Press "Enter" to skip to content

Amerikaga viza olish yo‘llari

Demak, vizalar ikkita KATTA bo‘linmaga ajratilgan. Birinchisi — immigratsion viza, ikkinchisi — noimmigratsion viza. Bular esa o‘z navbatida bir necha toifalarga bo‘lingan.

AQSHga ketish – Amerikaga borish yo’llari

Bu safar sizlar bilan amerikaga borish yo’llari, xarajatlar, muammolar va qiyinchiliklari haqida holisona bilganlarimni sizlarga aytib bermoqchiman.

Assalom Aleykum! Xozirgi kunda ko’pchilikni chet elga ko’chib ketish fikrlari qiziqtirib qoldi, Bizdagi ichtimoiy, siyosiy, ekonomik vaziyat ko’plab yurtdoshlarimizni bu yerda o’z kelajagiga bo’lgan havotirini oshirmoqda shu sabab bo’lsa kerak AQSHga ketish yo’llarni izlashga tushishgan.

Avvalombor chet elga ko’chib ketishdan oldin yaxshilab o’ylab bir qarorga kelishingiz kerak. Bunda quydagilarni aniq xisob kitob qilishingiz shart:
1. Oilaviy holatingiz(Farzandlar, Ayolingizni u yerga ko’nikib keta olishiga ko’zingiz yetishi.) Agar bir o’zingiz bo’lsa o’zingizni holatingizni, u yerdagi jamiyat va tilga o’rganib ketishingizga ko’zingiz yetsa.

2. Bilimingiz va kasbingiz. Amerikada ingiliz tilini bilishingiz undan tashqari biron bir mutaxassislik egasi bo’lsangiz qiyinchiliklar kamroq bo’ladi.

3. Boshlang’ich Pul. AQSHga borib u yerda ish, uy topib daromadga kirishingizga qadar o’zingiz va oilangizni moddiy taminoti uchun pulingiz bo’lishi kerak.

Endi shunbu uch narsani aniq xisob kitob qilib olganingizdan so’nggina xarakatni boshlash mumkin.
Birinchi navbatda Qonuniy yo’llarini ko’rib chiqamiz:

1. Greencard lotariyasi orqali. Ushbu lotariya xar yili oktabr-noyabr oylarida o’tkaziladi. Unda qatnashish bepul va o’zingizni malumotlaringizni yuqorida ko’rsatilgan manzil orqali jo’natib qatnashishingiz mumkin.
Greencard lotariyasi bir yil oldin o’ynaladi, misol uchun: 2023-yil uchun 2021-yilda o’ynaladi. 2022-yil uchun esa 2020-yilda o’ynalilgan. Bu degani siz yutsangiz AQSHga ketishga tayyorgalik qilishingiz uchun yetarlicha vaqtingiz bor degani. Greencard o’yini javobi keyingi yilning may oylarida chiqadi.
Greencard anketasini to’ldirishda Загранпаспорт(Qizil Pasport) ma’lumotlarni kiritishingiz kerak.
Anketa to’ldirishni bu videoda o’rganishingiz mumkin. Link

2. Siyosiy Qochqin Maqomi orqali. – Ushbu maqom orqali AQSH hukumadi sizni o’z himoyasiga oladi va sizga aqshda qolishga ruxsat beradi. 1 yil davomida aqsh hududidan chiqishingiz taqiqlanadi lekin ishlash, shtatlar bo’ylab ko’chishingiz mumkin. 1 yildan so’ng AQSH fuqaroligiga ariza tashlaysiz.

Siyosiy qochqin maqomini olishning ikki yo’li bor:

1. Tur Viza orqali. Tur vizasini Amerika elchixonasi orqali olinadi, uni o’zingizxam borib ariza tashlab(Intervyu) bojni to’lab olishingiz mumkin. Lekin buni olish juda qiyin va tur viza olish uchun konsulni ishontira oladigan sabab bo’lish kerak.(Misol: Uzbda uyingiz borligi haqida malumotnoma, mashina, qarindoshlaringiz va shu kabilar). Ushbu vizani tur firmalar orqalixam olsa bo’ladi deyishadi lekin o’zim sinab ko’rmaganman. Tur firmalar bilan ishlayotganda extiyod bo’ling firibgarlarga uchrab qolishingiz mumkin.
Agar siz tur vizasini olish uddasidan chiqgan bo’lsangiz amerikaga borganingizdan so’ng yaxshi huquqshunos topib siyosiy qochqin maqomiga davo qilib uni olasiz. Uzbdagi uy, mashin kabi narsalaringizni yaqinlaringizga ishonchnoma orqali sotdirib pulini bank orqali olasiz. Bunda men bilmagan joylarixam bor buni huquqshunosingiz bilan maslahatlashasiz.

