Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib farzandli bo’lish mumkin

Yangi xosil bo‘lgan urug‘ xujayra yana bir necha marta bo‘linadi va shakllanib kattalashadi. Shakllanish va yetilish jarayoni uchun 2,5-3 oy vaqt ketadi. Yetilgan urug‘lar navbati bilan prostata bezi orqasida to‘planadi. Jinsiy aloqa vaqtida shu yerdagi to‘plangan urug‘ chiqib ketadi. To‘plangan urug‘ni o‘rni qoplanishi uchun yana 48 soat zarur bo‘ladi.

O‘g‘il farzand

— Bu savol juda ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Aslida spermatozoidlarning yarmi qiz, yarmi o‘g‘il bola bo‘ladi. Ulardan qaysi biri «uchrashuv»ga chiqishi noma’lum.

Homilaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi ovqatlanishga bog‘liq emas. Agar shunday bo‘lganida edi, juftliklar o‘z rejasiga ko‘ra, aniqrog‘i, o‘g‘illi yoki qizli bo‘lish uchun maxsus ovqatlar yeyishardi.

Shunday bo‘lishiga qaramay, erkaklarning ehtiroslarini oshirishga yordam beruvchi afrodiziak (jinsiy maylni rag‘batlantiruvchi modda)lar bor. Afrodiziaklarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: qazi, qarta, jigar, asal, shokolad, tarvuz, anor, banan, yong‘oq, piyoz, chesnok, selderey, ovqatlarga yoqimli ta’m beruvchi ziravorlar, qizil va qora ikra.

Imkon qadar taomlar tarkibi aminokislotalarga boy bo‘lishi maqsadga muvofiq. Taomlar ishtahani ochadigan darajada chiroyli ko‘rinsa va yoqimli hidi bo‘lsagina erkak kishiga yoqadi. Shuning uchun ham bejizga «Erkak kishi oshqozoni bilan sevadi», deyishmasa kerak.

Erkak biror ovqatni yoqtirib yesa, uning kayfiyati ko‘tariladi. Kimning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, unga omad kulib boqadi, hattoki farzandli bo‘lish borasida ham.

Agar biz shifokor bo‘la turib, mana bu yegulikni yesangiz o‘g‘il, mana buni iste’mol qilsangiz qiz tug‘iladi, desak xato bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek, yaqinlik chog‘ida qaysi spermatozoid «uchrashuv»ga chiqishi sirli jarayon, buni vaqt ko‘rsatadi. Natija esa shunga yarata bo‘lishi tabiiy hol.

Odatda, homiladorlikning 8-haftasidan boshlab bo‘linish jarayoni boshlanadi. Taxminan 10-11-haftaga kelib, homilaning jinsini aniqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirda zamonaviy ultratovush apparatlarida homila jinsini aniqlash mumkin.

Afsuski, bolaning jinsini erta muddatlarda bilishning oqibatlari har doim ham yaxshilikka olib kelmaydi. Aniqroq qilib aytganda, oilada bir nechta bir xil jinsli farzandlar tug‘ilishiga chek qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

Masalan, 2 ta yoki 3 ta qizi bo‘lgan er-xotinlar, tabiiyki, navbatdagi farzandi o‘g‘il bo‘lishini istashadi. Ammo ular UTTda homila yana qiz ekanligini bilishsa, abort qildirish to‘xtamiga kelishlari ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ham men gospitalimizda homila jinsini aniqlashga rozilik bermayman. Sababi shaxsan men abrotlarga qarshiman.

Xudo bergan farzandni dunyoga keltirish kerak, deb hisoblayman. Kim biladi, deysiz, yaxshilik o‘g‘ildan qaytadimi yoki qizdan?! Shunday ekan, kengroq fikrlash kerak.

