Press "Enter" to skip to content

1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari

D) Ega ergash gapli qo’shma gap

Qanday gapga bosh gap deyiladi

Ona tili va adabiyot fanidan test savollari va javoblari

1.Tobe bog’lanishli birikmalarda qanday so’z bosh so’z sanaladi?

A) ko’makchi bilan kelgan so’z

B) Ma’nosi izohlanayotgan soz

C)Boshqa so’zning ma’nosini ifodalaydigan so’z

D) O’zi bog’langan so’z ma’nosini izohlaydigan so’z

2.Bitishuv munosabatidagi birikmalar berilgan qatorni aniqlang

А) Ko’klam quyoshi , bahor tongi

В) Olis yo’llar, tez yurdi

С) Olkamiz chiroyi , ko’l suvi

D)Qulliq qildi , so’z sehri

3.O’z vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Berilgan gapda nechta so’z birikmasi bor?

4.Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo’laklar mavjud emas?

A) Salimaning baland , ammo mayin ovozi bor edi

B) Xalqqa qaradi-yu , ammo gapirmadi

C) Til bilan dil bir bo’lishi kerak

D) Bugun Anvar yoki O’tkir navbatchilik qiladi

5. Bog’imizda qizlar , o’g’illar , Qo’shiq aytsin , yayrasin , kulsin. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushib kelgan?

6. Ajratilgan bo’laklar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

C) Qo’shtirnoq ichiga olinadi

D) Vergul va tire bilan

7. Undalmali gaplarning kesimi qaysi shaxslarda bo’ladi?

A) 1- va 2-shaxsda

D) Faqat 2-shaxsda

8. Undalmali gapni toping

A) O, naqadar sho’x va quvnoq edik!

B) Sobir akam qayoqqa ketdi?

C) Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang!

D) Demak , o’qishga kirmoqchisiz?

9. Dostlar ,biz bu ishni , so’zsiz, bajaramiz. Ushbu gapdan kirish so’zni aniqlang

D) Kirish so’z berilmagan

10. Qaysi gap bo’lagining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gapga ajratilishiga asos bo’ladi?

11. Berilgan gaplardan qo’shma gapni aniqlang

A) Yuksak , teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin

B) Quvonarlisi shundaki , Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi

C) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli bbuyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u Garbda dong taratdi

D) Tiling bilan dilingni bir tut

12. Bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap tuzilishiga ko’ra qanday gap sanaladi?

B) Bog’lovchisiz qo’shma gap

D) Ergashgan qo’shma gap

13. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vostalar to’g’ri va to’liq berilgan qatorni belgilang

A) Teng bog’lovchilar, yuklamalr,komakchilar

B) Teng bog’lovchilar , ergashtiruvchi boglovchilar, yuklamalar

C) Bog’lovchilar, komakchilar, yuklamalar

D) Bog’lovchilar , bog’lovchi vazifasidagi vositalar,ohang

14. Ammo, lekin, biroq bog’lovchilari voitasida qanday qo’shma gaplar hosil bo’ladi?

A) Zidlob munosabatli bog’langan qo’shma gaplar

B) Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar

C) Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar

D) Ergash gapli qo’shma gaplar

15. Shuni bilingki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi gapi tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani aniqlang

A) Teng bog’lovchi

D) Shart mayli qo’shimchasi

16. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang

A) Mashrab shuni yaxshi biladiki , o’rtog’I uni aldamaydi

B) Yo yerning kuchi yo’q , yo urug’ yaxshi emas

C) Bu uyda na Ashirdan , na Soatdan – hech kimdan darak yo’q

D) Kun issiq edi , shuning uchun soyada bir oz dam olishni xohladik

17. Rustam supaga joy qildirib berdi-da , o’zi qayyoqqadir ketdi. Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qaysi bog’lovchi vosita yordamida bog’langan?

A) Biriktiruv bog’lovchisi yordamida

B) Ohang yordamida

C) Yuklamalar yordamida

D) Shart mayli qo’shimchasi yordamida

18.Bog’langan qo’shma gaplar qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositalar yordamida birikadi?

A) Teng boglovchilar , ohang

B) Teng bog’lovchilar, bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar

C) Bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar

D) Shart mayli qo’shimchasi, deb so’zi, teng bog’lovchilar

19. Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?

A) Payt , sabab- natija

C) Zid va qiyoslash

D) O’xshatish va qiyoslash

20. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar… Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?

