Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib olatni o’stirish mumkin

Jinsiy olatni kattalashtirish uchun qo’shimchalardan foydalanish, massaj texnikasi, vakuumni kattalashtirish, jarrohlik amaliyotiga qadar turli xil usullar mavjud. Kel, jinsiy olatni kattalashtirish uchun qaysi usul samarali va tibbiy jihatdan tasdiqlanganligini bilib oling.

Qanday qilib olatni o’stirish mumkin

Saytdagi ma’lumotlar tanishish uchun joylangan, ularni shifokor maslahatisiz qo`llashingizni maslahat berilmaydi! Tibbiyot.Info – 2020 – 2022

Bo’limlar

  • BOSH SAHIFA
  • BO’LIMLAR
  • TIBBIY ENSIKLOPEDIYA
  • ONLINE XIZMATLAR
  • OG`RIQ VA BELGILAR
  • HOMILADORLIK TAQVIMI
  • KASALLIKLAR
  • DORILAR YO`RIQNOMASI

Obuna bo’ling

Tibbiyot.info Foydali maslahatlar Erkaklar uchun Jinsiy olatni kattalashtirish — o’stirish usullari, normal uzunlik ko’rsatkichi

Jinsiy olatni kattalashtirish — o’stirish usullari, normal uzunlik ko’rsatkichi

  • 4154 Views

Bugungi kunda erkaklar jinsiy olatini kattalashtirish bo’yicha reklamalar ko’rsatadigan barcha sehrli dori-darmonlar va vositalar, eng yaxshi holatda shunchaki pullaringizni ko’kka sovuradi, eng yomon holatda esa sog’ligingizga zarar yetkazadi. Yagona ishonchli usul — jarrohlik amaliyoti o’tkazishdir, lekin bu qurbonlikka arzigulik sabab bo’la olmaydi.

Normal uzunlik

Erkaklar jinsiy a’zosining erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 sm`ni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi — 13,12 sm. Bu ko’rsatkich ham har bir individual holatda farq qilishi mumkin.

BJU International ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, 15 000 nafar ishtirok etgan ko’ngilli erkaklarning 95 foizida a’zo uzunligi 16 sm`dan kichik bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, har 100 kishidan 5 nafaridagina olat 16 sm`dan uzun bo’lishi mumkin.

Xuddi shu tadqiqotda ishtirokchilarning 5 foizidan kamida a’zo 10 sm`dan kichik bo’lgan. Ya’ni har 100 erkakdan 5 nafari yoki undan kamrog’ida.

Patologik jihatdan kichik bo’lgan a’zolar (erektsiya vaqtida 7,5 sm dan kichik) juda kam uchraydi. Shunday ekan, bir necha santimetr qo’shib olish istagida bo’lgan erkalar behuda xavotirlanishmoqda.

Bir tadqiqotda olat kichikligidan shikoyat qilib, Qohira universitetiga murojaat qilgan 92 nafar shaxs o’rganilganda, ularning hech birida a’zo haqiqatda ham kichik aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, 92 nafar mutlaq normal yigitlar o’zlarida kichik jinsiy olat mavjudligiga qaror qilishgan.

Olat uzunligini o’lchashda a’zo asosidan uning boshi uchigacha bo’lgan oraliq inobatga olinadi. Asos — u qov suyagi bilan tutashgan qismdir.

Jarrohlik aralashuvi

Olatning kattaligi siydik chiqarish va erektsiyaga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun odatda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha har qanday operatsiya — bu faqat kosmetologik jihatdan kerakli bo’lishi mumkin va plastik jarrohlik klinikalaridan tashqari boshqa hech qayerda tavsiya etilmaydigan amaliyotdir. Dastlab shu kabi operatsiyalar shikastlanish yoki tug’ilish nuqsonlari tufayli siydik chiqarishga qiynaladigan erkaklar uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik ular erkaklar jinsiy a’zosini uzunroq qilish uchun qo’llanila boshlandi.

