Press "Enter" to skip to content

Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

Изоҳ: Рус тилида сўзлаш қобилиятини жуда яхши шакллантиради, имкони бўлса кичик-кичик хикояларни 5-6 марта ўқиб, ёдлаб олиш керак ва ўз номингиздан айтиб беришингиз керак. Мисол учун хикоя Сергей хақида кетаётган бўлса, Сиз «мен шундай қилдим ва у ерга бордим» каби хикояни ўзингизни номингиздан айтасиз. Имкон қадар кичик-кичик хикояларни ёдлашга харакат қилинг.

Til o’rganishning 10 ta qoidaga asoslangan oson usullari

Bugungi kunda mashhur ruhshunoslar xorijiy tillarni o’rganish inson dunyoqarashini qisman bo’lsa-da o’zgartirish xususiyatiga ega degan fikrni ilgari surmoqdalar. Xorijiy tillarni o’rganish asnosida o’sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyati paydo bo’ladi.

Bugungi kunda til o’rganuvchilarning asosiy qismini 17-35 yosh oralig’idagilar tashkil etadi. Chet tilini nafaqat o’qituvchi ko’magida, balki mustaqil ravishda ham o’rganish mumkin. Buning uchun esa ozgina qunt, mustahkam iroda va qat’iy tartibga asoslangan kun rejasi bo’lishi yetarli.

Dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo’lmish Kato Lomb asl mutaxassisligi kimyo fani bo’lishiga qaramay, 8 tildan qiyinchiliksiz tarjima qilgan, 16 tilda erkin muloqot qilishni uddalagan. Uning “Men tilni qanday o’rganaman?” nomli bestseller asarida xorijiy til o’rganishning oddiy va oson usullari 10 ta qoidaga asosan keltirib o’tilgan.

1. Til o’rganish bilan imkon qadar har kuni shug’illaning.

Bu huddi sport mashg’ulotlaridek, ma’lum bir tizimga asoslangan mashq qilish muddatlaridan iborat bo’lishi lozim. Hech bo’lmaganda kun davomida 10-15 daqiqani yangi so’zlar o’rganish va qaytarish uchun sarflash kerak.

2. O’qishni rejalashtirib oling.

Agar til o’rganishga ishtiyoq vaqt o’tgani sari susayib borsa, shaxsiy o’quv rejangizni tuzib chiqing. Masalan, bir oz dars qilib so’ngra ko’chada sayr qiling yoki bo’lmasa musiqa tinglang.

3. So’z birikmalaridan foydalaning.

Alohida so’zlarni emas, ularning bir-biriga qo’shilgan variantini, kontekst shaklida yodlashga harakat qiling.

4. Yon daftarcha tuting.

Yon daftarchaga qo’shimcha so’zlar va tayyor gaplarni yozib boring.

5. Xotira bilan ishlang.

Hayolan barcha ko’ringan narsalar – reklama, qo’shiq so’zlari, dialoglar, gazetadagi maqolalarni tarjima qilishga harakat qiling.

6. Yod oling.

Lug’atdan tekshirilgan so’zlarni yodda saqlang.

7. Iboralarni o’rganing.

Muomalada keng qo’llaniladigan so’zlar, idioma, ibora va hikmatli so’zlarni o’rganib boring.

8.Nazariya bilan cheklanib qolmang.

Buning uchun kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalar bilan qiziqing, o’rganayotgan tilingizda so’zlashuvchi insonlar bilan muloqot qiling. Kato ham rus tilini Gogolning “O’lik qalblar” asari va lug’atlar orqali boshlagan ekan.

9. Xatolarni to’g’irlang.

Xatolardan cho’chimang, hech qachon va hech nimani nazoratsiz qoldirmang.

10. O’zingizga ishoning.

Xech nimaga qaramay o’rganishda davom eting!

Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

Ushbu bepul ilovalar yordamida til o‘rganishning qulayligi shundaki, ular har doim siz bilan. Uchrashuvdan besh daqiqa oldin bo‘ladimi yoki taksi kutib turgan paytingizdami, ularni ochib nimadir o‘rgansangiz bo‘ladi.
Quyida taqdim qiladigan ilovalarimizdan foydalanib ko‘plab, jumladan, ingliz, ispan, fransuz, italyan, nemis, irland, golland, rus, xitoy tillarni o‘rganishingiz mumkin.

1. Duolingo

Bizga yoqqan jihatlari:
•Akkaunt ochish shart emas;
•Tillar tanlovi keng;
•O‘rganish usullari ko‘p;
•Bepul darslar ko‘p.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Darslar izchilligida uzilishlar bor.

