Press "Enter" to skip to content

Jannatga birinchi kiradiganlar

Albatta, bunday hadislarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ular orqali bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan yana bir mavzuni yoritishga harakat qildik. Ushbu g‘oyibona muloqotimiz asosida oilaviy munosabatlarda er va xotinning majburiyatlari haqida eslatmalar berib, aziz opa-singillarimizni ogohlikka chaqirdik. To‘g‘ri, oilada sizning zimmangizga yuklangan yumushlar juda ko‘p, buni hech kim inkor qilmaydi. Lekin sizning mushkulingizni oson qilishda turli texnika vositalari va sizlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar muhim ahamiyatga egaligini yodda tuting. Shunday ekan, sizdan faqat ozgina e’tiborliroq bo‘lib o‘z ayollik burchlaringizga mas’uliyat bilan yondashish talab etilyapti, xolos. Mana shu eslatmalarimizni ayollarimiz to‘g‘ri tushunib va ularga amal qilib boshqalarga ham ibrat bo‘lishlaridan umid qilamiz.

Jannat orzusidagi ayol

«Eringga e’tiborli bo‘lgin, chunki u sening uchun yo jannating yoki do‘zaxingdir». Aziz muslima opa-singillar, murojaatimizdan angladingizki, bu mavzuimiz siz azizlarning oiladagi o‘rningiz, ayollik va onalik vazifalaringizni nechog‘lik to‘la-to‘kis ado etish bilan, ko‘nglingizda paydo bo‘ladigan ikki dunyo saodatidan umidvorlik hissi ustida bo‘ladi.

Ma’lumki, oila ham jamiyatning kichik bir bo‘lagi bo‘lib, unda ayolning o‘rni beqiyosdir. Ayol oilaning farishtasi, saramjon-sarishta uy bekasi. Ayol jismonan erkaklarga nisbatan zaif bo‘lsa ham, oilaning yukini ko‘tara olishga qodir. Ammo uning ko‘ngli nozik va ta’sirchan bo‘lgani sababli shuncha yukni ko‘targan ayol eri va oila a’zolarining salgina qo‘pol muomalasi yoki oiladagi biror vaziyat yuzasidan bergan tanbehini ko‘tara olmasligi mumkin. Chunki ayol oiladagi behisob tashvishlar va uy-ro‘zg‘or yumushlaridan charchashi tufayli shunday holatga tushishi tabiiy. Bunday vaziyatda eri uni to‘g‘ri tushungan holda xotiniga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Chunki oiladagi munosabatlar ikki taraflama bo‘lib, erkak va ayolning o‘zaro moslashuviga asoslanadi. Shuning uchun ham er-xotinlik munosabatlari bir-birlarining haq-huquqlari va oiladagi o‘rinlarini to‘g‘ri anglashlari asosida shakllanadi. Bunda, ayniqsa, ayolning eriga itoatli va oila a’zolariga go‘zal munosabatda bo‘lishi muhim o‘rin tutadi. Ayol kishining eriga itoatkorligini opa-singillarimiz to‘g‘ri anglab yetishlari va bunga amal qilishlari haqida shariatimizda ko‘plab tavsiyalar berilgan. Ulardan eng asosiylari erning ayoli ustidagi haq-huquqlari bo‘lib, bular jumlasiga amali solih ishlarda unga itoat qilishi, erining mol-mulkini asrab-avaylashi, er-xotinlikdagi nozik munosabatlarda o‘ta hushyor bo‘lishi, erining istagini hech qachon rad qilmasligi kabilar kiradi.

Avvalo, muslima opa-singillarimiz shuni yaxshi anglab olishlari kerakki, Islom dinida ayolning eriga itoat qilishi, bu – shariatga itoat qilishi demakdir. Ammo erkak shariatga xilof ishlarni buyurganida, ayolning o‘z eriga itoat qilmaslikka haqi bor. Zero, Imron ibn Husayndan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaratganga gunoh bo‘lgan ishlarda maxluqqa (biron kimsaga) itoat qilinmaydi», deganlar. (Ahmad va Hokim rivoyati).

Ko‘pchiligimiz er va xotinlik eng muqaddas insoniy aloqalar ekanini yaxshi bilamiz. Ammo bu aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda Qur’oni Karim va hadisi shariflarga amal qilib ish tutishimiz lozim. Ayol kishi turmushga chiqqach, erining izmida bo‘ladi, endi u ota-onasidan ko‘ra ko‘proq eriga itoat etishi lozim. Agar er to‘g‘ri yo‘lda bo‘lib, xotiniga nisbatan o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarsa, xotini unga itoatsizlik qilishi gunohdir. Ayol erining iznisiz, huda-behudaga uyidan chiqishi joiz emas. Ammo zaruriyat yuzasidan, ota-onasining ziyorati uchun, ayniqsa, bemor ota-onasiga zarur bo‘lib qolganda chiqishiga shar’iy jihatdan hech qanday mone’lik yo‘q. Er-xotinlik munosabatlarida shunday holatlar ham bo‘ladiki, erkak kishi ayolining ehtiyojlarini doim qondirib yuradi, lekin kuni kelib biror sabab bilan uning xohlagan narsasini olib bera olmasa, ayol darhol erining barcha yaxshiliklarini unutib: «Sendan nima ko‘rdim», deydi. Bu ayol kishining nafaqat erini qadrlamasligi, balki noshukurlik qilib, erining barcha yaxshiliklaridan ko‘z yumishidir. Bunday holatlarda ayolning o‘ylamay-netmay aytgan bir og‘iz gapi ham, uning do‘zax ahllaridan bo‘lib qolishi uchun yetarli sabab ekanligi quyidagi hadisi sharifdan anglashiladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Menga do‘zax ko‘rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko‘pi inkor qiluvchi xotinlar ekan». Sahobalar: «Allohni inkor qilganmi?» – deb so‘radilar. «Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko‘rsa: «Sendan nima ko‘rdim, hech yaxshilik ko‘rmadim», – deb aytadir», – deb javob berdilar.(Imom Buxoriy rivoyati).

