Boy bo lishning 15 siri (Napoleon Xill: qashshoqlikning sababi miyangizda)
«Balki siz ham bilarsiz. dunyo yaralganidan buyon hozirgacha ma’lum bo’lgan barcha buyuk arboblar orzumand bo’lishgan».
Qanday buyuk bo’lishgan
4’581 подписчиков
1’787 просмотров на пост
“Tirilish” nashriyoti dunyodagi eng sara, manfaatli kitoblarni ona tilimizga tarjima qilib, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etadi.
t.me/iBook_uz kitoblar doʻkonining rasmiy nashriyot kanali
Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации
Что это дает?
- Детальная аналитика 3’032’784 каналов
- Доступ к 945’553’010 рекламных постов
- Поиск по 2’337’297’805 постам
- Отдача с каждой купленной рекламы
- Графики динамики изменения показателей канала
- Где и как размещался канал
- Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me Подписаться
Аналитика телеграм-каналов – обновления инструмента, новости рынка.
Найдено 515 постов
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2023-01-04 10:14:51 | Показать пост |
2’792 0 |
Islomshunos va bloger Abdulaziz Muhammadning “Barbarossaning 101 tilsimi” asari haqidagi fikri.
Siz bu kitobni oʻqidingizmi?
Видео/гифка
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-31 05:51:04 | Показать пост |
3’416 0 |
Ibn Sino Arastuning ” Metafizika” kitobini oʻqib chiqqanida undagi biror narsani tushunmagan ekan. Shundan soʻng uni 40 marta oʻqib, yodlab oladi, ammo yana hech narsani tushunmaydi. Hatto 3 dirhamga qogʻoz bozordagi dalloldan Farobiyning kitobini olib, uni oʻqib chiqishga majbur boʻladi. Farobiyning sharhida Arastu “Metafizika” kitobida nima demoqchi ekanligi batafsil keltirilgan edi. Shundan keyingina Arastu nimani nazarda tutganligini soʻzma-soʻz, harfma-harf tushunib yetadi.
“Qanday buyuk boʻlishgan?” kitobidan
Sa’d Saud al-Kariboniy
Biz buyuk insonlarning faqat buyuk ishlarinigina bilamiz.
Ungacha qanday yoʻllarni bosib oʻtganlarini emas.
Bu kitobda chin ma’noda oʻsha buyuklikkacha boʻlgan yoʻllar keltirilgan.
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-26 07:39:28 | Показать пост |
2’868 0 |
2023-yilgi rejalar haqida gaplashamizmi.
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-23 13:42:07 | Показать пост |
2’752 0 |
Kim eshitmay qolgandi? Eshitmay qolganlarga yuborib qo’yavering.
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-22 17:26:35 | Показать пост |
568 0 |
Onlayn taqdimotni oʻtkazib yubormang
Spiker: @Tirilishuz menejeri Muhammad Amin Mirsaidov.
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-21 13:50:54 | Показать пост |
3’578 0 |
O’z farzandlariga rahm qilib, ularni ortiqcha himoya qiladigan oila keyinchalik farzandini jamiyatning orqasida yuruvchi va iste’molchi yoshlariga aylantirib qo’yishadi. O’z farzandlariga qiyinchiliklarni ravo ko’radigan, qalblariga sabr qilish xususiyatini joylaydigan oiladan keyinchalik jamiyatni boshqaradigan dunyoning buyuk va mutafakkirlari yetishib chiqadi.
“Qanday buyuk bo’lishgan?” kitobidan
Sa’d Saud al-Kariboniy
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-21 10:50:25 | Показать пост |
2’806 0 |
DIQQAT❗
KITOBXONMISIZ? DEMAK, USHBU POSTNI OXIRIGACHA O’QIMASANGIZ BO’LMAYDI))).
@IBook_uz da “Bir oyda bir kitob” loyihasiga yana start berilmoqda
❓Bu qanday loyiha deysizmi?
❗Endi siz har oy biz bilan bitta manfaatli kitob o’qishingiz va musobaqada qatnashib, g’olib o’laroq ajoyib sovg’alarga ega bo’lishingiz mumkin.
✅Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:
1⃣ Dastlabki bosqichda loyiha koordinatori (@Tirilish_admin) ga murojaat qilib, ro’yxatdan o’tishingiz kerak;
2⃣ Keyingi bosqichda tanlangan kitob yuzasidan har bir kitobxon taqriz yozib, muhokama kuni tugagunga qadar koordinatorga o’sha kitobning kreativ rasmi bilan yuborishi lozim;
3⃣ So’nggi bosqichda esa ishtirokchilar koordinator tomonidan tuzilgan test savollariga javob yozishlari kerak bo’ladi.
Bunda⤵️:
Test savollariga eng birinchi bo’lib to’g’ri javob yo’llagan dastlabki uch ishtirokchi g’olib deb e’lon qilinadi.
G’oliblarga:
1–o’ringa @iBook_uz do’konidagi kitoblar uchun 100 ming so’mlik vaucher;
2–o’ringa @iBook_uz do’konidagi kitoblar uchun 50 ming so’mlik vaucher;
3–o’ringa loyihaning keyingi sonidagi muhokamaga qo’yiladigan kitobi hamda bir martalik 10% lik chegirma
TAQDIM ETILADI.
Eslatma: Loyihamizning ushbu oyidagi soni uchun Sa’d Saud al-Kariboniyning “Qanday buyuk bo’lishgan?” kitobi tanlandi!
✅ “Bir oyda bir kitob” tanlovida ishtirok etishni istaganlar @BirOydaBirKitob_rasmiy sahifasiga a’zo bo’lishi talab qilinadi. Tanlov shu sahifada tashkil etiladi.
BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ. ♂
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-20 19:03:16 | Показать пост |
2’517 0 |
“Barbarossaning 101 tilsimi” kitobi bo’yicha tashkil etilgan taqrizlar tanlovi NATIJALARI!
Qadrli tanlov ishtirokchilari, nihoyat intiq kutilgan natijalar chiqdi. Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ilmga bo’lgan harisligingiz hech qachon so’nmasin.
1-o’rin egasi – Sardor Norboyev
2-o’rin egasi – Abdulaziz Shuhrat o’g’li
3‐o’rin egasi – Ibodullayev Sherzod
Yana bir bor barcha ishtirokchilarga tashakkur. Juda kichik tafovutlar bilan siz ko’rib turgan natijalarda to’xtaldik. Aslida barcha ijod namunalari o’zgacha go’zal. Kimnidir qalb go’zalliklarini kashf eta olmagan bo’lsak, uzr so’raymiz. Zotan qalblarning haqiqiy kashshofi yolg’iz Allohdir.
G’olib va sovrindorlar o’z mukofotlarini olish uchun @Tirilish_admin akkauntiga murojaat qilishlari lozim.
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-20 16:50:29 | Показать пост |
2’524 0 |
“Qanday buyuk bo’lishgan?” kitobining onlayn TAQDIMOTI!
Spiker: @Tirilishuz nashriyoti menejeri Muhammad Amin Mirsaidov
Sana: 22-dekabr, payshanba
Vaqti: Soat 20:30 da
Suhbat manzili: @Ilm_nur_kutubxonasi telegram sahifasi
Barcha kitobxonlarni ushbu manfaatli onlayn uchrashuvga taklif etamiz.
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-20 11:42:54 | Показать пост |
2’461 0 |
Jadid bobolarimizning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi kurashi barchamiz uchun, yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lishi zarur. Jadid bobolarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda davom etamiz
© O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va o’zbek xalqiga Murojaatnomasidan
Telegram | Instagram
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-20 09:24:00 | Показать пост |
2’458 0 |
Vodiylik kitobxonlar diqqatiga!
@Tirilishuz barchangizni navbatdagi “Mona Liza tabassumi” kitobi taqdimotiga taklif qiladi!
Taqdimotda siz adabiyot va ijod borasidagi ajoyib fikrlardan bahramand bo’lishingiz, kitobxonlar bilan fikr almashishingiz va eng asosiysi, kitob yarmarkasidan ajoyib kitoblarni chegirma narxida xarid qilishingiz mumkin.
Mehmon: Yozuvchi Sherzod Ortiqov
Taqdimot kuni: 22-dekabr
⏳Vaqti: 13:00
Manzil: Namangan shahri, “Yoshlar ziyo maskani” kutubxonasi
Barchangizni kutamiz!
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-18 15:01:30 | Показать пост |
2’601 0 |
Va nihoyat SOTUVDA!
Muallif: Sa’d Saud al-Kariboniy
Kitob nomi: “Qanday buyuk bo’lishgan?”
Narxi: 25 ming so’m
Sahifalar soni: 168
Buyurtma berish uchun: @iBook_Uzbekistan
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-18 14:42:28 | Показать пост |
2’411 0 |
Yangilikka tayyormisiz?
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-18 11:54:29 | Показать пост |
2’471 0 |
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, “Barbarossaning 101 tilsimi” kitobi bo’yicha tashkil etilgan taqrizlar tanlovining natijalari ma’lum sabablarga ko’ra, 20-dekabr soat 21:00 da e’lon qilinadi.
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-18 06:52:05 | Показать пост |
2’629 0 |
“Qanday buyuk bo’lishgan?” kitobidan
✍️ Sa’d Saud al-Kariboniy
Telegram | Instagram
Видео/гифка
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-17 10:57:40 | Показать пост |
2’826 0 |
Unga ta’zim qilganlarni ko’klarga ko’tarib maqtar, yo’liga yurmaganlarni esa yerga kiritishga urinardi. Bunaqa munaqqidlar bor mamlakatda adabiyot taraqqiy etadimi? U bir dushman edi. Kitob qotili edi.
✍️ “Atirgul o’g’risi” kitobidan
Изображение
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-16 18:33:56 | Показать пост |
2’959 0 |
Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” kitobiga TAQRIZ!
Mustafo Cho’qay faqat turkistonlik muhojirlar o’rtasidagina emas, balki G’arbdagi, ayniqsa, Olmoniya va Turkiyadagi sharqshunos olimlar dunyosida ham katta obro’ qozongan, yuksak nufuzga ega bo’lgan zotdir. Alloma bu e’tirofga bir paytlar Turkiston muxtoriyatining boshida turgani uchungina emas, balki Turkiston mustaqilligi yo’lida fidokorona faoliyati tufayli erishgan.
Mustafo Cho’qay chet ellarda “Turkiylarning buyuk milliyotchisi va yurtsevarlaridan biri ” deb e’zozlanishiga sabab tahlikali davrda faqat o’z manfaatini o’ylamasdan, yurt istiqloli uchun mardonavor kurashganligidir. Asar allomaning o’z ko’zi bilan ko’rgan hamda bevosida ishtirok etgan 1917-yilda boshlangan Rossiyadagi va Turkistondagi siyosiy vaziyat haqidagi haqiqatlardan iborat. Bu asar “Hurriyat berilmas , olinur” iborasiga yaqqol dalildir. Istiqlol jallodlari faqat rus bosqinchilari emas, balki turkiylarning o’zidan chiqqan sotqinlar, manfaati yo’lida hech narsadan tap tortmaydigan kimsalar va yurtning ertasiga befarq insonlar hamdir. Mustafo Cho’qay bir qurultoyda bolsheviklar tazyiqidan hech qo’rqmay shu so’zlarni aytadi:
“Kuch siz tarafda. Bizda esa hozirda o’z milliy haqqimizni taniganlikdan boshqa kuch yo’q. Siz bu kurashda bizni yengib chiqishingizga hech shubha yo’q. Shu bilan birga sizning hokimiyat haqqingizni, Turkistonda Sovet hokimiyatini tanishni rad etamiz”.
