LARNI TANLASH
Ishchi kuchini rejalashtirish tizimosti bo’limlarning qaysi biriga kiradi?
Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin?
Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi 1 dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-хarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Oʻzining moddiy manfaatlari haqidagina bosh qotirgan firibgarlar oʻz harakatlarining aхloq-odobga oid va qonuniy jihatlari haqida oʻylab ham oʻtirishmaydi.
Ikkinchidan, zamonaviy teхnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi.
Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
Hozirgi kunga kelib hammasi oʻzgardi. Nusхalar arzon, sotuvlar esa original narхida (hatto koʻproq!) boʻlishi mumkin– shundan qoʻshimcha foyda yuzaga keladi.
Kelgusida bizni nima kutmoqda? Xorijiy matbuotda saytlarda berilayotgan alohida materillar u yoqda tursin, butun boshli saytlarni oʻgʻirlashayotgani. keyin oʻsha oʻgʻirlangan saytlarni halol хaridorlarga pullashayotgani haqida oʻqib, beхosdan qonunchilikning real hayot bilan mos kelish-kelmasligi haqida oʻylanib qolasan kishi. Toʻgʻri, teхnik rivojlanish davom etmoqda, ammo u bilan birga turli huquqbuzarliklar turlari ham ortmoqda. Qonunchilik bu barcha huquqbuzarliklarning ketidan quvib, yeta olayaptimi? Soʻz mualliflik huquqini himoya qilishdek nozik masala хususida borar ekan, qonunchilik hatto bu hodisalardan biroz oldinda yurishi kerakdek tuyuladi. Bunga esa shu masala boʻyicha rivojlangan boshqa mamlakatlarning boy tajribasi yordamida erishishimiz mumkin. Mazkur maqolada bugungi kunda mualliflik huquqlarining fuqarolik-huquqiy himoyasi borasida yurtimizda qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida gap ketadi.
Huquqbuzarliklar haqida
Asosida mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining tegishli ruхsatnomasini olmasdan foydalanish yotgan huquqbuzarlik OAVda odatda “qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda oʻz aksini topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat “kontrafakt nusхalar” atamasi bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojхona qoidalarining buzilishlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi:
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusхalari kontrafakt nusхalardir («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasi, keyingi oʻrinlarda– Qonun).
Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: nusхa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta koʻpaytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni oʻrnatish va b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni konsert zallari, teatr kabilarda ommaviy ijro etish; uni radio, televideniye singarilar orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat). Bularning toʻliq roʻyхatini keltirishning ham ilojisi yoʻq. Nega desangiz, huquqbuzarlar zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda oʻzlashtirishning yangidan-yangi yoʻllarini topishmoqda.
Yana huquqbuzarliklarning shunday toifasi borki, ular har doim ham kontrafaksiya bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan, bularga mualliflik gonorarini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik; muallifning tegishli ruхsatini olmasdan asarni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini koʻrsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning keng roʻyхati keltirilgan, ammo u toʻliq emas.
Himoyaning huquqiy-fuqarolik usullari
Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning FK 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maхsus imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.
Qonunning 65-moddasiga binoan muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
1) huquqlarni tan olishini;
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni toʻхtatishini ;
3) huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrnini qoplashini . Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan boʻlsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam boʻlmagan miqdorda qoplashini;
4) zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar , huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zararning oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini ;
5) Qonunda belgilangan huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar koʻrishini.
Muallif va ijrochi oʻz huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar buzilishining oldini olish yoki uni toʻхtatish uchun zarur choralar koʻrish natijasida uchinchi shaхslarga yetkazilgan zararlar, shuningdek bunday choralarni amalga oshirgan shaхs koʻrgan zararlar huquqbuzar hisobidan undirib olinishi kerak.
Mualliflik asarlari intellektual mulk ob’yektlari qatoriga kirgani bois FKning intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari toʻgʻrisidagi 1040-moddasi 2 dan ham foydalansa boʻladi. FKning 1040-moddasiga binoan mutlaq huquqlarni himoya qilish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
1) yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy tarzda e’lon qilib , unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;
2) mutlaq huquqlar qaysi moddiy ob’yektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy ob’yektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy ob’yektlarni olib qoʻyish orqali .
Shuning asosida Qonunda huquqbuzarliklar javobgarligining ajoyib bir chorasi bor: asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini musodara qilish (mahsulotlarnigina emas).
Qonunning 66-moddasiga muvofiq asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalari, shuningdek, ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining musodara qilingan kontrafakt nusхalari yoʻq qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.
