Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I sinf); 2) sifat haqida tushuncha berishdi (II sinf);
Qanday qanaqa so’roqlari
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Kimlar?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, shaxs, narsa-buyum.
Soatlar soni: 45 daqiqa.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan birlikdagi so’zlar va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan ko’plikdagi so’zlar bilan amaliy tanishtirish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, muommoli izlanish, munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.
Jihoz: Slaydlar, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy: Kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan (bitta shaxs va bitta narsani bildirgan) birlikdagi so’zlar va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan (ikki va bir necha narsa va shaxsni bildirgan) ko’plikdagi so’zlar bilan amaliy tanishtirish.
Tarbiyaviy: Tabiatga mehr berish ruhida tarbiyalash, o’zaro munosabatlar etikasini o’stirish.
Rivojlantiruvchi: Savollarga to’g’ri va to’liq javob bera olish ko’nikmasini shakllantirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan birlikdagi so’z va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan ko’plikdagi so’zlar bilan amaliy tanishadilar.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
Bajariladigan ish nomi
Metod
Vaqt
1-bosqich Tashkiliy qism
O’quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori ishlab chiqiladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
a) Uy vazifasini tekshirish.
b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni.
1.Yangi darsni 164-mashq orqali tushuntiriladi.
2. 165-mashq shartiga ko’ra bajariladi.
3.Dam olish daqiqasi.
(slayd asosida olib boriladi)
4. 166-mashq mustaqil bajartiriladi.
“So’zni bil” o’yini o’tkaziladi.
1. O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.
Uyga vazifani o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Salomlashiladi.
b) Davomat aniqlanadi.
c) Qish fasli haqida ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
– O’lkamizda hozir qaysi fasl?
– Qish fasli qaysi oydan goshlanadi?
– Qishda qaysi bayramlar nisonlanadi?
– Qish haqida kim she’r aytadi?
Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e’lon qilinadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tsam. Bular
5. O’ng qo’l qoidasi
6. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi)
Endi bugungi darsimiz shiorini e’lon qilsam.
Bizning shior: Doim hushyor.
Biz kim: Barkamol avlod.
2. Uyga vazifani mustahkamlash.
O’qituvchi: O’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Uyga 163-mashq berilgan
O’qituvchi: Hamma yoddan yozishga tayyorlanib keldimi?
She’r muallifi Zafar Diyor haqida ma’lumot beriladi..
Zafar Diyor- iste’dodli bolalar shoiri. Shoir o’z ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag’ishlagan.
U 1912-yili Namangan viloyatida dehqon oilasida tug’ildi.
Uning “Mashinist” (1936), “Tantana”(1938), “Muborak” (1940), “Bizning oila (1942), “Sovg’a” (1943) kabi qator she’riy to’plamlari nashr eyilgan.
Shoirning “Suv bilan Suhbat”, “Kichkina bog’bon haqida doston”, “Kel uchaylik shimolga”, “Kichkina jangchi” asarlari yosh avlodni mard, jasur, vatanparvar, elsevar, mehnatsevar, odamlarga naf keltirib yashash ruhida tarbiyalaydi.
Shundan so’ng darslikda berilgan she’ri yoddan yozdiriladi. O’quvchilar yozganlarini kitobni ochib tekshiradilar. Xatosiz yozgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
3. Yangi mavzu bayoni.
Darslikda berilgan so’roqni o’qing. (O’quvchilar o’qiydilar.Qanday so’zlar kimlar? so’roqlariga javob bo’ladi?)
- Birinchi rasmda (164-mashhq) kimni ko’ryapsiz?
- ( O’quvchini.)
- Shu o’quvchi haqida qanday so’raymiz?
- ( Kim?)
- Uchinchi rasmda kimlarni ko’ryapsiz?
- ( O’quvchilarni.)
- Shu o’quvchilar haqida qanday so’raymiz?
- ( Kimlar?)
So’zlar izohlab yozdiriladi.
Kim? O’quvchi, quruvchi.
Kimlar? O’quvchlari, quruvchilar.
– Kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bitta shaxsni nomini bildiradi. Kimlar? so’rog’iga javob bo’lgan so’z ikki va undan ko’p shaxsning nomini bildiradi.
