Press "Enter" to skip to content

Telefon orqali taloq tushadimi

وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِنْ نِسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ

Taloq haqida tushuncha savol-javoblar

Taloq so’zi lug’atda “Moddiy va manaviy tuginni echish” manosini bildiradi. SHariy manosi esa, makhsus lafz bilan nikohni ketkazish yoki halolni nuksonga uchratishga taloq deyiladi. Makhsus lafzdan murod taloq yoki uning manosini anglatuvchi lafzdir. Nikohni ketkazish uch taloq bilan yuzaga kelib, undan so’ng taloq qilingan ayol o’zini taloq qilgan kishi(eri)ga halol bo’lmay qoladi.

Halolini nuqsonga uchratish degani esa, er taloq qo’ysa, uch taloq haqqidan bitta kamayib, khotinning unga halolligi nuqsonga uchragan bo’ladi. Taloq haqidagi hadislarni keltiramiz. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Alloh azza va jallaga eng yomon ko’rilgan halol taloqdur” dedilar. Bundan Islom dinida taloq faqat noiloj qolganidagina ishlatish uchun berilgan rukhsat ekanligi chiqadi. SHu erda Islomda taloqqa nima uchun rukhsat berilgani, u qanday bo’lishi lozimligi haqida gapirishga to’g’ri keladi. Bazilar taloq chegarasiz bo’lishini khohlaydilar. Erkak khohlagan paytda khohlaganicha taloq qilishni istaydilar. Arab johiliyatida khuddi shunday hukm bo’lgan. Bu esa ayol uchun zulmdir. U bechora eriga sal yoqmay qolsa eri uni khohlaganicha taloq qiladi va hohlagan paytida qaytarib olaveradi. Bunda umuman nikohning hurmati va muqaddasligi qolmaydi. Bazilar umuman taloqqa rukhsat bermasligini maqullashadilar. Masihiy dinidagi bazi mazhablar shunga amal qiladilar. Lekin bu ham inson tabiatiga to’g’ri kelmaydi. Chunki turli sabablarga ko’ra, er khotin bir-biriga yoqmay qolishi, yo oilaviy turmushini umuman davom ettirib bo’lmay qolishi mumkin. Demak, Allohning okhirgi va mukammal dini Islom taloqqa rukhsat berib, uni malum bir adad bilan chegaralab quyishi, bu dinning o’rtacha yo’l tutuvchi din ekanligini bildiradi. Endi taloq qilish huquqi kimda bo’lgani maqul? SHu to’g’risida so’z yuritamiz.

Bazilar “taloq qilish hukmi qozilik mahkamasi haqqi bo’lishi kerak” deydi. Bu noto’g’ri fikr, chunki er-khotin orasidagi munosabatlar begona kishilar vositasida talashib tortishadigan narsa emas. Bunday holatda kim behayoroq, kim so’zga chechanroq bo’lsa, o’sha g’olib bo’laveradi. Bazilar taloq khotinning haqqi bo’lishi kerak deydi. Lekin bu ham noto’g’ri fikr. Chunki, khotin kishi tabiatan jahli tez, ehtirosi tufayli shoshib hukm chiqaruvchi bo’ladi. Yana ayol oila qurish uchun hech qanday harakat qilmagan va qiynalmagan bo’ladi. SHuning uchun nikoh buzilishidan hech qanday moddiy zarar ko’rmaydi, balki yangi turmush qurib, yana yangidan mahr va sovg’a olishi mumkin.

Islom bu khuquqni erkaklarga berdi. Chunki erkaklar oilani buzishdan oldin ko’p o’ylaydi. Bolalar ham otaning nomida bo’ladi, bu ham uni ko’p o’ylashga majbur qiladi. Yana oila qurish uchun barcha harajatlar (Mahr, nafaqa, to’y, uy-joy kabi) bo’lib, uning tarafidan bo’ladi. Musulmon er iloji boricha taloq qilmaslik harakatida bo’ladi. Chunki u (taloq) Alloh yomon ko’rgan narsa ekanligini yakhshi biladi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Qay bir ayol uzrli sababsiz eridan taloq qilishini so’rasa, unga jannatning hidi ham harom bo’ladi” deydilar. Ushbu hadisga qaraganda ayollar iloji boricha erlaridan taloqni talab qilmasliklari kerak. Erlar ham o’zlarini bu so’zni aytishdan saqlashlari lozim. Rasululloh salollohu alayhi vassalam: “Taloq qilishdan Allohning arshi larzaga keladi” deganlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Uch narsani jiddiysi ham jiddiydir, hazili ham jiddiy, nikohning, taloqning va rajatning”, deganlar. Chunki bu hollarda o’zi bilib turib, qasd qilib aytgan bo’ladi. Islom, hayotga khususan oilaviy hayotga jiddiy qarashga buyuradi. Lekin, hazil qilmay khato qilib boshqa so’zni aytmoqchi bo’lib turib, tiliga bekhosdan taloq so’zi kelib qolsa, taloq tushmaydi. Rajat – khotinini bir yoki ikki rajiy taloq qilgan odamning, idda ichida “seni qaytarib oldim” deyishiga rajat deyladi.
Taloq masalasida taloq uchun ishlatiladigan lafzlarga alohida etibor beriladi. Taloq uchun ishlatiladigan lafzlar 2 ga bo’linadi:
1) Ochiq oydin lafzlar. Bunday lafzlardan ko’zlangan murod ochiq-oydin bo’lib, urf-odatda taloq qilish uchun ishlatib yurilgan lafzlardir. “Taloq”, “Firoq”, “Saroh” so’zlari arabchada ochiq taloqqa ishlatiladigan so’zlardir. Taloq umumiy va hamma khalqlar biladigan so’zda “Qo’yib yubordim” ”Ajraldim” kabi so’zlar ham shu manoni anglatishi mumkin.
Taloq tushishi uchun qo’yidagilar shartdur:
1.Lug’atda va urf odatda taloq manosini bildiradigan lafzni aytish yoki yozish yoki ishora bilan anglatish.
2.Taloq qiluvchi manoni tushungan bo’lishi. Birovga taloq siyg’asi boshqa tilda o’rgatilsa u manosini bilmay turib ishlatsa taloq tushmaydi.
3.Taloqni khotinga nisbat berishi. Ayolning ismini aytish, o’ziga khitob qilish, vasfini aytish, unga ishora qilish kabilar.
4. Taloqning lafzi va adadida shak bo’lmasligi. So’zni buzib talaffuz qilsa ham taloq tushadi. Masalan: taloq o’rniga “talog’” “talaq” desa ham. Ochiq-oydin taloq so’zi khotinga nisbat berib aytishi bilan taloq tushadi. Niyat, maqsadni so’rab o’tirilmaydi.
2) Kinoya lafzli taloq. Bunda taloqni ham boshqa manoni anglatadigan lafzni khotinga nisbat berib ishlatiladi. “Ota-onangnikiga ketaver”, “jo’na”, “yo’qol”, “chiq ket”, “sen bo’shsan”, “hursan”, “ishing o’zing bilan” kabi so’zlar shu jumladandir. Agar bu kinoya lafzlari rozilik holatida, taloq to’g’risida gap so’z bo’lmay aytilgan bo’lsa taloq tushmaydi. Ammo er bu gapni taloq niyatida aytdim desa taloq bo’ladi.
Agar rozilik holati bo’lib, er-khotin orasida taloq masalasi o’zaro bahs qilinib turganda er “iddangni sana”, “sen ajrading”, “sen bo’shsan” kabi lafzlarni aytsa taloq tushadi. Boshqa kinoya lafzlarni aytsa niyatiga bog’liq bo’ladi. G’azab, urush-janjal holati bo’lsa, “iddangni sanayver” deyishi bilan taloq tushadi. Boshqa lafzlar niyatga bog’liq bo’ladi.

