Qanday omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi
Эта книга научит вас генерировать отличные идеи, мыслить нестандартно и решать проблемы.
Эта книга поможет вам стать человеком, который с нуля придумывает отличные идеи.
В нем вы научитесь уникальным приемам и упражнениям, развивающим умственные способности, а также найдете много интересных заданий, игр и головоломок, чтобы мыслить нестандартно.
Mavzu: kasbiy mahoratni rivojlantirishda kreativ
“Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini
o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o’quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini
o‘zlashtirishga jalb etish;
2) o‘qituvchilarga o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish
orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ular quyidagilardir:
1. Me’yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va rejalari)ni
tayyorlash;
2. O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma, tavsiyanoma,
lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish;
3. Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
4. O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;
5. Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish;
5. Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
6. Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;
7. Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;
8. Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish;
9. Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi
shaxs faoliyati va uning natijasi;
10. Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda
aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs;
11. Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi,
masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos
harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni
yaratishga layoqatli va tayyor shaxs;
12. Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob’ektiv ijodkorlikni
amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan
shaxs;
13. Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o’rgatish va o’zini o’zi ijodiy
namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va
rivojlantirish mazmuni;
14. Ijod – ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki
muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi.
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar
guruhlari:
1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
6) tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta’minlovchi (protsesssual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar
O’quvchilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la
namoѐn qilishlari mumkin. Agar o’quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash
qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga
uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali
shakllantirish ѐki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. o’quvchilarda kreativlikni
odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli
shakllantirish mumkin.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o‘qituvchilar
ushbu omillarni barataf etishga e’tibor qaratishlari lozim.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:
1) o‘zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo‘lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash.
O’quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni
shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi
zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday
qilib, o’quvchilarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi. Chiqariladigan yagona
xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o’quvchilar
ham shunday bo‘la oladi.
O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki
darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim
jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchi “kreativlik yo‘l xaritasi”ga ko‘ra quyidagi to‘rtta
yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning
kreativligini ifodalovchi belgilar sanaladi:
1) ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish;
2) o’quvchilarni o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchis
trategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini
topishga kreativ yondashish;
4) kutiladigan natijasi.
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
– tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
– yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
– bir qolipda fikrlamaslik;
– o‘ziga xoslik;
– tashabbuskorlik; noaniqlikka toqat qilish;
– zakovatli bo‘lish
Har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta
olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni
amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani
kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik
yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib
boriladi.
Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni
tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga
alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala
echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash
keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan
ehtiyoj sezadi.
Nazorat uchun savollar:
1. “Kompetentlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Kasbiy kompetentlik nima?
3. Kompetentlik qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
4. Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?
5. Ijtimoiy kompetentlik deganda nimani tushunasiz?
6. Maxsus kompetentlik negizida qanday kompetentliklar ko‘zga tashlanadi?
7. Psixologik kompetentlikning mohiyati nimadan iborat?
8. Metodik kompetentlikda qanday jihatlar aks etadi?
9. “Informatsion kompetentlik” deganda nimani tushunasiz?
10. Kreativ kompetentlik nima?
11. Innovatsion kompetentlikning o‘ziga xos jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
12. Pedagogik faoliyatda kommunikativ kompetentlik qanday ahamiyat kasb
etadi?
13. “Shaxsiy kompetentlik” tushunchasi Siz uchun qanday ma’noni
anglatadi?
14. Pedagogik kompetentlik nima?
15. A.K.Markova pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslarini qanday
ifodalagan?
16. B.Nazarovaning yondashuviga ko‘ra pedagogik kompetentlik qanday
asoslardan tarkib topadi?
