Qanday qilib salbiy hissiyotlardan xalos bo‘lish mumkin
Dastlab siz Anti Akne Aktiv husnbuzarlarni yo‘qotish vositasini sotib olishingiz mumkin. Ikkinchi variant esa bu Biokon brendining yana bir ajoyib kremi – husnbuzarlarga qarshi “Muammoli teri” faol kremi.
Qanday qilib oq sochlardan xalos bo‘lish mumkin?
Ba’zilar sochga oq tushishidan qo‘rqishadi va uni tezda bartaraf etish yo‘llarini izlashadi. Bu borada sizga qichitqi o‘t (krapiva) yordam beradi.
Qaynoq suvga o‘simlikni solib, tindirib qo‘yiladi. Damlama xona haroratiga kelgach, sochlarga surtiladi. Bu muolaja ertalab va kechqurun takrorlab turiladi.
Tez orada oq sochlaringiz kamayayotganligiga guvoh bo‘lasiz. Sizdan esa dangasalik qilmaslik va muolajani aytilgan vaqtida bajarish talab etiladi
Oxshash xabarlar:
- Husnbuzarlardan qanday xalos bo’lish mumkin?
- Tovondagi yoriqlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
- Stressdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
- Tuklardan xalos bo’lish
- Oqargan sochlardan qutulish uchun tabiiy vosita.
- Qanday qilib O’zbekistonda akademik bo’lish mumkin?
- Qanday qilib O‘zbekistonda prezidentlik lavozimiga nomzod…
- Qanday qilib professional fotograf bo’lish mumkin?
- Qanday qilib konsultant bo‘lish mumkin?
- Qanday qilib White hackers bo’lish mumkin?
- Bachadon kichik bo’lsa qanday qilib homilador bo’lish mumkin
- Qazgʻoqdan qanday xalos boʻlish mumkin?
- Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin?
- Qanday qilib veb-dasturchi bo’lish
- Qanday qilib daraxtlarni sifatli va ularning ohagini uzoq…
Оставьте комментарий Отменить ответ
Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.
Qanday qilib salbiy hissiyotlardan xalos bo‘lish mumkin?
Negativ o‘y-fikrlar baxtli yashashga xalaqit beradi. Ular hayotdagi noxushliklarni yodga soladi, tahlikani oshirib, hayotsevarlik energiyasini so‘ndiradi. Salbiy hislar qo‘yniga g‘arq bo‘lgan shaxs olg‘a bosolmaydi, chunki o‘zi mansub olamda muvaffaqiyatsizliklar uni mudom ta’qib qilishidan cho‘chiydi.
Ong ostining real voqelikka ta’siri shunchalik kuchliki, idrokdagi muammolar voqelikka aylanishi va aksincha, ijobiy hislar vositasida ijobiy voqelikni yuzaga keltirish ham mumkin, deyiladi Erkak.uz sayti ma’lumotida.
Inson o‘y-fikri g‘aroyib qudratga ega. Xayolingizda nima bo‘lsa atrofingizda ham shu hol yuz beradi. Chin ma’nodagi baxtli insonga aylanish uchun pozitiv fikr yuritishga o‘tishingiz kerak. Miyangizni qayta dasturlab chiqing va negativ fikrlarni pozitivga aylantiring.
Buni affirmasiya yo‘li bilan bajarsa bo‘ladi. Kelgusi maqolalarimizda bunga batafsil to‘xtalamiz. Bu gal esa ongimizda negativ fikrlar qay tarzda yuzaga kelishi haqida to‘xtalamiz.
Salbiy fikrlar manbalari
Inson ongiga salbiy fikrlar turlicha manbalardan oqib keladi. Bu jarayon oiladan boshlanadi deyish mumkin. Esingizni tanishingizdanoq yashash qanday murakkabligi xususida ota-onangizdan nasihatlar eshitasiz. To‘laqonli yashash uchun, eh-he, nimalar kerak bo‘lmaydi hayotda. Natijada idrokingizga o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, qo‘rquv hislari in quradi. Bu hislar kelajakda baxtli yashash yo‘lini to‘sadi.
