O’g’il farzand ko’rish — ilmiy usullar, kalendar, TOP-3 xalqona tavsiya
Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin. Biroq ehtimollikni u yoki bu tomonga siljitishga ko’maklashadigan va ilmiy asosga ega usullar mavjud.
O’g’il farzand ko’rish: rejalashtirish usullari, sirlari, xalqona maslahatlar, parhez
Ko’pchilik ota-onalar bo’lajak farzandlarining jinsini tanlashni xohlashadi. Masalan, juftliklar o’g’il farzand ko’rish sirlarini bilgisi keladi, nega bunday ekanligi esa muhim emas. Muhimi shuki, homila jinsini rejalashtirish uchun bir qator nisbiy asoslangan, shuningdek unchalik asoslanmagan usullar mavjud.
Qanday qilib o’g’il ko’rish kerakligini tushunish uchun urug’lanishda homila jinsi qanday tanlanishini bilishingiz kerak. Yangi inson DNKning yarmini otadan va qolgan yarmini onasidan oladi. Barchaga ma’lumki, ayolda XX, erkaklarda esa XY xromosomalari bor.
Shunday qilib, tuxum hujayrani urug’lantirish uchun spermatozoid orqali otadan qaysi xromosoma uzatilishi bo’lajak farzandning jinsini belgilab beradi. Agar spermatozoid Y-xromosomaning tashuvchisi bo’lsa, unda o’g’il bola tug’iladi.
Homiladorlik haqida to’liq ma’lumot→
Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar siz o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin.
Qoida tariqasida, embrionning muayyan jinsini tanlash faqat ayol yoki erkak chizig’i orqali uzatiladigan har qanday irsiy kasallikni (masalan, gemofiliya) oldini olish uchun ko’rsatiladi. Odatiy sharoitda siz, o’g’il farzandga homilador bo’lish uchun turli maslahatlardan foydalanishingiz va ming yillar davomida orttirilgan tajribani qo’llashingiz mumkin.
- 1 Ovulyatsiya bo’yicha o’g’il farzand ko’rish
- 2 Homila jinsini rejalashtirish taqvimi
- 3 Qonning yangilanishi
- 4 Oy taqvimi
- 5 O’g’il farzand ko’rish uchun parhez
- 6 Boshqa usullar
Ovulyatsiya bo’yicha o’g’il farzand ko’rish
Y-spermatozoidlar kam yashovchan, ammo X-spermatazoidlarga nisbatan ko’proq faolligi ilmiy daliliga asoslangan taqvim usuli urug’lantirishni ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni amalga oshirishni tavsiya etadi.
Ovulyatsiya kunini aniqlash→
O’g’il farzand xohlayotgan ayolga ovulyatsiya jadvali kerak bo’ladi. Buning uchun diqqat bilan bazal tana haroratini o’lchash, dorixona ovulyatsiya testidan foydalanish yoki ultratovush yordamida follikullarni kuzatib borish mumkin. Shuningdek, ovulatsiyani nisbatan ko’proq yopishqoq va oqroq bo’ladigan ajralmalarga tayangan holda aniqlash mumkin.
Bazal haroratni o’lchash haqida→
Otaga esa spermatozoidlar ko’proq, ularning faolligi yuqoriroq bo’lishi uchun, urug’lantirishdan oldin bir necha kun jinsiy aloqani istisno qilishi tavsiya etiladi.
Bolani qanday holatda (pozada) urug’lantirishga keladigan bo’lsak, bu ham muhim rol o’ynaydi. Bachadon bo’yni va sperma o’rtasida maksimal aloqa o’rnatish zarur. O’g’il ko’rish uchun ikkita poza optimal hisoblanadi: «ortida erkak» yoki «yuqoridan kelgan ayol». Jinsiy aloqadan so’ng, ayol chalqancha yotishi tavsiya etiladi, bu eng faol spermatozoidlarning mo’ljaliga yetib borishiga yordam beradi.
Homila jinsini rejalashtirish taqvimi
Bu savolga javob berish uchun ona yoshini hisobga oladigan xitoy taqvimi, bo’lajak ota-ona tug’ilgan oyni taqqoslash asosida yapon jadvali yordamga keladi. Bundan ota-onaning qon guruhlari va rezus omili nisbati asosida yaratilgan jadval ham ehtimollikni hisoblashda qo’llanilishi mumkin.
Xitoy taqvimi→.
Qonning yangilanishi
Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash lozim. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.
- Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi, faqat butun son hisobga olinadi va qolgan qoldiq aniqlanadi. Mmasalan, 29 yoshda bo’lsa, 29: 4 = 7,25, faqat 7 soni hisobga olinadi, shunda qoldiq 1 ga teng bo’ladi, ya’ni 7×4 = 28, 29 — 28 = 1.
- Onaning umumiy yoshi uchga bo’linadi (masalan, 26 yoshda bo’lsa: 26: 3 = 8, qoldiq 2).
- Qoldiqni solishtiring. Erkakda qon bir yil oldin yangilangan (qoldiq 1), ayolda esa 2 yil oldin (qoldiq 2). Ushbu nazariyaga asoslanib, bu davrda o’g’il tug’ilishi kutiladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».
Hisob-kitoblar juda murakkab ko’rinsa, ota-onaning yoshini quyidagi maydonlarga kiritish kifoya. Kalkuyator natijani avtomatik tarzda hisoblab beradi. Biroq uning natijalari homila jinsini oldindan 100% to’g’ri ko’rsata olmaydi, shuning uchun bitta bu usulga tayanish tavsiya etilmaydi.
Onaning yoshi
Otaning yoshi
Oy taqvimi
Qanday qilib o’g’il farzandga homilador bo’lish kerakligini oy taqvimi taqdim etadi. Buning uchun siz oy qachon qovg’a, qo’y, egizaklar, arslon, tarozi yoki o’qotarda bo’lishini bilishingiz kerak. Internetda buni aniqlashni osonlashtiradigan xizmatlarni topishingiz mumkin.
O’g’il farzand ko’rish uchun parhez
Ba’zi tadqiqotlar natijasida ma’lum bir parhezga amal qilib o’g’il ko’rish mumkinligi aniqlandi. Homilaning qay jinsda tug’ilishi va oziq-ovqat o’rtasidagi aloqaga birinchi bo’lib fransuzlar e’tibor qaratgan.
Ota-onalarga natriy va kaliyga boy ovqatlar yeyish tavsiya qilinadi:
- Go’sht, kolbasa, baliq, tuxumning oqi;
- Lartoshka, no’xat, yasmiq, loviya, qo’ziqorin, guruch;
- Gilos, banan, o’rik, apelsin, shaftoli, xurmo, mango, qora shokolad.
Bu vaqtda sut, non, kaltsiy yuqori bo’lgan mineral suv, yong’oq, ko’katlar, yashil loviya, karamni cheklash va ovqatni ortiqcha tuzlashdan saqlanish o’rinlidir.
Boshqa usullar
Homila jinsini rejalashtirish masalasi uzoq tarixga ega, shuning uchun o’g’il tu’g’ilishi ehtimolini oshirish uchun ko’p maslahatlar to’plangan:
- Chekishni to’xtatish;
- Tana vaznini 55 kilogrammdan kamaytirmaslikka harakat qilish;
- Erga yondashish, u oilaning haqiqiy boshlig’i bo’lishi kerak;
- Homilador bo’lish uchun qancha ko’p vaqt ketsa, homila o’g’il bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi;
- Tinch va osuda turmush tarzini saqlang, stressdan qoching;
- Bo’lajak farzandingizni barcha tafsilotlarda tasavvur qiling.
Va nihoyat, oxirida o’g’il farzand ko’rish sirlari va xalqona maslahatlar. Urug’lantirish yoz faslida sodir bo’lsa, yanada yaxshi, bunda bo’lajak ota yerda yalangoyoq yurishi va ularning erkaklik quvvatini oshirishi muhim ahamiyatga ega. Urug’lantirish uchun eng yaxshi vaqti ertalab yoki dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari ekanligiga ishoniladi.
O’g’il farzand ko’rish — ilmiy usullar, kalendar, TOP-3 xalqona tavsiya
Ko’pchilik otalar birinchi farzandlari o’g’il bo’lishini xohlashi sir emas. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Bugungi kunda homila jinsini oldindan rejalashtirish uchun bir qator nisbatan ilmiy asosga ega, shuningdek, fan tomonidan tasdiqlanmagan usullar mavjud.
O’g’il ko’rish uchun nima qilish kerakligini tushunish uchun urug’lanishda homila jinsi qanday tanlanishini bilish kerak. Yangi bola DNK `ning yarmini otadan, qolgan yarmini onadan oladi. Barchaga ma’lumki, ayolda XX, erkaklarda esa XY xromosomalar bor.
Shunday qilib, tuxum hujayrani urug’lantirish uchun spermatozoid orqali otadan qaysi xromosoma o’tishi bo’lajak farzandning jinsini belgilab beradi. Agar spermatozoid Y-xromosoma tashuvchisi bo’lsa, unda o’g’il bola dunyoga keladi.
