Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib veb sahifa yaratish mumkin

“Biz 20 yildan buyon poyabzal savdosi bilan shug’ullanamiz. Mijozlarimizga yangi mahsulotlarimiz haqida xabar berishda turli xil messenjer va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar edik. Lekin davr talabi bilan zamonaviy biznesda har bir tadbirkor uchun veb sayt kerak bo’lishini tushundik va o’z biznesimiz saytini yaratishga kirishdik. Ulkan tizimi bizga o’z elektron katalogimizni yaratishda qo’l keldi. Asosiysi biz vaqtdan yutdik.”

O’z saytingizni o’zingiz yarating

Ulkan sayt yaratish tizimida Internet do’kon, yangiliklar sayti yoki kompaniya saytini ochish va uni ishga tushirish barcha uchun birdek oson. Web dizayn, dasturlash va hosting xarajatlarini unuting. Bepul va oddiy.

Bir zumda sayt yaratishning guvohi bo’ling

Saytingiz uchun veb dizaynlar

Quyidagi veb dizaynlardan birini saytingiz uchun tanlang. Saytingizga o’rnatilgan dizayndan asosan uning ranglari, shriftlari va bloklar joylashuvi saqlanib qoladi, ma’lumotlar o’rnida esa, albatta, sizning saytingiz ma’lumotlari bo’ladi.

Sayt yaratish tizimi imkoniyatlari

Ulkan tizimida yaratilgan barcha saytlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi

Mahsulotlar

Agar mahsulot ishlab chiqarish yoki savdo-sotiq bilan shug’ullansangiz, unda saytingizda mahsulotlar katalogini joylashtirishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari mahsulotlarni bo’limlarga ajratish imkoniyati mavjud.

Yangiliklar

Kompaniyangiz yangiliklarini yoritib borishdan tortib, to’la qonli yangilik-axborot saytini ochishingizga yordam beradi.

Rasmlar galereyasi

Faoliyatingiz jarayonlari aks etgan suratlarni guruhlab saytga joylashtiring.

Sahifalar

Istalgan ko’rinishdagi rasmli va matni veb sahifalar yarating. Masalan, kompaniya haqida, aloqalar, xizmatlar kabi sahifalar.

Veb dizayner

Sizdan veb dizaynni bilish talab qilinmaydi. Barchasini avtomatlashtirilgan veb dizayner moduli amalga oshiradi.

Sayt boshqaruvi

Sayt menyularini, umumiy sozlamalar, sayt dizayni, tarif rejangizni boshqarish o’z qo’lingizda bo’ladi.

Mijozlar biz haqimizda

Ulkan.uz jamoa a’zolariga kattadan katta rahmat aytamiz. Arzon narxda, qisqa muddatda ishlatish juda qulay bo’lgan saytga ega bo’ldik. Barcha xodimlar o’z ishining ustalari ekan ulardan minnatdormiz.

“Biz o’z guruhimizning rasmiy veb saytini yaratmoqchi bo’lib yurgan edik. To’satdan ulkan.uz saytiga duch keldik. Bu sayt bizga o’z qo’llarimiz bilan o’z saytimizni yaratish imkonini berdi. Ulkan.uzda sayt yaratish shu darajada oson ekanki, biz san’atkorlarga hech qanday qiyinchilik yaratmadi. Ulkan.uzga rahmat!”

O’z mijozlarimiz uchun qisqa muddat ichida zamonaviy sayt yaratishimz kerak edi. Ulkan.uz yordamida biz bu ishni dizayner va dasturchilarsiz uddaladik. Hammaga rahmat!

— Unet, Internet provayder, u-net.uz

Texnikumimiz ta’limi yo’nalishlari haqida barcha internet orqali bilishi ortiqcha ovvoragarchiliklarni kamaytiradi. Sayt yaratishga qaror qildik va tez muddatda saytimizni ishga tushirish masalasi kelib chiqdi. Ulkanda saytimizni 15 daqiqada ochdik, narxlar ham bizni juda qoniqtirdi. Saytga ma’lumotlarni joylashtirish oson ekan. Ulkan dasturchilariga rahmat.

— Olmaliq Arxitektura Qurilish texnikumi, olarx.uz

“Biz 20 yildan buyon poyabzal savdosi bilan shug’ullanamiz. Mijozlarimizga yangi mahsulotlarimiz haqida xabar berishda turli xil messenjer va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar edik. Lekin davr talabi bilan zamonaviy biznesda har bir tadbirkor uchun veb sayt kerak bo’lishini tushundik va o’z biznesimiz saytini yaratishga kirishdik. Ulkan tizimi bizga o’z elektron katalogimizni yaratishda qo’l keldi. Asosiysi biz vaqtdan yutdik.”

Qanday qilib veb sahifa yaratish mumkin?

Veb sahifa – veb saytning tarkibiy qismi hisoblanadi. Agarda siz, sayt ochishni xohlasangiz, albatta veb sahifa yaratishni bilishingiz kerak. Buning uchun bizga HTML, CSS borasidagi bilimlar kerak bo’ladi. Mabodo, bu tillarni bilmasangiz, unda xavotir olmang. Maqolamizda oson va tez veb sahifa yaratish usullarini yoritib o’tganmiz.