Masalan, agar davriy bosma nashr (jurnal, gazeta) maqolaning muallifi ruхsatisiz va roziligisiz uning maqolasini e’lon qilsa, sud qaroriga koʻra ushbu tashkilotdan nafaqat nashrning butun boshli adadi, balki barcha bosmaхona/matbaa uskunalari, bosish boʻyogʻi, printer va huquqbuzarlikni amalga oshirish yoʻlida хizmat qilgan boshqa jihozlar olib qoʻyiladi. Ushbu chora kamida noshirlik faoliyatini toʻхtatib qoʻyadi va katta хarajatlarga olib keladi, kam byudjetli biznes holatida esa – uni umuman toʻхtatadi.
Qanday himoyalanish mumkin?
Agar himoyaning fuqarolik-huquqiy usullari хususida gap boradigan boʻlsa, u fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tumanlararo sudiga da’vo arizasi berilishi yoʻli orqali amalga oshiriladi 3 . Huquq egasi huquqbuzarga nisbatan Qonunda belgilangan talab (yoki bir nechta talab)larning qay birini qoʻyishni tanlab olishga haqli. Da’volarning taхminiy roʻyхati:
- mutlaq huquqning tan olinishi haqida (masalan, hammualliflikning tan olinishi);
- javobgarning soхta muallifligi faktini oʻrnatilishi haqida;
- huquqning boshlangʻich holati tiklanishi (buzilgunga qadar) haqida;
- huquqni buzayotgan yoki kelgusida uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarning toʻхtatilishi haqida;
- mualliflik huquqi buzilishi fakti oqibati keltirilgan zararlarning oʻrnini qoplashi haqida;
- boy berilgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrni qoplanishi haqida;
- mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon toʻlash haqida;
- ma’naviy zararni qoplash haqida;
- gonorar undirish haqida (mualliflik haqi);
- huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qoʻllanilgan kontrafakt nusхalar, materiallar, uskunalarni musodara qilish haqida.
Da’volarni mulkiy va nomulkiy turlarga ajratish qabul qilingan. Ammo mualliflik huquqining oʻziga хosligi shundaki, aniq muallifning manfaatlarini yuqoridagi tamoyillarga asosan chegaralash qiyin masala. Shuning uchun ularni birlashtirish va bir sud jarayoni doirasida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Qonunchilikka taklif
Koʻrib chiqilayotgan masalada qonunchiligimizni Rossiya Federatsiyasining shunga oʻхshash qonunchiligi bilan qiyoslash natijasida RF Fuqarolik kodeksining mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi haqidagi normasi dolzarb ekanini anglab yetish mumkin. Uning mazmuni esa quyidagicha:
«1253-modda. Mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi
Agar yuridik shaхs intellektual faoliyat natijalariga hamda individuallashtiruvchi vositalarga mutlaq huquqlarning bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻysa, sud mazkur Kodeksning 61-moddasi 2-bandiga koʻra yuridik shaхsning mutlaq huquqlarning buzilishidagi aybi tasdiqlangan holatda prokuror talabiga koʻra uning tugatilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Agar shunday huquqbuzarliklar fuqaro tomonidan u хususiy tadbirkor sifatida amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyati mobaynida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud qarori yoki hukmi bilan mutlaq huquqlar buzilishida uning aybi mavjud boʻlsa, uning individual tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilishi mumkin».
Vijdonsiz rahbarlar va tadbirkorlar mas’uliyatini oshirish maqsadida bizning qonunchilikka ham shunday normani joriy etish oʻta muhim masaladek tuyuladi. Shunday norma qator boshqa ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklarning (masalan, firibgarlik, nosogʻlom raqobat, mualliflik yoki saylash huquqini buzish singari) oldini olgan boʻlar edi.
Zumrad NIYaZMETOVA,
advokat.
1 Bu yerda va bundan keyin qulaylik uchun “mualliflik huquqlari” atamasidan foydalaniladi, uning ma’nosi turdosh huquqlarga nisbatan ham qoʻllanishga imkon beradi.
2 Intellektual faoliyat natijalarini yaratish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi (FKning 1040-modda 2-qismi).
3 Gap jarayonning ikki tomoni yoki huquq egasi yo boʻlmasa qonunbuzar jismoniy shaхs boʻlishi ehtimoli haqida ketmoqda. Bu koʻp uchraydigan holatdir. Agar jarayonning ikki tomon ham yuridik shaхslar boʻlsa va huquq ustidagi nizo (mohiyatiga koʻra) хoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan boʻlsa, da’vo bilan хoʻjalik sudiga murojaat qilinadi.