Bu tuzumga nisbatan oshkora isyon edi. Rus hokimiyati allomani hurfikr qarashlari uchun qattiq taqib ostiga oldi, “bosmachilar rahnamosi” deya aybladi. Zero, haqiqiy bosmachilar ularning o’zlari edi. Millatimiz esa birlasha olmadi. Muxtoriyatning o’zida ham ajralishlar ro’y berdi. “Sho’royi Islomiya” va “Ulamo jamiyati” o’rtasidagi kelishmovchiliklar ham rus hokimiyatining yutug’i edi. Shuning uchun ham muxtoriyatning umri qisqa, 72 kungina bo’ldi. Shu qisqa davrda hurriyatning erkin shabadasi esishi uchun ko’plab hurfikr ajdodlarimizning qoni to’kildi va bu hozirgi mustaqil zamonning tamal toshlaridan biri edi.
✍️ Qodirova Munisa
Tirilish | Nashriyot : 4’581 | на пост: 1’787 | ER: 27.2% Публикации Упоминания Аналитика 2022-12-15 18:15:24 | Показать пост |
2’760 0 |
“Book Festival”da sizni kutib qolamiz!
16-dekabr kuni soat 14:00da “Sodiq School” xususiy maktabida kitob festivali boʻlib oʻtadi va ushbu tadbirda sevimli nashriyotingiz ham ishtirok etadi.
Festival davomida sizni:
– o’ziga xos kitobxonlik atmosferasi;
– kitoblar haqida maʼlumot olish;
– ajoyib kitoblarni xarid qilish;
– “Osmondagi bolalar” loyihasi ishtirokchilari bilan suhbat kutib turibdi.
Tadbir manzili: Sodiq School
Festivalda koʻrishguncha
Boy bo’lishning 15 siri (Napoleon Xill: qashshoqlikning sababi miyangizda)
Sakson yilcha ilgari jurnalist Napoleon Xill boylikka erishishning sirli kalitini topishga qaror qildi. Uning bu urinishi bejiz ketmadi va Xill darhol bestsellerga aylanib ketgan va hozirda ham ko’plab nusxada sotiladigan «O’yla va boy bo’l» deb nomlanuvchi kitobini chop etdi. Uning kitobida «pul», «moliya» yoki«aktsiya» haqida so’z bormaydi.
Xillning fikricha, qashshoqlikning sababi miyamiz ichida.
Muallif e’tiborini ko’pchiligimizning boy bo’lishimizga to’sqinlik qiluvchi fikrlarga qaratadi. Va uning bu qarashi hozirda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan
Quyida Napoleon Xillning kitobidan iqtiboslar keltirilgan.
«Inson muvaffaqiyatga erishguniga qadar albatta vaqtinchalik mag’lubiyatlar va ehtimol jiddiy inqirozlar bilan to’qnashadi. Muvaffaqiyatsizlikdan qutulishning eng oddiy va mantiqiy yo’li – barchasidan voz kechishdir. Aksariyat kishilar aynan shunday yo’l tutadilar».
«Balki siz ham bilarsiz. dunyo yaralganidan buyon hozirgacha ma’lum bo’lgan barcha buyuk arboblar orzumand bo’lishgan».
«Agar biror narsani amalga oshirmoqchi bo’lsangiz – uni bajaring».
«Boylik u haqda o’ylashdan boshlanadi! Uning miqdori boylik haqida o’ylashni boshlagan inson tomonidangina chegaralanishi mumkin. Ishonch esa chegaralarni olib tashlaydi!»
«Maktabni bitirishi bilan o’qishni to’xtatgan inson mavqei qanday bo’lishidan qat’i nazar o’sishdan to’xtaydi. Muvaffaqiyat sari yo’l doimiy ravishda bilim olishdadir».
«Agar birinchi rejangiz muvaffaqiyat keltirmasa, boshqa rejaga almashtiring; yangi rejangiz ham omadsizlikka uchrasa, yana boshqa reja bilan almashtiring va muvaffaqiyatli rejani topmaguningizcha shunday holda davom eting».
«Agar maqsadga erishmasdan taslim bo’lsangiz, siz – «mag’lub»siz. Mag’lublar hech qachon g’olib bo’lishmaydi, g’oliblar esa hech qachon taslim bo’lishmaydi».
«Hayotda ko’pchiligimiz omadsiz sifatida yo’l bosib o’tamiz, chunki biror arzirli narsani boshlash uchun doimo «qulay vaziyat»ni kutamiz. Kutmang. «Qulay» vaziyat hech qachon kelmaydi. Hoziroq boshlang, o’zingizdagi bor imkoniyatlarni ishga soling, yaxshi imkoniyat esa harakatingiz davomida paydo bo’ladi».
«Omadsizlikka uchragan 25000 nafardan ortiq erkak va ayollarni o’rganib chiqish jarayonida ma’lum bo’ldiki, omadsizlikning asosiy 30ta sababi ichida qat’iyatning etishmasligi deyarli asosiy o’rinni egallar ekan. Bu shunchaki nazariy ta’kid emas – bu fakt. Kim darhol qaror qabul qilsa va nimani istayotganini bilsa, bunga albatta erishadi».