Navbatdagi manba bu – OAV. Ustomon reklama kompaniyalari inson ruhiyatiga sezdirmasdan ta’sir ko‘rsatuvchi matnlarni qo‘llashadi. Bu jarayonda kino va teleko‘rsatuvlarning roli ham katta. Kundalik yangiliklar esa dunyoning g‘oyat noxush manzarasini chizib beradi. Urush, falokatlar, inqirozlar tasviri ongimiz ostida o‘z izini qoldiradi.
Maktab va tevarak-atrofdagilar ham salbiy hislar shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Ba’zida o‘zingizdan qoniqmaslik hissi yaralishiga o‘qituvchi yoki sinfdoshingizning kinoyali luqmasi sabab bo‘lib qoladi. Natijada inson o‘ziga past baho beradigan bo‘lib ulg‘ayadi, bu muvaffaqiyatga erishish va kishilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish yo‘lida jiddiy to‘siqdir.
Shu bilan birga o‘zingizning hissangiz ham bor. O‘z-o‘zini ishontirish insonda baxtiyorlik hissini uyg‘otishga ham, alam quchog‘iga g‘arq etishga ham qodir. Hammasi sizning ishonchingizga bog‘liq. Sizning ichki ishonchingiz barchasining asosida yotibdi. Sizni qurshab turgan olam haqida miyangizda yorqin, nekbin tasavvurlar bo‘lishi zarur.
Negativ xayollardan qanday qutulish mumkin?
Miyada qayta qurishni amalga oshirish oson ish emas. Avvalo, barcha negativ fikrlar ro‘yxatini tuzib olish, so‘ng bir boshdan ularni pozitivga aylantirish kerak.
Bu ro‘yxatni bir varaq qog‘ozga yoki kompyuterga yozish mumkin. Barcha fikrlarni qorishtirmaslik uchun tasniflab olish zarur.
Ish to‘g‘risida fikrim qanday?
Pul to‘g‘risida fikrim qanday?
O‘zim haqimda nima o‘ylayman?
Boshqalar to‘g‘risida fikrim qanaqa?
Sevgi haqida fikrim qanday?
Jinsiy aloqa haqida qanday fikr yuritaman?
Do‘stlik haqida fikrim qanday?
Salomatlik haqida nimani o‘ylayman?
O‘qish haqida fikrim qanaqa?
Xudo to‘g‘risida qanday o‘ylayman?
Hayot haqida qanday fikr yuritaman?
Ota-onamdan qanday fikrlash tarzi yuqqan?
Ustozlarim va sinfdoshlarim fikrlarimga qanday ta’sir ko‘rsatishgan?
Erinmang. Bu yumushni bajaring. Barcha salbiy fikrlar va cheklovlarni yozing. So‘ng negativ bitiklarni pozitivga almashtirib chiqing, toki ular sizga ishonch, muhabbat, energiya baxsh etsin.
Affirmasiya ro‘yxati tayyor bo‘lgach, muntazam o‘qib turing. Ro‘yxatdagi eng ta’sirchan va kuchli fikrni ajratib olib, barcha diqqatni unga qarating.
Shu bilan birga o‘y-xayollaringizni muntazam nazoratda tuting. Noxush o‘ylar chulg‘ay boshlashi bilan quvib soling va salomatlik, muhabbat, baxt, farovonlik haqida o‘y suring. Bu bir kunda amalga oshmaydi. Yangicha fikrlash tarziga o‘tish uchun vaqt lozim. Kun sayin pozitiv fikrlash tarziga ko‘nika borasiz, bu esa baxt-saotdatga erishuvingizda ko‘makchi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Husnbuzardan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin? Qanday qilib bu dahshatli kasallikdan qutula oldim?
Husnbuzar bo‘lsin yoki toshmalar – ikkisi ham quloqqa chiroyli eshitilmaydi. Mendagiday ko‘p husnbuzar hatto erkaklarda ham uchramagan bo‘lsa kerak.
Barchasi 15 yoshimdan boshlandi.
