Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari
Startap uchun xarajatlar: xizmatlarni samarali amalga oshiradigan kadrlar
Biznes Tavsiyalar
Biznes reja: Gul doʻkoni ochish O’zbekistonda gul biznesi bugungi kunda juda jadal rivojlanmoqda va raqobat ham juda yuqori. Hujjatlar. Siz yakka tartibdagi tadbirkor yoki MCHJ sifatida roʻyxatdan oʻtish kerak. Boshlang’ich investitsiya taxminan $6 mingni tashkil etadi (ijarani hisobga olmaganda): — Sovutgich (birlik) $1000 — Vitrin $1000−$2000 — Mebel $2000 — Gul solish uchun maxsus chelaklar …
Tikuv sexi biznes rejasi
Tasdiqlayman OK ____________________________ tomonidan tayyorlangan Kichik ko‘rinishdagi kiyim-kechak korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2016-2019 yilga mo‘ljallangan biznes reja BIZNES REJASI NAVOIY -2016 MUNDAREJA 1.TADBIRKOR HAQIDA 2.KIRISH QISMI 3.LOYIHANING MAQSADI 4.BOZOR VA MARKETING KOMPENSATSIASI 5.SOTISH PROGRAMMASI 6.LOYIHA NARHI. 7.ISHLAB CHIQARISH PROGRAMMASI 8 MOLIYAVIY REJA 12.XULOSA Kirish kismi Yakka tartibdagi tadbirkor ____________________________loyixasining biznes-rejasi, karmana tumanida tikuvchilik maxsulotlarini kichik …
1 GЕKTAR YERGA URUG EKISH XARAJATLARI
1 GЕKTAR YERGA URUG EKISH XARAJATLARI Kuyida 1 yilda yerga mevali daraxtlar kuchatini ugugini ekish uchun bush yerga ugur ekish jarayonlarining boskichma boskichi kursatib utiladi. 2010 kuz 1. Yerni toposyomkasi kilinadi. 3 kishi 2. Pluglash 1 ga uchun 45-50 l solyarka 3 kishi KA-700 3. Yerni tekislash Dlina baza bilan 45 litr solyarka 3 kishi …
Biznes reja: Toshkent markazida qahvaxona ochish narxi qancha?
Biznes reja: Toshkent markazida qahvaxona ochish narxi qancha? Shahar markazidan sal narida loft uslubidagi qahvaxonani ochish uchun kamida 350 mln so‘m investitsiya kiritish kerak boʻladi. Xarajatlar: — Bino ijarasi oyiga 7 mln soʻm; — Taʼmirlash 80 mln soʻm; — Mebellar 20 mln soʻm; — Texnika (qahva mashinalari, qahva maydalagich va h.k) 40 mln soʻm; — …
Biznes reja: Oziq-ovqat do’koni ochish xarajatlari
⚡️Biznes reja: Oziq-ovqat do’koni ochish xarajatlari Yurtimizda eng yaxshi rivojlangan kichik bizneslardan biri bu oziq-ovqat do’koni ochishdir. Unga ketadigan xarajatlar: — Davlat roʻyxatidan oʻtkazish: 2 mln soʻm; — Do’kon ijarasi hududga qarab $500 dan $2000 gacha: $10000; — Do’konni jihozlash: $5000; — Mahsulotlar do’kon hajmiga qarab $10 000. — Kommunal va boshqa to’lovlar: oyiga 1 …
Kofe tayyorlab sotadigan shahobcha ochish orqali qancha daromad qilish mumkin ?
⚡️Kofe tayyorlab sotadigan shahobcha ochish orqali qancha daromad qilish mumkin ? Biznesning bu turi Yevropa davlatlarida ancha rivojlangan va hozirda O’zbekistonda xam ommalashib bormoqda. Agar shahobchangizni turistik zonalarning markaziga joylashtirsangiz savdo hajmi oshadi. Harajatlar • Kofe tayyorlash moslamalari va masalliqlari uchun 1.000$ dan 3.000$ gacha. • Kichik shahobcha ochish 1000$ gacha. • Ro’yhatdan o’tkazish …
Quritilgan mevalardan ajoyib yangi kichik biznes ochish
⚡️ Quritilgan mevalardan ajoyib yangi kichik biznes ochish Ushbu soha sevimli mevangizni xohlagan vaqtingizda topish imkonini beradi va eng muhimi sogʻliq uchun foydali hisoblanadigan mahsulot ishlab chiqarasiz. Ichki bozor va eksportda ham savdosi juda yaxshi. Dastlabki xarajatlar • korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $200 • uskunalar (mini) – $140 — $200 • kutilmagan xarajatlar – …
biznes uchun sayt yaratishning narxi qancha?
