Press "Enter" to skip to content

TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi

TEAM University texnologik jihatdan rivojlangan yosh tadbirkorlarni chiqarishni maqsad qilgan, shuning uchun o‘quv jarayoni iloji boricha interaktiv bo‘lib, yangi texnologiyalardan foydalanishni va ta’limni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. TEAM University shaharchasi — bu shinam auditoriyalar, hamkorlik zonalari, ochiq jamoat joylari va parkingga ega zamonaviy binodir. Talabalar uchun samarali o‘qish va qulay muhitda o‘zini namoyon qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, TEAM University ma’muriyati COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli dunyodagi vaziyatni hisobga olgan holda, o‘quv jarayonidagi xatarlar va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga oladi. Ehtimoliy cheklashlar oqibatlarini ta’lim jarayoniga zarar yetkazmasdan yumshatish maqsadida, TEAM University o‘rnatilgan o‘qitish natijalariga onlayn, aralashgan va an’anaviy rejimlarda erishishga imkon beradigan materiallar ishlab chiqmoqda va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlanmoqda.

IT yo‘nalishidagi universitet rektori: «Tanka»siz o‘qishga kirish mumkin! (+video)

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlaridan biri Toshkent shahridagi Amiti universiteti hisoblanadi. «Xabar.uz» nashri uning rektori Bobur ABDULLAYeV bilan suhbat uyushtirdi va quyida uni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Suhbatdosh haqida:

Bobur Sagdullayevich ABDULLAYeV – 1988 yil 16 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Koreya Respublikasi davlat xizmatchilarini o‘qitish markaziy institutida tahsil olgan.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

2019 yil 18 dekabrdan Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori vazifasini bajaruvchisi.

– «Xabar.uz» axborot tahliliy portalining «110 metr balandlikda» deb nomlangan loyihasiga xush kelibsiz. Siz respublikamizdagi eng yosh rektorlardan hisoblanasiz. Ayting-chi, bu osonmi?

– Oson demagan bo‘lar edim, lekin qiyin ham emas. Qiziq degan bo‘lar edim, menimcha. Shu so‘z to‘g‘ri bo‘ladi, chunki O‘zbekistonda Amiti universitetining ochilishi arafasida men Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlar edim. Bu universitetning loyihasi topshirilganda boshidan qatnashganman va hamma detallaridan xabardor bo‘lganman. Uni rivojlantirish uchun harakat qilganmiz. Shuning uchun ham men uchun juda qiziq. Mehnat faoliyatim davomida juda ko‘p mamlakatlardagi ta’lim jarayonlarini kuzatishga imkoniyat bo‘ldi. Har xil davlatlarda ta’lim yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilyapti, qaysi yo‘l ko‘proq samara beryapti, o‘rganganlarim va bu malaka hozirgi ish faoliyatimda katta yordam beryapti. Hammasidan boxabar bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, yoshga qaramasdan katta imkoniyatlar yaratilyapti. Bu talabalarimiz bilan bemalol muloqot qilishimiz uchun muhim hisoblanadi. IT-sohasida asosan yosh mutaxassislar faoliyat olib boradi. INHA universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Amiti universiteti – umuman olganda, IT sohasi yoshlar bilan qilinadigan soha.

Bir intervyuda esingizda bo‘lsa, Amiti bitiruvchilari eng nufuzli joylarda ishlaydi, deb aytgan edingiz. Hali ham shu fikrdamisiz va nima uchun?

– Bunga har doim intilamiz, chunki eng yaxshi joylarda ishlaydi deganimni sababi bor. Amiti universiteti bu global brend, butun dunyoda faoliyat olib borayotgan katta muassasa. O‘zbekistonda faoliyatini boshlaganda, biz aniq bilar edikki, bu samarali ta’lim bera oladi. Ta’limdan tashqari eng yaxshi korxonalar bilan fikr almashish eko-tizimini yaratib berish, kelajakda eng yaxshi korxonalarda faoliyat olib borishi yoki shunday korxonalarni o‘zlari tashkil etishlari uchun imkoniyat tug‘diradi. Ko‘rasiz, keyingi yil bitiradigan magistrlarimizdan chiqadi, eng yaxshi kompaniyalar, pozitsiyalar bizning talabalardan chiqadi.