Duolingo bilan til o‘rganishni boshlash juda oson. Shunchaki ilovani ochib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tilingizni tanlang va kurs boshlanadi. Akkaunt ochib o‘tirishingiz shart emas, lekin akkaunt yaratsangiz, o‘rganish jarayonini saqlash va kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, xitoy, ingliz, yapon koreys, italyan, portugal, golland, irland, shved, turk, esperanto, norveg, ukrain, gavayi, rus, polyak, hind, uels, vetnam, venger, grek, svahili, rumin, indonez, chex, navayo, klingon.
Duolingo‘dan onalyn yoki Android, iOS va Windows uchun ilovalar orqali foydalanish mumkin.

2. Memrise

Bizga yoqqan jihatlari:
•O‘qitish uslublari o‘ziga xos;
•Ko‘plab tillar o‘rganish imkoniyati bor.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Akkaunt ochish talab qilinadi;
•Veb-sayt dizayni tushunarsiz.

Memrise — til o‘rgatuvchi yana bir bepul ilova. Bu ilova orqali til o‘rganish Duolingo‘ga qaraganda biroz murakkab. Ammo ilovadan foydalanish osonligi, oflayn kurslar bilan ta’minlashi sababli foydalanuvchiga ko‘plab tillarni o‘rgata oladi. Darslarni dastlabki yoki to‘gridan-to‘g‘ri yuqori bosqich bilan boshlash mumkin. Memrise’ning o‘ziga xos tomoni foydalanuvchiga yangi so‘z va iboralarni o‘rgatish usulidadir.
Dasturda, shuningdek, tarjimalar orqali o‘qitish usuli ham mavjud.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, fransuz, ispan, golland, portugal, norveg, yapon, koreys, island, sloven, arab, turk, nemis, shved, polyak, italyan, xitoy, rus, mo‘g‘ul.
Memrise’dan Android, iOS uchun ilovalaridan, shuningdek, veb-brauzer orqali onlayn foydalanishingiz mumkin.

3. Busuu

Bizga yoqqan jihatlari:
•Barcha darajadagi o‘rganuvchilar uchun mos;
•Boshqa o‘rganuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud;
•Boshqa foydalanuvchilarga tavsiyalar berish imkoniyati bor.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Til tanlash tanlovi kam;
•Ko‘p funksiyalari pullik;
•Akkaunt ochish talab etiladi.

Busuu ilovasidan foydalanish oson hamda ilova turli xil darajadigi til o‘rganuvchilar uchun juda qulaydir. Foydalanuvchi shunchaki ro‘yxatdan o‘tib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tili va darajasini tanlaydi.
Ilova foydalanuvchiga gaplar ichidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘rgatadi, so‘ngra bosqichma-bosqich test ko‘rinishida imtihondan o‘tkazadi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: nemis, ispan, portugal, fransuz, ingliz, italyan, rus, polyak, turk, yapon, xitoy
Busuu bilan Android, iOS yoki internet vositasida tilni o‘rganish mumkin.

4. AccellaStudy Essential Apps

Bizga yoqqan jihatlari:
Har bir til uchun alohida ilovadan iborat;
Bir nechta o‘rganish usullari mavjud.

Bizga yoqmagan jihatlari:
Ilovaga yangilanishlar jo‘natilmaydi;
Qolgan ilovalarga nisbatan til tanlovi kamroq;
Android’ga mos keluvchi ilova yo‘qligi;

AccellaStudy’da foydalanuvchi o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir til uchun alohida ilova mavjud. Ilovalardan foydalanish juda sodda, oflayn rejimda ham ishlaydi. Tanlangan tildagi farqni aytmaganda, ilovalarning barcha jihatlari deyarli bir xil.
Bu ilovada audio viktorinalar va yana boshqa qiziqarli funksiyalar bor. Bluetooth-garnitura funksiyasi esa avtomobil boshqarayotganda aynan mos keluvchi funksiya. Bunda foydalanuvchi qurilmaga qaramgan holda ham tilni o‘rganishi mumkin.
Tilllarni bepul o‘rgatuvchi ushbu ilova dasturlari foydalanuvchiga o‘zining darslar to‘plamini yaratish imkonini beradi va shu bilan foydalanuvchi qaysi so‘zlarga e’tibor qaratishni o‘zi tanlay oladi. Bu juda yaxshi funksiya, chunki foydalanuvchi so‘zlarni o‘rganishga qiynalayotgan bo‘lsa so‘zlarni ajratgan holda o‘rganadi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, ispan, fransuz, nemis, italyan, golland, grek, arab, yapon, xitoy, koreys, polyak, portugal, rumin, rus, ukrain va turk.
Ilova faqat iOS tizimlari uchun ishlab chiqilgan.