17. Individual rivojlanish dasturi nima?
18. Pedagogning individual rivojlanish dasturida nimalar aks etadi?
19. O‘z-o‘zini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?
20. O‘z ustida ishlash nima?
21. Pedagogning o‘z ustida ishlash modelida qanday holatlar aks etadi?
22. Pedagogning o‘z ustida ishlashi qanday bosqichlarda kechadi?
23. O‘zini o‘zi tahlil qilish deganda nimani tushunasiz?
24. “O‘z-o‘zini baholash” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
25. Shaxsning o‘z-o‘zini baholashi qanday omillar negizida kechadi?
26. O‘z-o‘zini baholash qanday formula yordamida ifodalanadi?
27. O‘zini-o‘zi baholash modelida qanday holatlar aks etadi?
Document Outline
- 2. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologilar va o‘qituvchi kreativligining ahamiyati.
- 3.2.Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologilar va o‘qituvchi kreativligining ahamiyati. Birinchi navbatda kreativlik nima, uning ma’no-vazifasi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. “Kreativ” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik” degan ma’nolarni bildiradi. Kreativlik ijod sifat jihatdan yangi bo‘lgan moddiy, ma’naviy qadriyatlarni yaratish jarayoni va ushbu jarayon natijasidir. Keng ma’noda ijod deb, yangicha natijalarni keltirib chiqaruvchi har qanday faoliyatga ham aytiladi.
Kreativlikni rivojlantirish nima uchun kerak?
O‘qituvchi faoliyatining maqsadi bu – ta’lim oluvchining har tomonlama: psixik, intellektual, axloqiy va hokazolar taraqqiyotidir. Oliy maktab pedagogikasining o‘ziga xosligi shundaki, o‘qituvchidan jamiyatning ijtimoiy vazifalarini shaxsiy qabul qilish, maqsad, burch va aniq xatti-harakatlarni tushunish, talabalarning ehtiyojlarini inobatga olib, belgilangan o‘quv faoliyatini maqsadli tashkillashtirish talab etiladi. Ta’limdagi samarali o‘zaro-ta’sir modeli negizida yotuvchi bir qancha tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Kreativlikni rivojlantirish treningi
Taqdim etilayotgan kreativlik treningi katta maktab yoshidagi o‘quvchilarga va kichik bosqich talabalariga mo‘ljallangan, lekin dasturga ayrim qayta ishlanmalar kiritilsa boshqa yosh toifasidagilar bilan ham o‘tkazish mumkin. Guruhdagi ishtirokchilarning eng optimal soni 8–16 kishi, ayrim holatlarda 25–30 gacha ham bo‘lishi mumkin. Dasturdagi asosiy urg‘u quyidagi muammolar yechimiga qaratilgan:
1. Kreativlik tarkibiga kiruvchi xususiyatlarni rivojlantirish: ko‘z yugurtirish, egiluvchanlik va tafakkurning o‘ziga xosligi, kutilmagan assotsiatsiyalarni qidirib topishga;
2. Hayotiy muammolarni hal qilishda kreativlikdan foydalanish imkonikiyatlarini namoyon etish, shuningdek, shaxsiy va kasbiy maqsadlarga erishishga;
3. Jamoaviy ijodiy ish ko‘nikmasini shakllantirishga.
Trening mashqlari 12 mashg‘ulotga birlashtirilgan bo‘lib, ularning har biri 3 akademik soatga mo‘ljallangan. Shunday qilib, dasturning umumiy davomiyligi 36 soatni tashkil etadi.
Biroq, unutmaslik lozimki, ko‘rsatilgan vaqt nisbiy bo‘lib, ishning haqiqiy davomiyligi bir qator omillarga qaram, xususan, guruhdagi ishtirokchilar soniga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha, aksariyat mashqlarda vaqt belgilab berilgan bo‘lsa-da, ularning umumiy davomiyligi mashqlarni bajarishda aniq bosqichlarga (g‘oyalarni yaratish, chizish, taqdimotni tayyorlash va h.k.) bog‘liq. Ko‘rsatilgan vaqt berilgan mashqlar sonidan ko‘proq bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lib, trener uchun mashqlarni tanlash imkoniyati tug‘iladi.