TALOQ OID SAVOL-JAVOBLAR

SAVOL: Hayzni taloqqa aloqadorligi bormi?

JAVOB: Aloqadorligi bor. Hoizani taloq qo’yilganda iddasi uch hayz bo’ladi.

إذَا طَلَّقَ الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ طَلَاقًا بَائِنًا أَوْ رَجْعِيًّا أَوْ ثَلَاثًا أَوْ وَقَعَتْ الْفُرْقَةُ بَيْنَهُمَا بِغَيْرِ طَلَاقٍ ، وَهِيَ حُرَّةٌ مِمَّنْ تَحِيضُ فَعِدَّتُهَا ثَلَاثَةُ أَقْرَاءٍ

Er hur, hayz ko’radigan ayolini taloq qilsa, boin bo’lsin, yoki rajiy, yoki uchta bo’lsin, yoki taloqsiz o’rtasiga ayriliq tushsa, uning iddasi uch hayzdir. (Javharotun Nayyira)

SAVOL: Yoshligi tufayli yoki qondan to’khtagani tufayli hayz ko’rmaydigan ayol taloq qilinsa, uning iddasi nima bo’ladi?
JAVOB: Bunday ayollarning iddasi hayz bilan bo’lmay, uch oy bo’ladi.

وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِنْ نِسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ

“Ayollaringizdan hayzdan noumid bo’lganlarning iddasi, agar shubhangiz bo’lsa, uch oydir. Hayz ko’rmaganlarniki ham”. (Taloq surasi 4-oyat)

SAVOL: hayz,nifos holatida taloq qo’yilsa voqe bo’ladimi?
JAVOB: hayz holatida taloq qo’yish joiz emas, lekin taloq qo’ysa voqe bo’ladi.

وَطَلَاقُ الْمَوْطُوءَةِ حَائِضًا بِدْعِيَّةٌ فيراجعها ويطلقها وَيُطَلِّقُهَا فِي طُهْرٍ ثَانٍ

Yaqinlik qilingan, hayz holatidagi ayolni taloq qo’yish bidatdir. Agar taloq qo’yib qo’ygan bo’lsa, uni qayta nikohiga oladi hamda ikkinchi pokligida taloq qiladi. (Bahrur Roiq)

SAVOL: ayol taloq qilinganidan keyin, UZI tekshiruvidan o’tgach, homilasi yo’qligi malum bo’lsa, uch hayz idda o’tirmasdan turmushga chiqishi joizmi?
JAVOB: Alloh taolo Quronda taloq qilingan ayol hayz ko’radigan ayol bo’lsa, uch hayz idda o’tirishini bayon qilgan. Bu Allohning hukmidir. Uch hayzning ichida homilaning bor, yo’qligi Alloh taolo buyurgan iddaning bir necha hikmatlaridan biridir. Hikmatni etiborga olib Allohning hukmi tark qilinmaydi.

وَالْمُطَلَّقَاتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ ثَلَاثَةَ قُرُوءٍ

“Taloq qilingan ayollar uch quru (uch hayz) kutarlar” Baqara surasi 228-oyat.

SAVOL: hayz ko’radigan ayolning eri vafot etsa uning iddasi qancha bo’ladi?
JAVOB: ayol khoh hayz ko’radigan bo’lsin, khoh noumid yoshida bo’lsin, homilador bo’lmagan holatda eri vafot etsa to’rt oyu, o’n kun idda o’tiradi.

وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا

“Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari o’zlaricha to’rt oyu, o’n kun kutarlar”. Baqara surasi 234-oyat.

SAVOL: iddadagi ayol iddasi tugamay turib bir, ikki bor hayz ko’rgach, homilador emasligi malum bo’lgach, boshqa erga tegib ketsa bo’ladimi?
JAVOB: iddasi chiqmagan ayol boshqaga nikohlanishi joiz emas. Nikoh o’qilsada nikoh bog’lanmaydi.

وَلَا تَعْزِمُوا عُقْدَةَ النِّكَاحِ حَتَّى يَبْلُغَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ

“..Idda o’z muddatiga etmaguncha nikoh bog’lashni qasd qilmang…” Baqara surasi 235-oyat

SAVOL: ayol hoizaligida eri uch taloq qo’ysa, voqe bo’lmaydi, degan khalq og’zida gap bor, shu to’g’rimi?
JAVOB: taloq tushish yoki tushmasligi hayz ko’rish yoki ko’rmaslikka umuman bog’liq emas. hayz holatida qo’yilgan uch taloq voqe bo’ladi. Lekin bunday qilish bidatdir.