Hadisi shariflarda keltirilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanlarida Allohning irodasi bilan ko‘p narsalarni, jumladan do‘zaxni ham, do‘zax ahlining ko‘pi xotin kishilar ekanini ham ko‘rdilar. Bu o‘rinda ayollarimiz Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rganlari achchiq haqiqat ekanini, bularni ochiq-oydin aytish bilan ayollarni qilgan gunohlarining oqibatlaridan ogohlantirib, ular uchun qayg‘urayotganlarini to‘g‘ri anglashlari kerak. Ammo, muhtarama ayollarimiz erlari oldidagi o‘z burchlarini nechog‘lik to‘liq ado etishlari natijasida, Qiyomat kuni ular qanday martabalarga erishishlari haqida ushbu hadisi sharifni o‘qib, behad shodlanishlarini tasavvur qilish qiyin emas: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (Ramazon) ro‘zasini tutsa, farjini – iffatini (haromdan) saqlasa va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi» (Ibn Hibbon rivoyati).

Darhaqiqat, bu yerda ayollarga o‘z solih amallari orqasidan jannatga kirish yo‘llari bayon qilinyapti. Bir qarashda ayollarimizga ushbu hadisga amal qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmayotgandek tuyuladi. Biroq ular namoz o‘qish, ro‘za tutish, iffatlarini haromdan saqlay olish kabi uch amalni bajarishlari mumkin, ammo hozirgi kunda erga itoat qilish sinovidan hamma ayollar ham o‘ta olyaptilarmi? Bunga nimalar sabab bo‘layapti? Axir, bunga zamonaviy ayollarning turli hoyu-havaslarga berilishlari, bir-birlari bilan kimo‘zarga zebu ziynat va kiyim-kechakka ruju qo‘yishlari, oxirgi rusumdagi avtoulovlarni minishni orzu qilishlari, farzandlarining bo‘lar-bo‘lmas istaklarini so‘zsiz bajarishlari, taltaytirishlari sabab bo‘lib, bu bilan o‘z erlarini qiyin ahvolga solib qo‘ymayaptilarmi? Buning oqibatida ular erlarining to‘g‘ri yo‘ldan adashib, harom ishlarga qo‘l urishlariga sababchi bo‘lib qolishlari haqida nega mulohaza qilib ko‘rmaydilar? Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, Qiyomat kuni ayol kishidan avvalo o‘qigan namozlaridan va shundan so‘ng birinchi navbatda erining roziligi haqida so‘raladi. Bu rivoyatdan bexabar bo‘lgan aksariyat ayollar, o‘z fikrida turib olib xudbinlik qilish bilan birga, erini zamonadan orqada qolayotganlikda ayblab, uning fikrlari bilan umuman hisoblashmaslik yo‘liga o‘tib oladilar. Hatto erlariga o‘z hukmlarini o‘tkazishga ham harakat qiladilar. Bunday xatti-harakatlar eriga itoatsizlikning ochiq ko‘rinishi emasmi? Bu toifadagi ayollar erlarining bo‘shangliklari va oila ta’minotini eplay olmayotganliklari bilan o‘zlarini oqlab, oilada hukmron bo‘lishga ham intiladilar. Bunday ayollar itoatkorlikni hush ko‘rmaydilar. Ba’zi ayollar, o‘z erlarini boshqalar bilan solishtirib: «Agar mening erim ham shunday aqlli va toparmon-tutarmon bo‘lganida edi, men unga itoat qilgan bo‘lar edim», deb o‘ylaydilar. Bu bilan ular erlarini yerga uribgina qolmay, ularning erlik g‘ururiga ham tahdid soladilar. Bu esa oiladagi er-xotinlik munosabatlarida turli tushunmovchiliklar kelib chiqishiga, hatto oilaning buzilishiga ham sabab bo‘lishiga ko‘plab hayotiy misollarni uchratishimiz mumkin. Nahotki ayol uchun o‘z erining topgan-tutganiga qanoat qilib, Alloh taologa shukuronalik keltirib, erining shar’iy talablariga itoatda bo‘lish shunchalik qiyin bo‘lsa? Axir, ayolning o‘z oilasining tinchligi yo‘lida xushmuomala va itoatkor bo‘lishi oilani mustahkamlashning bir vositasi emasmi? Shunday ekan, Siz ham quyidagi hadisda keltirilgan jannat ahllaridan bo‘lishga harakat qiling! «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarga jannatdagi ayollaringiz haqida xabar beraymi? Xushmuomala, serfarzand, agar g‘azablansa yoki (eri tomonidan) xafa qilinsa yoki eri g‘azablansa: «Mana bu qo‘lim sizning qo‘lingizda, to siz rozi bo‘lmaguncha ko‘zimga uyqu qo‘nmaydi», deydi» (Tabaroniy rivoyati). Qarang-a, hatto g‘azablanganda va xafa qilinganda ham, erining roziligini tilab turish jannatiy ayollarning sifatlaridan ekan. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar ayol erning haqqi (qay darajadaligini) ni bilganida, tushlik va kechki ovqati hozirlanganda, to (eri) undan (yeb) forig‘ bo‘lmagunicha o‘tirmas edi». (Tabaroniy rivoyati). Bu hadis mazmunidan anglashiladiki, ayol erining xizmatini to‘liq ado etib bo‘lmaguncha qo‘nim topmas ekan. Mazkur hadislardan ma’lum bo‘ladiki, erning ayoli ustidagi haqi benihoyat kattadir. Shariatda erkakning ayolidan ustunligi yuzasidan Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan shunday hadis borki, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Agar biron kishini boshqasiga sajda qilishga buyurganimda, ayolni eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lar edim» (Termiziy rivoyati).

