Press "Enter" to skip to content

Qanday homilador bo’ladi

Ko’p homilador ayollar ich qotib qolishadi. Ehtimol, ba’zi mutaxassislarning fikriga ko’ra homilador ayollarning 35% dan ortig’i ushbu noqulaylikni rivojlantiradi. Buning sababi homiladorlik keltirib chiqaradigan gormonal o’zgarishlar, shu jumladan progesteronning ko’payishi bo’lishi mumkin.

Bachadondan tashqari homiladorlik

Yangilangan Lalu mobil ilovasini yuklab oling. Lalu orqali ham homiladorlikni nazorat qilib borishingiz ham chaqaloqni parvarish qilish koʻnikmalarini egallab, kichkintoyingizning rivojlanishini kuzatib borishingiz mumkin.

Ha aytgancha, Lalu endi Iphonechiʻlar uchun ham mavjud.

Ektopik homiladorlik qachonki, embrion bachadonning ichki qavatidan boshqa joyga o’rnashgan holatida sodir bo’ladi. Bu hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko’pincha ektopik homiladorlikda embrion bachadon naylari (fallopiya nayi)ga o’rnashgan bo’ladi, ammo u tuxumdon yoki qorin bo’shlig’ida ham bo’lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik homilador ayol uchun halokatli hattoki, o’limga olib kelishi ham mumkin.
Masalan, bachadon naychasi yorilishi, jiddiy qon yo’qotish va shok holatiga olib keladi. Bunday holatda tez davolanish muhim. Biroq bunda embrionni saqlab qolib bo’lmaydi.

Bachadondan tashqari homiladorlik belgilari

Ektopik homiladorlikda dastlabki belgilar namoyon bo’lmasligi mumkin.

Bu belgilar quyidagilar o’z ichiga oladi:

  • Qorin bo’shlig’ida og’riq — bu ko’pincha tos suyagining pastki qismida paydo bo’ladi;
  • Vaginal qon ketish — qon hayz davridagi qonga nisbatan holati suyuqroq, ochroq yoki to’qroq rangdagi ajralma bo’ladi. U shuningdek, yopishqoqligi kam bo’lishi ham mumkin;
  • Yelkada og’riq — bu holat ichki qon ketishini ko’rsatadi. Qon ketish diafragma nervini qo’zg’atib, sohada og’riq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
  • Hushdan ketish yoki kollaps — bu holat jiddiy qon yo’qotish holatidan so’ng kelib chiqishi mumkin.

Bachadondan tashqari homiladorlik asoratlari

Bachadondan tashqari homiladorlik davolanmasa va tez tashxis qo’yilmasa, homilador ayol hayoti uchun xavf tug’dirishi mumkin. Davolash homilani saqlab qola olmaydi.

Ayolda bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ichki qon ketish: bu shok va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qachonki davolash kechiktirilganda, bu xavf ortadi.
  • Bachadon (Fallop) naylarining shikastlanishi: bu kelajakda homilador bo’lishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Odamdagi boshqa fallop naychasi yetarli darajada ishlahsi mumkin.
  • Bitta fallop naychasini olib tashlash natijasida ham homilador bo’lish mumkin. Agar ikalasi ham olib tashlansa, odamlar uchun homilador bo’lishda in vitro urug’lantirish yagona imkoniyat bo’lib qoladi.

Xavfli omillari

Quyidagi omillar ayolda bachadondan tashqari homiladorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin:

  • Oldingi ektopik homiladorlik — avval ektopik homilador bo’lgan ayollarda holatning qayta kuzatilish xavfi yuqori bo’ladi;
  • Yosh — ayol yoshi qanchalik katta bo’lsa, ektopik homiladorlik xavfi shunchalik yuqori bo’ladi;
  • Infeksiya — bachadon naychalari, bachadon va tuxumdonda yallig’lanish va infeksiya bo’lishi ektopik homiladorlik xavfini oshirishi mumkin;
  • Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar — ba’zi jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar, shuningdek, gonoreya yoki xlamidiya kabilar yuqishi tos a’zolari yallig’lanish kasalliklari xavfini oshiradi. Tos a’zolari yallig’lanish kasalliklari esa, ektopik homiladorlik xavfini oshirishi mumkin;
  • Chekish — bu ham xavfni oshirishi mumkin.
  • Shikastlangan yoki noto’g’ri shakllangan bachadon naychalari — bachadon naychasi tuzilishida o’zgarish bo’lishi yoki uning noto’g’ri tuzilishi tuxum hujayralarining ular orqali harakatlanishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu esa embrionning bachadondan tashqarida joylashish xavfini oshirishi mumkin;
  • Oldingi jarrohlik — o’tmishda kesarcha kesish yoki miomani olib tashlash operatsiyasi bo’lgan bo’lsa, bu ektopik homiladorlik xavfini oshiradi.