A) Payt , ketma-ketlik

C) O’xshatish – qiyoslash

D) O’zaro zid munosabat

21.Biriktiruv bog’lovchili boglangan qo’shma gap ifodalangan qatorni aniqlang

A) Lolalar uchun oftob yahshidir, Bolalar uchun odob yahshidir.

B) Ko’m ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqaqrib, yeru ko’kni podalarning shovqin suroni tutdi.

C) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.

D) Chor atrofda esardi yellar , Va bog’larda qushlar chiyillar

22. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gaplarning qaysi qismida keladi?

A) Birinchi qism boshida

B) Birinchi qism oxirida

C) Ikkinchi qism oxirida

D) Ikkinchi qism boshida

23. -u , (-yu) , -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida kelganida qo’shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi?

A) Zidlash va ketma- ketlik

B) Zidlash va tenglik

C) Zidlash va inkor

D) Zidlash va bir paytda bo’lganlik

24. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping

A) Yo’l yurib charchagan Roziq ko’rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi

B) Voajab, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi

C) U davra o’rtasiga o’tirdi-da sekin so’zlay boshladi

D) Suni unutmang-ki,yomonlarga yo’ldosh bo’laslik kerak

25. Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini goh…,goh ; dam…, dam; ba’zan… , ba’zan singari boglovchilar bog’lab keladi?

A) Qoshma gap qismlarida voqea –hodisalarning galma- gal ro’y berishini ifodalaganda

B) Qo’shma gap qismlari orasida voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaganda

C) Voqea hodisalar takror amalga oshirilishini bildirganda

D) Qo’shma gap qismlarda o’xsahtish – qiyoslash unosabati ifodalanganda

26. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang

A) Jondan ortiq narsa yo’q , lekin do’stlar uchun jonimiz fido

B) Men kuyladim goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to’qiyman men

C) Men yoki singlim buvimnikada qolamiz

D) U kim bo’lsa bo’lsin , men esa arxitektor bo’laman

27. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping

A) Aka va singil ko’chadagi harakatni goh eshikka chiqib , goh uy derazasidan kuzatishdi

B) Boyagi izg’irin pasaygan, lekin kun sovuq edi

C) Bektemir dam to’xtab , dam xayol surib turgan generalga duch keldi

D) Yo sen ketasan , yo u ketadi

28. Qanday gapga bosh gap deyiladi?

A) Mazmuni izohlanayotgan gap

B) Boshqa gapning mazmunini izohlayotgan gap

C) Ergash gapga tobelangan gap

D) Nisbiy so’zli gap

29. Ergash gapning vazifasi nimadan iborat?

A) Mazmuni izohlanayotgan gap

B) Bosh gapning mazmunini izohlayotgan gap

C) Murakkab qo’shma gapning asosiy qismi

D) Korsatish olmoshi istirok etgan gap

30. Ergashgan qo’shma gap qismlari bilan so’z birikmasi qismlari o’rtasidagi o’xshashlik nimada?

A) Qismlar tarkibida

B) Doimo ergash gapning birinchi kelishida

C) Har ikkalasida ham mazmun asosiy o’rinda emasligida

D) Bog’lovchi vositalarida

31. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan gaplar qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’lanadi”

32.Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida qo’shma gap qismlari o’zaro bog’langanda ergash gap bosh gapdan avval keladi?

A) Sabab-maqsad boglovchilari

B) Qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilari

C) Faqat sabab boglovchilari

D) Shart ergashtiruvchi boglovchilari

33. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin

Berilgan qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi ergashtiruvchi bog’lochilar yordamida bog’langan?

A) Maqsad ergastiruvchi bog’lovchilari

B) Sabab ergashtiruvchi bog’lovchilari

C) Shart ergashtiruvchi bog’lovchilari

D) Qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari

34. “Deb” so’zi yordamida bog’lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

A) II shaxs buyruq mayli shklida

B) III shaxs shart mayli shaklida

C) I shaxs buyruq mayli shaklida

D) III shaxs buyruq mayli shaklida

35.Ergashgan qo’shma gap qismlari “deb” so’zi yordamida bog’lansa , ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?