Hamma menga achinib tikilar, chunki yuzimdagi husnbuzarlar yulduzlarday ko‘p va kattaligi no‘xatdek kelar edi. Ba’zi qizlarning yuziga bir dona husnbuzar chiqsa, ko‘chaga ham chiqishga uyalishadi, biroq men yuzimdagi yuzlab husnbuzarlarim bilan ham ijtimoiy faol hayot kechirishga majbur edim. Husnbuzarlarimni siqib yo‘qotishga befoyda urindim. Usha paytlari esimda: hech kim bu la’nati husnbuzarlardan qanday xalos bo‘lish bo‘yicha tayinli bir maslahat bera olmadi.
15-18 yoshlarimdagi suratlarimga qarasam hayajonlanib, qandaydir havotirga tushar edim. Aslida husnbuzar muammosi men bilan ancha muddatgacha birga bo‘ldi. Qancha vaqt o‘tsa ham ular yo‘qolmadi.
Husnbuzarlarni farzand ko‘rganda yoki turmushga chiqqanda yo‘qolib ketadi, deyish noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. O‘ttiz yoshga kirganda shuni angladimki, husnbuzarlar biroz kamayishi mumkin, lekin ular o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmas ekan. Ularni, albatta, davolash kerak bo‘ladi. Agar domiy ravishda go‘zallik saloniga borib yuzni tozalatib turilsa, bu ulardan qutulishda maqbul yechimlardan biri bo‘lgan bo‘lardi. Lekin o‘zingiz sezganingizday 15 yoshdagi qizda agar unining ota-onasi qizidagi muammolarga befarq bo‘lsa, bunday imkoniyat bo‘lmasligi tayin.
Shuning uchun ham men o‘zimda sinovdan o‘tgan va rostdan ham yordami tekkan muolaja usulini tavsiya etmoqchiman. Mening yuzim yog‘li bo‘lgan, shuning uchun ham husnbuzar va akne toshmalari tez-tez paydo bo‘laverar edi. Shu sababdan men tavsiya etayotgan davolash formulasi aynan mendagi kabi muammoga duchor bo‘lganlar uchun foydasi bo‘ladi, degan umiddaman.
Dastlab siz Anti Akne Aktiv husnbuzarlarni yo‘qotish vositasini sotib olishingiz mumkin. Ikkinchi variant esa bu Biokon brendining yana bir ajoyib kremi – husnbuzarlarga qarshi “Muammoli teri” faol kremi.
Har ikki krem ham sizga husnbuzar muammolaridan xalos bo‘lishingizda ko‘mak bera oladi.
Biokon brendining Anti Akne Aktiv kremi sizning ham qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak, hoynahoy?
Anti Akne Aktiv – bu Biokon’ning eng mashhur preparatlaridan bir hisoblanib, u aynan muammoli teri kasalliklarida va yallig‘lanishning oldini olishda foydali hisoblanadi. Anti Akne Aktiv kremidan yanada yaxshiroq natija olish uchun yog‘li teriga qarshi emulsiya bilan birgalikda ishlatish tavsiya etiladi. Bunda mikroblar krem bilan birgalikda teridan chiqib ketadi va keskin kamayadi.
Yog‘li teriga qarshi emulsiya va Anti Akne Aktiv kremini qanday qo‘llash mumkin?
Ertalab barvaqt yuzni toza yuvib, Anti Akne Aktiv kremini unga yupqa maska shaklida surtiladi va 30-40 daqiqalardan so‘ng Yog‘li teriga qarshi emulsiyadan surtiladi. Ayni shu jarayon kechasi ham davom ettiriladi.
Natija uchun qancha kutish kerak?
Men ushbu preparatlardan 20 kun davomida foydalandim va sezilarli natijalarni sezdim. Eng asosiysi toza va chiroyli yuzga erishish yo‘lidagi davolanish uchun faqatgina Anti akne va Biokon emulsiyasi yetarli bo‘ldi va qo‘shimcha hech qanday preparatlardan foydalanishga ehtiyoj qolmadi.
Ushbu hikoyamdagi eng yoqimli jihat akneni davolash uchun juda oz pul sarflaganimdir. Biokon’dan emulsiya va Anti-akneni 290 ming so‘mga sotib oldim: bu bir necha oy foydalanish uchun yetarli. Miyam yuqori natijali kosmetika uchun atigi 290.000 ming so‘m sarflaganimni anglashni istamadi ham: ushbu preparatning natijasi bir millionlik muolajaning natijasidan ko‘ra yaxshiroq bo‘ldi.
