Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib chet elda o’qish mumkin

Musayev blogidan maxsus GrantGO uchun tayyorlandi!

Grantlar yutish uchun nimalar kerak?! Chet el grantlari turlari va ularni yutish uchun IELTS, baholar, maqola va sertifikatlar hamda shu kabi narsalarning ahamiyati

Hozirgi vaqtda juda ko’pchilikni “Qanday qilib chet elda grant asosida o’qishim mumkin?”, “Buning uchun nimalar talab qilinadi?”, “IELTSdan yuqori ball olsam grant yuta olamanmi?” yoki “Grant yutish uchun baholar ahamiyatlimi?” degan savollar qiynaydi. Ushbu postimiz orqali bu savollarga imkoni boricha qisqa va aniq javob berishga harakat qilib qolamiz.

Grantlarni yutish uchun nimalar kerak ekanini gapirishdan oldin ularning turlari va farqlari haqida ozgina gapirib o’tishimiz kerak bo’ladi.

Chet el grantlari turlari va ularning farqlari

Chet el grantlari, asosan, 3 turga bo’linadi:

  • universitet tomonidan beriladigan grantlar,
  • hukumat tomonidan beriladigan grantlar
  • tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar.

Bu grantlar qaysi yo’nalishlarda o’qish uchun berilishi hamda grant miqdori (to’liq xarajatlarni qoplovchi, faqat o’qish xarajatlarini qoplovchi, qisman xarajatlarni qoplovchi hamda stipendiya) ga qarab bir-biridan farq qiladi.

Universitet tomonidan beriladigan grantlar

Odatda qaysi bosqichlar uchun:

Moliyalashtirish turi:

  • Asosan kontrakt puli qisman;
  • Ba’zi hollarda to’liq qoplanadi;
  • Kamdan kam holatlarda to’liq moliyalashtirish turi ham uchrab turadi

Nimalar talab etiladi:

  • Universitet va tanlangan yo’nalish kirish talablariga javob berish
  • Tanlangan yo’nalishga o’qishga kirish
  • Grant turiga qarab qo’shimcha talablar qo’yiladi
  • Grantni doimiy saqlab qolish uchun o’qish davomida aktiv bo’lish va semestrlarni yuqori baholarga yopish

Grant yutish uchun nimalar rol o’ynaydi

  • Oldingi o’quv bosqichidagi yuqori baholar
  • Ushbu yo’nalishga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar)
  • Motivatsion xat, ya’ni
    • nima uchun aynan shu yo’nalishda o’qimoqchilik haqidagi maqsadlar va rejalar aniqligi
    • qolganlardan ajralib turuvchi jihatlar
    • liderlik
    • universitet uchun qanday foyda keltira olish va
    • kelajak rejalar

    Yutish qay darajada oson

    • Universitet darajasidan kelib chiqadi
    • Raqobat o’rta darajada

    Qanday hujjat topshiriladi

    • Universitet grantlariga ko’p hollarda alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirgan barcha abiturientlar talablarga mos keluvchi grantlarga avtomatik nomzod sifatida olinadi
    • Ba’zi hollarda ularga alohida hujjat topshirish talab qilinadi. Bu stipendiyaga qarab farq qiladi.

    Hukumatlar tomonidan beriladigan grantlar

    Odatda qaysi bosqichlar uchun:

    • Magistr
    • Almashinuv dasturlari (maktab yoshidagilar uchun ham)
    • Tajriba almashinuv dasturlari
    • Bakalavr

    Qaysi grantlar misol bo’la oladi

    • Fulbright (AQSh)
    • Chevening (Buyuk Britaniya)
    • DAAD (Germaniya)
    • Erasmus Mundus (Yevropa davlatlari)
    • GKS (Koreya)
    • UGRAD (AQSh)
    • FLEX (AQSh) va hokazo

    Moliyalashtirish turi:

    • Ko’p hollarda barcha: o’qish, turar joy, safar va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi

    Nimalar talab etiladi:

    • Grant maxsus talablariga javob berish;
    • Grant yutgandan keyin talab doirasidagi universitet va yo’nalishga o’qishga kirish;
    • Ko’p hollarda o’qish va grant davri tugagach o’z vataniga qaytish

    Grant yutish uchun nimalar rol o’ynaydi

    • Yuqori baholar talab qilinmaydi, lekin foydali hisoblanadi
    • Motivatsion xatlar. Quyidagi sifatlarga ega bo’lish va xatlarda ularni ochib bera olish
      • Ijtimoiy faollik: tashkilotchilik, volontyorlik, jamiyatga foydali bo’lgan har qanday loyihalardagi faol ishtirok
      • Liderlik qobiliyati va potensiali
      • Kelajak rejalar, potensial va ambitsiyalar
      • O’qishda va o’qishdan tashqarida ham faol va yetakchi bo’lish
      • O’qish yo’nalishiga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar)

      Yutish qay darajada oson

      • Taklif etayotgan davlat darajasidan kelib chiqadi
      • Raqobat o’ta darajada yuqori