Qanday qilib farzandli bo’lish mumkin

Farzand erkak va ayol jinsiy xujayralarini qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Xujayralarning qo‘shilishi ayollarning bachadon nayi degan joyida amalga oshadi. Qo‘shilgan xujayrani otalangan tuxum xujayra deb atalinadi. Otalangan tuxum xujayra bachadonga kelib yopishadi va 9 oyda shu xujayraning bo‘linib ko‘payishidan farzand paydo bo‘ladi. Shu jarayondagi ayol va erkak axamiyatini aloxidadan ko‘rib chiqamiz:

  1. Ayollik qismi. Ayollarda 1 oyda 1-2 dona tuxum xujayra paydo bo‘ladi. Bu tuxum xujayra follikula ichida yetiladi. Uning yetilib chiqadigan aniq vaqti bor. Bu ayollar oy ko‘rish siklini o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Yetilib chiqqan tuxum xujayra 24 soatgacha tirik turadi, so‘ng nobud bo‘ladi. Agar erkakning urug‘ xujayrasi shu 24 soat ichida tuxum xujayra bilan qo‘shilsa, tuxum xujayra rivojlanishda davom etadi. Demak, farzand bo‘lishi uchun ayollardan tuxum xujayra kerak bo‘ladi va uni ajralib chiqadigan aniq vaqti mavjud. Tuxum ajralib chiqadigan vaqtni topish uchun ayol oy ko‘radigan vaqtini ikkiga bo‘lish kerak. Buni osonroq topish uchun Google Play dan “Bepushtlik” dasturini yuklab oling. Ayollarning tuxum xujayra sonini chegarasi bo‘lib, ma’lum yoshda ularning zaxirasi tugaydi.
  2. Erkaklik qism. Erkakdan esa urug‘ xujayralari kerak. Shifokorlarni aralashuvisiz farzand bo‘lishligi uchun BJSST (Butun Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti) belgilagan urug‘ning me’yoriy miqdorlari zarur. Ular quyidagilardir:
    • Xajmi kamida 1,5 ml bo‘lishligi kerak. Xajmni kam bo‘lishligi bepushtlikka sabab bo‘ladi. Chunki ayol a’zolarining tuzilishi natijasida ma’lum miqdor urug‘ u yerda qolib ketadi.
    • 1 ml da kamida 15 mln ta urug‘ bo‘lishligi.
    • Urug‘larning umumiy xarakatchanligi – 40% va ko‘proq
    • Oldinga xarakat qiluvchilarining soni – 32% va ko‘proq
    • Xayotchanligi (tiriklari) – 58% va ko‘proq
    • Shakllanishi: me’yoriy shakldagisi (Kryuger bo‘yicha) – 4 % (14%) va ko‘proq
    • MAR-test (IgG/A) – 50% dan kam bo‘lishi.

Biz avvalo erkaklardagi urug‘ ishlab chiqarish jarayonini to‘liqroq tushunib olishimiz kerak. Erkaklar moyagida birlamchi urug‘ xujayralari mavjud bo‘lib, ular bola tug‘ilganidayoq bo‘ladi. Balog‘atga yetganidan keyin ular yetilib chiqa boshlaydi. Erkaklardagi urug‘ ishlab chiqarish jarayoni shu birlamchi urug‘ xujayralar xolatiga bog‘liq. Agar ular sog‘lom bo‘lsa, erkak 100 yoshdan oshsa xam urug‘ ishlab chiqarilaveradi. Turli sabablarga ko‘ra ularning zararlanishi urug‘ ishlab chiqarishga keskin ta’sir qiladi. Bu xujayralar ikkiga bo‘linadi. Bo‘lingan xujayrani bittasidan urug‘ xosil bo‘ladi, ikkinchisi esa birlamchi urug‘ xujayra xolida qoladi. Shuning uchun ularning soni tugamaydi. Xar kuni erkakda o‘rtacha 200 mln ta xuddi shunday yangi urug‘ xujayra paydo bo‘ladi.

Yangi xosil bo‘lgan urug‘ xujayra yana bir necha marta bo‘linadi va shakllanib kattalashadi. Shakllanish va yetilish jarayoni uchun 2,5-3 oy vaqt ketadi. Yetilgan urug‘lar navbati bilan prostata bezi orqasida to‘planadi. Jinsiy aloqa vaqtida shu yerdagi to‘plangan urug‘ chiqib ketadi. To‘plangan urug‘ni o‘rni qoplanishi uchun yana 48 soat zarur bo‘ladi.

Erkaklar urug‘iga salbiy ta’sir qiladigan narsalar.