«O’ta ko’p gapiradigan odam odatda oz ish qiladi. Agar siz tinglashdan ko’ra ko’proq gapirsangiz, siz o’zingizni nafaqat foydali bilim olish imkoniyatidan mahrum qilgan bo’lasiz, balki sizga hasad qiluvchi insonlarga o’z maqsad va rejalaringizni oshkor ham qilasiz».
«Kambag’allik o’rnini boylik egallasa, buning sababi yaxshi o’ylangan va amalga oshirilgan rejadadir. Kambag’al bo’lish uchun reja shart emas. Kambag’allik o’ziga ishongan va berahmdir. Boylik esa uyatchan va hurkakdir. Uni asta-sekin jalb qilish lozim».
«Ongni ijobiy va salbiy hissiyotlar bir vaqtning o’zida egallashi mumkin emas. Ulardan qaysi biridir ustunlikka ega bo’ladi. Sizning burchingiz ongingizni ijobiy fikrlar egallaganiga ishonch hosil qilishdir».
«Insoniyatning eng asosiy ojiz tomonlaridan biri shundaki, har bir inson «imkonsiz» degan so’z bilan tanish. U amalga oshirib bo’lmaydigan barcha qoidalarni biladi. U qilish mumkin emas bo’lgan barcha narsalarni biladi. bir necha yil oldin men lug’at kitobi sotib oldim. Va birinchi qilgan ishim «imkonsiz» degan so’zni topish va uni qirqib olish bo’ldi. Siz ham shunday qilsangiz yaxshi bo’ladi».
«Ayrim odamlar faqat pul bo’lsagina pul topish mumkin degan ahmoqona fikrda bo’ladilar. Bu noto’g’ri! Xohish – pul topishning yagona vositasi mana shu. Aslida pul hech narsa emas, shunchaki inert buyum. U harakatlanmaydi, fikrlay olmaydi, gapirmaydi, lekin uni chaqirayotgan odamni «eshitadi»!
«Dunyoda har qanday halol inson farovonlikka erishishi uchun barcha erkinlik va imkoniyatlar mavjud. Ovga chiqqan odam albatta qaerda ko’p o’ljaga ega bo’lish mumkin bo’lsa, o’sha erga boradi. Boylikka intilganda ham mana shu qoidaga amal qilish lozim».
-
Hech qachon aytish kerak bo’lmagan 9 ta ibora(5109)Xitoyda o‘quvchi qiz 20 nafar sinfdoshiga kalamushni o‘ldiradigan zahar ichirdi(4573)To‘y mavsumi avjiga chiqdi: sovchilikning qiziqarli usullari(3694)Keksalar taomnomasi(4315)Erkaklar Nazdida Orzudagi Ayol Qanday Bo‘lishi Kerak?(8818)Soat Nechada Tug‘ilgansiz? (O’zingizni O’rganing)(25078)Boy Bo’lish Uchun Qanday Fikrlash Lozim?(12439)Ishdаgi Muvаffаqiyat Hаftа Kunigа Bоg’liq… mi?(2657)Siz baxtlisiz!(3664)Sevgan yoringiz sizni doimo sevishini xohlaysizmi?(7247)Millionerlardan 20 ta оltin qoida(3044)Ishdagi o’sishning 7 ta oddiy qoidasi(3488)Biznes qilmoqchiman, lekin pulni qayerdan olaman?(2551)To’g’ri qaror qabul qilishning eng onson yo’li(4334)Zanglagan bolt va gaykani oson ochish yo’li(2489)
Boy bo’lishning 90% siri nimada? Qanday omadli va boy bo’lish mumkin, boylikning temir tamoili va 7 maslahat
Boy kishilar qanday fikrlashadi va qaysi e’tiqodlar farovonlik yo’lini to’sib qo’yadi? Qashshoqlikdan qanday boy odamga aylanish mumkin? Fikrlash usulini o’zgartirish uchun qanday kitob va videolarni o’rganish kerak?
Assalomu-aleykum uzinterbiz.com blogining hurmatli o’quvchilari!
Barcha qanday boy bo’lishni bilishni istaydi, lekin haqiqiy omadlilar sanoqli. Boylik juda kamchilikga nasib etadi. Pulsiz, hech qanday meroslarsiz boylikga erishish har qanday odamning ham qo’lidan kelavermaydi. Lekin, quvonarlisi shuki, harqanday odam o’z hayotini o’zgartirishga qodir! Va bu maqolamizda aynan shu haqda fikr yuritamiz, ya’ni boy bo’lish sirlari haqida.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Muqaddima
- Boy odamlar qanday fikrlaydi – psixologiya asoslari
- Boylikning temir tamoyillari
- Qashshoqlikdan boy va omadli bo’lishga 7 qadam
- Qadam 1. Boy bo’lishga qaror qiling va o’z oldingizga maqsad qo’ying
- Qadam 2. O’zingizga murabbiy toping
- Qadam 3. Boy kishilarning odatlarini qabul qiling
- Qadam 4. Atrofingizdagilarni va turmush tarzingizni o’zgartiring
- Qadam 5 . Moliyaviy jihatdan savodli bo’ling
- Qadam 6. Sarmoya kiritishni boshlang
- Qadam 7. Shoshqaloqlik qilmang
- Hozirning o’zida boy bolishni qanday boshlash mumkin
- Boy bo’lishga yordam beruvchi kitob va videolar
- Xulosa
Muqaddima
Men bu masalada o’z qarashlarimni va butun umr yollanma ishchi bo’lib ishlamasdan o’z shaxsiy biznesni yo’lga qo’yish, moddiy baza yaratish va o’z orzuingizdagi hayotni yashash uchun nimalar qilish kerakligi to’g’risidagi o’z fikr mulohazalarimni sizlar bilan baham ko’rmoqchiman.