وَالْبِدْعِيُّ ثَلَاثٌ مُتَفَرِّقَةٌ …فِي طُهْرٍ وَاحِدٍ …أَوْ وَاحِدَةٌ فِي حَيْضِ مَوْطُوءَةٍ

Bir poklikda uch bor bo’lib taloq qo’yish yoki yaqinlik qilingan ayolni hayz holatida taloq qo’yish bidat taloqdir. (Roddul Muhtor)

TALOQDAN KEYIN QAYTA YaSHASH

Alouddin Mansurning tafsirida Baqara surasining 233-oyatida «Onalar bolalarini to’la 2 yil emizadilar», deyilgan. 232-oyatida «Qachon khotinlaringizni taloq qilsangizlar va ularning idda muddatlari bitib qolsa, bas, ularni, o’zaro yakhshilik bilan kelishishgan bo’lsalar, erlariga qayta nikohlanishdan to’smang», deyilgan.
Bu hukm 2 taloqqacha bo’lsami yoki 3 taloqdan keyin iddasini chiqarib, bir erga tegib, yana taloq qilinib, iddasini chiqarib, yana avvalgi eriga nikohlanadimi?
«Mukhtasarul Viqoya» va «Majmaul Masud»da shunday yozilgan.

TALOQ MASALALARI

Mehribon, rahimli Alloh nomi ila

Olamlar robbisi, shariat, hukm va namozni ado qilish amrini qilgan yagona Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin. Makhluqotlarining eng yakhshisi Muhammad mustafo sallollohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo’lsin. Alloh taolo Nabiy sallollohu alayhi vasallamni inkor qiluvchilarga hujjat, nubuvvat eshigini khotimasi qilib yubordi. Uzotning ulug’ ahliga va buyuk sahobiylariga hamda to’g’ri yo’l imomlari bo’lmish khususan “Ilm yulduzlarda bo’lsa ham albatta fors o’g’lonlaridan chiqqan kishilar uni oladi” deb, bashorati berilgan Abu Hanifa rahmatullohi alayhga salomlar bo’lsin.
Biz o’z hannon va mannon bo’lgan jalol egasi bo’lgan Robbimizga sajda qilamiz. U menday khom aql egasiga (Quron va hadis dengizi qaridan chiqarib olingan bebakho dur va shariat khulosalari bo’lmish) fiqhning bir necha boblarida qalam tebratish tavfiqini ato etdi.
Olamlar Robbisi Alloh taologa hamd, Uning barhaq rasuli, sayyidimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga salavotu salomlar, uning ahliga va barcha sahobiylariga hamda chiroyli tarzda ular yo’lini tutganlarga qiyomat kunigacha salomlar bo’lsin.
Ey, Allohim! Senga hamdlar aytaman va Sendan ushbu kitobni yozishga yordam, ko’mak so’rayman.
Taloqning manosi
Taloq so’zi (nasara bobidan) masdar bo’lib, lug’atda qaydni ko’tarish, ozod qilish, ayriliqni ikhtiyor qilish kabi manolarni anglatadi. SHariy istilohda, tezlik bilan nikoh rishtalarini uzushdir. Hazrati mavlono Abdul Hay Laknaviy “Hidoya” hoshiyasida quyidagilarni yozgan:
“Taloq lug’atda qaydni ko’tarish, faqihlar istilohida, nikoh bitmi (ijob va qabul)ni makhsus lafzlar vositasida ko’tarib, nikoh rishtasini tugatish nomiga taloq deyiladi.
Taloqning haqiqati
Taloq ijob va qabul yordamida ikki begona er va ayol o’rtasida paydo bo’lgan muhabbat rishtalarini tugatuvchi hukmlar majmuasidir. Bir jonu bir tan bo’lgan er-khotin qalbida kurtak yozgan orzu va tasavvurotlar taloq orqali parcha-parcha bo’lib ketadi. Taloq har bir qavm va elatda mavjuddir. Lekin, bizning shariati islomiyaning pokiza hayot nizomi boshqalardan tubdan farq qiladi. Islomiy taloq dasturining qadru qimmati boshqa din va millatlarda mavjud taloq nizomi bilan solishtirib ko’rishda namoyon bo’ladi. SHu bois islomiy taloq nizomiga kirishishdan oldin bu borada boshqa dinlar tutgan yo’llarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Yahudiy dinida taloq
Muso alayhis salomga yuborilgan shariatda taloq muboh amallardan hisoblangan. Taloqning butkul tasarrufoti erkak qo’lida bo’lgan. Bu borada ayol kitshiga hech qanday ikhtiyor berilmagan. Masalan, bir kishi bir ayolga uylansa va unga nisbatan hech qanday iliqlik unda paydo bo’lmasa yo ayolning biror aybini bilib qolsa, hech qanday taammulsiz taloq qag’ozini yozib ayol qo’liga tutqazib, uydan tashqariga chiqarib yuborilgan. Ayol avvalgi eri uyidan chiqishi bilan boshqalarga turmushga chiqishi mumkin bo’lgan. Ajrashgan er-khotin umurbod bir-biriga harom bo’lgan. U ikkisini bir-biriga halol qilish yo’li umuman bo’lmagan. Yahudiylarda taloq so’z bilan emas yoozma tarzda amalga oshirilgan. Taloq berishda erkak kishiga hech qanday moneliklar bo’lmagan. Lekin, yahudiylar keyinchalik ko’plab moneliklarni ishlab chiqganlar .
Nasorolarda taloq
Yahudiylarni aksi o’laroq asl isoiylarning dinida na erga va na khotinga taloq qilish ikhtiyori berilmagan. Taloq harom amal va kabira gunoh deb tushunilgan. Yahudilardan bir guruhlari Iso alayhis salom huzuriga kelib: “Erkak kishi o’z ayolini biror sababga ko’ra taloq qilishiga haqqi bormi?” deb, savol berdilar. Iso alayhis salom ularga “Alloh taolo erkak va ayolni juft-juft qilib yaratdi”ni o’qimaganmisizlar” deb, so’zida davom etdi. SHuning uchun ham er o’z ota-onasidan ajralib, bir ayol bilan hayot kechiradi va u ikkisi orasida muhabbat paydo bo’lib, hatto bir tana kabi bo’lib qoladilar. SHuning uchun ham Alloh taolo ularni birga qildi. Alloh taolo ularni birga qilgandan keyin er-khotin bir-biridan ajrashishi mumkin emas. Ular bergan savollariga javob olganlaridan keyin: “Unda nima uchun Muso alayhis salom yozma taloq berishga rukhsat berdilar” dedilar. Ularga javoban Iso alayhis salom: “Sizlarning qalblaringizda qasovat bo’lgani bois avvalda taloq qilishga ijozat bo’lmasada, Muso alayhis salom jazo tariqasida ayollaringizni taloq qilinglar deb, buyurdilar” dedilar. “Fathul mulhim”da Injildan quyidagi Iso alayhis salomning so’zlari naql qilingan: “Qaysi shakhs o’z ayoliga taloq qo’yib, boshqa ayolga uylansa, zino gunohini qilgan bo’ladi va qaysi ayol taloq qo’yilib boshqa erga tegsa, zino gunohini qilgan bo’ladi”. Umuman olib qaralganda Khristian dinida taloq qatiy man qilingan amallardan hisoblangan va boshqa tomondan ko’pkhotinlik ham taqiqlangan. Uning natijasi shu bo’ladiki, ikki bir-biriga mos kelmaydigan erkak va ayol nikohlansa, u ikkalasi khristianlik diniga ko’ra ajrashish qatiy man qilinadi va ikkalalarini ushbu hayoti (doimo bir-biri bilan urushishlari natijasida) do’zakhga aylanadi. Bundan boshqa o’zga khulosa qilib bo’lmaydi.