A) Sharti,natija ma’nosini

B) Maqsad va sabab ma’nosini

C) Holat ma’nosini

D) Daraja- miqdor ma’nosini

36. Deb so’zi yordamida hosil bo’lgan ergashgan qo’shma gapda ergash gapning o’rnini belgilang

A) Bosh gapdan oldin keladi

B) Bosh gapdan keyin keladi

S) Bosh gap o’rtasida keladi

D) Ushbu gap tarkibida ergash gap qatnashmaydi

37. Bosh gap tarkibida ko’rsatish olmoshlari ishtirok etganda , uning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

A) Shart mayli shaklida

B) Uchun ko’makchisi shaklida

C) –ki yuklamasi shaklida

D) III shaxs buyruq mayli shaklida

38. Ko’rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo’llanadi.

A) Ergash gapning tarkibida

B) Bosh gapning tarkibida

C) Teng huquqli sodda gaplar tarkibida

D) Kesim ergash gap tarkibida

39. Qaysi qatordagi ergashgan qo’shma gap tarkibiga ko’rsatish olmoshini o’rnatish mumkin?

A) Siz Hindistonda neni ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib , bir kitob yozmog’ingiz darkor

B) Kim harakat qilsa , u baraka topadi

S) Sen otash ichida urasan javlon ,Dushman qolmasin deb sevgan elimda

D) Odam borki , odamlarning naqshidir, Odam borki , hayvon andin yaxshidir

40. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?

41. Qoshma gap tarkibida qanday so’zlar nisbiy so’zlar sanaladi?

A) Deb , go’yoki so’zlari va uchun ko’makchisi

B) Kim? Nima? so’roq olmashlari

C) Sabab va maqsad ma’nosidagi so’zlar

D) So’roq va ko’rsatish olmashlari

42. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni belgilang

A) Qayerda ahillik bo’lsa , u yreda yutuq bor

B) Shuni sezdimki , oila a’zolari bir-biri bilan ittifoq ekan

C) Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibat qul sifatida kn kechiradi

D) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi

43.Kesimi bosh kelishik shaklidagi olmosh bilan ifodalanmagan kesim ergash gapni toping

A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki , har biringiz alohida-alohida ketasiz

B) Toleim shulki , jahonda bir guliston tanladim

C) Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi

D) Buning natijasi shu bo’ldiki , To’laganning qanshariga musht tushurdi

44.Kesim ergash gapli qo’shma gapni toping

A) Shunisi esimdaki , qo’limdagi toshni kuchim boricha otdim

B) Gap shundaki , Tursunali aka bu institut bilan to’rt yil ishlashga kelishgan

C) Kechqurun maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugagan edi

D) Og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir , to’g’ri so’z-la tilingni beza

45.Kesim ergash gaplar bosh gapga qanday bog’lovchi vosita yordamida bog’lanadi?

A) Deb so’zi yordamida

B) –ki yuklamasi yodamida

C) –sa shart mayli qo’shimchasimasi bilan

D) Nisbiy so’zlar yordamida

46. Quyida berilgan javoblarga ko’ra qanday holatda ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi?

A) Ega ergash gapning o’rni bog’lovchi vositaga bog’liq emas

B) –ki shart mayli vositasida boglanganda

C) Nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda

D) chunki , shuning uchun bog’lobvhi vositalari yordamida bog’langanda

47. Ega ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni belgilang

A) Foydasi shuki , odamlar adolat borligiga ishonadi

B) U qarshilik ko’rsatgan edi , Salimni ko’makka chaqirdim

C) Shoirning tovushi shunday qahrli ediki , navkarlar qorqib ketdilar

D) Shunisi ayonki , kitobsiz inson hayoti bo’m-bo’sh

48.Hol ergash gaplar qanday ma’no turlariga bo’linadi?

A) Ayirish va zidlash

B) Sabab , qiyoslash, biriktiruv

C) Payt,o’rin,sabab ,maqsad , shart, miqdor-daraja

D) Shart , miqdor daraja , galma –galllik, natija

49.Berilgan bog’lovchi vositalardan faqat hol ergash gapli qo’shma gapga tegishligini toping

C) –sa shart mayli qo’shimchasi

D) Bo’lsa , esa so’zlari

50.Bilingki, jim turib salomat bo’lish , gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gap ergashgan qo’shma gaopning qaysi turiga mansub?

A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

B) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap

C) Hol ergash gapli qo’shma gap

D) Ega ergash gapli qo’shma gap

51.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping

A) Sizni qo’rqib ketmasin deb , kechqurun bezovta qilmadik

B) Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqirida g’arq bo’lib ketadi

C) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi

D) Kimki bo’lsa dilozor , undan el-u yurt bezor

52. Azamatlar , shunga nihoyatda xursandmanki , qarigan chog’imda cho’lning husnini ochish uchun ter to’kish menga nasib bo’ldi. Usbu gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?