Eng muhimi shundaki, boylik va qashshoqlik insoniy fazilatlarga ega emas, buni tushunish lozim.
Boy odamlar qanday fikrlaydi – psixologiya asoslari
Keling oldin asosiy savolga javob berib olamiz, boylik nima degani va boy odam kim.
Buni har kim o’zicha tushunadi.
Kim uchundir boylik bu – o’zining dang’illama hovlisi, mashinasi va yiliga ikki uch marotaba yaxshi sanatoriyalarda dam olishi, a kimgadir million dollor oyiga kamlik qiladi.
Menimcha, boylikning asl manosiga amerikalik millioner va yozuvchi Robert Kiosaki to’g’ri tarif bergan. Uning fikricha:
Boylik – bu, ishlamasdan turib, o’zingiz uchun hayot tarzingizni a’lo darajada ushlab turish vaqt hajmi.
Boy odam – shaxsiy biznesiga ega va bu biznesda o’zi ishtirok etmasdan o’ziga yetarli darajada doimiy daromad oluvchi, pul uchun ishlamaslik imkoniyatiga ega odam. Ya’ni, uning mehnat kuchiga bog’liq bo’lmagan daromad.
Bundan kelib chiqadiki, boylik pul bilan o’lchanmaydi, balki VAQT bilan o’lchanadi. Har xil odamga har xil miqdorda pul kerak, lekin vaqt chegaralangan. Demak, vaqtni har qanday befoyda narsalarga sarflash yaramaydi. Aksariyat odamlarning ko’p vaqtlarini o’zlari sevmagan ishlar oladi. Vaholanki, boylikni his qilish uchun, yaxshi yashash uchun, tashqi muhitdan erkin bo’lishi uchun inson o’zi sevgan ish bilan shug’ullanishi kerak emasmi.
Endi e’tiboringizni quyidagi savollarga qarating:
- Nima uchun bazi odamlar pul ishlay oladi, a bazilar esa yo’q?
- Nima uchun bazilar arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha ishlashadi, a bazilar esa nafaqat ishlash, balki, o’zining sevimli ishi bilan shug’ullanib, dam olib, dunyo kezishga ham ulgurishadi?
- Nima uchun bazilar pulni ko’paytirishga erishishadi, a bazilar esa oylikdan oylikgacha zo’rg’a kun kechirishadi?
Bu savollar ko’pchilikni qiziqtiradi, lekin ko’pchilik uchun esa bu tabiiy hol.
Lekin psixolog mutaxasistlar bu mavzuda umuman tabiiylik yo’qligini aytishadi.
Qashshoqlik va boylik – nafaqat omadning qanchaligida, balki dunyoqarash va fikrlash tarzi dahamdir.
Bu degani, siz fikringizni o’zgartirib darhol millioner bo’lasiz degani emas, lekin sizni shu yo’nalishda to’g’ri qadamlar qo’yishga yordam beradi. Bitta “MEN XOXLAYMAN” – albatta kamlik qiladi. Eng ishyoqmas odamlar ham boy bo’lishni istashadi. Nafaqat xoxlash, balki xohishingizni amaliyotda qo’llashga urinish ham lozim.
Ko’rib turganingizdek, boylikga erishishda har qanday urinish, fikrlashni o’zgartirishga majbur qiladi. Boy odamlardek fikr yuriting va siz albatta boy bo’lasiz. Amaliyotda degani nima degani? Fikrlash tarzingizni o’zgartirish oson emas va bu ham kamlik qiladi. Fikrlashni o’zgartirish bilan birga o’z xatti-harakatingizni ham o’zgartirishingiz kerak bo’ladi.
Boy va kambag’al odamning fikrlashi o’rtasida ancha farq bor. Keling, manashu farqni ifodalashga urinib ko’ramiz.
Boy va kambag’al odamlarning fikrlashlari o’rtasidagi 12 farq:
- Boy va badavlat odamlar, o’z taqdirlarini o’zgartiruvchilar aynan o’zlari ekanliklariga ishonadilar, ayni paytda kambag’al odamlar taqdirimizga shu yozilgan deb hisoblashadi. Bunday odamlar hayotini o’zgartirishga urinib ham ko’rmay, oqim bilan birga suzishni davom ettiradilar.
Maslahat: oqim bilan birga suzishni bas qiling – daryodan qirg’oqqa chiqish payti keldi!
- Boy odamlar daromadini ko’paytirish uchun ishlashadi, kambag’allar – uchini uchiga etirish uchun ishlashadi.
- Boy odamlar kamroq orzu qiladilar va ko’proq ish qilishadi, lekin ijobiy va aniq maqsadlar boy kishilar uchun begona emas.
- Boy odamlar doimo yangi g’oyalar va imkoniyatlar uchun ochiqdir, kambag’allar esa o’zlarining muammolari va atrof-muhit sharoitlari bilan bandlar.
Agar hayotingizning shartlaridan qoniqmasangiz – ularni o’zgartiring!
- Boylar muvaffaqiyatli kishilardan o’rganadilar, ularning xulq-atvorini qabul qiladilar va ular bilan muloqot qiladilar. Kambag’allar ko’pincha o’zlarining hurmatini oshirish uchun omadsiz va judayam kambag’al odamlar bilan muloqotda bo’lishadi.