Jarrohlik o’tkazilgandan keyin jiddiy asoratlar yuzaga kelish ehtimoli mavjud:

  1. Infektsiyalar.
  2. Chandiq shakllanishi.
  3. Impotentsiya.
  4. Sezgirlikni yo’qotish.

Shuning uchun bunday usullarga oxirgi chora sifatida murojaat qilish kerak: jinsiy olatni uzaytirishni istaganda emas, balki tibbiy muammolar mavjud bo’lganda. Erkak a’zosi kattaligini o’zgartiradigan bir nechta usullar mavjud.

Ligamentotomiya

Bu olat va suyak orasidagi boylamni ajratish bo’yicha o’tkaziladigan operatsiyadir. Suyakka tortilib turmaydigan jinsiy a’zo erektsiya holatida uzunroq ko’rinadi.

Amalga oshirilishida saroblarga berilmaslik lozim. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh, agar u vijdonli bo’lsa, jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq, 3 sm dan ko’proq uzayishi — bu yoki omad, yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshdan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizi aralashuvdan mamnun bo’lishadi.

Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi noj’oya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli erektsiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagi o’zgaradi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi. Qanday ko’rinishini tasavvur ham qilmang.

Qalinlashtiruvchi operatsiyalar

Jinsiy a’zoni qalinlashtirish uchun, silikondan yoki bemorning o’z to’qimasidan tayyorlangan turli xil implantatlar qo’llaniladi. Bu bahsli muolaja bo’lib, ko’plab qarshi ko’rsatmalarga ega.

In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bunda bemorning o’zidan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng keng tarqalganlaridan biri — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin.

Jinsiy olatni kattalashtirish usullari

Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha vositalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida keng tarqalngan usullar qay tarzda ta’sir ko’rsatishi keltiriladi. Ularning aksariyati besamar usullardir.

Tabletkalar

Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas.

Kremlar, losyonlar

Bunday vositalar reklamasi internetda har bir qadamda topiladi. Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, a’zo vaqtinchalik kattalashgandel sezilishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi.

Bunday vositalarni qo’llash bamisoli qo’l yoki oyoqni shunchaki krem surtish bilan uzun qilishga harakat qilishdek kabi.

Iste’mol sodasi

Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, bunday aralashmalar olatga surtish tavsiya etilmaydi, va umuman olganda, tananing boshqa qismlariga ham.

Vakuumli pompa

Ushbu qurilmaning mexanik ta’siri natijasida jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi, oqibatda uning biroz shishishi kuzatiladi. Shu sabab a’zo bir muddat kattalashgandek ko’rinishi mumkin. Ammo bu holat tezda o’tib ketadi va pompalardan tez-tez foydalanilsa, a’zo to’qimalariga zarar yetkazish mumkin. Oqibatda uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar yuzaga kela boshlaydi.

Olatni uzaytirish uchun mashqlar

«Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. Boshqa uy sharoitida bajariladigan usullarda bo’lgani kabi, mashqlar samara berishi haqida dalillar yo’q, asoratlari esa mavjud: og’riq va deformatsiyalar.

Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash. Uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda tor doirada olib borilgan va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi.

Bundan tashqari, mustaqil ravishda bajariladigan har qanday amallar tavsiya etilmaydi. Bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin.

Gormonlar

Testosteron qabul qilish va uning ishlab chiqarilishini rag’batlantiradigan preparatlar qabul qilish qo’shimcha santimetrlar qo’shadi degan yanglish fikr mavjud.

Balog’at yoshidan keyin erkaklar gormoni jinsiy funktsiyaga ta’sir qiladi, a’zo o’lchamiga emas. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashmagan holda ularni qo’llash gormonal buzilish bilan yakunlanadi. Bu jinsiy funktsiyani yo’qotish, bepushtlik va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Erkak jinsiy a’zosi kichik ko’rinsa nima qilish kerak

A’zo kattaligi asosiy narsa emasligi necha bor takrorlanmasin, erkaklar baribir tashvishga tushishda davom etib kelishmoqda.