A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

B) Hol ergah gapli qo’shma gap

C) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap

D) Ega ergash gapli qo’shma gap

53.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gapning aniqlovchisi vazifasida qanday so’zlar keladi?

54. Aniqlovchi ergash gap berilgan qatorni toping

A) Biz istaymizki , barcha ellar bir-biriga yanada yaqinroq bo’lsin

B) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo’lmaydi

C) Oq , pushti, sarg’ish , qip-qizil gullarga qarab , dilimiz yayraydi

D) U shunday odim tashlab ketdiki , oqibatda unga hech kim yetolmadi

55.Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi?

B) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi

C) Muallif gapi faqat ko’chirma gap ichida yoki undan keyin keladi

D) Ko’chirma gap muallif gapidan oldin , keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko’chirma gap orasida kelishi mumkin

56. So’zlashuv uslubining quyidagi turlari mavjud…

Adabiy so’zlashuv va oddiy so’zlashuv

57. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gap tarkibidagi undalmaning o’rni o’zlashtirma gapda qanday b o’ladi?

Chiqish kelishigidagi to’;ldiruvchiga aylanadi

58. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang

A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”

B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”

C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…

D) Kesim gapning markazidir

59. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

60. Nutq usliblari nechaga bo’linadi va ular qaysilar

4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

B

B

C

B

C

D

A

C

C

B

B

C

D

A

C

A

C

B

A

B

D

B

A

B

A

A

A

C

C

A

31

32

33

34

35

36

37

38

39

40

41

42

43

44

45

46

47

48

49

50

51

52

53

54

55

56

57

58

59

60

C

D

A

D

B

A

C

B

D

C

D

A

A

A

C

C

D

C

A

B

A

C

B

C

B

ADABIYOT FANIDAN TEST SAVOLLARI

1. Badiiy adabiyotning asosiy ish qurolini aniqlang.

A) manzara B) fikr C) so‘z D) tuyg‘u

2. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga dahldor sanaladi?

A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B

3. “Qurruyo- qur hayt –a to‘ramning oti” tarzidagi nola kimga tegishli?

A) Oybarchinga B) Oppog‘oyga C) Qaldirg‘ochga D) Qultoyga

4. Azal ham sen abad ham sen, na avval birla oxir kim,

Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Rabg‘uziy B) Navoiy C) Lutfiy D) Atoiy

5. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan D) fojiaviy, dramatik, lirik

6. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq

7. O‘zligidan voz kechmaydigan millat qanday xususiyatga ega bo‘lishi shart?

A) urf- odatiga B) milliy ruhiyatiga C) san’atiga D) milliyligiga

8. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan shoirni ko‘rsating.

A) Xorazmiy B) Rabg‘uziy C) Yugnakiy D) Yassaviy

9. …bu kitobni tuzgan toat yo‘lida tuzgan ma’siyat yabonin kezgan oz- oziqlik ko‘p yozuqlik.

Ushbu jumla qaysi asardan keltirilgan?

A) “Qutadg‘u bilik” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Guliston bit turkiy” D) barchasi

10. Qissalar syujeti bosh qahqamonlari turlicha bo‘lsada, ularni bir siymo birlashtirib turadi?

A) Iso payg‘anbar B) Muso payg‘anbar C) Muhammad payg‘anbar D) Sulaymon

11. “Qissasi Rabg‘uziy”da “Mavlono azza va jalla” deb kimni atashadi?

A) Sulaymonni B) Luqmonni C) ollohni D) zabonni

12. Tegra so‘zining lug‘aviy manosini aniqlang.

A) qo‘ydi B) atrof C) oyoq D) cho‘l

13. Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim . Ushbu jumla qaysi payg’ambar tilidan aytilgan?

A) Sulaymon B) Rasul alayhissalom C) Muso payg‘ambar D) Iso payg‘ambar

14. Adabiyot ilmida saj qanday ataladi?

A) nasrdagi ichki qofiya B) nazimdagi ichki qofiya C) she’riy san’at D) badiiy tuzilish

15. Xamsachilikni boshlab bergan ulug‘ xamsanavisni aniqlang.

A) Jomiy B) Ganjaviy C) Sheroziy D) Dehlaviy

16. Nizomiyning “Maxzan ul-asror” hamdnomasi kimga bag‘ishlangan?

A) Faxriddin Bahromshohga B) Firdavsiyga C) Rumiy D) Jomiyga

17. Ganjaviy Iroq hukmdori To’rg‘ul II ning topshirig‘iga ko‘ra qaysi asarini yaratdi?

A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav va Shirin”C) “Haft paykar” D) “Panj ganj”

18. Shirvonshoxlardan Axsatan I Nizomiyga qanday doston yozishni buyuradi?

A) “Layli va Majnun” B) “Xusrav va Shirin” C) “Maxzan ul-asror” D) Ava B

19. Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning buyrug‘iga binoan yaratilgan?