- Boy va baxtli odam boshqalarning yutuqlariga hasad qilmaydi, boshqalarning yutuqlaridan foydali tajribalarni o’rganishga urinib ko’radi, kambag’allar boshqalarning omadlaridan g’azablanadilar.
- Boy odamlar o’zlariga ishonishadi va yutuqlari haqida ochiq gapiradi.
- Boylar vaqtinchalik qiyinchiliklardan qo’rqmaydi, qiyin vaziyatlarda vahima qo’zg’ashni afzal ko’rmaydi, balki bu muammoni hal qilishga urinishadi.
- Boylar daromadlarini o’z mehnatlarining natijasi sifatida ko’rishadi, kambag’allar esa ish uchun sarflangan soat sonini hisoblashadi.
- Boylar taktikani, strategiyani, hatto faoliyatning umumiy yo’nalishini va butun hayotini tez o’zgartirishi mumkin. Kambag’allar hayotidan shikoyat qilishadi lekin hayot sharoitidan kelib chiqqan yo’lda davom ettirishadi.
- Boy va muvaffaqiyatli odamlar butun umr rivojlanish va takomillashish bilan birga o’rganishda davom etadilar, kambag’al odam esa hamma narsaga aqlim etadi deb hisoblaydi, “shunchaki ularga omad kulib boqmagan”.
- Muvaffaqiyatli ishbilarmonlar hech qachon bir marrani egallab to’xtab qolmaydilar – ular rivojlanishda, takomillashishda, amalga oshmaydigan reja va orzularini hayotga tadbiq qilishda davom etadilar.
Eng asosiysi – boylar doimo o’zlari uchun ishlaydi. Agar ular firma yoki kompaniyaning egasi bo’lmasalar ham, ular doimo boshqalarning fikrlarini amalga oshirish o’rniga, mustaqil ravishda harakat qilish va o’z qarorlarini qabul qilishga imkon beruvchi pozitsiyani egallaydi.
Qayerdaligingiz muhim emas, qayerga qarab ketayotganligingiz muhim!
Boshqa birov uchun ishlayapman deb hisoblash – katta xato.
Har bir ishda mustaqil bo’ling, ayniqsa shaxsiy moliyaviy ishingizda. Boshqa birovlarning, sizning vaqtingiz va pulingizni boshqarishlariga yo’l qo’ymang.
Siz ushbu maqolani o’qiyotgan ekangiz, demak, siz moliyaviy mustaqillikga erishish uchun birinchi qadamlarni tashlagansiz.
Boylikning temir tamoyillari
Boylikning asosiy tamoyillari, fikrlashning o’ziga xos jihatlari bilan bog’liq. Muvaffaqiyatli va boy odamlarning xulq-atvorlari ko’rsatmalar emas, balki tavsiyalardir. Har bir badavlat kishi o’zi uchun boylikga erishish yo’lini biladi va bu yo’l boshqalarga to’g’ri kelmasligi ham mumkin. Biroq, deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlar ko’pincha hayotiy vaziyatlarda sezgir yoki ongli ravishda bir xil xulq-atvorlardan foydalanadilar.
Boy odamlar hech qachon oddiy shaxslar muayyan vaziyatda qiladiganlari kabi, ko’r-ko’rona ko’pchilikning fikriga qo’shilib ketishavermaydi. Muvaffaqiyatli odamlar har doim qimmatbaho buyumga ega bo’lishadi – bu ularni muvaffaqiyatli qiladi. Boylarning sirlari aslida yuzada yotadi.
Boy odamning odatlari:
Boy kishilarning ko’pchiligiga xos bo’lgan ba’zi odatlarga e’tibor bering:
- Badavlat odamlar har doim bugun nima qilishlarini bilishadi. Millionerlar ishga borishmasa ham, o’zlarining kunlarini rejalashtirish maqsadida, moliyaviy ahvolini va vaqtni samarali rejalashtiruvchi har xil xizmatlardan foydalanishadi.
- Boylar keraksiz o’yin-kulgiga kamdan kam vaqt sarflaydi. Ular televizorni tomosha qilishmaydi, agar o’qiydigan bo’lishsa ham to’g’ri kelgan adabiyotlarni o’qishmaydi. Balki, o’zining ishini yanada takomillashtirishda yordam beruvchi kitoblarni o’qishadi.
- Boy odamlar o’zlarini to’la-to’kis ishga bag’ishlashga qodir.
- Muvaffaqiyatli odamlar o’zining atrofiga hamfikrlarni yig’ishadi – bular, to’g’ri va omadli biznesmenlar, mustaqil va madaniyatli insonlar bo’lishi mumkin.
- Badavlat odamlar o’zlarining sog’ligi va eb ichishiga e’tibor berishadi; ular uchun o’zlarining ko’rinishi va o’zini qanday his qilishi muhim.
- Boy odamlar orzudagi baxtdan ko’ra ko’proq o’z kuchlariga ishonishadi; shuning uchun ham ular lotoreyani kamdan kam o’ynashadi.
Qashshoqlikdan boy va omadli bo’lishga 7 qadam
Keling endi amaliyotga o’tamiz va bugundan boshlab boy bo’lishni boshlaymiz. Diqqat bilan quyida berilgan 7 ta boy bo’lish haqidagi malumotni o’qib chiqing! Bu malumotlar sizga qaysidir uzoq kelajakda boy bo’lishni emas, balki yaqin kelajakdagi, sizni omadga eltuvchi malumotlardir. Lekin, ogohlantiraman, bir hafta haqida ham gap ketmaydi. Haqiqiy, moddiy mustaqillikga erishish uchun yillab harakat qilish kerak.