Islom dini taloqga rukhsat bergan edi, bazi nasroniylar unga etiroz bildirib: “Bu ayolga zulm” dedilar. Qachongacha taloqga rukhsat berilmaydi. Chunki taloqga rukhsat bermaslik g’ayri fitriy ish hisoblanadi. SHuning uchun ham nasroniylar asl kitoblarida kelgan taloq borasidagi hukmga amal qilmay, asta sekinlik bilan taloqga doir qaytariqlarni buzishga urundilar. Zino va turli yomon ishlar qatori taloq ham cherkov rukhsati bilan amalga osha boshladi. Ommaviy khalq tazyiqi ostida cherkov taloq berish asoslarini sekin astalik bilan ko’paytira boshladilar. Keyinchalik taloq berishga qo’yilgan sabablar behad ko’payib ketdi. Bu vaqtda taloq ikhtiyori hali ham cherkov tasarrufida edi. Taloq borasida er-khotinda hech qanday ikhtiyor yo’q edi. Er-khotin bir-biridan ajrashish maqsadida cherkovlarga murojaat qilasalar, cherkov o’zi to’g’ri deb topgan sabablarga qarab hukm qilar edi. Lekin, imkoni boricha rohiblar Injilda kelgan asl hukmga amal qilishga urunar edilar. SHuning uchun ular tomonidan oz sonli kishilargagina taloq bilan hukm qilinar edi. Evropada ikkinchi uyg’onish davri sodir bo’lgandan keyin omma khalq taloqni cherkov tasarrufidan o’z ikhtiyorlariga o’tkazishga urundilar. Natijada, taloq cherkov rohiblar tasarrufidan davlat sudlari ikhtiyoriga o’tkazildi va benihoya ajrashish sabablari ko’payib ketdi. Okhir oqibat erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham taloq masalasi yuzasidan sudlarga murojaat qila boshladilar. Er-khotindan qaysi biri bir-biriga yoqmay qolsa, er yo khotin sudga borib “erim yo khotinim menga yoqmay qoldi ajrashishni khohlayman” deb murojaat qilardi. Sud esa, ularni bir-biriga yoqmay qolganini sabab qilib ko’rsatib ajratib yuborar edi. Natijada, hozirgi kunga kelib evropada ajrashish miqdori juda oshib ketdi. SHarqiy davlatlarda istiqomat qiluvchi odamlar bu tartibda ajrashishni hayollariga ham keltira olmaydilar. Evropada nikoh hali hanuz jar yoqasida qolib kelmoqda .
Hinduilikda taloq
Hindiuilik dinida taloq qilishga umuman rukhsat berilmaydi. Hatto, ayolini zino ustida ushlab olsa, uyidan tashqariga chiqarib qo’ysa qo’yadi. Lekin, taloq qila olmaydi. SHu bois ham bazi hindlar bu hukmni ijrosida tanglik his qila boshladilar. Bazi hindui diniga etiqod qiluvchi qabila erkaklari zarurat yuzasidan ayoliga taloq qo’yish maqsadida brahmanlarga murojaat qilardilar. SHular sirasiga janubiy Hindistonda istiqomat qiluvchi hinduiy talimotidagi guruhlarni keltirish mumkin. Lekin, shimoliy Hindistonda yashovchi sivilizasiyadan orqada qolgan hinduiylar taloqni umuman nojoiz ish deb tushunadilar .
Johiliyat zamonasidagi taloq
Johiliyat davri nizomiga ko’ra er o’z ayoliga 100 tagacha taloq berishi va yana uni o’ziga qaytarib olishi mumkin edi. Qozi Sanoulloh sohib o’zining “Tafsiri mazhariy” asarida Imom Bag’aviy Urva ibn Zubayr qilgan ushbu rivoyatlarini naql qilganlar: “Islom avvalida odamlar behisob taloq qo’yishga odatlangan edilar. Bazi kishilar ayollariga taloq qo’yib, ular iddalarini tugatay deganda o’zlariga qaytarib olib, yana taloq qo’yib yuborar edilar. Bu holat ayolga zulm berish maqsadida qayta-qaytabajarilar edi. Erkaklar o’z ayollarini juda yomon ko’rsalar nikoh va taloqsiz muallaq holatda ushlab turishga urunar edilar. Islom, johiliyat davrida ayollarga berilgan bu zulm va sitamlaiga chek qo’ydi. Bu borada, yani ayollarga taloq qo’yish miqdori, chegarasi borasida quyidagi oyat nozil qilindi:
“Taloq ikki martadir” (Baqara 229-oyat).
Taloq qo’ygandan keyin ortidan rajat qilish mumkin bo’lgan taloq hammasi bo’lib ikkitadir. Biror kishi ikkita taloq qo’ygandan keyin uchinchi taloqniqo’ysa, talog’ini bergan ayoliga halolasiz rajat qilishi mumkin emas. Bunday holatda nikoh ham uch taloq qilgan ayolini halol qilib bermaydi .
Islomda nikoh va taloqning adolatli nizomi
Islom nikoh va taloqga adolatli, insofli va purhikmat nizomni muqarrar qildi. Ushbu nizom boshqa dinlarda mavjud ifrot (haddan ziyod bo’sh qo’yish) va tafrit (haddan ziyod mahkam tutish)dan pokdir. Islom shariati taloqni bilkul harom qilib ham qo’ymadi va hech qanday sababsiz ommaviy tarzda rukhsat ham bermadi. Balki, taloqga ijozat bera turib, shunday deb takidlab qo’ydi:

عَنْ ابْنِ عُمَرَ أن النَّبِيِّ قَالَ : “أَبْغَضُ الْحَلالِ إلَى اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ الطَّلاقُ” . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَابْنُ مَاجَةْ.