Ushbu xavf omillar bo’lmaganda ham, odamda ektopik homiladorlik bo’lishi mumkin. Alida, ektopik homiladorlik deb tashxis qo’yilgan barcha odamlarning yarmida ma’lum bo’lmagan xavf omillari sodir bo’ladi.

Davolash

Bu variantlar homiladorlikning rivojlanishiga va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarga bog’liq.

Jarrohlik — Ektopik homiladorlikni olib tashlash uchun laparoskopiya operatsiyasi qilinadi. Bu usul kindik ichida yoki uning yaqinida kichik kesma hosil qilib, kichik kamera va nozik asbobni kiritish jarayonini o’z ichiga oladi.
Agar ektopik homiladorlik bachadon naychasining yorilishiga olib keladigan bo’lsa, jarroh bu holatni bartaraf etish uchun shoshilinch operatsiya o’tkazadi. Agar buning iloji bo’lmasa, ular nayni olib tashlashadi.

Terapevtik davo — ektopik homiladorlikka erta tashxis qo’yilsa, dori-darmonlarga asoslangan davolash usuli ham variant bo’lishi mumkin.

Ektopik homiladorlikning alomatlari 4-haftada va 12-haftada boshlanishi mumkin. Muammoni tashxislash homiladorlik testlari, simptomlarni baholash va ultratovush tekshiruvini o’z ichiga olishi mumkin. Shifokorlarga o’tmishdagi ektopik homiladorlik haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu shifokorlarga kelajakda homilador ayolda ektopik homiladorlik bor yoki yo’qligini tezroq aniqlashga yordam beradi.

Ushbu maqola ectopic.org.uk va medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

  • Метки Birinchi trimestr, Homiladorlik, Homiladorlik muammolari, Maqolalar

Qanday homilador bo’ladi

Saytdagi ma’lumotlar tanishish uchun joylangan, ularni shifokor maslahatisiz qo`llashingizni maslahat berilmaydi! Tibbiyot.Info – 2020 – 2022

Bo’limlar

  • BOSH SAHIFA
  • BO’LIMLAR
  • TIBBIY ENSIKLOPEDIYA
  • ONLINE XIZMATLAR
  • OG`RIQ VA BELGILAR
  • HOMILADORLIK TAQVIMI
  • KASALLIKLAR
  • DORILAR YO`RIQNOMASI

Obuna bo’ling

Tibbiyot.info Foydali maslahatlar Homiladorlik HOMILADORLIK HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT: DAVRLARI, MUDDATLAR, FIZIO VA PATOLOGIYASI, ASORATLARI

HOMILADORLIK HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT: DAVRLARI, MUDDATLAR, FIZIO VA PATOLOGIYASI, ASORATLARI

  • 1639 Views

Homiladorlik (lot. graviditas.) — ayol organizmining maxsus holati bo’lib, uning reproduktiv a’zolarida rivojlanayotgan embrion yoki homila mavjudligidir. Homiladorlik bachadon nayida ayol va erkak jinsiy hujayralarining birlashishi natijasida sodir bo’ladi, natijada 46 xromosomani o’z ichiga olgan zigota shakllanadi. Ushbu maqolada homiladorlik haqida to’liq ma’lumot yoritiladi.

Bo’lajak bolaning jinsi jinsiy xromosomalar to’plamiga bog’liq (XXyoki XY), ta’kidlash kerakki, tuxum hujayralar doimo X-xromosoma tashuvchisi bo’ladi, spermatozoidlar esa X- yoki Y-xromosoma (1: 1 nisbatda). Shunday qilib, homilaning jinsi aynan tashuvchisi spermatozoid hisoblangan jinsiy xromosomalar bilan belgilanadi (X-xromosoma bo’lganda — qiz, Y-xromosomalar bo’lganda — o’g’il). Hujayralarning bo’linishi natijasida blastosista shakllanadi, u yettinchi sutkaga borib bachadon devoriga birikadi.

Homiladorlik birinchi uch oyida (birinchi trimestr) homilaning a’zolari shakllanadi, 12-haftaning oxiriga borib yo’ldosh to’liq shakllanib bo’ladi. Yo’ldosh orqali homila ozuqa moddalarini oladi va metabolizmning yakuniy mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Inson homiladorligi muddati 9 oy yoki 40 akusherlik haftani (oxirgi hayzdan sanab) tashkil qiladi. Akusherlikda fiziologik va patologik homiladorlik ajratiladi. Odatda, har qanday homiladorlik tug’ruq akti bilan tugaydi — bola dunyoga keladi, ko’p homilali homiladorlik taqdirida esa — egizaklar (gomozigotali — bir xil yoki geterozigotali — turli).