Boy bo’lishni boshlash uchun ilk qadamlar:
Qadam 1. Boy bo’lishga qaror qiling va o’z oldingizga maqsad qo’ying
Boy bo’lishga qaror qilishingiz bilan, siz boshqacha hayot tarzini hamda muayyan fikrlash uslubini tanlaysiz.
Bugundan boshlab siz, vaqtingizni quruq o’tkazmasligingiz kerak; har bir bosgan qadamingiz maqsadli bo’lishi kerak. Bu sizning hayotingiz qattiq mehnat qilishga aylandi degani emas, aksincha, hayotingiz bunyodkorlik va o’ziga xos xatti-harakatlarga to’la bo’ladi.
Boy va omadli bo’lishga qaror qilib siz, keyingi hayot yo’lingizni tanlaysiz – endi sizda hayotdan nolishga va tevarak atrofingizdagi odamlardan sabab qidirishga vaqtingiz bo’lmaydi. Bugundan boshlab siz, o’zingizga suyanishga va o’z xatolaringizdan xulosa chiqarishingizga to’g’ri keladi.
Muvaffaqiyatli odamlar ko’proq shaxsiy maqsadlari to’g’risida fikr qilishadi. Shunday qilib ular maqsadga eltuvchi harakatda o’zlari ham ishtirok qilishadi, shu bilan birga maqsad ham asta sekin boy odamga qarab intila boshlaydi.
- Ular nimani xohlashyapdi (ya’ni, o’zlarining maqsadlari haqida)
- Bunga qanday erishish kerak (ya’ni, bu maqsadni amalga oshirish uchun nima qilish kerak).
Agar siz ham boy badavlat bo’lishni istasangiz bu ikki savolni o’zingizga tez-tez berib, takrorlab turishingiz kerak.
Qadam 2. O’zingizga murabbiy toping
Bitta o’zingiz mustaqil ravishda maqsad sari borishingiz yaxshi albatta, lekin bu juda qiziqarsiz va ko’p vaqt talab etadi. Har bir sportchida treneri bo’ladi, siz ham shunga amal qilib, yaxshi trener toping.
Bilimdon odam sizga xato qilmaslikka va xatolarni kamaytirishga yordam beradi. Xato qilish ham foydali albatta, lekin xatoni ham ish boshlanishida kechirish mumkin, chunki oqibatlari ham kichik bo’ladi. Ish avjiga chiqqan paytda xato qilishning oqibatlari yaxshi bo’lmasligi mumkin.
Qadam 3. Boy kishilarning odatlarini qabul qiling
Odatlar va boy odamlarning o’zini tutishi haqida biz yuqorida yozdik. Siz faqat bu maslahatlarga amal qiling. Tavsiyalarni o’zingizga yozib olib, hayotdagi voqea hodisalarda, o’rni kelganda hayotga tadbiq qilishingiz ham mumkin.
Masalan; bugundan boshlab televizor ko’rishni bas qiling, yoki kompyuterda o’yin o’ynamang. Vaqtingizni bilim olishga sarflashdan boshlang, lekin anavi maktabdagi yoki institutdagi bilimlarga emas, bu yerda gap, shaxsiy rivojlanish haqida ketyapdi.
O’qing, video ko’ring va Napalion Xill, Brayan Treysi, Robert Kiosaki, Vladimir Dovgan, Aleks Yanovskiy, Bodo Shefer, Entoni Robbins, Djim Ron, Robin Sharma, Donald Tramp kabi yozuvchi mualliflarni o’rganing.
Bugungi kunda boy bo’lishni boshlash, pul ishlashni boshlash uchun uyingizdan chiqishingiz ham shart emas (internet orqali).
Agar siz ‘bozor’da talab yuqori bo’lgan yangi bilimlarni professional darajada egallasangiz, nima qilish kerakligini bilsangiz, sizning yoshingiz ham muhim emas, muhimi bilimingizni amalda tadbiq qila olishingizda.
Qadam 4. Atrofingizdagilarni va turmush tarzingizni o’zgartiring
Atrofingizga qanday odamlarni yig’sangiz, siz o’zingiz ham shunday odamga aylanasiz. Muvaffaqiyatga erishgan va moliyaviy mustaqillikga erishgan odamlar bilan aloqa o’rnatishdan boshlang, suhbatdoshlaringizni o’zgartiring.
Menga do’sting kimligini ayt va men senga sening kimligingni aytaman.
Xalq donoligi
Krizislar, qarzlar, hayotdan nolish, do’stlarga omadsizliklaringizdan gapirishni bas qiling.
Ko’proq suhbatda bo’ling: qanchalik do’stlaringiz ko’p bo’lsa, shunchalik moddiy va hayotiy omadliligingiz oshadi.
Qadam 5 . Moliyaviy jihatdan savodli bo’ling
Har bir davlatda bo’lgani kabi, oilada ham moliyaviy reja bo’lishi kerak. Moliyaviy reja bo’lib, uni to’g’ri yuritish uchun, moliyaviy jihatdan savodli bo’lishingiz kerak.
Moliyalashtirish bo’yicha kitoblarni o’qib chiqing va shaxsiy moliyaviy rejani tuzing *.
Shaxsiy moliyaviy reja – sizning maqsadlaringizni o’z ichiga olgan, hayotingizning moliyaviy strategiyasi, masalan: katta miqdordagi xarajatlaringiz uchun mablag’ jamlash – uy, moshina va hokazo.
Shuningdek, moliyaviy rejaga sizning hozirgi moliyaviy ahvolingizni ham qo’shing: oylik ish haqi miqdori, kreditlar, qo’shimcha daromadlar va hokazo.