Birinchi usul. Avval bitta, keyin ikkita va uchta qalamni ko’rsatib so’rayman.
- Bu nima?
- ( Qalam.)
- Nechta qalam?
- ( Bitta qalam.)
- Qalamning boshqacha nomi nima?
- ( Narsa-buyum.)
- Bular nimalar?
- ( Qalamlar.)
- Nechta qalam?
- ( Ikkita, uchta.)
- Bitta qalam ko’pmi yoki ikkita (uchta) qalam ko’pmi?
- ( Ikkita, uchta qalam ko’p.)
- Ko’p narsa buyum haqida qanday so’raymiz?
- ( Nimalar?)
Ruchka haqida ham shunga o’xshash suhbat o’tkaziladi.
O’quvchilar so’zlarni izohlab daftarlariga yozadilar.
Nima? Qalam, ruchka.
Nimalar? Qalamlar, ruchkalar.
- Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bitta narsaning nomini bildiradi. Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar bittadan ortiq (ikki va undan ko’p) narsalar nomini bildiradi.
Darslikdagi berilgan “Qaysi so’zlar nimalar ? so’rog’iga javob bo’ladi?” so’rog’ini o’qitilib, birgalikda javob beriladi.
– Birinchi rasmda (165-mashq) nimani ko’ryapsiz?
– Lola haqida qanday so’raymiz?
– Uchinchi rasmda nimani ko’ryapsiz?
– Lolalar haqida qanday so’raymiz?
– (Nimalar? Bular nimalar?)
So’zlar izohlab yozdiriladi.
Nima? Lola, terak.
Nimalar? Lolalar, teraklar.
Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bitta narsaning nomini bildiradi. Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar bittadan ortiq (ikki va undan ko’p) narsalar nomini bildiradi.
O’quvchilarga darslikdagi xulosani o’qitaman.
Bittadan ortiq shaxsni bildigan so’zlar kimlar? so’rog’iga javob bo’ladi.
Bittadan ortiq narsani bildigan so’zlar nimalar? so’rog’iga javob bo’ladi.
4. Dam olish daqiqasi.
Slayd orqali olib boriladi.
Kimlar?, nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar haqidagi tushunchani 166-mashqni bajarish orqali mustahkamlanadi.
Sharti tushuntiriladi, o’quvchilar mustaqil yozadilar.
Suv- tiriklik manbayi. Undan odamlar, hayvonlar, qushlar, bog’lar, ekinzorlar bahra oladi. Borliq yashnaydi.
Bolalar, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni o’rganing.
Kimlar? Odamlar, bolalar.
Nimalar? Hayvonlar, qushlar, bog’lar, ekinzorlar.
4. Lug’at ishi.
) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar
Yuqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi.
tuzsiz ovqat.
beg‘ubor, bexabar
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.)
asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.
toshkentlik (bola)
tarbiyaviy soat, devoriy soat.
-gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim
(paytga xos belgini bildiradi).
-aki, -oqi: jizzaki, jirttaki, pistoqi
havoyi.
ishchan bola.
odamsimon maymun
(o‘xshashlik ma’nosini bildiradi).
isyonkor, zulmkor, javobgar, ig‘ vogar.
-i: qishloqi, qozoqi, jannati
farg‘ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin)
avliyonamo, darveshnamo
xalqparvar, adolatparvar
charog‘ on, za’faron
dahanaki, og‘zaki
badbaxt, badnafs
olamshumul, jahonshumul
gapdon, bilimdon
dilkash, hazilkash
palovbop, qishbop
xushfe’l, xushhavo
erkin, otashin
devonavor, afsonavor
-parast: mansabparast, maishatparast
barhayot, barvaqt
xalqchil, izchil.
ko‘ylaklik(chit), bolalik(chog‘lar)
jannati (kampir)
baqaloq, qo‘shaloq (g‘ o‘za)
devkor(ish), fusunkor(husn)
zahmatkash(odam), noskash(kampir)
gapchi(odam), vahimachi(ayol)
zo‘ravon(odam)
loyqa(suv)
hazilomuz(gap), zaharomuz(hazil)
g‘amxo‘r(odam), go‘shtxo‘r(hayvon)
soatsoz(usta)
muzdek(suv), jo‘jabirday(jon)
2) Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-choq,-chak,-chiq:
maqtanchoq, kuyunchak, qizg‘anchiq
-gir,-g‘ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o‘tkir, olg‘ir,
uchqur
qaynatma sho‘rva, burma ko‘ylak
chirik, teshik, tuzuk, g‘alvirak
-q(-uq,-iq,-aG`oq): iliq, siniq, buzuq, qoloq.