– Albatta, buni hisobga olib qo‘yamiz. O‘tgan yili oliy ta’lim muassasalariga nechta abituriyent hujjat topshirgan va nechtasi qabul qilingan? Bu yil o‘qishga qancha talaba qabul qilmoqchisizlar?

– O‘tgan yili bizda 500 ta kvota bor edi, ammo 340 ta talaba qabul qildik. Bu talabalar kam topshirishgani uchun emas. O‘tgan yili 1 o‘ringa 40 ta abituriyent ariza topshirgan, lekin biz sifatni tushirmaslik uchun talabalarga qo‘yiladigan talabni kuchaytirdik. Maqsad kvotani to‘ldirish emas, maqsad eng yaxshi abituriyentlarni tanlab olish edi.

– Universitet o‘z filialini ocha oladimi? Agar ochsa ham mamlakatning qaysi hududida ocha oladi?

– Bu universitetning kichik siri. Niyatimiz mamlakatning barcha viloyatlarida filiallarimizni yaratish. Biz filiallarni ocha olamiz. Biz hududlar bilan ishlashga tayyormiz. Lekin bunda juda ko‘p faktorlar rol o‘ynaydi, ya’ni bizda barcha o‘quv jarayonlari chet tilida ingliz tilida, barcha o‘qituvchilarimiz chet ellik. Shuni inobatga olib, har tomonlama mos keladigan hudud tanlaymiz. O‘rganish jarayonida olingan ma’lumotlar hamma narsani hal qiladi.

– Yangi yo‘nalishdagi fakultetlar, magistratura ochish haqida ham gapirib bera olasizmi?

– Bizda magistratura bor: Birinchi yildan bakalavrning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha va magistraturaning IT yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat boshlaganmiz. Bu yil ilk magistr bitiruvchilarimiz bitirishadi. Lekin kelasi o‘quv yilidan doktorlik dessertatsiyasi bo‘yicha ish olib bormoqchimiz, ya’ni PhD yo‘nalishini ochmoqchimiz. IT yo‘nalishida PhD mutaxassislarini tayyorlashni boshladik. Ikkinchi yo‘nalish onlayn universitet tashkil qilmoqchimiz. Bu masalalarni chuqur, atroflicha o‘rgandik. Pandemiya davrida bu 2 ta yo‘nalish eng qiziq yo‘nalishlardan hisoblanadi. Kelasi yildan bu 2 yo‘nalishni ham yo‘lga qo‘yamiz va universitet to‘laqonli faoliyatini boshlaydi.

– Mamlakatimizda IT yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi INHA universitetidan Amiti universiteti nimasi bilan farqlanadi? Ular bilan raqobat maydonida sifatli kadr tayyorlashga Amitining kuchi yetadimi?

– Bu eng ko‘p takrorlanadigan va eng yaxshi ko‘rgan savolim. Men mamlakatimizda kuchli universitetlar faoliyat boshlayotganidan, IT yo‘nalishida kuchli universitetlar borligidan juda xursandman. O‘ylaymanki, buni raqobat deyish, kerak emas. Oliy ta’lim yo‘nalishida juda ko‘p qilinadigan ishlarimiz bor, juda ko‘p universitetlarni tashkil qilishimiz kerak. Maktab bitiruvchilarimizning bor-yo‘g‘i 25 foizini hozir oliy ta’lim bilan qamrab olyapmiz, biz o‘z-o‘zidan hamkor sifatida ishlaymiz. INHA va Axborot texnologiyalari universitetlari bilan birga amalga oshiradigan loyihalarimiz bor. Biz talabalar sonini emas, talabalar sifatini talashamiz. 17 ta mamlakatda Amiti o‘z faoliyatini olib boradi. Bu mamlakatlarning hammasida Amitining diplomi ishlaydi. Biz universitetga o‘qitish uchun faqat chet ellik mutaxassislarni olib keldik. Bu yana bir ustunligimiz. Korxonalar bilan juda yaqin ishlashga intilyapmiz. Korxonalar bilan juda ko‘p tadbirlarni, talabalar uchun suhbatlarni uyushtiryapmiz. Bu ham bir ustunlik. Bu raqobatda yutishimiz mumkin-u, yutqazmasligimiz aniq. Universitetimizda talabalar uchun yana bir imkoniyat – chet elda amaliyot o‘tash va chet elda o‘qish. 2019 yil birinchi o‘quv yilidan boshlab Dubaydagi Amiti universitetiga talabalarimizni taklif qildik. 11 ta talabamiz qatnashdi va Hindistondagi Amiti universitetida 1 haftalik kursda qatnashishdi. Hindistondagi dasturimizni to‘liq Amiti universiteti qoplab berdi. Keyingi rejamiz talabalarimizni London va Singapur universitetlariga yuborish edi. Afsuski, pandemiya bunga yo‘l bermayapti, ammo bizda bu imkoniyatlar juda keng.