Ibn Umardan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam dedilar:
“Alloh azza va jalla nazdida halol narsalarning eng g’azablisi taloqdir” (Abu Dovud va ibn Moja rivoyati). Hadisdan ko’zlangan maqsad o’ylab, fikr qilib eng okhirgi majburiy holatda taloq qo’yishga qadam qo’yish kerak deganidir. Chunki, taloq nikoh vostiasida yuzaga keladigan ulug’ bir rishtani tugatish hisoblanadi. SHuning bois nikoh bitmini tugatishni arzimagan gap deb bilmaslik darkor. Zero, nikoh boshqa muomala va bitmlar kabi faqat muomala yo bitmgina emas. Balki, nikoh bir shariy ibodat va Nabiylarning sunnati darajasidadir. Nikohda boshqa bitmlarda topilmaydigan shartlar mavjuddir. Bundan tashqari nikohga khos qonunlardan shuki, bazi erkaklar bazi ayollarni o’z nikohlariga olishlari mumkin emas. SHu bilan bir qatorda nikohdan o’zga bitmlarni tuzish uchun guvoh shart emas. Lekin, nikohni durust bo’lishi uchun albatta guvoh shart hisoblanadi, yani ikki guvoh oldida ijob (o’zimni sizga bag’ishladim) va qabul (sizni tanmahramlikga qabul qildim) bo’lmasa, nikoh nikoh hisoblanmaydi. SHu bois ham omma ko’z o’ngidan nikohdan o’tish sunnat hisoblanadi. Nikoh umur savdosi bo’lish bilan bir qatorda Alloh taoloning ajib mo’jizasiki, ikki ijob va qabul so’zlarini aytish bilan er-khotinlik rishtalari paydo bo’lib, ikki khonadon bir-biri bilan lozim. Nikoh rishtalarini chiroyli, pukhta bog’lash uchun, bitm avvalida bir necha ko’rsatmalar berilgan. Uni saqlab qolish uchun bir necha bosqichga ega tavsiyalar berilib, okhirgi bosqichda taloqga rukhsat berilgan.
Er-khotinlik rishtalarini mustahkamlash yo’llari
Er-khotin o’rtasidagi aloqalarni mustahkam qilish uchun shariat ko’plab ko’rsatmalar bergan. Ular quyida bayon qilinadi:
1. Nikohdan oldin ikki yosh bir-birini khulq-atvori haqidagi malumotlarga ega bo’lishi lozim. Kelishmovchilik va turli ziddiyat chiqmasligi uchun oylaviy muhit, qiz va o’g’il tabiati, biri ikinchisini ko’rib hotirjam bo’lib, maslahatlashgandan keyin istikhora qiladilar;
2. Nikohdan keyin erkak kishiga quyidagilar tushuntiriladi. Alloh taolo rahmati ila nikoh rishtasi bog’landi. Alloh taolo tomonidan bog’langan har bir ishda bakht va saodat bor deb bilib, turmush o’rtog’i bilan yakhshi muomala qiladi. Ayoli tomonidan sodir bo’lgan turli yanglish ishlarni yakhshi tomonini o’ylaydi. Ayoliga khushmuomalalik bilan iltifot ko’rsatadi. Nabiy sallollohu alayhi vasallamo’zlarining bir hadislarida nafsga tasir qiluvchi bir ko’rsatmani berganlar.

عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :”لاَ يَفْرَكْ مُؤْمِنٌ مُؤْمِنَةً إِنْ كَرِهَ مِنْهَا خَلْقًا رَضِىَ آخَرَ”.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“Mo’min mo’minaga g’azab qilmaydi. (Chunki) U(ayol)ni bir odatini yomon ko’rsa, u(ayol)ni boshqa khulqini yakhshi ko’radi” dedilar” (Muslim rivoyati) .
Eng yashi tavsiya shuki, ayolni yomon odatlariga ko’z yumib, yashi khulqlariga etibor qaratish lozim. Quroni karimda ham bu haqda quyidagi oyat vorid bo’lgan:
“Ular ila yakhshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko’pgina yakhshiliklarni qilsa” (Niso 19-oyat).
SHuningdek, ayollar o’z erlariga itoat qilishlari borasida bot-bot takidlangan hukmlar vorid bo’lgan. Bu haqda Nabiy sallollohu alayhi vasallam quyidagi hadis rivoyat qilingan.

أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم :”لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لأَحَدٍ لأَمَرْتُ الْمَرْأَةَ أَنْ تَسْجُدَ لِزَوْجِهَا لِمَا عَظَّمَ اللَّهُ مِنْ حَقِّهِ عَلَيْهَا”.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“Biror kishini biror kishiga (farazan) sajda qilishga buyurguvchi bo’lsam, ayolni o’z eriga u(er)ni haqqi un(ayol)da ko’p bo’lgani bois sajda qilishga amr qilgan bo’lar edim”, dedilar” (Bayhaqiy rivoyati ).
Quroni karimda solih va yakhshi ayol sifatida o’z eriga itoat qiluvchi ayol zikr qilingan.
Alloh bazilarini bazilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar-itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo’yicha g’oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir (Niso 34-oyat).
Yakhshi, soliha ayol eri hokimyati va rahbarligiga o’zini taslim qilib, uni farmonlariga itoat qiladi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam o’z eri amriga itoat qiluvchi ayollarni maqtaganlar. Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan “Qaysi ayol o’z eriga tobe bo’lib, itoat qilsa, havodagi qushlar, dengizdagi baliqlar, samodagi farishtalar va o’rmondagi darandalar istig’for aytadilar” rivoyat qilingan .
Er-khotin o’rtasidagi aloqalar to’g’risida Quron va hadisda kelgan ko’rsatmalarning khulosasi shuki, nikoh rishtasini mustahkamlab, ildiz ottirishga zamin yaratish darkor. SHu bois odatda er-khotin orasida o’tib turadigan gaplarga asoslanib ayoliga taloq qo’yish yakhshi ish emas. Yuqorida ikki yosh nikohlangandan keyin nikohni mustahkamlash uchun yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar berildi. Ushbu ko’rsatmalarni bajarishga er-khotindan birortasi loqaytli qilsa va shu sababli ikki yosh orasida kelishmovchilik hamda tortishuv yuzaga kelsa, shariat o’zaro suluh va maslahat vositasida oradagi ziddiyatni ketkazishga buyuradi. Quroni karimda er-khotin o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilikga barham berishni to’rtta yo’li aytilgan. Ulardan uchtasi erkakga tegishli bo’lib, Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:
“Bosh ko’tarishlaridan khavf qilingan ayollarga vaz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo’l akhtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdir” (Niso 34-oyat).
Ushbu oyatda er-khotin o’rtasini kelishtirishning uch bosqichi, yani erkaklarga bog’liq jihatlari bayon qilinmoqda. Ulardan birinchisi, ayolga yakhshi nasihat qilib tushuntirish, ayolga tushuntirishning o’zi kifoya qilmasa, ikkinchi bosqich, yotog’ini alohida qilib qo’yish, bu orqali erni noroziligini tushunib, o’z feliga nadomat qilsin. Agar ushbu chiroyli ogohlantirishlar ham u ayolga kor qilmasa, yani dimog’dorligi va qing’irligidan qaytmasa, keyingi uchinchi daraja, isloh maqsadida engil uringlar. Urishning shariy darajasi, suyak sinadigan yo badanda asari qolib ketadigan haysiyatda bo’lmasligidir. Yuzga umuman urish mumkin emas. Chunki, u husun markazi hisoblanadi .
Urib-tepish jazoni eng okhirgisidir. Arzimagan va yuzaki ayblar tufayli urish yakhshi emas. Zaruratsiz yo zaruratdan ziyoda urguvchilar haqida Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan hadis vorid bo’lgan.

