Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib rus tilini o’rganish mumkin

Цой Группа Крови

Rus tilini o`rganish foydali, ammo unga rasmiy til maqomini berish – yo`l qo`yib bo`lmas xato​

Shu yil 1 may kuni www.minbar.uz veb-saytida “Sopi o`zidan: o`zbek faollari rus tiliga rasmiy maqom bermoqchi” xabari chiqdi. Unda bildirilishicha, bir guruh o`zbek faollari O`zbekiston qonunchiligiga o`zgartirish kiritib, rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifi bilan chiqishgan (aynan rasmiy til maqomi, davlat tili maqomi emas! Ko`pchilik manbalarda rus tiliga davlat tili maqomi berilsin, deyilibdi deb yozishyapti, bu – xato).

Ammo “Minbar.uz”da ko`rsatilganidek, faollar atigi uch nafar emas, balki ko`pchilikni tashkil etadi. Taklif mualliflari o`zbek xalqining atoqli olimlari, fan, madaniyat, adabiyot va san`at namoyondalaridir. Men asl manba, ya`ni www.vesti.uz saytida e`lon qilingan “Russkiy yazk nam ne chujoy” deb nomlangan manifestni sinchiklab o`qib, o`rganib chiqdik.

Ba`zi masalalarda mualliflar fikrini qo`llaymiz. Birinchisi, rus tili – fan tili ekanligi (xohlaymizmi, yo`qmi, istalgan sohada ilmiy izlanish olib bormoqchi bo`lgan inson rus tilini bilmasa, olim bo`la olmaydi, u ingliz tilini mukammal darajada bilsa-da, baribir to`laqonli ilmiy ish yoza olmaydi, chunki qaysi soha bo`lishidan qat`iy nazar, juda ko`p ilmiy manbalar rus tilida. Bundan tashqari, minglab Xalqaro ilmiy konferensiyalarning ishchi tillaridan biri sifatida, albatta, rus tili qayd qilinadi). Ikkinchisi – rus tili MDH davlatlari aholisi uchun hali ham o`zaro muloqot tili ekanligi, ya`ni rus tilini bilgan odam MDHning istalgan hududida tarjimonsiz harakat qila olishi, yashashi va ishlash mumkinligi. Uchinchisi – shu paytgacha o`zbek adabiyoti va san`ati namunalarining ko`pchiligi asosan rus tili orqali jahonga mashhur bo`layotganligi, chunki o`zbek tilidan boshqa tillarga to`g`ridan-to`g`ri tarjima qilish endi yo`lga qo`yilyapti. To`rtinchisi – rus tili BMT, KXShT, ShHT, MDH va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili ekanligi. Beshinchisi, Rossiya-O`zbekiston munosabatlarining yangi sifat bosqichiga ko`tarilgani. Ayniqsa, oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikning boshida shaxsan Prezidentlarning o`zlari turganligi. Rossiyadan O`zbekiston ta`lim tizimiga juda katta hajmdagi investisiyalarning kiritilayotganligi.

Yaqinda O`zbekistonda atom sanoati rivojlanishni boshladi, Lavrov O`zbekistonda AES qurish uchun joy ajratilganini ma`lum qildi, atom sanoatini rus tilisiz qanday tasavvur qilish mumkin? Bu sohadagi kadrlarni o`zbek tilida tayyorlaymizmi? O`zbeklarda oldindan umuman denotati va tushunchasi bo`lmagan sohaning terminologiyasini rus tilidan emas, qadimgi turkiy tildan olamizmi? Nahotki, millionlab odamlarning hayot-mamoti, xavfsizligi bilan bog`liq sohaga rus tilini bilmaydigan, ya`ni shu sohaning haqiqiy bilimdoni bo`lmagan odamlarni ishga qo`yamiz? Oltinchisi, farzandlarimizga bizdan anchayin yiroq bo`lgan ingliz tilini zo`r berib o`rgatib yotibmiz, hatto ba`zi bolalar inglizcha tush ko`rayotganliklarini aytishmoqda, ammo yaqin qo`shnilar bilan munosabatimiz va kelajagimiz bilan bog`liq muhim sohalarda o`ta zaruriy bo`lgan rus tilini bolalarimizga nima uchun o`rgatmaslik kerak?