O’g’il ko’rish uchun ilmiy usullar
Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin. Biroq ehtimollikni u yoki bu tomonga siljitishga ko’maklashadigan va ilmiy asosga ega usullar mavjud.
Ovulyatsiya bo’yicha
Y-spermatozoidlar kam yashovchan, ammo X-spermatazoidlarga nisbatan ko’proq faol bo’ladi. Shu sababli taqvim usuli yordamida urug’lantirishni ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ovulyatsiya kunini aniqlash kalendari→
Bundan tashqari, ovulyatsiya kunini aniqlash uchun diqqat bilan bazal haroratni o’lchash, dorixonadan sotib olingan ovulyatsiya testidan foydalanish yoki ultratovush yordamida follikullarni kuzatib borish mumkin. Shuningdek, ovulatsiyani nisbatan ko’proq yopishqoq va oqroq bo’ladigan ajralmalarga tayangan holda aniqlash mumkin.
Otaga esa spermatozoidlar ko’proq, ularning faolligi yuqoriroq bo’lishi uchun, urug’lantirishdan oldin bir necha kun jinsiy aloqani istisno qilish tavsiya etiladi.
Homilani qanday holatda urug’lantirish ham muhim rol o’ynaydi. Bachadon bo’yni va urug’ suyuqligi o’rtasida maksimal aloqa o’rnatish zarur. Buning uchun ayol gorizontal joylashadigan pozalar eng optimal hisoblanadi. Jinsiy aloqadan so’ng, ayol chalqancha yotishi tavsiya etiladi. Bu eng faol spermatozoidlarning mo’ljaliga yetib borishiga yordam beradi.
PGD usuli
PGD yoxud preimplantatsion genetik diagnostiga eng so’nggi zamonaviy usullardan biri bo’lib, muayyan jinsdagi farzand istovchilar uchun 97% kafolat beradi. Usulning mohiyati otaning ma’lum bir sog’lom spermatozoidini ajratib olib, u yordamida sun’iy urug’lantirish yoxud EKU amalga oshirishda.
Qoida tariqasida, bunday yondashuv faqat ayol yoki erkak chizig’i orqali uzatiladigan irsiy kasallikni (masalan, gemofiliya) oldini olish uchun ko’rsatiladi. Oddiy sharoitda esa o’g’il farzandga homilador bo’lish uchun turli maslahatlardan foydalanish va ming yillar davomida orttirilgan tajribani qo’llash mumkin.
Xalqona usullar
O’g’il tug’ilishi ehtimolini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin:
- Chekishni to’xtatish;
- Tana vaznini 55 kilogrammdan kamaytirmaslikka harakat qilish;
- Homilador bo’lish qancha uzoq muddat muvaffaqqiyatsiz bo’lsa, homila o’g’il bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi;
- Tinch va osuda turmush tarzini saqlash, stressdan qochish;
- Bo’lajak farzandingizni barcha tafsilotlarda tasavvur qilish.
Urug’lantirish yoz faslida sodir bo’lsa, yanada yaxshi, bunda bo’lajak ota yerda yalangoyoq yurishi va erkaklik quvvatini oshirishi muhim ahamiyatga ega. Urug’lantirish uchun eng yaxshi vaqti ertalab yoki dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari hisoblanadi.
Xalqona usullarning ishonchliligi 10-15 foizni tashkil etadi, shu sababli ularga to’laqonli tayanish tavsiya etilmaydi.
Qon yangilanishi
Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash lozim. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.
- Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi, faqat butun son hisobga olinadi va qolgan qoldiq aniqlanadi. Masalan otaning yoshi 29 bo’lsa, uni 4 ga bo’lganda 1 qoldiq qoladi (29 : 4 = 7);
- Onaning umumiy yoshi butun holda bo’linadi, butun qoldiq aniqlanadi. Masalan onaning yoshi 26 bo’lsa, uni 3 ga bo’lganda 2 qoldiq qoladi (26 : 3 = 8);
- Qoldiqlar solishtiriladi. Yuqoridagi namunada erkakda qon bir yil oldin yangilangan, ayolda esa 2 yil oldin. Ushbu nazariyaga asoslansa, bu davrda o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori bo’ladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».
Ortiqcha hisob-kitoblar qilmaslik uchun quyidagi tayyor kalkulyatordan foydalanish mumkin. Unga ota-onaning yoshini kiritish kifoya.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.