Press "Enter" to skip to content

Aksiya sotib olib qancha daromad olish mumkin

Azon News’ning «Savol-javob» loyihasida «Islom moliyasi va halol tijorat» mavzusida suhbat tashkil etildi. Unda «Islom moliyasi» loyihasi mualliflari – Xondamir Nusratxo‘jayev va Muzaffar Husniddinovlar islom moliyasiga oid ko‘plab savollarga javob berishdi.

Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar va aksiya masalasi qanday hal qilinadi?

Azon News’ning «Savol-javob» loyihasida «Islom moliyasi va halol tijorat» mavzusida suhbat tashkil etildi. Unda «Islom moliyasi» loyihasi mualliflari – Xondamir Nusratxo‘jayev va Muzaffar Husniddinovlar islom moliyasiga oid ko‘plab savollarga javob berishdi.

– O‘zbekistonda islom banklari ochilishi nima sababdan ortga surilyapti? Islom banklaridan shartnoma bilan mablag‘ olish mumkinmi, agar iloji bo‘lsa, qanday shartlarda?

Muzaffar Husniddinov:

– O‘zbekistonda islom banki ochilishi uchun hali qonuniy asos mavjud emas. Lekin bu sohada ish ketyapti deb bilamiz. Ya’ni ikki yil oldin bu sohada prezident qarori loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgandi, lekin qaror qabul qilinmadi. Yaqinda Markaziy bank raisi 8ta bankda islom darchalari ochish bo‘yicha ish olib borilayotgani haqida aytib o‘tdi.

Lekin bularning barchasi islom bankining to‘liq faoliyati uchun hali yetarli emas. Islom banki faoliyat boshlashi uchun qonuniy asos mavjud bo‘lishi kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan bu qonunlar yaratilsa, nazorat qiluvchi organ tayin qilinsa (bu Markaziy bank bo‘ladimi, muayyan funksiyalar Moliya vazirligiga topshiriladimi), soliq masalalari ko‘rib chiqilganidan keyin islom banklari faoliyat boshlashi mumkin bo‘ladi.

Hozirda amaliy jarayonlardan biri – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Islom taraqqiyot banki ko‘magida Islom qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekistonda chiqarish bo‘yicha qonuniy asos ishlab chiqilyapti, degan xabarlar mavjud.

O‘zbekistondagi tijoratchilar qanday qilib Islom bankining mablag‘lariga murojaat qilishlari mumkin, degan savolga javob tariqasida shuni aytamizki, tadbirkorlar yoki korxonalar Islom taraqqiyot bankiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olmaydi. Chunki bu taraqqiyot banki hamda mazkur bank davlatlar, hukumatlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Lekin ushbu bank tizimidagi boshqa tashkilotlar – Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi, Xalqaro savdoni rivojlantirish islom tashkiloti bor. Mana shu tashkilotlar O‘zbekistonning tijorat banklariga muayyan moliyaviy resurs ajratadi. Bizning banklar u tashkilotlarning vakili sifatida mablag‘larni kimlar olishi mumkinligi, ularning biznes rejasi, moliyaviy tahlilini amalga oshirib, Islom taraqqiyot bankining ushbu tashkilotlariga taqdim etadi. Mana shu banklarning resurslari mavjud.

Hozirda aynan qaysi banklarda mavjudligini bilmaymiz, lekin bizning islommoliyasi.uz saytimizdagi yangiliklar kuzatib borilsa, qaysi banklar bilan faoliyat olib borilgani ma’lum bo‘ladi.

Xususan, o‘tgan yili Turon bank, Asia alliance bank, Trastbank, yana bir qancha boshqa banklarda mana shu korporatsiyalarning resurslari mavjud edi. Hozirgi kundagi ma’lumotlardan xabarim yo‘q. Lekin mana shu banklarga murojaat qilish mumkin.

– Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar va aksiya masalasi qanday hal qilinadi?

Muzaffar Husniddinov:

– Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar va aksiya masalasi o‘zbekistonlik o‘quvchilarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollardan biri. Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar bilan oldi-sotdi qilish ruxsat etilgan, joiz amaliyotlardan. Sababi, aksiyalar – korxonalardagi ulushni belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Lekin hamma korxonalarning ham aksiyalarini oldi-sotdi qilish mumkin emas.

Birinchi tamoyil bu – korxona faoliyati islom talablariga javob berishi kerak. Ya’ni spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish yoki buzuq o‘yin-kulgu sohalari bo‘lmasligi kerak. Bu talabga javob beradigan bo‘lsa, yana bir qancha keyingi talablar bor. Korxonaning moliyaviy hisobotini o‘rganib chiqish orqali bu talablarga javob berish-bermasligini aniqlash mumkin. Xususan, korxonaning qarz mablag‘lari muayyan manbadan olingan bo‘ladi. Bu korxona, kapital egalari mablag‘lari hamda qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Qarz mablag‘lari foizli qarz mablag‘lari bo‘lmasligi kerak. Zamonaviy ulamolarimiz aytadigan koeffitsiyent – korxonaga bank krediti, obligatsiyalar yoki depozit sertifikatlari kabi manbalar orqali pul jalb qilingan bo‘lsa, mana shu mablag‘larning umumiy aktivlarga nisbatan qiymati 33 foizdan oshsa, bu korxonaning aksiyalarini sotib olish mumkin emas, deyiladi.

Shunga o‘xshash yana 2-3ta koeffitsiyentlar bor. Yuz foiz «toza» korxonani topish qiyin. Xususan, Amerika birjalarida. Baribir shubhali daromadlari bo‘lishi mumkin. Mana shu shubhali daromadlarning ulushi jami daromadlarning besh foizidan oshmasligi kerak. Agar siz ana shunday korxona aksiyasini sotib olsangiz, masalan, uning uch foiz daromadi shubhali bo‘lsa, o‘sha korxonadan olgan daromadingizning uch foizini sadaqa qilib yuborishingizga to‘g‘ri keladi.

