Press "Enter" to skip to content

Matematikadan qanday samarali dars tayyorlash mumkin

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy

Matematikani o‘rganish osonmi?

Mamlakatimizda yoshlarga juda keng imkoniyatlar yaratilib, ularning o‘z iqtidorlarini amaliy tarafdan ko‘rsata olishlari uchun har tomonlama yordam berilmoqda. Yoshlarning ba’zilari kasb-hunar egallash orqali mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shishni o‘ylayotgan bo‘lsa, boshqalari oliy ma’lumotli bo‘lib, o‘z bilimlarini hayotda qo‘llay olish uchun harakat qilishmoqda. Bunday yoshlar o‘z qobiliyat darajasidan kelib chiqib oliygohlarni tanlashadi. Aksariyat oliygohlarning kirish imtihonlarida esa matematika fani asosiy fanlar qatorida turishi hech kimga sir emas. Bugun sizga poytaxtimizning ajoyib o‘quv markazlaridan biri hisoblangan “Registon” o‘quv markazida matematika fani qanday o‘qitilishi haqida ma’lumot beramiz.

Aniq fanlarni o‘rganish doimo mashaqqatli hisoblangan, bu jarayon odamdan kuchli sabr-toqat va iroda talab qiladi. O‘quv markazimizda boshqa fanlar qatori, matematikani o‘rganish uchun ham izchil va samarali dastur ishlab chiqilgan.

Dastur ikki qismdan iborat: nazariy-amaliy qism va testlar bilan ishlash qismi.

Dasturning birinchi qismini qo‘llash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • Matematikani dastlabki bosqichdan, ya`ni 0 darajadan boshlash uchun 7 oylik dastur;
  • Matematikani davom ettiruvchilar, bilim darajasi kuchli o‘quvchilar uchun 5 oylik dastur.

Foto: “Registon” o‘quv markazi

Birinchi qismda matematikani izchil o‘rganishni endi boshlayotgan o‘quvchilar birmuncha qiyinchilikka duch keladilar, bu davr ikki-uch haftani o‘z ichiga oladi. Chunki oliygohlarga kirish imtihonlaridagi savollar – hazilakam savollar emas, vaqt esa qisqa. Shu sababli birdan sonlar-u formulalar olamiga tushib qolgan o‘quvchilarda o‘zlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari oz bo‘lsa-da susayib qolishi kuzatiladi. Ana shunday vaziyatlarda bizga o‘qituvchilarning murabbiylik salohiyatlari yordamga keladi. Bizning o‘quv markazimizda o‘qituvchilar xuddi sport murabbiylari uslubida ishlashadi, har bir o‘quvchiga xuddi o‘z farzandidek yondoshiladi, kerak joyida qattiqqo‘llik, kerak joyida mehribonlik ko‘rsatiladi. Motivatsiya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Matematika darslarida har bir o‘quvchiga individual yondashiladi, chunki har kimning qabul qilish imkoniyati turlicha. Kimdir barcha uyga vazifalarni vaqtida bajarib kelsa, kimdir misollarning yarmida to‘xtab, qotib qoladi. Shu sababdan individual yondashuv qo‘llanilmoqda va bu uzoq yillardan beri o‘z samarasini bermoqda.

Foto: “Registon” o‘quv markazi

O‘quvchilarga o‘zlarining bilim darajalari o‘zgarayotganini va o‘rganganlarini mustahkamlash uchun izchil imtihon tizimi ishlab chiqilgan.

Bu tizim quyidagicha:

  • Har yakshanba kuni haftalik imtihon. Bu imtihon mavzulashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va hafta mobaynidagi o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
  • Har oyning oxirida oylik imtihon. Bu imtihon blok-imtihon deb ham ataladi va xuddi 1-avgustdagi sharoitda amalga oshiriladi. Yil bo‘yi topshirilgan imtihon natijalarining o‘rtachasi hisoblanadi va shunga qarab oliygoh tavsiya qilinadi. Imtihon natijalari oliygohlardagi ko‘rinishda e`lon qilinadi.
  • Har uch oyda keng miqyosdagi imtihonlar. Bu imtihonlar aksiya ko‘rinishida amalga oshiriladi va boshqa o‘quv markazlar o‘quvchilari uchun ham ochiq hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining bilim darajalarini boshqa tengdoshlari bilan taqqoslab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek katta mavzular tugaganidan keyin og‘zaki savol-javoblar va murakkablashtirilgan testlar asosida bilim darajalari tekshirilib, o‘quvchilar o‘zlashtirish darajalariga qarab qayta guruhlanadi.

Nazariy-amaliy qism tugaganidan keyin test bosqichiga o‘tiladi.