Eng qiziqarli jihati shundaki, so’rovlar natijalariga ko’ra, 85% hollarda ayollar hamrohining jinsiy a’zosi kattaligi qoniqarli deb hisoblashadi. Biroq, erkaklar o’z a’zosi uzunligi va kengligidan faqatgina 55% holatda qoniqadi.

Kichkina o’lchamlarni o’ydan chiqara olmasangiz, hech bo’lmaganda o’z qo’lingizda bo’lgan amallarni bajarishga harakat qilish mumkin.

Bunday amallardan biri — a’zo atrofidagi yog’larni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki vazn tashlash yetarli bo’ladi.

O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi. Yanada osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida.

Xulosa

Erkaklar jinsiy a’zosini tabiiy o’stirish bo’yicha haqiqatda sinalgan usullar mavjud, faqatgina ular aynan shu maqsad uchun qaratilmagan. Umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash olat o’sishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun to’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, oqsilga boy taomlar iste’mol qilish kerak. Jinsiy funktsiya buzilganda, uni me’yorlashtirish uchun testosteron darajasini oshirishga qaratilgan o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mashqlar bajarish mumkin.

Xulosa qilib aytganda:

  1. Olatni katta qilish uchun kremlar, malhamlar, uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar, qurilmalar, mashqlar samara bermaydi, ular haqida ma’lumot berish esa be’mano, yagona usul — jarrohlik aralashuvi.
  2. Jinsiy olatni o’stirishni xohlovchilarning aksariyati hali jinsiy hayotni boshlamagan, o’ziga juft topgach, hammasi o’z joyida ekanligi ma’lum bo’ladi. Muddatidan oldin qaror chiqarmaslik zarur.
  3. O’zaro yaqinlikda erkak a’zosining kattaligi emas, tomonlarning roziligi, ularning tayyorligi, muhitning qulayligi va shu kabi omillar ko’proq ahamiyatga ega. Bir-biriga befarq bo’lmagan juftliklarda uzun-kaltalik borasida bahslar bo’lmaydi.

Yodda tuting: pornografiyalardagi namoyishlar — kasting natijalari va tasvirga olish xususiyatlari. Ko’pincha xayoliy muammo tufayli tashvishlanishdan ko’ra, jismoniy salomatlik, jinsiy quvvat va texnikaga e’tibor qaratish ko’proq samara beradi.

Like 224 Dislike 28

1065 6 2 cookie-check Jinsiy olatni kattalashtirish — o’stirish usullari, normal uzunlik ko’rsatkichi no

Jinsiy olatni kattalashtirishning 6 usuli: tabiiy usullar va tibbiy muolajalar

Jinsiy olatni kattalashtirish uchun qo’shimchalardan foydalanish, massaj texnikasi, vakuumni kattalashtirish, jarrohlik amaliyotiga qadar turli xil usullar mavjud. Kel, jinsiy olatni kattalashtirish uchun qaysi usul samarali va tibbiy jihatdan tasdiqlanganligini bilib oling.

Ko’pchilik erkaklar uchun jinsiy olatning kattaligi erkaklik xususiyatini, shuningdek, erkaklik, serhosillik, kuch, qobiliyat va jasoratning belgisini ko’rsatishi mumkin. Bu ba’zi erkaklarni jinsiy olatni kattalashtirishga majbur qiladi, garchi ularning Mr.P hajmi aslida normal bo’lsa ham.

Tadqiqot natijalariga ko’ra, erkak jinsiy olatni kattaligi genetik omillarga, irqga va etnik xususiyatlarga qarab o’zgaradi. Jinsiy olatni tiklanmagan holda o’rtacha normal kattaligi 6,5-8 sm atrofida, tiklanganda esa 13-15 sm atrofida bo’ladi. Jinsiy olatning kattaligi g’ayritabiiy yoki mikropenis deb ataladi, agar erektsiya paytida uning hajmi taxminan 7,5 sm bo’lsa.