2. Chegara orqali. Buning uchun AQSHning Meksika bilan chegarasiga borishingiz kerak bo’ladi. Gap shundaki AQSH bilan Meksika chegarasining bazi punklarida Meksika chegarachilari AQSHga chiqayotgan mashinlarni tekshirishmaydi shudan foydalanib AQSH hududiga o’tib olib kegin Siyosiy qochqin Maqomini so’raladi, Tabiyki AQSH chegarachilari qonun bo’yicha o’zining hududidagi siyosiy qochqinni ortga qaytarib yubora olmaydi. Meksikaga borishga esa viza talab qilinmaydi.
Buning uchun esa Moskvadan Kankun shahariga(Meksika) va Kankun Moskva yo’nalishida bilet olib kankun shaharidan Mehmonxona band qilib qoyishingiz kerak(Aeroport chegarachilari qaytarib yubormasligi uchun). So’ngra kankun > Tixuana Tixuana >Kankun yo’nalishida samalyotga chipta olib mehmonxona buyurtma qilib qo’yasiz va uchasiz. Tixuana – bu Meksikaning AQSH bilan chegaradosh bo’lgan Shahari va aynan shu yeradgi chegara posti orqali ko’pchilik Amerikaga o’tadi.

Tixuana shahriga yetib kelgandan so’ng chegara postga yetib borish uchun mashina sotib olishingiz kerak. Bunda shu shahardan sherik yo’lovchilar topishingiz mumkin(pulingiz ekonom boladi). U yerda mashina sotib olish uchun deyarli xech narsa talab qilinmaydi. mashinaning egasi sizga mashinani sotgani to’g’risida chek yozib beradi va mashina sizniki. Mashina topligandan so’ng chegara postiga qarab yo’l olasiz vaqt va vaziyatni aniqlab oling, u yerdan o’tganlarning aytishicha kechki payt smena almashishiga 1-2 soat qolganida borsangiz chegarachilar charchagan bo’lishadi va unchalik kop tekshirishmaydi.
Amerika chegarachilarigacha yetib borganingizda chegarachilar sizdan hujjatlar va malumotlar so’raydi, shunda chegarachiga qayerdan ekanligizni va siyosiy qochqin ekanligingizni aytishingiz kerak. Ular sizni olib intervyu xonasiga olib borishadi va siz bilan batafsil gaplashishadi. Agar ingiliz tilini bilmasangiz tarjimon sorashingiz mumkin. Intervyudan o’tganingizdan so’ng sizni barcha hujjatlaringizni olib qo’yib siyosiy qochqin maqomini olganligingiz to’g’risidagi malumotnoma berishadi. Siyosiy qochqin maqomini olganingizdan so’ng sizga AQSH hududida bo’lishingiz uchun kafl kerak bo’ladi. Agar kafl bo’ladigan inson bo’lmasa hukumat o’zi sizga topib beradi. Shundan so’ng Qo’lingizdagi hujjatlar bilan aqshda ishlash va yashash huquqiga ega bo’lasiz.

“Shubu yo’l orqali Amerikaga borishda Uydaligingizdayoq Aniq yo’l xaritasini tuzing, Aeroportlar, Mehmonxonalar, taksi, Sug’urtalar, Mashina va boshqalar haqida ko’proq malumotlar to’plashingiz kerak. Bularni bilmasangiz borganingizda sarosimaga tushib qolishingiz mumkin. Borayotgan joyingiz atmosferasini(sharoit, vaziyat) oldinda o’rganing.”

3. Ish vizasi orqali. Ushbu vizani olish juda qiyin hatto bazilarning aytishicha buning iloji yo’q. Ushbu vizani olish uchun AQSHdan ish beruvchi topishingiz va u sizni ishga olishi haqida malumotnoma jonatishi va bu orqali aqsh elchixonasidan viza olishingiz mumkin. Malumotlarga qaraganda Ish vizasini dasturchilarga berish extimoli ko’proq ekan.

4. Amerikaga Vizasiz (Noqonuniy) yo’l bo’lan o’tish.
Amerikaga noqonuniy yo’l bilan o’tishxam huddi chegara orqali siyosiy qochqin bo’lib o’tishga o’xshaydi, Faqat bunda xavf xatar juda ko’p. Bu yo’l bilan Meksikaning maxsus bandalari shug’ullanadi, Ushbu bandalar qurol yaroq, narkotik kabilar bilanxam shug’ullanishadi. Ularning xizmatlariga kafolat yo’q va ular sizni pulingizni olib o’ldirib yuborishlarixam mumkin. shuning uchun bu yo’lni tavsiya qilmayman. Agar ushbu yo’l bilan Amerikaga o’tgan taqdiringizdaxam doimiy yashirinib yurishingiz va faqat noqonuniy ishlarda ishlashingizga to’g’ri keladi. Agar politsa ushlab olsa deportatsiya qilib yuboradi. Agar yaxshi yurist topib siyosiy qochqin maqonimi olishingizxam juda qiyin bo’ladi eshtishimcha.

Shunday qilib qadirli birodarim ushbu maqolam sizga foydali bo’lgan bo’lsa buni do’stlaringizgaxam yuborib qo’ying. Shunda Men sizlarga shu kabi qiziqarli maqolalarni ulashishimga turtki bo’ladi. Fikr mulohazalaringizni komentlarda yozib qoldiring. Maqolani bazi joylarida adashgan bo’lishim va imlo xatolari uchun bir qoshiq qonimdan keching.