      Qanday hujjat topshiriladi

      • Ko’pincha grant uchun alohida universitet uchun alohida topshiriladi

      Tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar

      Odatda qaysi bosqichlar uchun:

      • Magistr (tadqiqot turi)
      • PhD (doktorantura)
      • Post doktorantura
      • Tadqiqot loyihalari ustida ishlash

      Qaysi grantlar misol bo’la oladi

      • The University of Melbroune Scholarships (Research)

      Moliyalashtirish turi:

      • Ko’p hollarda barcha: o’qish, tadqiqot, turar joy, safar va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi
      • Bundan tashqari ba’zi hollarda oilali tadqiqotchilar oilaviy xarajatlari uchun alohida mablag’ ajratiladi

      Nimalar talab etiladi:

      • Yuqori bilim va tadqiqot salohiyatiga ega bo’lish;
      • Tadqiqotlar bo’yicha tajribaga ega bo’lish;
      • Tadqiqot yo’nalishida o’qish va tadqiqot loyihlari, ilmiy ishlar ustida ishlash;
      • Tilni yuqori darajada bilish va yozish qobiliyati

      Grant yutish uchun nimalar rol o’ynaydi

      • Tadqiqot salohiyati, ya’ni
        • Tanlangan tadqiqot mavzusida tajribaga ega bo’lish
        • Ilmiy ishlarda qatnashganlik
        • Xalqaro darajadagi jurnallardagi chop etilgan maqolalar
        • Ilmiy ishga doir yozilgan kitoblar va yutuqlar
        • Tadqiqot ishining ahamiyati va potensialini yoritib bera olish

        Yutish qay darajada oson

        • Nomzod salohiyatidan kelib chiqadi
        • Raqobat nisbatan past va yutish ehtimoli tepadagi ikki grant turidan ko’ra yuqoriroq

        Musayev blogidan maxsus GrantGO uchun tayyorlandi!

        Qanday qilib chet elda o’qish mumkin

        Ko’p so’raladigan savollar

        Tez-tez beriladigan savollar

        • Universe group kompaniyasi qanday xizmatlarni taqdim etadi?

        Universe Group kompaniyasi chet elda o’qish sohasida malakali konsultatsiyalar beradi, Siz uchun mos bo’lgan o;quv dasturini va universitetni tanlashga yordam beradi, o’qishga kirish va viza olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashda xizmat ko’rsatadi, va shuningdek o’qishga uchib ketishdan oldin kerakli masalalarda ko’makdosh bo’ladi. Biz talabaga butun o’qishga kirish va ketish jarayonida hamrohlik qilamiz. Bu haqida saytimizning Xizmatlar sahifasida batafsil o’qishingiz mumkin.

        O’qishga kirish bo’yicha barcha xizmatlar to’plami 5 100 000 so’m turadi. Bu summani Siz shartnoma asosida o’zingizga eng qulay shaklda to’lashingiz mumkin.

        Yashash harajatlari Siz o’qiyotgan mamlakatdagi yashash darajasiga bog’liq. Masalan, Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda turar joy, ovqatlanish va boshqa kundalik harajatlarga oyiga o’rtacha 1000 funt sterling ketadi. Huddi shu davlatning boshqa shaharlarida esa oyiga 700 funt sterling ketadi.

        Ha, ota-onangiz Siz bilan birga borishsa bo’ladi, lekin bu holat har hil davlatlarda turlicha amalga oshadi. Ba’zi davlatlar, masalan Singapurda bir oyga boorish uchun viza kerak emas. Boshqa davlatlar, masalan Buyuk Britaniyada ota-onangiz alohida turistik viza olishlari lozim.

        Ha, barcha universitetlarimiz kontrakt to’lovini ikkiga bo’lib, har bir semestrning boshida to’lasha ruhsat beradi. Faqatgina Gollandiya universitetlarida darhol bir yil uchun to’lash talab qilinadi

        Odatda hujjatlarni bir yilda ikki marta – kuzda boshlanadigan o’qishga va qishda boshlanadigan o’qishga. Ba’zi davlatlarda esa, masalan Buyuk Britaniyada, o’qish bir yilda 3 marta boshlanadi – sentyabr, yanvar va mayda.

        Universitetga hujjat topshirish uchun asosiy hujjatlar bu – chet elga chiqish pasporti, diplom yoki attestat, IELTS sertifikati yoki ingliz tili imtihonini topshirganlik haqida hujjat. Agar Siz hozirgi o’qishingizni hali bitirmagan bo’lsangiz, universitetga transkript (baholar ko’chirmasi) yoki 10-11 sinf uchun tabel nushasi bilan hujjat topshirishingiz mumkin.

        Agar Siz kontrakt narhidan chegirma olishni istasangiz, baholaringiz ahamiyatga ega. Baholaringiz qanchalik yuqori bo’lsa, chegirma olish imkoniyati shunchalik yashi bo’ladi.