-oq: qochoq, qo‘rqoq, baqiroq
sayroqi qush,
tirishqoq, uyushqoq, toyg‘ oq
-ag‘ on: bilag‘ on, chopag‘ on
bilarmon, qirarmon
-kun, -qin, -g‘in, tushkun, ozg‘in, jo‘shqin,
-g‘un, -qun: turg‘un, tutqun
-(a)rli: etarli, zerikarli
tinch, jirkanch
-g‘ich: yulg‘ich (odam)
-ong‘ich: tepong‘ich, suzong‘ich
-ovuch: hurkovuch, iskovuch
-mas: o‘tmas(pichoq), indamas(odam)
asrandi (bola)
ko‘tara (savdo)
qarimsiq, achimsiq
3) Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar :
Ravishdan: -gi: kechagi, dastlabki
Sifatdan: no-: noma’lum, noto‘g‘ ri.
-lom: sog‘lom
-ildoq: bijildoq, likildoq
2. So‘zlarni qo‘shish, bog‘lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar
1) qo‘shma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:
a) ot va otdan. Bular qo‘shib yoziladi: bodomqovoq, sheryurak;
b) sifat va otdan. Bular qo‘shib yoziladi: qimmatbaho;
v) ot yoki ravishga –ar qo‘shimchali fe’lni qo‘shish bilan yasaladi. Bular
qo‘shib yoziladi: tezoqar daryo, ertapishar (o‘rik)
g) otga aro, umum, yarim, g‘ayri, nim, rang so‘zlarini qo‘shish bilan. Bular
qo‘shib yoziladi: xalqaro, umumkomanda, yarimavtomat, g‘ayridin, nimpushti.
Qo‘shma sifatlar a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xom semiz,
kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas,
erksevar, tilbilmas, o‘zbilarmon.
2) birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular
orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash, yo‘q,
ko‘p, oliy, och, to‘q, to‘la, chala, yarim, bir, ikki kabi so‘zlar ishtirokida hosil
qilinadi: qum aralash (loy), tengi yo‘q, ko‘p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil,
qorni to‘q, to‘q qizil, to‘la huquqli, chala mulla, bir tomonlama, ikki qavatli,
yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam),
oqishdan kelgan (yigit).
3) juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan:
katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-
chiqdi; 2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog‘ –
salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin
ma’noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-
nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi.
Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, –u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa,
chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayu yagona farzand.
3. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli
miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq
(tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam),
Sifatlar tuzilishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli, yaxshi.
2. Qo‘shma sifatlar – rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) ikki
tub so‘zdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), otQsifat, sifatQot (sovuqqon),
ravishQot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri
tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar,
3. Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta
(odam), oqishdan kelgan (yigit).
4. Juft sifatlar – o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
5. Takroriy sifatlar – baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).
Sifatni o`rganish mavzusi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik
bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko`zda tutadi. O`quvchilar sinfda
sifatning leksik ma`nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so`rog`ini
berishga o`rganadilar; sinfda sifat-so`z turkumi sifatida o`rganiladi; sinfda ilgari
o`rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog`liq holda qo`shimchasi bilan
yasalgan qiyosiy va qip-qizil, yamyashil kabi orttirma darajadagi (atama
Hamroyv M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G`ulomova X, Yo`ldosheva Sh. Ona tili.-
Toshkent, B. 61-64.
aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o`rgatiladi. Ona tili va o`qish darslarida
o`quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma`lum
bo`lgan sifatlarning ma`nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o`rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat
predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko`rinishi, maza-tami, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o`rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma`nosi uni ot bilan bog`liq holda o`rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
sinfdanoq bolalar e`tibori sifatning otga bog`lanishini aniqlashga qaratiladi.