A) Faxrididdin Attor buyrug‘iga binoan B) Axsatan I buyrug‘iga binoan C) Turg`ul II buyrug‘iga binoan D) Alauddin Ko‘rpa Arslon buyrug‘iga binoan

20. Buyuk xansanavis Xusrav Dehlaviyning asl vatani qayer edi?

A) Dehli B) Qobul C) Shaxrisabiz D) Samarqand

21. Nizomiy Ganjaviy “Maxzan ul-asror” nomli asarini kimga bag‘ishlab yozgan?

A) Iroq hokimi To‘g‘rul II ga B) Shirvonshohlardan Axsatan I ga C) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga

22. Qaysi ulug‘ shoir o‘z “Xamsa”sini 28 yil davomida yozib tugatgan?

A) Nizomiy Ganjaviy B) Alisher Navoiy C) Abdurahmon Jomiy D) Xusrav Dehlaviy

23. “Xamsa” dostoni qahramonlaridan qaysi biri tug‘ma ishq ta’sirida g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan inson sifatida tasvirlanadi?

A) Majnun B) Bahrom C) Qays D) Ko‘hkan

24. “Farhod va Shirin” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) hazaji musaddasi mahzuf B) hazaji musammani solim C) ramali musaddasi mahzuf D) ramali musammani solim

25. Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni haqida qanday ta’rif keltiradi?

A) “sehrli doston” B) “ishqiy doston” C) “shavq dostoni” D) “sevgi haqidagi eng go‘zal doston”

26. “Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning qanday orzusi ifodalanagan?

A) komil inson haqidagi orzusi B) adolatli podsho haqidagi orzusi C) dunyoviy muhabbat haqidagi orzusi D) hech qanday orzu ifodalanmagan

27. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi?

A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) “Saddi Iskandariy”

28. Bobur “Boburnoma” asarida Andijon tasvirini keltirayotganda musiqa ilmida mashhur bo‘lgan kishi nomini keltirib o‘tadi. Ushbu zot nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Yusuf Xoja B) Xoja Ismoil Xartang C) Imom al-Buxoriy D) Ulug‘bek

29. “Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vale’ ikki meva Samarqanddin mashhurdir” “Boburnoma”dan olingan yuqoridagi parchada qaysi mevalar haqida gap bormoqda?

A) sebi Samarqand, sohibi Samarqand B) noshvoti va uzum C) qovun va uzum D) olma va anor

30. Bobur “Boburnoma”da qayerga to‘qqiz ariqdan suv kirishini va bittasini ham chiqib ketmasligini aytib o‘tadi?

A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva

31. Bobur “Boburnoma”da qayerning yetti shaharchasi borligini ta’kidlaydi?

A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva

32. Memuar asarlarning qanday turlari ko’proq uchraydi?

A) ilmiy va badiiy B) tarixiy va ilmiy C) publitsistik va tarixiy D) badiiy va tarixiy

33. O‘zbek adabiyotidagi memuar asarlarning nodir namunasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Oybek “Bolalik”, G‘.G‘ulom “Shumbola” B) A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”, Jonatan Svift “Guliverning sayohatlari” C) Oybek “Bolalik”, A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” D) barchasi

34. Mashrab hayotiga oid so‘ngi ma’lumotlar bizgacha qaysi asar orqali yetib kelgan?

A) Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asari orqali B) Jaloliddin Yusupovning “Mehribonim qaydasan” asari orqali C) Mashrabning “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari orqali D) Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron” asari orqali

35. Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asari qanday tusdagi asarlar sirasiga kiradi?

A) badiiy-ahloqiy asar B) diniy-falsafiy asar C) diniy va ilmiy asar D) A va B

36. Arz so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ti berilgan?

A) lochin B) ishonarli C) yer shari D) qiynamoq

37. Boborahim Mashrab o‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa o‘sha joyni ziyorat qilib odamlarning suyaklarini ko‘rib qanday so‘zlarni aytib yig‘lab yurar edi?