HOMILADORLIKNI REJALASHTIRISH

Oilani rejalashtirish — Yer aholisini barqarorlashtirish global demografik muammosini hal qilishning asosiy usullaridan biridir. Eng keng tarqalgan usullari juftliklarga muntazam ravishda jinsiy aloqa qilib mamnun bo’lish va istalmagan homiladorlik boshlanishi ehtimolini ishonchli tarzda kamaytirish imkonini beradi, albatta juftliklar buni xohlagunlariga qadar. Shu munosabat bilan, oilani rejalashtirish urug’lantirishni oldini olish yoki urug’lantirilgandan keyin amal qiladigan embrionning implantatsiyalanishiga to’sqinlik qilish usullarini o’z ichiga oladi.

Hozirgi vaqtda homiladorlikni rejalashtirishning samarali imkoniyati mavjud. Oilani rejalashtirishning eng samarali tabiiy usullaridan biri simptotermal usul hisoblanadi, biroq u samara bobida gormonal kontratseptsiyaga yetisha olmaydi va prezervativ kabi, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalardan himoya qilmaydi.

Homiladorlik rejalashtirishda ovulyatsiya kunini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hamma gap shundaki, tuxum hujayra (urug’lantirilmagan) ovulyatsiyadan bir kun o’tib nobud bo’ladi, shuning uchun hayz siklida fertil davr ovulyatsiyadan 2-3 kun oldin (spermatozoidlar 3 kungacha faol) boshlanadi va ovulatsiya sodir bo’lganidan bir yoki ikki kun o’tib tugaydi. Urug’lantirishni o’tkazish uchun eng maqbul kunlar ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni hisoblanadi.

Shunday qilib, lyuteinlovchi gormon darajasining keskin ko’tarilishi homilador bo’lish uchun eng muvaffaqiyatli davrining boshlanishini anglatadi.

HOMILADORLIK ALOMATLARI

Homiladorlikni erta tashxislash va uning muddatini aniqlash nafaqat akusherlik nuqtai nazaridan muhim, balki urug’lantirishdan keyin sodir bo’ladigan anatomik, fiziologik va gormonal o’zgarishlar bo’lajak ona anamnezida mavjud tashqi jinsiy a’zolar kasalliklariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar gumon qilinadigan (shubhali), ehtimolli va ishonchli belgilarga bo’linadi. Ular sub’yektiv yoki ob’yektiv ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi mumkin. Biroq, hozirgi davrda akusherlik amaliyotida ultratovush diagnostikasining (UTT) keng joriy etilishi munosabati bilan ginekologiya va akusherlik darsliklarida qayd qilib o’tilgan homiladorlik alomatlari o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda.

Shubhali belgilar (sub’yektiv ma’lumotlar asosida):

  • Qusish yoki ko’ngil aynishi (ayniqsa, ertalablari), hid, ishtaha yoki oziq-ovqat iste’moliga bog’liq o’zgarishlar;
  • Ba’zi hidlarga paydo bo’lgan intolerantlik;
  • Asab tizimining buzilishlari (uyquchanlik, tormozlanish, tez-tez kayfiyat o’zgarishi, bosh aylanishi, holsizlik, bezovtalik);
  • Tez-tez siydik chiqarish;
  • Sut bezlari dag’allashib, sezuvchanligining ortishi;
  • Qorin chizig’i bo’ylab, siynalar sohasi, yuzdagi terining pigmentatsiyasi (dog’lar) o’zgarishi (kuchayishi);
  • Sut bezlari, son, qorin terisida homiladorlik chandiqlari (chiziqlari) paydo bo’lishi (striya);
  • Qorin hajmining kattalashishi.

Ehtimolli belgilari (tekshirishda aniqlangan ob’yektiv belgilar):

  • Homilaning harakatlanishi hissi (birinchi marta tug’ayotgan ayollarda 18-20 haftada, qayta tug’ayotgan ayollarda — 16-18 haftada);
  • Amenoreya (hayzning yo’qligi);
  • Sut bezlarining kattalashishi, og’iz sutining (lot. colostrum gravidarum) kelishi;
  • Qin va bachadon bo’yni shilliq qavatining ko’kimtirligi (sianoz);
  • Bachadon shakli, hajmi va konsistentsiyasining o’zgarishi (ichki akusherlik tekshiruvlari bilan);
  • Gestatsiyaning 5-6 haftasidan boshlab bachadonning o’sishi, avval orqa-oldi tomoni, so’ng ko’ndalangiga;
  • Gorvitz-Gegar alomatlari: bachadonning yumshashi, ayniqsa, toraygan qismida (lot. isthmus uteri). Ikki qo’lli tekshiruvda bachadonning toraygan qismida barmoqlar qarshiliksiz bir-biriga tegadi. Oxirgi hayzdan boshlab 6-8 hafta davomida xarakterli;
  • Snegiryov belgisi: bachadon konsistentsiyasining o’zgaruvchanligi: mexanik qo’zg’atuvchi yoki ikki qo’lli tekshiruvda bachadon zichlashadi va qisqaradi, keyin yana yumshoq holatiga qaytadi;
  • Piskachek belgisi: erta davrlarda bachadon assimetriyasi kuzatiladi, implantatsiya sodir bo’lgan burchakning bo’rtib qolishi aniqlanadi. Vaqt o’tishi bilan u yo’qoladi;
  • Gubarev va Gauss belgisi: dastlabki muddatlarda bachadon bo’ynining yengil harakatchanligi qayd qilinadi, bu toraygan qismining sezilarli yumshashi bilan bog’liq;
  • Genter belgisi: datlabki muddatlarda toraygan qismning yumshashi tufayli bachadon old tomonidan bukilishi va old yuzasida o’rta chiziq bo’ylab taroqsimon qalinlashishi (har doim ham aniqlanmaydi);
  • Homiladorlik ekspress-testi.