Har bir mashg‘ulotni tasniflash qisqa tushuntirishlardan boshlanadi, shundan so‘ng uning tarkibiga kiruvchi mashqlar tasvirlanadi. Ular yagona tizim bo‘yicha bajarilgan: mashqni o‘tkazish jarayoni, uning psixologik mohiyati, muhokama va ayrim holatlarda bajarish misollarini keltirishdan iborat. Mashg‘ulotlar va uning tarkibidagi mashqlarning ketma-ketligi ma’lumotlarni taqdim etishda tizimlilik tamoyiliga, hamda ijtimoiy-psixologik treninglarni tashkil etish qonun-qoidalariga amal qilgan holda tuziladi. Albatta, aynan bunday ketma-ketlik yagona me’yor emas, malakali trenerlar mashqlar jamlanmasidan “konstruktor” sifatida foydalanib, aniq vazifa va faoliyat talablaridan kelib chiqib, shaxsiy trening dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Tanishuv va birlashtiruv
Mashg‘ulotning vazifasi: ishtirokchilarni tanishtirish, birlashtirish, kreativlik hamda trening texnologiyalari va ularning rivojlanishining mohiyati haqida umumiy tasavvurlarni yaratish. Qisqa tanishtiruv va 2-3 tanishuv texnikalarini o‘tkazish maqsadga muvofiq. Keyingi mashqlarga o‘tishdan avval 15–20 daqiqa kreativlik, uning tarkibiy qismlari va qanday vaziyatlarda zarur bo‘lishi haqida so‘zlab berish lozim . Shuningdek, guruhda ishlash qoidalarini muhokama va qabul qilish kerak:
– Faollik namoyon etish;
– Bir-birini xalal bermasdan tinglash;
– Faqatgina o‘z nomidan gapirish;
– Agar ma’lumot aniq bir insonga taalluqli bo‘lsa, bevosita uchunchi shaxsdan foydalanmay gapirish;
– Mashg‘ulotdan tashqari trening ishtirokchilari haqida shaxsiy ma’lumotlarni tarqatmaslik va muhokama qilmaslik;
– Mashqlarni bajarish jarayonida tanqiddan qochish, agar tanqid qilish ehtiyoji vujudga kelgan bo‘lsa, mashq yakuninida bo‘ladigan muhokamani kutish;
– Ishtirokchi biron mashqni sababini tushuntirmay bajarishdan bosh tortishga haqqi bor, lekin qatnashmasligini barchaga eshittirishi lozim.
T anishuv texnikalari
“Ismdan tashqari barchasi” . Ishtirokchilar juftliklarda tanishadilar (2-3 daqiqa, tanishuv shakli ixtiyoriy, undan tashqari har biri o‘z sherigini qolganlarga tanishtiradi. Ismning haqiqiysi aytiladi, qolgan ma’lumotlar ismi boshqa ishtirokchilarning yodida qolishi uchun to‘qib chiqar il adi ) .
“Uch fakt” . Har bir ishtirokchi o‘z ismi va o‘zi haqidagi uchta faktni aytadi . Ulardan biri haqiqiy va ikkitasi yolg‘on. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi taqdim etilgan faktlarning qaysi biri rost ekanligini aniqlash (har bir faktning haqiqiy yoki haqiqiy emasligiga ovoz berish taklif etiladi). So‘ngra o‘zini tanishtirgan ishtrokchi haqiqatni oshkor etib: faktlardan qay biri rost ekanligini tan oladi.
“Men bilaman. ”. Ishtirokchi koptokchani ushlab gapiradi: “Men (ism-sharifi), men bilaman (biron bir mashhur insonning nomini aytadi)”, undan so‘ng koptokni o‘zga ishtirokchiga oshiradi, qabul qilgan ishtirokchi ham o‘zini xuddi shu tartibda tanishtiradi. Undan avvalgi ishtirokchining ismining bosh harfiga mashhur insonning familiyasi bosh harfi boshlanishi lozim. Koptok bir ishtirokchiga ikki marotaba uzatilmaydi. Har bir ishtirokchi o‘zini tanishtirgandan so‘ng, koptok uzatilgan ketma-ketlikning teskari yo‘nalishida uzatilib, ishtirokchi uzatmoqchi bo‘lgan ishtirokchining ismi aytib oshiriladi.