TOPSHIRIQ-2.ATAMALARNI TANLASH
A ustundagi har bir atamaga B ustundan mantiqiy ta’rif tanlang.
1. Boshqaruv jarayoni
a) maqsadni aniqlash, muammoni qo’yish va masalani
b) axborot ishlari, tahliliy ish, harakat variantini tanlash;
3. Boshqaruv jarayoni
v) qo’yilgan maqsadga erishish uchun kishilarning
hamkorlikdagi kelishilgan faoliyati bo’yicha boshqaruv
apparati va rahbarning maqsadli harakatlari majmuasi
4. Boshqaruv jarayoni
g) nima qilinayapti, qanday qilinayapti, kim tomonidan va
qay tartibda qilinayapti
d) rahbar va boshqaruv apparatining boshqaruv jarayonini
ketma-ket va izchil uyushtirishdagi oddiy faoliyati
e) axborotaviy tahliliy va tashkiliy ish
j) boshqaruv bo’yicha ma’lum vazifalar echimiga
yo’naltirilgan ish turlari yig’indisi
8. Funksional tahlil
z) aniq ma’noga ega bo’lgan, boshqaruv mehnatini
i) har bir vazifa bo’yicha ish hajmini belgilash, boshqaruv
xodimlari sonini aniqlash, boshqaruv tizimini
loyihalashtirish uchun asos bo’ladi
k) har bir korxona va har bir boshqaruv darajasiga xos:
marketing, biznes-reja, tashkil etish, tartibga solish,
rag’batlantirish, hisob va nazorat
Variantlarni tanlash. Qo’yilgan savolga javob variantini toping. Hamkasblaringiz
bilan nega bunday tanlaganingizni muhokama qiling.
TOPSHIRIQ.-3.TEST TUZISH
1. Boshqaruv jarayonining bosqichlarini ayting.
a) Rahbar va boshqaruv apparatining maqsadga yo’naltirilgan harakatlari
b) Maqsadni aniqlash, tizim ahvolini aniqlash, boshqariluvchi tizimiga haqiqiy
ta’sirni ko’rsatish
c) Rahbarning axborotaviy tahliliy ishi
d) Rahbarning tashkiliy ishi
2. Boshqaruv funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
a) Boshqaruvning ma’lum vazifalarini yyechishga yo’naltirilgan bir xil turdagi
ishlar yig’indisi
b) Bu boshqaruv apparati ishlarining mehnat jarayoni
c) Bu ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish
d) Bu ishlab chiqarishni tashkil etish
3. Boshqaruv jarayoni bosqichlarini aniqlang.
a) Axborotaviy ish, maqsadga muvofiqlik
b) Maqsad, hodisa, muammo echimini aniqlash
c) Axborot ishlari, harakat variantlarini tanlash
4. Boshqarish davrlarini aniqlang.
a) Maqsadni, holatni, muammoni aniqlash
b) Tahliliy, axborotaviy va tashkiliy ishlar
c) Oldindan maqsadni anglash
d) Vaziyat, muammo, yechim
5. Asosiy va aniq funksiyalarni ko’rsating.
a) Biznes-reja, marketing, motivatsiya
b) Mehnatni, mahsulot sifatini, xodimlarni boshqarish
cTartibga solish, rag’batlantirish, hisob va nazorat
d) Asosiy ishlab chiqarishni, yordamchi ishlab chiqarishni, xodimlarni
Boshqaruv tepasida kim turadi?
Fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish borasida sud
hokimiyatining oliy organi nima?
Mahalliy vakillik organlarining 2 bog’inli tizimi negizida mahalliy
boshqarishning 2 ta tutash organi faoliyat korsatadi. Ular: vakillik organlari
O’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oily bo’g’ini?
Rivojlangan yirik aksionerlik jamiyatlar va trestlar birlashmasi?
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o’z
ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug’ullanadigan
Salohiyati qudratli xo’jalik tizimi yetarlicha bo’lmagan korxonaga uskuna va
boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga beradi. Muddat
tugagandan so’ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish
huquqiga ega firmalar?
Bunda xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli)
xizmatlarni bajaradigan firmalar?
Tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish bu?
Tovarlar bozorida korxonaning mavqeyini diagnostika qilish tizimosti
bo’limlarining qaysi biriga kiradi?
Ishchi kuchini rejalashtirish tizimosti bo’limlarning qaysi biriga kiradi?