Ushbu hadisdan ayolning eriga haqiqiy ibodat ma’nosidagi sajda qilishi emas, balki erning ayoli oldidagi darajasi va haqi qanchalar ulug‘ligini anglab, ta’zim qilishi va itoatkorligi tushuniladi. Biroq shu o‘rinda erkaklarimizga ham ba’zi haqiqatlarni eslatib qo‘yish lozim. Chunki bu hadisni ba’zi erkaklar o‘zlaricha noto‘g‘ri talqin qilib, oila a’zolariga, xususan ayoliga jabr-zulm qilib, uni xo‘rlab, ayolni Allohning omonati emas, balki o‘z mulki deb tushunadilar. Ammo bu noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, er oilada zulmkor hokim emas, balki adolatli va g‘amxo‘r oila rahbaridir. Agar u rahbarlikni qo‘ldan boy berib, o‘z mas’uliyatini his qilmasa, oiladagi nufuzini yo‘qotadi.

Aziz erkaklar! Axir, biz o‘z erkaklik burchimizni ayollar zimmasiga yuklash bilan, oiladagi o‘z o‘rnimizni yo‘qotmayapmizmi? Zero, Alloh taolo: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. » deb marhamat qilgan. (“Niso” surasi, 34-oyat)

Darhaqiqat, Alloh taolo erkak kishini uning jismoniy va ruhiy jihatlari bilan oila rahbari bo‘lishga mos qilib yaratgan. Oila qurish va uning osoyishtaligini saqlash, bu yo‘ldagi barcha sarf-xarajatlar erkak kishining zimmasidadir. Ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «Nabiy alayhissalom: «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Erkak o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir», dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Albatta, erkak kishining eng asosiy burchi o‘z qaramog‘idagilarning o‘zgalarga qaram bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligidir. Shuningdek, ularning zimmasiga ahli ayol nafaqasi farzdir. Muoviya Qurayshiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yo Rasulalloh, bizning birimizda xotinining nima haqi bor?» – dedim. «Qachon taomlansang, uni ham taomlantirasan. Qachon kiyim kiysang, uni ham kiyintirasan. Yuziga urmaysan. Qattiq so‘kmaysan va uydan boshqa joyda (o‘rningni boshqa) hijron qilmaysan», – dedilar» (Abu Dovud rivoyati). Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z qaramog‘idagilarini nafaqasiz tashlab qo‘yishi uning (qattiq) gunohkorligiga kifoya qiladi», – deb marhamat qilganlar. (Imom Ahmad rivoyati).

Demak, oilada ayolning o‘z burchlarini to‘kis bajarishi zarur bo‘lganidek, er ham ayoliga marhamat ko‘rsatib, unga hadyalar berish, yaxshi muomalada bo‘lish, ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilish, tinch-totuv yashash kabi haqlarini ado etishi buyurilgan. Bu haqda Alloh taolo aytadi: «Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» («Niso» surasi, 19-oyat). Erkakning burchlaridan yana biri haqida quyidagi hadisda aniqroq bayon qilingan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarning eng yaxshilaringiz ahli-ayoliga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringiz va men (ichlaringizda) ahli(ayoli)ga yaxshilik qiluvchiroqman» (Termiziy rivoyati). Shunday ekan, erkak o‘z xotiniga ozor bermasligi, undan aziyat yetsa kechirimli bo‘lib, sabr-qanoat qilishi, unga e’tiborli bo‘lishi ham erlik burchidir. Aksariyat erkaklar ishdan uyiga qaytgach, oilasi va ayoliga e’tiborli bo‘lish o‘rniga, televizor ko‘rish, telefon titkilash bilan ovora bo‘ladilar. Kechgacha oila yumushlaridan charchagan ayol, eri bilan bir oz suhbatlashgisi, oilaviy masalalarda u bilan maslahatlashgisi keladi. Shunday paytlarda erkak ayolining kayfiyatidan xabardor bo‘lib, gohi-gohida uning ko‘nglini olib, suhbatlashib vaqtini o‘tkazishi foydadan holi emas. Chunonchi, Nabiy alayhissalomdan kelgan ushbu mazmundagi hadisda aytilishicha, Qiyomat kuni kishi o‘z ayoli bilan o‘tkazgan vaqti haqida savol-javob qilinmaydi.