O`quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so`roq yordamida gapda
so`zlarning bog`lanishini aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi, ya`ni ular gapdagi sifat
va otdan tuzilgan so`z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda
bu bog`liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik
xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik)
rejada olib borishni talab etadi.
Boshlang`ich sinflarda «Sifat» mavzusi quyidagi izchillikda o`rganiladi: 1)
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I sinf); 2) sifat haqida tushuncha berishdi (II sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog`liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o`zlashtirish (III, IV sinflar).
Sifat bilan (terminsiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik
ma`nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning
belgilari xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil xususiyatlari tomonidan
tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning
ma`nolarini aniqlash talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini
ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?)
olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) lenta – uzun, keng, ko`k lenta.
Albatta, suhbat asosida o`quvchilar olma, lenta so`zlari nima? so`rog`iga javob
bo`lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so`zlar qanday?
so`rog`iga javob bo`lib, predmetning` belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini
aniqlaydilar. O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari
borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini misol bilan tushuntiradi:
(Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko`mko`k daraxt. Qanaqa shkaf? –
Oynali, baland shkaf.) Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob
bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi.
O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari
uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib,
so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab qo`rsatiladi. Predmetni
aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan foydalanilgani
tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari,
syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O`quvchilar qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan (predmet belgisini
bildirgan),so`zlarni o`zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali
hisoblanadi: 1) so`roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so`zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so`zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so`rog`iga
javob bo`lgan so`zni va unga bog`langan qanday? qanaqa? so`rog`iga javob
bo`lgan so`zni tanlab (so`z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so`zlar
va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: «sifat» tushunchasini shakllantirish
hamda o`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish
«Sifat» tushunchasini shakllantirish o`quvchilarning «predmet belgisi» degan
umumlashtirilgan kategoriyani o`zlashtirish darajasiga bevosita bog`liq. SHu
maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so`zlar gruppalanadi
va shu so`zlarking xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma`nosi bilan
birga untsng xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o`quvchilar uning so`z turkumi sifatidagi
o`ziga xos ko`rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday?
yoki qanaqa? so`rog`iga javob bo`ladi, v) gapda otga bog`lanib, shu ot bilan so`z
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og`zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog`i yoki parkka sayohat
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoyacha tuzish
kabilar)ga katta o`rin beriladi.
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o`stirish uchun:
) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday bino?
Baland, g`ishtli, chiroyli bino; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini
aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali. (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi.
(tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi
mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi rolini puxta
o`zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida ishlash, o`qish
darslarida sifatning o`z va ko`chma ma`noda ishlatilishini kuzatish maqsadga
muvofiq. Sifatni o`rganish jarayonida so`z yasashga oid mashqlarni muntazam
o`tkazib borish o`quvchilarda u yoki bu so`z turkumini yasash uchun so`z yasovchi
qo`shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og`zaki va
yozma nutqda sifatlardan aniq, o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish bilan
bog`liq holda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan sifatlarni va ko`mko`k,
yamyashil kabi sifatlarni to`g`ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu
vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o`quvchilarning nutqini o`stirishga
Nazariy ma`lumotlarga asoslanib matnda berilgan otlarning belgilarini
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo`yish, gapda sifat bog`langan otni (so`z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan
sifatlar yoki so`z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq
materialini tanlashda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi,
shunigdek, tiptiniq, sapsariq kabi sifatlar ko`proq bo`lishiga e`tibor beriladi.
O`quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-
sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o`zlashtirishda uni ot bilan
o`zaro bog`liq holda o`rganishga asoslaniladi.
Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusini o’rgatish metodikasi katta o`rin
tutadi. Sababi, 1-sinfdan boshlab o`quvchilarga narsa-buyum belgisini
bildiruvchi so`zlar bu sifat-so`z turkumi ekanligi haqidagi tushuncha shakllantirib
borilishi natijasida ular bu haqda to`liq ma`lumotga ega bo`ladilar.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.