A) Ey odamzod, boradigan joying shu bo‘ldimi B) Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadigan ish bu C) Ey odamzod, safaringni yakunimi bu D) to‘g‘ri javob keltirilmagan

38. Boborahim Mashrabdagi g‘amginlik “Xamsa” dostoning qaysi qahramonlari g‘amginligiga o‘xshab ketadi?

A) Iskandar B) Qays C) Abu Salom D) A, B

39. Boborahim Mashrabning nisbatan mukammal she’riy to‘plamini nashr etilishida qaysi adabiyot jonkuyarining xizmati beqiyos hisoblanadi?

A) Said Ahmad B) Jaloliddin Yusupov C) Oybek D) G‘.G‘ulom

40. Tasavvuf ta’limotining maqsadi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) komil insonni tarbiyalash B) so‘fiylikni targ‘ib etish C) ruhiyatni poklash D) barchasi

41. Abdulla Qodiriyning ilk bor NKVD tomonidan qamoqqa olinishiga qaysi maqola sabab bo‘lgan?

A) “Matbuot kuni” B) “Yig‘indi gaplar” C) “1918- yil yodgori” D) “Yangi masjid va maktab”

42. “Oybek butun yoz ichi bog‘dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk ijod egasi edi. Shuning uchun ham u o‘ta tahlikali va fojiali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotida “Qutlug‘ qon”day go‘zal va o‘lmas bir asar yaratdi”. Oybek haqidagi ushbu xotira kimga tegishli?

A) Zarifa Saidnosirovaga B) Zulfiyaga C) A.Qahhorga D) O.Yoqubovga

43. Adabiy qahramonlarnning hayoti davomida bir qadar o‘sishi adabiyotshunoslikda qanday ataladi?

A) personoj B) dinamika C) tashxis D) pafos

44. She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,

Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.

Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,

Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

45. O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.

Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.

Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,

O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?

A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor

46. O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am g‘amchil o‘y” olib kirgan adib to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.

A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) E.Vohodov D) Zulfiya

47. 1921- yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tamonidan adabiyotshunoslikka kiritilgan tushuncha qaysi qatorda berilgan?

A) lirik qahramon B) xarakter C) personaj D) badiiy to‘qima

48. O‘tgan asrning 60-80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim?

A) Rauf Parfi B) Abdulla Oripov C) Azim Suyun D) Usmon Azim

49. Shekspirning umri mobaynida yaratgan dramatik asarlari va sonetlari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

A) 35 dramatik asar, 154 sonet B) 36 dramatik asar, 154 sonet C) 30 dramatik asar, 130 sonet D) 154 dramatik asar, 36 sonet

A) Kassio B) Emelya C) Dezdemona D) Yago

50. Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinadi” deya o‘z tarjimai holini bayon qilgan shoirni aniqlang.

A) Mirmuhsin B) Abdulla Oripov C) H.Sharipov D) Ch.Aytmatov

51. Aytmatov kimni “U men uchun bitmas tuganmas ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning xazinasi edi” deb ta’riflaydi?

A) onasini B) bobosini C) buvisini D) amakisini

52. Ch.Aytmatov tarjimai holida keltirilishicha ovuldagi bolalar qanday holatda kattalar tomonidan qattiq izza qilinadi?

A) o‘z avlodi haqida gapirolmasa B) bobolarini bilmasa C) o‘z ajdodlarining kasb korini bilmasa D) barchasi

53. Qaysi ijodkorning buvisi uni har yozda tog‘ga olib ketishini ta’kidlaydi?

A) Abdulla Oripov B) Ch.Aytmatov C) Mirmuhsin D) O. Yoqubov

54. Ch.Aytmatov ertak qo‘shiqlarning bitmas tuganmas manbai deb kimni tariflaydi?

A) otasi B) onasini C) buvisi D) barchasi

55. “U ovuldagi hurmatli ayollardan biri edi” Ushbu jumlalarda Ch.Aytmatov kimni tariflagan edi?

A) otasi B) onasini C) buvisi D) Ko‘cha biyi

56. Ch.Aytmatov bolaligini buvisi nimalar bilan bezaganini qayd etadi?

A) ertaklar B) qo‘shiqlar C) dostonlar D) barchasi

57. “Asrga tatigulik kun” romanidagi Nayman ona mingan tuyaning nomini aniqlang.

A) Oq o‘rkash B) Qoranor C) Oqmoya D) to‘g‘ri javob yo‘q

58. Qaysi adib manqurt so‘zini o‘z asarlarida ilk bor ishlatgan?

A) O‘tkir Xoshimov B) Rasul Hamzatov C) Said Ahmad D) Chingiz Aytmatov

59. “Asrga tatigulik kun” romani qachon yozilgan?