Ishonchli (aniq) belgilari (homiladorlikning ikkinchi yarmida aniqlanadi):

  • Homila yurak urishi aniqlanadi (akusherlik stetoskopi yordamida homilaning yurak qisqarishlarini eshitish mumkin);
  • Tashqi akusherlik tekshiruv davomida palpatsiya yordamida homilaning katta (bosh, tos) va kichik (qo’l, oyoq) qismlarini aniqlash, harakatlarini sezish;
  • Rentgenogramma va exogrammada homilaning skeleti aniqlanadi;
  • Ultratovush tekshiruvi yordamida homila va yo’ldoshni aniqlash.

FIZIOLOGIK HOMILADORLIK

Har qanday homiladorlikdagi kabi, uning boshlanishi urug’lantirish jarayoni bilan bogliq, ya’ni spermatozoid deb ataladigan yetilgan erkak jinsiy hujayrasining ayol jinsiy hujayralari — tuxum hujayra bilan qo’shilishi. Shunday qilib, urug’lantirish jarayonining yakunlanishi yoki ikki gametaning uyg’unlashuvi oxirida shakllangan umumiy hujayra (zigota) yangi organizmning boshlanishi hisoblanadi.

HOMILADORLIKNING DAVOMIYLIGI

Urug’lantirishdan tortib to tug’ilishgacha bo’lgan o’rtacha homiladorlik muddati 38 hafta hisoblanadi (embrional muddat). Oxirgi hayz boshlanishidan tug’ruqqacha bo’lgan homiladorlikning o’rtacha davomiyligi esa 40 hafta (akusherlik muddati). Akusherlik muddatidan foydalanish tibbyotda kengroq tarqalgan, chunki urug’lantirish kunini aniqlash odatda qiyin.

Insonning ona qorni ichida rivojlanishi odatda davrlarga bo’linadi. Tuxum hujayra urug’lantirilishidan torib implantatsiya boshlanguniga qadar davr (rivojlanishning birinchi haftasi) preimplantatsion davr deb tavsiflanadi, keyingi rviojlanish esa postimplantatsion davrga mansub. Preimplantatsion davrda embrion bachadon devoriga birkmagan bo’ladi, dastlabki 4 kun davomida embrion bachadon naylari bo’ylab urug’lantirilgan joydan (bachadon nayining ampulyar qismi) bachadon tomon harakatlanadi, rivojlanishning 4-5 kuni embrion ayol bachadonida o’zini implantatsiyaga tayyorlashni boshlaydi. Shuningdek, rivojlanishning embrional (urug’lantirishdan boshlab dastlabki 8 hafta) va fetal (9 haftadan boshlab tug’ruqqacha) davrlari farqlanadi. Embrional davrda birlamchi tuzilmalarning fazoviy tashkillashuvi (morfogenez), hujayralarning boshlang’ich differentsiatsiyasi va a’zolar tizimi shakllanishi (organogenez) sodir bo’ladi. Fetal davrda esa a’zolar shakllangan tizim doirasida rivojlanadi, homilaning o’lchamlari ahamiyatli darajada kattalashadi.

EMBRIONAL DAVR

Embrional davr urug’lantirishdan boshlab embrional muddatning 8-haftasi oxirigacha davom etadi (akusherlik muddati uchun 10-hafta oxiri). Embrional davr davomida insonning embriogenezi sodir bo’ladi, xususan, urug’lantirish, bo’linish (ko’p hujayralilik shakllanishi), implantatsiya (bachadonga birikib kirishi) gastrulyatsiya (embrional yaproqchalarning shakllanishi), gistogenez (to’qimalarning shakllanishi) organogenez(a’zolarning shakllanishi), platsentatsiya va boshqa shu kabi jarayonlar. Embrional davr davomida embrion o’lchami 0,1 mm dan (urug’lantirilgan tuxum hujayra) 3 sm ga kattalashadi (homila qobiqlarini hisobga olmagan holda). Dastlab, embrion chaqaloq kabi ko’rinishga ega bo’lmaydi, faqat asta-sekin shunday ko’rinish va tuzilish kasb etadi. Embrional muddatning oxirgi haftasida ba’zi embrional tuzilmalarni yo’qoladi (jabrali yoylar va jabrali yoriqlar, dum, allantois kamayadi).