BJSST olib borgan tekshiruvda tibbiyot inson salomatligiga faqatgina 10% ga ta’sir qilishini, 20% ga irsiyat, 10% iga onkologik xolatlar va qolgan 50% iga uning yashash sharoiti (atrof-muxiti, ovqatlanishi, odatlari va xayot tarzi) ta’sir qilishi aniqlangan. Quyida biz urug‘ ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir qiladigan omillarni sanab o‘tamiz:

  • Ovqat maxsulotlarining salbiy ta’siri:
    • Kofein – urug‘ tarkibida mis moddasini kamaytirib, oksidativ stressni oshiradi. Oksidativ stress – oksidlovchilar ta’sirida xujayralarni zararlanishi. Oksidlovchilar – tanada xujayralarga ta’sir qilib ularni apoptozga uchratadigan, ya’ni o‘ldiradigan moddalar. Bundan tashqari urug‘dagi aneuploidiyaga va DNK uzilishlariga xam sabab bo‘ladi.
    • Kofe – kofeni ko‘p ichish farzand tutish vaqtini uzaytirib yuborgan. Ya’ni kofe ko‘p ichadiganlarda farzand bir necha oy keyinroq bo‘lgan.
    • Konservalangan ovqatlar, fast fud va jank fud – ularning tarkibida juda ko‘p ximiyaviy konservantlar, sun’iy qo‘shimchalar va GMO mavjud.
    • Plastik ovqat idishlari – ularning tarkibida bisfenol A degan modda bo‘ladi. Shu modda urug‘ sifatini 27% gacha pasaytirishi aniqlangan. Bu modda xamma plastik idishlarda xam mavjud emas.
    • Baliq fermalarida yetishtirilgan yog‘li baliqlar: baliqlarning kasalliklariga qarshi solinadigan moddalar ichida polixlor bifenillar bo‘lib, ular baliqlarning yog‘ida to‘planadi. Bu modda urug‘ning DNK fragmentatsiyasiga sabab bo‘ladi.
    • Urug‘ DNK sini butunligiga ta’sir qiladi va DNK fragmentatsiyasini oshishiga olib keladi.
    • Testosteron kamayadi. Yog‘ to‘qimadagi aromataza fermenti testosteronni esterogenga aylantiradi.
    • Xromosomada o‘zgarish bo‘ladi.
    • Leydig xujayra faoliyati pasayadi.
    • Qanchalik ko‘p cheksa, urug‘dagi DNK fragmentatsiyasi shunchalik ko‘p uchraydi. Bunga asosiy sabab sigaret tarkibidagi qo‘rg‘oshinni ko‘p bo‘lishidir.
    • Undagi ba’zi moddalar to‘qimalardagi tomirni toraytiradi va qon aylanishini buzadi.
    • Sigaret tarkibidagi ko‘plab zaxarlarni xam bevosita ziyoni tegadi.
    • Urug‘ning DNK butunligiga ta’sir qiladi.
    • DNK fragmentatsiyasini oshiradi
    • Urug‘ apoptozini (o‘lishini) ko‘paytiradi.
    • Eyakulyat xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
    • Eyakulyatda oksidativ stressni oshiradi
    • DNK fragmentatsiyasini oshiradi
    • Urug‘ sifatiga ta’sir qiladi
    • Urug‘ genlarida polimorfizm keltirib chiqaradi
    • Katta magistral yo‘lda ishlaydiganlarda urug‘ sifati pastroq bo‘ladi.
    • Uyquga ketish qiyin bo‘lganlarda eyakulyat xajmi kamaygani aniqlangan.
    • Tunni ko‘p qismini uyg‘oq o‘tkazadiganlarda urug‘ xarakatchanligi pasaygan.
    • Ertalab vaqtli turadiganlarda muammo bo‘lmagan.