A) 1977- yil B) 1978- yil C) 1979- yil D) 1980- yil

60. “Asrga tatigulik kun” romanidagi ziyoli ilg‘or fikrli zamonaviy manqurtni aniqlang.

A) Buronli B) Kazangap C) Sobitjon D) Do‘nan boy

61. Qaysi asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi?

A) “O‘tkan kunlar” B) “Asrga tatigulik kun” C) “Mehrobdan chayon” D) “Ulug‘ yo‘l”

62. Insondagi insoniy qiyofani belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) o‘zlikni anglash B) o‘zgani anglash C) tarixiy ildizlarni bilish D) A, B, C

63. Tarixiy ildizlarni bilish undan faxrlanish insonga xos qanday xislatlarni belgilaydi?

A) insoniy qiyofani B) etnografiya C) ehtiroslarni D) tarixiy haqiqatni

64. “Musibatnoma” muallifi G.Narikatsi qaysi xalq vakili edi?

A) Ozarbayjon B) Arman C) Ingliz D) Rus

65. Qaysi yozuvchi o‘z romani haqida ko‘nglimning eng tubidagi yuksak ezgu tuyg‘ular bu romanda ifoda etilgan deb tariflaydi?

A) G.NarikatsiB) Chingiz Aytmatov C) Pushkin D) A, B

66. Yunoncha ehtiros hissiyot ma’nolarini bildiruvchi so‘zni aniqlang.

A) remarka B) pafos C) pezaj D) barchasi to‘g‘ri

67. Asarga singib ketgan, undagi baddiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘tarinki ruh …

A) fabula B) remarka C) barchasi to‘g‘ri D) pafos

68. “Asrga tatigulik kun” romanidagi oddiy temir yo‘lchining nomi qaysi qatorda berilgan?

A) Sobit B) Do‘nan boy C) Edigey D) Ozoda

69. Sog‘lom tamoyillar asosida rivojlangan adabiyot qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) sho‘ro adabiyoti B) Istiqlol adabiyoti C) XIV asr adabiyoti D) barchasi

70. Bugungi kunda milliy adabiyotimizning yetakchi turi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) she’riyat B) dramaturgiya C) proza D) komediya

1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari

SURXONDARYO VILOYATI DENOV TUMANIDAGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT” YO’NALISHI III-КУРС 307 –GURUH TALABASI ALIMOVA XOSIYATНИНГ ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI FANIDAN TAQDIMOTI

Reja:

2. Qo’shma gap turlari

3. Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkasi

Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha.Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkasi

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.

Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot

Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.

Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan.

Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlari, kimu, qandayshunday, qanchashuncha, qaysio‘sha, qayerdau yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar

Maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so‘zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo‘laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ulik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gaplar o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘langan, ularning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.

Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘didon yog‘di. (O‘xshatish)

Bog‘lovchili qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh.)

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibida tinish belgilari quyidagicha qo‘llanadi:

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning hayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. Politsmeyster zinada to‘xtadi; uning basharasi yovuz va quturgan edi. (O.)

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismining sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: Ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz.

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro zidlik, o‘xshashlik yoki shart munosabatiga kirishgan bo‘lsa, ular orasiga tire qo‘yiladi: Qor yog‘didon yog‘di. Yoshim yetmish ikkidao‘zim yigitman.

Bog‘langan qo‘shma gaplar

Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.

Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.

2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.

2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.

3) Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi, ayiruv bog‘lovchilar yakka qo‘llansa, tinish belgisi qo‘yilmaydi.

4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.

4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.

5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi. (A.Qod.)

1

  • Asosiy adabiyotlar:
  • Abdurahmonov G‘. Qo‘shm agap sintaksisi asoslari. T., fan, 1958 yil.
  • O‘zbek tili grammatikasi. II tom Sintaksis. T.,1976 yil.
  • Abdurahmonov G‘. Sulaymonov H. Holiyorov X. J.Omonturdiyev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 1976 yil.
  • G‘ulomov A.G‘. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 1987 yil.
  • www.ziyonet.uz
  • www.slayd.arxiv.uz

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

Atov gaplar

Tong psishasi. Kech kabi suz va suz birikmalari mustaqil gap bulib hisoblanadi. Bunday gaplar atov gaplar sanaladi. Atov gaplarda fikrning tugalligi ohang orqali ifodala- nadi. Bu turdagi gaplarda ohang birinchi darajali ahami- yatga ega. Oddiy suz yoki suz birikmasi ohang tufayli gapga aylanadi. Masalan:

Qish chillasi. Qor. Qor…

Oppok, sukunatda jaranglar qishlok,.