O’zbekistonda IT xizmatlari: biznes uchun sayt yaratishning narxi qancha? Dasturchining ish haqi o’zgarib turadi va bu mutaxassisning tajribasiga, ish hajmiga va ish beruvchining moliyaviy holatiga ham bog’liq. (https://lenta.uz/post/ozbekistonda-it-xizmatlariga-talab-qanday-bitta-sayt-yaratish-qanchaga-tushadi) Misol uchun: — Landing page (zamonaviy, bir sahifali sayt) sayt narxi 3 mln so’mdan, 8 mln so’mgacha; — Vizitka sayt (kompaniya haqida to’liq ma’lumot berish, mahsulot yoki …
Biznes reja: Baliq yetishtirish
Biznes reja: Baliq yetishtirish Zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanib uy sharoitida 1400 kg gacha Forel balig’ini yetishtirishni ko’rib chiqamiz. — Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va brend xarajatlari: 4 mln soʻm; — Hovuz va innovatsion texnologiya sotib olish: $10000; — Baliq chavoqlari 1000 ta 30-50 gramm 5500 so’mdan: 5,5 mln soʻm; — Baliq ozuqasi oyiga: 665 ming so’mdan …
Tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish qanchaga tushadi?
Biznes reja: Tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish qanchaga tushadi? Bozorga yangi brendni olib kirish xarajatlarini koʻrib chiqamiz: — Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va brend xarajatlari: 4 mln soʻm; — Bino ijarasi: 3-5 mln soʻm; — Tikuv mashinalari va boshqa uskunalar: 60 mln soʻm; — Ishchilar oyligi va boshqa oylik xarajatlar: 10 mln soʻm; — Xom ashyo oyiga: …
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari
Yangi ish boshlash odamni ozgina qo’rquvga solishi bilan birga puxta o’ylangan rejalarni ham talab qiladi. Hozir e’tiboringizga kichik bo’lsa ham yaxshigina foyda keltiradigan bizneslar ketma-ketligini havola etamiz. Kichik tadbirkorlikka qadam qo’yayotganda shuni esda tutish kerakki; birinchidan bu kichik! ikkinchidan foydaga chiqib olguncha minimal chiqim qilish maqsadga muvofiq.
1. Yoga markazi
Bugungi kunda odamlar o’z sog’liklari va qaddi-qomatlari haqida ko’proq o’ylamoqdalar. Bunday markaz ochish uchun internetdan barcha ma’lumotlarni topib minimal sarmoya kiritsangiz kifoya.
2. Kichik ovqatlanish markazi
Bunday markazda siz nafaqat tashrif buyuruvchi xo’randalarga, balki maxsus tashkil qilingan kecha va marosimlarda xizmat ko’rsatuvchi kichik tashkilot sifatida ham faoliyat yuritishingiz mumkin. Bunday biznes ham nisbatan kichik sarmoya talab qiladi.
3. Sayyohlik agentligi
Sayohat – hech qachon to’xtamaydi. Demak uning asosiga qurilgan biznes ham o’lmaydi. Sayohatga chiquvchi odamlar har doim topiladi va yetarli mablag’ga ega bo’ladi.
4. Fast Food do’koni
Bugungi kunda bunday bizneslar ko’payib ketgan bo’lsa ham, har biri o’zining xaridoriga ega. O’ylab ko’ring, bir dona burger 10-15 ming so’m atrofida bo’lsa unga atigi 4-5 ming so’mlik (hattoki undan ham kam) masalliq ketadi. Mahsulotingiz sifatli va mazali bo’lsa, ishoning u o’z xo’randasini topadi.
5. Shokolad kafesi
“Har qanday narsa mazali agarki u shokolatdan tayyorlangan bo’lsa” Deyarli hamma bunday mahsulotga befarq emas. Yurtimizning hamma yerida ham faqat shokolatdan iborat mahsulot taqdim etadigan kafelarga ko’zingiz tushavermaydi. Bu esa biznes boshlash uchun yaxshi sabab.