عَنْ إِيَاسِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِى ذُبَابٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم “لاَ تَضْرِبُوا إِمَاءَ اللَّهِ”. فَجَاءَ عُمَرُ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ ذَئِرْنَ النِّسَاءُ عَلَى أَزْوَاجِهِنَّ. فَرَخَّصَ فِى ضَرْبِهِنَّ فَأَطَافَ بِآلِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نِسَاءٌ كَثِيرٌ يَشْكُونَ أَزْوَاجَهُنَّ فَقَالَ النَّبِىُّ صلى الله عليه وسلم “لَقَدْ طَافَ بِآلِ مُحَمَّدٍ نِسَاءٌ كَثِيرٌ يَشْكُونَ أَزْوَاجَهُنَّ لَيْسَ أُولَئِكَ بِخِيَارِكُمْ”.

Iyos ibn Abdulloh ibn Abi Zubobdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
“Allohning cho’rilari (bandalari)ni urmanglar” dedilar. SHunda Umar roziyallohu anhu Rasullolloh sallollohu alayhi vasallam oldilariga kelib: “Ayollar o’z erlariga juratli bo’lib ketdilar” dedilar. Bas, ular(ayollar)ni urishga (Nabiy sallollohu alayhi vasallam) izn berdilar. SHunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam khonodoni atrofida ko’plab ayollar o’z erlaridan shikoyat qilib, aylanib qoldilar. Bas, Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) oilasi atrofida o’z erlaridan shikoyat qilib ko’p ayollar aylanib qoldi. U(o’z ayollarini zaruratsiz yo zaruratdan ziyoda uruvchi)lar sizlarning yakhshilaringiz emas” dedilar” (Abu Dovud rivoyati).
Jazodan keyin ayol to’g’ri yo’lga kelib, muomalalari duruslansa va undan keyin o’zi istagan paytda ayoli ortidan tushib uni ayblarini qidirishi durust emas. Yuqorida keltirilshgan uslublarni qo’llash natijasida khonadonda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar barham topadi. Er-khotin o’rtasida kelib chiqqan nizo va mojorolarni isloh qilishda mazkur tarbiyaviy ko’rsatmalar ish bermay qoladigan darajaga etib kelib, khonodonda sodir bo’lgan ishlar tashqariga chiqib ketish khavfi bo’lib, u sababli er-khotin orasida urush alanga olib, janjallashib, bir-birini ayblay boshlasalar, shu o’rinda ham Quroni karim yarashtirishning to’rtinchi bosqichini bayon qildi:
“Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo’rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va khotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-khotinning orasini muvofiqlashtiradi. Albatta, Alloh biluvchi va khabardor zotdir” (Niso 35-oyat).
Quroni karimning pokiza va sharafli ko’rsatmasiga binoan amal qilinsa ko’cha va bozorda er-khotin janjalini tarqalishi o’rniga khonadonning o’zida u ikhtilofga barham beriladi. Yaqin qarindoshlarning khayrkhohligi sababli er-khotin o’rtasida ittifoqlik va ahllik ko’rini paydo bo’ladi. Yuqorida zikr qilingan Quroni karim oyatlaridan quyidagi foydalar olinadi:
1. Quroni karim ikki tomondan er-khotinni yarashtirish uchun tayin qilingan shakhslarni hakam deb, atadi. Hakam janjalga chek qo’ya olishi va hukm chiqarishga salohiyatli bo’lishi lozim. Bu salohiyatlar ilmli va dindor shakhslarda bo’ladi;
2. Ikki hakamni yuborishdan maqsad er-khotin o’rtasini isloh qilish bo’lsin va ikki hakamni ikki yosh mukhtor (nima hukm chiqarishsa men unga roziman degan tarzda) hakam qilib tayinlashsa, yani u ikkisini uchinchi shakhs sifatida tayinlab, ular chiqargan hukmga rozimiz desalar. U ikki hakam ushbu vaziyatda mukhtor hakam bo’lib qoladilar. Natijada, u ikki hakam taloqga ittifoq qilsalar, taloq tushadi. Khulu yo biror suratga kelishsalar er-khotin u ikkisi tomondan chiqarilgan hukmga itoat qilishlari lozim bo’lib qoladi. Bu Hasan Basriy (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) mazhablaridadir;
3. Ikki hakam yakhshi niyatda va chin dildan u ikki er-khotin o’rtasini yakhshi bo’lishini khohlab ishga kirishishsa, albatta Alloh taoloning g’oybiy madadi natijasida muvaffaqiyatga erishadilar. Zero, oyatda “Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-khotinning orasini muvofiqlashtiradi” g’oyibiy madadga ishora bor. Hakamlarda yarashtirish istagi yo ikhlos bo’lmasa, er-khot orasida muvofiqlashish topilmaydi. Chunki, oyatda aniq va ravshan tarzda “Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-khotinning orasini muvofiqlashtiradi” deb, takidlangan;
4. Yuqorida kelgan ko’rsatmalarning barchasi besamar ketsa, u ikki er-khotin orasidagi juda qattiq ziddiyat sababli dushmanlik paydo bo’ladi. Natijada, nikoh rishtasi samara berish o’rniga azob beradi. Bunday holatda nikoh rishtasini uzmaslik zulmdir. Aksincha, bunday o’rinda nikoh rishtasini tugatish er-khotin va u ikkisi khonadoniga rohat hamda salomatlik bag’ishlaydi. Bir kishi chiroyli gap aytgan ekan:
“Afsonani okhirigacha etkazish mumkin bo’lmasa, yakhshisi uni tark qilish afzal”.
To’rt bosqichni bosib o’tgandan keyin taloq qo’yishga rukhsat beriladi. Lekin, shu bilan birga erga Nabiy sallollohu alayhi vasallamni quyidagi hadislarini bot-bot eslatiladi:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ عَنِ النَّبِىِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ “أَبْغَضُ الْحَلاَلِ إِلَى اللَّهِ تَعَالَى الطَّلاَقُ”.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
“Alloh azza va jallaga eng yomon ko’rilgan halol taloqdir”, dedilar” (Abu Dovud rivoyati) .
Sababsiz taloq berishga vaidlar va uning salbiy natijalari
Yuqoridagi ko’rsatmalardan ravshan bo’ladiki, shariati islomiya er-khotin orasidagi kelishmovchilik chidab bo’lmaydigan holatga kelib qolganda va o’nglanishlari mushkul bo’lgan o’rinda taloqga ijozat beradi. Aksincha, nikoh rishtasini arzimagan bakhonalar bilan buzish Alloh taologa nomaqbul bo’lgani bois imkon qadar undan saqlanish lozim. Chunki, taloq sababli ayolning dili chilparchin bo’lib, er-khotin obro’yiga putur etib qolmay nasl, yani farzandlarga ham tasir qilib, khonadon nizomini izdan chiqaradi. Taloq ortidan keladigan yomon tasirlar faqat er-khotingagina taalluqli bo’lib qolmay, balki tomonlar, qabilalar orasida nizo kelib chiqishiga zamin bo’ladi. Taloqning salbiy jihatlari asta-sekinlik bilan rivojlanib, kelajakda yuz beradigan mudhish holatlarga muqaddima vazifasini o’ta beradi.
Rishta uzulishiga sabab yo vosita bo’ladigan narsalarni shariati islomiya chiroyli tarzda yuganlab, to’liq bir tartibga keltirib qo’ygan. Sababsiz taloq olish yo taloq berishga naqllarda qattiq vaidlar bayon qilingan. Ulardan bir nechtasini quyida keltiriladi:

عن عليٍّ عَنِ النَّبِىِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: “تَزَوَّجُوا ولا تُطَلِّقُوا فإِنَّ الطَّلاقَ يَهْتَزُّ مِنْهُ العَرْشُ.”

Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alahi vasallam:
“Uylaninglar!! Taloq qo’ymanglar!! Zero, taloqdan arsh silkinad qimirlaydi” .

عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ لِى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم:” يَا مُعَاذُ مَا خَلَقَ اللَّهُ شَيْئًا عَلَى وَجْهِ الأَرْضِ أَبْغَضَ إِلَيْهِ مِنَ الطَّلاَقِ وَمَا خَلَقَ اللَّهُ شَيْئًا عَلَى وَجْهِ الأَرْضِ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنَ الْعَتَاقِ فَإِذَا قَالَ الرَّجُلُ لِمَمْلُوكِهِ :”أَنْتَ حُرٌّ إِنْ شَاءَ اللَّهُ فَهُوَ حُرٌّ وَلاَ اسْتِثْنَاءَ لَهُ وَإِذَا قَالَ لاِمْرَأَتِهِ: أَنْتِ طَالِقٌ إِنْ شَاءَ اللَّهُ فَلَهُ الاِسْتِثْنَاءُ وَلاَ طَلاَقَ عَلَيْهِ”.

Muoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam menga:
“Ey, Muoz! Alloh taolo er yuzida O’ziga taloqdanda yomonroq narsani yaratmadi. Va Alloh taolo er yuzida O’ziga itoqdanda yakhshiroq narsani yaratmadi. Bir kishi o’z quliga: “In sha Alloh sen hursan” desa, bas u ozatdir. U(itoq) uchun istisno yo’q. Ayoliga: “In sha Alloh sen taloqsan” desa, U (taloq) uchun istisno bor va unga asosan taloq bo’lmaydi” dedilar” (Doruqutniy rivoyati).

عَنْ ثَوْبَانَ عَنِ النَّبِىِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ :” أَيُّمَا امْرَأَةٍ سَأَلَتْ زَوْجَهَا طَلاَقًا فِى غَيْرِ مَا بَأْسٍ فَحَرَامٌ عَلَيْهَا رَائِحَةُ الْجَنَّةِ”.

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
“Qay bir ayol tangliksiz eridan taloq so’rasa, unga jannatning hidi harom bo’ladi”, dedilar” (Termiziy rivoyati) .

عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَال: “لَا تُطَلَّق النِّسَاء إِلَّا مِنْ رِيبَة إِنَّ اللَّه لَا يُحِبّ الذَّوَّاقِينَ وَلَا الذَّوَّاقَات”.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
“Ayollarni shubhadan taloq qilinglar. Zero, Alloh talo tatiguvchi (erkak)larni va tatiguvchi (ayol)larni yakhshi ko’rmaydi”. (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).
Ushbu hadisda “Alloh talo tatiguvchi (erkak)larni va tatiguvchi (ayol)larni yakhshi ko’rmaydi” deb keltirilgan. Undan murod asalidan tatib ko’rish maqsadida uylanuvchi erkak va tushrmushga chiquvchi ayol nazarda tutilgan. Ular bir ayolni yo bir erkakni tatib ko’rgandan keyin boshqa bir ayolni yo erkakni tatib ko’rishni istaydilar. Ana o’shalarni Alloh taolo yakhshi ko’rmaydi. Bunday holatga kelib qolishdan Aloh asrasin.
Taloqni ko’payib ketish sabablari
Ayni damda taloq qilingan ayollar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bu inkor qilib bo’lmaydigan haqiqat. SHariy fatvo idoralari mavjud davlatlarda fatvo so’rab keluvchilarning ellik foizining so’rov nomasi taloqga tegishli bo’lib qoldi. Bu qadar taloqni ko’pyib ketish sabablari quyidagilardir:
1. Taloq qo’yishni ko’payib ketishining asosiy sababi dindan yiroqlashish, islomiy odab-akhloqni bilmaslik, er-khotinlik aloqalariga beetiborlik, ularning haqlari va burchlaridan bekhabarlikdir. Boshqa so’z bilan aytganda taloqni haddan ziyoda ortib ketishi diniy, akhloqiy va ruhiy tanazzul sababidandir. SHuning uchun biz musulmonlar dindan bekhabar insonlarga tushuntirish ishlari olib borib, turmush ahamiyati, taloq berishning zararli oqibatlari va bu borada vorid bo’lgan vaidlarni ochib berishimiz lozim;
2. Tajribasiz, hissiyotga beriluvchi, jahli chiqqanda aqli ketadigan shakhslar tushinib-tushunmay uncha, buncha taloqsan deb yuborib, afsuslanib yuradilar. Bu haqda hadisda shunday deyiladi:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم: “أَنَّهُ قَالَ لا طَلاقَ، وَلا عِتَاقَ فِي غِلاقٍ.”