– Yuqoridagi savolimizning mantiqiy davomi sifatida so‘ramoqchiman: oxirgi 4-5 yil davomida ko‘plab xalqaro universitetlar tashkil etildi. Siz rektor sifatida ular o‘rtasida raqobat bor, deb o‘ylaysizmi va bu qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?

– Xalqaro universitetlarning paydo bo‘lishi O‘zbekistonda bu sifatni keyingi darajaga olib chiqadi. Raqobat bor ekan, eng yaxshi mutaxassislarni yetishtirish maqsadimiz bo‘lib qoladi. Kelajakda talabalarimizga qarab bizga, universitetlarimizga baho berishadi. Raqobatda katta ustunligimiz bor. Mamlakat Prezidenti Hindistonga borganda tashabbus bilan olib kelgan universitetni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi juda qattiq qo‘llab-quvvatlaydi va bizga juda katta yordam beradi. Kelishuvga asosan binolarning barcha jihozlarining taqdim etilishi, korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash uchun imkoniyat yaratilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi juda katta yordam beryapti va Amiti o‘zining global tarzda faoliyat olib borishi bu raqobatda ustunliklarimizdan hisoblanadi.

– Amitining diplomi bitiruvchiga qanday imkoniyatlar bera oladi?

– Toshkent shahridagi Amiti universitetini bitirgan bitiruvchilar diplomni asosiy kampusdan, Hindistondan oladi. Diplom dunyoning ko‘pgina akkreditatsiya tashkilotlarida akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu diplom bilan nufuzli universitetlarda magistrlik yo‘nalishida, PhD va boshqa yo‘nalishlarda o‘qishni davom ettirish mumkin. Bundan tashqari, dunyoning eng katta korxona brendlarida ishlash imkoniyati beriladi, chunki taniqli universitetning talabalari taniqli korxona uchun kerak bo‘ladi. Amiti 17 ta eng boy mamlakatda faoliyat olib boradi, bular: AQSh, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur va boshqalar. Bularda borib ishlash uchun tayyor akkreditatsiyadan o‘tgan diplom oladi. Bitiruvchilarimiz faqat teoriya orqali bilim olmaydi, korxonalar orqali amaliyot o‘tishga, eko-tizimni yaratishga imkoniyat beryapmiz.

– O‘zingizga yana bir imkoniyat berilganda Amiti universitetida o‘qirmidingiz?

– Albatta, o‘qirdim. Amiti O‘zbekistonda endi 2 yil mobaynida faoliyatini boshladi. Qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. Biz ishimizni tanqidiy jihatdan ko‘rib borishimiz va shunga intilishimiz kerak.

– Agar axborot texnologiyalari sohasini tanlamaganingizda qaysi sohani tanlagan bo‘lardingiz?