Bu fikrlarni o`zini hurmat qiladigan, o`zini dunyoviy odam deb biladigan, rus tili orqali MDH davlatlarida, umuman, dunyoning ko`plab hududlarida erkin muloqot qila olish qobiliyatiga ega bo`lgan insonlar qo`llab-quvvatlaydi, albatta. Ammo o`zbek ziyolilarining rus tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishni oshirish, uning kundalik hayotimizdagi rolini to`g`ri baholashga yo`naltirilgan fikrlarini ma`qullagan holda ularning ayrim fikrlariga nisbatan qarshi fikrlarimni ham bildirmoqchiman.

Birinchidan, murojaat mualliflarining fikricha, rus tiliga rasmiy til maqomini berish va buni qonunchilikda mustahkamlash vaqti etgan. Bu – noto`g`ri fikr. Biz shu kungacha buning aksini qilishga urinib yotibmiz, axir! Ya`ni, davlatning qonunchilik va rasmiy ish yuritishida, sud jarayonida, ta`limda o`zbek tilining mavqei va nufuzini oshirishga intilib, oxirgi 30 yil davomida turli sohalarning terminologik lug`atlarini yaratishga harakat qilyapmiz-ku! Internetda o`zbek tilining qo`llanish doirasini kengaytirish, uni butun dunyo global tarmog`ida munosib o`rin egallashi uchun tinmay mehnat qilayotgan paytimizda bunday taklif – absurddan o`zga narsa emas.

Baraka topgurlar, axir buning teskarisi uchun kurashishimiz, ya`ni o`zbek tilining Davlat tili sifatida BARChA SOHALARDA qo`llanishiga erishish, tom ma`nodagi o`zbek tilida ish yuritish tizimini yaratish ustida tunu kun tinmay izlanishimiz shart va zarur emasmi? Axir bunga davlat miqyosida ahamiyat berilyapti-ku, bu borada maxsus “Yo`l xaritasi” qabul qilinganligini ular bilmas ekanmi? Axir “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini ta`minlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o`rganish natijalari to`g`risida” 2018 yil 15 noyabrdagi KQ-456-III son qarori asosida ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2018 yil 24 dekabrda tasdiqlangan “Yo`l xaritasi” mavjud. Unda belgilangan chora-tadbirlardan hammani xabardor qilish, ularning ijrosi uchun faqat tor doiradagi mutaxassislar emas, balki butun o`zbekistonliklar mas`ul ekanliklarini anglatib qo`yish zarur! Balki shunda yuqoridagidek absurd takliflar bildirilmas edimi?

Ikkinchidan, mualliflar kirill yozuvining keng imkoniyatlari haqida gapirib, lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tish xato bo`lganligi va buning oqibatida ko`pchilik savodsiz bo`lib qolganligini ta`kidlaydi. Bu fikrga aslo ham qo`shilib bo`lmaydi, zero bugungi hayotning shiddati va zamon talabi buning aksini isbotlab turibdi. Davlat va hukumat miqyosida bu borada ham muhim hujjatlar qabul qilingan. Xususan, Bosh Vazir va davlat maslahatchisi tomonidan 2018 yil 15 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo`yicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan. Ishonch bilan aytish mumkinki, kirill yozuvi asosidagi o`zbek tili alifbosi – o`tmish. Kelajagimiz faqat lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi bilan bog`liq.

Uchinchidan, mualliflar bildirgan fikr va takliflar har bir oilaga, har bir shaxsga individual tarzda taalluqli bo`lib, yuqorida ta`kidlaganimizdek, rus tilini o`rganish foydali va zarur, ammo unga respublika miqyosida rasmiy til maqomini berib, bu haqda tegishli qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritish – yo`l qo`yib bo`lmaydigan xatodir. Bu holat o`zbek tilining rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, uni nufuziga putur etkazib, uning taraqqiyotini yana necha yillar ortga surib yuborishga sabab bo`ladi.