6. Fitness dasturlar
Siz qimmat fitness jihozlarini sotib olishingiz shart emas. Sizning biznesingiz ushbu jihozlardan samarali foydalanishni o’rgatish xizmatini taklif qiladi. Boshlanishida o’zingiz, keyinchalik xodimlaringizni ko’paytirib biznesingizni kengaytirasiz.
7. Bir xil mahsulotli restoran
Faqatgina bitta mahsulotdan foydalanib taom taklif qiladigan restoran juda serdaromad va oddiydir. Masalan, faqat go’shtdan, yoki faqat guruchdan tayyorlanadigan taomlar sizning restoraningizni shaharda yagonaga aylantiradi.
8. Hosting xavfsizlik ta’minotchisi
Odamlarning shaxsiy kompyuterlarini xakerlardan, Troyan viruslardan, josus darsturlardan himoya xizmatini taklif qiladigan bizneslar ham hozirda ko’p emas.
9. Ma’lumotni tiklash
Katta bizneslar uchun ularning ma’lumotlarini saqlaydigan serverlar yarating va ularning ma’lumotlarini tiklashda ko’maklashing. Hozirda bu IT sohasidan kichkina biznes bo’lsada oddiy “Data Backup” katta foyda keltiradi.
10. Kuzatuv kameralari
Hozir hamma yerda “ko’zlar” bor. Bunday “ko’zlar” savdosi esa yaxshigina daromad keltiradi. Kuzatuv kameralari deyarli hamma soha vakillariga kerakdir.
11. Massaj
Kerakli kadrlarni topib o’zingizning agentligingizni tuzing. Ozgina reklama va biznes gullaydi. Yuqorida aytilganidek, bugungi odamlar o’zlarini yanayam ko’proq yaxshi ko’rishadi.
12. Uy ishlarida xizmatchilarni taklif etish
Bunday agentlikka asos solib siz, uy ishlarida kerak bo’ladigan har qanday xizmat turi; santexnik, farrosh, o’t o’ruvchi va boshqa ko’plab xizmatlarni taklif etasiz.
13. Yosh bolalar ta’lim va tarbiya dasturlari xizmati
Agentlikning ham sayyor ham muqim xizmatlarini tashkil etish, biznesingiz rivojini ta’minlaydi.
14. Dasturlar va mobil ilovalar ta’minoti
Bunday biznesni yo’lga qo’yish uchun yosh bo’lsa ham malakali IT mutaxassislarni topsangiz kifoya. Marketing menejeri vazifasini o’zingiz qilsangiz ham bo’ladi. Asosiysi mijozlarni jalb etish, uyog’i dasturchilarning mahorati.
15. Konsalting xizmatlari
Biznesning turli sohalari bo’yicha mutaxassislarni yig’ib ishga oling va agentligingizni reklama qiling. Ekspertlar o’zlarining sohasi bo’yicha konsulting xizmatlarini taklif qilishadi.
16. Mashina va uning ehtiyot qismlari oldi-sottisi
Shaharda nima ko’p – mashina ko’p. Bir necha yuz minglab mashinalarga har kuni shuncha ehtiyot qism kerak bo’ladi. Demak, o’ylashga arziydigan biznes.
17. Mashina yuvish markazi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gavjum shaharda bunday markazni tashkil etish tomib, tomib katta foyda keltiradi.
18. Internet provayder
Shaharlarda bunday provayderlar ko’p bo’lishi mumkin. Lekin esdan chiqarmanki foydalanuvchilar undan ham ko’p. Bozorda albatta sizga joy yetarli bo’ladi.
19. Mebel biznesi
Yaxshi duradgor yollab, mazkur biznesni yo’lga qo’ying. Faqat buyurtmaga emas balki bozor uchun ham ishlasangiz, foyda ikki baravar bo’ladi.
Qanday biznes turlari bor
Kulolchilik ustaxonasidan boshlab, taqinchoqlar do’koni, foodtruck va tatu studio haqida.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
E’tibor qarating: quyida keltirilgan ma’lumotlar faqatgina tanishtiruv maqsadida taqdim etilgan. Raqamlar individual holatlarda o’zgarishi mumkin.
Kulolchilik ustaxonasi
Boshlang’ich investitsiya: $7000 dan boshlab.
Foydaga chiqish muddati: 1−2 yil.
Narxlar: ustaxonada 1 soatdan 4 soatgacha narxlar 80 mingdan 200 minggacha oshib boradi.
Startap uchun xarajatlar: tandir, kulolchilik dastgohi.