– Bu savolga javob berishim juda qiyin, chunki faoliyatimni boshlaganimdan buyon shu sohaning ichidaman. Yoshligimdan shu sohani yaxshi ko‘rganman. Hech kim turtki bermagan, shu sohada o‘qiysan, demagan. Bu sohani 6 yoki 7-sinfligimda tanlaganman. Agar IT-sohasini tanlamaganimda sport sohasini tanlagan bo‘lardim, ehtimol. Abituriyentlikda katta tanlovni amalga oshirganman: sport yoki o‘qishni tanlashimga to‘g‘ri kelgan. Bilasiz, abituriyentlikda qo‘shimcha kurslar olinadi, juda qattiq tayyorlaniladi. Shunda 8 yil shug‘ullangan sportimni tashlaganman. Tanlashim kerak edi: yo sport bilan professional jihatdan shug‘ullanish yoki ta’limni qattiq ushlash. Men ta’limni tanladim. O‘sha paytda sport turi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi edim. Lekin «ayti» mening eng sevimli soham, uni boshqa soha bilan almashtirmayman.

– Abituriyentlarga qanday tilak bildirasiz?

– Abituriyentlarga tilakmas, ularga imkoniyatlardan foydalanish kerak, degan bo‘lardim. Hozirgi imkoniyatlar bizning davrimizda bo‘lganda, o‘zimdan kelib chiqib, yutuqlarim bundan-da ko‘p bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Imkoniyatlardan foydalanish kerak.

– Demak, «tanka»siz o‘qishga kirish mumkin?

– Eng yaxshi misollardan biri o‘zimman. Menda «tanka» bilan o‘qishga kirish yoki tanish-bilish bilan ishga kirish umuman bo‘lmagan. Men 7 avlodli shajaramni bilaman. Bizda avlodlar kitobi bor. Men ishlayotgan sohada hech kim ishlamagan. Bizda 7 avlod savdogarlar: bir men bu narsani buzdim. O‘ylaymanki, ayniqsa, hozir hammada imkoniyat bor. O‘zbekistonning ochilish jarayonida bunday imkoniyatlar hammada bor. Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Ya’ni, siz kim bo‘lishni xohlaysiz, yo‘lingizda aniq keta olasizmi? Boyagi savolingizga javob sifatida aytdim-ku: IT sohasidan boshqasini tassavvur qila olmasdim. O‘sha sohani professonal darajaga olib chiqsangiz, eng yaxshisi bo‘lsangiz, yaxshi yutuqlarga erishaverasiz.

To‘g‘risini aytsam, sohada ishlasam ham, teleminoraga chiqqanimga ancha bo‘lgan ekan. Men o‘zgarishlarni ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Taklif uchun «Xabar.uz» va teleminoraga minnatdorlik bildiraman.

TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi

TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi. TEAM University tadbirkorlik universiteti 2020—2021-o‘quv yilida 500 nafar talabani qabul qiladi va ularning har biri uchun o‘qish narxining 35 foizini qoplaydi. TEAM University birinchi tadbirkorlik universiteti o‘qishga kirish uchun arizalarini qabul qilish boshlanganligini e’lon qildi. 2020—2021 o‘quv yilida universitet 500 talabani qabul qiladi va o‘qish to‘lovining uchdan bir qismini qoplaydigan grantlar beradi.

TEAM University prorektori Aleksey Semyonov talabalarni yangi o‘quv yilida nima kutayotgani, universitet qanday imkoniyatlarni yaratayotgani va o‘qishga qabul jarayoni qanday ketayotgani haqida so‘zlab berdi. Aleksey Semyonov Kembrij universitetining magistr darajasiga va akademik bo‘limni boshqarishda ko‘p yillik tajribaga ega. Uning vazifalariga xorijiy ellik sherik — London South bank university (LSBU) bilan birga ta’limda Buyuk Britaniya sifat standartlarini saqlab qolish hamda abituriyentlarni qabul qilish va talabalar bilan ishlash kiradi.

TEAM University — bu Toshkentda tadbirkorlik fikrlashiga ega, shaxsiy startaplarini yaratishga va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantarishda faol ishtirok etishga tayyor bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlaydigan birinchi universitetdir. TEAM University talabalarga nafaqat bugungi kunda, balki o‘qishni tugatgandan keyin ham to‘rt yil o‘tgach O‘zbekiston bozorida ishlash uchun muhim bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy bilimlarni olish imkoniyatini Berishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadga o‘qitishning akademik yo‘nalishini soft skills ni rivojlantirish bilan birlashtirish, Toshkentdagi yetakchi tadbirkorlar bilan tajriba almashish, mahalliy ishbilarmonlik muhitini o‘rganish, dunyodagi haqiqiy vaziyatlarni tahlil qilish hamda yetakchilik va aloqa ko‘nikmalariga e’ibor qaratish orqali erishish mumkin.