Turli xil usullar Jinsiy olat

Bozorda qoniqarli natijalarga erishish uchun ko’plab dasturlar, texnikalar va jinsiy olatni kattalashtirish mahsulotlari mavjud. Ammo tibbiy nuqtai nazardan, bu da’volar samarali ekanligi tasdiqlanishi shart emas.

Jinsiy olatni kattalashtirishda keng qo’llaniladigan usullardan ba’zilari, ularning samaradorligi va xavfsizligini tibbiy tushuntirish bilan bir qatorda:

1. Og’irlikni yo’qotish

Ushbu usul jinsiy olatni kattalashtirishda xavfsiz va samarali deb tasniflanadi. Tana vaznining haddan tashqari ko’payishi uning atrofidagi yog ‘birikmalarining jinsiy a’zolarni qoplashiga va jinsiy olatni kichik ko’rinishga olib kelishiga olib keladi. Tana vaznini kamaytirish orqali jinsiy olatni o’qi yanada ko’rinadigan bo’ladi, shunda kattaligi kattaroq ko’rinadi.

2. Jelqing

Jelqing jinsiy olatni hajmini tabiiy ravishda oshirish usulidir. Ushbu usul bosh barmog’i va ko’rsatkich barmog’ining sigirni massaj qilish yoki sog’ish kabi harakatlariga tayanib amalga oshiriladi, bu esa barmog’ingizni jinsiy olatni tubidan jinsiy olatni boshiga qayta-qayta itaradi.

Ushbu usul juda xavfsiz bo’lsa ham, og’riq, tirnash xususiyati, shikastlanish yoki chandiq to’qima hosil bo’lishiga olib keladi, agar siz buni tez-tez qilsangiz. Jinsiy olatni kattalashtirishda ushbu texnikaning samaradorligi tibbiy jihatdan isbotlanmagan. Shuning uchun jinsiy olatni kattalashtirish uchun ushbu texnikadan foydalanishdan oldin ehtiyot bo’lishingiz kerak.

3. Kattalashtiruvchi vakuum

Bu bozorda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha eng mashhur mahsulotlardan biridir. Ushbu vakuum (havo tortadigan naycha) ko’proq qon olish va jinsiy olatni tik va biroz kattalashtirish orqali ishlaydi. Keyin, tanangizga qon qaytib kelmasligi uchun jinsiy olatni mahkamlash uchun mahkam uzuk qo’yiladi.

Afsuski, bu usul jinsiy olatni kattalashtiradi va bir muncha vaqtga cho’zadi va faqat halqa joyida bo’lganida samarali bo’ladi. Bundan tashqari, 20-30 daqiqadan ko’proq vaqt davomida ishlatilsa, qon tomirlari yorilib, to’qimalarga zarar etkazishi mumkin.

Jinsiy olatni kattalashtirishning vakuumli kattalashtirish usuli erektil disfunktsiya muammolarini davolashda keng qo’llaniladi. Biroq, ushbu vositadan foydalanish jinsiy olatni kattalashtirishda samarali ekanligi isbotlanmagan.

4. Qo’shimchalar va kremlar

Vitaminlar, minerallar, o’tlar yoki gormonlarni o’z ichiga olgan ba’zi qo’shimchalar va kremlar jinsiy olatni kattalashtirishga da’vo qiladi. Ushbu mahsulotlarning aksariyat tarkibiy qismlari jinsiy olatni qon oqimini oshirish va jinsiy olatni tik holatga keltirish orqali ishlaydi. Biroq, bu aslida jinsiy olatni uzoqroq va kattaroq qilmaydi.

Yana bir haqiqat, ushbu mahsulotlarning da’volari ko’plab klinik tadkikotlarda samarali ekanligi isbotlanmagan. Ba’zi qo’shimcha mahsulotlar hattoki yurak xastaligi bilan og’rigan erkaklar tomonidan iste’mol qilinadigan xavfli sildenafil sinfini o’z ichiga oladi.