To`rtinchidan, 2019 yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, u mutaxassislarning muhokamasiga taqdim etilgan edi. Xususan, Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida Bosh Vazir tomonidan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ning 1-bandi, ya`ni “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini tayyorlash yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh o`z faoliyati davomida soha mutaxassislari, jamiyat a`zolari tomonidan bildirilgan mulohazalar to`la o`rganib chiqdi va ularni inobatga olgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etdi. Jumladan, ushbu loyihada 1995 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 2-, 7-, 8-, 10-, 13-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24- moddalariga o`zgartirish zarurligi dalillangan. Ta`kidlash zarurki, universitet tomonidan ishlab chiqilgan Qonunning yangi tahriri huquqiy sohada va milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni o`zida to`liq aks ettirish hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunga to`g`ridan-to`g`ri amal qilish, uning ijrosini so`zsiz ta`minlash, shu kungacha davlat va jamiyatda ko`zga tashlangan ko`plab muammolarga echim topishga yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi.

Murojaat mualliflari ichida yuristlar bor, ular bu haqda atayin bilib turib takliflar bildirgan bo`lishi mumkin. Xudo ko`rsatmasin, bu yangi tahrirdagi Qonunga rus tiliga rasmiy til maqomi berilishi haqidagi modda kiritilsa bormi, o`zbek tilining shundoq ham o`ta nozik mavqei butunlay yo`q bo`ladi. Bu xatoni kelajak avlodlar sira kechirmaydi! Shuning uchun jamoatchilik birlashgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasiga bu moddaning kiritilishiga yo`l qo`ymasligimiz shart va zarur.

Inomjon Azimov,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o`zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori,

filologiya fanlari nomzodi,

Laylo Raupova, filologiya fanlari doktori

Saodat Muhamedova, filologiya fanlari doktori

Qanday qilib rus tilini o’rganish mumkin

���� Бу канал орқали рус тили 0 дан ва мустақил ўрганишингиз мумкун!

�� ВИДЕО
�� AУДИО
�� ГРAМAТИКA
�� ЛУГAТ
�� ДИOЛОГ
�� AФОРИЗМ
�� СУЗЛAШУВ

About
Blog
Apps
Platform

Rus tilini oson o’rganish
5.51K subscribers

����Фразы, которые помогут вам общаться на русском языке��
——————————————————
����Rus tilida muloqot qilishda yordam beradigan iboralar��

��В ГОРОДЕ – SHAHARDA

Мне идти прямо?
—To’g’riga qarab yurishim kerakmi?

По пути Вы увидите ресторан на другой стороне улицей
—Yo’lingizda, ko’chaning narigi tomonida restoranni ko’rasiz

Это примерно десять минут ходьбы
—Taxminan o’n daqiqa piyoda yurish kerak

Это совсем близко
—Bu juda yaqin

Это прямо через улицу
—U shundoq bitta ko’chadan keyin

Это в конце коридора
—Bu yo’lakning oxirida

Это не очень далеко
—Bu uncha uzoq emas

Вы не можете его не заметить
—Uni ko’rmasligingiz mumkin emas

Подождите здесь минутку, пожалуйста
—Iltimos, shu yerda bir daqiqa kutib turing

Я выхожу на следующей остановке
—Men keyingi bekatda tushaman

Высадите меня здесь, пожалуйста
—Iltimos, meni shu yerda tushirib keting

Остановите здесь, пожалуйста
—Iltimos, shu yerda to’xtating

1.6K views Азиз , edited 10:22

����Употребление одушевлённых существительных в родительном и винительном падежах (кого?)
——————————————————
����Roditelniy va vinitelniy kelishiklardagi otlarni ishlatish (kimni?)

�� Мужской род:

— Позовите, пожалуйста, ИванА! (винительный падеж)
— Iltimos, Ivanni chaqiring! (vinitelniy kelishigi)

— ИванА нет. (родительный падеж)
— IvaN yoq. (roditelniy kelishigi)

�� Женский род:

— Позовите, пожалуйста, НинУ! (винительный падеж)
— Iltimos,Ninani chaqiring! (vinitelniy kelishigi)

— НинЫ нет. (родительный падеж)
— NinA yoq. (roditelniy kelishigi)

▫️ Позвать кого?
Ивана, Саида, Нину, Фатиму (винительный падеж)

Chaqirmoq kimni?
Ivanni, Saidni, Ninani, Fotimani (vinitelniy kelishigi)

▫️ Нет кого?
Ивана, Саида, Нины, Фатимы (родительный падеж)

Kim yoq?
Ivan, Said, Nina, Fotima (roditelniy kelishigi)

1.5K views Азиз , 10:50

����Увеличиваем свой словарный запас
——————————————————
����Biz so’z boyligimizni oshiramiz