Test bosqichi quyidagicha:

  • 7 oylik dasturni tugatganlar uchun 3oylik dastur;
  • 5 oylik dasturni tugatganlar uchun 5 oylik dastur.

Foto: “Registon” o‘quv markazi

Bunda darslar master-klass tartibida amalga oshiriladi, ya’ni misollarni yechishda o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchilar ham fikrlaydilar. Oliygohlarda imtihonda beriladigan har yilgi savollar uslubida tayyorlangan testlar, ularni yechishning intensiv usullari ko‘rib chiqilib, o‘zlashtiriladi. Shuningdek, yopiq testlar ham qo‘llaniladi.

O‘quv markazida tashkil etiladigan barcha test imtihonlari natijalari www.rgn.uz sayti, www.t.me/RegistonEDU, www.t.me/registonshirin, www.t.me/registontestservice kanallari orqali e’lon qilinadi.

Bizning o‘quv markazimizdagi matematika o‘qituvchilari orasida yozilmagan bir qoida bor: hech kim matematik bo‘lib tug‘ilmagan va hammaga matematikani o‘rgatsa bo‘ladi! Buning uchun vaqt, qunt va sabr bo‘lsa, yetarli. Shubha qilyapsizmi? Unda marhamat, keling, qatnashing va talabalar safiga qo‘shiling! Shoshiling, chunki qabul o‘rinlari cheklangan!

“Registon” o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:

IJTIMOIY-GUMANITAR
• Tarix;
• Ona tili va adabiyot;
• Ingliz tili.

IQTISODIYoT
• Matematika va informatika;
• Ingliz tili;
• Ona tili va adabiyot.

TEXNIKA
• Matematika va informatika;
• Fizika;
• Ona tili va adabiyot / ingliz tili.

TABIIY FANLAR
• Kimyo;
• Biologiya;
• Ona tili va adabiyot.

Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo‘ladi.

“Registon” o‘quv markazida ta’lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:

• Eng yangi maktab darsliklari bepul beriladi;
• 1 avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
• Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal test sinovlari;
• Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
• 10—12 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta’lim;
• DTM testlarining tuzilishi va ularni yechishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi.

Foto: “Registon” o‘quv markazi

“Registon” o‘quv markazi abituriyentlarni sinov asosida o‘z jamoasiga qabul qiladi. www.rgn.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!

“Registon” nodavlat ta’lim markazi manzillari:

Uchtepa filial:

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy

Mo‘ljal: Farxod bozori, «O‘zbegimtaomlari»

Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00

Chilonzor filiali:

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 6/1-uy

Mo‘ljal: Turon bank, “Chilonzor” metro bekati

Telefon: (+998-94) 602-33-44, (+998-90) 356-20-04

Reklama huquqi asosida

Matematikadan qanday samarali dars tayyorlash mumkin?

Avvalo shuni aytish lozimki, matematika fani siz o‘ylaganchalik qiyin fan emas. Qandaydir sabablar tufayli bu fandan sovib qolgan o‘quvchilarimiz, bu fan juda qiyin degan hulosaga kelib qolgan bo‘lishi mumkin.

Shu sababli dars tayyorlashning ilk bosqichi to‘siqlarni yengib o‘tishdan boshlanadi. Qila olishingizga ishonmagan ishingizni haqiqatdan ham qila olmaysiz. Aksiga qila olishingizga ishongan ishni albatta qila olasiz. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, optimist bo‘ling. Matematika fani haqiqatdan ham qiyin bo‘lgan taqdirda ham, bu fanni o‘zlashtira olaman degan qaror sizni matematika bilimdoniga aylantiradi. Aks holda, bizning gaplarimizning sizga unchalik foydasi bo‘lmaydi.

O‘rganishning ilk odimi, nimalarni bilib, nimalarni bilmasligimizni aniqlab olish bo‘ladi. Bu ishni matematika nuqtai nazaridan hal qilish uchun sizga ba’zi o‘lchovlarni taklif qilamiz.

“Arifmetik hisoblashlarga no‘noqman va mavzularni yaxshi tushunmayman” deguvchilarga ilk maslahatimiz boshlang‘ich mavzularni yaxshi o‘rganish bo‘ladi. Ya’ni alfabitni bilmagan odam o‘qish-yozishni bilmaganidek, matematikaning asosiy qoidalarini bilmagan o‘quvchi ham fanni o‘zlashtira olmaydi. Demak siz eng avval sonlar ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallariga oid misollarni ko‘proq ishlashingiz kerak.

Bu ishlarni natural va butun sonlar ustida bajaring. Keyinchalik kasrli ifodalar va o‘nli kasrlar ustida davom ettiring.