Yuqoridagi mulohazalardan eri bilan baxtli hayot kechirishni istagan har bir ayol, erining ko‘ngliga yo‘l topa olishi lozimligi ayon bo‘ldi. Shuni nazarda tutgan holda dinimizda muslima ayollarga dasturulamal bo‘ladigan quyidagi tavsiyalarni eslatib o‘tmoqchimiz.

1.Ayol kishi erining iznidan tashqari biror ishga qo‘l urmasligi.

Erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi va begona odamlarni uyiga kiritmasligi lozim. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi uchun erining huzurida uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga begonalarni kiritishi halol emas», dedilar» (Buxoriy rivoyati).

2. Eri uchun o‘zini saqlashi.

Bunda ayol kishining eriga itoatda bo‘lishi va uning g‘azabini qo‘zg‘atmaslik uchun o‘ziga oro berib bo‘lar-bo‘lmasga ko‘chaga chiqishdan tiyilishi nazarda tutiladi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Uyingizda qaror toping. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang» («Ahzob» surasi, 33-oyat). Bundan «Ayollar umuman uydan chiqishlari mumkin emas ekan», degan fikr tushunilmaydi. Ular o‘zlarining kundalik zaruriyatlari yuzasidan ko‘chaga chiqadilar. Biroq bunda ochiq-sochiq kiyinib, haddan ortiq pardoz qilishni o‘zlariga ep ko‘rmasliklari kerak. Chunki bunday holatda ko‘chaga chiqqanda ayol boshqa erkaklarning e’tiborini o‘ziga tortadi. Vaholanki, u boshqalar uchun emas, faqat o‘z erining ko‘zini quvnatish uchun ko‘chaga chiqqanda emas, uyida o‘ziga oro berishini yoddan chiqarmasligi kerak. Ana shunda erkak kishi ham o‘z ayolining husn-tarovatidan zavqlanib, boshqa ayollarga shahvat ko‘zi bilan qarashdan tiyiladi. Bunday ayollar haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarning eng yaxshisi unga qarasang seni xursand qiladigan, (biron ishga) buyursang itoat etadigan, unga tegishli biron qasam ichsang, qasamingni buzmaslikka yordam beradigan va ko‘chaga chiqqaningda uyda iffatini va sening mol-mulkingni asrab-avaylaydigan ayoldir», deb aytganlar. (Nasoiy va Ahmad rivoyati).

3. Har qanday sharoitda eriga yordam berish va uni qo‘llabquvvatlash.

Muslima ayol eri topib-tutib turgan paytda ham, sharoit taqozosi bilan ishlari yurishmay qolganda ham unga birdek yaxshi muomalada bo‘lib, ko‘nglini ko‘tarishi lozim. Mabodo, eri biror kasallikka chalinib qolsa, unga hamdard bo‘lishi va tezroq tuzalishi uchun uning issiq-sovug‘idan doim xabardor bo‘lishi lozim.

4. Uyini ozoda va saranjomsarishta saqlashi.

Eri ishdan kelganda hamma narsaning joy-joyida bo‘lishi uning kayfiyatini ko‘taradi. Aksincha, ivirsiq, supurib-sidirilmagan uyga kirganda, er xotinining uquvsizligi va farosatsizligidan qattiq ranjiydi. Bunday uyda hech qachon tinchlik-totuvlik, xotirjamlik bo‘lmaydi. Ayollar shuni yodda tutishlari kerakki, xonadonning ziynati hashamatli buyumlarda emas, balki undagi pokizalik, sarishtalik bilan belgilanadi.

5. Xotin kishining erini xayrli ishlarga undashi.

Ya’ni, uni gunoh va yomon ishlardan qaytarib, savobli ishlarga undashi. Hayotiy misollardan shu narsa ma’lumki, ba’zi ayollar erlarining o‘z yaqinlariga qilmoqchi bo‘lgan xayr-ehsonlardan qaytarmoqchi bo‘ladilar. Bunday ayollar erlarining daromadlarini faqat o‘z oilasining manfaati uchun sarflashga undab, ularni savobli ishlardan qaytaradilar. Vaholanki, soliha ayol erini doim boshqalarga ham naf keltiradigan ishlarga yo‘llashda maslahatgo‘y bo‘lishi lozim.

6. Ayolning qo‘li gul pazanda bo‘lishi.

Ayol erining topgan-tutganini reja bilan sarflab, mazali taomlar tayyorlashi ham erkakning baxti. Chunki shirin taomlar bilan ham ayol erining ko‘ngliga yo‘l topadi va uning oilaga yanada bog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, masalliqlarni pala-partish sarflab, mehr bermay bemaza taom tayyorlaydigan ayollarning erlari esa, doim ko‘chadan ovqatlanishga o‘rganib qoladilar. Ko‘chadan mazaliroq ovqat yeyishga odatlangan erkakning behuda sarf-xarajatlari oila ta’minotiga ham zarar yetkazadi.

