Press "Enter" to skip to content

Dengiz hukmdori» seriali haqida

– Bugun juda mamnun koʻrinasiz, Vatson.

Qisqa hikoyalar

Bir necha soat oldin tungi qisqagina ishim menga birvarakayiga naqd besh ming dollar keltirishi kerak edi.

Pako ham keldi, ammo nimadir chappasiga ketdi.

Sirenalarning chirogʻi yuzimga nur sochadi. Oq xalatli odam oyogʻimning barmogʻiga yopishtirilgan yorliqdagi ism-familiyamni oʻqiydi. Men unga javob qaytarolmayman.

Devid V. Mayers. Sevishganlar va jin

Sevishganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli chirogʻini topib olishdi.

– Meni ozod qilishlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman.

Qiz yigitga koʻz tashlab qoʻyib dedi:

– Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgacha sevaylik.

Dengizga tikilgancha yigit:

– Men esa oʻsha qiyomat hoziroq kelishini istayman, – dedi.

Norman va Ben Lir. Eng qaygʻuli hikoya

Uch kishi toʻqsoninchi qavatga zinapoyadan koʻtarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak boʻlib qolgandi. Qavatma-qavat koʻtarilisharkan, vaqtni oʻldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qaygʻuli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, toʻqsoninchi qavatga chiqishganda, eng qaygʻuli hikoyani Sem aytib berdi.

– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush boʻlib yiqildi.

Devid Xofman. Sinfdosh dugonalar uchrashuvi

Maktabda ular oralaridan qil oʻtmas dugona edilar.

– Qoʻngʻiroq qilib tur, unutib yuborma, – dedi u dugonasiga bitiruv oqshomida.

– Albatta, sen ham.

Maktabni bitirganlariga ellik yil toʻlishi munosabati bilan uyushtirilgan sinfdoshlar uchrashuvida ular shu payt davomida birinchi marta gaplashishdi.

– Seni koʻrganimdan xursandman.

– Qoʻngʻiroq qilib tur, unutib yuborma.

– Albatta, sen ham.

Xoup Ey Torres. Gul va muhabbat

Tina bogʻda turar ekan, uning oʻzi tomon chopib kelayotganini koʻrdi.

– Tina! Mening gulim! Hayotim!

Nihoyat shu gapni aytdi-ya!

– O, Tom, men ham seni sevaman!

Tom Tinaga yaqin keldi-da, uni nari itarib, engashdi.

– Mening gulim! Sevimli atirgulimni bosib olding!

Joshua Xeyns. Orzular amalga oshganda

Bob istaganlarining barchasiga erishdi. Unda faqat bitta tilak tilash qolgandi.

– Soʻnggi tilakni sal keyinroq tilasam boʻladimi? – soʻradi u.

– Sen xojasan. Men esa oddiy jinman.

Uyga qaytarkan, Bob oʻzini shunchalar baxtli his etardiki, birgina dimogʻni chogʻ qiladigan qoʻshiq yetishmasdi, xolos. U eski bir italyan qoʻshigʻini eslab qoldi.

– Eh, qaniydi, italiyalik baliqchiga aylanib qolsam…

Dik Skin. Million dollarlik bazm

Charli oxirgi chaqasiga lotereya chiptasini sotib oldi va oʻn million dollar yutuq egasiga aylandi. Koʻcha-koʻydagi oshna-ogʻaynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqcha yeb qoʻyganidan boʻkib oʻldi.

Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamisha yodlarida saqlashadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyushtirdi, axir.

Ha, darvoqe, uning familiyasi nimaydi?

Shiri Pelemye. Dublyor

– Spektaklni qoldirolmaymiz. Shou davom etishi kerak, – dedi rejissyor pyesaning birinchi pardasi boshlanishidan bir lahza oldin mashhur aktyor behush boʻlib yiqilganda. – Bugun u yulduz, har holda, shunchaki oʻlikning rolini oʻynamaydi-ku.