HTML va CSS

HTML – (Hyper Text Markup Language) gipermatnlar belgilash tilidir. HTML- dasturlash tili emas, u veb sahifada matn, rasmlar va boshqa ma’lumotlarni joylashishini belgilab beruvchi tildir. HTML orqali siz axborotni internet foydalanuvchisiga yetkazib berasiz.

HTMLda buyruqlar ya’ni teglar mavjud. Har bir teg < va >(uchburchak qavs) ichida yoziladi. Har bir HTML sahifa bilan boshlanib, tegi bilan yopilishi shart. Lekin yopilmaydigan teglar ham mavjud. Masalan,
tegi sizning axborotingizni yangi qatordan boshlab beradi.

HTML sahifa bo’limlardan iborat:

  1. Kirish qismi (ya’ni navigatsion menyu)
  2. Asosiy qism

Kirish qismiga sarlavha va menu (bir sahifadan ikkinchi sahifaga o’tish va umimiy ma’lumotlar) kiritiladi.

Asosiy qismga veb sahifaning mazmuni kiritiladi.

CSS – bu veb sahifaning dizayn stillarini belgilab beruvchi til hisoblanadi. CSS orqali biz, HTML veb sahifamizning va veb saytimizning dizaynini chiroyli qilib ko’rsatib beramiz. HTMLda har bir bo’lim () ga nom ya’ni class beriladi. CSSda buyruqlar mavjud emas. Lekin HTMLdagi elementlarni (classlarni) kodda chaqirib, stillarni beramiz. Quyidagi bosqichlarda veb sahifa tayyorlashni o’rganib olasiz.

1-bosqich

Bloknotga kiramiz.
Пуск→Программы→ Стандартные→ Блокнот.
Faylni index.html formatida kompyuterga saqlab qo’yamiz. Shu HTML faylmizga kod yozishni boshlaymiz.

Sublime, Visual Studio Code kabi kod tahrirlash uchun dasturlardan ham fordalanishingiz mumkin.
Bulardan Sublime nisabatan soddaroq bo’lib, endi o’rganishni boshlagan dasturchi uchun foydalanish qulay.

– veb sahifamizning kodini qaysi HTML versiyada yozayotganimizni bildiradi. Veb sahifa bilan boshlanib tegi bilan tugashi kerak.

tegi veb sahifamizning sarlavhasini ( ) va veb brauzerda chiqadigan nomlanishi ( ) kiradi. Barcha still fayllari (.css)ga havolalar ham tegi joylashtirilishi kerak.

tegi orqali veb sahifangizning asosiy ma’lumotlarini mazmunini yoritib bera olasiz. U yerda siz rasm joylashtirishingiz mumkin, biror bir narsa haqida masalan, yangi texnologiyalar haqida ma’lumot yozishingiz mumkin. Demak, ushbu teg ichida sahifani bor mazmunini matnlar rasmlar, video joylashtirb, slider(aylanib turuvchi rasmlar yoki matnlar) va boshqa turli xil elementlar orqali ifodalab berishingiz mumkin.

Har qanday veb sahifa quyidagi shablon asosida yaratiladi.

2- Bosqich

– tegida veb brauzerdan chiqadigan veb sahifaning nomi yoziladi.

– asosiy qismga yozadigan axborotingizni sarlavhasi yoziladi.

tegi bizga sarlavhani ajratib, katta shriftda yozib beradi.

Predmet yoki biron bir faoliyat haqida ma’lumot yoziladi

Veb sahifa kodini yozdik. Endi faylimizni brauzer orqali ochamiz.

Unig uchun siz html farmatida saqlagan faylingizni ushbu usulda ochasiz :
Открыть с помощью->Google Chrome

Qoyil! Siz o’z veb sahifangizni yaratdingiz. Buni yanada boyitishni xohlasangiz shu linkga kirib HTML darslarini o’rganing.

3-bosqich.

Bu bosqichda biz veb sahifamizni ko’rinishini qanday qilib o’zgartirishni o’rganamiz.

CSS faylni ham bloknotga yozamiz. Faqat faylni faylnomi.css formatda saqlaymiz. Masalan, style.css

CSS ko’rinishini o’zgartirmoqchi bo’lgan HTML elementlarimizni chaqiramiz. Body tegini CSSda

 body

HTML faylda CSS faylni buyrug’i orqali ulaymiz:

Bu buyrug’imiz ni ichiga dan kn yoziladi.

Veb sahifa dizaynini o’zingizning didingizga qarab o’zgartirishingiz mumkin. Buning uchun CSS bilimlarini yaxshi bilishingiz kerak bo’ladi. Veb sayt ochishni xohlasangiz internet resurslaridan hamma ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Sizga www.w3schools.com saytini tavsiya qilamiz.

O’zbek tilida CSS ni o’rganing

Veb brauzerdan yozgan index.html faylimizni ochamiz.

Agar sizda rasm chiqmasa bu rasm papkasini kompyuteringizning qayerida turganini topolmayotganidan dalolat beradi. Shu sabab rasmni index.html bilan birga bitta faylga saqlashingizni maslahat beramiz.

Siz hozir veb sahifa yaratishni, uni qanday dizayn qilish haqida boshlang’ich tushunchaga ega bo’ldingiz. O’ylaymizki, sizda veb sayt yaratishga bo’lgan qiziqish va xohish ortdi. Kelgusi maqolalarimizda qanday qilib oson va tez veb sayt yaratish haqida to’liq ma’lumotlar berib boramiz.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.