Amerikaga viza olish yo‘llari

Do‘stlar, ko‘pchilikni o‘ylantiradigan bitta savol bor: qanday qilib Amerika Qo‘shma Shtatlariga ketish mumkin? Yoki nima qilsam, viza olaman? Amerikaga viza olish yo‘llari qanday? Umuman, bu diyorga borish mumkinmi, va hokazo. Javobi murakab emas — ha, albatta, ketsa bo‘ladi! Buning ilojisi bor. Ushbu maqola orqali sizga batafsil ma’lumot beramiz.

Amerikaga viza olish yo‘llari hujjatlardan boshlanadi

AQSh mamlakatida immigratsion qonun ishlaydi. Sizning ketish maqsadingizga qarab, beriladigan vizaning toifasi aniqlanadi. Ariza topshiruvchi shaxs qaysi toifali vizani olayotganiga barcha dalillarni keltirib berishi kerak. Ya’shi, o‘sha vizaga mos kelishini isbotlab berishi kerak. Mana bu saytda usvisas.state.gov viza toifalarining ro‘yxati bor. Uning orasidan o‘zizga ma’qulini tanlab olishingiz mumkin. Amerikaga kirayotgan har bir horij fuqarosi COVID-19’dan eplanganlik ma’lumotnomasini taqdim etishi shart. Bu haqida mana bu saytdan travel.state.gov bilib olasiz.

Demak, vizalar ikkita KATTA bo‘linmaga ajratilgan. Birinchisi — immigratsion viza, ikkinchisi — noimmigratsion viza. Bular esa o‘z navbatida bir necha toifalarga bo‘lingan.

Noimmigratsion vizalar toifasi:

— Turizm va sayohat;
— Vaqtinchalik ishga va biznes tashrif;
— O‘qish va ta’lim malakasini oshirish.

Immigratsion vizalar toifasi:

— Oilaviy immigratsiya;
— Turmush qurish vizasi;
— Ish bo‘yicha immigratsiya;
— Green Card lotereya yutgan immigrantlar;
— Qaytayotgan rezidentlar.

Bularning hari biri uchun o‘z navbatida talab va shartlari bor. Ular uchun barcha kerakli hujjatlarni yig‘ish kerak. Biz bu haqida gapirmoqchi emasmiz, keyinroq alohida maqolalar bilan har biriga to‘xtalib o‘tamiz. Bugun shu toifali vizalarning ixtiyoriysi uchun qanday qilib viza olish haqida tavsiyalar beramiz.

Qanday qilib Amerikaga viza olish mumkin?

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun Amerikaga ketuvchi har qanday viza Toshkent shahridagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limda beriladi. Albatta Konsul sizga vaqt belgilaydi va u bilan suhbat bo‘ladi. Konsul suhbatiga kechga qolib bo‘lmaydi. Aks holda intervyuga kiritishmaydi.

Xullas, nima qilsa viza berishadi, shu haqida gaplashaylik. Aslida, viza olish uchun ko‘p narsa shart emas (bu yerda hujjatlar nazarda tutilmayapti). 90% muvaffaqqiyat insonning o‘ziga bog‘liq.

BIRINChI eng kerakli narsa puliz borligining isboti. Ya’ni, Amerikaga borish uchun yetarlicha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatib bering. Masalan, bankdan ma’lumotnoma orqali va hokazo.

IKKINChI muhim narsa — O‘zbekistonga qaytish uchun jo‘yali sabab ko‘rsating. Ular — oilangiz borligi, farzandingiz bo‘lsa yana bir plus degani. 18-28 yoshli farzandi yo‘q shaxslar viza olishi juda qiyin masala, ishonavering.

UChINChI muhim narsa — Konsul bilan suhbatda dovdiramang! Ha, o‘zingizni yaxshi tuting. Aniq, lo‘nda va optimal uzunlikda javob bering. Javobingiz qisqa ham bo‘lmasin, uzun ham bo‘p ketmasin.

Boshqa hammsi texnik omillar. Ularni topish, tayyorlash va yig‘ish mumkin

Siz Konsulga nima uchun ketayotganingizni, yurtingizga qaytib kelishingizni, qaytish uchun bir qator sabablar yetarli ekanligini isbotlab bersangiz bo‘ldi. Shu bilan birga, mablag‘ingiz borligini ko‘rsatgan holda. «O‘zbekistonda oilam, bola-chaqam, ishim, biznesim va mol-mulkim qolyapti. Men albatta qaytaman», qabilida gaplashishingiz kerak. Aks holda bu odam qolib ketadi, deb vizaga rad javobi berishadi.

Ko‘rib turganingizdek, Amerikaga viza olish yo‘llari unaqa murakkab emas. Barcha hujjatlarni yig‘ish, to‘g‘ri taqdim etish va mohirona suhbat qurish — mana ushnisi qiyindir. Tanlov o‘zizdan.

Yodda tuting: viza bermaslikning ENG katta sababi — sizni qolib ketadi deb qo‘rqishadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.