FETAL DAVR

Fetal davr akusherlik muddatining 11 haftaligidan to tug’ilishgacha davom etadi. Fetal davr boshiga kelib homilada barcha a’zolar tizimi shakllanib bo’lgan bo’ladi (endigi rivojlanish shakllangan tizim doirasida sodir bo’ladi), tashqi ko’rinishidan homila chaqaloqni eslatadi, tana proportsiyalarining o’zgarishi va homilaning jadal o’sishi boshlanadi.

Embrion va homilaning salbiy ta’sirlarga nisbatan sezuvchanligi homiladorlik mudati qanchalik qisqa bo’lsa, shunchalik yuqori bo’ladi. Embrional davr davomida spontan abort xavfi fetal davrga qaraganda taxminan 10 marta yuqoriroqdir.

Ayollarning homiladorligini «trimestr»larga ajratish qabul qilingan (uch oylik davrlar). Shunga ko’ra, homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlari haqida gapiriladi. Trimestrlarning har biri ma’lum akusherlik xususiyatlari va xavfi bilan tavsiflanadi.

ONA-HOMILA TIZIMIDAGI FIZIOLOGIK O’ZGARISHLAR

Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi:

  • Homilaning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan ona organizmining funktsional tizimi;
  • Asosan, normal gomeostazasini saqlab turish uchun mas’ul bo’lgan homilaning funktsional tizimi.

Homiladorlikni ma’lum bir bosqichida ushbu ikki funktsional tizimlar o’rtasidagi asosiy bog’liqlikni yo’ldosh (lot. placenta) ta’minlaydi, natijada yot (ona immun tizimi nuqtai nazaridan) homilani himoya qilish uchun feto-platsentar to’siq shakllanadi. Homila va yo’ldosh o’rtasidagi yaqin morfofunktsional bog’liqlik mavjud bo’lganligi sababli, bu ikkala shakllanma yagona fetoplatsentar tizim sifatida ta’riflanadi.

PERINATAL TASHXISLASH

Perinatal tashxislash yoki perinatal diagnostika — rivojlanish patologiyalarining tug’ruqqa qadar tashxislanishi — bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 10 va 13-hafta oralig’idagi davrda UTT va biokimyoviy markerlar yordamida Daun sindromi va Edvards sindromi xavfini aniqlash uchun perinatal skrining o’tkaziladi. 16 va 18-hafta oralig’i Daun sindormi, Edvrads sindromi va asab nayi defektlarining uchlangan deb atalmish biokimyoviy skriningini o’tkazish uchun optimal muddat hisoblanadi. Uchlangan skrining 14-dan 20-haftagacha o’tkazilishi mumkin.

Homila harakatlanishining dastlabki hissiyotlari odatda qayta tug’aytotgan ayollarda 18 haftada va birinchi marta tug’ayotgan ayollarda 20-haftada uchraydi. Biroq, bu bir necha haftaga o’zgarishi ham mumkin. Ozg’in ayollar to’lacharoq ayollarga qaraganda homila harakatlanishini oldinroq seza boshlaydilar.

20-24-haftalarda homila a’zolarining holatini aniqlash uchun takroran ultratovush tekshiruvi o’tkaziladi.

24-haftada ko’rsatmalarga ko’ra platsentar yetishmovchilik rivojlanishi xavfini istisno qilish uchun yo’ldosh qon aylanishining dopplerometrik tadqiqi, 26-haftada gestatsion diabet xavfini istisno qilish uchun esa glyukozotolerantlik testi o’tkaziladi.

Ko’p homilali homiladorlikda 28-haftada va bir homilali homiladorlikda 30-haftada tug’ruq oldi ta’tili tayinlanadi va almashinuv kartasi beriladi, shu kundan boshlab uni o’zi bilan birga olib yurish kerak.

30-34-haftalarda homila va yo’ldoshning holatini aniqlash uchun uchinchi ultratovush tekshiruvi o’tkaziladi.

37 haftadan so’ng homiladorlik ko’tarib bo’lingan hisoblanadi. Normada tug’ruq 40-haftaga borib sodir bo’ladi, lekin aslida aniq hisoblangan muddatda 5%dan kamroq ayollarning ko’zi yoriydi va tug’ruq vaqtining har ikki tomonga 2 haftaga siljishi normal hisoblanadi. 42 haftadan ko’p davom etgan homiladorlik kechikkan hisoblanadi.