        Ba’zi universitetlarga kirish uchun Universe Group kompaniyasi ofisida IELTS ga o’xshagan va listening, reading, writing va speakingdan tashkil topgan imtihonni topshirishingiz mumkin. Universitet bu imtihondan o’tish uchun uchtagacha imkoniyat beradi. Qaysi universitetlarga IELTS siz kirish mumkinligini bilish uchun kompaniyamiz mutaxassislari bilan bog’laning.

        Hujjat topshirish uchun zarur bo’lgan minimal yosh – 16. Maksimal yosh uchun esa ko’p horijiy oliygohlarda cheklov yo’q. Lekin horijiy davlatlarning elchixonalari viza berishda yoshqa tanqidiy qarashadi. Bundan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, agar Siz 30 dan oshgan bo’lsabgiz talabalik vizasini olishingiz ehtimoli pastroq bo’ladi.

        Universe Group kompaniyasi Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya va Gollandiyaning nufuzli oliy o’quv yurtlarining vakili hisoblanadi. Shuningdek, Kanada, Yangi Zelandiya, BAA, Germaniya, Singapur va Shveytsariyaning TOP universitetlariga ham o’qishga kirishga yordam beramiz.

        Biz ishni Universe Group kompaniyasi mutaxassislari bilan birinchi bepul konsultatsiyani olish bilan boshlashingizni tavsiya etamiz. Buning uchun Biz bilan bog’laning.

        Biz hamkorlik qiladigan barcha oliygohlar davlat universitetlari hisoblanadi va jahon reytingida TOP-500 ga kiradi. Shu sababli diplomingiz O’zbekistonda yoki boshqa davlatda o’tishiga oid muammoga duch kelmaysiz. Agarda Siz o’qishni bitirganda so’ng o’sha yerning o’zida qimmatli ish tajribasiga ega bo’lishni istasangiz, oliygohlarimizdan ko’pchiligi ish-amaliyot dasturlarini taklif etishadi. Bundan tashqari, o’qishni bititrgandan so’ng o’z sohangizda kafolatli ishga joylashish imkoniyatlari ham beriladi.

        Ha, bizning universitetlarimiz joylashgan barcha davlatlarning qonunchiligiga ko’ra talabalar o’qishdan tashqari oyiga 90 soat ishlashlari mumkin.

        Gollandiyada viza berilishi universitet tomonidan kafolatlanadi. Buyuk Britaniyada esa Universe Group talabalarining birontasini ham ohirgi 5 yil ichida vizasi rad etilmagan. Boshqa davlatlarda ham viza olish ko’rsatkichlarimiz juda yuqori, chunki barcha oliygohlarimiz davlat universitetlari hisoblanadi va yuqori reytinglarga ega. Universe Group kompaniyasi o’z nomidan viza olishni kafolatlash vakolatiga ega emas.

        O’qish narxlari turli davlatlarda universitet va o’quv dasturi turiga qarab har hil davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bizning universitetlarimizda o’qish narxi bir til uchun $10 000 dan boshlanadi. Aniq narhlarni bilish uchun saytimizdagi Universitetlar sahifasini ko’rib chiqing.

        Hujjat topshirish muddati qaysi davlatga ketayotganingizga bog’liq. Hujatlarni yig’ish va topshirish jarayonida ularning universitet tomonidan ko’rib chiqilishi va viza olishga ketadigan vaqtni hisobga olish kerak. Odatda bunga 2 oy vaqt ketadi. O’qishga kech qolish yoki ulgurmay qolish holatlarini oldini olish maqsadida o’qish boshlanishidan 6 oy avval hujjat topshirishni maslahat beramiz.

        Chegirma olish uchun ikkita ko’rsatkich ahamiyatga ega: yaxshi baholar va hujjatlarning erta topshirilishi (kamida o’qish boshlanishidan 6 oy avval hujjat topshirish kerak).

        Bakalavr o’quv dasturlariga qabul qilinish uchun ingliz tilini IELTS 6.0 darajasida, magistratura uchun esa 6.5 darajasida bilishingiz kerak. Shu bilan birga har component 5.5 dan past bo’lmasligi kerak.

        Ko’p unibersitetlarga kirish uchun IELTS imtihonini topshirishingiz kerak. Bir qator universitetlarimiz IELTS o’rniga o’zining ingliz tilidan kirish imtihonini topshirish imkoniyatini beradi.

        Turli davlatlarning oliy o’quv yurtlariga kirish shartlari bir-biridan farqli va o’ziga hos hususiyatlarga ega. Lekin, bizning chet eldagi oliygohlarimizga kirishning bir nechta umumiy talablari bor. Masalan, birinchi naмифевф ingliz tilini yaxshi bilishingiz kerak. Bundan tashqari, o’qishga kirish uchun yetarli ta’lim darajasiga ega bo’lishingiz kerak – bakalavrga kirish uchun o’rta maxsus, magistraturaga esa oliy ma’lumotli bo’lishingiz zarur.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.