5. 24/7 Tutor Apps

Bizga yoqqan jihatlari:
•O‘rganish usullari ko‘p;
•Foydalanish oson.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Til tanlash imkoniyati kam;
•Faqat iOS tizmiga mos.

24/7 ilovasi bilan foydalanuvchi har kuni, istalgan vaqt til o‘rgatuvchi ustozga ega bo‘lishi mumkin. Ilovada faqat asosiy Yevropa tillari mavjud. Har bir til uchun alohida ilova mavjud. Har bir ilova orqali kiyim-kechak, o‘yin-kulgi, rang, ta’lim, oila, oziq-ovqat, salomatlik, salomlashish, tana a’zolari, yo‘nalishlar, ob-havo, ish va boshqa mavzularga oid so‘zlarni o‘rganish mumkin.
Ilovada o‘rganilgan mavzular ro‘yxati, xotira o‘yinlari, viktorina, imlo amaliyoti kabi kategoriyalar bor.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, italyan.
24/7 ilovasi faqat iOS tizmida ishlovchi qurilmalariga mos keladi.

6. Rosetta Stone

Bizga yoqqan jihatlari:
•Sayohatchilar uchun qulay;
•O‘ziga xos funksiyalarga ega;
•Til tanlovi keng;
•Barcha platformalarga mos.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•O‘rgatish metodlari eskirgan.

Rosetta Stone tillarni o‘rganish uchun professional darajadagi servis. Ilova, asosan, sayohat davomida ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralarni o‘rgatadi.
Shuningdek, restoran, mehmonxonalar va sayohat bilan bog‘liq asosiy so‘z va birikmalardan iborat so‘zlachgich bor – bu sayohatga chiqqanlar uchun juda foydali. Agar foydalanuvchi xohlasa, rang, valyuta va xaridga oid lug‘atlarni sotib olishi mumkin.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, ingliz, fransuz, yapon, italyan, nemis, xitoy, portugal, rus, arab, koreys, golland, yunon, hind, irland, fors, polyak, shved, turk, vetnam.

7. Google Tarjimon

Bizga yoqqan jihatlari:
•Tarjima qilish usullari mavjud;
•Tez tarjima qilish imkoniyati mavjud;
•Ko‘p tillardan/tillarga tarjima qila oladi;
•Ham ilova ham veb-saytda ishlaydi.

Bizga yoqmagan jihatlar:
•O‘rgatish darslari yo‘q.

Ko‘pgina tillarni o‘rgatuvchi ilovalar foydalanuvchiga mashqlar bajarish orqali tilni o‘rgatadi, Google Tarjimon esa yozish va gapirishni o‘rgatadi.
Google Tarjimonda, shuningdek, so‘z va jumlalarni terib kiritish, qo‘lda yozish va gapirish orqali tarjima qilish mumkin.
Ilovadan internetga ulanmagan holda ham foydalanish mumkin (faqat til paketini oldindan yuklab olishni unutmang). Bundan tashqari, Google Tarjimonda har qanday matnni kamera orqali rasmga olib tarjima qilish mumkin (bunda dastur faqat bir necha tillardan tarjima qila oladi).
Google Tarjimon juda ko‘plab tillarda ishlay oladi, shu jumladan o‘zbek tilida ham.
Ilovadan Android va iOS tizimlari orqali foydalanish mumkin.

Hasanboy Umarov tayyorladi.

Таълим / Образование

Рус тилини қандай қилиб тез ва мукаммал ўрганиб олсам бўлади?

Рус тилини қандай қилиб мукаммал ўрганиб олсам бўлади? Рус тилини ўрганишни эндигина бошлаганларда тез-тез учрайдиган савол. Бир вақтлар ўзимда хам шу савол тез-тез ҳаёлимга келиб турарди ва репититорларга ёки рус тилида яхши гапирадиганларга биринчи берадиган саволим шу эди.

Жавобдан эса унча қониқмасдим, менга шундай жавоб керак эдики, 15 дақиқада тилни ўрганишни «Олтин коидаларини» бирон бир киши айтиб берса ва мен уйга бориб олиб қисқа вақтда рус тилини мукаммал ўзлаштириб олсам. Аммо, бу олтин қоидаларни хеч ким афсус шу кунгача айтиб бергани йуқ, энг қизиғи хамма хар хил маслахат берарди.

Кўпчилик грамматикани яхшилаб ўзлаштириб олинса, кейин бемалол рус тилида гапириб кетиш мумкин дейишади. Лекин бу унчалик ҳам хакикатга яқин эмас. Эркин гаплашиш учун грамматика қоидаларни яхшилаб ўзлаштириш билан иш битмайди, кўпрок шу ўрганганларингизни амалда фойдаланганингиздан сўнггина бунга эришишиз мумкин.