O’ziga xos tomoni: Siz Hunarmand uyushmasida ro’yxatdan o’tishingiz kerak, bu sizga bir qator imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Tipografiya
Boshlang’ich investitsiya: $5 500 dan boshlab.
Foydaga chiqish muddati: 1 yil.
Startap uchun xarajatlar: kompyuter, printer, dublikator va boshqalar.
Foyda: oyiga $2000−3000 gacha.
Coworking-markaz
Boshlang’ich investitsiya: 0 dan $200 minggacha.
Foydaga chiqish muddati: 3 yil.
Startap uchun xarajatlar: mebel, texnika, bino ta’miri.
Foyda: oyiga $1000 dan boshlab.
O’ziga xos tomoni: bu rentabelligi past bo’lgan biznes, bu yerda to’g’ridan-to’g’ri foydaga qaraganda ko’proq bilvosita tomonlarni izlash tavsiya etiladi, ular orasida brend tan olinishi, ijobiy ijtimoiy imidj, shuningdek, yangi tanishlar imkoniyati mavjud.
Maxsuslashtirilgan kafe
Boshlang’ich investitsiya: $30 ming.
O’zini-o’zi qoplash davri: 8−9 oy.
Startap uchun xarajatlar: mebel, idishlar, muzlatgich va boshqalar.
Маrja: 50−60%.
Taqinchoqlar do’koni
Boshlang’ich investitsiya: $10400
O’zini-o’zi qoplash davri: 2−3 yil.
Startap uchun xarajatlar: dastlabki xarid, mebel, ta’mirlash ishlari.
Foyda: $2000 dan boshlab.
O’ziga xosliklari: Muvaffaqiyatning asosiy qoidasi — bu urfda bo’lgan mahsulotlarni ayollar, erkaklar va o’rta va katta yoshdagi insonlar uchun to’g’ri tanlay olishdir.
Gullar do’koni
Boshlang’ich investitsiya: $6000
O’zini-o’zi qoplash davri: 1 yil.
Startap uchun xarajatlar: jihozlar, o’ram, bezaklar.
Foyda: $400−1000.
О’ziga xosliklari: gul berish madaniyati o’zgarganligi tufayli, ularni taqdim etish ham ko’paydi. Asosiy qiyinchilik — yetkazib beruvchilar o’rtasida raqobatning yo’qligi. Bundan tashqari, ushbu yo’nalishning o’ziga xosligi — mavsumiylik, gullarning cheklangan saqlov muddati muddati, yuqori raqobatdir.
Fudtrak
Boshlang’ich investitsiya: $15−20 ming.
O’zini-o’zi qoplash davri: 2 yildan boshlab.
Startap uchun xarajatlar: furgon, kofemashina, muzlatgich, bir martalik idishlar.
Aylanma: 15−60 mln so’mgacha.
О’ziga xosliklari: Foodtruckning dizayni va tashqi ko’rinishi muvaffaqqiyat garovidir. Joyni tanlashda, yaqin atrofda kerakli fazadagi elektr energiyasi, kanalizatsiya va hojatxona mavjudligini hisobga oling. Fudtrak — bu 10 000 so’mdan 30 000 so’mgacha bo’lgan mahsulotlar sotiladi degani.
Mebel ishlab chiqarish
Boshlang’ich investitsiya: $12 ming.
O’zini-o’zi qoplash davri: 6 oy
Startap uchun xarajatlar: drel, mebel yasash uchun dastgoh va boshqa qurilmalar.
Foyda: $35−40 ming
О’ziga xos tomoni: binolar uchun bir qator o’ziga xos talablar mavjud: elektr ta’minoti tizimi yog’ochni qayta ishlash mashinalarining ko’p sonli yuklariga bardosh bera olishi kerak. Shuni ham tushunish kerakki, zavod uyqu joylaridan uzoqda joylashgan bo’lishi kerak, lekin ayni paytda har bir xodim uchun transport qulayligini ta’minlash kerak.
Maslahat: bir narsani yodda tutish kerak — muvaffaqqiyat va omadsizlik barchada bo’ladi.
Kofe sotish nuqtalari
Boshlang’ich investitsiya: $15 ming.
O’zini-o’zi qoplash davri: 3 oy
Startap uchun xarajatlar: vagon yoki konteyner, jihozlar
Foyda: $4000
О’ziga xos tomoni: Vagon yoki konteynerni yig’a oladigan mahalliy hunarmandlarga buyurtma berish mumkin. Bunday tuzilmani yaratish uchun taxminan $7−13 ming dollar kerak bo’ladi.Biznesning muvaffaqiyati joylashuvga bog’liq.