Dublyor barchaning koʻz oʻngida yuksaldi. Uning ijrosi ilhombaxsh chiqdi. Yangi yulduz yakunlovchi sahnada rolini qoyillatdi.

Dublyor choʻntagidagi shpritsni barmoqlari bilan silab-siypab, olqishlar ostida taʼzim bajo etdi.

Dolores Rup. Soʻnggi nasiba

Uylarga tushishga odatlangan oʻgʻri Billi oʻz ishining betakror lahzalarini yoqtirardi.

Bu tong u devor oshib, binoga kirdi. Barcha qimmatbaho taqinchoqlarni yigʻishtirib olib, mashinasiga eltdi.

Bu payt qorni judayam ochgandi. Oynai jahon qarshisida tamaddi qilish uchun uyga oxirgi marta kirdi. Ovqatlanib boʻlgach, tarrakday qotdi. Xonadon sohiblari kalamushlarni zaharlamoqchi edi.

Tom Ford. Jumboq

– Bugun juda mamnun koʻrinasiz, Vatson.

– Kechirasiz-u, Xolms, bu safar jinoyatni ikki dunyoda ham fosh qilolmaysiz.

Xolms oʻrnidan turib, trubkasini joʻshqinlik bilan silkita boshladi.

– Yana xato qilyapsiz, deb qoʻrqaman, Vatson. Missis Vorsingtonni kim oʻldirganini bilaman.

– Juda qiziq! Na guvohlar, na dalil-isbot bor! Xoʻsh, kim qilibdi bu ishni?

Rus tilidan Saidjalol Saidmurodov tarjimalari

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonida chop etilgan.

«Dengiz hukmdori» seriali haqida

Jang Bogo 676-935-yillarda Sharqiy Osiyo bozorlarida hukmronlik qilgan Shila sulolasi vakili bo`lgan. U 846-yilgacha yashagan. Tug`ilgan vaqti esa noma`lum. Jang Bogo siyosatchi, savdogar, dengizchi va harbiy arbob bo`lgan. Tarixdan uni Vandodagi Chung Hay shahrining qurilishida ishtiroki ham ma`lum. Shuningdek u Vandoda turib Xitoy va Yaponiya bilan dengiz orqali savdo aloqalarini amalga oshirgan. Uning floti Shila, Tang kabi shaharlarda ham savdo bilan shug`ullanishgan. Uni Xitoy bilan Yaponiyani do`stligiga asos solgan kishi deb atasak ham bo`laveradi.

Film Choi In-honing shu nomli asari asosida suratga olingan. «Dengiz hukmdori» seriali Gung Bok nomli yetim bolaning Buyuk dengiz hukmdori bo`lishgacha bo`lgan mashaqqatli yo`li haqida ma`lumot beradi. Shuningdek filmning qiziqarli ko`rinishini ta`minlash uchun Yami xonim va Yung Hva xonim obrazlari kiritilgan. Aynan shu obrazlar filmdagi muhabbat va nafratni kuchaytirgan va film muvaffaqiyatini ta`minlagan.

Filmga 50 milliard von sarflangan. Mehmonxona, bozor, Shiladagi ofis, portlar film uchun maxsus qurilgan. Katta o`lchamdagi harbiy janglar va qaroqchilar bilan bo`lgan jang sahnalari kompyuter yordamida tayyorlandi.
Filmning muvaffaqiyatida aktyorlar tarkibining katta ahamiyati bor. Hozir sizlarni filmda asosiy rollarni ijro etgan aktyorlar bilan tanishtirib o`tamiz.