“Arifmetik hisoblashlarga qobiliyatim yaxshi, lekin mavzularni yaxshi tushunmayman” deydigan o‘quvchilarimizga esa o‘zi yaxshi bilmaydigan mavzularni o‘zlashtirishga harakat qilishi lozimligini uqtiramiz. Arifmetik hisoblashlarga qobiliyatning borligi matematikani o‘zlashtira olishingizga ishora. Hech bilmaydigan mavzularingiz o‘rniga avvaliga chala biladigan mavzularingizni yaxshilab o‘zlashtiring. Agar qaysidir mavzuni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da tushunayotgan bo‘lsangiz, demak, siz bu mavzuni to‘lig‘icha o‘zlashtira olasiz.

Ya’ni, siz chala o‘zlashtirilgan mavzularni o‘zlashtirgandan so‘ng, umuman bilmaydigan mavzularni o‘zlashtirishni boshlashingiz mumkin.

“Mavzularni tushunyapman, faqat bu mavzuga oid misollar yechishga qiynalaman”. Fikrini yuqoridagi kabi ta’riflagan o‘quvchilar uchun ko‘proq misol yechishdan boshqa maslahatimiz bo‘lmaydi. Mavzuni tushinishingiz bilimingiz mustahkamligidan. Misol yechishda qiynalishingiz esa amaliyotingiz kamligini ko‘rsatadi. Siz qarab turmang. Tezgina misolni yechishni boshlab yuboring.

Shu yo‘l bilan ham mavzularni mustahkamlab olasiz, ham yaxshigina misol ishlash tezligingizni oshirib olasiz. Bu yo‘lda muhim jihatlardan biri, ishlay olmagan savollaringiz ko‘pligidan umidsizlikka tushib qolmaslikdir. Agar qaysidir misolni yecha olmasangiz, biladigan odamdan so‘rab o‘rganib oling va shu misonlni o‘zingiz boshqatdan ishlashga harakat qiling.

Qisqasi, mashqlarni bajarib yurgan (trenirovka qilgan) sportchi bilan, mashq bajarmagan sportchi orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi.

“Mavzularni yaxshi tushunaman, arifmetik hisob- kitobim ham yaxshi, faqat juda ko‘p hato qilaman” deb kuyunuvchi do‘stlarimizga ilk maslahat: savollarni diqqat bilan o‘qing va diqqat bilan yeching. Xato qilmaslik yoki xatolarning kamay-tirishning yo‘li ham ko‘ p misol ishlash va ishlangan misollarni tahlil qilish. Qayerda xato qilgan bo‘lsangiz uni bartaraf etish choralarini ko‘rishingiz kerak. Dars qilish orqali hatolarni yo‘qotish mumkin bo‘lsa, unda dars tayyorlang. Aks holda, biladigan odamdan maslahat so‘rang.

Odatda ko‘pchilik hatolar savolni to‘liq o‘qimaganlik sababli yuzaga keladi. Savolni chala o‘qish yoki oxirigidagi kichik bir so‘zni noto‘g‘ri o‘qish orqali siz hato qilib qo‘yasiz. Bu ko‘pincha qaysi biri noto‘g‘ri degan savollarda qaysi biri to‘g‘ri deb o‘qish orqali vujudga keladi. O‘zingiz ham sezib turibsizki bu hatoning to‘g‘rilashning birgina yo‘li savolni diqqat bilan o‘qish.

Bundan tashqari matematika fanini yaxshi o‘zlashtirishning bir necha qoidalarini quyida keltiramiz. O‘ylazmizki, bu qoidalar siz uchun juda foydali bo‘ladi.

  • Dars davomida tartibli ravishda kerakli nuqtalarni yozib oling.
  • Uyga borganingizda yozib olgan narsalaringizni oqqa ko‘chiring yoki boshqatdan yozib o‘rganing.
  • Mavzuni tushunmasdan, misol yechishni boshlamang. Mavzuni to‘liq o‘zlashtirganingizga ishon-chingiz komil bo‘lgach misollarni va testlarni yeching.
  • Misol yechayotganda berilgan narsalarni va so‘ralgan narsalarni tartibli ravishda daftaringizning bir burchagiga yozib oling.
  • Misol yechishda sizni eng qisqa yo‘l bilan natijaga olib boradigan teorema, ayniyat va yo‘llarni belgilab oling.
  • Berilgan ma’lumotlarni tartibi bo‘yicha formula va teoremalarga tadbiq qiling.
  • Natijani chiqarib bo‘lgach bir bora yechimingizni tekshirib ko‘ring.

Matematika fanini o‘zlashtirish velosiped yoki mashina haydashni o‘rganish kabi. Amaliyot yordamida o‘rganiladi. Shu sababli imkoni boricha ko‘proq misol yeching, xatolaringizni belgilab ularni yo‘qotish yo‘llarini toping.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.