“Charxpalak” mashqi
Mashqning tasnifi. Ishtirokchilar soni teng ravishda ikki kichik guruhlarga bo‘linadi (agar ishtirokchilar soni toq bo‘lsa, guruhlarning biriga olib boruvchi qo‘shiladi). Birinchi kichik guruhga tushgan ishtirokchilar ichki doiraga joylashib, tashqi tomonga yuzlanadi, ikkinchi guruh a’zolari tashqi doiraga joylashib, birinchi doiraga yuzlanadilar. Shunday qilib, hamma ishtirokchining jufti bo‘ladi. So‘ng olib boruvchi (trener) muhokama uchun mavzuni taqdim etadi hamda rollarni taqsimlaydi. Masalan, ichki doirada o‘tirganlar passiv rolni (diqqat bilan tinglashadi va yo‘naltiruvchi savollar berishadi) bersa, tashqi doiradagi ishtirokchilarga – faol (so‘zlab berishadi va berilgan savollarga javob beradilar) rolni taqsimlaydi. Bir yarim daqiqadan so‘ng, trenerning yo‘riqnomasiga asosan tashqi doira ichki doiraga nisbatan chapga yoki o‘nga suriladi (ya’ni, juftliklar tarkibi o‘zgaradi). Shuningdek, rollar taqsimotida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi: tinglaganlar so‘zlaydi, so‘zlaganlar sukut saqlaydilar va trener muhokama uchun boshqa mavzu taklif etadi. 2-3 mavzu muhokama qilinadi, ular qo‘yidagicha bo‘lishi mumkin:
– mening malaka va ko‘nikmalarim;
– men haqimda atrofdagilar . bilmaydilar.
Mavzular jamlanmasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin, lekin ular ham shaxsga ijobiy nuqtayi nazardan o‘z-o‘zini kashf etish, ijobiy xislatlari, kuchli tomonlari, qobiliyatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishtirokchining zaif tomonlari va kamchiliklarini muhokama qilish kerak emas.
Mashqning psixologik ma’nosi. Tanishuv, pozitivlik nuqtayi nazaridan o‘z-o‘zini kashf qilish, o‘zining kuchli tomonlarini qidirish va anglash. Mashqda an’anaviy muloqotda uncha oqlanmaydigan, biroq ijodiy jihatdan o‘z-o‘zini kashf etish uchun ozgina maqtanish imkoni beriladi.
Muhokama. Mashg‘ulotdagi muloqot natijasida sherigingiz haqida qanday yangi va hayratlanarli ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz, o‘zingiz haqingizdachi? Qanday rolda o‘zingizni qulay his qildingiz – so‘zlashdami yoki tinglashda? Bu holat nima bilan bog‘liq edi? Kundalik hayotimizda yutuqlarimiz va kuchli tomonlarimiz haqida gapirish urf emas. Nima uchun deb o‘ylaysiz? Qaysi holatlarda yutuqlaringiz haqida gapirish tavsiya etilmaydi, qanday psixologik vaziyatlarda aksincha, ozroq maqtanish mumkin?
Xulosa o‘rnida insonning ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi shart-sharoitlarni keltirib o‘tamiz:
– Bilim va malaka bazasini rivojlantirish asosida ijod qila olish imkonini beruvchi axborotlar zahirasini yig‘ish va tizimlashtirish, shuningdek, ushbu faoliyat turiga muvofiq keluvchi zaruriy malakalarni takomillashtirish;
– Ijod qilishga undovchi muhitni yaratish . Ushbu muhitning kalit tavsifi – g‘oyalar vujudga kelish bosqichida tanqiddan yiroq bo‘lish, muammoni yangi tomondan ko‘rishga xalal berayotgan ichki to‘siqlarni yengishga imkon berish;
– Analogiyalar (taqqoslashlar) qidirish. Vazifaning ijodiy yechimi boshqa muammoli vaziyatlar o‘rtasida umumiy bo‘lsa-da, analogiyasi qidirib topilganda, yechim imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sadi.