Go’zallik saloni
Boshlang’ich investitsiya: $15 ming (60−70 m² maydon uchun)
O’zini-o’zi qoplash davri: 1 yil
Startap uchun xarajatlar: mebel, jihozlar
O’rtacha chek: 150 ming so’m
Мarja: 10%
Maslahat: Bir nuqta ko’p daromad keltirmaydi — salonlar qancha ko’p bo’lsa, foyda shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun, maksimal foyda olish uchun siz salonlar sonini ko’paytirishingiz kerak.
Tatuirovka — studiya
Boshlang’ich investitsiya: $10 mingdan boshlab.
O’zini-o’zi qoplash davri: 2 yildan boshlab
Startap uchun xarajatlar: o’tirish uchun kreslo, mebellar, dezinfeksiya vositalari va boshqalar.
Foyda: $300 dan boshlab
О’ziga xos tomoni: bu tarmoqda — professional ish ustasidan keyingi o’rinda turuvchi jihat- sterilizatsiya turadi — ortiqcha muammolardan holi bo’lish uchun — qat’iy ravishda bir martalik narsalardan foydalangan ma’qul (ushlagichlar, qo’lqop va bohsqalar).
To’y liboslari saloni
Boshlang’ich investitsiya: $15−20 ming
Foyda: $1000
Narxlar: salonda 200$ dan ko’ylak ijaraga olishingiz mumkin. Barcha qo’shimcha rekvizitlar ushbu miqdorga kiritilgan.
Xarajatlar: mablag’larning aksariyati har doim liboslarga ketadi, ularning assortimenti doimiy ravishda ko’paytirilishi va yangilanishi kerak.
Joylashuv: To’y saloni uchun ideal joy — shahar markazi, yo’l bo’yi, u yerda mashinalar va odamlar oqimi bor.
Cleaning kompaniayasi
Boshlang’ich investitsiya: $4,5 ming.
O’zini — o’zi qoplash muddati: 1 yilgacha
Foyda: $5 000
Startap uchun xarajatlar: aylanuvchi mashina, kir yuvish changyutgichi, polirovka mashinasi, bug’ generatori
О’ziga xos tomonlari: biznesning bu tarmog’i uchun ofis bo’lishi shart emas. Dastlabki bosqichda kompaniyani Internetda ham ijtimoiy tarmoqlarda, ham qidiruv natijalarida targ’ib qilish kerak.
Avtomobil ijarasi
Boshlang’ich investitsiya: 1 mlrd so’m
Daromad: 250−300 mln so’m
Startap uchun xarajatlar: avtomashinalarni o’z mablag’lari, lizing yoki kredit bilan sotib olish.
Joylashuv: Ko’pgina distribyutorlar mehmonxonalarda, transport yaxshi bo’lgan joylarda va aeroportlarda ishlaydi. Agar loyiha egasida ofis ijaraga olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda 1−1,5 million so‘m to‘lab, mehmonxona foyesida stol ijaraga olishingiz mumkin.
Xususiyatlari: sug’urta kompaniyalari bilan doimiy ish va kelishmovchiliklar mavjud. Axir ular bizning soha vakillari bilan ishlashni istamaydilar — ular o’zlarini katta xavf ostiga qo’yishni xohlamaydilar.
Maslahat: bunday biznesni boshlashda siz hamma narsaga tayyor bo’lishingiz kerak — juda ko’p xavf omillari bo’lishi mumkin. Misol uchun, ba’zi mijozlar avtomobillardan yaxshi qismlarni olib tashlashlari va o’rniga arzonlarini o’rnatishlari mumkin.
Ko’chmas mulk sohasidagi konsalting kompaniyasi
Boshlang’ich investitsiya: $140 ming
O’zini — o’zi qoplash muddati: bir necha yil
Startap uchun xarajatlar: xizmatlarni samarali amalga oshiradigan kadrlar
Foyda: $5 mingdan boshlab.
Narxlar: Loyiha narxining 3−5% ni tashkil etadi
О’ziga xos tomoni: qurilish konsalting kompaniyasini ro’yxatdan o’tkazish uchun eng muhim hujjatlardan biri konsalting va rieltorlik faoliyati uchun litsenziyadir. U Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya olish uchun shtatda 2 ta sertifikatlangan rieltor talab qilinadi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.