7. Ayol oilada erining yaqin yordamchisi bo‘lishi.

Buni juda keng ma’noda tushunish mumkin. Ayol oila ta’minotchisi bo‘lgan erining ishlariga hurmat bilan qarab, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Albatta, soliha, va oqila ayol farzandlariga ham go‘zal tarbiya beradi. Aksincha, ba’zi kaltabin, doim bolasining yoniga tushadigan shartaki ayollar esa, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadilar. Zero, solih va qobil farzandlarni ona tarbiyalagani kabi, noqobil, badxulq farzandlarni ham onalar tarbiyalaydilar. Birinchi toifadagi ayollar farzand tarbiyasida erlariga qanchalik yordamchi bo‘lib ularning qaddini ko‘tarsalar, keyingi toifadagilari esa erlarining farzandi orqasidan qaddi bukilishiga sababchi bo‘ladilar. Shuning uchun ham, avvalo, ayollarning o‘zlari tarbiyali va xushxulq bo‘lishlari katta ahamiyatga ega.

8. Ayol kishining xushmuomala bo‘lishi.

Ayol nafaqat eriga, balki qaynona va qaynotasiga ham birdek xushmuomalada bo‘lishi, ularning ko‘ngillariga ozor yetkazadigan so‘zlardan tiyilishi kerak. Erining ko‘nglini topib, qaynona va qaynotasining xizmatida bo‘lgan ayol, ularning qalbiga quvonch bag‘ishlaydi va o‘ziga nisbatan mehr- muhabbatlarining yanada ziyoda bo‘lishiga erishadi. Afsuski, shunday ayollar ham borki, oiladagi turli ikir-chikirlardan bahona axtarib, erining dilini ranjitib o‘zidan bezdiradi. Bunday dilozor ayollarning erlarini xorlaganlari oqibati haqida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, u (kishi)ning (jannatdagi) «huri iyn»dan bo‘lgan xotini «Unga ozor berma! Alloh seni halok qilsin! U sening oldingda qo‘noq bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», deydi», deganlar». (Termiziy rivoyati).

9. Ayolning eri sha’nini himoya qilishi.

Avvalo, o‘z hurmatini bilgan ayol erining oldida ham, ortidan ham obro‘sini saqlashi zarur. Aksincha, juz’iy kamchiliklari bo‘lgan erkakning obro‘sini to‘kib, duch kelgan odamga yomonlash, uydagi sirni ko‘chaga olib chiqish nafaqat erini, balki o‘z oilasi sha’nini toptash bilan barobardir. Zero, shunday sabr-qanoatli soliha ayollar ham borki, eri hatto unga zulm qilsa ham, o‘z oilasi va farzandlari sha’nini himoya qilish uchun qo‘ni-qo‘shnilarga erining faqat yaxshi tomonlari haqida gapiradi. Bu esa ayolning donoligi va ketini o‘ylab ish qilishidan dalolatdir. Bunday ayollar faqat qo‘ni-qo‘shnilarning oldida emas, farzandlarining oldida ham erining mavqeini saqlab qolishiga sabab bo‘ladi. Bu esa vaqti kelganda erning ayoliga qilgan jabr-zulmidan pushaymon bo‘lib, bora-bora uning qadriga yetishiga sabab bo‘ladi.

10. Ayolning eriga e’tiborli bo‘lishi.

Ayollar orasida shundaylari ham borki, uy-joyini ozoda saqlaydi, ro‘zg‘or ishlarini o‘rniga qo‘yadi, lekin eriga nisbatan beparvo bo‘ladi. Eri ishdan kelganda uni ochiq chehra bilan kutib olish, xushmuomalalik bilan oldiga ovqatini qo‘yish uyoqda tursin, uning kayfiyatiga qarab hol-ahvol so‘rash haqida o‘ylamaydi ham. Eriga e’tiborsizligi tufayli uni toza va dazmollangan ust-bosh bilan ko‘chaga chiqarishni xayoliga ham keltirmaydi. Axir, eriga e’tiborli bo‘lib, uning xizmatini og‘rinmay qilgan ayol erini rozi qilib jannatiy bo‘lishi yoki aksincha, uni norozi qilib do‘zaxiy bo‘lib qolishi ham mumkin. Bu haqda quyidagi hadisda shunday xabar keltirilgan. Husayn ibn Mihson roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ammamning aytishicha, u ba’zi ehtiyojlari tufayli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borgan ekan. Shunda u Zot undan: «Ering bormi?» deb so‘rabdilar. U «Ha», deb javob beribdi. U Zot yana: «U senga e’tiborlimi?» debdilar. «Qaysidir ishim bilan uning ko‘nglini olishga ojizlik qilyapman», debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ko‘nglini olish uchun yanada ogohroq bo‘l, chunki jannating ham, do‘zaxing ham udir», debdilar». (Tabaroniy va Hokim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bir hadisda aytadilar: «Muhammadning joni Qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ayol kishi to erining haqini to‘la ado etmagunicha Rabbining haqini ado etolmaydi» (Ahmad, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyatlari).