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
“G’azabnok (payt)da taloq ham itoq qilmanglar” dedilar” (Abu Dovud rivoyati).
Nabiy sallollohu alayhi vasallam boshqa bir hadisda g’azabni bosishga amr qilganlar.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: “لَيْسَ الشَّدِيدُ بِالصُّرَعَةِ إِنَّمَا الشَّدِيدُ الَّذِي يَمْلِكُ نَفْسَهُ عِنْدَ الْغَضَبِ.”

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindai:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“Pakhlavon (boshqani) yiqituvchi emas, pakhlavon g’azabi kelganda o’zini tutib turadigan kishidir” dedilar” (Bukhoriy rivoyati).
Nabiy sallollohu alayhi vasallam g’azabni sababi, uni kelib chiqish manbai va davosi to’g’risida shunday deganlar:

عَنْ عَطِيَّةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “إِنَّ الْغَضَبَ مِنْ الشَّيْطَانِ وَإِنَّ الشَّيْطَانَ خُلِقَ مِنْ النَّارِ وَإِنَّمَا تُطْفَأُ النَّارُ بِالْمَاءِ فَإِذَا غَضِبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَتَوَضَّأْ.”

Atiya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“G’azab shaytondan. SHayton esa olovdan yaratilgan. Olov suv bilan o’chiriladi. Bas, sizlardan birortangizga g’azab kelsa, tahorat olsin” dedilar” (Imom Ahmad rivoyati).
3. Taloq qo’yishga olib keladigan sabablardan yana biri mukkasidan ketguncha ich

Telefon orqali taloq tushadimi?

— Hozirgi kunda telefon orqali, «SMS» orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali taloq qilsa, nima bo`ladi, deganga o`xshagan savollar juda ham ko`payib ketdi. Va bu masala din peshvolarining ham muammolaridan biriga aylanib qoldi. Negaki, shu kabi savollar ko`p o`rtaga tashlanmoqda.

Avvalo bir lafzda «Uch taloqsan» deyish bid`iy taloq sirasiga kirishini eslatmoqchimiz. Ya`ni ayolini biryo`la uch taloq qilgan odam harom ishni qilgan hisoblanadi. Binobarin, katta gunohga tushib qolgan bo`ladi. Ammo, bu holatda uch taloq tushadi. To`rttala mazhabda e`tiborga olingan qavl shundan iborat. Ahli ilmlardan ayrimlarigina bir lafzda uchtaloq qilsa, bir taloq tushadi degan fikrni ushlagandilar. Ammo, aksariyat birinchi aytilgan qavlga ko`ra bir lafzda aytilgan uchtaloqni voqe` bo`lishini ta`kidlaydilar. Zero, yuqorida aytilganidek, to`rttala fiqhiy mazhab, jumladan, hanafiy mazhabidagi hukm ham shundan iborat. Endi g`azab masalasiga kelsak, agar g`azab inson aqlini butkul yo`qotadigan darajada kuchli bo`lsa, u holda taloq tushmaydi.

Taloq telefonda aytilsa ham tushadi. Bu er bilan xotin o`rtasidagi narsa. Faqat erining tovushiga o`xshagan tovushda yoxud qaysidir elektron dasturlar orqali boshqa birov erining tovushiga tovushini o`xshatib taloq so`zini aytsa va bu isbotini topsa, unda tushmaydi. Chunki begona erkak birovning ayolini taloq qilolmaydi.

Bordiyu taloq «SMS» orqali qilingan bo`lsa, ya`ni, telefonda qisqa xat yozib taloq qilinsa, unda ham taloq tushadi. Faqat ba`zi ulamolar va qozilar buning uchun ayrim shartlarni qo`yganlar. Jumladan, «SMS»ni eri yozganligi isbotlanishi. Chunki boshqa birov erning telefonidan yozib yuborsa, taloq tushmaydi. Voqelik shuni ko`rsatadiki, birov birovning telefonini vaqtinchaga olib, shunday ishni qilishi ehtimoldan xoli emas. Yana ayol kishi o`sha «SMS»ni qabul qilib olgan bo`lishi kerak. Mabodo tizimdagi nosozlik tufayli yoxud boshqa sabab bilan yozilgan «SMS» ayolga etib kelmasa, unda qazoan taloq tushmaydi. (Ammo, bu holat eri og`zaki ravishda uni taloq qilguncha davom etadi xolos. Ya`ni, yozilgan «SMS» etib kelmasa ham eri buni ta`kidlash uchun og`zaki ravishda ham taloq qilsa, taloq tushadi). Shuningdek, ayolga taloq haqida «SMS» etib kelsa-yu, eri qattiq turib buni men yozmaganman deya inkor qilsa va o`zi yozganligi ikkita adolatli guvohlar bilan isbotini topmasa, unda ham erning so`ziga quloq solinadi va qazoan taloq tushmaydi. Ammo «SMS»ni rostan ham er yozgan bo`lib, qilgan ishidan tonsa, unda gunohkor bo`laveradi. Lekin ayoldan gunoh soqit bo`ladi va dunyoviy qonunlarga ko`ra er-xotin maqomida yashaydilar.

Agar uchtaloq tushsa, bu holatda toki ayol boshqa birovga turmushga chiqib, u bilan yashab, keyin ajralib boshi ochiq bo`lmaguncha avvalgi eriga nikohlanishi mumkin emas. Lekin uchtaloq tushganmi, tushmaganmi, er bu so`zlarni g`azabning qay darajasida aytgan va hokazo kabi masalalar bevosita shu ishga mutasaddi bo`lgan tashkilotlar orqali hal qilinadi. Bizda bu masala O`zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qilish orqali hal qilinadi. Shuning uchun mazkur tashkilotga murojaat qilish lozim.

muxlis.uz saytidan olindi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.