PATOLOGIK HOMILADORLIK

Perinatal davrning kechish tabiati bo’lajak farzandning bolalik va yetuklik davridagi rivojlanishining xususiyatlari va salomatligi holatini ahamiyatli darajada aniqlab beradi. Ontogenezning perinatal davri kechishiga embrion va homilaning 28-haftalikga yetguniga qadar rivojlanishini belgilaydigan xususiyatlari sezilari ta’sir ko’rsatadi, shuningdek yangi hayot boshlanishiga turtki bergan ota-onaning jinsiy hujayralari (gametalar) holati ham. Zamonaviy ilm-fanga homila rivojlanishining anomaliyalari va kasalliklar asosan quyidagilarga bog’liqligi ma’lum:

  • Xromosoma va genetik buzilishlar (mutatsiyalar);
  • Noqulay ekologik omillar ta’siri;
  • Faqat atrof muhitning salbiy omillari ta’sirida namoyon bo’ladigan genetik buzilishlar.

Perinatal patologiya xavfiga ta’sir etuvchi patologik omillar turlicha effektga ega bo’lishi mumkin, shu sababli quyidagilar ajratiladi:

  • Gametopatiya;
  • Embriopatiya;
  • Fetopatiya.

EKSTRAGENITAL PATOLOGIYA FONIDA HOMILADORLIK

Ekstragenital patologiyalar tuzilmasida (ekstragenital kasalliklar) homilador ayollarda yurak-tomir tizimi kasalliklari birinchi o’rinni egallaydi (80%), shu jumladan tug’ma va orttirilgan yurak nuqsonlari (ular orasida revmatik yurak kasalligi ham mavjud) yurakda jarrohlik aralashuvi o’tkazilgandan keyingi holat, arterial gipertoniya, gipertonik kasallik.

HOMILADORLIKNING ASORATLARI

Har doim ham homiladorlik muammosiz kechmaydi. Murakkabliklarga:

  • Ko’ngil aynishi va o’ta ko’p qayt qilish;
  • Muzlagan homiladorlik;
  • Abort xavfi;
  • Oyoqlarning varikozi;
  • Qin venalarining varikoz kengayishi;
  • Kech toksikozlar: homilador ayollar nefropatiyasi, preeklampsiya va eklampsiya;
  • Homilaning gipoksiyasi;
  • Dumg’azadagi og’riqlar;
  • Onaning kamqonligi (anemiya);
  • Immunologik konfliktlar va ona va homilaning Rezus-konfliktlari;
  • Fetoplatsentar yetishmovchilik;
  • Feto-fetal transfuzion sindrom;
  • Gestozlar.

Homiladorlik asoratining alohida turi bu bachadondan tashqari (ektopik) homiladorlik hisoblanadi. Bunda homilaning rivojlanishi imkonsizdir va ertami-kechmi homila tushishi bilan tugaydi.

Ko’pchilik hollarda o’z vaqtida aniqlangan holda, zamonaviy tibbiyot noxush oqibatlarni oldini oladi va asoratlarni minimal darajagacha kamaytiradi.

SIGARET VA HOMILADORLIK

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, onaning sigaret chekishi yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’limi xavfini 20-35% ga oshiradi. Boshqa manbalarga ko’ra, chekish chaqaloq hayotining dastlabki to’rt haftasida o’lim xavfini 40% ga oshiradi. Sigaret chekadigan ayollarda chekmaydigan ayollarga ko’ra, homiladorlik va tug’ish patologiyalari ko’proq namoyon bo’ladi. Passiv chekish ham homilador ayol va homilaga zarar yetkazadi. Shunday qilib, erlari sigaret chekadigan o’zlari chekmaydigan ayollarda boshqalarga nisbatan ko’proq erta va kech toksikoz muammolari qayd qilinadi.

CHEKISHNI HOMILADORLIKNING TURLI MUDDATLARIGA TA’SIRI

Muddat Ta’siri
1-trimestr Xavfli, inson tanasining barcha asosiy a’zolari shakllanishi fonida sodir bo’ladi. O’z-o’zidan homila tushishi qayd qilinadi. Homilaning nobud bo’lishi xavfi mavjud.
2-trimestr Vaqti-vaqti bilan toksikozni kuchaytiradi. Bola yomonroq rivojlanadi, kamroq vazn oladi. Muddatidan oldin tug’ilish xavfi mavjud.
3-trimestr Xavfli, preeklampsiya rivojlanish ehtimoli o’rtachaga nisbatan yuqori bo’ladi. Chaqaloqlikda o’lishning salbiy ko’rsatkichlari.

GESTOZ

Gestoz — kechayotgan homiladorlikning patologiyasi bo’lib, a’zolar va organizm tizimlarining buzilishi bilan tavsiflanadi.

Buning patogenezi asosida tandagi barcha tomirlarning spazmi va natijada mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi, gipoperfuziya, gipovolemiya bilan bog’liq o’zgarishlar yotadi deb taxmin qilinadi.