Albatta, bunday hadislarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ular orqali bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan yana bir mavzuni yoritishga harakat qildik. Ushbu g‘oyibona muloqotimiz asosida oilaviy munosabatlarda er va xotinning majburiyatlari haqida eslatmalar berib, aziz opa-singillarimizni ogohlikka chaqirdik. To‘g‘ri, oilada sizning zimmangizga yuklangan yumushlar juda ko‘p, buni hech kim inkor qilmaydi. Lekin sizning mushkulingizni oson qilishda turli texnika vositalari va sizlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar muhim ahamiyatga egaligini yodda tuting. Shunday ekan, sizdan faqat ozgina e’tiborliroq bo‘lib o‘z ayollik burchlaringizga mas’uliyat bilan yondashish talab etilyapti, xolos. Mana shu eslatmalarimizni ayollarimiz to‘g‘ri tushunib va ularga amal qilib boshqalarga ham ibrat bo‘lishlaridan umid qilamiz.

Allohim, erkaklarimizga solih er, ayollarimizga esa soliha, jannatiy ayol bo‘lishlarini nasib et!

Doniyor Fayz

Jannatga birinchi kiradiganlar

Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldlariga keldi va: Ey Rasululloh, qiyomat kunida Alloh taolo bilan hamsuhbat bo‘luvchilar haqida xabar bering , dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ular Allohdan qo‘rquvchilar, Allohga bo‘ysunuvchilar, o‘zlarini kamtar oluvchilar, Alloh taoloni ko‘p zikr qiluvchilar , dedilar. U kishi: Ey Rasululloh, jannatga birinchi kiruvchilar ham o‘shalarmi? deb so‘radi. U zot: Yo‘q , dedilar. U keyin: Unda, jannatga birinchi kiradiganlar kimlar? deya so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Faqirlar jannatga kirishda boshqalardan o‘zib ketadi. Shunda ularning oldidan farishtalar chiqib: Hisob-kitobga qaytinglar! deydi. Faqirlar: Nimamizga hisob-kitob qilinamiz? Allohga qasamki, bizlarda mol-davlat bo‘lmagan bo‘lsa, uni ba’zilardan qizg‘anib, ba’zilarga isroflarcha sarf qilmagan bo‘lsak. Shuningdek, bizlar amir ham emasdik, ba’zilarga adolat qilib, ba’zilarga zulm etgan bo‘lsak. Biroq bizlarga Allohning amri keldi, biz Unga ibodat qildik va to huzuriga kelgunimizga qadar Unga toatda bo‘ldik , deydi. Shunda ularga: Jannatga kiringlar, amal qiluvchilarning ajr-mukofoti naqadar yaxshi! deyiladi .

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Faqirlar haqida Alloh taolodan qo‘rqinglar! Chunki Alloh taolo qiyomat kunida: Bandalarim ichidan tanlaganlarim qani? deydi. Farishtalar: Ey Parvardigor, ular kimlar? deb so‘raydi. Shunda Alloh taolo aytadi: Ular qadarimga rozi bo‘lgan, sabr qilgan faqirlardir, ularni jannatga kirgizinglar! Bas, ular jannatga kiritiladi. Faqirlar yeb-ichib turganida, boylar hali hisob qilinayotgan bo‘ladi .

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Faqirlar jannatga boylardan besh yuz yil oldin kiradilar, u yarim kundir . Roviylarning boshqa silsilasidan kelgan hadisda: Musulmonlarning faqirlari jannatga boylardan yarim kun, ya’ni, besh yuz yil oldin kiradi , deyilgan (Hasan sahih).

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: Musulmonlarning faqirlari jannatga boylaridan yarim kun oldin kiradi , deganlarini eshitdim. Shunda: Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yarim kun qancha? deb so‘rashdi. U zot: Besh yuz yil , dedilar. Bir yili necha oy? deyishdi. Besh yuz oy , dedilar: Bir oy necha kun? deyishdi so‘ng: Besh yuz kun , dedilar. Bir kuni qancha? deb so‘rashgan edi, Sizlar sanaydigan kundan besh yuztasi , dedilar Rasululloh .

Abu Ali Daqqoqdan: Qaysi sifat afzal: boy-behojatlikmi yoki faqirlik? deb so‘rashdi. U kishi: Boy-behojatlik, chunki u Allohning sifati, faqirlik esa, bandaning. Allohning sifati bandaning sifatidan afzal, Alloh taolo: Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Allohning O‘zi (barcha olamlardan) behojat va (barcha) maqtovga loyiq zotdir (Fotir, 15), degan , dedi.

Bandaning sharafi Allohga muhtojligi, Uni ulug‘lashi, Unga bo‘ysunishi bilandir. Agar bo‘yin Allohga tavoze’ bilan egilsa, shu egilish uning azizligidir.

Boylik ham, faqirlik ham mol-davlatning ko‘p yoki kamligida emas. Bu yerda eng oliy uchinchi daraja ham bor. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘ragan kaffof , ya’ni, insonlarga muhtoj bo‘lmaydigan darajadagi o‘rtacha rizkdir. U zot: Ey Allohim, Muhammad oilasining rizqini yetarli qil , deb so‘raganlar. Ma’lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha holatlarning afzalini, daraja va amallarning oliyini so‘raganlar.