Jinsiy olatni kattalashtiruvchi kremlardan foydalanish bilan bir qatorda, bu kremlarning jinsiy olatni kattalashishini ko’rsatadigan klinik dalillar mavjud emas. Ba’zi mahsulotlar, hatto jinsiy olatni allergiyasi yoki terining tirnash xususiyati kabi nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

5. Jinsiy olatni kengaytiruvchi

Ushbu texnikada yumshoq yoki tik bo’lmagan jinsiy olatni tortish yoki cho’zish uchun og’irlik yoki kengaytiruvchi ramka biriktiriladi. Natijada, uch oylik foydalanishdan keyin jinsiy olatning o’rtacha uzunligi 1,5 sm dan oshdi. Biroq, ushbu usul faqat Peyronie kasalligiga chalingan erkaklarda muvaffaqiyatli bo’ladimi-yo’qligini aniqlaydigan tadqiqotlar mavjud.

Ushbu vosita qanchalik kuchli va samarali ekanligini aniqlash uchun ko’proq izlanishlar zarur. Bundan tashqari, ushbu vosita BPOM Indoneziya va hattoki xorijdagi bir qator shunga o’xshash agentliklar tomonidan tasdiqlanmagan.

Ushbu vositadan foydalanish noqulay bo’lishi va nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, ko’karishlar, asab shikastlanishi yoki jinsiy olatdagi qon quyqalari juda ko’p cho’zilib ketmaydi.

6. Jinsiy olatni operatsiyasi

Jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha jarrohlik protsedura ikkiga bo’linadi, ya’ni:

  • Jinsiy olat atrofini kattalashtirish bo’yicha operatsiya
    Ushbu operatsiya tananing boshqa qismidan olingan yog’ni jinsiy olatni ichiga yuborish orqali jinsiy olatni diametrini oshirish uchun amalga oshiriladi.Ushbu operatsiyaning yon ta’siri chandiq to’qimalari, infektsiya, og’riq va shishish ko’rinishidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Jinsiy olatni uzaytirish uchun operatsiya
    Eng ko’p ishlatiladigan texnika jinsiy olatni va pubik suyakni bog’laydigan ligamentni kesish orqali amalga oshiriladi. Keyin, olatni uzunligini oshirish uchun olat tubidagi teriga payvand qilinadi.
    Ushbu operatsiya o’rtacha olganda jinsiy olatni uzunligini tiklamaganda 1-2 sm ga oshiradi, lekin tiklanganda jinsiy olatni hajmi bir xil bo’ladi. Afsuski, ushbu operatsiya erektsiya qobiliyatining beqaror bo’lishiga ta’sir qilishi mumkin, bu esa jinsiy aloqada noqulaylik tug’dirishi mumkin.

Jarrohlikdan tashqari, jinsiy olatni kattalashtirish uchun boshqa usullar ham mavjud, masalan, ukoldan foydalanish plomba uning hajmini oshirish uchun jinsiy olatni ustida. Biroq, bu usul xavfsiz va samarali ekanligi isbotlanmagan.

Jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha operatsiya narxi arzon bo’lmasligi mumkin va odatda ushbu protsedura tibbiy sug’urta bilan qoplanmaydi. Ushbu operatsiyani bajarishdan oldin, ushbu protseduraning afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida doktoringizga murojaat qilganingiz ma’qul. Endi, tibbiy shifokorlar bilan ixtisoslashgan shifokorlar bilan bepul suhbat xizmatlarini ko’rsatadigan sug’urta mavjud.

Jinsiy olatni jarrohlik yo’li bilan kattalashtirish doimiy natijalar beradi deyiladi. Biroq, o’tkazilgan bir qator tadqiqotlar natijasida uning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi dalillar etarli emas.

Jinsiy olatni kattalashtirish uchun to’liq samarali va xavfsiz usul mavjud emas. Shuni esda tutingki, jinsiy qoniqish har doim ham jinsiy olatning kattaligi bilan bog’liq emas. Ammo agar siz hali ham janobni kattalashtirmoqchi bo’lsangiz. Siz, avval shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.