HOMILADOR AYOLLAR UCHUN VITAMINLAR

Homiladorlikda gormonal tizim faoliyati, modda almashinuvi o’zgaradi. Homiladorlikning boshlanishi bilan ayolning vitamin va minerallarga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Masalan, kaltsiy avvalgiga nisbatan bir yarim marta; rux, yod, B6 va B12 vitaminlari — o’rtacha 30%; temir va foliy kislotasi — ikki marta ko’proq kerak.

Like 224 Dislike 28

1694 3 0 cookie-check HOMILADORLIK HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT: DAVRLARI, MUDDATLAR, FIZIO VA PATOLOGIYASI, ASORATLARI no

Homiladorlikning dastlabki belgilari va alomatlari

O’tkazib yuborilgan hayz muddati ko’pincha mumkin bo’lgan homiladorlikning birinchi taniqli belgisidir, ammo erta homiladorlikning boshqa belgilari va alomatlari ham mavjud. Ba’zi bir nozik belgilar birinchi haftada paydo bo’ladi va undan ko’pi birinchi o’tkazib yuborilgan hayzdan bir necha hafta oldin aniq bo’lishi mumkin.

Shuni yodda tutingki, hamma ayollarda ham barcha alomatlar mavjud emas yoki ularni bir xil tarzda boshdan kechirishmaydi. Birinchi trimestrdagi homiladorlik belgilarining ayrimlari quyidagi slaydlarda muhokama qilinadi.

O’tkazib yuborilgan davr

Ko’pgina ayollar homiladorlikning dastlabki belgisi deb biladigan birinchi belgi – o’tkazib yuborilgan hayz muddati (amenore). Ba’zi ayollar odatdagidan engilroq davrlarni boshdan kechirishlari mumkin, shuningdek, ular kontseptsiyadan 1-2 hafta o’tgach paydo bo’lishi mumkin.

O’tkazib yuborilgan hayz muddati homiladorlikdan tashqari boshqa holatlarga ham olib kelishi mumkin, shuning uchun bu har doim ham aniq belgi emas.

Ko’krak shishishi, yumshoqlik va og’riq

Menstrüel hayz ko’rishga o’xshash ko’krak kengayishi, sezgirlik yoki og’riq homiladorlik boshida paydo bo’lishi mumkin. Ko’krak to’la yoki og’ir bo’lib tuyulishi mumkin va ko’krak (areola) atrofini qoraytirishi mumkin. Qorin bo’shlig’ining o’rtasidan pubik sohaga o’tuvchi linea nigra deb nomlangan qorong’u chiziq paydo bo’lishi mumkin. Siz homilador bo’lganingizdan keyin birinchi yoki ikkinchi haftada ko’krak qafasidagi yumshoqlik yoki shishishni sezishingiz mumkin.

Tong kasalligi qachon boshlanadi?

“Ertalab kasallik” – bu ko’ngil aynish va gijjalar, odatda homiladorlikning boshida ertalab keladi. Bu odatda homiladorlikning ikki-sakkizinchi haftalari orasida sodir bo’ladi. Bu biroz noto’g’ri, chunki ko’ngil aynishi va qayt qilish har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Estrogen darajasidagi o’zgarishlar ko’ngil aynish rivojlanishida muhim rol o’ynashi mumkin deb o’ylashadi.

Homiladorlikning yana bir erta belgisi oziq-ovqat istagi yoki nafratlanish bo’lishi mumkin. Ayollarda ma’lum bir taomni iste’mol qilish g’ayrioddiy istagi paydo bo’lishi mumkin, hatto ilgari u yoqtirmagan yoki u ilgari yaxshi ko’rgan ovqatidan butunlay qaytishi mumkin. Bu odatiy holdir va odatda oziq-ovqatdan nafratlanish birinchi trimestr oxirida susayadi.

Charchoq va charchoq

Homiladorlik paytida ayolning tanasida qo’shimcha progesteron uning charchoq va charchoqni his qilishi mumkin va uxlashga ehtiyoj ortadi. Ikkinchi trimestrda energiya darajasi odatda yana ko’tariladi.

Qon quyilishi homiladorlikning dastlabki belgisimi?

Homiladorlik paytida progesteronning ko’payishi, shuningdek, qorin bo’shlig’i, to’yinganlik va gazni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi trimestrda kilogramm o’sishi odatda minimal bo’ladi, ammo shish va suyuqlikni ushlab turish sizni har oyda odatdagidan bir funtdan ko’proq yutgan kabi his qilishi mumkin.

