Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib dasturchi bo’lish mumkin

Avval ham aytib o’tganimdek dasturchi bo’lish uchun dasturlash tillarida yozish kifoya. Shunda o’zingizni be’malol dasturchi deb hisoblashingiz mumkin. Shuni ta’kidlab o’tishim kerakki bunday dasturlash tillarining soni 700-dan ko’p. Shuncha tilni qachon o’rganib bo’laman deb havotirlanishingiz shart emas. Sababi bu ro’yxatda keltirilgan dasturlash tillarining juda ko’pi allaqachon chiqitga chiqib bo’lgan. Qolaversa, dasturlashda ba’zi yo’nalishlarni professionali bo’lishingiz uchun 3 ta tilni yaxshi bilishingiz ham kifoya qiladi.

Professional dasturchi bo‘lish uchun qancha vaqt kerak?

Dasturchi bo‘lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. Aslida dasturlovchi bo‘lish — bu bir kasb, dasturlashni o‘zlashtirish orqali qo‘lingizda kerakli (hozirgi zamonda eng kerakli kasblarining biri) hunaringiz bo‘ladi. Bilasiz, hunari bor odamga har doim ish topiladi.

Professional dasturchi kim?

Quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtira olgan kishini professional dasturchi desak bo‘ladi:

  • Dasturlash tilini mukammal darajada biladi;
  • Muammolarga kam kod bilan yechim topa oladi;
  • Eng zamonaviy dasturlash uslublaridan foydalanadi;
  • Dasturlash va til yangiliklari, trendlaridan xabardor;
  • O‘z ustida har kuni ishlaydi va zamondan ortda qolmaydi;
  • Jamoa bo‘lib ishlay oladi va boshqalarga yordami tegadi;
  • Faoliyati davomida bir necha o‘nlab dasturlar yaratgan;
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta muammo bilan ishlay oladi;
  • Sohasi doirasidagi boshqa dasturlash tillarini oson o‘rganadi;
  • Har qanday masalani dasturlash orqali hal qiladi oladi.

Necha yilda o‘rganish mumkin?

Aslida, dasturchilik doimiy izlanish va o‘rganishdan iborat kasb. Shunday ekan, bu kasbga mehr qo‘ydingizmi – uning necha yil talab qilishiga e’tibor bermasdan o‘rganishni boshlang. Qancha ko‘p ishlasangiz, tajribangiz shuncha yuqori darajaga ko‘tariladi. Bilimingiz oshgani sari dastur yozish qobiliyatingiz oddiydan murakkabga qarab o‘zgaradi.

Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo‘lib yetishishingizni faqat o‘zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko‘proq tajriba yig‘ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o‘zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo‘lib yetishasiz!

Dasturlovchi bo‘la olamanmi?

Dasturlovchi bo‘lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. O‘zingiz mustaqil ustoz bilan o‘rgansangiz, tez o‘rganasiz. Buni jahon tajribasi isbotlab bergan.

Dasturlashni qayerda va qanday boshlash kerak?

✅ Dasturlashni o‘rganish uchun endi qisqa vaqt yetadi! Registan IT school – Dasturlash maktabi bilan qisqa vaqtda dasturlashning ilk saboqlari o‘rgatiladigan Foundation kursini tamomlang va dasturlash kurslarini boshlang. Ushbu kurs orqali noldan boshlab professional darajagacha chiqishingiz uchun eng muhim pog‘onadir.

Nega aynan Registan IT school – Dasturlash maktabi?

Ushbu maktabni tugatgan bitiruvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:

  • Bitiruvchilar uchun ish taklifi;
  • Har kungi darslarda qatnashish;
  • Professional dasturchilar jamoasi;
  • IT kompaniyamizda amaliyot oʻtash;
  • Dasturchilarga mos maxsus atmosfera;
  • Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat.

Dasturchi bo‘lishni istaganlar uchun Registan IT school – Dasturlash maktabi eng zoʻr imkoniyat!