    • Tanadan tashqaridagi urug‘larga 3 soatlik telefon nurlanishi ta’sir qilganda, ularning xarakatchanligini 90% ga pasaytirgan.
    • Tor ichki kiyim yoki tor shim kiyish.
    • Doimiy o‘tirish.
    • Issiq sharoitda ishlash. Issiq pechka oldida, turli temir quyish sexlarida, pishiriq sexlarida, tandirlar oldida va boshqa shunga o‘xshash kasblarda ishlash.
    • Xammom va sauna parxonalariga tushish
    • Uzoq vaqt sovuqda qolib ketish xam salbiy ta’sir qiladi.
    • Issiq sharoitda ishlash.
    • Ionlovchi nurlar: rentgen xonalarda, konlarda
    • Vibratsiya bilan ishlovchi kasblar
    • Pestitsid va boshqa ximiyaviy zaxarlar bilan ishlovchilar: dexqon, fermer, ximzavod ishchilari. Pestitsidlar tarkibida fosfororganik birikmalar bo‘lib, ular urug‘ DNK fragmentatsiyasini oshiradi.
    • Antibakterial dorilar: sulfanilamidlar, gentamitsin, oksitetrasiklin, ba’zi sefalosporinlar, kolimitsin, penitsillinni kaliyli tuzi, trimetopril kabi dorilar kiradi. Ularning ziyoni quyidagicha bo‘ladi:
      • Spermatogen epiteliyga salbiy ta’sir qiladi.
      • Urug‘ yo‘llari, urug‘ qopcha va ampulani qisqarishiga sabab bo‘ladigan retseptorlarni bloklaydi. Natijada obstruksion aspermiya bo‘ladi. Ya’ni urug‘ni chiqishiga qiyinchilik tug‘diradi.
      • Urug‘ rivojlanish jarayonini pasaytiradi. Spermatogoniylar bo‘linishini qisman yoki to‘liq bloklaydi.
      • Beta-blokatorlar urug‘ yo‘llaridagi beta-adrenoretseptorlarni bloklashi natijasida eyakulyat miqdorini kamaytiradi va prolaktin miqdori oshishiga sabab bo‘ladi.
      • Antiandrogen ta’sirga ega barcha qon bosimni pasaytiruvchi dorilar urug‘ rivojlanishiga xam jinsiy quvvatga xam salbiy ta’sir qiladi.
      • Jinsiy quvvatni pasaytiradi
      • Steroid gormonlarni uzoq vaqt me’yordan oshiqcha tushishi xujayralar o‘tkazuvchanligiga va Leydig xujayralarini degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. Natijada qaytmas darajada bepushtlik va feminizatsiya (ayollik belgilarini paydo bo‘lishi) kuzatilishi mumkin.
      • Orqa miyadagi jinsiy markaz va jinsiy a’zolar nervining vegetativ qismiga salbiy ta’sir qiladi. Natijada shu markazlardagi xujayralar o‘ladi va orqa miya markazlari faoliyati buziladi. Turli erogen zonalarni sezgirligi pasayadi.
      • Amitriptilin, imipramin va trizadon kabi dorilar ta’sirida priapizm rivojlanishi mumkin. Priapizm – zakarni uzoq vaqt og‘riqli ereksiyasi (qattiqlashishi).
      • Fenelzin kabilar esa anorgazmiya berishi mumkin. Anorgazmiya – jinsiy aloqadagi lazzatlanishni yo‘qolishi.
      • Sitostatiklar: o‘smaga qarshi dorilar bo‘lib, bular xaqida xam oldingi qismlarda to‘xtalib o‘tilgan.
      • Yurak glikozidlari
      • Glyukokortikoidlar
      • Antiandrogenlar
      • H2 – gistamin retseptor blokatorlari
      • Tuberkulyozga qarshi dorilar