Umida LATIPOVA ,
Urganch davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
Kreativlikni oshirish uchun kitoblar
XXI asrga kelib, insoniyat o‘zi uchun kerakli va hammaning hayoliga keladigan deyarli barcha narsani yaratib bo‘ldi. E’tibor bering, ayni vaqtda muvaffaqiyatga erishgan ko‘plab shaxslar, bir necha dekadalar avval insonlar tasavvur ham qila olmagan g‘oyalarini amalga oshirishgani tufayli shu darajaga chiqishgan.
Bugun insonlar bir xillikdan zerikdi. Endi faqatgina kreativ o‘ylagan insongina hammadan ajralib tura oladi. Chunki “Creativity” bu cheklash mumkin bo‘lgan tushuncha emas. Inson ongining cheki yo‘q ekan, kreativlik ham cheksizdir. Quyida kreativlikni oshirishga xizmat qiladigan kitoblar ketma-ketligini e’tiboringizga havola qilamiz.
- Maykl Mikalko. “Kreativlikni buzish”
- Maykl Mikalko. “Nostandart fikrlashning 21 texnikasi”
- Ostin Kleon. “O‘z ishingni namoyish qil”
- Estanislao Baxrax. “Moslashuvchan ong”
Maykl Mikalko. “Kreativlikni buzish”
Kitob mashhur kishilarning nostandart fikrlash sirlarini ochib beradi va ularni amalda qo‘llash yo‘llarini aytib beradi.
Ushbu kitobda ijodkorlik bo‘yicha yetakchi mutaxassis Maykl Mikalko sizga ijodkor odamlar qanday fikr yuritishini va ularning sirlaridan qanday qilib qutidan tashqarida fikr yuritish va yangi g‘oyalar bilan chiqishingiz mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Bu kitobni yozish uchun Mikalko Leonardo da Vinchidan Pablo Pikassogacha bo‘lgan yuzdan ortiq buyuk mutafakkirlarning hikoyalarini tadqiq qildi va ularning usullarini zamonaviy voqelikka moslashtirdi.
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan va batafsil tavsiflangan to‘qqizta fikrlash strategiyasi sizga biznes va hayotdagi har qanday muammolarga yangi g‘oyalar va nostandart yechimlarni topishda yordam beradi.
Maykl Mikalko. “Nostandart fikrlashning 21 texnikasi”
Ushbu kitob sizga qanday qilib ajoyib g‘oyalarni yaratishni, qutidan tashqarida o‘ylashni va muammolarni hal qilishni o‘rgatadi.
Mazkur kitob noldan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topadigan odam bo‘lishga yordam beradi.
Bunda siz aqliy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi noyob texnika va mashqlarni o‘rganasiz, shuningdek, qobiqdan tashqarida fikrlash uchun ko‘plab qiziqarli vazifalar, o‘yinlar va jumboqlarni topasiz.
Ostin Kleon. “O‘z ishingni namoyish qil”
Ostin Kleon o‘zining “Rassom kabi o‘g‘irlash” kitobida o‘quvchilarga g‘oyalarni o‘g‘irlash orqali ijodkorlikni qanday rivojlantirishni ko‘rsatib berdi. Bundan ham muhimroq bo‘lgan ushbu kitobda u sizga keyingi asosiy qadamni – mashhur bo‘lishni ko‘rsatadi.
Illyustrasiyalar, maqolalar, iqtiboslar va misollar bilan to‘la bo‘lgan ushbu kitobda jasur, samarali, ochiq va mashhur bo‘lishga yordam beradigan 10 ta qoida (“Siz daho bo‘lishingiz shart emas”, “Har kuni kichik bir narsa bilan bo‘lishing” singari) mavjud.