Yangi guruhlarga hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish:
@rgn_uzbot (maxsus bot)
+998555003700

Mo‘ljal: Shahriston metro

Qanday qilib dasturchi bo’lish mumkin?

Birinchi maqolam orqali Dasturlash nima ekanligi va ung bo’lgan talab haqida ma’lumot berib o’tgan edim. Bu maqolada esa qanday qilib bu kasb egasi bo’lish mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Avval ham aytib o’tganimdek dasturchi bo’lish uchun dasturlash tillarida yozish kifoya. Shunda o’zingizni be’malol dasturchi deb hisoblashingiz mumkin. Shuni ta’kidlab o’tishim kerakki bunday dasturlash tillarining soni 700-dan ko’p. Shuncha tilni qachon o’rganib bo’laman deb havotirlanishingiz shart emas. Sababi bu ro’yxatda keltirilgan dasturlash tillarining juda ko’pi allaqachon chiqitga chiqib bo’lgan. Qolaversa, dasturlashda ba’zi yo’nalishlarni professionali bo’lishingiz uchun 3 ta tilni yaxshi bilishingiz ham kifoya qiladi.

Keling endi asosiy savolga qaytsak. Bu savolga javob topishingiz uchun siz qaysi yo’nalishdagi dasturchi bo’lishingizni aniq belgilab olishinigiz kerak. Siz bu sohaga endi qadam qo’yishni boshlaganingiz uchun sizga ba’zi yo’nalishlarni keltirib o’taman:

  1. Front-End dasturlovchi — Dasturlash sohasiga endi kirib kelganlar uchun eng maqbul yo’l. Bu yo’nalishdagi tillarni o’rganishning osonligi sizga qo’l keladi . Veb-saytlarning foydalanuvchiga ko’rinuvchi qismini tayyorlash — Front-End dasturchining asosiy vazifasi.
  2. Back-End dasturlovchi– o’rganish oson va talab katta bo’lgan yo’nalishlardan yana biri. Bu holatda dasturchi asosan veb-saytning funksionalligi, bazalar bilan ishlash vazifalarini bajaradi.
  3. Ilovalar dasturchisi— telefonlar uchun ilova tayyorlash bilan shug’ullanuvchilardir. Bu yo’nalish bir necha turlarga bo’linadi. Masalan: iOS yoki Android dasturlovchi. Sezganingizdek operatsion tizimlar uchun ilova tayyorlash bilan shug’ullanish ularning vazifalari.

Yuqorida ta’kidlab o’tgan yo’nalishlarim boshlang’ich-lar uchun eng osonlari hisoblanadi. Lekin bular dasturlash yo’nalishlarining barchasi emas. Barcha yo’nalishlar haqidagi maqolani esa tez kunlarda e’tiboringizga havola qilaman.

Siz yo’nalishlardan birini tanlashingiz kerak. Keyin esa boshlashingiz mumkin. Agar qaysi yo’nalishni tanlashga ikkilanyotgan bo’lsangiz, kamina hodimngizning tavsiyasi — Front-End dasturlovchi bo’lishdan boshlash. Yuqorida aytganimdek bu yo’nalishni o’rganish qolganlaridan ancha oson.

Yo’nalish tanladim endi nima qilaman ?