Время года (vremya go da) – yil fasli
Зима (zima ) – qish
Весна (visna ) – bahor
Лето (le to) – yoz
Осень (o sen’) – kuz
Год – yil
Квартал (kvarta l) – yilning to’rtdan bir qismi
Месяц (me syats) – oy
Неделя (ni delya) – xafta
День – kun
Ночь – tun
Утро (u tro) – ertalab
Полдень (polden’) – tush
Вечер (ve cher) – kechqurun
Сумерки (su merki) – shompayti
Полночь (po lnoch’) – yarim tun
Полнолуние (palnalu niye) – to’liq oy
Рассвет (rasve t) – tong
Закат (zaka t) – kun botishi
Сутки (su`tki) – bir kecha-kunduz

1.7K views Азиз , 10:52
1.5K views Азиз , 12:46

����Повторяем‼️ несовершенный и совершенный вид глагола:
покупать → купить
————————————————
����Fe’lning‼️nomukammal va mukammal shaklini takrorlaymiz:
sotib ol → sotib ol

�� ПОКУПАТЬ (каждый день, часто, редко, иногда, процесс, незаконченное действие) – несовершенный вид

�� SOTIB OLMOQ (har kuni, ko’pincha, kamdan-kam,bazida, tugallanmagan harakat)

1.7K views Азиз , 12:48

​​����Отрицательные местоимения никто‌, ничто‌, никако‌й, ниче‌й, не‌кого, не‌чего служат для отрицания наличия какого-либо предмета, признака, количества или для усиления отрицательного смысла всего предложения.
——————————————————
����Salbiy olmoshlar никто‌ (hech kim), ничто‌ (hech nima), никако‌й (hech qanday), ниче‌й (hech kimniki), не‌кого (hech kim), не‌чего (hech nima) birorta predmet, belgi, miqdori yo’qligini yoki gapning salbiy ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

�� Они образованы от вопросительных (относительных) местоимений с помощью безударной приставки ни- (никто, ничто‌, никако‌й, ниче‌й) и ударной приставки не- (не‌кого, не‌чего).

Ular suroq (nisbiylik) sifatlardan ни- (никто, ничто‌, никако‌й, ниче‌й) urg’usiz old qo’shimcha va не- (не‌кого, не‌чего) urg’uli old qo’shimcha yordamida paydo bo’ladi.

�� Местоимения не‌кого и не‌чего не имеют формы именительного падежа.

Не‌кого va не‌чего olmoshlar imenitelniy kelishik shaklga ega emas.

�� Отрицательные местоимения изменяются по падежам и числам, а в единственном числе – по родам. Местоимение никто‌ не изменяется ни по числам, ни по родам.

Salbiy olmoshlar kelishiklarga va songa turlanadi. Birlik sonda bo’lsa – rodga ham. Никто‌ olmoshi son vs rodga turlanmaydi.

Qanday qilib rus tilini o’rganish mumkin

Ogabek Sobirov Sog Lik Qadrini Bil

Хиты Для Сабвуфера

Яна Кошкина Однажды В России Песня

Пасхальный Звон Колоколов

Judas Lady Gaga Edit Audio

Ты Со Мной Забудь Обо Всем

Muzika V Mashinu 2023

Охун Мадалиев Севган Ёр

Ты Подари Мне Судьба Ту Любимую

Tristar Попурри Песен Из Советской Эстрады

Миллион Алых Роз 2022

Цой Группа Крови

Shayx Muhammad Sodiq Xazratlari Xadis Va Xayot Kitobi

Детка Со Мной Играй Ведь Ты Свободная Ремикс

Төреғали Төреәлі Ұшқын Жамалбек Тақия Текст

Рам Вася Рам Ваз

Не Уходи Китайская Песня

Video Bokep Jepang Tante Sangek Paksa Keponakan Ngentot Terbaru 2018

Амирхан Умаев Я Вернусь Hd Нокауты Голос Перезагрузка Сезон 2018

Каспийский Груз Собаки Лают Караван Прет

Красная Плесень Царевна Лягушка

Blues Power Albert King

Психологическое Айкидо Михаил Литвак

Дорожка Фронтовая Поют Дети

Pharrell Williams Happy Speed Up

Песни Для Переходов В Тик Ток

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.