Estanislao Baxrax. “Moslashuvchan ong”
Ushbu kitob inson miyasi haqidagi afsonalarni yo‘q qilish, bizga qanchalik noma’lumligini ko‘rsatish va bizni yanada ijodiy bo‘lishga o‘rgatish maqsadini ko‘zlaydi. Undan siz miyamizning eng qimmatli qobiliyatlaridan biri – mavjud bo‘lmagan narsalarni tasavvur qilish va yangi g‘oyalarni yaratish haqida bilib olasiz. Kitob miya faoliyatiga oid barcha noto‘g‘ri qarashlarni yo‘q qiladi va yashirin ijodiy jarayonlar qanday ishlashini ko‘rsatadi va eng muhimi, ularni yaxshilashga yordam beradi.
Feruza Ahmadxonova
К 21 веку человечество создало практически все, что необходимо для себя и что приходит каждому в голову. Отметим, что многие люди, добившиеся успеха, в то же время достигли этого уровня благодаря реализации идей, о которых люди не могли и мечтать десятилетия назад.
Сегодня людям надоело однообразие. Теперь выделиться может только креативный мыслитель. Потому что «Творчество» — это не то понятие, которое можно ограничить. Поскольку человеческий разум не имеет границ, творчество также безгранично. Ниже представляем вашему вниманию [mask_link]ссылка[/mask_link] серию книг, служащих для повышения креативности.
Михаил Михалко. «Творческий срыв»
Книга раскрывает секреты нестандартного мышления известных людей и рассказывает, как применять их на практике.
В этой книге ведущий эксперт по креативности Майкл Михалко показывает, как мыслят творческие люди и как можно раскрыть их секреты, чтобы мыслить нестандартно и придумывать новые идеи.
Чтобы написать эту книгу, Михалко исследовал истории более сотни великих мыслителей, от Леонардо да Винчи до Пабло Пикассо, и адаптировал их методы к современным реалиям.
Девять стратегий мышления, разработанных и подробно описанных автором, помогут найти новые идеи и нестандартные решения любых проблем в бизнесе и жизни.
Михаил Михалко. «21 техника нестандартного мышления»
Эта книга научит вас генерировать отличные идеи, мыслить нестандартно и решать проблемы.
Эта книга поможет вам стать человеком, который с нуля придумывает отличные идеи.
В нем вы научитесь уникальным приемам и упражнениям, развивающим умственные способности, а также найдете много интересных заданий, игр и головоломок, чтобы мыслить нестандартно.
Остин Клеон. «Представь свою работу»
В своей книге «Кради как художник» Остин Клеон показывает читателям, как развивать творческие способности, воруя идеи. Что еще более важно, в этой книге он покажет вам следующий большой шаг — стать знаменитым.
Эта книга, наполненная иллюстрациями, статьями, цитатами и примерами, содержит 10 правил, которые помогут вам быть смелыми, эффективными, открытыми и знаменитыми («Тебе не обязательно быть гением», «Каждый день делай что-нибудь маленькое, например, «лайшинг») доступны.
Эстанислао Бахрах. «Адаптивный разум»
Эта книга призвана развеять мифы о человеческом мозге, показать нам, как много мы еще не знаем, и научить нас быть более творческими. Из него вы узнаете об одной из самых ценных способностей нашего мозга — воображении несуществующих вещей и создании новых идей.Книга развеивает все заблуждения об активности мозга и показывает, как работают скрытые творческие процессы и, самое главное, помогает их улучшить.
Феруза Ахмадханова
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Tez o‘qish uchun qaysi kitoblar yordam beradi?
- Tavsiya etilgan kitoblar, 200 ta eng yaxshi kitoblar ro’yhati
- 1-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (2022-2023-o‘quv yili uchun)
- Ishda energiyani saqlash va quvvatni oshirish uchun tavsiyalar
- Boshlang’ich sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- Barcha fanlardan malaka oshirish kursi uchun testlar to’plami
- 2-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- 3-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- 4-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.