Shuningdek, hamma olimlar o‘ta faqirlik ham, tug‘yonga olib boruvchi boylikning ham yomonligiga ittifoq qilishgan.

Ibn Mojaning Sunan ida Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Qiyomat kuni faqir ham, boy ham, dunyoda menga yetarli darajada rizq berilganida edi, deb orzu qilib qoladi .

Etarli rizq esa, nochorlik bilan behojatlikning o‘rtasidir.

Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir , deganlar. Chunki o‘rtahollik tug‘yonga olib boruvchi boylik ofatidan ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam panoh so‘ragan o‘ta nochorlikdan ham salomat bo‘lishdir.

Sohibi kaffof o‘rtahol odam dunyo ne’matlari-yu shodliklarida dabdaba qilmaydi. Uning holati faqirnikiga yaqin. Unga ham sabri uchun faqirga beriladigan savob beriladi. Shunga ko‘ra o‘rta hol kishilar ham, inshaalloh, jannatga faqirlar qatorida boylardan besh yuz yil oldin kiradi. Chunki ular o‘rtacha hayot kechiradilar, boy emaslar. O‘rtachalik esa, ayni adolatdir. Alloh taolo:

Shuningdek, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik (Baqara, 143), degan.

Qanday ayollar jannatga kiradi

Абу Ҳурайрадан ривоят қилинади:

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Жаннатга кирадиган биринчи гуруҳ (бошқа бир ривоятда: “Умматимнинг бир гуруҳи”, дейилган) бадр кечасидаги тўлин ой янглиғ бўлади. Сўнг улардан кейингилари осмонда нур сочиб турган чарақлаган юлдуз каби бўлади. (Яна бир ривоятда: “Сўнг бундан кейин даражалар бўлади”, дейилган.) Улар у ерда бавл қилмайдилар, ахлат чиқармайдилар, туфламайдилар, бурун қоқмайдилар. Тароқлари олтин, тупроқлари мушк, жуфтлари ҳурлардир (бошқа ривоятда: “Улардан ҳар бирининг иккитадан жуфти бор, гўзалликларидан болдирларининг илиги кўриниб туради. Улар ўртасида ихтилоф, бир-бирларини ёмон кўриш бўлмайди. Уларнинг қалблари бир қалбдек, эртаю кеч Аллоҳга тасбеҳ айтадилар”, дейилган)”
(Муслим ривояти).

Бир ривоятда: “Уларнинг хулқлари бир кишининг хулқидек, бўйлари оталарининг бўйидек (яъни, Одам алайҳиссаломнинг бўйларидек)”, дейилган. Яна бир ривоятда: “Оталарининг бўйидек олтмиш зироъ бўлади”, дейилган.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан: “Жаннатда эркаклар кўпми ё аёллар?” деб сўрашганда:

“Ҳар бир киши учун иккита аёл бўлади, уларнинг болдирлари суягидаги иликлари гўштининг устидан кўриниб туради. Жаннатда бўйдоқ одам бўлмайди”, дедилар.

Ибн Масъуддан ривоят қилинади, Пайғамбаримиз дедилар: “Жаннат аҳлидан бўлган аёл (шунчалик гўзалки) болдирининг оқлиги етмишта зийнат ортидан ҳам билиниб туради, ҳатто илиги ҳам кўринади. Бу ҳол Аллоҳ таоло айтганидекдир: “Улар (яъни, ҳурлар софлик ва оқликда) гўёки ёқут ва маржонлардир” (Раҳмон сураси, 58). Чунки ёқут шундай тошки, агар унинг орасидан ип ўтказсанг, софлигидан у ип кўриниб туради” (Термизий ривояти).

Анас розияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Агар жаннат аҳлидан бўлган бир аёл ер аҳлига кўринса, еру осмон ўртаси нурланиб, хуш бўйга тўлиб-тошади. Шубҳасиз, унинг бошидаги рўмоли дунё ва ундаги барча нарсадан яхшидир” (Бухорий ривояти).

Абу Ҳурайрадан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Жаннат аҳли соқолсиз, кўзлари тим қора бўлади. Уларнинг ёшлиги кетмайди (яъни, қаримайдилар) ва кийимлари ҳам эскирмайди” (Термизий ривояти).

Муоз ибн Жабалдан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:

“Жаннат аҳли жаннатга соқолсиз, кўзларига сурма суртилган ҳолда ёшлари ўттиз ёки ўттиз уч бўлиб киради”.

Жобир ибн Абдуллоҳдан ривоят: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Жаннат аҳли соқолсиздир. Фақат Мусо ибн Имроннинггина киндигигача соқоли бўлади”.

Саъд ибн Абу Ваққос розияллоҳу анҳу айтадилар: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:

“Агар жаннатдаги тирноқчалик бир нарса дунёга кўринса, бутун еру осмон ўртасидаги нарсалар зийнатланиб, яшнаб кетади. Агар жаннат аҳлидан бир киши чиқиб, енгини кўрсатса, қуёшнинг нури йўқолади, худди юлдузнинг нурини қуёш йўқотганидек” (Термизий ривояти).

Абу Саид Худрий розияллоҳу анҳудан ривоят: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Киши ёш ўладими, қари ўладими, жаннатда ўттиз ёшда бўлади, ундан ошмайди, камаймайди ҳам. Дўзах аҳлиники ҳам шундай бўлади”.