O’z yo’lingizni tanlab bo’ldingiz endi uni o’rganishni boshlash kerak. Sizning oldingizda 3 xil o’rganish usuli mavjud. Quyida ularni sanab o’taman:

  • O’quv markazlariga borib o’rganish. Bunday o’rganish usulida siz o’quv markazidagi o’qituvchilarni faqatgina o’qituvchi emas, shu sohada faoliyat yuritadigan dasturchi bo’lishiga ham e’tibor berishingiz kerak. Shu holatdagina sizda malakali dasturchilardan qo’shimcha ma’lumotlar va maslahatlar olish imkoni bo’ladi. Oddiy o’qituvchilardan tajribalilardan olganchalik ma’lumotlarni ololmaysiz. Yaxshi o’qituvchini ajratish uchun, ustozingiz tayyorlagan loyihalarni ko’rishga harakat qiling. Veb Dasturchi eng yaxshi tajribani tugatgan loyihalari orqaligina olishi mumkin. Agar o’quv markazi tanlashda ikkilanayotgan bo’lsangiz, mening maslahatim Najot Ta’lim markazi. O’qituvchilari ko’plab veb-saytlarni tayyorlagan tajribali dasturchilar hisoblanadi. Aytgancha meni ularga umuman aloqam yo’q. Shunchaki kuzatganlarimni maslahat bermoqdaman.
  • Online Kurslar orqali o’rganish. O’zbekistonda yana bir o’rganishning ommalashayotgan usuli. Ko’plab tajribali dasturchilar o’zlarining kurslarini ishlab chiqishmoqda. Lekin hali to’liq bir sohani o’rgata oladigan o’zbek zabon video darslarini ko’rmadim. Lekin bir necha katta tajribaga ega bo’lgan dasturchilar o’zlarining kurslarini ishlab chiqishmoqda. Masalan: Saidbek Arislonov o’zlarining ko’p yillik tajribalarini You Tube orqali o’rgatmoqdalar. Ularning video darslaridan ko’plab narsalarni o’rganishda foydalanishingiz mumkin. Agar ingliz tilida-gi kurslarni tushinaman desangiz Lynda, TeamTreeHouse kabilarni maslahat beraman. Barchasini tushunarli qilib ishlab chiqishgan.
  • Self Development ya’ni o’z ustingizda ishlab o’rganish. Buni aslida yuqoridagilarni ikkisiga ham qo’shib yuborish mumkin ediku lekin men bilgan ba’zi dasturchilar o’rganayotgan tilini maqolalar, kod-ning tasniflarini o’qish va amaliy misollar orqaligina o’rganishgan. Siz ham buday o’rganish-ni istasangiz o’zbek tilidagi yaqinda tashkil qilingan Havola.uz ni, agar ingliz tilini bilsangiz W3schools, Html.com, Css-Tricks, MDN, Codepen kabilarni maslahat beraman. Tayyor yozilgan kodlarni tasniflarini o’qish yoki kodning o’zini ko’rish orqali ko’p narsani tushinib yetishingiz va yangi bilmalrni olishingiz mumkin.

Yuqorida eng ommabop 3ta o’rganish usuli haqida ma’lumot berib o’tdim. Endi sizning oldingizda bu yo’llardan birini tanlab, o’rganishni boshlash qoldi holos.

Qaysi yo’l orqali o’rganishimni maslahat berasiz ?

Agar siz Ingliz tilidagi video darsliklar va maqolalarni tushunmaydigan bo’lsangiz unda ishonchli o’quv markazlaridan birini tanlab unga borganingiz maqqul. Tushunsangiz yuqorida ta’kidlab o’tgan saytlarim orqali dasturlashning biror yo’nalishida mukammal mutahasis bo’lish imkoni ham bor. Agar imkoni bo’lsa 3 ta usulni ham birlashtiring. Ya’ni o’quv markaziga ham boring, qo’shimcha video darsliklar ham sotib olib ulardan ham o’rganishni boshlang. Shuningdek shaxsiy izlanish orqali ham o’rganishingizni davom ettiring. Muhimi tohtab qolmasligingiz.

Aytgancha dasturlash va dizaynga oid ma’lumotalni mening shaxsiy blogimdan ham o’qib borishingiz mumkin.

Eng muhimi o’rganishni boshlashni kechiktirmang. Sababi yaxshi dasturchi kadrlarga hozir ehtiyoj juda yuqori. Tezroq o’z ish o’rningizni egallang.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.