«Dengiz hukumdori» filmi ishtirokchilari:

Choi Su Yong
Choi Su Yong filmda bosh roldagi Gung Bok va Jang Bogoni jonlantirdi. Aktyor 1962-yilning 28-dekabrida tug`ilgan. Debyut rolini u 1987-yilda «Muhabbat daraxti» filmida o`ynagan. U Kolorado davlat universitetini tugatgan. Oilali bir o`g`il, bir qizning otasi. Hobbisi: u har yakshanba kuni ertalab sokker o`ynaydi.
Filmografiyasi:
«Young Punch» (1988-yil)
«Il Ji Mae superodam» (1990-yil)
«Bu sir» (1990-yil)
«Siz uchun qaytadan» (1991-yil)
«Yulduzli kechada» (1991-yil)
«Yomg`irni ertaga to`xtashini istaysizmi?» (1991-yil)
«Pastda ayol» (1992-yil)
«Bo`sa olmaydigan erkak» (1994-yil)
«Ilk muhabbat» (1996-yil)
«Dengiz hukmdori» (2005-yil)
«Yosh Dae Jo» (2006-yil)
Yutuqlari:
1996-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1997-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (Korea Broadcasting va Filming Association Award)
1999-yil — Korea Broadcasting Producer Award
1999/2001-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1999-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (Baeksang Art Award)

Filmda u yaratgan obraz bolaligidan ota va onasidan ajrab qolgan yetim boladir. Hayot qiyinchiliklari Gung Bokni mulohazali, lekin qasos o`ti bilan yonayotgan odamga aylantiradi. Uni dengizni bilishi unga ko`plab omad keltiradi. U gladiatordan boshqaruvchiga, keyin esa Chung Hay elchisi darajasiga yetadi.

Oxshash xabarlar:

  • Zolim Istanbul Turk Seriali haqida
  • PANJARA ORTIDA (PRISON BREAK) seriali haqida
  • Ichkarida Seriali Mert (Aras Bulut) Haqida
  • Qalbim Chechagi seriali Mini Kang haqida
  • Ishq ifori Turk seriali haqida
  • Shifokor qismati korea seriali haqida
  • Zuleyha turk seriali haqida
  • To’lin oy turk seriali haqida
  • To’qnashuv turk seriali haqida
  • Istanbullik kelin turk seriali haqida
  • G’aroyib doktor aqsh seriali haqida
  • “UZB” va “AAA” seriali raqamlarning narxi qancha?
  • 2021-yilning eng shov-shuvli turk seriali.
  • Vatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar
  • O’zbekiston haqida / vatan haqida ruscha sherlar

Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar

Dunyo bo’yicha eng qisqa hikoyalar, 15 ta eng qisqa hikoya, ularning hajmi 1 qator, mazmuni o’ziga xos yechimga ega kichik hikoyachalar.

Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo’lib “parcha, bo’lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o’ziga xos kichik janri bo’lib epigraf o’qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.
Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o’zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Hikoyalarni tartiblashda muayyan qoidalarga asoslanmadik, ularning joylashuvi tasodifiy tartibda joylashtirildi. Har bir hikoya albatta o’zining muallifi bilan keltirilmoqda. Eslatib o’taman, saytimizdan o’zingiz uchun ko’plab qiziqarli hikoyalar, ibratli hikoyalar, ta’sirli hikoyalarni toppish mumkin. Keyinchalik o’quvchilarga saboq beruvchi hikoyalarni ushbu manzilda o’qishingiz mumkin.
Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:
1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.
2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…
3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.
4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.
5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining hayoli: «Parol» nima edi-ya?
6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .
7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”
9-hikoya. Yolg’izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…
10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…
11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.
12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…
13-hikoya. 6 so’zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.
14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.
15-hikoya. Qo’rquv (Nodirabegim Ibrohimova)
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. — Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! — dedi ko’zlari ojiz bolakay.

Самые короткие рассказы в мире, 15 рассказов, 1 том длиной, маленькие рассказы с уникальным решением.