Руслар билан суҳбатлашиб бемалол рус тилида гапиришни хам ўрганиб олса бўлади дейишади. Бу хам хақиқатдан якин. Туғри гапирасиз, лекин хатолар билан. Яхши билмайди-ю лекин рус тилини биламан деганларга эътибор берингда, родларни алмаштириб гапиришади ёки феълларни қўлланишда хатоларга йўл қуйишади. Оддий грамматик хатоларни кўп қилишади.

Қисқаси, юқорида таъкидлаб ўтганимдек, хаммада хар хил тавсия бўлади, лекин бу ерда мен ўзим синаган ва фойдали деб билган йўлларни сизга тавсия этаман.

Рус тилини ўрганиш буйича тавсиялар:

1. Рус тили грамматикасининг асосий бўлимлари билан танишиш

  • Родлар;
  • Олмош;
  • Сифат;
  • Феълнинг турлари.

Изоҳ: Грамматикани ўрганиш деганда, жуда мураккаб ичкарига кириб кетмаслигингизни тавсия қилардим, чунки зерикиб қолиб, иштиёқингиз сусайиб қолади. Мисол учун мен ўзим қандай родлар борлиги билан танишиб олганман аввало, сўнгра олмошларни родлар билан келганда қандай ишлатилиши билан танишганман, шунингдек сифатларни хам. Аммо, неча хил олмош бор, номлари нима, эга ва кесими каерда деб ўзимни қийнамаганман. Ахир, биз рус тили бўйича институтга имтиҳон топширишга тайёрланмаяпмиз-ку! Бироқ, феълнинг рус тилида икки хил кўринишини мукаммал ўрганишга харакат қилиш керак (Совершенный и несовершенный вид глагола) , сайтнинг «Тилларни ўрганамиз» бўлимида кейинчалик хали кўп тўхталамиз бу мавзуга.

2. Тайёр жумлаларни ёдлаш

Изоҳ: Луғат титкилаб сўз бойликни орттираман деб вақтингизни йўқотиб ётгандан кўра, қай холларда қайси жумлалар фойдаланилади, ўша жумлаларни ёдлаб олиш керак. Мен ўзим тажрибада синаб кўрган бир холат бор: кўпчилигимизда сўз бойлик яхши, аммо керак пайтда ишлата олмаймиз. Мисол учун: айни вақтда ўзингизни текшириб кўринг а) аксириш б) пешонани қашлаш с) оёқ кийимнинг ипини боғлаш каби сўзларни таржимасини рус тилида амалга ошириб кўрингда. Шубхам борки ҳаммангиз бажара олдингиз, аммо русчасини айтсам, шу сўзларни 80 % киши туғри бажаради. Буни кўпчиликда синаганман.

Шунинг учун ҳолатга қараб қай ҳолларда руслар қандай жумлалар ишлатишади – шуларни ёдлаш керак. Мисол учун: Маршрутда кетаётганда – «Шу ерда тушиб қолай» ёки «тўхтатиб кетинг» деймиз. Кафеда таомланиб бўлганимиздан сўнг – «Ҳисобни олиб келинг» деймиз. Машинада қўшик эшитиб кетаётган бўлсак – «Товушини баланд қилиб юборинг» деймиз. Шу каби холлатларда рус тилида гапирувчилар қай жумлаларни фойдаланишади. Ишонинг, шундай ҳолат ичида ўргансангиз мустахкам қоларкан хотирада ва керакли вақтда ўз–ўзидан гапириб юборасиз керакли жумлаларни.

3. Кичик хикояларни ўқиб ва мазмунини айтиб бериш

Изоҳ: Рус тилида сўзлаш қобилиятини жуда яхши шакллантиради, имкони бўлса кичик-кичик хикояларни 5-6 марта ўқиб, ёдлаб олиш керак ва ўз номингиздан айтиб беришингиз керак. Мисол учун хикоя Сергей хақида кетаётган бўлса, Сиз «мен шундай қилдим ва у ерга бордим» каби хикояни ўзингизни номингиздан айтасиз. Имкон қадар кичик-кичик хикояларни ёдлашга харакат қилинг.

4. Ўрганганларингизни амалда қўлланг

Изоҳ: Руслар билан кўпрок суҳбатлашишга ҳаракат қилинг, аминманки, бу сафарги суҳбатларингиз бошқача бўлади, миянгиз ўз-ўзидан таҳлил қила бошлайди, хатто қаерда хатога йўл қуйганингизни ҳам сеза бошлайсиз.

Шунингдек, интернетдаги фойдали манбалардан фойдаланинг, субтитрли фильмларни ҳам томоша қилишни канда қилманг.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.