Yangi o‘quv yilida TEAM University talabalarini nima kutmoqda? O‘qishning birinchi yili umumiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tadi, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab esa talabalar biznesni boshqarish sohasidagi uchta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Ta’lim ingliz tilida olib borilib, O‘zbekiston bozori bilan yaqin hamkorlik: startap-inkubatorlar, mamlakatning eng yaxshi kompaniyalarida amaliyot o‘tash, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan aloqa o‘rnatish, tadbirkorlik sohasidagi xorijiy ekspertlarning ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi.

TEAM University texnologik jihatdan rivojlangan yosh tadbirkorlarni chiqarishni maqsad qilgan, shuning uchun o‘quv jarayoni iloji boricha interaktiv bo‘lib, yangi texnologiyalardan foydalanishni va ta’limni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. TEAM University shaharchasi — bu shinam auditoriyalar, hamkorlik zonalari, ochiq jamoat joylari va parkingga ega zamonaviy binodir. Talabalar uchun samarali o‘qish va qulay muhitda o‘zini namoyon qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, TEAM University ma’muriyati COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli dunyodagi vaziyatni hisobga olgan holda, o‘quv jarayonidagi xatarlar va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga oladi. Ehtimoliy cheklashlar oqibatlarini ta’lim jarayoniga zarar yetkazmasdan yumshatish maqsadida, TEAM University o‘rnatilgan o‘qitish natijalariga onlayn, aralashgan va an’anaviy rejimlarda erishishga imkon beradigan materiallar ishlab chiqmoqda va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlanmoqda.

Yangi o‘quv muassasasi dunyodagi eng yaxshi 1000 universitetlardan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning London South bank university tadbirkorlik universiteti bilan hamkorlik qiladi. Ta’lim standartlari Buyuk Britaniya sifat mezonlariga muvofiq keladi va bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham o‘z faoliyatini boshlashga imkon beradi.

TEAM University’ga qanday qilib o‘qishga kirish mumkin?

  • IELTS (Overall 5.5; Writing 5.0);
  • Cambridge English (Overall 162; Writing 154);
  • TOEFL iBT (Overall 72; Writing 14);
  • Duolingo (Overall 90);

3. Pasport nusxasi.Barcha hujjatlar hamda ariza TEAM University ning ro‘yxatdan o‘tish tizimi: registration.teamuni.uz da onlayn tarzda qabul qilinadi

Grantni qanday olish mumkin?

O‘qishning birinchi yilida TEAM University ning mutlaqo barcha talabalari o‘qish narxining 35 foizi — 20,6 mln so‘m miqdorida grant olish imkoniyatiga egadirlar. Kursga qabul qilingan talabalar grant olish uchun “Nima uchun TEAM University?” mavzusida videofilmni yuborishlari yoki shu mavzuda ingliz tilida esse yozishlari kerak. A’lo o‘qiydigan talabalar ikkinchi yildan boshlab universitet ta’sischilari va hamkor tashkilotlar tomonidan shartnoma qiymatining 100 foizi qoplanishiga ega bo‘lishlari mumkin. TEAM University — bu xalqaro ta’lim sifati, qulay muhit hamda amaliy ish bilan akademik bilimlarning mutanosib uyg‘unligidir. TEAM University — bu O‘zbekiston zamonaviy biznes bozorining bir qismi bo‘lishni va uni yaxshilashni istaganlar maskanidir. teamuni.uz saytida TEAM University haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz va hujjatlarni onlayn ravishda topshirishingiz mumkin. TEAM University da o’qish masalasidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:(+998) 71-200-20-60.Telegram: t.me/TEAMuniversityuzInstagram: @teamuni_uzFacebook: fb.com/teamuni.uz

Reklama huquqi asosida.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.