Самые короткие рассказы в мировой литературе называются драбблами. Драббл происходит от английского и означает «по частям». Драббл — это своего рода небольшой жанр повествования, который может заставить вас почувствовать, что вы читаете эпиграф. Это в основном дает краткую историю события. Драббл можно назвать самой короткой и полной историей, которая заканчивается неожиданной разгадкой.
Здесь вы также узнали о драбблах. Ниже мы суммируем самые короткие рассказы мировой и узбекской литературы и представляем 15 из них. Мы не придерживались определенных правил при сортировке историй, их размещение располагалось в случайном порядке. Каждая история, конечно же, сопровождается автором. Напомню, что на нашем сайте можно найти много интересных историй, образцовых историй, влиятельных историй. Вы можете прочитать истории, которые учат студентов позже по этому адресу.
Пожалуйста, самые короткие 15 рассказов:
История 1. Чудо (Эрнест Хемингуэй)
Он пил молоко за убийцу своей жены.
История 2. Робия (Мухаммадхон Юсупов)
Боже мой, я хотел, чтобы мой будущий брат тоже был девочкой. Жили мы тогда с бабушкой…
3-этажный. Самый короткий рассказ (О. Генри)
Водитель закурил и наклонился над бензобаком, чтобы посмотреть, сколько топлива осталось. Погибшему было всего 23 года.
Рассказ 4. Месть и спасение (Эрнест Хемингуэй)
Я бросился, чтобы покончить жизнь самоубийством, но потом передумал.
5-этажный. Судьба (Стефан Мерецкий)
Воображение промежуточного путешественника: что это был за «пароль»?
6-этажный. Реклама (Эрнест Хемингуэй)
На разбитом окне снаружи было написано: Молодожены.
7-этажный. Биография (Лариса Керкланд)
Раньше у меня было плоское лицо и плиссированная рубашка, а сейчас… наоборот.
8-этажный. Умид (Мухаммадхон Юсупов)
«… Мы больше никогда не встретимся! Мы больше никогда не встретимся! Мы больше никогда не увидимся…
До скорого…»
9-этажный. Одиночество (Фредерик Браун)
Последний человек в мире сидел в своей комнате. В дверь постучали…
10-этажный. Общежитие (Эрнест Хемингуэй)
Из нашей спальни доносились голоса двух человек. Я постучал в дверь…
Рассказ 11. Гунохкор (Барабанная булочка)
Он был настоящим грешником. Из ста двадцати четырех тысяч кавалеристов только один благополучно вернулся домой с войны.
12-этажный. Оптимист (Мухаммадхон Юсупов)
«Когда я покупаю новые туфли, я всегда рад дополнительному ремешку». Стараюсь не думать о второй ноге, которая вообще не надевается…
13-этажный. Рассказ из 6 слов (Эрнест Хемингуэй)
Продается. Детская обувь. Не одет ни разу.
14-этажный. Ответственность (Арджумандбегим)
С семерых детей была сорвана одежда, а мужчина, направлявшийся из дома, сломал себе ноги.
15-этажный. Страх (Нодирабегим Ибрагимова)
— Спи, моя лошадь, — сказала мать, выключая свет. — Эй! Не выключай его, пожалуйста. Я так боюсь темноты! — сказал слепой мальчик.

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Qisqa ammo mazmunga boy hikoyalar
  2. Qisqa, ma’noli va ajoyib ta’sirli hikoyalar
  3. Ko’zni yumib o’qiydigan qisqa ibratli hikoyalar
  4. O’quvchilarga saboq beruvchi ta’sirli hikoyalar
  5. Dunyodagi ish haftasi eng qisqa mamlakatni bilasizmi?
  6. O’qituvchi mahorati (qisqa hikoya)
  7. Qisqa muddatli oʻquv kurslari nima uchun kerak?
  8. Psixologik test: O’zgalarni qanchalik tinglay olasiz?
  9. Ona tili ta’limida sifat va mazmunga yangicha nigoh
  10. Hokimlar, sektor rahbarlari maktabning shakliga, direktor mazmunga javob berishi kerak

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.