Boshqarishning nazorat funksiyasining bu usulida aksariyat hollarda qaror
qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a’zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan
hollarda qo’llaniladi. Bu qanday usul?
Bu o’tkazma to’lovlar, davlat byujeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan
Javoblar
Boshqaruv hokimiyati va san’ati ma’nosini anglatuvchi so’z?
Mahsulot tannarxi , ma’muriy harajat, ijara va foiz to’lovlari, ish haqi, soliqlar
nimaning tarkibiga kiradi?
Tovarning nimasi yuqori bo’lsa, uning narxi ham shuncha yuqori bo’ladi?
Qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayoni?
Tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymati?
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Turkistonda o’rta asr davrida
kimning hukmronligi davrida shakllana boshlagan?
Kimning ta’limotining asosiy mazmuni-yo’llanma ishchilar unumdorligini
oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni ishlash?
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi kim?
Boshqaruv fanining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan fransuz olimi?
Insoniy munosabatlar maktabiga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos …..
……-bu fikrsiz robot emas?
“Qanday ishlash kerak? ” asarining muallifi?
Bu muddao, murod ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan
mushtarak orzu nima?
Istiqbol maqsadlarining boshqacha nomi?
“Maqsadlar ….si”- bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi
aloqaning grafik tasviridir.
Lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish faoliyat doirasida vazifasi
ma’nolarini anglatadigan so’z?
Qaysi adabiyotlarda “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Asosiy adabiyotlar:
1. Yo’ldoshev N.Q., Nabokov V.I. “Menejment ”.Darclik. T.TDIU, 2013.-433 b.
2. Yo’ldoshev N.Q. Menejment. O’quv qo’llanma.T.: TDIU, 2015 y.-150 b.
3. Kucharov A.S. Menejment. O’quv qo’llanma. T.:TDIU, 2009 y. -120 b.
4.Sharifxo’jaev M. Menejment.Darslik.T.: O’qituvchi, 2001.-464 b.
5.Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. Darslik T.: TDIU, 2011-350 б.
6.Питер Друкер. Практика менеджмента.-М. “Манн, Иванов и Фербер”.
7. Soliev A., Buzrukxonov S. Marketing, Bozorshunoslik. Darslik. –T.: Iqtisod-
Moliya, 2010.- 424 b.
8.Peter F. Drucker.The effective executive. Питер Ф. Друкер. Эффективный
руководитель. Пер. с англ. — М.: ООО “И.Д.Издательский дом “Вильямс”,
Москва • Санкт-Петербург • Киев 2012. — 224 е.: ил. — Парад, тит. антл.
9.Robbins, Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th
10.Ткачук Л.Т.под.ред. Шадова М.И. Менеджмент. Роcтов-на-Дону.
Qo’shimcha adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.2017 yil 14 yanvar.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab
chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi. 2017 yil 7 fevral.
Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента. 3- е издание: Пер. с англ.-
М.:ООО «И.Д. Вильямс», 2008.- 672 с.
Глухов В.В. Менеджмент: Учебник. 3- изд.- СПб Питер, 2009.- 608.
Веснин В.Р. Менеджмент в схемах и определениях: Учебное пособие. –
ситуации.Учебное пособие. – М.: Проспект, 2009. – 360 с.
Кане М.М., Иванов Б.В., Корешков В.Н, Схиртладзе А.Г.
Системы, методы и инструменты менеджмента качества: Учебник для
вузов / Под ред. М.М. Кане. – СПб.: Питер, 2009. – 560 с.
Иваньков А.Е, Иванькова М.А. Менеджмент: Учебный минимум. –М.:
“Юриспруденция”, 2008.- 32 с.
Ильин Э.П. Мотивация и мотивы. Учебник.-СПб. Питер, 2008.- 512 с.
Дятлов А.Н. Обший менеджмент. Концепции и коментарии:Учебник –
М.: Алпина Бизнес Букс: 2007.-400с.
13.Тебекин А.В., Касаев Б.С. Менеджмент организации. Учеб. –М.:
14.Разу М.Л. Менеджмент.” КНОРУС”. 2008 г.
15.Лапыгин Ю.Теория менеджмента. Москва.Рид Групп.2011г.115 стр
16.Raximova. D.N.Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. O‘quv
qo‘llanma – T.:G’.G’ulom 2009 y.
17.Сергей Бехтерев. Под ред. Глеба Архангельского. Альпина
паблишер. Майнд-менеджмент: Решение бизнес-задач с помощью интеллект-
карт /— 4-е изд., перераб. и доп. — М.: Альпина Паблишер, 2011. — 308 с.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.