Shaxsiy hisob kitoblarni, korxona hisob kitoblarini yuritish uchun hozirgi kunda yuzlab dasturlar ishlab chiqilgan, shulardan birini tanlab doimiy yuriting. Bu esa sizni ortiqcha xizmat va xarajatdan ozod etadi. Dasturning o’zi barcha hisob kitoblaringizni qilib, sizga natijani ko’rsatib turadi.
Quyidagi dasturlardan o’zingizga yoqqanini tanlang va albatta shaxsiy hisob kitobingizni yuriting:
- drebedengi.ru
- http://finance.uramaks.com/login.html
- http://www.sanuel.com/ru/family/index.html
- https://www.cashorganizer.com/rus/
Qadam 6. Sarmoya kiritishni boshlang
Agar sizda sarmoya kiritishga pulingiz bo’lmasa – VAQTINGIZ yaxshi sarmoya bo’la oladi. Qanday boy bo’lishni, qanday fikrlash kerakligini tushuntiruvchi bilimlarga vaqtingizni bag’ishlang. Shunday qilib birozdan keyin pul ishlashni o’rganib olasiz va shu tariqa kundan kunga bilimingiz oshib, kelajakda moliyaviy mustaqil bo’lishga erishasiz.
Boshlang’ich mablag’ni ishlab topganingizdan keyin, uni aql bilan ishlatishga harakat qiling – omadli loyihalarga sarmoya kiritishni boshlang, yaxshisi o’z loyihalaringizga. Kelajakga sarmoya kiritayotib hozirgi kunni unutib qo’ymang. Esingizda bo’lsin, qattiqlik, qitmirlik va o’z sog’ligingizga tejashlik yaxshimas.
Qadam 7. Shoshqaloqlik qilmang
“Barchasiga va tez” – hozirning o’zida erishishga urinmang. Bugun, kirimga yarasha xarajat qilishni o’rganing, lekin, pul topish yo’lida o’zingizga, kattaroq topshiriqlarni qo’yishni unutmang.
Moliyaviy mustaqillik – oson ish emas, shuning uchun ham bunday omadga yer sharining 3% dan kam halqigina erishishadi.
Hozirning o’zida boy bolishni qanday boshlash mumkin
Maqolamiz uzun bo’lib ketganligi sababli bu haqda alohida maqola yozishga qaror qildim. Chunki, boy bo’lish uchun har kim o’zi uchun yo’lni o’zi tanlaydi. Shu sabab, bu mavzuni kengroq yoritamiz, maqolani manabu yerdan o’qiysiz.
Boy bo’lishga yordam beruvchi kitob va videolar
“60 daqiqa ichida qanday boy bo’lish mumkin” Robert Kiosaki videosi
Video qo’llanmada amerikalik ishbilarmon, investor va yozuvchi Robert Kiosakidan boy bo’lish haqida haqiqiy maslahatlar va tavsiyalarni ko’rishingiz mumkin. Video rus tiliga tarjima qilingan, agar ingliz tilida ko’rmoqchi bo’lsangiz internetdan qidirishingiz mumkin:
Moddiy mustaqillikga erishish haqidagi adabiyotlar kam emas. Lekin, bizning nazdimizda eng yaxshilari va qiziqarlilari quyidagilardir:
- – Robert Kiosaki “ Boy Ota Kambag’al Ota ” – Kiosakining bu kitobi dunyo bo’ylab 26 mlndan ortiq nusxada tarqab ketdi. Bu kitob, boy va omadli bo’lishni istaganlar uchun haqiqiy o’quv qo’llanma. Asar, har bir odamning onggida ishbilarmonlikni uyg’otishga yordam beradi.
- – Napalion Xill “ O’yla va Boy bo’l ” – Bu kitob, dunyo bo’ylab eng ko’p sotiladigan kitoblardan. Bu kitob nafaqat ishbilarmonlikga, balki, odamzod ishlaydigan har qanday sohada omadga erishish yo’lini o’rgatadi, xoh u sanat bo’lsin, yaratuvchanlik, o’rgatuvchilik bo’lsin.
- – Bodo Shefer “ Pul yoki Pul Alifbosi ” – Bodo Shefer – omadli biznesmen, maruzachi, maslahatchi, yozuvchi. Bu yozuvchining “Pul yoki Pul Alifbosi” asari ko’plab kishilarga, moliyaviy erkinlikka erishishga, o’z vaqtlarini boshqarish va ichki salohiyatlarini ro’yobga chiqarishni o’rganishga imkon berdi.
Xulosa
Ko’rib turganingizdek, boy bo’lish uchun boy oilada tug’ilish shart emas ekan. Moliyaviy mustaqillikni har qanday inson, etarli kuch, g’ayratini ishga solib, malum vaqt ichida egallashi mumkin.
Esingizda bo’lsin, barcha boy odamlar mustaqil fikrlash va o’zlarining shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodirdirlar. Eng asosiysi- hozirning o’zida, to’g’ri yo’nalishda harakatni boshlash, yaratuvchanlik va ijodiy fikrlashni boshlash.
Umid qilamizki, bizning ushbu maqolamiz nafaqat, qanday qilib boy bo’lishni, balki, o’z potentsialingizni hayotda to’g’ri tasarruf etishni o’rganishingizga yordam beradi. Sizga moliyaviy ishlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Maqola haqidagi fikr mulohazalaringizni izohlarda qoldiring, xato va kamchiliklari bo’lsa, muhokama qiling, savollaringizni bering, Siz, boy bo’lish haqida nimalarni bilasiz, shular haqida yozing va albatta blog yangiliklariga obuna bo’ling. Xayr keying maqolada ko’rishguncha!
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.