Atov gaplar bir suzdan va bir necha suz birikmalaridan tuziladi. Atov gaplar yolgiz kelmaydi. Ulardan keyin kelgan tuliq gaplar mazmunni davom ettiradi.

Tinch ohang bilan aytilgan atov gaplardan sung nuqta (.) quyiladi: Tun. Sokin tun. Qalblarni ezuvchi jimlik…

His-hayajon bilan aytilgan atov gaplardan keyin undov belgisi (!) quyiladi: Quzgolon! Ozodlik uchun kurash!

  • mashq. Quyida berilgan gaplarni ogzaki takhlil qiling. Bir bosh bulakli gaplarning turini ayting.
  1. Avval miyani tuldirish kerak, qorinni miyaning uzi tuydirib oladi. (Yaponmaqoli) YO ilmli bul, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bul. (X) 3. Sovib qolgan dustlikni isi- tib bulmaydi. (Legove) 4. Onasin quyniga bosh quyib asta, miriqib, beozor ukhlaydi qizim. (B.B.) 5. Bevafolik qilsa dusting mabodo, davosin topmaysan ikki dunyoda. (B.B.) 6. Dushmaningdan qurqma, dushmanga aylangan dustingdan qurq. (U.H.) 7. Haqikatni mayib qilish mumkin, ammo uldirib bulmaydi. (U.H.) 8. Yakhshilar ketidan agar choparsan, istaging, bakhtingni shunda toparsan. (S.) 9. Oydin. Tiniq kum-kuk zumrad kecha. 10. Yarim tun. Ovuldan yulchi utmokda,

Tulpor tuyogidan chaqnaydi toshlar. (A.O.)

Mashq. Uqing. Bir bosh bulakli gaplarni ikki bosh bulakli gaplarga aylantirib kuchiring va sintaktik tahlil qiling.

  1. Turt yosh bulsam kerak, meni qishloq machitidagi maktabga eltib quydi. (S.YaD 2. Otishma bulayotgan tomonga qarab uquza boshladilar. 3. Ayolni kamsitgan kimsani odam hisoblamang.
  2. Menga soy buyidan er bermoqchi edi. 5. Bemahalda nima qilib yuribsiz, qizim? Qishlokda endi boshimni qanday kutarib yuraman? 7. Maktubingizni oldim. Tashakkur! 8. Haqiqiy dust-ga sodik bul, khiyonat qilma. 9. Kuklam… Qishloq ahli dalaga chiqib ketgan.
  • mashq. Badiiy va publisistik asarlardan, maqollardan bir bosh bulakli gaplarning har bir turiga 2 tadan misol topib yozing.
  • mashq. Quyidagi test savollarining tugri javobini belgilang.
  1. Qaysi qatorda shakhsi malum gapning qoidasi tugri berilgan?
  2. Mazmunan har uchala shakhsga taalluqli gap shakhsi malum gap deyiladi.

B. Gapning kesimiga bosh kelishik suroqlarini berib, egasini aniqlash mumkin bulgan gap shakhsi malum gap deyiladi.

  1. Egasini topib bulmaydigan gap shakhsi malum gap deyiladi.

G. Grammatik asos orqali ifodalangan narsaning borligini, mavjudligini anglatadigan gap shakhsi malum gap deyiladi.

  1. Qaysi katorda shakhsi umumlanpan gapning koidasi tugri berilgan?
  2. Gapning kesimiga bosh kelishik suroqlarini berib, egasini aniklash mumkin bulgan gap shakhsi umumlashgan gap deyiladi.

B. Mazmunan khar uchala shakhsga taalluqli gap shakhsi umumlashgan gap deyiladi.

  1. Egasini topib bulmaydigan gap shakhsi umumlashgan gap deyiladi.

G. Grammatik asos orqali ifodalangan narsaning borligini, mavjudligini anglatadigan gap shakhsi umumlashgan gap deyiladi.

  1. Qaysi katorda shakhssiz gai berilgan?
  2. Dam olish kuni ekskursiyaga bordik.

B. Khurmat qilsang, hurmat topasan.

  1. Ilmni mekhnatsiz egallab bulmaydi.

G. Hoji buvi Acha khoda aytgandek uglini kutdi.

B. Atrof oppoq qor bilan qoplangan.

  1. Oppoq qor. Izgirin.

G. Avval uyla, keyin suyla.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.