Tez-tez siyish

Tez-tez siyish istagi homiladorlikning olti xaftaligidan boshlanadi, bu odamning chorionik gonadotrofin (hCG) gormoni tufayli tos suyagi mintaqasida qon oqimining ko’payishiga olib keladi va siyishga undaydi. Keyinchalik homiladorlik paytida kattalashgan bachadonda o’sayotgan bola siydik pufagiga bosim o’tkazib, siyishga intilish kuchayishi mumkin.

Homiladorlikdagi bazal tana harorati

Homilador bo’lishga umidvor bo’lgan ko’plab ayollar bazal haroratni (24 soatlik tana haroratining eng past darajasi, odatda uyg’onganidan keyin ertalab birinchi narsa) jadvalini tuzishadi. Tana bazal harorati odatda ovulyatsiya atrofida ko’tariladi va keyingi hayz davrigacha davom etadi. Agar tana bazal harorati undan yuqori bo’lsa, bu homiladorlikni ko’rsatishi mumkin.

Homiladorlik uchun niqob (melazma)

Birinchi trimestrda peshonangiz, burun ko’prigingiz, yuqori labingiz yoki yonoq suyaklaringiz terisi qorayishi mumkin. Bu ko’pincha “homiladorlik maskasi” deb nomlanadi va tibbiy atamasi melazma yoki xloasma. Bu qorong’i terisi bo’lgan ayollarda va oilada melazma bilan og’rigan ayollarda ko’proq uchraydi.

Erta homiladorlikning kayfiyati o’zgaradi

Homiladorlik paytida gormonlar darajasining tez o’zgarishi kayfiyatning o’zgarishi va stressni his qilish uchun javobgar bo’lishi mumkin. Yangi homilador ayollar hissiyot, xavotir yoki tushkunlikni his qilishlari va yig’layotgan sehrlari bo’lishi mumkin. Birinchi trimestrda kayfiyatning yomonlashishi, ikkinchisida biroz pasayishi va uchinchi trimestrda homiladorlik tugashi bilan qaytishi mumkin.

Homiladorlikning bosh og’rig’i

Homiladorlikning boshida bosh og’rig’i tez-tez uchraydi. Ular kontseptsiyadan ko’p o’tmay boshlanadigan gormonal o’zgarishlarning kuchayishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Yoki ular burun tiqilishi keltirib chiqaradigan sinus bosh og’rig’i bo’lishi mumkin, bu ham erta homiladorlikning alomati bo’lishi mumkin.

Qon ketish, dog’lanish yoki bo’shatish (leykore)

Homilador ayollarning taxminan 15% dan 25% gacha homiladorlikning boshida engil qon ketishi yoki dog’lanish kuzatiladi. Ushbu alomat kontseptsiyadan bir hafta o’tgach boshlanishi mumkin. Shuningdek, tos suyagi tekshiruvi, Pap testi yoki jinsiy aloqadan keyin engil qon ketishi mumkin. Bu tez-tez uchraydi va odatda unga taalluqli emas, garchi qon ketishi keyinchalik homiladorlik paytida paydo bo’lsa, bu jiddiy bo’lishi mumkin.

Homiladorlik davrida ingichka, sutli va qindan ajralish odatiy holdir va bu sizning homiladorligingiz har kuni sodir bo’lishi mumkin. Bunga “leykoreya” deyiladi va bunga tanangiz hozirda ishlab chiqaradigan ortiqcha estrogen sabab bo’ladi. Ushbu oqindi oq yoki tiniq bo’lishi mumkin va u yumshoq hidga ega bo’lishi yoki umuman yo’q bo’lishi mumkin, bularning barchasi normaldir. Bu homiladorlikning zaruriy yon ta’siridir, shuning uchun leykoreya uchun tibbiy davolanish yo’q. Biroq, bu ba’zi ayollar uchun qayg’uli bo’lishi mumkin. Panty laynerlari yordam berishi mumkin. Ammo yuqtirishga olib kelishi mumkin bo’lgan tamponlardan saqlaning.

Kabızlık

Ko’p homilador ayollar ich qotib qolishadi. Ehtimol, ba’zi mutaxassislarning fikriga ko’ra homilador ayollarning 35% dan ortig’i ushbu noqulaylikni rivojlantiradi. Buning sababi homiladorlik keltirib chiqaradigan gormonal o’zgarishlar, shu jumladan progesteronning ko’payishi bo’lishi mumkin.

Agar ich qotib qolsangiz, shifokor sizga ko’proq suyuqlik ichish, ko’proq tola iste’mol qilish va narsalarni harakatga keltirish uchun etarli jismoniy mashqlar qilishni buyurishi mumkin. Ammo agar ushbu xavfsiz vositalar natija bermasa, shifokor ko’rsatmasi bilan siz homiladorlik paytida xavfsiz bo’lgan boshqa foydali muolajalarni topishingiz mumkin, masalan, laksatiflarning ayrim turlari. Homiladorlik paytida shifokorning tavsiyasi bo’lmasdan hech qanday dori ichmang.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.