Юқорида Абу Ҳурайра розийаллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда жаннатда ҳар бир киши учун иккитадан аёл бўрилиши айтилди. Бу хабардан жаннатда аёллар эркаклардан кўп бўлиши тушунилади. Ваҳоланки, Имрон ибн Ҳусайн розийаллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда: “Аёллар жаннатда камчиликдир”, деб уларнинг эркаклардан камлиги, аксинча, дўзахда кўпчиликни ташкил этиши айтилган. Бу ҳақда уламоларимиз турлича фикрлар билдиришган. Шулардан бири: мутлақ аёл зоти жаннатда эркаклардан кўп бўлади, бу тўғри. Аммо бу кўплик жаннатда яратилган ҳурларнинг ҳисобига кўра.

Дунёда яшаб ўтган аёллар эса, жаннатда эркаклардан оз бўлади. Бу дунё аёллари дўзах аҳлининг кўпчилигидир.

Жаннатда дунё аёлларининг камлиги ҳақидаги ҳадис аёллар дўзахдалик пайтлари назарда тутиб айтилган бўлса, ажабмас. Қачонки, дўзахдаги аёллар шафоат ва Аллоҳ таолонинг раҳмати туфайли дўзахдан чиқса, ҳатто “Лаа илаҳа иллаллоҳ” деган бирорта аёл қолмасдан жаннатга кирса, ўшанда аёллар жаннатда эркаклардан кўп бўлиб, ҳар бир эркакка дунё аёлларидан иккитасидан берилади. Ҳурлар эса кўп-кўп ато этилади. Худди шу маънода Абу Саид Худрийдан ривоят бор: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Жаннат аҳлининг энг қуйи даражадагиси учун саксон мингта хизматчи ва етмиш иккита аёл (жуфт) бўлади” (Термизий ривояти).

Яна шу маънодаги ҳадисни Абу Муҳаммад Доримий ҳам Абу Умома розияллоҳу анҳудан ривоят қилган.

“Тароқлари олтин, кумуш, тутатқилари хушбўй бўлади”, деган сўз хусусида баъзиларда шундай фикр туғилиши мумкин: “Жаннатда соч тарашга не ҳожат, ваҳоланки, сочлари тўзимаса, кир бўлмаса; тутатқига не ҳожат, ўзларининг ҳидлари мушкданда хушбўйроқ бўлса?”

Уларга шундай жавоб берилади: Жаннат аҳлига берилажак неъматлар, кийимлар уларнинг авратларини ёпишга муҳтожликлари учун эмас, уларнинг еб-ичиш, таомлари очликдан эмас, шароб, май кабилар чанқоқ сабабли эмас, хушбўй тутатқилар тутатилиши ҳам уларнинг ёқимсиз ҳиди бўлишидан эмас. Балки буларнинг ҳаммаси доимий лаззат, узлуксиз неъматдир.

Аллоҳ таоло Одам алайҳиссаломга айтган сўзни эсланг: “Шубҳасиз, сен у жойда (яъни, жаннатда) оч-яланғоч қолмайсан. Ва у жойда ташна ҳам бўлмайсан, иссиқда ҳам (иссиқдан қийналиб ҳам) қолмайсан” (Тоҳо сураси, 118—119).

Бунинг ҳикмати шуки, Аллоҳ таоло жаннат эгаларини жаннатда дунёда неъматлантирмаган неъматлар билан неъматлантиради ва уларга Ўзидан бошқа ҳеч ким билмайдиган нарсаларни зиёда қилиб беради.

Худди шундай фикр дўзах аҳли ҳақида ҳам бўлиши мумкин. Аллоҳ таоло: “Ўшанда (яъни, дўзахга ташланганларида) улар бўйинларида кишан ва занжирлар билан қайноқ сув томонга судралурлар, сўнгра оловда ёндирилурлар” (Ғофир сураси, 71);

“Зеро, Бизнинг даргоҳимизда (кофирлар учун тайёрлаб қўйилган) кишанлар ва (уларни куйдириб озор берувчи) олов-дўзах бордир” (Муззамил сураси, 12), деган.

Бас, Аллоҳ таоло уларни дунёда азобламаган азоблари билан азоблайди. Шаъбий айтади: “Аллоҳ таоло дўзахийларни қочиб кетмаслиги учун кишанлайди, деб ўйлайсанми? Йўқ, Аллоҳга қасамки, ундай эмас! Улар кўтарилишни хоҳласалар, бу кишанлар уларга оғирлик қилиб, босади ва бўш ҳолатда азоблангандан кўра қаттиқроқ азобланади”.

Ибн Муборак айтадилар: “Бизга Саид ибн Абу Айюб Уқайл ибн Шиҳобдан ушбу ҳадисни айтди: “Жаннат аҳлининг тили арабча, қабрдан чиққанларида сурёний бўлади”.

Суфён айтади: “Бизларга етдики, инсонлар қиёмат куни жаннатга киришларидан олдин сурёний тилида гапиради. Жаннатга кирганларидан кейин араб тилида сўзлашадилар”.

“Жаннат васфи” китобидан

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.