiya muolajasi o`tkazilib, naychaning o`tkazuvchanligi teshiriladi. Bachadon kistasining asorati sifatida naychada tiqilma (spayka) yuz berishi mumkin. Aynan shuning uchun shifokorlar sizdagi naychani olib tashlashgan. Yana homilador bo`lishingiz uchun er-xotin ikkingizda yallig`lanish, virusli infeksiyalar bor-yo`qligini aniqlash kerak. Gap shundaki, kasallik chaqiruvchi infeksiyalar bachadon naychasida spayka hosil qilish xususiyatiga ega. Bordi-yu, arzimas shamollash yoki infeksiya aniqlansa, darrov er-xotin ikkingiz davolanishni boshlang. Bu kelajakda sizda yana avvalgi holat qaytarilmasligi uchun qilinadi.
OVULYaSIYu YuZ BERAYaPTIMI?
Sizdagi bu jarayonini ham nazorat qilish darkor. Davolovchi shifokoringiz bilan tibbiy taqvim bo`yicha tuxumdonlarning etilish davrini tekshirish, bazal harorat orqali ovulyasiya bo`lgan kunni aniqlab, shunga qarab, yaqinlikni belgilash mumkin. Yana sizga tuxumdonlar faoliyatini tekshirtirishni ham maslahat berardim. Chunki shuncha paytdan beri homilador bo`lmasligingizning sababi aynan shu a`zodagi yallig`lanish, gormonal buzilish tufayli bo`lishi ham mumkin. Bordi-yu, ovulyasiya borasida ham muammolar bo`lsa, shifokor gormonlar yordamida follikulalar o`sishini kuchaytirishni maslahat beradi. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va odatda, maxsus gormonal davo yordamida follikulalar tez etilib, homiladorlik ham tez yuz beradi. Sizga maslahatim, to`laqonli tibbiy tekshiruvdan o`ting, muammo aynan nimadaligini aniqlab, davolanishni boshlang.
Manba: «Sug’diyona» gazetasi
Homiladorlikda bosh og‘rig‘i: me’yormi yoki xatar
Homiladorlik vaqtida, ayniqsa uning birinchi qismida ayolning organizmida juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi: u o‘zining yangi vazifasi – onalikka tayyorgarlik ko‘radi. Bu o‘zgarishlar ham jismoniy, tashqi ko‘rinishda, ham gormonal fon, ayolning hissiy holatida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha bunday o‘zgarishlar unchalik yoqimli bo‘lmagan “nojo‘ya ta’sirlar” bilan kechadi, masalan, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi va bosh og‘rishi.
Homiladorlikda bosh og‘rig‘i sabablari
Homilador ayollarda bosh og‘rig‘i tez-tez uchrab turishining sababi nimada ekanligiga tibbiyot xodimlari aniq javob bera olishmaydi. Ularning fikricha, bunday holat yuz berishiga asosiy sabab gormonal fon va mazkur muddatda organizm qon aylanishida o‘zgarishlardir. Birinchi trimestrda bosh og‘riqlari ko‘pincha ancha kuchli bo‘ladi.
Shifokor konsultatsiyasi
Diagnostika
Bundan tashqari, ularning ta’kidlashicha, agar ayolni avvallari ham bu kabi og‘riqlar bezovta qilgan bo‘lsa, homiladorlik boshlangandan keyin ular kuchayishi mumkin. Shuningdek bosh og‘rig‘iga quyidagi omillar ham sabab bo‘lishi mumkin:
- stress, homiladorlarning emotsional foni ancha beqaror bo‘ladi, shuning uchun har qanday vaziyat ayolni stress holatiga olib kelishi mumkin;
- kun tartibining o‘zgarishi, kam uyqulik, qattiq toliqib qolish;
- iste’mol qilinayotgan biror oziq mahsuloti bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa tarkibida kofein moddasi bo‘lgan ichimliklarga tegishlidir.
Balki biror jiddiy sabab bordir?
Homiladorlikning 1-trimestrida bosh tez-tez og‘rishi: me’yormi yoki xatarli holatmi? Ko‘pincha shifokorlar buni me’yordagi holat deyishadi, lekin istisno holatlar ham bor. Kamdan-kam hollarda homilador ayol boshining tez-tez og‘rib turishi preeklampsiya holatining alomati bo‘lishi mumkin. Bunda bu og‘riqlar oshqozon og‘rig‘i, quskisi kelishi, qo‘l-oyoqlarning shishishi va ko‘zning xiralashuvi bilan birga kechishi kerak. Agar ushbu alomatlar mavjud bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling, sababi preeklampsiya murakkab holatdir. Bunda homilador ayolning arterial qon bosimi keskin ko‘tariladi va buning natijasida yo‘ldoshning qon aylanishi yomonlashadi va homila hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun agar bosh og‘rig‘i kuchli bo‘lib, boshqa alomatlar bilan birga davom etsa, shifokorga borishni kechiktirib bo‘lmaydi – preeklampsiyani davolab bo‘lmaydi, lekin bu holatni yengillashtirishga harakat qilish kerak, buni qanday qilishni esa ayollar maslahatxonasi mutaxassisi yaxshi biladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Echki suti tarkibi ona sutiga yaqin(mi)
Birinchi trimestrda bosh og‘rig‘iga qarshi qanday kurashish kerak?
Birinchi trimestr o‘ta muhim palladir – bu muddatda bo‘lg‘usi bolaning salomatligiga asos solinadi va ichki organlar shakllanadi, shuning uchun bosh og‘rig‘ini dori-darmonlar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Agar bosh og‘rig‘i migrenga o‘tadigan bo‘lsa, unga qarshi kurashish usullarini shifokor bilan maslahatlashib olish kerak bo‘ladi. Lekin oddiy bosh og‘riqlarini ehtiyotkorlik usullar bilan bartaraf etgan ma’qul:
- hordiq va uyqu og‘riqni yaxshi bartaraf etadi, shuningdek quvvatni tiklashga yordam beradi;
- homiladorlik vaqtida ko‘pincha qondagi qand miqdori pasayadi, aynan shu narsa bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Bunday holatlarda kam-kamdan tez-tez ovqatlanish yordam beradi – o‘zingiz bilan yengil ovqat olib yuring hamda har bir-ikki soatda oz-ozdan tanovul qiling;
- suv bilan ho‘llangan sochiqdan iliq kompress ham sizga bosh og‘rig‘iga qarshi kurashishda yordam bera oladi;
- yaqin yillarda olimlar ba’zi mahsulotlarning xushbo‘y hidi bosh og‘rig‘iga qarshi kurashishda yordam berishini isbotlashdi. Xususan olmalar ana shunday mevalar sirasiga kiradi.
Bosh og‘rig‘iga chidab o‘tirish kerak emas, chunki bo‘lg‘usi ona qanchalik yaxshi hissiyotlarni boshidan o‘tkazsa, homiladorlik shuncha yengil va yoqimli kechadi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.