Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib xaridlardan 1 foizlik keshbek olish mumkin? | Qo‘llanma

Avvalo, kichik bo‘lsa-da xarid summasining bir foizi o‘zingizga qaytariladi – ya’ni daromad.

Qanday qilib keshbek olish mumkin

Chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tganda hamda transport va kommunal xizmatlar cheklari uchun keshbek taqdim etilmaydi.

Foto: DSQ matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasi qanday cheklarga keshbek qaytarilmasligi haqida ma’lumot berdi.

Quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:

  • agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
  • sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.

Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun ham keshbek qaytarilmaydi.

Shu bilan birga shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.

Soliq qo‘mitasi shubhali xaridorlar kimligi haqida ham tushuntirish berib o‘tgan.

Keshbekga ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar shubhali xaridorlar hisoblanadi.

Bunda cheki boshqa fuqarolar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish yoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Avvalroq “Spot” iyul oyida aholiga qariyb 80 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgani haqida yozgandi.

Qanday qilib xaridlardan 1 foizlik keshbek olish mumkin? | Qo‘llanma

2022 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarolari xarid summasining 1 foizini keshbek shaklida qaytarib olishi mumkin bo‘ldi. Bu tartib «Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan joriy qilindi.

Kun.uz bu borada foydalanuvchilarga qulay qo‘llanma tayyorladi.

Buning uchun App store yoki Play market’dan «Soliq» mobil ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘tasiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsiy ma’lumotlar va telefon raqami zarur bo‘ladi.

Shundan so‘ng, do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga qilgan to‘lovingiz uchun olgan QR-kodli chekni skaner qilish orqali oy davomida keshbeklarni yig‘ib borasiz. Bu degani agar siz 100 ming so‘mlik savdo qilsangiz 1 ming so‘m, 200 ming so‘mlik savdodan 2 ming so‘m keshbek olasiz, bir oy davomida bu kabi keshbeklar yig‘ilib, sezilarli summa bo‘lishi mumkin.

Keshbek pullarni qanday olish mumkin?

Buning uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan «Soliq» ilovasiga plastik kartangizni ulab, tasdiqlangan summani kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin. Yig‘ilgan pullar hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi, ya’ni yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi.

Masalan, joriy yil yanvar oyining o‘zida 101 mingdan ortiq fuqaroga 15,9 mlrd so‘m keshbek summasi to‘lab berilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi sotuvchilar tomonidan chek bermaslik holatlari kuzatilganda, ilovaning «Soliq hamkor» bo‘limi orqali xabar berish imkoni mavjudligini bildirgan.

Darvoqe, o‘tgan oyda texnik xizmat ko‘rsatish markazining «uddaburon» xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida boshqalarning milliardlab so‘mlik cheklarini o‘z nomiga o‘tkazib olgani aniqlandi. Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etildi.

Shu bilan birga avtomobil sotib olganlik, temiryo‘l va aviachipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

Buning bizga qanday foydasi bor?

Avvalo, kichik bo‘lsa-da xarid summasining bir foizi o‘zingizga qaytariladi – ya’ni daromad.

Bundan tashqari, siz talab qilgan cheklar tufayli davlatga soliqlar tushumi ko‘payadi. Masalan, keshbek tizimi ishga tushishi ortidan 2022 yil yanvar oyining o‘zida 32 milliondan ortiq chek chiqarilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 191 foizga oshish degani.

Bu o‘z navbatida soyadagi iqtisod asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da qisqarishiga sabab bo‘ladi – bu ham jamoatchilik nazoratining bir shakli.

Xullas, chek talab qiling va keshbekka ega bo‘ling.

Farrux Absattarov

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.