      Urug‘ topshirish qoidalari.

      Urug‘ taxlili (spermogramma) – bemorda birinchi navbatda qilinadigan tekshiruv. Bu tekshiruv uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish kerak. Urug‘ yetilishi 74-75 kun vaqt talab qiladi, keyinchalik shakllanishi va tashqariga chiqishi uchun yana 7-14 kun vaqt ketadi. Demak, urug‘ topshirish uchun kamida 2-3 oy oldindan tayyorgarlik qilish kerak.

      Yuqorida sanab o‘tgan omillarimiz bevosita urug‘ rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun urug‘ taxlili topshirishdan oldin va bepushtlikda doimiy ravishda yuqoridagi omillardan saqlanish zarur.

      Urug‘ topshirish sharoiti:

      • Oxirgi jinsiy aloqadan so‘ng 2-3 kun saqlanish kerak va 7 kundan oshib ketmasligi zarur. Shu kunlardan oldinroq va kechroq topshirish taxlil noto‘g‘ri chiqishiga olib keladi.
      • Yuqoridagi sanab o‘tgan omillarimizdan saqlanish kerak.
      • Urug‘ olishni bir nechta usullari mavjud:
        • Masturbatsiya – Yevropa urologlar assotsiatsiyasi tavsiya qilgan usul. Yaxshi jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lishi kerak va urug‘ni barchasi taxlil idishiga tushishi zarur. Agar urug‘ning ma’lum qismi tashqariga tushsa, shifokorga buni aytish kerak. Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek tashqariga chiqadigan eyakulyat (umumiy urug‘ suyuqligi) tarkibining faqatgina 5% i toza urug‘ xujayralaridan iborat. Urug‘ning ozginagina qismi idishdan tashqariga tushishi urug‘ taxlilini noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘ladi.
        • Jinsiy aloqa orqali prezervativga olish – odatdagi prezervativlarda uruqqa ta’sir qiladigan modda bo‘lgani uchun maxsus prezervativlardan foydalanish kerak.
        • Vibrostimulyatsiya orqali urug‘ni olish – bu va bundan keyingi usul orqa miya shikastlanishi oqibatida urug‘ni tashqariga chiqmasligida ko‘proq foydalaniladi.
        • Elektrostimulyatsiya orqali urug‘ni olish
        Me’yordagi urug‘ taxlilining natijalari quyidagicha bo‘ladi (BJSST ning 2010 yildagi tavsiyasi):
        1. Urug‘ suyuqligining xajmi – 1.5 ml va ko‘proq
        2. Spermatozoidlarning umumiy soni – 39 mln va ko‘proq
        3. Spermatozoid konsentratsiyasi – 15 mln/ml va ko‘proq
        4. Spermatozoidlarning umumiy xarakatchanligi – 40% va ko‘proq
        5. Oldinga xarakat qiluvchilarining soni – 32% va ko‘proq
        6. Xayotchanligi (tiriklari) – 58% va ko‘proq
        7. Shakllanishi: me’yoriy shakldagisi (Kryuger bo‘yicha) – 4 % (14%) va ko‘proq
        8. MAR-test (IgG/A) – 50% dan kam bo‘lishi.
        Urug‘ taxlilini xulosasi sifatida ishlatiladigan atamalar:
        • Normospermiya (normozoospermiya) – xamma ko‘rsatgichi me’yorda bo‘lishi
        • Oligozoospermiya – konsentratsiyasi me’yordan kam bo‘lishi
        • Astenozoospermiya – xarakatchanligi me’yordan kam bo‘lishi
        • Teratozoospermiya – shakllanishi me’yordan kam bo‘lishi
        • OAT sindromi (oligoastenoteratozoospermiya) – konsentratsiyasi, xarakatchanligi va shakllanishi bir vaqtda me’yordan kam bo‘lishi
        • Azoospermiya – urug‘ suyuqligida spermatozoidlarni bo‘lmasligi
        • Aspermiya – urug‘ suyuqligini bo‘lmasligi
        Bundan tashqari quyidagi atamalar xam ishlatiladi:
        • Oligospermiya – urug‘ suyuqlik xajmini me’yordan kam bo‘lishi
        • Leykotsitospermiya (leykospermiya, piospermiya) – urug‘dagi leykotsitlar sonini me’yordan ko‘p bo‘lishi
        • Akinospermiya – urug‘larning umuman xarakatsiz bo‘lishi
        • Nekrospermiya – tirik urug‘ni bo‘lmasligi
        • Kriptospermiya – urug‘ sonini juda kam bo‘lishi. Odatda sentrifugadan so‘ng topiladi.
        • Gemospermiya – urug‘da qon bo‘lishi

        Urug‘ taxlili yaxshi chiqsa boshqa topshirish shart emas. Urug‘ taxlili me’yordan farq qiladigan bo‘lsa, yana 2-3 marta topshirib, so‘ng xulosa chiqarish kerak. Sog‘lom inson xam bir necha bor urug‘ topshirganida, xar safar turlicha katta farqlar bilan chiqishi aniqlangan. Shuning uchun birinchi urug‘ taxlili yomon chiqqan xolatida, tez xulosa chiqarish kerak emas.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.