Yana boshqa talablar bor. Korxona spekulyativ korxona emasligini isbotlashi uchun uning uzoq muddatli aktivlari 75 foizdan yuqori bo‘lishi kerak, deyiladi. Ya’ni 75 foiz aktivlari pul va uning ekvivalentlari bo‘lmasligi kerak. Shunga o‘xshash talablar bor.

Bularning hammasi fond bozorida amalga oshiriladigan ishlar. Fond bozorida yana obligatsiyalar savdosi amalga oshiriladi. Islom moliyasida an’anaviy obligatsiyalar oldi-sotdisi joiz emas. Qoidalardan yana biri – aksiyalar savdosida uzun va qisqa pozitsiyalar bo‘ladi. Qisqa pozitsiya qilish ham mumkin emas. Chunki bunda aksiyalar qarzga olinib, keyin narxi tushgan vaqtda birovga sotib yuboriladi. Islom moliyasi qoidasiga ko‘ra, birovdan qarzga olingan narsani sotish mumkin emas.

Aksiya sotib olib qancha daromad olish mumkin?

Bugungi kunda ko’pchilik fond bozori va kapitalni aksiyalarga investitsiya qilish imkoniyatlari haqida yetarli ma’lumotga ega.

Ammo birjada pul ishlash uchun bu bilimning o’zi yetarli emas. Daromaddan tashqari, investor to’g’ridan-to’g’ri zarar olishi va hatto barcha kapitalini yo’qotishi mumkinligini ham bilishi kerak. Avvalo, investor bozorga nima uchun kelganini va undan nima olishni xohlayotganini tushunishi kerak.

Uzoq muddatli o’quv kursini tugatib va ko’plab kitoblarni o’qigandan keyin ham, fond bozorida savdo qilishni istagan inson haqiqiy savdo tajribasiga ham ega bo’lishi kerak. Faqatgina bu omillarning barchasi birgalikda aksiyalardan daromad olishga va kelajakda uni yo’qotmaslikka yordam beradi.

Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan daromad aksiyalarni bugun bir narxda sotib olish va ma’lum vaqtdan keyin boshqa narxda sotish orqali shakllanadi. Shuningdek, aksiyalardan olingan daromad dividendlar shaklida ham bo’lishi mumkin, ammo barcha kompaniyalar ham dividend to’lamaydi.

Bugun biz bir nechta aksiyadorlik jamiyatlari misolida sizga aksiyalarni sotib olish orqali qancha va qanday qilib daromad olish mumkinligi haqida gapirib beramiz.

Aksiyalarni sotib olish uchun boshlang’ich kapital sifatida biz 10 million so’mni olamiz.

1. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati.

Aksiyaning yil boshidagi narxi: har bir aksiya uchun 32 051 so‘m.

Hozirgi narxi: 87 500 so’m.

Yil boshida 10 million so‘mga 312 donaga yaqin qimmatli qog‘oz sotib olish mumkin edi. Bugungi kunga kelib portfel narxi 27,3 million so’mgacha oshgan bo’lardi, ya’ni bugun aksiyalarni sotish orqali 17,3 million so’m daromad olish mumkin edi. Kompaniya dividendlar to’lamaganligi sababli, yakuniy daromad 17,3 million so’mni tashkil qiladi.

2. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki.

Aksiyaning yil boshidagi narxi: har bir aksiya uchun 27 so‘m.

Hozir narxi: 48 so’m.

Odatda arzon aksiyalarni faqat lotlarda sotib olish mumkin. Masalan, bitta lot 1000 ta aksiyaga teng. Shu bois 10 million so‘mga yil boshida 370 ga yaqin lot yoki 370,4 ming dona aksiyani sotib olish mumkin edi. Yil boshidan buyon aksiyalar 78 foizga o’sdi va endi ularning portfeldagi qiymati 17,8 million so’mni tashkil qiladi. Daromad – 7,8 mln. so‘m.

3. “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati.

Aksiyaning yil boshidagi narxi: har bir aksiya uchun 3 895 so‘m.

Hozir narxi: 5 297 so’m.

10 million so‘mga yil boshida 2567 dona aksiya sotib olib, hozirda 13,6 million so‘mga sotish, ya’ni 3,6 million so‘m daromad olish imkonini beradi. Shuningdek, dividend hisobiga 25% qo‘shimcha daromad ham bo‘ladi.

Biz aksiyalar qiymati o’sishining ijobiy dinamikasiga ega bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirdik. Lekin hamma biladi, qimmatli qog’ozlar bozori bu nafaqat foyda. Har qanday vaqtda, hatto eng istiqbolli kompaniya ham qadrsizlanishi mumkin. Shuningdek, e’tiborga olish juda muhim bo’lgan bir qator omillar ham mavjud, masalan, depozitariy xizmatlari uchun to’lovlar, brokerga komissiya, foyda solig’i, bundan tashqari, siz aksiyalarni sotishingiz kerak bo’lganda, xaridor topilmaslik xavfi bo’lishi mumkin va natijada sarmoya zarar bilan yakunlanishi mumkin.

Shunday qilib, qimmatli qog’ozlar bozorida savdo qilish uchun siz asosiy qoidalarni bilishingiz va har qanday sharoit va bozor o’zgarishlariga tayyor bo’lishingiz kerak.

Aksiyalar bo’yicha batafsil ma’lumotni Investitsiyalar sahifasida olishingiz mumkin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.