Yuzimni davolash bo‘yicha barcha qimmatli ma’lumotlarni Biokon brendining mutaxassislaridan bepul olganimni faxr bilan ta’kidlashim mumkin. Dugonamning yuzidagi muammosi kuchliroq va uzoqroq tarixga (u bu muammo bilan 10 yildan buyon azob chekadi) ega ekanligi sababli, unga Biokon mutaxassislari qo‘shimcha muolaja qilishni ham maslahat berishdi. Barchasi uchun ulardan juda ham minnatdorman.
Biokondan husnbuzarlarga qarshi faol krem – “Muammoli teri”.
Bu vosita chuqur va intensiv tarzda husnbuzarlarni oldini oladi hamda muammoli terining nomukammalligini yo‘qotishga yordam beradi.
Kumush ionlari bilan birgalikda kremning quruqlashtiruvchi, sebo-nazorat (yog‘ bezlari nazorati) va keratolitik (teridagi chuqur izlarni tekislash) ta’sirga ega bo‘lgan faol moddalari yog‘ bezlarning holatini yaxshilaydi, akne va husnbuzarlar hosil bo‘lishini oldini oladi.
Pantenol terining namlanishi va tezda tiklanishiga yordam beradi. Ertalab va kechqurun avvaldan tozalangan yuz terisiga qo‘llaniladi; 3—10 haftagacha bo‘lgan kurslar tavsiya etiladi.
Preparatlarni qayerdan sotib olish mumkin?
Biokon kosmetik kremlarini 999 va OxyMed dorixonalaridan sotib olishni tavsiya qilaman. Soxta mahsulotga duch kelmasligingiz uchun men tavsiya etgan preparatni kompaniyaning rasmiy saytidan ham sotib olishingiz mumkin.
Umuman olganda, muammoli yog‘li teri bo‘yicha maslahatlarim, muammoni o‘zim boshimdan kechirganim uchun juda ham ko‘p edi. Necha yillar mobaynida husnbuzarlar bilan kurashib talaygina tibbiy adabiyotlarni o‘qib chiqqanman. Agar bu ma’lumotlarni barchasini batafsil yozganimda, bitta doktorlik ishini yoqlashimga yetgan bo‘lar edi, hoynahoy.
Eng muhim maslahatim — hech qachon husnbuzarlarni siqmang!
Aks holda, ularning o‘rnida yuzingizda dog‘lar va jarohatlar qolishi turgan gap.
Agar sizda husnbuzar muammosi yaqqol ko‘zga tashlanib turgan bo‘lsa, ginekolog ko‘rigiga borishingizni ham maslahat beraman. O‘smirlik va balog‘at paytlaridagi husnbuzar toshmalari ko‘pincha gormonal o‘zgarishlar tufayli ham uchrab turadi.
Afsuski, ko‘pgina ota-onalar bolalaridagi husnbuzarlarga o‘tkinchi holat hisoblab ahamiyat berishmaydi.
Misol uchun o‘zim onamdan yordam so‘rashga uyalganman, onamning o‘zlari ham mendagi husnbuzarlarni ko‘rib tursa-da, ularni siqib tashla, deyishdan boshqa jo‘yali maslahat bermaganlar.
Albatta, onamning yoshligida bunday muammolar bo‘lmagandir va u o‘zini “badbashara o‘rdak” sifatida hech qachon his qilib ko‘rmagandir.
Ota-onalar, o‘z farzandlaringizga yordam qiling!
Farzandingiz o‘z-o‘zidan tonal kremlarni ishlatmaydi, demakki, u o‘zining yosh yuzidagi biror muammoni berkitmoqchi bo‘lyapti va buni sizga aytishdan tortinyapti.
Mening ushbu kichik hikoyam sizlarni ham o‘zgartirishiga umid qilaman.
Sizlarga muvaffaqiyatli muolaja tilab qolaman.
Umidingizni hech qachon so‘ndirmang!
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.